IV–V asrlarda xioniylar va kidariylar
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Xioniylar otliq askari
Mulohaza uchun
IV asrda turkiy qabilalardan xioniylar dastlab Zarafshon vohasini egallashgan, janub tomonga yurib, Kushon podsholigi hududida hukmronlik qilishgan. Ular markazi Toxariston bo‘lgan Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, Xurosonning bir qismini ham o‘z ichiga olgan katta davlat tuzishgan. Tarixda xioniylar nomi bilan mashhur bo‘lgan qabilalarning asli vatanini ayrim tadqiqotchilar Orol dengizi bo‘yida deb hisoblaydilar. G‘arb tarixchilari esa, xioniylarni xunnlarga qarindosh hisoblab, ularni «oq xunnlar» deb ataydilar. Ular bu hududda 120 yildan ortiq hukmronlik qilishgan.
Eftallar
V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi – toxarlar kirib kelgan.
Toxariylar kushonlarning avlodlari bo‘lgan. Ularga Kidar ismli hukmdor boshchilik qilganligi uchun ularni kidariylar deb ham atashadi. Tez orada kidariylar
Xioniylar davlatining janubiy qismida o‘z hukm ronligini o‘rnatganlar. Balx shahri bu yangi davlatning poytaxtiga aylantirilgan.
Manbalarda aytilishicha, kidariylar dastlab Sharqiy Turkiston hududida yashaganlar.
Yuechjilar (kushonlar) hukmdori Sidolo jujanlar hujumi tufayli o‘z qarorgohini
Bolo (Balx)ga ko‘chirgan. Kidar esa, Shimoliy Hindistonga yurish qilib, Gandhardan shimoldagi 5 ta davlatni o‘ziga bo‘ysundirgan.
Eftallar
Kidariylar Hindistonda Gupta davlatini egallab, bu yerda 75 yil hukmronlik qilgan va Xitoyga elchilar yuborgan.
Kidariylar askari
Tarixchi K. Treverning fikricha, xioniylar IV asrning 70-yillarida o‘zining kuchaygan pallasiga kiradi. Turonda kidariylar va eftaliylar hukmronligi o‘rnatilgach, xioniylarning siyosiy ahvoli o‘zgaradi va ular eftaliylarga tobe bo‘lib qoladi.
Afsuski, xioniylar va kidariylarning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi haqidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan.
Kidariylarning janubdagi Eron sosoniylari bilan munosabati yomonlashib borgan. 456- yilda kidariylar va sosoniylar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Bu to‘qnashuvda kidariylar sosoniylardan yengiladi.
Eftallar
Keyinchalik kidariylar ham ko‘chmanchi chorvador aholi – eftaliylar bilan to‘qnashadilar. Natijada, ular Shimoliy Hindistonga chekinadilar.
Kidariylarning tangalari braxmiy yozuvida zarb etilgan. Ularga tegishli «Kidara Kushon sha» degan yozuv bitilgan tangalar ham topilgan. Bunday tangalar ikkita hokim tomonidan bir vaqtning o‘zida zarb etilgan.
Kidariylar tangalari
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Muhim sanalar
- IV asrda — IV asrda turkiy qabilalardan xioniylar dastlab Zarafshon vohasini egallashgan, janub tomonga yurib, Kushon podsholigi hududida hukmronlik qilishgan.
- V asrning — V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi – toxarlar kirib kelgan.
- 20-yillarida — V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi – toxarlar kirib kelgan.
- IV asrning — Tarixchi K. Treverning fikricha, xioniylar IV asrning 70-yillarida o‘zining kuchaygan pallasiga kiradi.
- 70-yillarida — Tarixchi K. Treverning fikricha, xioniylar IV asrning 70-yillarida o‘zining kuchaygan pallasiga kiradi.
Bilimingizni sinang
Turkiy qabilalardan xioniylar dastlab Zarafshon vohasini qaysi asrda egallashgan?
- IV asrda
- V asrda
- III asrda
- II asrda
To‘g‘ri javob: IV asrda. IV asrda xioniylar Zarafshon vohasini egallab, so‘ng Kushon podsholigi hududida hukmronlik qilishgan.
G‘arb tarixchilari xioniylarni xunnlarga qarindosh hisoblab, ularni qanday nom bilan ataydilar?
- oq xunnlar
- sariq xunnlar
- ko‘k turklar
- qora xunnlar
To‘g‘ri javob: oq xunnlar. G‘arb tarixchilari xioniylarni xunnlarga qarindosh deb, «oq xunnlar» nomi bilan atashadi.
IV asrda xioniylar dastlab qaysi vohani egallashgan?
- Zarafshon vohasi
- Farg‘ona vodiysi
- Xorazm vohasi
- Toshkent vohasi
To‘g‘ri javob: Zarafshon vohasi. Xioniylar dastlab Zarafshon vohasini egallab, keyin janubga yurgan.
G‘arb tarixchilari xioniylarni xunnlarga qarindosh deb hisoblab, qanday atashgan?
- Ko‘k xunnlar
- Oq xunnlar
- Qora xunnlar
- Qizil xunnlar
To‘g‘ri javob: Oq xunnlar. G‘arb tarixchilari xioniylarni «oq xunnlar» deb ataydilar.
Xioniylar o‘zlari egallagan hududda necha yildan ortiq hukmronlik qilishgan?
- 50 yil
- 75 yil
- 120 yil
- 200 yil
To‘g‘ri javob: 120 yil. Matnda xioniylar bu hududda 120 yildan ortiq hukmronlik qilgani aytilgan.
Ko‘chmanchi chorvador toxarlar V asrning qaysi yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga kirib kelgan?
- 40-yillarida
- 80-yillarida
- 60-yillarida
- 20-yillarida
To‘g‘ri javob: 20-yillarida. V asrning 20-yillarida toxarlar Xorazm va Amudaryo havzasiga kirib kelgan.
Kidar Shimoliy Hindistonga yurish qilib, Gandhardan shimoldagi nechta davlatni o‘ziga bo‘ysundirgan?
- 3 ta
- 9 ta
- 5 ta
- 7 ta
To‘g‘ri javob: 5 ta. Kidar Gandhardan shimoldagi 5 ta davlatni bo‘ysundirgan.
Kidariylar nomi qaysi hukmdor ismidan kelib chiqqan?
- Sidolo
- Ardashir
- Kanishka
- Kidar
To‘g‘ri javob: Kidar. Toxarlarga Kidar ismli hukmdor boshchilik qilgani uchun ular kidariylar deb atalgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash