XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · O‘zbekiston tarixi · 14-15-mavzu

lar. Turon xalqlarining harbiy san’ati

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Davlatning mavjud bo‘lishida harbiylarning o‘rni qay darajada muhim deb o‘ylaysiz? 2. Harbiy qo‘shinsiz davlat mavjud bo‘la oladimi?

Mulohaza uchun

Mavzuning asosiy qismiga o‘tishdan avval «Turon» atamasi tarixi bilan qisqacha tanishib olamiz. «Turon» atamasi dastlab «Avesto»da tilga olingan. Tarixchilar fikricha, turlar (turklar) oriy xalqlarning tarmog‘i hisoblangan. VI asrda O‘rta Osiyo hududi Turk xoqonligiga o‘tishi bilan bu ikki atama uyg‘unlashib, Turon nomi turklarga nisbatan beriladigan bo‘ldi.

«Turon» yoki «Turkiston» deyilganda, Amudaryo va Sirdaryodan shimolda, to Sharqdagi Buyuk Xitoy devorigacha bo‘lgan turkiylar mamlakatlari tushuniladi.

Bu yer (Movarounnahr) ahlining e’tiqodicha, Jayhun orqasidan Sharqqa qarab cho‘zilgan yerlar Turon, G‘arbga tomon cho‘zilgan yerlar esa Eron deb ataladi. Kaykovus va Afrosiyob bu mamalakatlarni o‘zaro taqsim qilganlarida Turon Afrosiyobga, Eron esa Kaykabod o‘g‘li Kaykovusga tekkan.

Mulohaza uchun

Ibn Arabshoh

Jahon harbiy san’ati taraqqiyotida turkiy xalqlar o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Arab adibi Johiz turkiy xalqlarning xislatlari haqida bitilgan «Manoqib al-atrok» asarida: «Sosoniy-forslar barcha xalqlardan davlatni boshqarish sohasida, xitoyliklar — hunarmandchilikda, yunonlar — ilm-fanda, turklar — harbiy ishda ustundirlar», — deb yozadi.

Ijodiy faoliyat

Savollar: Eftaliylar va Turk xoqonligi davrida harbiy san’atning rivojlanishiga qanday ehtiyojlar sabab bo‘lgan deb o‘ylaysiz?

Turkiyalik olim Usmon Turonning «Turkiy xalqlar mafkurasi» nomli kitobida keltirilishicha, turkiylar:

Birgalikda tahlil qilamiz. To‘rt jamoaga bo‘linib, arab adibi Johizning fikrlarini tahlil qiling. Nima uchun to‘rtta xalq aynan ushbu sohalarda ustun bo‘lgan? Fikringizni asoslashga harakat qiling.

Sosoniy-forslar — davlatni boshqarish sohasida

Xitoyliklar — hunarmandchilikda

Yunonlar — ilm-fanda

Birinchi bo‘lib otdan jang vositasi sifatida foydalanganlar.

Egar-jabduq, uzangi va tizgin kabi anjomlarni kashf etganlar.

Ijodiy faoliyat

Chinliklar turklardan otga minishni, uzun qilichdan foydalanishni va jangovar kiyim yasashni o‘rganib olganlar.

Chodir-hammom va kasalxonalar kashf etib, ularni qo‘shin bilan birga otda olib yurishgan.

Turklar umrlarini ot ustida kechirganlar: ular ot ustida ovqatlanishar, mashvarat o‘tkazishar, nihoyat jang-u jadal qilishardi.

Turklar — harbiy ishda

Dovuldek paydo bo‘lib, qush kabi bir zumda ko‘zdan yo‘qoladi, deya tasvirlangan.

Xioniylar - Kushon davlatini o’rnini egallagan.

Toxar -Kushonlarning avlodi

Turli davr va xalqlarning askarlari: 1 – Xuroson og‘ir otlig‘i (VII asr); 2 – Turon turk lashkari (VIII asr); 3 – arab piyoda askari (VII asr); 4 – Fors otliq kamonchisi (VII asr)

Turon hududi milodiy V asrda eftaliylar tarkibiga kirgan. Eftaliylar mamlakatda kushonlar siyosatini davom ettirib, O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston

va Sharqiy Turkiston xalqlarini yagona davlatga birlashtirgan. Eftaliylarning aksariyati otliqlardan iborat kuchli qo‘shinga ega bo‘lishgan. Eftaliylar jangda asosan gurzilardan foydalanishgan. Shuningdek, kamon va shamshirlar ham qo‘llanilgan.

Demak, mamlakatimiz xalqlari harbiy siyosat yuritish, qo‘shinning jangovarligini oshirish, qurol-yarog‘lar yasash va ulardan foydalanish, mudofaa inshootlarini qurish kabi sohalarni muntazam takomillashtirib borishgan. Turk xoqonligi davrida harbiy san’at yanada rivojlangan. Har bir ibodatxona qoshida tashkil etilgan ta’lim

Toxar -Kushonlarning avlodi

Bu davrda Sug‘diyona, Toxariston, Farg‘ona, Xorazm va Choch kabi mustaqil hokimliklar ham o‘z harbiy qo‘shiniga ega edilar.

Uzunlikka Balandlikka sakrash Disk Nayza uloqtirish Kurash Yugurish

dargohlarida yigitlarga otda erkin yura olish, qilichbozlik, kamondan o‘q otish, gurzi ishlatish, kurash tushish, palaxmon otish kabilar o‘rgatilgan.

Bu davrda nafaqat yigitlar, balki qizlarda ham chavandozlik, kamonbozlik kabi ko‘nikmalar shakllantirilgan.

Xoqonlik qo‘shinining asosiy qismi otliq jangchilardan va qisman piyoda askarlardan tashkil topgan. Jangchilar parchinlar qoplangan jang liboslari, sovutlar kiyishgan. Ular qalqon, uzun va ingichka nayza, jangovar bolta hamda kamon bilan qurollanishgan.

Sagaris

Bu davrda chopuvchi qurolning yangi turi – qilich va dudama, uzun va og‘ir qilich – palash paydo bo‘lgan. Har bir otliq jangchi o‘zi bilan kamida ikki yoki uchta otni olib yurgan. Bu horigan otlarni charchamagan otlarga almashtirish imkoniyatini bergan. Ot ham zirhli abzal bilan himoyalangan. Turk xoqonligi armiyasi turli bo‘linmalar – o‘nlik, yuzlik, minglik, o‘n minglik – tumanlardan tashkil topgan.

Eftallarda -qizlar otda yurish,kamondan o’q otish, jismoniy mashqlarga jalb qilingan

Turk xoqonligida qizlarga-kamonbozlik, chavandozlik ko’nikmalarni shakllantirilgan

Mulohaza uchun

Har bir tuman o‘zining tug‘i (nishoni) ga ega bo‘lgan. Mazkur nishon uzun nayzaga bo‘ri yoki boshqa biror hayvonning tilla suvi yuritilgan boshi va otning yoli bilan birga o‘rnatilgan.

Turk jangchilari qat’iy intizomga rioya qilganlar va ular o‘z davri uchun yengilmas kuch hisoblangan. Hujum odatda kutilmaganda boshlangan. Jangdagi aniqlik, abjirlik hamda tezkor harakatlar g‘alabani ta’minlagan. Ular yolg‘ondan chekinish kabi harbiy taktika usulidan keng foydalanishgan. Himoyalanish chog‘ida aylana usulini qo‘llashgan. Jang taktikasida dushmanning asosiy kuchlarini ikki yoki bir necha qismlarga ajratib yakson qilishgan.

Mulohaza uchun

Turon harbiy san’atida og‘ir qurollangan suvoriylar – otliq askarlar va ularga xos jang olib borish usullari V–VI asrlarda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Turkiy suvoriylar tomonidan uzangining kashf etilishi otliq askarlarga ot ustida mustahkam o‘tira olish va og‘ir aslahalar bilan qurollanish imkonini bergan. Qo‘shinda og‘ir qurollangan askarlardan tashqari yengil qurollangan otliq va piyoda lashkarlar ham bo‘lgan. Shaharlarda ixtisoslashgan qurol-yarog‘ ustaxonalari faoliyat olib borgan. Jangchilarning qurollari ham takomillashgan. Qurolsozlar yasagan himoyalovchi yarog‘lar jangchini boshidan oyog‘igacha muhofaza qilgan.

Mulohaza uchun

Sug‘d jangchilari haqida xitoylik sayyoh tomonidan bitilgan esdaliklarida quyidagicha ma’lumot mavjud: «Samarqand hokimining qabilasidan bo‘lgan ko‘pchilik jangchilar jasur va g‘ayratli bo‘lib, o‘limni nazar-pisand qilmagan. Janglarda hech bir raqib ularga bardosh bera olmagan. Ular jang davomida qurol-aslahaning barcha turlaridan mohirona foydalanishgan».

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Xitoylik sayyohning e’tirofi sizga qaysi qahramonlarni eslatdi? 2. Sug‘d jangchilarining qurollanishiga oid bo‘lgan matnga asoslanib, bu davrda hunarmandchilikning qaysi yo‘nalishi jiddiy rivojlanganligi haqida fikr bildiring.

Jangchilarning ustunligi ikkiyoqlama o‘tkir tig‘li qilichlarida bo‘lgan. Sovutlari ham uzun bo‘lib, askarlarning oldi va orqasini kesiklari bo‘lgan charm bo‘laklari muhofaza qilgan. Oyoq va qo‘llarini himoyalash maqsadida maxsus metall parchalaridan tayyorlangan sovut kiyishgan. Himoya vositalaridan biri bo‘lgan dubulg‘a temirdan yasalgan. Dubulg‘a yelkada osilgan zirhli yelkapo‘sh bilan bir bo‘lgan.

Ijodiy faoliyat

Bu davrda shaharlar, qal’alar va boshqa binolar mudofaa maqsadlariga mos tarzda barpo etilgan. Turon xalqlari o‘z shahar-qal’alarini tadbirkorlik bilan mudofaa etganlar. Yirik dehqonlarning Xorazm, Sug‘d va Toxaristondan topilgan uy-qo‘rg‘onlari burjli mudofaa devorlari va kamondan o‘q otishga mo‘ljallangan shinaklariga ega bo‘lgan. Qo‘rg‘onga kirish joyining ro‘parasida xabar beruvchi qo‘riqlov minorasi qad rostlagan. Shahar atrofidagi xandaq suv bilan to‘ldirilib, unga ko‘tarma ko‘prik orqaligina o‘tish mumkin bo‘lgan. Qo‘rg‘onlarni nayza bilan qurollangan jangchilar qo‘riqlab turgan. Tahlikali xabar bo‘lganda jangchilar devor va burjlardagi o‘z o‘rinlariga shoshilganlar. Dushmanlar qasrga kirish uchun xandaqni ko‘mishlari, darvozani buzishlari lozim bo‘lgan. Qasr himoyachilari devordan turib ularning boshiga tosh uloqtirganlar, qaynoq suv quyganlar, nayza, yoy o‘qlarini yog‘dirganlar.

O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz

Savollar: 1. Bu davrda Yevropada va boshqa Sharq davlatlarida harbiylarning ko‘rinishi qanday edi? 2. Nima uchun Turon hududidagi harbiy qurol-aslahalar dunyoga mashhur va keng tarqalgan edi? 3. Yuqori sifatli hujumkor va himoya qurollarini ishlab chiqaruvchi maxsus markazlar yaratish uchun qanday bilimlar kerak bo‘lgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

O‘rta Osiyo hududi Turk xoqonligiga o‘tishi bilan Turon nomi turklarga nisbatan beriladigan bo‘lgan davr qaysi asr?
  1. VII asr
  2. V asr
  3. VI asr
  4. VIII asr

To‘g‘ri javob: VI asr. VI asrda O‘rta Osiyo Turk xoqonligiga o‘tgach, Turon nomi turklarga nisbatan beriladigan bo‘ldi.

«Turon» atamasi dastlab qaysi manbada tilga olingan?
  1. «Avesto»da
  2. «Zafarnoma»da
  3. «Boburnoma»da
  4. «Devonu lug‘otit-turk»da

To‘g‘ri javob: «Avesto»da. «Turon» atamasi dastlab «Avesto»da tilga olingan.

Qaysi asrda O‘rta Osiyo hududi Turk xoqonligiga o‘tishi bilan Turon nomi turklarga nisbatan beriladigan bo‘ldi?
  1. IV asrda
  2. VI asrda
  3. VIII asrda
  4. X asrda

To‘g‘ri javob: VI asrda. VI asrda hudud Turk xoqonligiga o‘tgach, Turon nomi turklarga nisbatan qo‘llangan.

Kaykovus va Afrosiyob mamlakatlarni taqsim qilganlarida Turon kimga tekkan?
  1. Kaykovusga
  2. Kaykabodga
  3. Afrosiyobga
  4. Johizga

To‘g‘ri javob: Afrosiyobga. Turon Afrosiyobga, Eron esa Kaykabod o‘g‘li Kaykovusga tekkan.

«Turon» atamasi VI asrdan boshlab turklarga nisbatan qo‘llanila boshlanishining sababi nima edi?
  1. O‘rta Osiyo hududining Turk xoqonligiga o‘tishi bilan «Turon» va «turk» atamalari uyg‘unlashgani
  2. Kaykovusning Turon yerlarini Afrosiyobdan tortib olgani va u yerda yangi davlat tuzgani
  3. Kushon davlati o‘rnini xioniylar egallagani va ularning Turonga yurishlari boshlangani
  4. Amudaryo orqasidagi yerlarning Eronga qo‘shilishi va u yerda eronliklar hukmronligi o‘rnatilgani

To‘g‘ri javob: O‘rta Osiyo hududining Turk xoqonligiga o‘tishi bilan «Turon» va «turk» atamalari uyg‘unlashgani. VI asrda O‘rta Osiyo Turk xoqonligiga o‘tishi bilan «Turon» va «tur» (turk) atamalari uyg‘unlashib, Turon nomi turklarga nisbatan beriladigan bo‘ldi.

Arab adibi Johiz turkiy xalqlarning xislatlari haqida qaysi asarni yozgan?
  1. «Qutadg‘u bilig»
  2. «Avesto»
  3. «Esdaliklar»
  4. «Manoqib al-atrok»

To‘g‘ri javob: «Manoqib al-atrok». Johiz turkiy xalqlar xislatlari haqida «Manoqib al-atrok» asarini bitgan.

Johizning fikricha, yunonlar qaysi sohada barcha xalqlardan ustun bo‘lgan?
  1. Ilm-fanda
  2. Davlatni boshqarishda
  3. Hunarmandchilikda
  4. Harbiy ishda

To‘g‘ri javob: Ilm-fanda. Johiz yunonlarni ilm-fanda, turklarni esa harbiy ishda ustun deb yozgan.

Arab adibi Johiz turli xalqlarning ustun sohalari haqida yozgan. Xalqlarni ular ustun bo‘lgan sohalar bilan moslashtiring. 1) sosoniy-forslar; 2) xitoyliklar; 3) yunonlar; 4) turklar. a) ilm-fan; b) davlatni boshqarish; c) harbiy ish; d) hunarmandchilik.
  1. 1–b, 2–d, 3–a, 4–c
  2. 1–b, 2–a, 3–d, 4–c
  3. 1–d, 2–b, 3–a, 4–c
  4. 1–b, 2–d, 3–c, 4–a

To‘g‘ri javob: 1–b, 2–d, 3–a, 4–c. Johizga ko‘ra forslar davlatni boshqarishda, xitoyliklar hunarmandchilikda, yunonlar ilm-fanda, turklar harbiy ishda ustun bo‘lgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← Oldingilar. Mahalliy hokimliklarning tashkil topishiKeyingi →lar. VI–VII asrlarda Turon xalqlari madaniy hayoti