Jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi
Ta’lim va ilm-fan
Bilib olasiz
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi islohotlar. O‘zbek sportchilarining olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki. Milliy paralimpiya. Boks. Kurash. Futbol.
Yodda tuting!
2004-yil 13-iyulda shaxmat bo‘yicha xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov Liviyaning Tripoli shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022-yilda Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-jahon shaxmat olimpiadasida Niderlandiya jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni egalladi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi islohotlar
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab sportni rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Shu maqsadda sportni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar tuzildi va xalqaro maydonga chiqish uchun imkoniyatlar yaratildi. O‘zbekiston 1994-yilda FIFAga a’zo bo‘ldi va shu yil futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yozgi Osiyo o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
2000-yillardan boshlab o‘quvchilar va talabalar uchun turli sport musobaqalari muntazam o‘tkazila boshladi. “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari yoshlar orasida sportni keng yoyishga xizmat qildi. Ko‘plab iqtidorli sportchilar yetishib chiqib, xalqaro maydonda ham yutuqlarga erishildi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi islohotlar
Shuningdek, milliy sport turlarini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratildi. Respublika musobaqalarida kurash, poyga, ko‘pkari (uloq), arqon tortish, bilak kuchini sinash kabi xalq o‘yinlari alohida o‘rin egallaydi. Maktablarda esa “Alpomish” va “Barchinoy” sport bellashuvlari o‘tkazildi.
Ayollar sportini rivojlantirish ham davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. Ular uchun maxsus musobaqalar tashkil etilishi, qizlarning sportga qiziqishi ortishiga xizmat qildi. Shuningdek, sportning shaxmat va shashka turi ham mamlakatimizda ommalashdi. Yosh shaxmatchilar xalqaro musobaqalarda yirik g‘alabalarga erishib, O‘zbekiston nomini dunyoga tanitmoqda. Jumladan, shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov 2021-yili Varshava (Polsha)da o‘tkazilgan tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda mamlakatimizda bir qator shaxmatchilar xalqaro grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lib, ular orasida Rustam Qosimjonov, Jahongir Vohidov, Nodirbek Yoqubboyev,
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi islohotlar
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Muhiddin Madaminov, Abdumalik Abdusalimov va Ortiq Nig‘matov alohida o‘rin tutadi. Ushbu sportchilar o‘z muvaffaqiyatlari bilan nafaqat respublika, balki jahon miqyosida ham O‘zbekiston shaxmat maktabining nufuzini oshirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Nafisa Mo‘minova Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. U shaxmat bilan 9 yoshidan shug‘ullana boshlagan.
U ko‘plab xalqaro musobaqalarda qatnashgan va 2008-yilgi Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2013-yilda Nafisa Mo‘minova O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib ayollar o‘rtasida xalqaro grossmeyster unvonini olgan.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi islohotlar
U bir necha bor shaxmat bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan. Nafisa nafaqat sportchi, balki murabbiy hamdir.
Nafisa Mo‘minova
O‘zbek sportchilarining olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki
O‘zbekistonlik sportchilar ilk bor qatnashgan 1994-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarida Lina Cheryazova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Muhammadqodir Abdullayev
Milliy Olimpiya qo‘mitasi
Ijodiy faoliyat
Bu mamlakatimiz tarixidagi birinchi olimpiada oltin medali edi. Keyinchalik sportchilarimiz yozgi Olimpiadada ham ishtirok etib, dzyudo va boks bo‘yicha ilk medallarga erishdilar.
Sidney (Avstraliya) Olimpiadasida bokschimiz Muhammadqodir Abdullayev oltin medal oldi. Sport sohasiga qaratilgan e’tibor tufayli yillar o‘tishi bilan natijalar yanada yaxshilandi. Rio de Janeyro (Braziliya) Olimpiadasida sportchilarimiz umumiy hisobda o‘nlab medalni qo‘lga kiritishdi. Ayniqsa, bokschilarimizning yutuqlari diqqatga sazovor bo‘ldi. Ular orasida Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov va Fazliddin G‘oibnazarov oltin medallari bilan tarixga kirdi.
Ijodiy faoliyat
O‘zbekiston uchun eng yorqin natijalardan biri Parij (Fransiya) Olimpiadasida qayd etildi. Bu safar 90 nafardan ortiq sportchi qatnashib, jami 13 ta medal qo‘lga kiritildi. Ulardan 8 tasi oltin bo‘lib, mamlakatimiz 206 ta mamlakat orasida 13-o‘rinni egalladi.
Parij – 2024 Olimpiadasi sovrindorlari
O‘zbekiston sportchilarining yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi natijalari
- № – Olimpiada – Ishtirokchilar soni – Oltin – Kumush – Bronza – Jami – O‘rin
- 1 – Atlanta – 1996 – 71 – 0 – 1 – 1 – 2 – 58
- 2 – Sidney – 2000 – 70 – 1 – 1 – 2 – 4 – 43
- 3 – Afina – 2004 – 70 – 2 – 1 – 2 – 5 – 34
- 4 – Pekin – 2008 – 56 – 0 – 1 – 3 – 4 – 62
- 5 – London – 2012 – 54 – 0 – 0 – 3 – 3 – 75
- 6 – Rio – 2016 – 70 – 4 – 2 – 7 – 13 – 21
- 7 – Tokio – 2020 – 67 – 3 – 0 – 2 – 5 – 32
- 8 – Parij – 2024 – 90 – 8 – 2 – 3 – 13 – 13
Ijodiy faoliyat
Afsonaviy gimnastikachi
Oksana Chusovitina Buxoroda tug‘ilgan. Sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiada chempioni, Osiyo o‘yinlari va “Jahon yulduzlari” xalqaro musobaqasining sovrindori.
1992–2020-yillarda Olimpiya o‘yinlarida gimnastika bo‘yicha 8 marta ishtirok etdi hamda mazkur ko‘rsatkich bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
Toshkentda Oksana Chusovitina nomidagi sport maktabi ochilgan.
O‘zbek dzyudochi qizi
Diyora Keldiyorova Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2024-yili Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
2025-yilda Diyora Keldiyorova dzyudo mahorati maktabi tashkil qilindi.
Milliy paralimpiya
Milliy paralimpiya qo‘mitasi (NPC Uzbekistan) 2007-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u mamlakatdagi imkoniyati cheklangan sportchilarni paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston 2004-yili Afina (Gretsiya)dagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ilk bor mustaqil davlat sifatida qatnashgan.
2012-yili London (Buyuk Britaniya)da Sharif Xalilov paradzyudo bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi ilk paralimpiya medali — kumush medalni qo‘lga kiritdi.
2016-yilgi Rio de Janeyro Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston para sportchilari medallar soni bo‘yicha jahon reytingida 16-o‘rinni egalladi.
2020-yili Tokio (Yaponiya) yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari jami 19 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egalladi.
Milliy paralimpiya
Parij – 2024 musobaqasida O‘zbekiston delegatsiyasi 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medal yutib, eng yaxshi natijani qayd etdi. Jamoa medallar soni bo‘yicha 13-o‘rinni egalladi va Osiyoda Xitoy va Yaponiya ortidan 3-o‘rinni band qildi. Parij – 2024 o‘yinlarida yurtimiz vakillari jami 26 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bunday mislsiz, yorqin g‘alaba O‘zbekiston tarixiga oltin harflar bilan muhrlandi.
Ijodiy faoliyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan. 2024-yil
Matonat va ibrat namunasi
Nozimaxon Qayumova Namangan viloyatida tug‘ilgan. U para yengil atletikaning nayza uloqtirish yo‘nalishida O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda.
U ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni:
2016-yili Rio de Janeyroda oltin medalni qo‘lga kiritdi va jahon rekordini yangiladi.
2020-yilgi Tokio Paralimpiadasida (2021-yilda) yana oltin medal oldi. O‘sha yili u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni bilan taqdirlangan.
Boburjon Omonov 2021-yilda bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Boburjon Omonov 14,06 metr natija bilan Paralimpiya rekordini yangiladi. O‘sha yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boburjon Omonovni “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirladi.
Matonat va ibrat namunasi
Boburjon Omonov 2023-yilda Parij (Fransiya)da yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi va shu tariqa jahon chempionati rekordini yangiladi. O‘sha yilning oktyabr oyida Xanchjou shahri (Xitoy)da bo‘lib o‘tgan yozgi Paraosiyo o‘yinlarining erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha Boburjon Omonov 13,14 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2024-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Nozimaxon Qayumova, para yengil atletikachi, nayza uloqtirish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Matonat va ibrat namunasi
Asila Mirzayorova para yengil atletikachi. Yengil atletikaning uzunlikka sakrash yo‘nalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. 2020-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori, yozgi Paraosiyo o‘yinlari bronza medali sohibasi. Shuningdek, paralimpiya chempioni. 2021-yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan unga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni berilgan.
Husniddin Norbekov para yengil atletikachi, disk va yadro uloqtirish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. 2016-, 2020- va 2024-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni. Yengil atletika bo‘yicha uch karra jahon chempioni va yozgi Paraosiyo o‘yinlarining ikki karra chempioni sanaladi.
Matonat va ibrat namunasi
2016-yilda Rio de Janeyroda bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida disk uloqtirish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritib, paralimpiya chempioni bo‘ldi. 2021-yilda Tokio (Yaponiya)da bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yadroni 16,13 metr masofaga uloqtirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikki karra paralimpiya chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan, Husniddin Norbekovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni berildi.
Boks. Kurash. Futbol
Olimpiada musobaqalarida, jahon va qit’a chempionatlari hamda turli xalqaro musobaqalarda o‘zbek bokschilari g‘oliblikka asosiy da’vogarlar qatoridan joy oldi.
Mustaqillik yillarida boks sport turining rivojlanishiga alohida e’tibor berilishi natijasida Muhammadqodir Abdullayev, Artur Grigoryan, Ruslan Chagayev, O‘tkirbek Haydarov, Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliyev, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev kabi o‘nlab jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqdi.
2023-yil Toshkentda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta medal (5 ta oltin)ni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Boks. Kurash. Futbol
Bokschilar Abdumalik Xaloqov, Ruslan Abdullayev, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Boburjon Omonov, Tokio va Parij Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi
Husniddin Norbekov, uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi
Ijodiy faoliyat
2025-yilgi U-17 Osiyo chempionati: O‘zbekiston terma jamoasi birinchi bo‘limda ikki futbolchisi maydondan chetlatilganiga qaramay, ikkinchi bo‘limda ikki gol urib, mezbonlarni mag‘lub etdi.
1998-yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tuzildi. 1999-yil Toshkent shahrida kurash bo‘yicha 1-jahon chempionati o‘tkazildi. Unda jahonning 48 mamlakatidan kurashchilar qatnashdi.
Ijodiy faoliyat
Akobir Qurbonov, Kamol Murodov va boshqa o‘zbek sportchilari birinchi jahon chempionlari bo‘ldi. 2000-yilda esa Turkiyaning Antaliya shahrida 2-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
2003-yilda Osiyo Olimpiya kengashining Kuvaytda o‘tgan XXII Bosh assambleyasida o‘zbek kurashi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi. “Chala”, “dakki”, “tanbeh”, “g‘irrom”, “yonbosh”, “halol” kabi o‘zbek tilidagi so‘zlar xalqaro sport atamalari sifatida qabul qilindi va rasmiy qo‘llana boshladi.
Sport turlari orasida futbolni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. 1992-yildan mamlakat ichki chempionatiga start berildi. 1994-yilda Yaponiyaning Xirosima, Onomiti va Miyosi shaharlarida bo‘lib o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston futbol terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ijodiy faoliyat
2018-yili Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘ldi.
2025-yili Saudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 9 o‘yinchi bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni o‘smirlarini 2:0 hisobida mag‘lub etib, qit’a chempioni bo‘ldi.
O‘zbek futbolida yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham bor. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bir necha bor jahon chempionati saralash o‘yinlarida ishtirok etganiga qaramay, final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Nihoyat 2025-yili tarixda ilk bor 2026-yilgi jahon chempionati final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Ijodiy faoliyat
O‘zbek futbolchilari orasida Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov kabi futbol yulduzlari yetishib chiqib, Osiyo va Yevropaning nufuzli jamoalarida o‘ynab kelmoqda.
Mamlakatimizda ommaviy sportni yanada rivojlantirish, olimpiya va jahon chempionlarini yetishtirish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2025-yili Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi bunyod etildi. Shaharchada 5 ta asosiy sport majmuasi, 12 ming o‘rinli stadion joylashgan. Sportning futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletika kabi turlari uchun 15 ta ochiq maydon ham barpo etilgan. Olimpiya shaharchasida sport mashg‘ulotlari bilan birga nufuzli musobaqalar ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ijodiy faoliyat
Murodjon Ahmadaliyev
Savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1992–2020-yillarda — 1992–2020-yillarda Olimpiya o‘yinlarida gimnastika bo‘yicha 8 marta ishtirok etdi hamda mazkur ko‘rsatkich bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
- 1992-yilda — 1992-yildan mamlakat ichki chempionatiga start berildi.
- 1994-yilda — O‘zbekiston 1994-yilda FIFAga a’zo bo‘ldi va shu yil futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yozgi Osiyo o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
- 1994-yilgi — O‘zbekistonlik sportchilar ilk bor qatnashgan 1994-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarida Lina Cheryazova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
- 1994-yilda — 1994-yilda Yaponiyaning Xirosima, Onomiti va Miyosi shaharlarida bo‘lib o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston futbol terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi.
- 1998-yili — 1998-yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tuzildi.
- 1999-yil — 1999-yil Toshkent shahrida kurash bo‘yicha 1-jahon chempionati o‘tkazildi.
- 2000-yillarda — 2000-yillardan boshlab o‘quvchilar va talabalar uchun turli sport musobaqalari muntazam o‘tkazila boshladi.
- 2000-yilda — 2000-yilda esa Turkiyaning Antaliya shahrida 2-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
- 2003-yilda — 2003-yilda Osiyo Olimpiya kengashining Kuvaytda o‘tgan XXII Bosh assambleyasida o‘zbek kurashi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi.
Bilimingizni sinang
Xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov Liviyaning Tripoli shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida qaysi yilda g‘alaba qozondi?
- 2000-yilda
- 2006-yilda
- 2002-yilda
- 2004-yilda
To‘g‘ri javob: 2004-yilda. Rustam Qosimjonov 2004-yil 13-iyulda Tripolida jahon chempionatida g‘alaba qozongan.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Hindistonning Chennay shahridagi 44-jahon shaxmat olimpiadasida qaysi yilda birinchi o‘rinni egalladi?
- 2024-yilda
- 2022-yilda
- 2020-yilda
- 2018-yilda
To‘g‘ri javob: 2022-yilda. Terma jamoa 2022-yilda Chennayda 44-olimpiadada Niderlandiya jamoasini yutib, birinchi o‘rinni egallagan.
Shaxmat bo‘yicha xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov 2004-yilda jahon chempionatida g‘alaba qozongan shahar qaysi?
- Fransiyaning Parij shahri
- Misrning Qohira shahri
- Liviyaning Tripoli shahri
- Gretsiyaning Afina shahri
To‘g‘ri javob: Liviyaning Tripoli shahri. Qosimjonov 2004-yil 13-iyulda Liviyaning Tripoli shahrida o‘tgan jahon chempionatida bosh sovrinni olgan.
2022-yilgi 44-jahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi qaysi jamoani mag‘lub etib, birinchi o‘rinni egalladi?
- Hindiston jamoasini
- Xitoy jamoasini
- Armaniston jamoasini
- Niderlandiya jamoasini
To‘g‘ri javob: Niderlandiya jamoasini. O‘zbekiston Chennayda Niderlandiya jamoasini mag‘lub etib, birinchi o‘rinni egallagan.
Rustam Qosimjonov jahon chempionatida g‘alaba qozongan yildan O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi Chennayda 44-jahon shaxmat olimpiadasida birinchi o‘rinni olgan yilgacha necha yil o‘tgan?
- 16 yil
- 18 yil
- 19 yil
- 20 yil
To‘g‘ri javob: 18 yil. Qosimjonov 2004-yilda, terma jamoa esa 2022-yilda g‘olib bo‘lgan; farq 18 yil.
O‘zbekiston qaysi yilda FIFAga a’zo bo‘ldi?
- 1996-yilda
- 1992-yilda
- 1994-yilda
- 1998-yilda
To‘g‘ri javob: 1994-yilda. O‘zbekiston 1994-yilda FIFAga a’zo bo‘lgan.
O‘zbekistonda o‘quvchilar va talabalar uchun turli sport musobaqalari qaysi davrdan boshlab muntazam o‘tkazila boshlandi?
- 1990-yillardan
- 1980-yillardan
- 2010-yillardan
- 2000-yillardan
To‘g‘ri javob: 2000-yillardan. O‘quvchi va talabalar musobaqalari 2000-yillardan boshlab muntazam o‘tkazila boshlagan.
O‘zbekiston qaysi yilda FIFAga a’zo bo‘lgan?
- 1992-yilda
- 1994-yilda
- 1996-yilda
- 2000-yilda
To‘g‘ri javob: 1994-yilda. O‘zbekiston 1994-yilda FIFAga a’zo bo‘lgan va shu yil yozgi Osiyo o‘yinlarida futbol bo‘yicha chempion bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash