XotirAI logotipiXotirAI
📜 11-sinf · O‘zbekiston tarixi · 8-mavzu

Ijtimoiy siyosat va uni amalga oshirish bosqichlari

Iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy siyosat

Bilib olasiz

O‘zbekistonda ijtimoiy holat va demografiya.

Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi.

Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi va zamonaviy tibbiyotning shakllanishi.

Aholini ish va uy-joy bilan ta’minlash siyosati.

Yodda tuting!

1991-yilda O‘zbekistonda aholi soni 20,6 million kishini tashkil etgan va ulardan katta qismining turmush farovonligi past darajada edi.

2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 million 134 ming 200 kishini tashkil etdi. Aholining 18 million 696 ming 700 nafari erkaklar, 18 million 437 ming 500 nafari ayollardir. Mamlakatda shahar aholisi 18,9 million, qishloq aholisi 18,2 million kishini tashkil etadi.

Mustaqillik e’lon qilinishi mamlakatda ijtimoiy hayotni faollashtirish, aholi farovonligini oshirish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Sovet Ittifoqi davrida odamlarning turmush tarzi, eng muhimi, ularning jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi o‘ta past, tomorqa yerlari keskin kamayib ketgan edi. Millatning salomatligi hamda genofondiga salbiy ta’sirlarning kuchayishi, bolalar va onalar o‘limining avj olishi hamda o‘lkamizning ekologik nochor holati dolzarb muammolardan edi. Sovet Ittifoqi davrida O‘zbekiston aholisi o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlarini Ittifoq aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilardi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘zining qo‘lidan keladigan ishni topa olmasdi.

Yodda tuting!

Mustaqillikka erishish arafasida kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Ittifoqdagi 15 respublika ichida 12-o‘rinda edi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkich esa o‘rtacha darajadan ikki hissa past bo‘lgan. Mustaqillik yillarida aholining turmush sharoiti yaxshilanib, farovonligi oshib bordi. Iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi xarid qobiliyatining oshishiga hamda aholi demografiyasiga ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekistonda doimiy aholi soni o‘sib bordi. 1991–2016-yillarda O‘zbekiston aholisi taxminan 11,5 million kishiga ko‘paydi va 32 milliondan ortdi.

Yodda tuting!

O‘tish davrida, ya’ni mustaqillikning dastlabki yillarida aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlari — ko‘p bolali va moddiy ko‘mak hisobidan yashovchi oilalar qiyin ahvolga tushib qoldi. 1990-yillar oxirida O‘zbekiston byudjetida kamomad yuzaga keldi. Bu holat ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

O‘qituvchilarning oylik maoshi mamlakatdagi o‘rtacha daromadning taxminan 60–65 foizini tashkil qilardi. Pensiya va nafaqalarni moliyalashtirishda ham muammolar paydo bo‘ldi, chunki banklarda naqd pul yetarli emas edi. Bu muammolar 2000-yillargacha ham davom etdi va ijtimoiy hayotning turli sohalarida sezildi.

Yodda tuting!

2022-yilga kelib, kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga aniq yordam ko‘rsatish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi joriy etildi. Bu tizim orqali ehtiyojmand oilalar ro‘yxatga olinib, ularga manzilli yordam ko‘rsatish boshlandi.

2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. Shuningdek, har bir tuman va shaharda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ochildi. Bu markazlar mahalla darajasida yordamga muhtoj odamlarga turli xizmatlar — moddiy yordam, maslahat, huquqiy ko‘mak kabilarni ko‘rsatadi.

2024-yildan boshlab haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” deb belgilandi. Bu kuni odamlar bir-biriga yordamlashishi, mehr ko‘rsatishi, ehtiyojmandlarga ko‘mak berishi odat tusiga kirgan.

Yodda tuting!

Yoshlar (yosh fuqarolar) – 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar.

Yosh oila – erxotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 30 yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol).

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Mustaqillikdan oldingi davrda aholining turmush sharoitini og‘irlashtiruvchi asosiy muammolar nimalardan iborat edi? 2. Mustaqillik yillarida aholining turmush sharoiti va ijtimoiy himoya tizimida qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi va bu jarayonlar aholining demografik ko‘rsatkichlariga qanday ta’sir ko‘rsatdi? 3. “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy muammolarni hal etishda qanday yangi imkoniyatlar yaratdi?

Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi

O‘zbekistonda mustaqillik e’lon qilinganidan so‘ng aholi turmush darajasini oshirish, inson manfaatlarini ta’minlash va uni har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar orqali ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishga harakat qilindi.

Yodda tuting!

Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlari:

bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi; bepul umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim olish; davlat ta’lim muassasalarida davlat grantlari doirasida bepul kasb-hunar va oliy ta’lim olish; davlat sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalariga borish uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.

Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq davlat ijtimoiy siyosatining asoslari shakllantirildi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat ustuvor yo‘nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu siyosatning o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

Yodda tuting!

Aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan siyosat natijasida ish haqi, pensiya va daromadlar o‘sa boshladi.

Yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va bu yo‘nalishda huquqiy asoslar yaratildi. Kambag‘allikni kamaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Shu maqsadda davlat tomonidan kredit va subsidiyalar ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va rasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratildi. Yolg‘iz shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyati rivojlantirildi. Biznesni boshlash uchun eng oddiy va qulay usul sifatida jismoniy shaxslar o‘z nomidan va mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan holda faoliyat yuritishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Bu yo‘nalishdagi byurokratik to‘siqlar bekor qilindi.

Yodda tuting!

Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ochilishidan lavha

Natijada so‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqartirishga erishildi.

Ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolarga individual yondashuv asosida yordam ko‘rsatish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Ijtimoiy muammolarni adolatli hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga xos tizimi yaratilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari joriy etilgani bugun ijtimoiy masalalarni hal etishga xizmat qilmoqda.

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi tizimlarning ijtimoiy muammolarni hal etishdagi o‘rni va ahamiyatini qanday baholaysiz? 2. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish orqali odamlarning iqtisodiy faolligini oshirishdan qanday ijobiy natijalar kutish mumkin? 3. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat bosqichma-bosqich amalga oshirilishining qanday afzalliklari bor?

Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi va zamonaviy tibbiyotning shakllanishi

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlangan davlatlardagi darajaga olib chiqish, aholi salomatligini yaxshilash va mavjud muammolarni bartaraf etish vazifasi yuzaga keldi. 1996-yilda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unda davlatning sog‘liqni saqlashga oid yangi yondashuvi belgilab berildi.

Tibbiyot muassasalarini xususiylashtirish ishlari boshlandi. 2001-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligidan rasmiy ruxsat olgan xususiy tibbiyot muassasalari soni 1700 tani, shaxsiy tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar soni esa 4000 tani tashkil etgan.

Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi sezilarli darajada oshdi. Masalan, 1990-yilda bu ko‘rsatkich 67 yosh atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda 74 yoshga yaqinlashdi. 2025-yilda esa ayollar uchun 75 yosh, erkaklar uchun 72 yoshdan oshdi.

Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi va zamonaviy tibbiyotning shakllanishi

Bu ko‘rsatkichlar MDH davlatlaridagiga nisbatan ancha yuqori ekani qayd etilgan. Demak, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar aholi salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Biz ta’lim va tibbiyotga alohida e’tibor beryapmiz. Chunki odamlar bilimli bo‘lib, sog‘lom bo‘lsa, o‘z yo‘lini topadi.

Bu markaz ham shunday ishlardan biri. Bu loyihaga 1,2 trillion so‘m ajratib, “noldan” qurdik. Barcha onkologiya shifoxonalarini jihozlashga 80 million dollar yo‘naltirildi. Endigi asosiy vazifa xodimlarni o‘qitib olish, samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yishdir.

Shavkat Mirziyoyev

O‘tgan yillar davomida qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etildi. Bu orqali aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi yaxshilandi va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaydi.

Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi va zamonaviy tibbiyotning shakllanishi

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yagona markazlashgan tizim yaratildi. Joylarda fuqarolarga zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyati takomillashtirildi.

Aholining sog‘lig‘ini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish maqsadida O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng bir qator milliy dasturlar amalga oshirildi. Bolalarda irsiy va tug‘ma kasalliklarni barvaqt aniqlash uchun respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi.

Sog‘liqni saqlash sohasida to‘planib qolgan muammolar — zamonaviy amaliyotdan uzilish, xorijga davolanish uchun chiqish, profilaktika ishlarining sustligi, ta’lim va fan bilan yetarli bog‘lanishning yo‘qligi, elektron sog‘liqni saqlashda yagona standartlar mavjud emasligi tizimni rivojlantirishga to‘sqinlik qilgan.

Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi va zamonaviy tibbiyotning shakllanishi

Rossiya, Koreya, Germaniya, Turkiya, Hindiston, Italiya, Xitoy va Polsha kabi davlatlarning 22 ta universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash boshlandi.

O‘zbekistonda ilk bor kattalar gematologiya markazida donordan olingan suyak ko‘migi hujayralarini ko‘chirish, ya’ni allogen transplantatsiya amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. 2021-yilda gematologiya va bolalar onkologiyasi markazlari alohida muassasa sifatida tashkil etildi.

Shoshilinch tibbiy yordam sohasida markazlashgan tizim yaratildi. Brigadalar soni 818 tadan 1666 tagacha ko‘paytirildi. 1500 dan ortiq tez yordam mashinasi xarid qilindi.

Joylarda allergologiya, onkologiya, nefrologiya kabi yo‘nalishlarda 16 ta ixtisoslashgan markaz tashkil etildi. 310 ta ixtisoslashgan bo‘lim va 14 ta respublika tibbiyot markazi filiali ochildi. Xususiy sektor ulushi oshdi, shifoxonalar soni 5300 tadan ortdi. Xorijiy hamkorlikda 100 dan ortiq zamonaviy xususiy klinika ish boshladi.

Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi va zamonaviy tibbiyotning shakllanishi

Ayni paytda mamlakatda oliy tibbiy ta’lim muassasalari, ularning filiallari va xalqaro nufuzli tibbiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda 22 ta xalqaro fakultet ochildi.

Sohadagi ilg‘or texnologiyalar va xalqaro tajriba asosida aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengaymoqda.

2024-yilning o‘zida bog‘cha va maktablar barpo qilish, tibbiy xizmatni kengaytirish, mahallalarda ichimlik suv, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun byudjetdan 31,5 trillion so‘m ajratilgan.

Aholini ish va uy-joy bilan ta’minlash siyosati

Deyarli barcha mamlakatlarda aholini ish bilan ta’minlash muammosi muhim hisoblanadi. O‘zbekistonda ish o‘rinlari yaratish, yordamga muhtoj qatlamlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

2007-yildan boshlab tuman va shaharlarda Bandlikka ko‘maklashish markazlari tashkil qilindi. Ularning vazifasi aholi uchun turli mehnat shakllarini rivojlantirish, kasanachilik, dehqonchilik va boshqa sohalarda bandlikni rag‘batlantirish edi. Mahallalarda kichik korxonalar, sartaroshxonalar, do‘konlar ochilib, ayniqsa, yoshlar va yordamga muhtoj oilalar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi.

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Sog‘liqni saqlash sohasida uzoq yillardan buyon saqlanib kelayotgan muammolar haqida fikr bildiring. 2. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida aholi sonining o‘sib borishini infografika asosida tasvirlang. 3. Mahallangizda yoshlar bandligini ta’minlash borasida qanday amaliy ishlar bajariladi?

Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida yuz minglab odamlar kredit olib, biznes boshladi, minglab yangi korxonalar ochildi. Qishloqlarda 2009–2016-yillarda 70 mingdan ortiq namunaviy uy-joy qurildi. 2017-yilda esa 800 ming kvadrat metrdan ziyod uy foydalanishga topshirildi.

2021-yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus qaror qabul qilindi. Unda ayollarning ta’lim olishi, ish bilan band bo‘lishi, tadbirkorlikni rivojlantirishini qo‘llash, “Ayollar daftari” orqali muammolarini hal qilish vazifalari belgilandi.

Ijodiy faoliyat

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etilmoqda. Bu yangi turarjoylar, ijtimoiy obyektlar va infratuzilma aholining farovon hayot kechirishi uchun yaratilmoqda.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. O‘zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash uchun qanday choralar ko‘rilgan? 2. “Yangi O‘zbekiston” massivlari va oilaviy tadbirkorlik dasturlari aholi turmush darajasini oshirishda qanday ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda? 3. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash siyosati bandlik va uy-joy masalalarida qanday natijalar berdi, bu islohotlar kelajakda qanday imkoniyatlar yaratadi deb o‘ylaysiz?

2024-yili yurtimizda jami 40 million kvadrat metrdan ziyod bino-inshootlar qurilgan. Jumladan, 100 mingdan ziyod xonadonga ega 2 044 ta ko‘p qavatli uy bunyod etilgan.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

O‘zbekistonda aholi soni 20,6 million kishini tashkil etgan yil qaysi?
  1. 1985-yil
  2. 1995-yil
  3. 1991-yil
  4. 1989-yil

To‘g‘ri javob: 1991-yil. 1991-yilda O‘zbekistonda aholi soni 20,6 million kishi bo‘lgan.

1991-yilda O‘zbekistonda aholi soni qancha kishini tashkil etgan?
  1. 24,5 million
  2. 16,3 million
  3. 18,2 million
  4. 20,6 million

To‘g‘ri javob: 20,6 million. 1991-yilda aholi soni 20,6 million kishi bo‘lgan.

2024-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda shahar aholisi qancha kishini tashkil etadi?
  1. 20,3 million
  2. 17,5 million
  3. 18,9 million
  4. 16,4 million

To‘g‘ri javob: 18,9 million. Mamlakatda shahar aholisi 18,9 million kishini tashkil etadi.

O‘zbekistonda qishloq aholisi qancha kishini tashkil etadi (2024-yil 1-iyul holatiga)?
  1. 21,0 million
  2. 15,7 million
  3. 18,2 million
  4. 19,6 million

To‘g‘ri javob: 18,2 million. Mamlakatda qishloq aholisi 18,2 million kishini tashkil etadi.

1991-yilda O‘zbekistonda aholi soni qancha bo‘lgan?
  1. 20,6 million
  2. 25,4 million
  3. 18,2 million
  4. 32 million

To‘g‘ri javob: 20,6 million. 1991-yilda aholi soni 20,6 million kishini tashkil etgan.

2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qancha?
  1. 36 million 840 ming 700
  2. 37 million 134 ming 200
  3. 35 million 912 ming 400
  4. 38 million 205 ming 600

To‘g‘ri javob: 37 million 134 ming 200. Doimiy aholi soni 37 million 134 ming 200 kishini tashkil etgan.

Sovet Ittifoqi davrida O‘zbekistondagi ahvol haqidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
  1. Aholi jon boshiga daromadi Ittifoq o‘rtacha darajasidan yuqori bo‘lgan
  2. Tomorqa yerlari keskin ko‘paytirilgan
  3. Tomorqa yerlari keskin kamayib ketgan
  4. Bolalar va onalar o‘limi butunlay yo‘qotilgan

To‘g‘ri javob: Tomorqa yerlari keskin kamayib ketgan. Sovet davrida daromad past bo‘lib, tomorqa yerlari keskin kamayib ketgan.

Sovet davrida O‘zbekiston aholisi go‘sht va sut mahsulotlarini Ittifoq aholisiga nisbatan qanday iste’mol qilgan?
  1. Taxminan bir xil miqdorda
  2. Uch barobar ko‘p
  3. Yarim barobar ko‘p
  4. Ikki barobar kam

To‘g‘ri javob: Ikki barobar kam. Aholi bu mahsulotlarni Ittifoq aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMamlakatda ishlab chiqarish salohiyatining oshishi va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvKeyingi →Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik