lar. Turk xoqonligi
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Mulohaza uchun
VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo‘ysundirilib, Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Uning asoschisi Bumin edi. Unga «Yabg‘u xoqon» degan unvon beriladi.
555-yil
Bu davrda Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lka Turk xoqonligining hududlari bo‘lgan. Xoqonlikning eftaliylar qo‘l ostidagi hududlarga harbiy tahdidi kuchaydi. Eftaliylar davlatning shimoliy hududlarini mudofaa qilish bilan band bo‘lgan bir paytda sosoniylar janubiy o‘lkalar – Toxariston va Chag‘oniyonni ulardan tortib oladilar. Janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan zarbaga uchragan Eftaliylar davlati parchalanib, Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning o‘ng sohillari bo‘ylab Kaspiy dengizigacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi.
555-yil
Bumin xoqon
Ijodiy faoliyat
Turk, turkiylar — eng qadimiy va yirik etnoslardan birining nomi. Turk so‘zi baquvvat, barkamol, odillik kabi ma’nolarni anglatadi.
Mulohaza uchun
Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilgan. Turk xoqonligi tasarrufida bo‘lgan hududlardagi hokimlar mustaqil bo‘lishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan.
Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtirgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og‘irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80- yillari oxirlarida ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi.
Xoqonlik o‘z davlat mafkurasiga ko‘ra, «el» deb atalib, qadimgi tarixda u bilan bog‘liq «mangu el», «Tangri (ilohiy) el», «turk eli» kabi iboralar shakllangan. El va xoqon hokimiyatining Tangri tomonidan Ashina xonadoniga «Turk budun (xalqi)»ga in’om qilinganiga ishonilgan. Qadimgi turk jamiyati xoqon Bumin mansub bo‘lgan Ashina xonadoni vakillariga hukmdor sifatida qaraganlar. Chunki turkiylar orasida bunday siyosiy iqtidor (ne’mat) Tangri tomonidan faqat Ashina xonadoniga in’om etilgan, degan tasavvur hukmron edi. Shu bois, Ashina xonadoni hokimiyati ilohiylashtirilgan. Agar Tangri bergan siyosiy hokimiyat ishonchni oqlamasa, ya’ni o‘z iqtidorini ko‘rsata olmasa, unday hukmdor hokimiyatdan uzoqlashtirilib, «Tangri bergan siyosiy hokimiyat yana Tangri tomonidan qaytarib olinadi», deb tushunilgan.
570-yili Yamanni istilo qilgan
Turk xoqonligi sosoniylar hukmdori Xusrav I Anushervon bilan eftaliylarga qarshi o‘zaro harbiy ittifoq tuzdi. Bu ittifoq Eron shohining Turk xoqoni Istamiga kuyov bo‘lishi orqali mustahkamlandi.
Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g‘arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga «Yabg‘u xoqon» degan unvon beriladi.
Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutashgan hudud – G‘arbiy xoqonlik, Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo‘g‘uliston), Shimoliy Xitoy Sharqiy xoqonlik tasarrufida bo‘lgan.
Turk xoqonligi xaritasi
Poytaxti O‘tukan vodiysi
Turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalar ittifoqi xoqonlik asosini tashkil etar edi. Bu ittifoqni xoqon boshqargan.
O‘n ming suvoriyga ega bo‘lgan tuman boshi «shod» deb yuritilgan.
O‘n o‘q el sardori bir tuman (ya’ni, o‘n ming) suvoriyga ega bo‘lgan.
Ko‘chmanchi chorvador aholi «budun» yoki «qora budun» nomlari bilan yuritilgan.
Hokimiyat urug‘-aymoqchilik udum lariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan.
Yabg‘u darajasiga faqat xoqon urug‘iga qon-qarindosh bo‘lganlargina ko‘tarilgan.
TURK XOQONLIGI
Xoqonlik eng kuchaygan davrda
Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan Hindistongacha hududni egallagan.
O‘n o‘q budun yoki elning hokimi «yabg‘u» yoki
«jabg‘u» nomi bilan atalardi.
Ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
Turk xoqonligida davlat faqat urf-odatlar bilan emas, balki yozma qonunchilik hujjatlari bilan ham boshqarilgan. Shu davrda Samarqandda «Turk qonunnomasi» amalda bo‘lib, u ibodatxonada saqlangan. Jazo berish vaqtida qonunnomadan foydalanilgan. Qadimgi Sug‘dda ham oldi-sotdi, nikohni qayd etishga oid shartnomalar guvohlar o‘rtasida yozma shaklda tuzilib, muhr bilan tasdiqlangan.
Ijodiy faoliyat
Farg‘ona vodiysidagi Quvadan hamda Qo‘rg‘ontepa yaqinidagi Ajinatepadan buddaning haykallari topilib, o‘rganildi. Ajinatepa buddasi haykalining bo‘yi 12 metrga boradi. Hozirgi kunda u Dushanbe shahridagi Milliy arxeologiya muzeyida saqlanadi.
Bu davrga oid Urxun-Yenisey yodgorliklari bitiklarida Tangri yagona, azaliy, abadiy, hayot beruvchi, yaratuvchi, o‘ldiruvchi, hukm qiluvchi, yordam beruvchi, jazolovchi, bandaning duosini qabul qiluvchi, himoya qiluvchi, marhamatiga oluvchi, hamma narsani biluvchi, insonlarga ilm beruvchi va yo‘l ko‘rsatuvchi kabi sifatlar bilan maqtalgan.
Zardush
Ezgu amal, ezgu fikr, ezgu so‘z
Budda
Bu din jon va ruhlarga, ota-bobolar ruhiga sig‘inish e’tiqodini tarbiya lagan. Qadimgi turklarda «shomon» so‘zi bo‘lmagani sababli o‘z dinini «qam» deb yuritganlar.
Toxaristonda
Olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi – yorug‘lik va ezgulik hamda zulmat va yovuzlikdan iborat, deb hisoblangan.
Ibodat, ro‘za, sadaqa moniy dinining arkoni hisoblangan.
Samarqand viloyatining Urgut tumani - O’rta Osiyoda
Turkiylarda qadimda bo‘ri ilohiylashtirilgan va ko‘plab nishonlarida bo‘ri tasviri mavjud bo‘lgan.
Ijodiy faoliyat
Tangrichilik ta’limotiga ko‘ra, Tangri – bu moviy
Osmon, buyuk Osmon sohibi. Uning doimiy makoni osmondir. Shu sabab ko‘k rang ilohiy buyuklik ramzi hisoblangan.
Ijodiy faoliyat
Tangrichilikda diniy ramz to‘rt tomoni teng bo‘lgan salb – «adji» hisoblangan. Shundan kelib chiqib, turkiylar uni peshanalariga qizil rangda chizib yurganlar.
Turk xoqonligining mafkuraviy asosi shomonlik – ajdodlarga, Osmonga (Tangri) va yer-suvga sig‘inish bo‘lgan.
Turkiylar mutlaq o‘limga ishonmaganlar. Hayot ma’lum doira ichida butun fazo bo‘ylab aylanib yuradi, deb e’tiqod qilganlar. Shundan kelib chiqib, ular insonning jismoniy o‘limidan qo‘rqmaganlar va bu hayotning tabiiy davom etishi, deb qaraganlar. Ular o‘limni bir hayotdan ikkinchi hayotga o‘tish, deb ishonganliklari uchun jasad kiyim-kechagi va kundalik zarur bo‘ladigan ashyolari bilan birgalikda dafn etilgan.
Ijodiy faoliyat
Turkiylar inson tiriklik chog‘ida barcha diniy marosimlarni to‘la ado etishi lozim, aks holda, ular yovuz ruhlar qatoridan joy oladi, degan ta’limotga qattiq ishonganlar.
Qang’ davlati davrida. O’zbek va tojiklarga xos
Matnni o‘qing: qabrdan topilgan buyumlarga asoslanib, «Qovunchi madaniyati»ning (hozirgi Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri hududida) xronologik jihatdan qaysi tarixiy davrga tegishliligini aniqlang. «Qovunchi davri qabristonlari, asosan, tuproq qo‘rg‘onlar va ustiga tosh uyilgan yer ostidagi maxsus qabr (katakomba)lardan iborat bo‘lib, ularning qabr xonalari (kameralari) ham gumbazli, keng va yer sathidan ancha chuqurlikda joylashgan. Har bir katakomba lahadida bir nechta (oilaviy) chalqanchasiga yotqizilgan skeletlar uchraydi. Skeletlar bosh va oyoq tomonida sopol idishlar, erkaklarning qo‘l yaqini va bel qismida temirdan ishlangan harbiy va mehnat qurollari, orqa tomonda esa uch parrakli va bigizsimon quyma asosli temir paykonlar mavjud. Ayol skeletlarining oyoq-qo‘l suyaklarida, ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ida turli xil tosh va metall taqinchoqlar uchraydi.
Qang’ davlati davrida. O’zbek va tojiklarga xos
Qadimiy turkiylar jang maydonida qahramonlik qilgan ajdodlar ruhiga alohida e’tibor qaratganlar. Ajdodlar ruhiga sig‘inish, turkiylarda o‘zidan oldingi yetti ota-bobosi faoliyatini yaxshi bilish an’anasini shakllantirgan».
Ahmadali Asqarov, «O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi»
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Muhim sanalar
- VI asr — VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi.
- VI asrning — Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80- yillari oxirlarida ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi.
Bilimingizni sinang
Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan Turk xoqonligi qaysi asr o‘rtalarida vujudga keldi?
- VI asr
- VIII asr
- IV asr
- II asr
To‘g‘ri javob: VI asr. Turk xoqonligi VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirdagi turkiy qabilalarni birlashtirib vujudga keldi.
Turk xoqonligi asoschisi Buminga qanday unvon berilgan?
- Shod xoqon
- Tarxon xoqon
- Yabg‘u xoqon
- Tegin xoqon
To‘g‘ri javob: Yabg‘u xoqon. Xoqonlik asoschisi Buminga «Yabg‘u xoqon» unvoni berilgan.
Turk xoqonligi qachon va qaysi hududlarda yashagan turkiy qabilalarning birlashuvi natijasida vujudga kelgan?
- VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda
- III asr oxirida Yettisuv va Farg‘onada
- I asr boshlarida Urxun va Xorazmda
- VIII asr o‘rtalarida Sirdaryo va Orolbo‘yida
To‘g‘ri javob: VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda. VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirdagi turkiy qabilalar birlashib, Turk xoqonligi vujudga keldi.
Turk xoqonligining asoschisi kim?
- Istami
- Bumin
- Xusrav I Anushervon
- Kavad I
To‘g‘ri javob: Bumin. Xoqonlikning asoschisi Bumin edi.
Sosoniylar eftaliylardan qaysi janubiy o‘lkalarni tortib olgan?
- Sug‘d va Xorazmni
- Farg‘ona va Chochni
- Toxariston va Chag‘oniyonni
- Yettisuv va Sharqiy Turkistonni
To‘g‘ri javob: Toxariston va Chag‘oniyonni. Sosoniylar janubiy o‘lkalar – Toxariston va Chag‘oniyonni tortib olgan.
Eftaliylar davlati qaysi kuchlar zarbasi ostida parchalangan?
- Janubdan arablar, shimoldan Xitoy imperiyasi
- G‘arbdan Vizantiya, sharqdan Xitoy imperiyasi
- Janubdan kushonlar, shimoldan xunnlar ittifoqi
- Janubdan sosoniylar, shimoldan Turk xoqonligi
To‘g‘ri javob: Janubdan sosoniylar, shimoldan Turk xoqonligi. Eftaliylar janubdan Eron sosoniylari, shimoldan Turk xoqonligi zarbasiga uchragan.
Eftaliylar davlatining parchalanib ketishiga nima sabab bo‘ldi?
- Ikki tomondan zarba: janubdan Eron sosoniylari, shimoldan esa Turk xoqonligi hujum qilgan
- Eftaliylarning Vizantiya va Xitoy bilan bir vaqtda urush olib, zaiflashib qolgani
- Eftaliylar ichidagi qabilalarning Tangri tomonidan berilgan hokimiyatni tan olmagani
- Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylaridagi yerlarning butunlay qurib qolgani
To‘g‘ri javob: Ikki tomondan zarba: janubdan Eron sosoniylari, shimoldan esa Turk xoqonligi hujum qilgan. Eftaliylar shimolda Turk xoqonligi bilan band bo‘lgan paytda sosoniylar janubiy o‘lkalarni tortib olgan, natijada davlat parchalangan.
Eftaliylar davlati parchalangach, uning hududlari Eron va Turk xoqonligi o‘rtasida qanday taqsimlandi?
- Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar xoqonlikka, o‘ng sohillar bo‘ylab Kaspiygacha cho‘zilgan yerlar Eronga o‘tdi
- Butun Amudaryo havzasi Eronga, Sirdaryo havzasi esa Vizantiyaga o‘tdi
- Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eronga, o‘ng sohillar bo‘ylab Kaspiy dengizigacha cho‘zilgan yerlar xoqonlikka o‘tdi
- Barcha hududlar xoqonlikka o‘tib, Eron faqat Toxariston va Chag‘oniyonni saqlab qoldi
To‘g‘ri javob: Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eronga, o‘ng sohillar bo‘ylab Kaspiy dengizigacha cho‘zilgan yerlar xoqonlikka o‘tdi. Janubiy qirg‘oqqacha bo‘lgan viloyatlar Eronga, Amudaryoning o‘ng sohillari bo‘ylab Kaspiygacha bo‘lgan yerlar Turk xoqonligiga o‘tgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash