1980–1990-yillarda O‘zbekiston
1980–1990-YILLARDA O‘ZBEKISTON 1980–1990-YILLARDA O‘ZBEKISTON
- Paxta yakkahokimligi va ijtimoiy muam
molarning kuchayib borishi. • «Paxta ishi» va uning respublikadagi ij timoiy holatga ta’siri.
MA’LUMOT UCHUN
1980-yillarga kelib sovet imperiyasi qurmoqchi bo‘lgan «sotsialistik» tuzumning nochorligi namoyon bo‘lib qoldi. Biroq birdan-bir siyosiy hukmron va og‘irlashib borayotgan ahvol uchun javobgar kuch – kommunistlar mazkur haqiqatni tan olishlari mumkin emasdi. Shu bois sobiq Sovet Ittifoqi rahbari Yuriy Andropov mavjud barcha muammolar va yo‘qotishlarda «aybdorlar»ni topish va ularni «sovet xalqi»ga ko‘rsatishga bel bog‘ladi. Bunday «aybdorlar» tezda Moskva, Krasnodar viloyati va O‘zbekiston SSR da «topildi». Ya’ni bir qator shaxslarga mansabni suiiste’mol qilish, davlat muklini o‘zlashtirish, katta miqdorda pora olish ayblari qo‘yildi.
IJODIY FAOLIYAT
BILASIZMI?
«Baynalmilal yordam» ko‘rsatish bahonasi bilan tinch Afg‘onistonga bostirib kirish juda qimmatga tushdi: u yerda doim saqlangan yuz ming nafar harbiyni oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-yarog‘ va boshqa zaruratlar bilan ta’minlash uchun o‘n yilda 100 000 000 000 rubldan ortiq mablag‘ sarflangandi. Eng fojialisi, mazkur g‘ayriinsoniy urushda 14 500 kishidan ortiq sovet harbiysi, jumladan, 1 515 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, 100 000 dan ortiq kishi og‘ir yaralandi yoki uyiga nogiron bo‘lib qaytdi.
MA’LUMOT UCHUN
1984-yil 23-iyunda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi qarorlari bilan Markaz tomonidan O‘zbekistonda «paxta ishi» deb atalgan siyosiy qatag‘onlar boshlandi.
SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha maxsus tergovchilar guruhi tuzilib, ularning dastlabkisi 1983-yil boshlarida O‘zbekistonga yuborilgan edi. Ana shunday maxsus tergov guruhlarining asosiylaridan biri T. Gdlyan va N. Ivanov rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi. Ular keyinchalik Markazdan respublikaga kelgan «desantchilar»ga tayanib, O‘zbekistonda navbatdagi qatag‘onni amalga oshirdi.
1985–1990-yillarda O‘zbekistonda «paxta ishi» degan uydirma bo‘yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz hibsga olindi, 5 000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazildi. Ularning oila a’zolari va qarindosh-urug‘lari ham qamoqqa olindi. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi.
IJODIY FAOLIYAT
BILASIZMI?
Moskvaning asl muddaosini yaxshi anglagan Sh. Rashidov navbatdagi «siyosiy tozalashlar» tig‘ini qo‘lidan kelgancha susaytirishga uringan bo‘lsa-da, uni butunlay bartaraf etishga kuchi yetmadi. Unga va o‘zbek millatiga o‘tkazila boshlangan har tomomlama og‘ir va uzluksiz tazyiq o‘z ishini qildi – 1983-yil 31-oktyabrda u yurak xurujidan vafot etdi.
MA’LUMOT UCHUN
Sovet rejimining «paxta ishi» oqibatida O‘zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSRning de yarli barcha hududlarida yuz bergan bo‘lsa ham «tajriba maydoni» sifatida O‘zbekiston tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko‘plab odamlar aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag‘on siyosati bu bilan cheklanmasdan paxta ishini o‘zbeklar ishiga aylantirishga urindi.
BILASIZMI?
1970–1980-yillar mobaynida davlat byudjetidan mablag‘ ajratish 11 foizdan 8 foizga qisqardi, o‘quv binolarining yetishmasligi yaqqol sezilib qoldi.
1987-yilda respublika umumta’lim maktablarining 5 596 tasi (72,1%) da o‘qish ikki smenada tashkil etilgan bo‘lsa, 1989-yilda Toshkent shahrida 30 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25 ta maktab hatto uch smenada ham ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Respublika miqyosida jami 150 ming o‘quvchi uch smenada o‘qishga majbur bo‘ldi.
Sovet davlati va hukmron partiya ruslashtirish siyosatini umumta’lim maktablari orqali ham davom ettirib, rus madaniyati, tarixi va adabiyotini maktablarda yanada chuqurroq o‘qitishga e’tiborni qaratdi. Masalan, o‘zbek tilida ta’lim oladigan maktablarning har bir sinfiga rus tili va adabiyotini o‘rganish uchun 3 390 soat ajratilgani holda rus tilida o‘qitiladigan maktablar uchun o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishga 560 soat yoki qariyb 6 baravar kam soat berildi.
MA’LUMOT UCHUN
Ruslashtirish siyosati bilan bir vaqtda yoshlarga ateistik tarbiya berish ham kuchaytirildi. Islom dinini «u buzg‘unchi g‘oyalardan iborat», deya isbotlashga harakat qilindi. Barcha oliy pedagogika o‘quv yurtlari va bilim yurtlarida turli xil ateistik to‘garaklar, klublar tashkil etildi.
1980-yillarga kelib «Sovet ittifoqi» deb atalgan ulkan imperiyaning qulashi aniq bo‘lib qolgach, hukumat yana dindorlarga hujum boshladi. Bu safar kurashning tig‘i asosan davlat idoralari va muassasalarida mas’ul lavozimlarda ishlayotgan partiya a’zolariga qaratildi. Ular ota-onasi yoki biror qarindoshi vafot etsa, janozaga borganliklari uchun ta’qib ostiga olindi. 1986-yil KPSS XXVII syezdining «Ateistik tarbiya va uni takomillashtirish tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi bo‘yicha «Yoshlar va ateistik tarbiya», «Lenin tamoyillari ateistik tarbiyada», «Din afyundir», «Ilmiy kommunizm kommunistik tarbiyaning ajralmas qismi» kabi ma’ruza va davra suhbatlari tashkil etildi.
MA’LUMOT UCHUN
«Din afyundir» degan g‘oya yana qayta tiklandi. Diniy kitoblar, shu jumladan, arab imlosida yozilgan barcha turdagi kitoblar «reaksion» deb e’lon qilindi. Uyidan arab yozuvidagi kitob chiqqan hamda namoz o‘qib, ro‘za tutgan partiya xodimlarini ta’qib qilish davom ettirildi.
Dinga qarshi kurash niqobida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, qadriyatlari yakson qilindi. Ming yillar davomida nishonlanib kelinayotgan Navro‘z diniy bayram sifatida butunlay taqiqlandi.
MA’LUMOT UCHUN
Mamlakat siyosiy hayotida 1982–1985-yillarda yuz bergan o‘zgarishlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. KPSS MK Aprel (1985-y.) plenumi sovet jamiyati hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari deb ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot o‘tkazish belgilandi.
Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985–1986-yillar) ma’muriy tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlanadi. Maz kur bosqichda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirish mo‘ljallangan edi.
MA’LUMOT UCHUN
Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987–1989-yillar) jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Xususan, 1987-yil yanvar va 1988-yil iyunda bu vazifalar yanada aniqlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.
Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilmaxilligining ma’lum ma’noda kuchayishiga imkoniyat yaratdi. Ammo mamlakatda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo‘lmadi.
BILASIZMI?
Mamlakatda bo‘lgan qayta qurish jamiyatning ijtimoiy va siyosiy tuzilishida bir qator o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. KPSSning sovet jamiyatidagi rahbarlik va yetakchilik mavqeyiga putur yetdi, saylov tizimini o‘zgartirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Qayta qurish pirovardida siyosiy jihatdan safsatabozlikka aylanib, tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va boshlangan islohotlarni oxirigacha yetkazish imkoniyatini bermay mag‘lubiyatga uchradi. M. S. Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emas edi. Chunki sotsializm doirasidagi mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, milliy va diniy siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik va mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya va oshkoralik bilan kelisha olmagan.
MA’LUMOT UCHUN
Markaz jilovni qo‘ldan bermaslik uchun butun imkoniyatlarni ishga solayotgan bir sharoitda 1989-yil may–iyun oylarida Quvasoy da yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik vodiyda millatlararo to‘qnashuvni (mesxeti turklari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida) keltirib chiqardi. U Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatiga tarqalib, xavfli tus oldi.
1989-yil 7-8-iyunda Qo‘qon shahrida mahalliy aholi qatnashgan tinch namoyish harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 50 dan ziyod namoyishchilar halok bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 1989-yil 3–12-iyunda Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va namoyishchilarning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 103 nafar kishi halok bo‘lgan, 1 011 nafar kishi jarohatlangan va 757 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron etilgan.
MA’LUMOT UCHUN
Farg‘ona fojialaridan keyin O‘zbekistonning yangi siyosiy rahbariyati bu masalada prinsipial mavqeni egalladi.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
Muhim sanalar
- 1970–1980-yillar — 1970–1980-yillar mobaynida davlat byudjetidan mablag‘ ajratish 11 foizdan 8 foizga qisqardi, o‘quv binolarining yetishmasligi yaqqol sezilib qoldi.
- 1980-yillarga — 1980-yillarga kelib sovet imperiyasi qurmoqchi bo‘lgan «sotsialistik» tuzumning nochorligi namoyon bo‘lib qoldi.
- 1980-yillarga — 1980-yillarga kelib «Sovet ittifoqi» deb atalgan ulkan imperiyaning qulashi aniq bo‘lib qolgach, hukumat yana dindorlarga hujum boshladi.
- 1982–1985-yillarda — Mamlakat siyosiy hayotida 1982–1985-yillarda yuz bergan o‘zgarishlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi.
- 1983-yil — SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha maxsus tergovchilar guruhi tuzilib, ularning dastlabkisi 1983-yil boshlarida O‘zbekistonga yuborilgan edi.
- 1983-yil — Ana shunday maxsus tergov guruhlarining asosiylaridan biri T. Gdlyan va N. Ivanov rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi.
- 1983-yil — Unga va o‘zbek millatiga o‘tkazila boshlangan har tomomlama og‘ir va uzluksiz tazyiq o‘z ishini qildi – 1983-yil 31-oktyabrda u yurak xurujidan vafot etdi.
- 1984-yil — 1984-yil 23-iyunda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi qarorlari bilan Markaz tomonidan O‘zbekistonda «paxta ishi» deb atalgan siyosiy qatag‘onlar boshlandi.
- 1985–1990-yillarda — 1985–1990-yillarda O‘zbekistonda «paxta ishi» degan uydirma bo‘yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz hibsga olindi, 5 000 nafar kishi esa soxta ayblar…
- 1985–1986-yillar — Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985–1986-yillar) ma’muriy tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlanadi.
Bilimingizni sinang
Sobiq Sovet Ittifoqi rahbari kim muammolar uchun «aybdorlar»ni topishga bel bog‘lagan?
- Yuriy Andropov
- Mixail Gorbachyov
- Leonid Brejnev
- Nikita Xrushchyov
To‘g‘ri javob: Yuriy Andropov. Yuriy Andropov muammolarda «aybdorlar»ni topishga kirishgan.
Andropov davrida «aybdorlar» qaysi hududlarda «topilgan»?
- Leningrad, Stavropol o‘lkasi va Qozog‘iston SSRda
- Moskva, Krasnodar viloyati va O‘zbekiston SSRda
- Kiyev, Rostov viloyati, Gruziya SSR va Ozarbayjonda
- Minsk, Odessa viloyati va Turkmaniston SSRda
To‘g‘ri javob: Moskva, Krasnodar viloyati va O‘zbekiston SSRda. «Aybdorlar» Moskva, Krasnodar viloyati va O‘zbekiston SSRda «topilgan».
Sovet rahbari Yuriy Andropov nima uchun muammolar va yo‘qotishlarda «aybdorlar»ni topish va ularni xalqqa ko‘rsatishga kirishgan?
- Moskva va Krasnodardagi mansabdorlar markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay, mustaqil siyosat yuritgani sababli
- Afg‘onistondagi urush xarajatlarini bu «aybdorlar»dan undirish va xazinani to‘ldirish zarur bo‘lgani sababli
- Hukmron kommunistlar sotsialistik tuzumning nochorligi uchun javobgar ekanini tan ola olmagani sababli
- Respublikalar o‘rtasida chegaralar qayta ko‘rib chiqilishi va hududlar bo‘linishi talab etilgani sababli
To‘g‘ri javob: Hukmron kommunistlar sotsialistik tuzumning nochorligi uchun javobgar ekanini tan ola olmagani sababli. Javobgar kuch bo‘lgan kommunistlar tuzum nochorligini tan ola olmagani uchun «aybdorlar» qidirilgan.
Afg‘onistondagi urushda qancha sovet harbiysi halok bo‘lgan?
- 8 500 kishidan ortiq
- 40 000 kishidan ortiq
- 25 000 kishidan ortiq
- 14 500 kishidan ortiq
To‘g‘ri javob: 14 500 kishidan ortiq. Afg‘onistondagi urushda 14 500 kishidan ortiq sovet harbiysi halok bo‘ldi.
Afg‘onistondagi urushda nechta o‘zbekistonlik harbiy halok bo‘lgan?
- 1 515 nafar
- 515 nafar
- 2 500 nafar
- 5 100 nafar
To‘g‘ri javob: 1 515 nafar. Urushda halok bo‘lgan sovet harbiylari orasida 1 515 nafar o‘zbekistonlik bor edi.
Afg‘onistondagi urush uchun o‘n yilda qancha mablag‘ sarflangan?
- 10 milliard rubldan ortiq
- 500 million rubldan ortiq
- 100 milliard rubldan ortiq
- 1 trillion rubldan ortiq
To‘g‘ri javob: 100 milliard rubldan ortiq. O‘n yilda 100 000 000 000 rubldan ortiq mablag‘ sarflangan.
Afg‘on urushida necha nafar o‘zbekistonlik harbiy halok bo‘lgan?
- 515 nafar
- 2 515 nafar
- 14 500 nafar
- 1 515 nafar
To‘g‘ri javob: 1 515 nafar. Urushda 1 515 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.
Afg‘onistonda doim saqlangan yuz ming nafar sovet harbiysini ta’minlash uchun o‘n yilda 100 milliard rubldan ortiq mablag‘ sarflangan. Bu yiliga o‘rtacha qancha mablag‘ ketganini bildiradi?
- Yiliga o‘rtacha 1 milliard rubldan kam
- Yiliga o‘rtacha 5 milliard rubl atrofida
- Yiliga o‘rtacha 10 milliard rubldan ortiq
- Yiliga o‘rtacha 100 milliard rubldan ortiq
To‘g‘ri javob: Yiliga o‘rtacha 10 milliard rubldan ortiq. 100 milliard rubl o‘n yilga bo‘linsa, yiliga taxminan 10 milliard rubl chiqadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash