XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 23

O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat

MULOHAZA UCHUN BUGUN DARSDA

Savollar: 1. Jadid maktablarinig maqsadvazifalari sovet mafkurasiga mos keladimi? 2. Savodsizlik deganda nimani tushunasiz?

MA’LUMOT UCHUN

Bolsheviklar barcha sohalar kabi ma’naviy hayotga ham o‘z ta’sirlarini o‘tkazdilar. Ular dastlabki yillarda sovet maktablari va texnikumlar ochishga alohida e’tibor qaratdilar. Jadid maktablari yopildi. Eski usul maktablari va vaqf maktablari ham tugatildi. Respublikada universitet va institutlar tashkil etildi. Biroq universitet va institutlardagi talabalar, dars bergan o‘qituv chilar o‘rtasida mahalliy millatlar vakillari ozchilikni tashkil qilgan.

1932-yil 14-oktyabrda O‘zbekiston ilmiy tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi O‘zbekiston SSR Fanlar komiteti tuzildi.

Toshkent va Samarqand

Davlat universitetlari

MA’LUMOT UCHUN

O‘zbekiston SSR Sovetlarining V qurultoyida 8 yoshdan to 15 yoshgacha bo‘lgan hamma bolalarni majburiy yetti yillik ta’limga tortish hamda respublika shahar va qishloqlarida yangi maktab binolari qurish dasturini ishlab chiqish taklifi kiritildi.

Ikkinchi besh yillik davrida hamma umumiy ta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning soni tez sur’atlar bilan o‘sib, 931 800 nafarga yetdi, ularning 725 mingga yaqini qishloq maktablarida o‘qirdi. Respublika maktablarida o‘qish 18 tilda olib borilgan. O‘zbek tilida o‘qitiladigan maktablarning soni o‘n yil ichida 10 marta oshgan.

Xotin-qizlar o‘rtasida savodsizlikni tugatish borasida ko‘p joylarda maxsus savod maktablari ochildi. 1937-yili 139.000 nafar xotin-qizlar o‘qish va yozishni o‘rganib oldilar.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. Ta’limning 18 tilda olib borilishining asosiy sabablari nima edi? 2. Bugungi kunda mamlakatizimda ta’lim nechta tilda olib boriladi?

BILASIZMI?

O‘rta Osiyoda oliy ta’limning beshigi, Turkiston xalq dorilfununi (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) bir qancha oliy o‘quv yurtlariga asos bo‘ldi, 1940-yili respublikada 30 ta oliy, 100 ga yaqin o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ishlab turdi.

MA’LUMOT UCHUN

Sovet hokimiyatining dastlabki o‘n yilliklarida O‘zbekistonda imlo 3 marta o‘zgartirildi. Bu holat mahalliy aholini savodsiz qilishga, uning asriy qadriyatlaridan mahrum qilib, sovet madaniyati ruhida tarbiyalashga hamda ruslashtirish siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan edi.

1929-yil may oyida Samarqandda o‘tgan O‘zbekiston adiblari, imlochilari va yetakchi ziyolilari konferensiyasida o‘zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi, 1-dekabrda O‘zbekistonda arab alifbosidan lotin yozuviga o‘tildi.

Biroq tez orada yozuvni kirillitsaga o‘tkazish to‘g‘risida yangi qaror qabul qilindi. 1940-yil 8-mayda bo‘lgan O‘zbekiston SSR Oliy Soveti III sessiyasida lotin yozuvidan kirill (rus grafikasi) asosidagi o‘zbek yozuviga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston bilan birga O‘rta Osiyoning boshqa respublikalari va Ozarbayjon ham rus grafikasiga o‘tkazildi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: Jahon tarixi darslarida olgan bilimlaringizga tayanib, kirill alifbosiga qachon, kimlar tomonidan asos solinganligini eslang. Bu yozuv Rossiya hududiga qanday kirib kelgan?

Arab alifbosi

Islom dini mintaqaga kirib kelgach, asr lar davomida yurtimizda yaratilgan asar lar arab alifbosidagi eski o‘zbek yozuvida yozilgan edi. Bolsheviklar esa bunday ada biyotdan voz kechib, sovet adabiyotini va proletar madaniyatini yaratishga intildilar.

UCHUN

Ijtimoiy hayotda shiddatli ziddiyatlar hukm surgan bu murakkab davrda adabiyot va san’at milliylik, insonparvarlik, xalqchilik kabi tamoyillarga sodiqligini saqlab qoldi.

O‘zbek yozuvchi va shoirlaridan Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Sadriddiy Ayniy, Hamza va boshqalar o‘z asarlari bilan milliy qadriyatlarni saqlash va himoya qilishga urindilar. Bu davr adabiyot maydoniga G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Zulfiya, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, Mirtemir, Oydin Sobirova, Uyg‘un, Komil Yashin, G‘ayratiy, Sulton Jo‘ra, Amin Umariy kabi bir qator iste’dodli yosh shoirlar, adiblar va dramaturglar qo‘shildilar.

Chapdan o‘ngga: 1-qator: G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Komil Yashin, Oybek, Zulfiya. 2-qator: Asqad Muxtor, Mirmuhsin, Hamid G‘ulom, Mamarasul Boboyev.

UCHUN

Bu davr respublikadagi ijodkorlar uchun turli izlanishlar, dunyoqarash jihatidan bir-birlaridan farq qiluvchi talaygina yo‘na lishlarning qattiq to‘qnashuvlari bilan to‘lib toshgan hamda ko‘plab talafotlar berilgan va ba’zilar uchun fojia bilan tugagan va shu bilan birga yangi-yangi iste’dodlar dunyoga kelgan va kurtak yozgan davr bo‘ldi.

MA’LUMOT UCHUN

Abror Hidoyatov Otello obrazida

O‘zbek milliy musiqasini rivojlantirishda o‘zbek kompozitorlaridan To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Mutavakkil Burhonovlar katta mehnat qildilar.

Ajoyib rejissyorlar va aktyorlar Mannon Uyg‘ur, Abror Hidoyatov, Sora Eshonto‘rayeva, Razzoq Hamroyev, Olim Xo‘jayev, Shukur Burhonov va boshqalar tufayli o‘zbek teatr san’ati gullab-yashnadi. Komil Yormatov, Nabi G‘aniyev, Rahim Pirmuhammedov singari kinematografiya arboblari yetishib chiqdi.

Raqs san’ati va xonandalikda Halima Nosirova, Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva, Lutfixonim Sarimsoqova, Muhiddin Qori Yoqubov, Komiljon Otaniyozov, Karim Zokirov va boshqalar yuksak mahoratga erishdilar.

MA’LUMOT UCHUN

O‘zbek musiqa va vokal san’atining rivojlanishida 1936-yili Toshkentda ochilgan davlat konservatoriyasi muhim rol o‘ynadi.

MA’LUMOT UCHUN

Sovet hokimiyati Sharq ayollarini «ozodlik»ka chiqarish, eski turmush tarziga hujum qilish, ayollar chachvon va paranjisini tashlashni kun tartibiga qo‘ydi.

«Hujum» kompaniyasi 1926-yil sentyabrda O‘rta Osiyo xotin-qizlari kengashida e’lon qilinib, uni 1927-yil 8-martdan boshlashga qaror qilindi.

1927-yil 8-martda ommaviy mitinglar boshlandi. Ularda 100 000 dan ortiq xotin-qizlar paranjilarini gulxanda yoqdilar. Lekin bolsheviklar partiyasining o‘zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishni tezlashtirish siyosati yomon oqibatlarga olib keldi. «Hujum»ga qarshi bo‘lganlar ayollarga nisbatan zulm o‘tkaza boshladilar.

BILASIZMI?

Sovet hukumati «Hujum» kompaniyasini o‘tkazishdan quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan edi:

Afsuski hududning milliy qadriyatlari va o‘ziga xosligi inobatga olinmasligi natijasida «Hujum» harakati eng faol o‘tkazilgan 1927–1928-yillarda O‘zbekistonda 2 500 dan ortiq faol xotin-qizlar fojiyali halok bo‘lishdi.

birinchidan, o‘zbek xalqining tarixan tarkib topgan milliy axloqiy sharqona an’ana va qadriyatlarini yo‘qotish va ma’naviyatimizga zarba berish;

ikkinchidan, «xotinqizlarni ozod qilish» bahonasida sanoat korxonalari, kolxoz va sovxozlarda arzongarovda ishlaydigan qo‘shimcha ishchi kuchlari sifatida ulardan foydalanish edi.

BILASIZMI?

Paranjisini tashlagan xotinqizlarning uchrashuvi

MA’LUMOT UCHUN

1930-yilda respublika hunarmandchilik kooperatsiyasining 50 dan ortiq artellarida 5 000 nafardan ko‘proq mahalliy ayollar ishlardi. Ularning ko‘pchiligi tikuvchilik korxonalarida mehnat qilganlar.

Xotin-qizlar yirik sanoat korxonalariga ham jalb qilina boshlandi. Bu holat ayollarning sog‘lig‘iga jiddiy shikast yetkazardi.

Bu davrda o‘zbek xotin-qizlari rahbarlik lavozimlarida ham ishlash layoqatini ko‘rsatdilar. 1927-yili respublikadagi tuman ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 20 foizi, okrug ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 17 foizi ayollar edi.

Jahon Obidova O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi raisining o‘rinbosari, Tojixon Shodiyeva esa Prezidium a’zosi bo‘lgan. Biroq keyinchalik bu 2 nafar taniqli o‘zbek ayollari sovet hokimiyati tomonidan qatag‘on qilindi. XX asr 30-yillarida ayollar orasidan mashhur olimalar, shoiralar, yozuvchilar, muhandislar, shifokorlar, san’atkorlar, muallimlar yetishib chiqa boshladi. O‘sha yillarda Halima Nosirova, Tamaraxonim, Sora Eshonto‘rayeva, Mukarrama Turg‘unboyeva kabi o‘zbek qizlarining iste’dodi yarq etib ko‘zga tashlandi.

MA’LUMOT UCHUN

Mukarrama Turg‘unboyeva

Jahon Obidova Yo‘ldosh Oxunboboyev bilan

DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. Sovetlar Turkiston xalq ta’limini tashkil etish, rivojlantirishga qanday nuqtayi nazardan yondashdilar? 2. O‘lka xalq ta’limi tizimida yuz bergan xato, kamchiliklar, murakkabliklar va muammolar haqida nimalar deya olasiz? 3. Respublika oliy ta’lim tizimini shakllantirish qanday maqsadlarda amalga oshirildi? 4. O‘zbekistonda «Hujum» harakatini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad nima edi? 5. 1920-yillarda respublikada o‘tkazilgan «Hujum» harakati xotin-qizlar hayotiga qanday o‘zgarishlar olib kirdi? 6. Paranjidan «ozod» qilingan xotin-qizlar dastlab qaysi sohalarga jalb qilindi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

1932-yilda O‘zbekiston SSR Fanlar komiteti qaysi sanada tuzildi?
  1. 14-oktyabrda
  2. 4-oktyabrda
  3. 24-oktyabrda
  4. 14-noyabrda

To‘g‘ri javob: 14-oktyabrda. O‘zbekiston SSR Fanlar komiteti 1932-yil 14-oktyabrda tuzilgan.

O‘zbekiston ilmiy tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi O‘zbekiston SSR Fanlar komiteti qachon tuzilgan?
  1. 1932-yil 14-oktyabrda
  2. 1929-yil 1-dekabrda
  3. 1940-yil 8-mayda
  4. 1936-yil 14-oktyabrda

To‘g‘ri javob: 1932-yil 14-oktyabrda. Fanlar komiteti 1932-yil 14-oktyabrda tuzilgan.

Bolsheviklar dastlabki yillarda qaysi maktablarni yopdilar?
  1. Texnikumlarni
  2. Jadid maktablarini
  3. Sovet maktablarini
  4. Davlat universitetlarini

To‘g‘ri javob: Jadid maktablarini. Jadid maktablari yopilgan, eski usul va vaqf maktablari ham tugatilgan.

Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) kirill asosidagi yozuvga o‘tish haqida qaror; 2) O‘zbekiston SSR Fanlar komitetining tuzilishi; 3) «Hujum» kampaniyasi doirasidagi ommaviy mitinglar; 4) arab alifbosidan lotin yozuviga o‘tish.
  1. 4–3–2–1
  2. 3–2–4–1
  3. 3–4–1–2
  4. 3–4–2–1

To‘g‘ri javob: 3–4–2–1. Mitinglar 1927-yilda, lotin yozuviga o‘tish 1929-yilda, Fanlar komiteti 1932-yilda, kirill yozuviga o‘tish haqidagi qaror esa 1940-yilda bo‘lgan.

Ikkinchi besh yillik davrida O‘zbekistonda umumiy ta’lim maktablaridagi o‘quvchilar soni necha nafarga yetdi?
  1. 931 800 nafarga
  2. 913 800 nafarga
  3. 1 031 800 nafarga
  4. 831 800 nafarga

To‘g‘ri javob: 931 800 nafarga. Ikkinchi besh yillikda umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilari soni 931 800 nafarga yetgan.

Ikkinchi besh yillikda maktab o‘quvchilari soni 931 800 nafarga yetgan bo‘lsa, ularning necha mingga yaqini qishloq maktablarida o‘qigan?
  1. 625 mingga
  2. 825 mingga
  3. 525 mingga
  4. 725 mingga

To‘g‘ri javob: 725 mingga. 931 800 o‘quvchining 725 mingga yaqini qishloq maktablarida o‘qigan.

O‘zbek tilida o‘qitiladigan maktablarning soni o‘n yil ichida necha marta oshgan?
  1. 5 marta
  2. 3 marta
  3. 10 marta
  4. 20 marta

To‘g‘ri javob: 10 marta. O‘zbek tilida o‘qitiladigan maktablar soni o‘n yil ichida 10 marta oshgan.

1937-yili maxsus savod maktablarida o‘qish va yozishni necha nafar xotin-qiz o‘rganib oldi?
  1. 93.000 nafar
  2. 139.000 nafar
  3. 193.000 nafar
  4. 39.000 nafar

To‘g‘ri javob: 139.000 nafar. Xotin-qizlar o‘rtasida savodsizlikni tugatish borasida 1937-yili 139.000 nafar xotin-qiz o‘qish va yozishni o‘rgangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSovet hokimiyati amalga oshirgan islohotlarning mohiyati. Industrlashtirish siyosati va uning natijalariKeyingi →Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘onlik siyosati