XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 31

Sharof Rashidov

SHAROF RASHIDOV SHAROF RASHIDOV

1941-yili boshlangan urush ko‘plar qatori Sh. Rashidovning ham hayotiy rejalarini o‘zgartirib yubordi. Shu yili noyabrda Frunze (hozirgi Bishkek) piyodalar harbiy bilim yurtini tezlashtirilgan dastur asosida tugatgandan keyin kichik politruk (Sovet Armiyasida shaxsiy tarkibning siyosiy tayyorgarligi bilan shug‘ullanuvchi komandir) Sh. Rashidov Kalinin frontiga jo‘natildi. Sh. Rashidovga yaqin bo‘lgan kishilarning aytishicha, u o‘zining urush davridagi hayoti haqida ko‘p gapirishni yoqtirmasdi.

…1966-yil 26-aprel tongida Soat 5 dan 23 daqiqa o‘tganda Toshkentda Rixter shkalasi bo‘yicha 8–9 ball kuchlanishdagi zilzila yuz berdi. Yerning qattiq qimirlashi 10–12 sekund davom etdi. Bu 10 kvadrat kilometr maydondagi binolarning vayron bo‘lishiga olib keldi. Yer qimirlashi gorizontal emas, vertikal holda yuz berganligi uchun vayronagarchiliklar va qurbonlar nisbatan kam edi. 8 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohatlandi. 2 million kvadrat metrdan ziyod turarjoylar, 236 ta ma’muriy binolar, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari, 26 ta kommunal korxona, 181 ta o‘quv yurtlari, 36 ta madaniyat idoralari, 185 ta tibbiyot va 245 ta sanoat korxonalari binolari buzildi. 78 ming oila yoki 300 ming kishi boshpanasiz qoldi. Butun yil davomida 7 ballgacha bo‘lgan yer silkinishlari takrorlanib, odamlarni doimiy bezovta qilib turdi. Zilzilaning ertasi kuni Toshkentga KPSS Markaziy Komitetining birinchi sekretari L. Brejnev va SSSR Ministrlar Sovetining raisi A. Kosigin yetib keldi. Sh. Rashidov poytaxtdagi ahvol bo‘yicha axborot bergandan so‘ng, mutaxassislar ishtirokida Toshkentni qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

SHAROF RASHIDOV SHAROF RASHIDOV

Sh. Ergashevning «Erk istar ko‘ngil» kitobidan.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Sh. Rashidovning hayotiy rejalarini o‘zgartirib yuborgan urush qaysi yili boshlangan?
  1. 1943-yili
  2. 1941-yili
  3. 1940-yili
  4. 1942-yili

To‘g‘ri javob: 1941-yili. 1941-yili boshlangan urush Sh. Rashidovning hayotiy rejalarini o‘zgartirib yubordi.

1966-yil 26-aprelda Toshkentda yuz bergan zilzila qancha maydondagi binolarning vayron bo‘lishiga olib kelgan?
  1. 50 kvadrat kilometr
  2. 5 kvadrat kilometr
  3. 25 kvadrat kilometr
  4. 10 kvadrat kilometr

To‘g‘ri javob: 10 kvadrat kilometr. Toshkent zilzilasi 10 kvadrat kilometr maydondagi binolarning vayron bo‘lishiga olib keldi.

1966-yildagi Toshkent zilzilasida necha kishi halok bo‘lgan?
  1. 48 kishi
  2. 3 kishi
  3. 18 kishi
  4. 8 kishi

To‘g‘ri javob: 8 kishi. Yer vertikal silkingani uchun qurbonlar nisbatan kam bo‘ldi: 8 kishi halok bo‘ldi.

1966-yildagi Toshkent zilzilasida qancha kvadrat metrdan ziyod turarjoylar buzilgan?
  1. 2 million kvadrat metr
  2. 1 million kvadrat metr
  3. 500 ming kvadrat metr
  4. 5 million kvadrat metr

To‘g‘ri javob: 2 million kvadrat metr. Zilzilada 2 million kvadrat metrdan ziyod turarjoylar buzilgan.

1966-yildagi Toshkent zilzilasi oqibatida necha oila boshpanasiz qolgan?
  1. 30 ming oila
  2. 120 ming oila
  3. 78 ming oila
  4. 300 ming oila

To‘g‘ri javob: 78 ming oila. Zilzila tufayli 78 ming oila, ya’ni 300 ming kishi boshpanasiz qoldi.

1966-yildagi Toshkent zilzilasi tufayli necha kishi boshpanasiz qolgan?
  1. 500 ming kishi
  2. 150 ming kishi
  3. 200 ming kishi
  4. 300 ming kishi

To‘g‘ri javob: 300 ming kishi. 78 ming oila yoki 300 ming kishi boshpanasiz qolgan.

Sharof Rashidov 1941-yil noyabrda qaysi shaharda joylashgan piyodalar harbiy bilim yurtini tugatgan?
  1. Frunze (hozirgi Bishkek)
  2. Alma-Ota (hozirgi Almati)
  3. Ashxobod (hozirgi Ashgabat)
  4. Stalinobod (hozirgi Dushanbe)

To‘g‘ri javob: Frunze (hozirgi Bishkek). U Frunze (hozirgi Bishkek) piyodalar harbiy bilim yurtini tezlashtirilgan dastur asosida tugatgan.

Harbiy bilim yurtini tugatgan Sh. Rashidov qaysi frontga jo‘natilgan?
  1. Leningrad frontiga
  2. Kalinin frontiga
  3. Stalingrad frontiga
  4. Voronej frontiga

To‘g‘ri javob: Kalinin frontiga. Matnga ko‘ra Sh. Rashidov Kalinin frontiga jo‘natilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← Oldingi1980–1990-yillarda O‘zbekistonKeyingi →O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy faollik va mustaqillik sari intilishning kuchayishi