Ilm-fanda erishilgan yutuqlar
Ta’lim va ilm-fan
Bilib olasiz
Ilm-fan sohasidagi islohotlar. Ilm-fan sohasidagi xalqaro aloqalar.
Ilm-fan sohasidagi islohotlar
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (O‘zRFA) mamlakatdagi eng yirik va muhim ilmiy tashkilot hisoblanadi. Akademiyada turli ilmiy yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi. 1991-yilda Fanlar akademiyasi qayta tashkil etildi. 1991–2016-yillarda akademiya olimlari qishloq xo‘jaligi, paxtachilik, bog‘dorchilik, biotexnologiya, nanotexnologiya, ijtimoiy fanlar, tabiiy va aniq fanlar sohalarida muhim ilmiy yutuqlarga erishdi. Jumladan, paxtaning turli iqlim sharoitlariga mos, yuqori hosildor navlari yaratildi.
Shuningdek, o‘zbek davlatchiligi, madaniyati, san’ati va ijtimoiy hayoti bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borildi. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (6 jildli), “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, “Ruscha-o‘zbekcha va o‘zbekcha–ruscha lug‘atlar”, “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” hamda o‘zbek va qoraqalpoq folklori to‘plamlari nashr qilindi.
Ilm-fan sohasidagi islohotlar
1997-yilda Xorazm Ma’mun Akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi. U o‘tgan ming yillik tarixiy merosni zamonaviy ilm bilan uyg‘unlashtirib, yosh avlodni ilm-fanga, tafakkurga va izlanishga chorlaydi.
2017-yil sentyabr oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi Sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro matematika olimpiadasini o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi. Unga ko‘ra 2018-yil ilk bor Urganchda talabalar o‘rtasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Ilm-fan sohasidagi islohotlar
Maydanak observatoriyasi Fanlar akademiyasining faxri bo‘lib, hozir noyob astrioqlimi bilan jahonning eng yetakchi beshta observatoriyalaridan biri hisoblanadi. Shimoliy yarimsharning eng yaxshi observatoriyasi sifatida bu yerda 80 dan ortiq asteroid, to‘rtta kometa va yangi kichik sayyora kashf etilgan.
Yodda tuting!
2017-yilda 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining 32 nafar, 2023-yilda esa 16 nafar yangi haqiqiy a’zosi tasdiqlandi.
2025-yil holatiga ko‘ra, Fanlar akademiyasi tarkibida 30 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasasi faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi shular jumlasidan. Ushbu muzeylarda ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.
1992-yilda Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi. U fan, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlarida ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarga ilmiy daraja hamda unvonlar beruvchi davlat organidir.
Yodda tuting!
2007-yilda Maydanak rasadxonasida O‘zbekiston tarixida ilk bor Quyosh tizimidagi yangi kichik sayyora aniqlandi. Keyinchalik ushbu sayyoraga “Samarqand” deb nom berildi.
Fizika sohasida dunyoda birinchi marta quyosh energiyasidan foydalanib, 110–150 Kelvin darajada o‘ta o‘tkazuvchanlik holatiga o‘tadigan mustahkam materiallar yaratildi.
1992-yilda ayollarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Olima” uyushmasi tashkil etildi. “Olima” uyushmasi Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, 100 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari va Fanlar akademiyasi institutlaridagi olima ayollarni birlashtirib, ilm-fan sohasida davlat siyosatini xotin-qizlar o‘rtasida targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Yodda tuting!
YUNESKO Statistika institutining 2020-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan olimalar ulushi 30 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 39 foizga yetgan. Masalan, taniqli mikrobiolog olimamiz Dilfuza Egamberdiyeva sho‘rlangan tuproqda serhosil ekinlar yetishtirish bo‘yicha olib borgan ilmiy tadqiqotlari uchun YUNESKOning nufuzli Karlos Finley xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ijodiy faoliyat
39 foizga yetgan. Masalan, taniqli mikrobiolog olimamiz Dilfuza Egamberdiyeva sho‘rlangan tuproqda serhosil ekinlar yetishtirish bo‘yicha olib borgan ilmiy tadqiqotlari uchun YUNESKOning nufuzli Karlos Finley xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.
2016-yildan boshlab O‘zbekistonda ilmiy faoliyat yangi bosqichga ko‘tarildi. Davlat rahbarining tashabbusiga ko‘ra, mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotiga foyda keltiradigan ilmiy tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi.
Ijodiy faoliyat
Toshkent shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki ochildi. Shu bilan birga, Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilib, keyinchalik Innovatsion rivojlanish agentligiga aylantirildi. Bu agentlik “Bo‘lajak olim”, “Olima ayollar”, “Akademik harakatchanlik” kabi tanlovlarni yo‘lga qo‘ydi hamda turli ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Ilm-fan sohasidagi xalqaro aloqalar
O‘zbekiston xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini yaxshilab bormoqda. Mamlakat olimlari YUNESKO, MAGATE kabi tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, Rossiya, Xitoy, AQSH va boshqa davlatlar bilan ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2018-yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘arma chet ellarda faoliyat ko‘rsatayotgan salohiyatli olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga faol jalb etish tadbirlarini, shuningdek, iqtidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda ta’lim olish, yetakchi xalqaro institutlar hamda xorijiy tashkilotlarda malaka oshirish ishlarini tashkil etmoqda.
Yodda tuting!
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar to‘g‘risida”gi rezolyutsiyada 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e’lon qilingan. Ushbu sana 2016-yildan butun dunyoda keng nishonlab kelinmoqda.
Hozirgi vaqtda 6 ming 200 dan ortiq xotin-qizlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgani, ilmiy ishlanmalarning 25 foizini olima ayollarimiz yaratayotgani ham, jamiyatda ularning o‘rni mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Ularning orasida xalqaro darajada e’tirof etilayotgan ilm-fan vakillarining borligi barchamizga cheksiz faxr-iftixor bag‘ishlaydi, yoshlarimizni yangi-yangi yutuqlarga undaydi.
Yodda tuting!
Shavkat Mirziyoyev
Savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1991-yilda — 1991-yilda Fanlar akademiyasi qayta tashkil etildi.
- 1991–2016-yillarda — 1991–2016-yillarda akademiya olimlari qishloq xo‘jaligi, paxtachilik, bog‘dorchilik, biotexnologiya, nanotexnologiya, ijtimoiy fanlar, tabiiy va aniq fanlar sohalarida muhim ilmiy yutuqlarga erishdi.
- 1992-yilda — 1992-yilda Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi.
- 1992-yilda — 1992-yilda ayollarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Olima” uyushmasi tashkil etildi.
- 1997-yilda — 1997-yilda Xorazm Ma’mun Akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi.
- 2007-yilda — 2007-yilda Maydanak rasadxonasida O‘zbekiston tarixida ilk bor Quyosh tizimidagi yangi kichik sayyora aniqlandi.
- 2015-yil — BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar to‘g‘risida”gi rezolyutsiyada 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb…
- 2016-yilda — 2016-yildan boshlab O‘zbekistonda ilmiy faoliyat yangi bosqichga ko‘tarildi.
- 2016-yilda — Ushbu sana 2016-yildan butun dunyoda keng nishonlab kelinmoqda.
- 2017-yil — 2017-yil sentyabr oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi Sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro matematika…
Bilimingizni sinang
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qaysi yilda qayta tashkil etildi?
- 1991-yilda
- 1989-yilda
- 1992-yilda
- 1995-yilda
To‘g‘ri javob: 1991-yilda. Fanlar akademiyasi 1991-yilda qayta tashkil etilgan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari tilshunoslik sohasida qaysi 6 jildli lug‘atni nashr qildi?
- O‘zbek tilining izohli lug‘ati
- O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati
- O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati
- O‘zbek tilining etimologik lug‘ati
To‘g‘ri javob: O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Tilshunoslik sohasida 6 jildli O‘zbek tilining izohli lug‘ati nashr qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi Islom hamkorlik tashkiloti Sammitida xalqaro matematika olimpiadasini o‘tkazish tashabbusini qaysi yili ilgari surgan?
- 2015-yil
- 2017-yil
- 2019-yil
- 2016-yil
To‘g‘ri javob: 2017-yil. Tashabbus 2017-yil sentyabr oyida Ostonadagi Sammitda ilgari surilgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika olimpiadasi talabalar o‘rtasida ilk bor Urganchda qaysi yili o‘tkazildi?
- 2018-yil
- 2020-yil
- 2016-yil
- 2019-yil
To‘g‘ri javob: 2018-yil. Olimpiada ilk bor 2018-yil Urganchda o‘tkazilgan.
Xorazm Ma’mun Akademiyasi qaysi yilda o‘z faoliyatini boshladi?
- 1997-yilda
- 1991-yilda
- 1992-yilda
- 2018-yilda
To‘g‘ri javob: 1997-yilda. Xorazm Ma’mun Akademiyasi 1997-yilda faoliyatini boshlagan.
2018-yilda Urganchda ilk bor qaysi nomdagi xalqaro olimpiada talabalar o‘rtasida o‘tkazildi?
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi astronomiya olimpiadasi
- Abu Rayhon Beruniy nomidagi fizika olimpiadasi
- Ibn Sino nomidagi biologiya olimpiadasi
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi matematika olimpiadasi
To‘g‘ri javob: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi matematika olimpiadasi. 2018-yil Urganchda al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkazilgan.
2017-yil sentyabrda Ostonadagi Islom hamkorlik tashkiloti sammitida Prezident qanday tashabbusni ilgari surgan?
- xalqaro shaxmat olimpiadasini o‘tkazish
- xalqaro dasturlash olimpiadasini o‘tkazish
- xalqaro matematika olimpiadasini o‘tkazish
- xalqaro kimyo olimpiadasini tashkil etish
To‘g‘ri javob: xalqaro matematika olimpiadasini o‘tkazish. Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro matematika olimpiadasini o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri NOTO‘G‘RI?
- Maydanak rasadxonasida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijasida to‘rtta kometa kashf etilgan
- 2023-yilda Fanlar akademiyasining 16 nafar yangi haqiqiy a’zosi tasdiqlanib, akademiklar tarkibi yangilangan
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika olimpiadasi 2018-yilda Toshkentda o‘tkazilgan
- Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki Toshkent shahrida ochilib, faoliyat boshlagan
To‘g‘ri javob: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika olimpiadasi 2018-yilda Toshkentda o‘tkazilgan. Olimpiada 2018-yilda Toshkentda emas, Urganchda talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash