lar. Eftaliylar
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Mulohaza uchun
V–VI asrlarda Eftalon sulolasiga mansub qabila Turon hududida hukmronlik qilgan. Manbalarda eftaliylar, eftallar, eftalitlar, xaytallar kabi turli nomlar bilan atalgan eftaliylar qabilalari ittifoqiga asos solgan. Bu nom aslida «Eftalon» degan shoh ismidan olingan. Uni Vaxshunvar deb ham ataganlar.
Shu davrda Xorazm, Sug‘diyona, Choch va Baqtriya viloyatlarida hashamatli binolari bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelgan.
Eftaliylar davlatiga birlashgan aholining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lgan. Iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, chorvachilik, bog‘dorchilik, hunarmandchilik kabilarning ravnaq topishiga asos bo‘lgan.
Ijodiy faoliyat
Ijodiy faoliyat
Eftaliylar hukmdori tasvirlangan koshin (freska) parchasi
V asrda sosoniylar va eftaliylar o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlarda eftaliylar qo‘shinining ustun kelishi ular harbiy mahoratining yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Firdavsiyning «Shohnoma» asarida Vaxshunvor va Peruz davri voqealari ham o‘z aksini topgan. Eftaliylarning podshosi Katulf «Shohnoma»da ko‘rsatilgan shu xalqning Gatfar ismli podshohiga o‘xshatilgan.
Mulohaza uchun
Eftaliylar V asr boshlarida mamlakatimiz hududiga Sharqdan kirib kelganlar. Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro yaqinidagi Poykent va Varaxsha shaharlari bo‘lgan. Bu davlatga O‘rta Osiyodan tashqari, Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va hozirgi Pokiston hududlari ham kirgan.
Eftaliylar davrida saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan. Taxt avloddan avlodga o‘tmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa, o‘sha taxtga o‘tirgan. Nomzodni aniqlab, taqdim etadigan kengash ham mavjud bo‘lgan. Bu kengash sulolaning mo‘tabar kishilari hamda saltanatning obro‘li a’yonlaridan tarkib topgan. Viloyatlarda boshqaruv mahalliy xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib borilgan. Mazkur mulklar hukmdor – Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Hatto ularning har biri o‘zining kumush yoki mis tangalarini zarb etgan.
Mulohaza uchun
Eftaliylar davlat boshqaruvida ma’lum qonun-qoidalar mavjud bo‘lgan. Davlat harbiy kuchga tayangan. Eftaliylarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan Erondagi sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Sosoniylar shohi Pero‘zning 484- yilda eftaliylarga qarshi urushi uning halokati bilan tugaydi.
Eftallar Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan xalqaro savdoda faol qatnashgan.
Mulohaza uchun
Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo‘lgan eftaliylar Ipak yo‘lini o‘z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan bo‘lgan xalqaro savdoda faol qatnashgan. Ipak yo‘li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan sug‘diylar vositachi rolini o‘ynardi. Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftaliylar dastavval sosoniy hukmdorlarining kumush tangalaridan keng foydalanadilar. Bundan tashqari, Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan.
Eftallar davrida quyidagi mahalliy hokimlar tomonidan chaqa tangalar chiqarilgan: 1. Buxoro 2. Poykand 3. Vardona 4. Naxshab 5. Samarqand 6. Xorazmda
Ijodiy faoliyat
Bu davrda Turonda shishasozlik rivojlangan. Shishalar rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy imperatorlari o‘z saroylarini bezashda Turondan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar.
Ma’lumot uchun
Turon aholisining bir qismi sug‘d tilida, ikkinchi qismi esa turkiy tilda so‘zlashgan. Bu davrda sug‘d tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv, Farg‘ona, Sharqiy Turkiston va Xitoy hududlarida muomalada bo‘lgan.
Eftaliylar alifbosi Baqtriya yozuvi asosida shakllangan. Mazkur alifbo 25 harfdan iborat bo‘lgan.
Eftaliylar davrida ham bolalarga yoshligidan ta’lim va tarbiya berilgan. Ayniqsa, harbiy soha bilan faqat o‘smir o‘g‘il bolalargina shug‘ullanmagan. Qizlar ham otda yurishga, kamondan o‘q otish kabi jismoniy mashqlarga jalb qilingan.
Ibn Arabshoh - Amir Temur qo’shinida ayollar borligini....
Ijodiy faoliyat
Eftaliylar, asosan, zardushtiylikka e’tiqod qilishgan. Shuningdek, davlatda tangrichilik, buddaviylik, moniylik, mazdakiylik e’tiqodlari ham tarqalgan. Shaharlarda nestorianlar va yahudiylar jamoalari ham bo‘lgan.
Turon aholisining madaniy an’analari qo‘shni mamlakatlar tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashib, IV–V asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan.
Hindiston va Eron
Eftaliylar ulkan hududda boshqaruvni qo‘lga kiritgach, obod dehqonchilik vohalari, rivojlangan shahar va qishloqlarni bog‘lab turuvchi savdo yo‘llariga ega bo‘ldilar.
Vaqt o‘tishi bilan eftaliylar mahalliy aholi bilan aralashib ketadilar. Eftaliylar davlatida shaharlar juda ko‘p bo‘lgan. Shu boisdan 568-569-yillarda Vizantiya imperatori huzurida bo‘lgan turk elchisi imperatorning: «Eftaliylar shaharlarda yashaydilarmi yoki qishloqlardami?» – degan savoliga: «Ular shaharlik sulolalar, oliy hazratlari», – deb javob bergan.
V asrda Panjikentda nisbatan qadimiyroq bo‘lgan qishloq o‘rniga umumiy maydoni 18 gektar bo‘lgan yangi shahar barpo etiladi. Bu shahar keyinchalik mustahkam mudofaa istehkomlariga, ibodatxona, saroy va turli ijtimoiy qatlam vakillariga tegishli bo‘lgan turar joylarga ega edi.
Hindiston va Eron
Sug‘d shaharlaridan yana biri Poykand edi. Qadimgi davrda asos solingan ushbu ko‘hna shahar o‘rta asrlar davriga kelib kengayib boradi va uch qismli yirik markazga aylanadi. Poykand qazishmalarida o‘rta asrlarga oid ko‘plab moddiy madaniyat buyumlari topilgan.
Poykand bu davrda arab manbalarida ta’riflanganidek, «Madina at-tujjor» – «Savdogarlar shahri» bo‘lgan.
Eftaliylar davridagi amaldorlar muhri
Eftaliylar otliq askari
IV–V asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik markazlardan (ehtimol, poytaxt shaharlardan) biri Buxoro edi. To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi ushbu shaharning asosi 21 gektar bo‘lib, bu yerda mustahkam himoya inshootlari, hukmdor saroyi, mafkuraviy inshootlar, turar joylar qad rostlagan.
Hindiston va Eron
Buxoro IV asrdan boshlab Turonning yirik madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri bo‘lgan. Shuningdek, bu davrda shaharning yettita darvozasi bo‘lib, mazkur holat uning muhim savdo-tranzit yo‘li ustida joylashganligidan dalolat beradi. Bu davrda Termiz va uning atroflarida ham shaharsozlik madaniyatining jadallik bilan rivojlanganligini kuzatish mumkin. Termiz atrofidagi Zartepa shahri ana shunday shaharlardan biridir. Qadimgi davrda kichik manzilgoh sifatida paydo bo‘lgan Zartepa IV–V asrlarga kelib maydoni 17 gektar bo‘lgan yirik shaharga aylandi.
Qal’a, qo‘rg‘on va istehkomlar ilk o‘rta asrlar davrining o‘ziga xos me’morchilik namunalaridan bo‘lib, Naxshab vohasidagi Zahoki Maron, Buxorodagi Shahri Vayron, Xorazmdagi Fir qal’asi shular jumlasidandir.
Ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
Buxoro Sug‘dida o‘ng tomonida hukmdor tasviri tushirilgan kumush va mis tangalar zarb etilgan. Samarqand Sug‘dida V-VI asrlarda orqa tomonida tik turgan kamonchi tasviri tushirilgan kumush tangalar chiqarilgan. Naxshab (Qarshi) vohasida o‘ng tomonida podsho bosh qismi tasviri tushirilgan mahalliy kumush va mis tangalar muomalada bo‘lgan. Xorazmda esa, old tomonida hukmdor boshi, orqa tomonida otliq chavandoz tasviri tushirilgan kumush va mis tangalar zarb etilgan.
Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog‘ariq (Zovariq) va Bo‘zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg‘om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi.
Mulohaza uchun
Eftaliylar tangasi
VI asrda yashagan
Vizantiyalik tarixchi Prokopiy Kesariyskiy shunday yozadi: «Eftaliylar podshosi rimliklar va boshqa podsholardan qolishmaydigan holda aholiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, o‘zlari va qo‘shnilari bilan bo‘lgan munosabatlarda adolat mezonlariga amal qiladi». Yuqoridagi matn va qadimgi Rim tarixi mavzusidan olgan bilimlaringizga tayanib, eftaliy hukmdorlarning boshqaruviga baho bering.
Muhim sanalar
- 568-569-yillarda — Shu boisdan 568-569-yillarda Vizantiya imperatori huzurida bo‘lgan turk elchisi imperatorning: «Eftaliylar shaharlarda yashaydilarmi yoki qishloqlardami?
- V–VI asrlarda — V–VI asrlarda Eftalon sulolasiga mansub qabila Turon hududida hukmronlik qilgan.
- V asrda — V asrda sosoniylar va eftaliylar o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlarda eftaliylar qo‘shinining ustun kelishi ular harbiy mahoratining yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.
- V asr — Eftaliylar V asr boshlarida mamlakatimiz hududiga Sharqdan kirib kelganlar.
- IV–V asrlar — Turon aholisining madaniy an’analari qo‘shni mamlakatlar tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashib, IV–V asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan.
- V asrda — V asrda Panjikentda nisbatan qadimiyroq bo‘lgan qishloq o‘rniga umumiy maydoni 18 gektar bo‘lgan yangi shahar barpo etiladi.
- IV–V asrlardagi — IV–V asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik markazlardan (ehtimol, poytaxt shaharlardan) biri Buxoro edi.
- IV asrdan — Buxoro IV asrdan boshlab Turonning yirik madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri bo‘lgan.
- V-VI asrlarda — Samarqand Sug‘dida V-VI asrlarda orqa tomonida tik turgan kamonchi tasviri tushirilgan kumush tangalar chiqarilgan.
- V asrda — Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog‘ariq (Zovariq) va Bo‘zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg‘om kanali V…
Bilimingizni sinang
Eftalon sulolasiga mansub qabila Turon hududida qaysi asrlarda hukmronlik qilgan?
- IV–V asrlarda
- V–VI asrlarda
- VII–VIII asrlarda
- III–IV asrlarda
To‘g‘ri javob: V–VI asrlarda. Eftalon sulolasiga mansub qabila Turonda V–VI asrlarda hukmronlik qilgan.
Eftaliylar qabilalari ittifoqi nomi qaysi shoh ismidan olingan?
- Kidarxon
- Eftarxon
- Eftalon
- Hunxon
To‘g‘ri javob: Eftalon. Eftaliylar nomi aslida «Eftalon» degan shoh ismidan olingan.
Sosoniylar va eftaliylar o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlarda eftaliylar qo‘shinining ustun kelishi qaysi asrga to‘g‘ri keladi?
- V asrda
- IV asrda
- VIII asrda
- VII asrda
To‘g‘ri javob: V asrda. V asrda eftaliylar qo‘shini sosoniylar bilan to‘qnashuvlarda ustun kelgan.
Eftaliylar qaysi asr boshlarida mamlakatimiz hududiga Sharqdan kirib kelganlar?
- III asr
- IV asr
- V asr
- VI asr
To‘g‘ri javob: V asr. Eftaliylar V asr boshlarida mamlakatimiz hududiga Sharqdan kirib kelgan.
Eftaliylar mamlakatimiz hududiga Sharqdan qaysi asr boshlarida kirib kelgan?
- V asr boshlarida
- III asr boshlarida
- IV asr oxirlarida
- VII asr boshlarida
To‘g‘ri javob: V asr boshlarida. Eftaliylar V asr boshlarida Sharqdan kirib kelgan.
Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti qaysi shaharlar bo‘lgan?
- Samarqand yaqinidagi Afrosiyob va Panjikent
- Termiz atrofidagi Zartepa va Dalvarzintepa
- Xorazmdagi Fir qal’asi va Toprroqqal’a
- Buxoro yaqinidagi Poykent va Varaxsha
To‘g‘ri javob: Buxoro yaqinidagi Poykent va Varaxsha. Dastlabki poytaxt Poykent va Varaxsha bo‘lgan.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Eftaliylar davlatiga Volga bo‘yi, Kavkazorti, Kichik Osiyo va hozirgi Turkiya hududlari ham kirgan
- Eftaliylar davlatiga Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va hozirgi Pokiston hududlari ham kirgan
- Eftaliylar davlatiga faqat Sug‘diyona va Xorazm hududlari kirgan, janubiy hududlar Eronga qarashli bo‘lgan
- Eftaliylar davlatiga Janubiy Hindiston, Sharqiy Xitoy, Mo‘g‘uliston va hozirgi Tibet hududlari ham kirgan
To‘g‘ri javob: Eftaliylar davlatiga Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va hozirgi Pokiston hududlari ham kirgan. Davlatga O‘rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va Pokiston ham kirgan.
Eftaliylar davrida taxt qanday tartibda o‘tgan?
- Taxtga eng kuchli qo‘shinga ega sarkarda kuch bilan egalik qilgan
- Shu suloladan kim loyiq deb topilsa, o‘sha taxtga o‘tirgan
- Taxt otadan to‘ng‘ich o‘g‘ilga qat’iy tartibda o‘tib borgan
- Taxtga xalq yig‘ilishida ko‘pchilik ovoz olgan sarkarda o‘tirgan
To‘g‘ri javob: Shu suloladan kim loyiq deb topilsa, o‘sha taxtga o‘tirgan. Taxt avloddan avlodga o‘tmagan, suloladan loyiq kishi tanlangan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash