lar. G‘arbIy Turk xoqonligi
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Mulohaza uchun
G‘arbiy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. G‘arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul edi.
VII asrning birinchi choragiga kelib G‘arbiy xoqonlik taraqqiy etadi. Xoqon To‘n yabg‘u hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. Viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog‘lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning «yabg‘u» unvoni beriladi.
618-630-y
Shahar aholisi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul bo‘lgan. Kulolchilik, to‘qimachilik, sarrojlik, misgarlik, chilangarlik, temirchilik va zargarlik taraqqiy etgan. Hunarmandlar yasagan zeb-ziynatlar va qurol-yarog‘lar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajralib turgan.
Xitoy manbalari, garchi turklar doimiy yashash joylariga ega bo‘lmasa ham, lekin ularning har birida ajratib berilgan yer borligi haqida ma’lumot beradi. Aynan mana shunday «ajratib berilgan yer»larda dehqonlar mavjud suv manbalari hamda lalmikor yerlar imkoniyatidan foydalanib, asosan, donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali daraxtlardan bog‘-rog‘larga alohida ahamiyat berganlar. Manba tili bilan aytganda, «(mevali) daraxtlar savlat to‘kib turgan».
Mulohaza uchun
Xoqonlikda qabila va elatlarni birlashtirish va boshqarish, soliqlar va o‘lponlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish uchun maxsus ma’muriy va harbiy-siyosiy boshqaruv tizimi joriy etilgan.
Xoqon o‘z noiblari – tudunlar yordamida mustaqil hokimliklar ustidan nazoratni kuchaytirgan.
Xoqonlik o‘z ehtiyoji va hayotiy zaruratidan kelib chiqib, quyidagi islohotlarni amalga oshirgan:
Mo’g’ullarda - ayl
• «o‘nlik» tizimni yaratish,
• vassal hokimliklar hududida o‘z qarorgohlarini barpo etish; • davlat boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar.
Mulohaza uchun
G‘arbiy Turk xoqonligining Suyab (Oq Bishim), Beshbaliq (Turfan), Ek-tog‘ (Sharqiy Turkiston) kabi shaharlari xoqonlikda qarorgoh vazifasini bajargan. Davlat boshqaruvida xoqonlikning barcha bog‘inlarida lavozim egalari harbiy unvonga ega bo‘lishi shart hisoblangan.
1865-yilgi nizom
Xoqonlikning markaziy boshqaruv tizimi asosan davlat osoyishtaligini saqlash, davlat sarhadlarini kengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi savdo, diplomatik munosabatlar va boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lib, zabt etilgan hududlardagi boshqaruv tizimiga ma’lum darajada erkinlik bergan. Shuning uchun ham Farg‘ona, Sug‘d, Choch, Toxariston, Xorazm va boshqa mulklardagi boshqaruv tartibi asosan mahalliy sulolalar qo‘lida bo‘lgan. Misol uchun, Sug‘d va Farg‘onada oliy hukmdor – «ixshid», Toxaristonda – «malikshoh», Xorazmda – «xorazmshoh», Keshda – «ixrid», Buxoroda – «xudot», Ustrushonada – «afshin», Chochda – «tudun» deb atalgan. Markaziy hokimiyatga faqat boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma’lum darajada saqlab qoladilar.
Yabg’u
Eloq - dehqon
Turk xoqonligi davrida Sug‘d hududlariga hozirgi Panjikentdan Karmanagacha bo‘lgan yerlar kirgan. Buxoro esa, VII asrdan boshlab mustaqil mulklar ittifoqidan iborat bo‘lgan. Sug‘dning mahalliy hokimlari ayrim vaqtlarda Choch va Xorazmning mustaqil hukmdorlari bilan birlashar edilar. Bunday yirik siyosiy birlashmalar ma’lum muddatlarda yirik shaharlarda o‘z qurultoylarini o‘tkazib turganlar. Farg‘ona Sug‘d siyosiy ittifoqiga kirmagan bo‘lib, u alohida mustaqil davlat edi.
Turk xoqonligi tarkibidagi turli xalqlarning yashash tarzi ham turlicha edi. Ko‘chmanchi chorvador turklarda jamoatchilik an’analari kuchli bo‘lgan. Ko‘chmanchilarning asosiy mashg‘uloti chorvachilik edi. Shahar aholisi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Hatto hunarmandchilik mahsulotlarini yasash uchun Farg‘ona va Sug‘dda oltin, temir, mis, Iloqda qo‘rg‘oshin, kumush va oltin, Shahrisabzda tosh va tuz qazib olinardi. Savdogarlar orasida Sug‘d savdogarlarining mavqeyi baland bo‘lgan. VII asrning birinchi yarmida G‘arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida, ayniqsa, iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu davrda Xitoyga to‘qqiz marotaba savdo elchiligi yuboriladi. Bir yilning o‘zida Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushona (Jizzax va O‘ratepa viloyatlari)dan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi.
Ijodiy faoliyat
Ijodiy faoliyat
Bu davrda ham yurtimizda moddiy va ma’naviy madaniyatning yangidan yangi betakror namunalari yaratildi. Turli olimlar, mutaxassislar bahsiga sabab bo‘lgan Turk-runiy, Urxun-Yenisey yozuvi, Kultegin bitiklari, Bilga xoqon yodnomasi va shu singari noyob topilmalar turk yozma madaniyatining qadimiyligi va rang-barangligidan guvohlik beradi.
Turon zaminida turkiy yozuv bilan bir qatorda Sug‘d va Xorazm yozuvlari ham keng qo‘llanilgan. Sug‘d yozuvi chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Shaharlarda so‘g‘d-turk ikki tilliligi rasmiy odat bo‘lganligi haqida Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» (XI asr) asarida ham qayd etib o‘tilgan. Bu yozuvlarda ulug‘ ajdodlarimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati bilan birga Navro‘z bayramiga oid ma’lumotlar ham aks etgan.
Ijodiy faoliyat
Bugungi kunda milliy bayramimiz bo‘lgan Navro‘z ham o‘sha davrlarda keng nishonlangan.
Ijodiy faoliyat
Turk xoqonligi davrida O‘rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. O‘z yer mulkidan ajralgan kashovarzlar mulkdor dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi aholi bosh ko‘tarishga majbur bo‘ladi. Shunday xalq qo‘zg‘olonlaridan biri Buxoroda yuz beradi. Qo‘zg‘olonga xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchilik qiladi. Qo‘zg‘olondan vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o‘rnashadilar. Ular turk xoqoniga murojaat qilib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so‘raganlar. Turk xoqoni Qoracho‘rin o‘g‘li Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo‘shin yuboradi. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlari – dehqonlarga qaytariladi.
Manbalarda
Dehqonlar va boylar bu viloyatdan qochdilar hamda Turkiston va Taroz (yaqinida) bir shahar bino qiladilar, chunki Buxorodan qochib ketgan toifaning raisi bo‘lmish bir katta dehqonning nomi Hamuk edi. «Hamuk» deb, Buxoro tilida gavharga aytiladi, «ket» esa — shahar, ya’ni Hamuket «Hamuk — gavharning shahari» demakdir. Buxoro tilida katta odamni «hamuk», ya’ni falonchi gavhar deydilar.
So‘ngra Buxoroda qolgan kishilar o‘zlarining (qochib ketgan) sarkardalariga odam yuborib, Abruyning jabr-zulmidan qutqarishni so‘radilar. Shunda sarkardalar va dehqonlar turklar podshohining oldiga bordilar — u podshohning nomi Qarojurin turk bo‘lib, ulug‘ligi sababli unga Biyog‘u deb laqab bergan edilar — va Biyog‘udan arz-dodlariga yetishni iltimos qildilar. Biyog‘u
Manbalarda
Sheri kishvar ismli o‘z o‘g‘lini ko‘p lashkar bilan yubordi. Sheri kishvar Buxoroga kelgach, Baykandda Abruyni tutib bandi qildi...
Sheri kishvarga bu viloyat yoqib qolib, otasiga xat yubordi va undan bu viloyatni talab qilib, Buxoroda turishi uchun ruxsat berishini iltimos qildi. Biyog‘udan: «U viloyatni senga bag‘ishladim», — degan javob kelgach, Sheri kishvar Hamuketga odam yuborib, Buxorodan qochib ketgan kishilarni xotin va bola-chaqalari bilan Buxoroga oldirib keldi... Sheri kishvar Buxoro shahristonini qurdi. U yigirma yil podshoh bo‘lib turdi. Undan keyin bo‘lgan boshqa podshoh Iskajkat, Sharg‘ va Romtin qishloqlarini bino qildi, so‘ngra Faraxshiy (Varaxsha) qishlog‘iga asos soldi.
Manbalarda
Abu Bakr Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobidan
Abruy qo‘zg‘oloni, rassom V. S. Kaydalov
5 yosh 6 yosh 7 yosh
Yana shu narsa diqqatga sazovorki, o‘sha davrlarda ajdodlarimiz o‘z avlodlari to‘g‘risida ham muttasil qayg‘urganlar. Shu boisdan bola 5 yoshga to‘lishi bilan uni bilim olishga yo‘llab, dastavval, xat-savod va hisob-kitobni o‘rganishga jalb etganlar. Bolalar balog‘at yoshiga yetgach esa ularni dunyo tanish, savdo-tijorat ishlarini o‘rganish uchun maxsus vakillar homiyligida boshqa davlatlarga yuborganlar.
Ijodiy faoliyat
Ma’lumot uchun
Turk xoqonligida ishlab chiqilgan jinoyatchilikka qarshi qonun hujjatlariga amal qilingan. Sodir etilgan jinoyat uchun jazoning asosiy turlari – qatl etish, odam a’zolarini kesib tashlash, zararni to‘lash, mol-mulk tarzida tovon to‘lashdan iborat edi. Manbalarning ma’lumot berishicha, o‘lim jazosi davlatga qarshi jinoyatlar uchun (isyon ko‘tarish, sotqinlik) hamda nohaq yoki qasddan odam o‘ldirganlik uchun berilgan. O‘g‘rilik yoki buzuqlik qilgan shaxsning qo‘li yoki oyog‘i kesilgan. Shaxsga qarshi qaratilgan boshqa jinoyatlar uchun yetkazilgan zararni o‘n barobar qilib to‘lash, jarohat yetkazgani yoxud mayib qilgani uchun mol-mulki bilan tovon to‘lashga majbur etilgan.
Ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
Shunday qilib, G‘arbiy Turk xoqonligi o‘z davrida keng hududlarga yoyilgan eng yirik davlatlardan biri bo‘lgan. Uning hukmdorlari Xitoy, Eron va Vizantiya bilan bo‘lgan munosabatlarda uzoq yillar o‘z ta’sirini o‘tkazganlar. Shu bilan birgalikda, xoqonlik davri moddiy va ma’naviy madaniyati, uning nodir namunalari Turon zamini xalqlarining to‘laqonli turmush tarzini o‘ziga xos yo‘sinda aks ettirib qolmasdan, bobokalonlarimizning yuksak ijodkorligi, izlanuvchanligidan ham dalolat beradi.
G‘arbiy Turk xoqonligi tangasi
Orol dengizida suv sathining kamayishi
XX asr 60-yillarida Samarqandda avtomobil yo‘li qurilishi jarayonida buldozer yer tekislash ishlarini olib borayotganida yer ostidan bir necha katta rangli devor bo‘laklarini surib chiqaradi. Ularning nimaligini aniqlash uchun mutaxassislar taklif qilinadi. Mutaxassislar bu topilmalarni ko‘rgan-kechirganlaridan so‘ng qurilish ishlari to‘xtatilib, arxeologik qazishmalar boshlanadi.
Natijada Afrosiyob (Qadimgi Samarqand) shahri xarobalari joyi aniqlandi. Bir necha xonalar xarobalaridan ba’zilarining devorlarida rangli bo‘yoqlar – tempera (tuxum sarig‘iga rangdor mineral upasi aralashtirib tayyorlanadi) bilan ishlangan devoriy rasmlar topildi.
Orol dengizida suv sathining kamayishi
Bularning ichida, ayniqsa, bir xonadan topilgani ancha yaxshi saqlanib qolgan. Devorlar, supa xom g‘isht va paxsadan bunyod etilgan. Xona to‘rida taxtga o‘xshash o‘rindiq joylashgan bo‘lsa kerak, supaning o‘sha qismi bo‘rtib turganligi aniqlangan.
Xona devorlaridagi rasmlarda shoh a’yonlari, Chag‘oniyon, Toxariston, Sharqiy Turkiston, Choch, Chinu Mochin, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan elchilar, olib kelingan ot-ulov, sovg‘alar va ov sahnasi ifodalangan. Suratlar nihoyatda nafis ishlanib, yuqori did bilan bo‘yalgan.
Ijodiy faoliyat
«Bu ko‘hna shahar dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgani uchun YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan va unda: «Samarqand – madaniyatlar uchrashadigan makon», – degan so‘zlar yozib qo‘yilgan».
Xubert Gizen, YUNESKO bosh direktori o‘rinbosari, 2016-yil.
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Muhim sanalar
- 2016-yil — Xubert Gizen, YUNESKO bosh direktori o‘rinbosari, 2016-yil.
- VII asrning — VII asrning birinchi choragiga kelib G‘arbiy xoqonlik taraqqiy etadi.
- VII asrdan — Buxoro esa, VII asrdan boshlab mustaqil mulklar ittifoqidan iborat bo‘lgan.
- VII asrning — VII asrning birinchi yarmida G‘arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida, ayniqsa, iqtisodiy aloqalar faollashdi.
- XI asr — Shaharlarda so‘g‘d-turk ikki tilliligi rasmiy odat bo‘lganligi haqida Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» (XI asr) asarida ham qayd etib o‘tilgan.
- XX asr — XX asr 60-yillarida Samarqandda avtomobil yo‘li qurilishi jarayonida buldozer yer tekislash ishlarini olib borayotganida yer ostidan bir necha katta rangli devor bo‘laklarini surib chiqaradi.
- 60-yillarida — XX asr 60-yillarida Samarqandda avtomobil yo‘li qurilishi jarayonida buldozer yer tekislash ishlarini olib borayotganida yer ostidan bir necha katta rangli devor bo‘laklarini surib chiqaradi.
Bilimingizni sinang
G‘arbiy Turk xoqonligi qaysi asrning birinchi choragiga kelib taraqqiy etadi?
- V asrning
- VI asrning
- IX asrning
- VII asrning
To‘g‘ri javob: VII asrning. G‘arbiy xoqonlik VII asrning birinchi choragiga kelib taraqqiy etgan.
G‘arbiy Turk xoqonligi aholisining katta qismi qanday mashg‘ulot bilan band bo‘lgan?
- Asosan ko‘chmanchi chorvachilik va ovchilik
- O‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq
- Faqat konchilik, metallurgiya va qurol yasash ishlari
- Asosan dengiz savdosi va baliq ovlash ishlari
To‘g‘ri javob: O‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq. G‘arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullangan.
G‘arbiy xoqonlik qaysi davrda taraqqiy etgan?
- VI asrning ikkinchi choragida
- VIII asrning birinchi choragida
- VII asrning birinchi choragida
- V asrning uchinchi choragida
To‘g‘ri javob: VII asrning birinchi choragida. VII asrning birinchi choragiga kelib G‘arbiy xoqonlik taraqqiy etgan.
G‘arbiy Turk xoqonligida To‘n yabg‘u davrida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning “yabg‘u” unvoni berilishidan asosiy maqsad nima edi?
- Mahalliy sulolalarni boshqaruvdan butunlay chetlatib, ularning yerlarini musodara qilish
- Viloyat hokimlarini markaziy ma’muriyatga bevosita bog‘lash va ular ustidan nazoratni kuchaytirish
- Ko‘chmanchi qabilalarni o‘troq hayotga majburan o‘tkazish va soliq yukini yengillashtirish
- Xitoy bilan savdo aloqalarini to‘xtatib, ichki bozorni himoyalash
To‘g‘ri javob: Viloyat hokimlarini markaziy ma’muriyatga bevosita bog‘lash va ular ustidan nazoratni kuchaytirish. Unvon berish viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog‘lash va nazoratni kuchaytirish uchun islohot sifatida amalga oshirilgan.
G‘arbiy Turk xoqonligi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turishining asosiy ko‘rinishi nimada edi?
- Aholisining katta qismi o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul bo‘lgan
- Aholisining aksariyati faqat ko‘chmanchi chorvachilik bilan kun kechirib, shaharlar bo‘lmagan
- Davlat boshqaruvida harbiy unvonlar bo‘lmagan, hokimlar saylab qo‘yilgan
- Hunarmandchilik faqat saroy ehtiyojlari uchun ishlagan, savdo taqiqlangan
To‘g‘ri javob: Aholisining katta qismi o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul bo‘lgan. G‘arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullangani uni Sharqiydan farqlagan.
Xoqon mustaqil hokimliklar ustidan nazoratni kuchaytirish uchun kimlardan foydalangan?
- Sarkardalar – afshinlardan
- Elchilar – ixridlardan
- Ruhoniylar – xudotlardan
- Noiblari – tudunlardan
To‘g‘ri javob: Noiblari – tudunlardan. Xoqon o‘z noiblari – tudunlar yordamida nazoratni kuchaytirgan.
Suyab shahri qanday nom bilan ham atalgan?
- Oq Bishim
- Turfan
- Ek-tog‘
- Beshbaliq
To‘g‘ri javob: Oq Bishim. Matnda Suyab (Oq Bishim) xoqonlik qarorgohlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Sug‘d va Farg‘onada oliy hukmdor qanday atalgan?
- Afshin
- Ixshid
- Malikshoh
- Xudot
To‘g‘ri javob: Ixshid. Sug‘d va Farg‘onada oliy hukmdor «ixshid» deb atalgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash