XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · O‘zbekiston tarixi · 12-13-mavzu

lar. Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Turk xoqonligi davrida qaysi hududlar o‘z mustaqilligini saqlab qoldi? 2. Farg‘ona, Sug‘d, Choch, Toxariston, Xorazm hududlarini zamonaviy xaritadan ko‘rsating. Nima sababdan ular o‘z mustaqilliklarini saqlab qolgan?

Mulohaza uchun

V–VII asrlarda Turk xoqonligi bir qancha hokimliklarga bo‘linib, 15 dan ortiq mustaqil hokimliklar tashkil topdi. Turk xoqonligi dastlabki boshqaruv yillarida mahalliy boshqaruv tizimiga tub o‘zgarishlar kiritmaganini yerli boshqaruvda ko‘plab mahalliy turkiylarning faoliyati bilan ham izohlash mumkin. Biroq Turk xoqonligi ikkiga bo‘lingach, G‘arbiy Turk xoqonligi bu masalaga jiddiy e’tibor berdi.

Bu davrda ma’muriy islohotlar aynan xoqonlik va mahalliy boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratildi. Qolaversa, xoqonlik turkiylarining o‘troq hayoti va o‘ziga xos davlatchilik an’analari eftaliylar davridagidan farqlangan.

Mulohaza uchun

Turk xoqonligining mahalliy sulolalar boshqaruvini saqlab qolishdan maqsadi o‘troq o‘lkalarda siyosiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy taraqqiyot rivojini to‘xtatmaslik va harbiy jihatdan ularga ko‘maklashuv bo‘lgan.

Bundan tashqari, mahalliy hukmdorlarning aksariyati Turk xoqonligi hukmdorlari bilan yaqinlashib, qardoshlik aloqalarini o‘rnatgani xoqonlik diplomatiyasining mahoratini oshirgan.

Mulohaza uchun

Toxaristonda 27 ta tog‘ va tog‘oldi viloyatlaridan iborat mustaqil hokimliklar bo‘lgan. Uning poytaxti Balx shahri edi. Hozirgi Janubiy O‘zbekiston va Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan bu tarixiy viloyat shimolda Hisor tog‘lari, janubda Hindikush, g‘arbda Murg‘ob va Xerirud vodiysi, sharqda Pomir bilan chegaralangan.

Toxariston aholisining asosiy qismi o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Hunarmandchilikda, ayniqsa, qurolsozlik, shishasozlik, to‘qimachilik yuksalgan. Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o‘rnatgan, o‘z chaqa-tangalari ichki savdo muomalasida yurgan.

Mulohaza uchun

Toxaristonga oid qal’a ko‘rinishi

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o‘rnatgan. Hududda qaysi madaniyatlar ta’siri kuchli bo‘lgan, deb o‘ylaysiz? 2. VI–VII asrlarda qaysi viloyat yoki shaharlarda mustaqil hokimliklar boshqalariga nisbatan ko‘p bo‘lgan va buning asosiy sababi nimada?

Qadimgi Varaxsha qasrining zamonaviy rekonstruksiyasi

Mulohaza uchun

Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi Sug‘d ixshidlari – voha hukmdorlari edi. VI–VII asrlarda davlatlar birlashmasi ittifoqida Sug‘d ixshidlari katta siyosiy nufuzga ega bo‘lgan. Zarafshon vodiylarida joylashgan Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo vohasidagi Kesh viloyatining o‘n bitta yirik mulklari birlashgan bo‘lib, ularning har biri o‘z hokimi, harbiy chokarlari va mis puli birligiga ega edi.

Sug‘dda aholi gavjum bo‘lib, sug‘diylar dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishgan. Chorvachilikda Sug‘dning hisori qo‘ylari va tulporlari juda mashhur bo‘lgan. Sug‘d shaharlari bu davrda hunarmandchilikning markaziga aylanadi.

Mulohaza uchun

Samarqandni poytaxt qilgan Sug‘d Qang‘ davlati tanazzulidan keyin mustaqil davlatga aylangan. Sug‘d Turk xoqonligi va G‘arbiy Turk xoqonligi vassali bo‘lsa-da, o‘zining asriy mahalliy ma’muriy boshqaruvini saqlab, turkiy boshqaruv an’analari bilan boyidi. Turkiy davlat boshqaruvida xoqonning mutlaq hukmronligi Sug‘dda shakllangan azaliy demokratik tamoyillardan farqlanardi. Chjou xonadoni va «o‘n o‘q» sulolasi vakillari Sug‘dda davlatni podsho orqali emas, balki yirik dehqon, sav-

Mulohaza uchun

dogar va shahar amaldorlaridan iborat Oqsoqollar Kengashi oliy organ orqali boshqarganlar. Oqsoqollar Kengashi podsholik — ixshidlik hokimiyatini cheklab qo‘ygan edi. Ixshidlar Oqsoqollar Kengashi oldida hisob berib turgan. Xoqon To‘n yabg‘u (618–630) ma’muriy islohotlari ham an’anaviy mahalliy boshqaruv tamoyillarini deyarli o‘zgartirmadi, aksincha, tudunlar, tarxonlar orqali uni mustahkamladi. Ular o‘z vazifasi doirasida iqtisodiy ahvolni kuzatish, soliqlar yig‘ish, harbiy masalalarni hal etish va xoqonlik bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga xizmat qildi. Bu siyosiy va iqtisodiy barqarorlik va rivojlanish garovi bo‘lib qoldi.

Mulohaza uchun

Farg‘ona hukmdorlari ixshid deb atalgan. Farg‘ona yerlari juda hosildor bo‘lib, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan. Qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.

Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda chorvadorlar ham yashaganlar. Qurama va Qoramozor tog‘lari yonbag‘irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug‘ullanilgan. Bu vodiyda ko‘paytirilgan tulpor otlarning dong‘i jahonga ketgan.

Ijodiy faoliyat

1. Farg‘onaning «samoviy otlari» haqida qo‘shimcha manbalardan ma’lumotlar to‘plab, ularni sinfdoshlaringiz bilan muhokama qiling. 2. Nega «samoviy otlar» deganda doim Farg‘ona otlari yodimizga kelishini guruhlarga bo‘lingan holda asoslab bering. Ularning bugungi kundagi ahamiyatini ochib bering.

Choch (Toshkent vohasi) Chirchiq va Ohangaron havzalaridagi dehqonchilik va ko‘chmanchi chorvadorlarning hududlari kesishgan mintaqada joylashgan. Choch Ipak yo‘lining shimoli-sharqiy yo‘nalishida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hudud hisoblangan. Ilgari Chochda o‘troq mahalliy aholining manzilgohlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, VI–VIII asr boshlarida ularning soni nihoyatda oshgan.

Ijodiy faoliyat

Turk xoqonligi davrida esa turkiylar vohada yetakchi kuchga aylandi. Ammo vohaning turkiy hukmdorlari davlat ishlarini olib borishda sug‘diy til va yozuvdan foydalanishgan. VII–VIII asrlarga mansub tangalarini ham sug‘diy yozuv va tilda zarb ettirishgan. Bu fanda turk-sug‘d namunasidagi tangalar deb yuritiladi.

Chochda sug‘diy til va yozuv qatorida turkiy til va yozuvning amal qilishi Qanha shahri xarobasidan topilgan sopol idishdagi bitiklarda o‘z aksini topgan. Bu vohaning VI–VIII asrlardagi etnik manzarasini ham aks ettiradi.

Buyuk ipak yo‘li Qang‘ davlati davrida savdo karvonlari orqali ulkan hududdagi mulklar va shaharlarni, jumladan, Sug‘d va Chochni o‘zaro bog‘lagan bo‘lsa, Eftaliylar davrida Chochning Ipak yo‘lidagi muhim strategik ahamiyati kamaymadi. Shu bois, Sosoniylar podshosi Xusrav I ning eftaliylarga qarshi kurashi bayon etilgan manbada Choch Farg‘ona kabi eftaliylarning chegara hududi sifatida keltirilgan. Bu davrda Choch Sug‘d va boshqa mulkliklar kabi o‘z mustaqil ichki va tashqi siyosatini davom ettirgan.

Ijodiy faoliyat

Y. F. Buryakov «Ilk o‘rta asrlardagi Choch tarixidan»

Chochga sug‘diylarning kirib kelishi mahalliy a’yonlarning o‘troqlashib, zardushtiylikni qabul qilishiga sabab bo‘lgan. Choch ko‘plab diniy konfessiyalar kesishgan mintaqa bo‘lganligi uchun bu yerda mahalliy turklarning tangrichilik, xristianlikning nestorian oqimi, moniylik kabi dinlar ham tarqalgan.

Chag‘oniyon va Choch elchilari Sug‘d hukmdori Varxuman huzurida. Afrosiyob xarobalaridan topilgan

«Choch» arablar tomonidan «Shosh» deb nomlangan. Chunki arab alifbosida «ch» harfi bo‘lmagan.

Mulohaza uchun

VI asr ikkinchi yarmidan Chochda Turk xoqonligi hukmronligi o‘rnatilib, voha aholisi etnik tarkibida turkiylar salmog‘i keskin oshdi. Mahalliy turkiy tilli aholi xoqonlik vakillari kabi «turk» deb ataladi. Choch vassal mulk sifatida Istami yabg‘uxoqon tasarrufida, xoqonlik ikkiga bo‘lingach, G‘arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo‘ldi. Xoqon Chochga hokim etib Tegin Tyanchjini tayinlaydi. Tegin Tyanchji G‘arbiy Turk xoqonligi yaratgan iqtisodiy va siyosiy erkinlikdan foydalanib, Xitoy bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi.

Teginlar sulolasi Chochni boshqardi. Choch ma’muriy boshqaruvida tegindan (shahzoda, taxt vorisi) keyin soliq yig‘ish bo‘yicha nozirlar – tudunlar (soliq yig‘imlari nozirlari) turgan. G‘arbiy Turk hukmdori To‘n yabg‘u o‘z qarorgohini Choch yaqinidagi Mingbuloq mavzesiga ko‘chirgan.

Ijodiy faoliyat

1. Buyuk ipak yo‘li keng yoyilgan hududlarni xarita tarzida daftaringizda tasvirlang. Har bir o‘quvchi o‘zi chegaralab chizib chiqqan xaritasini dars yakunida sinfdoshlari bilan muhokama qiladi. 2. Buyuk ipak yo‘lining asosiy tovar mahsulotlari ro‘yxatini tuzing va ularning ichidan bugungi kunda ham muhimligini yo‘qotmagan tovarlarning ostiga chizib chiqing.

Choch tangasi,

To‘n yabg‘u boshqaruvda islohotlar o‘tkazib, qaram o‘lkalarga o‘z vakillari – eltabar (el (davlat) boshqaruvchilar)ni yubordi. Tushadigan soliq nazoratini tudunlar orqali amalga oshirdi.

Bu davrda poytaxtning ko‘chirilishi siyosiy va iqtisodiy masalalarni hal qilishga imkon berdi va

Ijodiy faoliyat

Ipak yo‘lida savdo nazorati hamda tijorat ishining jonlanishini ta’minladi. Vohada dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlanib, ko‘plab manzilgohlar, qal’a va shaharlar qad rostladi. Davlat tashqi savdoda Lashkarak kumushlarini, Tunkat va To‘qkat metallini, moviy feruzalarini chetga chiqardi. Ichki bozor uchun ham tangalar zarb etildi. Choch hududida G‘arbiy Turk xoqoni Tardu xoqon nomi chekilgan tangalari, keyinchalik To‘n yabg‘u xoqonning yabg‘u-xoqon puli deb nomlanuvchi tangalari muomalada bo‘lgan.

Bu tangalarning o‘ziga xos tomoni sug‘diy yozuvda bitilgani edi. Turkiy hokimlar tomonidan sug‘diy yozuvli tangalarning muomalaga kiritilishi iqtisodning o‘sishi va xalqaro savdoning rivojiga yordam bergan. Xususan, Choch savdogarlari sug‘diy tujjor (savdogar)lar bilan chetga mahsulot olib chiqib, xorijdagi manzilgohlarida bir jamoa bo‘lib yashashgan. Bu savdo aloqalari xoqonlik xazinasiga daromad keltirganligi uchun xoqonlik o‘z hududida barcha savdogarlarni himoya qilgan.

Ijodiy faoliyat

V–VII asrlarda Turonda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlari o‘rnatildi va mustahkamlanib bordi. Ikkinchi tomondan, ko‘chmanchi chorvadorlarning beto‘xtov shiddat bilan kirib kelishi hamda ularning o‘troqlashuvi kuzatildi. Mazkur omillar shahar va qishloqlarning qiyofasi hamda aholisining turmush tarzi-yu ijtimoiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Ijodiy faoliyat

Savollar: Nima uchun V–VII asrlarda mavjud bo‘lgan va rivojlangan davlatlarning muhrlarida oldida hukmdor va orqasida o‘z davri uchun muhim bo‘lgan buyum yoki jonzotlarning tasviri tushirilgan? Buning o‘z davri uchun tarixiy ahamiyati qanday bo‘lgan?

Zangtepa qal’asi

Mulohaza uchun

Ziroatkor yerlar kengayib, dehqonchilik vohalarining suv ta’minoti tubdan yaxshilandi. Tog‘oldi maydonlariga suv chiqarilib, yangi yerlar o‘zlashtirildi. Shaharlar gavjumlashdi. Qishloqlarda «ko‘shk», «qasr», «qo‘rg‘on» va «qo‘rg‘oncha» nomlari bilan shuhrat topgan istehkomli turar joylar qad ko‘tardi.

Istehkomli qasr, qo‘rg‘on va ko‘shklar asosan tashqi dushman hujumiga qarshi mudofaa inshooti, chokarlar to‘planadigan joy, ma’muriy markaz hamda oziq-ovqat va qurol-yarog‘ saqlanadigan ombor vazifasini o‘tagan.

O‘rta asrlarda shaharlar uch qismdan iborat bo‘lgan. Ular «ko‘handiz», «shahriston», «rabod» deb yuritilgan. Shaharlarning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o‘rab olingan. Ularning bir nechta darvozalari bo‘lgan. Shahar devorlari bo‘ylab oqib o‘tgan anhor xandaq vazifasini bajargan.

Mulohaza uchun

X asrda yashagan arab mualliflari (Ibn Xavqal va Ishtaxriy)ning qayd etishicha, birgina Binkat (Toshkent)ning yigirma ikkita darvozasi bo‘lgan.

O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz

Quyidagi jadval asosida Turon hududida yashagan xalqlarning turmush tarzini Yevropa va Sharqning bosha davlatlaridagi hayot bilan solishtiring.

Jamiyatning turli sohalari Turon hududida Yevropa xalqlari

Slavyan xalqlari

Sharqiy Osiyo:

Xitoy, Koreya,

Davlatchilik shakllarining mavjudligi va rivojlanganligi

Afrig‘iylar, kidariylar,….. Qonunchilik hujjatlari Shaharlari Diniy e’tiqodlari Iqtisodiy soha

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Turk xoqonligi bir qancha hokimliklarga bo‘linib, 15 dan ortiq mustaqil hokimliklar tashkil topgan davr qaysi?
  1. V–VII asrlar
  2. VII–VIII asrlar
  3. IV–V asrlar
  4. VIII–IX asrlar

To‘g‘ri javob: V–VII asrlar. V–VII asrlarda Turk xoqonligi bir necha hokimliklarga bo‘linib, 15 dan ortiq mustaqil hokimlik tashkil topgan.

V–VII asrlarda Turk xoqonligi hokimliklarga bo‘linib, nechtadan ortiq mustaqil hokimlik tashkil topdi?
  1. 15 dan ortiq
  2. 5 dan ortiq
  3. 30 dan ortiq
  4. 100 dan ortiq

To‘g‘ri javob: 15 dan ortiq. Turk xoqonligi hokimliklarga bo‘linib, 15 dan ortiq mustaqil hokimlik tashkil topgan.

Quyidagi davrlarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Turk xoqonligi; 2) Qang‘ davlati; 3) G‘arbiy Turk xoqonligi; 4) Eftaliylar davri.
  1. 4–2–1–3
  2. 2–4–3–1
  3. 2–4–1–3
  4. 2–1–4–3

To‘g‘ri javob: 2–4–1–3. Qang‘ davlati va eftaliylar davridan keyin Turk xoqonligi hukm surdi, u ikkiga bo‘linganidan so‘ng G‘arbiy Turk xoqonligi vujudga keldi.

Turk xoqonligi mahalliy sulolalar boshqaruvini saqlab qolishdan qaysi maqsadni ko‘zlagan?
  1. Mahalliy aholining mulkini musodara qilib, xoqon xazinasini to‘ldirishni
  2. Iqtisodiy taraqqiyot rivojini to‘xtatmaslik va harbiy jihatdan ko‘maklashuvni
  3. Mahalliy sulolalarni asta-sekin zaiflashtirib, hokimiyatni butunlay yo‘q qilishni
  4. Aholini ko‘chmanchilikka majburan o‘tkazib, yerlarni chorvaga ajratishni

To‘g‘ri javob: Iqtisodiy taraqqiyot rivojini to‘xtatmaslik va harbiy jihatdan ko‘maklashuvni. Maqsad o‘troq o‘lkalarda barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy rivojni to‘xtatmaslik va harbiy ko‘maklashuv edi.

Turk xoqonligi o‘troq o‘lkalarda mahalliy sulolalar boshqaruvini nima maqsadda saqlab qoldi?
  1. Mahalliy hukmdorlarni xoqonlik poytaxtiga ko‘chirib, ularning yerlarini tortib olish uchun
  2. O‘troq o‘lkalarda siyosiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy taraqqiyotni to‘xtatmaslik uchun
  3. Ko‘chmanchi turkiylarni o‘troqlashtirishni to‘xtatish va ularni chorvachilikka qaytarish uchun
  4. Eftaliylar davridagi tartiblarni to‘liq tiklab, yangi soliqlar joriy qilish uchun

To‘g‘ri javob: O‘troq o‘lkalarda siyosiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy taraqqiyotni to‘xtatmaslik uchun. Xoqonlik mahalliy sulolalarni saqlab, o‘troq o‘lkalarda barqarorlik va iqtisodiy rivojni ta’minlashni, harbiy ko‘mak olishni maqsad qilgan.

Poytaxti Balx shahri bo‘lgan va 27 ta tog‘ hamda tog‘oldi viloyatlaridan iborat mustaqil hokimliklarni o‘z ichiga olgan tarixiy o‘lka qaysi?
  1. Xorazm
  2. Toxariston
  3. Farg‘ona
  4. Choch

To‘g‘ri javob: Toxariston. Toxaristonda 27 ta tog‘ va tog‘oldi viloyatlaridan iborat mustaqil hokimliklar bo‘lgan, poytaxti Balx shahri edi.

Toxaristonda nechta tog‘ va tog‘oldi viloyatlaridan iborat mustaqil hokimliklar bo‘lgan?
  1. 7 ta
  2. 15 ta
  3. 27 ta
  4. 72 ta

To‘g‘ri javob: 27 ta. Toxaristonda 27 ta tog‘ va tog‘oldi viloyatlaridan iborat mustaqil hokimliklar bo‘lgan.

Toxaristonning poytaxti qaysi shahar edi?
  1. Samarqand
  2. Termiz
  3. Kesh
  4. Balx

To‘g‘ri javob: Balx. Toxaristonning poytaxti Balx shahri bo‘lgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← Oldingilar. G‘arbIy Turk xoqonligiKeyingi →lar. Turon xalqlarining harbiy san’ati