XotirAI logotipiXotirAI
📜 11-sinf · O‘zbekiston tarixi · 5-mavzu

Qurolli kuchlar va milliy armiya

Milliy davlatchilikning tiklanishi

Bilib olasiz

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mustaqillik davrida shakllanishi va buning ahamiyati

1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, eng muhim vazifalardan biri milliy xavfsizlik va hududiy yaxlitlikni ta’minlash edi. Shu maqsadda:

Bu o‘zgarishlar O‘zbekistonning o‘z harbiy siyosatini yuritishiga zamin yaratdi. 1992-yilda Prezident farmoni bilan Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashkil etildi. Konstitutsiyada Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni sifatida belgilandi. 1993-yil 14-yanvar esa Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilindi hamda bu sana har yili harbiylar va ularning xizmatini qadrlash kuni sifatida nishonlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mustaqillik davrida shakllanishi va buning ahamiyati

Mustaqillikning ilk yillaridayoq harbiy kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratildi. Mamlakatimizda quyidagi yangi harbiy oliy o‘quv yurtlari ochildi:

Mulohaza uchun

Harbiy xizmat – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turi. O‘zbekistonda harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi – shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar, serjantlar va kichik ofitserlar uchun – 45 yosh, katta ofitserlar uchun – 50 yosh, polkovniklar uchun – 55 yosh, general-mayor, general-leytenant va general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun – 60 yosh etib belgilangan. Hozir majburiy harbiy xizmat (armiya) 12 oy, oliy ma’lumotlilar uchun esa 9 oy etib belgilangan.

Keyinchalik Chirchiq, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarda harbiy bilim yurtlari tashkil etildi. 2001-yildan boshlab turli harbiy okruglarda serjantlar tayyorlash maktablari ochildi.

Mulohaza uchun

1995-yilda mamlakatimizda Harbiy doktrina qabul qilindi. 2003-yilga kelib, ushbu doktrina Oliy Majlisda qayta muhokama qilindi va O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini tashkil etishdan asosiy maqsad Vatan himoyasiga qaratilgani e’tiborga olinib Mudofaa doktrinasi, deb o‘zgartirildi. 2018-yilga kelib bu doktrina yanada takomillashtirildi va shu yilning 9-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi qonuni imzoladi. Bu hujjat:

Mulohaza uchun

Shuningdek, Konstitutsiyada Vatan himoyasi har bir fuqaroning muqaddas burchi deb belgilangan. Harbiy xizmatga chaqirilish umumiy harbiy majburiyat asosida amalga oshiriladi.

Yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish maqsadida:

Vatanga sadoqatli, jasur yoshlarni rag‘batlantirish uchun “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti ta’sis etildi.

Mulohaza uchun

Shavkat Mirziyoyev: Harbiy-jangovar salohiyat va yuksak ma’naviy salohiyat – O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchi.

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o‘z Qurolli Kuchlarini tuzishi mamlakat mustaqilligi va xalq xavfsizligi uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lgan deb o‘ylaysiz? 2. Sizningcha, nega yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash uchun “Temurbeklar maktabi” ochilmoqda yoki “Mard o‘g‘lon” kabi mukofotlar ta’sis etilmoqda?

Yodda tuting!

2018-yil 10-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining ilk bor kengaytirilgan, ochiq videokonferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar holatga shayligi ilgarigi 5 kundan 3 soatga tushirilgani ta’kidlandi.

Yodda tuting!

2006-yildan boshlab 25-oktyabr Ichki ishlar xodimlari kuni deb belgilangan.

Ichki ishlar idoralari qayta tiklanishi va rivojlanishining jamiyat xavfsizligiga ta’siri

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan davrlarda Ichki ishlar vazirligi va uning qo‘shinlari murakkab holatda edi. Sovet ittifoqi davrida ko‘plab ofitser va harbiy xizmatchilar boshqa respublikalarda xizmat qilgani uchun mamlakatda milliy kadrlar yetishmas edi. 1991–1994-yillar oralig‘ida chet elda xizmat qilgan o‘zbek ofitserlari vatanga qayta boshladi. Bu jarayon ichki ishlar tizimini mustahkamlash va mamlakat xavfsizligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.

Shu davrdan boshlab ichki ishlar organlari uchun maxsus harbiy oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Natijada qisqa vaqt ichida milliy kadrlar soni sezilarli darajada oshdi.

Ichki ishlar idoralari qayta tiklanishi va rivojlanishining jamiyat xavfsizligiga ta’siri

2001-yilda Prezident farmoni bilan ichki ishlar tizimida xizmat qilish tartibi aniq belgilandi, ofitser va xodimlarning huquqiy himoyasi mustahkamlandi. Bu o‘zgarishlar xodimlarning mehnatini qadrlash, ularning faoliyatini adolatli asosda tashkil etishga xizmat qildi.

2017-yilda ichki ishlar organlari faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Tizimning moddiy-texnik bazasi yangilandi, zamonaviy

texnologiyalar joriy qilindi va kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu islohotlar ichki ishlar tizimini yanada samarali, tezkor va zamon talablari darajasiga moslashtirdi.

2019–2021-yillarda ichki ishlar tizimi xalq bilan ochiq muloqotga o‘tdi. “Xavfsiz shahar” va “Xavfsiz hudud” loyihalari orqali shahar va mahallalarda videokuzatuv tizimlari, tezkor javob berish mexanizmlari joriy etildi. Bu loyihalar fuqarolarning o‘zini xavfsiz his qilishiga, muammolarni tez va samarali hal etishga yordam berdi.

Ichki ishlar idoralari qayta tiklanishi va rivojlanishining jamiyat xavfsizligiga ta’siri

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi o‘z faoliyatini maxsus nizom va qonunlarga asoslanib olib boradi. Tizimning asosiy maqsadi fuqarolarning tinchligi, huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat tartibini saqlashdir.

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Mustaqillikdan keyingi davrda ichki ishlar tizimida milliy kadrlar yetishmasligi muammosi qanday hal etildi? 2. 2017-yildagi islohotlar ichki ishlar tizimini zamon talablari darajasiga moslashtirishda qanday o‘rin tutdi? Misollar bilan izohlang. 3. “Xavfsiz hudud” loyihasi fuqarolarning kundalik hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi? O‘zingiz yashaydigan hududda bu loyihaning natijalarini ko‘rganmisiz?

Milliy xavfsizlik strategiyasi shakllanishining O‘zbekiston taraqqiyotida tutgan o‘rni

1991-yil 26-sentyabrda Sovet ittifoqi Davlat xavfsizlik qo‘mitasi o‘rnida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) tashkil etildi. Bu yangi tuzilma davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash uchun xizmat qildi.

1995-yilda Prezident huzurida Xavfsizlik kengashi tuzildi. U mamlakat xavfsizligi masalalarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullandi. Shuningdek, 1996-yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilib, tabiiy ofatlar va boshqa xavfli vaziyatlarda aholiga yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatildi.

1999–2000-yillarda O‘zbekistonda terrorchilik xavfi kuchaydi. Toshkentdagi portlashlar, tog‘li hududlardagi chegaradan kirib kelgan jangarilar mamlakat xavfsizligini jiddiy sinovdan o‘tkazdi. Shu sababli davlat “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Bu qonun terrorizmga qarshi

Yodda tuting!

Milliy xavfsizlik strategiyasining maqsadi xalqning fundamental maqsadlari bilan hamohang bo‘lib, uning amalga oshirilishiga davlatning mavjud barcha siyosiy imkoniyatlari, umummilliy darajadagi vositalar va resurslar safarbar qilindi.

murosasiz kurashish hamda davlat organlari va fuqarolarning bu boradagi burchlarini belgilab berdi.

2005-yilda Andijon voqealari yuz berdi. “Akromiylar” deb atalgan jangarilar tartibsizliklar keltirib chiqardi. Ularning harakatlari mamlakat xavfsizligi uchun katta xavf tug‘dirgan bo‘lsa-da, davlat bunga qarshi qat’iy choralar ko‘rdi.

Keyingi yillarda xavfsizlik tizimi yanada takomillashdi. 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) sifatida qayta tashkil etildi. Nafaqat nomdagi, balki mazmundagi bunday o‘zgarish tufayli tashkilotning vazifalari kengaydi.

Yodda tuting!

Bugungi kunda DXX quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:

2021-yilda xizmat xodimlarining kasb bayrami sanasi 26-sentyabr etib belgilandi. Bu sana ramziy ma’noga ega, chunki 1991-yilning aynan shu kuni O‘zbekiston o‘z milliy xavfsizlik tizimiga asos solgan edi.

Bu sanani belgilashdan maqsad DXX xodimlarining mashaqqatli mehnatini qadrlash, ularning jamiyat xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdagi xizmatlarini e’tirof etishdir.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Sizningcha, O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmatining tashkil etilishi mustaqillikning ilk yillarida qanday ahamiyat kasb etgan? 2. Terrorizm va boshqa xavf-xatarlar sharoitida davlat xavfsizlik tizimining kuchli bo‘lishi oddiy odamlar hayotiga qanday ta’sir qiladi? 3. Bugungi kunda yoshlar mamlakat xavfsizligini ta’minlashga qanday hissa qo‘shishi mumkin deb o‘ylaysiz?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

O‘zbekiston qaysi yilda mustaqillikka erishib, milliy xavfsizlik va hududiy yaxlitlikni ta’minlashni eng muhim vazifalardan biri deb bilgan?
  1. 1989-yilda
  2. 1992-yilda
  3. 1990-yilda
  4. 1991-yilda

To‘g‘ri javob: 1991-yilda. O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishdi va xavfsizlikni ta’minlash asosiy vazifalardan biri bo‘ldi.

Prezident farmoni bilan Chegara qo‘shinlari boshqarmasi qaysi yilda tashkil etilgan?
  1. 1994-yilda
  2. 1996-yilda
  3. 1991-yilda
  4. 1992-yilda

To‘g‘ri javob: 1992-yilda. Chegara qo‘shinlari boshqarmasi 1992-yilda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan.

Vatan himoyachilari kuni qaysi yilda e’lon qilingan?
  1. 1993-yilda
  2. 1991-yilda
  3. 1995-yilda
  4. 1997-yilda

To‘g‘ri javob: 1993-yilda. Vatan himoyachilari kuni 1993-yilda e’lon qilingan.

O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni qaysi sanada nishonlanadi?
  1. 14-yanvar
  2. 25-oktyabr
  3. 1-sentyabr
  4. 9-may

To‘g‘ri javob: 14-yanvar. 1993-yildan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni deb belgilangan.

1992-yilda Prezident farmoni bilan qaysi tuzilma tashkil etilgan?
  1. Milliy gvardiya
  2. Mudofaa ishlari vazirligi
  3. Chegara qo‘shinlari boshqarmasi
  4. Favqulodda vaziyatlar vazirligi

To‘g‘ri javob: Chegara qo‘shinlari boshqarmasi. 1992-yilda Prezident farmoni bilan Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashkil etilgan.

Vatan himoyachilari kuni qaysi sana deb e’lon qilingan?
  1. 1993-yil 14-yanvar
  2. 1991-yil 1-sentyabr
  3. 1992-yil 14-yanvar
  4. 1994-yil 25-oktyabr

To‘g‘ri javob: 1993-yil 14-yanvar. 1993-yil 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilingan.

Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
  1. Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‘mondoni Mudofaa vaziri etib belgilangan
  2. Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‘mondoni Oliy Majlis raisi etib belgilangan
  3. Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‘mondoni lavozimi Konstitutsiyada nazarda tutilmagan
  4. Konstitutsiyada Prezident Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‘mondoni deb belgilangan

To‘g‘ri javob: Konstitutsiyada Prezident Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‘mondoni deb belgilangan. Konstitutsiyada Prezident Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‘mondoni sifatida belgilangan.

Qurolli Kuchlarning shakllanishiga oid hukmlarni ko‘rib chiqing. I. Harbiy doktrina 1995-yilda qabul qilingan va 2003-yilda Mudofaa doktrinasi deb o‘zgartirilgan. II. Vatan himoyachilari kuni 1992-yil 14-yanvarda e’lon qilingan. III. Konstitutsiyada Prezident Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‘mondoni etib belgilangan. Qaysilari to‘g‘ri?
  1. faqat I
  2. II va III
  3. I va II
  4. I va III

To‘g‘ri javob: I va III. Vatan himoyachilari kuni 1993-yil 14-yanvarda e’lon qilingan, shuning uchun II hukm noto‘g‘ri.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekistonda tub islohotlar: Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasi sariKeyingi →Milliy iqtisodiyotning barpo etilishi