XotirAI logotipiXotirAI
📜 11-sinf · O‘zbekiston tarixi · 13-mavzu

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati

Ta’lim va ilm-fan

Bilibolasiz

Yoshlarga oid davlat siyosati. O‘zbekistonda yoshlar tashkilotlari.

Yodda tuting!

YUNESKO me’yorlariga ko‘ra, 17-25 yoshli shaxslar yoshlar hisoblansa, Yevropaning aksariyat mamlakatlarida, AQSH va Yaponiyada “yoshlar” atamasi 13-14 yoshdan 29-30 yoshgacha bo‘lganlarga qo‘llanadi.

Milliy qonunchiligimizda esa 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar yoshlar yoki yosh fuqarolar deb ataladi.

Yoshlarga oid davlat siyosati

Bugun O‘zbekiston aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi. 1991-yildan buyon O‘zbekistonda yoshlarga oid ko‘plab qonun hujjatlari, farmonlar, qarorlar qabul qilindi. Ular yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Mazkur qonun hujjatlarida millati, irqi, tili, dini, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, barcha yoshlarning manfaatlari bir xil maqomda ifodalanishi o‘z aksini topdi.

1999-yili mamlakatimizda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi qizlarni barkamol qilib tarbiyalash, ijtimoiy va ijodiy faolligini oshirish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. 1999–2020-yillarda ushbu mukofot bilan 322 nafar yosh xotin-qiz taqdirlandi.

Yoshlarga oid davlat siyosati

2016–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya tuzildi.

Bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilib, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi huzurida Yoshlar parlamenti, Innovatsion rivojlanish agentligi huzurida Yoshlar akademiyasi tashkil etildi. Yoshlarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashish, ularning taklif va tavsiyalarini o‘rganish, muammolariga amaliy yechim topish maqsadida Yoshlar press-klubi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mamlakatimizda yosh oilalarning ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish masalalari ham ustuvor vazifaga aylandi. 2014–2020-yillarda respublikamizda istiqomat qilayotgan 8 mingdan ortiq yosh oila imtiyozli asosda uy-joy bilan ta’minlandi. Bunday uy-joy va xonadonlar, birinchi navbatda, imkoniyati cheklangan, ijod, ilm-fan bilan mashg‘ul yoshlarga, turli loyihalarda faol ishtirok etayotgan yigit-qizlarga imtiyozli asosda xarid qilib olishi uchun berildi.

Ijodiy faoliyat

Bugun O‘zbekistonda yoshlar tashkiloti sifatida Yoshlar ittifoqi faoliyat yuritmoqda. Dunyoning boshqa mamlakatlaridagi yoshlarni birlashtiruvchi qanday tashkilotlar haqida bilasiz? Do‘stlaringiz bilan guruhlarga bo‘lingan holda eng namunali yoshlar tashkilotlari haqida ma’lumot tayyorlang.

Yodda tuting!

2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu sanani mamlakatda Yoshlar kuni sifatida nishonlash tashabbusini ilgari surdi.

O‘zbekistonda yoshlar tashkilotlari

1991-yilda mamlakat yoshlarini birlashtiruvchi Yoshlar ittifoqi tashkiloti tuzildi. U yoshlarni o‘z plenumi va konferensiyalari qarorlarini bajarishga safarbar qilolmagani, yoshlarning manfaatlari va ehtiyojlarini to‘la aks ettirmagani tufayli 1996-yilda tugatilib, o‘rniga “Kamolot” jamg‘armasi tashkil etildi. Mazkur jamg‘arma yoshlar manfaatlari himoyachisi sifatida ish boshladi. 2001-yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ta’sis qilindi. Uning tarkibiga 10–14 yoshli bolalar uchun “Kamalak” tashkiloti ham kiritildi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan “Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati tuzildi. “Mening biznes g‘oyam”, “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovlari hamda “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida yoshlar festivallari, turli tadbirlar muntazam o‘tkazib kelindi. 2016-yilda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur qonun asosida yoshlarni ijtimoiy shakllantirish, turli yo‘nalishda salohiyatini kamol toptirish uchun tashkiliy va huquqiy jarayonlar tizimli amalga oshirilmoqda, yangicha yondashuvlarga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekistonda yoshlar tashkilotlari

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyundagi IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi tashkil etildi.

Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda.

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbari ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritishi belgilandi. Shu bilan birga, u Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlanadi.

O‘zbekistonda yoshlar tashkilotlari

2020-yilda Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. U yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosatini yuritishi, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi nazarda tutilgan.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovi yoshlar orasida kitob o‘qish, bilim olishga qiziqishning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Ushbu tanlovda respublika miqyosida 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar ishtirok etishi mumkinligi belgilanib, g‘olibga bosh sovrin sifatida avtomobil berilishi qayd etilgan.

O‘zbekistonning yoshlar masalalariga oid o‘nga yaqin global tashabbusi va taklifini BMT xalqaro miqyosda keng ommalashtirdi. 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMTning 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida dunyo yoshlari haqida alohida to‘xtalib, O‘zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etdi. Bu O‘zbekistonning yoshlar masalasini o‘z ijtimoiy siyosatining asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘targanidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda yoshlar tashkilotlari

2022-yilda Buxoro shahri birinchi “Turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” deb e’lon qilingan bo‘lsa, 2023-yilda Yoshlar taraqqiyoti indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar siyosati sohasida eng tez rivojlanayotgan mamlakat deb e’tirof etildi. 2024-yilda esa Toshkent shahri birinchi “MDH yoshlar poytaxti” deb e’lon qilindi.

2025-yilda O‘zbekiston BMTning “Yoshlar – 2030” strategiyasini amalga oshirayotgan 10 davlat qatoriga kiritildi.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. “Yosh kitobxon” tanlovining ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz? 2. Mustaqillik yillarida faoliyat yuritgan yoshlar tashkilotlari haqida ma’lumot bering. 3. Do‘stlaringiz orasida Yoshlar ittifoqi tanlovlarida ishtirok etib, muvaffaqiyatga erishganlar bormi? 4. Davlatimiz tomonidan siz uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan qanday foydalanyapsiz?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

YUNESKO me’yorlariga ko‘ra, qaysi yoshdagi shaxslar yoshlar hisoblanadi?
  1. 14–30 yosh
  2. 13–29 yosh
  3. 17–25 yosh
  4. 16–24 yosh

To‘g‘ri javob: 17–25 yosh. YUNESKO me’yorlariga ko‘ra, 17–25 yoshli shaxslar yoshlar hisoblanadi.

O‘zbekiston milliy qonunchiligida qaysi yoshdagi shaxslar yoshlar yoki yosh fuqarolar deb ataladi?
  1. 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar
  2. 16 yoshga to‘lgan va 35 yoshdan oshmagan shaxslar
  3. 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan shaxslar
  4. 18 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan shaxslar

To‘g‘ri javob: 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar. Milliy qonunchilikda 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmaganlar yoshlar deyiladi.

“Yoshlar” tushunchasining yoshga oid chegaralari O‘zbekiston qonunchiligida YUNESKO me’yorlaridan qanday farq qiladi?
  1. Milliy qonunchilikda 17–25 yoshlilar yoshlar sanaladi, YUNESKO me’yorida esa 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar
  2. Milliy qonunchilikda 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmaganlar yoshlar sanaladi, YUNESKO me’yorida esa 17–25 yoshlilar
  3. Ikkala holatda ham yoshlar 13–14 yoshdan 29–30 yoshgacha bo‘lganlardir, farq faqat tushunchaning nomida va qo‘llanilish sohasida
  4. Milliy qonunchilikda yoshlar chegarasi 18 yoshdan 35 yoshgacha belgilangan, YUNESKO me’yorida esa 15–24 yoshlilar

To‘g‘ri javob: Milliy qonunchilikda 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmaganlar yoshlar sanaladi, YUNESKO me’yorida esa 17–25 yoshlilar. Milliy qonunchilikda 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar yoshlar hisoblansa, YUNESKO me’yorlariga ko‘ra 17–25 yoshli shaxslar yoshlar hisoblanadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining necha foizini yoshlar tashkil etadi?
  1. 60 foizini
  2. 70 foizini
  3. 50 foizini
  4. 40 foizini

To‘g‘ri javob: 60 foizini. O‘zbekiston aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi.

O‘zbekistonda yoshlarga oid ko‘plab qonun hujjatlari, farmonlar va qarorlar qaysi yildan buyon qabul qilinmoqda?
  1. 1991-yildan
  2. 2001-yildan
  3. 1995-yildan
  4. 1989-yildan

To‘g‘ri javob: 1991-yildan. Yoshlarga oid ko‘plab hujjatlar 1991-yildan buyon qabul qilingan.

O‘zbekistonda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti qaysi yili ta’sis etilgan?
  1. 2001-yili
  2. 1997-yili
  3. 1995-yili
  4. 1999-yili

To‘g‘ri javob: 1999-yili. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti 1999-yili ta’sis etilgan.

1999–2020-yillarda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan necha nafar yosh xotin-qiz taqdirlandi?
  1. 410 nafar
  2. 250 nafar
  3. 322 nafar
  4. 185 nafar

To‘g‘ri javob: 322 nafar. Shu davrda mukofot bilan 322 nafar yosh xotin-qiz taqdirlangan.

Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining qancha foizini yoshlar tashkil etadi?
  1. 40 foiz
  2. 50 foiz
  3. 70 foiz
  4. 60 foiz

To‘g‘ri javob: 60 foiz. Aholining 60 foizini yoshlar tashkil etadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiKeyingi →Ma’naviy va tarixiy merosga munosabat. Buyuk ajdodlar xotirasining tiklanishi