Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘onlik siyosati
UCHUN BUGUN DARSDA
nishi. • Huquq va maorif tizimida qatag‘onning avj oldirilishi.
- 1937–1938-yillarda davlat arboblari, ziyolilar, ula
molar va harbiylarning qatag‘on qilinishi. • «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi hamda
«Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi.
MA’LUMOT UCHUN
Sovet rejimi o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, uning xususiyatlari tobora oshkora namoyon bo‘la boshladi. Bu holat xususan milliy respublikalardagi rahbar xodimlarga munosabatda yaqqol ko‘zga tashlandi.
XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida O‘zbekiston SSRda o‘n sakkizlar guruhi (Abdurahim Hojiboyev, Inomjon Xidiraliyev, Muxtorjon Saidjonov va b.), inog‘omovchilik (O‘zSSR Maorif xalq komissari Rahim Inog‘omov va b.), qosimovchilik (O‘zSSR Oliy sudi raisi Sa’dulla Qosimov va b.), badriddinovchilik (O‘zSSR Oliy sudining prokurori Shamsutdin Badriddinov va b.), «milliy ittihodchilar» va «milliy istiqlolchilar» (Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 87 nafar kishi), «narkompros» ishi (O‘zSSR Maorif xalq komissari Mannon Ramziy, uning o‘rinbosari Botu va b.), «botir gapchilar» (Qo‘qonda Ashu rali Zohiriy boshchiligidagi 19 nafar kishi) va boshqa siyosiy ishlar o‘ylab topildi. Natijada o‘zbek xalqining ko‘plab yetuk farzandlari qatag‘on qilindi.
MA’LUMOT UCHUN
Ashu rali Zohiriy
Bu davrda kommunistik partiya saflarini «tozalash» kampaniyasi natijasida O‘zbekiston kompartiyasi a’zolarining 25,6 foizi firqadan chiqarildi.
MA’LUMOT UCHUN
Milliy rahbar xodimlar lavozimlaridan chetlatildi. XX asr 20-yillarining oxiriga kelib, sovetlar millat yetakchilarini jismoniy jihatdan yo‘qotishga kirishdi.
O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimidan bo‘shatilib, qamoqqa olindi. S. Qosimov va uning 6 nafar safdoshi «bosmachilar»ni qo‘llab-quvvatlashda, «aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar» a’zolari bilan aloqa bog‘laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblanib, ularga «qosimovchilik» yorlig‘i bosildi. Sud ularni 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi. Ularning butun mol-mulki davlat hisobiga musodara qilindi.
Qatag‘onga uchragan odamlar surgun qilinmoqda
MA’LUMOT UCHUN
Oradan ko‘p o‘tmay navbatdagi ish – badriddinovchilik o‘ylab topildi. 1932-yil 5-may– 15-iyunda O‘zbekiston Oliy sudining sobiq prokurori Shamsutdin Badriddinov va uning 5 nafar safdoshi ustidan sud jarayoni o‘tkazildi. Ular ham uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindilar.
BILASIZMI?
Sovet rejimi milliy rahbar xodimlarni qatag‘on qilish bilan birga maorif sohasidagi ziyolilarga ham tazyiq o‘tkaza boshladi. 1929-yil 5-noyabrda Toshkentda ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 38 nafar kishi qamoqqa olindi. Oradan ko‘p o‘tmay qamoqqa olinganlar soni 87 kishiga yetdi. Ularga «Milliy Ittihod» va «Milliy Istiqlol» tashkilotlarining a’zolari degan ayb qo‘yildi. Tergov jarayoni keyinchalik Moskvaga ko‘chirildi. Bu holat sovetlarning milliyma’naviy hayotga zug‘umidan dalolat edi.
1931-yil 25-aprelda Moskvada bo‘lib o‘tgan sud majlisida Munavvarqori bosh chiligidagi millatning 15 nafar fidoyisi bo‘lgan «Milliy Istiqlol» a’zolari otib o‘ldirishga, qolgan 72 nafar kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. O‘zbek xalqining 15 nafar farzandi Moskva atrofida otib tashlandi. Qamoqdan ham deyarli hech kim Toshkentga qaytib kelmadi.
MA’LUMOT UCHUN
Qamoqqa olingan ko‘plab yurtdoshlarimiz ommaviy ravishda 1938-yil 4-oktyabr da qatl qilingan.
XXSR harbiy ishlar noziri, alohida O‘zbek otliq askarlar polkining komandiri va komissari, 19-tog‘li otliq O‘zbek diviziyasi komandiri lavozimlarida ishlagan Mirkomil Mirsharopov sovet rejimi tomonidan Maykopda 1937-yil 28-oktyabrda qamoqqa olindi. U O‘zbek diviziyasini milliylashtirish va bu diviziya yordamida O‘zbekistonni SSSR tarkibidan ajratib olish va mustaqil davlatni barpo etishga urinishda ayblandi. Dastlabki O‘zbek diviziyasi tarqatib yuborildi hamda M. Mirsharopov boshchiligida 18 nafar o‘zbek harbiy komandirlari va askarlari 1938-yil 10-oktyabrda otib tashlandi.
IJODIY FAOLIYAT
O‘zbek diviziyasi komandiri Mirkomil Mirsharopov
XX asr o‘zbek madaniyatining 3 na far yorqin yulduzlari – Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy bir kunda – 1938yil 4-oktyabrda Toshkent shahri at rofida otib tashlandi.
MULOHAZA UCHUN
1937–1938-yillarda to‘qib chiqarilgan soxta ayblar bo‘yicha O‘zbekistonda 41 000 nafardan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 000 nafardan ko‘prog‘i jazolandi, 6 920 nafar kishi esa otishga hukm qilindi.
Faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchi, shoir va olimlardan 5 758 nafar kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 nafari otib tashlangan edi. Bu ma’lumotlar respublikamiz miqyosida qizil terror qanchalik keng miqyosda shafqatsiz ravishda amalga oshirilganligining yaqqol isboti hisoblanadi.
MA’LUMOT UCHUN
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin qatag‘on qilinganlarning ko‘pchiligi huquqiy jihatdan oqlandi. Ularning pok nomlari tiklandi. Mustabid sovet rejimi davrida Bo‘zsuv kanali bo‘yida – millat fidoyilarining aksari yati otib tashlangan joyda – ularning xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatildi.
2000-yil 12-mayda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi ochildi.
«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi
BILASIZMI?
O‘zbekiston SSRda bu davrda ko‘plab madrasalar, masjidlar va xonaqohlar buzib tashlandi. Buzilmay qolgan madrasalar va masjidlar xo‘jalik omborlariga aylantirildi, qizil askarlar garnizonlari uchun manzilgohlar qilib qayta jihozlandi, chetdan kelganlar uchun turarjoy sifatida berildi va boshqa turli maq sadlarda foydalanildi. Madaniy-ma’rifiy merosimiz bo‘lgan qo‘lyozma asarlar va boshqa kitoblarning katta qismi yo‘q qilindi.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
Muhim sanalar
- 1929-yil — O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimidan bo‘shatilib, qamoqqa olindi.
- 1929-yil — 1929-yil 5-noyabrda Toshkentda ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 38 nafar kishi qamoqqa olindi.
- 1931-yil — 1931-yil 25-aprelda Moskvada bo‘lib o‘tgan sud majlisida Munavvarqori bosh chiligidagi millatning 15 nafar fidoyisi bo‘lgan «Milliy Istiqlol» a’zolari otib o‘ldirishga, qolgan 72 nafar kishi esa uzoq muddatli qamoq…
- 1932-yil — 1932-yil 5-may– 15-iyunda O‘zbekiston Oliy sudining sobiq prokurori Shamsutdin Badriddinov va uning 5 nafar safdoshi ustidan sud jarayoni o‘tkazildi.
- 1937–1938-yillarda — 1937–1938-yillarda davlat arboblari, ziyolilar, ula
- 1937-yil — XXSR harbiy ishlar noziri, alohida O‘zbek otliq askarlar polkining komandiri va komissari, 19-tog‘li otliq O‘zbek diviziyasi komandiri lavozimlarida ishlagan Mirkomil Mirsharopov sovet rejimi tomonidan Maykopda…
- 1937–1938-yillarda — 1937–1938-yillarda to‘qib chiqarilgan soxta ayblar bo‘yicha O‘zbekistonda 41 000 nafardan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 000 nafardan ko‘prog‘i jazolandi, 6 920 nafar kishi esa otishga hukm qilindi.
- 1938-yil — Qamoqqa olingan ko‘plab yurtdoshlarimiz ommaviy ravishda 1938-yil 4-oktyabr da qatl qilingan.
- 1938-yil — Dastlabki O‘zbek diviziyasi tarqatib yuborildi hamda M. Mirsharopov boshchiligida 18 nafar o‘zbek harbiy komandirlari va askarlari 1938-yil 10-oktyabrda otib tashlandi.
- 2000-yil — 2000-yil 12-mayda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi ochildi.
Bilimingizni sinang
Sovet hokimiyati O‘zbekistonda huquq va maorif tizimida qatag‘onni avj oldirib, davlat arboblari, ziyolilar, ulamolar va harbiylarni qatag‘on qilgan yillar qaysilar?
- 1941–1942-yillarda
- 1934–1935-yillarda
- 1929–1930-yillarda
- 1937–1938-yillarda
To‘g‘ri javob: 1937–1938-yillarda. 1937–1938-yillarda davlat arboblari, ziyolilar, ulamolar va harbiylar ommaviy qatag‘on qilindi.
Toshkentdagi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi bilan bir qatorda qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan qaysi muzey tilga olinadi?
- «Mustabidlik yillari» muzeyi
- «Mustaqillik tarixi» muzeyi
- «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi
- «Vatan himoyachilari» muzeyi
To‘g‘ri javob: «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi. «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi hamda «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan.
“Qosimovchilik” siyosiy ishi qaysi lavozimdagi shaxs nomi bilan o‘ylab topilgan?
- O‘zSSR Maorif xalq komissari Rahim Inog‘omov
- O‘zSSR Oliy sudining prokurori Shamsutdin Badriddinov
- O‘zSSR Oliy sudi raisi Sa’dulla Qosimov
- O‘zSSR Maorif xalq komissari Mannon Ramziy
To‘g‘ri javob: O‘zSSR Oliy sudi raisi Sa’dulla Qosimov. Qosimovchilik ishi O‘zSSR Oliy sudi raisi Sa’dulla Qosimov va uning safdoshlariga qarshi uydirilgan.
“Inog‘omovchilik” ishi qaysi lavozimda ishlagan shaxs nomi bilan bog‘liq?
- Maorif xalq komissari Rahim Inog‘omov
- Oliy sud raisi Sa’dulla Qosimov
- Oliy sud prokurori Shamsutdin Badriddinov
- Harbiy ishlar noziri Mirkomil Mirsharopov
To‘g‘ri javob: Maorif xalq komissari Rahim Inog‘omov. Inog‘omovchilik O‘zSSR Maorif xalq komissari Rahim Inog‘omov nomi bilan bog‘liq.
Siyosiy ishlarni tegishli shaxslar bilan moslang. 1. «narkompros» ishi 2. «botir gapchilar» 3. badriddinovchilik. A) Oliy sudning sobiq prokurori Shamsutdin Badriddinov B) Qo‘qonda Ashurali Zohiriy boshchiligidagi 19 nafar kishi C) Maorif xalq komissari Mannon Ramziy va uning o‘rinbosari Botu
- 1–B, 2–C, 3–A
- 1–C, 2–B, 3–A
- 1–C, 2–A, 3–B
- 1–A, 2–B, 3–C
To‘g‘ri javob: 1–C, 2–B, 3–A. «Narkompros» ishi Ramziy va Botuga, «botir gapchilar» Zohiriy guruhiga, badriddinovchilik esa Badriddinovga qarshi uydirilgan.
Kommunistik partiya saflarini tozalash kampaniyasi natijasida O‘zbekiston kompartiyasi a’zolarining necha foizi firqadan chiqarildi?
- 18,9 foizi
- 15,2 foizi
- 25,6 foizi
- 31,4 foizi
To‘g‘ri javob: 25,6 foizi. Partiya saflarini tozalash kampaniyasi natijasida O‘zbekiston kompartiyasi a’zolarining 25,6 foizi firqadan chiqarilgan.
Partiya saflarini “tozalash” kampaniyasi natijasida O‘zbekiston kompartiyasi a’zolarining necha foizi firqadan chiqarildi?
- 15,6 foizi
- 25,6 foizi
- 52,6 foizi
- 6,25 foizi
To‘g‘ri javob: 25,6 foizi. Matnda kompartiya a’zolarining 25,6 foizi chiqarilgani aytilgan.
XX asrning qaysi yillari oxiriga kelib, sovetlar millat yetakchilarini jismoniy jihatdan yo‘qotishga kirishdi?
- 40-yillarining
- 20-yillarining
- 30-yillarining
- 10-yillarining
To‘g‘ri javob: 20-yillarining. XX asr 20-yillarining oxiriga kelib sovetlar millat yetakchilarini jismoniy yo‘qotishga kirishgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash