lar. VI–VII asrlarda Turon xalqlari madaniy hayoti
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Oldingi darslardan olgan bilimlaringiz asosida quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling: 1. Karvon yo‘llari orqali Turk xoqonligiga qaysi davlatlarning madaniyatlari kirib kelgan va ularning ta’siri qanday bo‘lgan? 2. Qadimgi tariximizdan so‘zlovchi eng qadimgi yozma manba haqida ma’lumot bering. Manba qaysi tilda yozilgan? Mazkur manba mamlakatimiz hududida qadimgi xalqlarning madaniyati darajasini belgilaydimi? Misollar keltiring. 3. Insoniyatning madaniyatini belgilash uchun qanday omillarga e’tibor qaratiladi? Madaniyat darajasi nimalar bilan o‘lchanadi? Berilgan rasmlar asosida davr madaniyatiga baho bering.
Mulohaza uchun
Mamlakatimiz tarixida ta’lim tizimining rivojlanishi uzoq tarixiy jarayon bo‘lib, yozuvning paydo bo‘lishi bilan bu jarayon yanada jadallashgan. Qadimgi tosh bitiklar, teri, sopol, yog‘och (taxta) va keyinchalik qog‘ozlarga tushirilgan ma’lumotlar ta’lim tarixidan so‘zlovchi manba hisoblanadi. Arxeologik topilmalar, qo‘lyozmalar, Behustun yozuvlari va boshqa yozuvlarning mavjudligi, savdo aloqalari mazkur hududda ta’limning rivojlanganlik darajasini ko‘rsatadi. Tariximizdan darak beruvchi eng qadimgi yozma manba «Avesto»da nafaqat diniy balki, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar hamda ma’naviy-ma’rifiy qarashlar haqidagi ma’lumotlar to‘plangan.
Mulohaza uchun
Xorazmdagi Jonbosqal’a va Tuproqqal’adan topilgan zardushtiylarning ibodatxonasi diqqatga sazovor inshootlarning o‘rtasida qo‘sh devorlar bilan qurshalgan va ichkariga aylanma yo‘lagi orqali kiriladigan to‘g‘ri burchakli bino bo‘lgan. Xonalardan teriga va yog‘ochga yozilgan turli mazmundagi hujjatlar hamda katta-kichik haykalchalar topilgan. Bu esa, ibodatxonaga tutash binolarda ta’lim maskanlari, huquq idoralari, ma’muriy-xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanadigan joylar bo‘lganidan dalolat beradi.
Xorazmda o‘g‘il bolalarga o‘qish, yozish, hisob-kitob o‘rgatilgan. Shuningdek, ularga geografiya, zoologiya, botanika, astronomiya, muhandislik, tibbiyot va me’morchilik kabi turli fanlardan bilimlar berilgan.
Mulohaza uchun
Ov manzarasi tasvirlangan mis idish. Eftaliylar davri, V asr. Pokistondan topilgan
Ijodiy faoliyat
Yuqoridagi ov manzarasi tasviriga qarab, kichik esse yozing.
Moniylarning sug‘diy tilli diniy kitobati namunasi
Ijodiy faoliyat
Zardushtiylik diniga oid Chilpiq qal’a (Amudaryo tumani,
Qoraqalpog‘iston)
Mulohaza uchun
Mamlakatimiz hududida yashagan xalqlar tangrichilik, zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik va boshqa dinlarga e’tiqod qilishganliklarini yuqoridagi mavzulardan bilib oldingiz. Mazkur dinlarning ibodatxonalarida maxsus maktablar bo‘lib, ta’lim oluvchilarga dinning asoslari o‘rgatilgan. Xat-savodi chiqarilgan.
Xususan, buddaviylik ta’limoti bilan bog‘liq an’analar o‘rganilganida, har bir ibodatxonada rohiblar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari bo‘lganligi aniqlangan. Misol uchun buddaviy o‘quv maskanlari – viharalarda asosiy fan sifatida Daxarma, ya’ni diniy qonun-qoidalar va Xudoning mohiyati hamda irodasi (xudojo‘ylik) haqida ta’lim berilgan.
Mulohaza uchun
Yahudiylar Ossuriya quvg‘inlaridan Eronga, Samarqand va Buxoroga ko‘chib keladilar. Yahudiy jamoalari bilan birga qadimgi Mesopotamiyaning madaniyati ham kirib keladi. Yahudiylar ibodatxonalari qoshida diniy ta’lim o‘rgatiladigan maktablar tashkil qilingan. Turon hududidan o‘tgan savdo yo‘llarida eng qimmatbaho tovar bu yozuv materiallari va kitoblar hisoblangan.
Urgut tumani
V asrda Samarqand va Buxoroda xristianlik tarqalib, diniy muassasalar tashkil qilingan. Xristian dini ta’lim masalalarida: «Farzandlaringiz Masihiyning tarbiyasini olsin; ular Xudo oldida qanchalik kamtarlik, Xudo oldida kuchli sevgi nimani anglatishini, Xudodan qo‘rqish qanchalik go‘zal va buyuk ekanini va unda sof aql bilan yurganlarni qutqarishni o‘rgansinlar», – degan tamoyiliga amal qilib, mazkur hududlardagi ibodatxonalarda maktablar tashkil etilgan. Sug‘ddagi katta nestoriyan jamoalarining hujjatlari sug‘d tilida yozilgan.
Marv shahrining xarobalari
Ijodiy faoliyat
Guruhda ishlash jarayonida
Matn yozish jarayonida Taqdimot jarayonida
To‘nyuquq bitiktoshi, VIII asr.
Janubiy Mo‘g‘uliston
Ijodiy faoliyat
«Men xoqon To‘nyuquq Chinda dunyoga keldim. Chunki u paytda turk millati Chinga tobe edi... Turk millati parishon bo‘ldi va birlashgan turk yurtida jamoa holidagi xalq qolmagandi... Dastlab Shod (Qutlug‘) yonida to‘qnashadi. Men ham ular bilan birga edim. Tangri menga sezgi berganligi sababli uning xoqon bo‘lishi uchun harakat qildim va o‘zini ham qistadim. U: «To‘nyuquq men bilan birga bo‘lganda men Eltarish (millatni to‘plagan) xoqon bo‘layin», — deydi. Chinliklarning bu toza kuchni yo‘q qilish payiga tushganini bilishim hamon kunduz o‘tirmay, kecha uxlamay xoqonga arz qildim, dushmanlar birlashmasdan ustiga yuraylik, dedim. Tangrining yordami bilan yog‘iyni daf etdik. Xoqon va turk millati O‘tukanga joylashishi bilan Janub va Shimol, Sharq va G‘arbdagi barcha urug‘lar kelib, bizga qo‘shildi».
Ijodiy faoliyat
To‘nyuquq bitigi
Mulohaza uchun
Turk xoqonligida madaniyat va san’at ham rivoj topgan. Xoqonlikda o‘ziga xos yozuv ham mavjud bo‘lgan. Turklarning turkiy run (ko‘kturk) xati biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38–40 ta harfdan iborat edi. U tosh va yog‘ochlarga o‘yib yozishga nihoyatda qulay bo‘lgan. Qadimgi ko‘kturk (Kultegin va Bilga xoqon) bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg‘ona va Zarafshon vodiylaridan topilgan qabrtoshlari, sopol va metall buyumlar, yog‘och hamda tanga pullarda saqlanib qolgan.
Surxon vohasida Bolaliktepa va Zarafshon vodiysida Panjikent, Varaxsha va Afrosiyob, Farg‘ona vodiysida Quva xarobalaridan topilgan yodgorliklar – devoriy suratlar, haykallar va ganchkor naqshlar o‘sha davrning yuksak san’at namunalaridan hisoblanadi. Ular insonlarning hayoti, diniy e’tiqodi va turmush tarzi, bilimlari va qiziqishlari haqida hikoya qiluvchi manbadir.
Mulohaza uchun
Haykaltaroshlik rivojiga, ayniqsa, buddaviylik dini kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
Afrosiyob, Varaxsha, Panjikentdagi qazilmalardan topilgan buyumlar Turon aholisi madaniyatidan darak beradi. Saroy va ibodatxona, turar joy binolari, devorlardagi naqshlar, turli suratlar, haykallar, yog‘och o‘ymakorligi buyumlari, Mug‘ tog‘i va Afrosiyobda topilgan sug‘d yozuvlari shular jumlasidandir.
Bu davrda to‘qimachilik yuqori darajaga erishgan. Tog‘li va tog‘oldi hududlarda jun, vodiylarda ipak va ip matolardan foydalanilgan. Kiyimlarda bir yoki ko‘p rangli ipaklar, sidirg‘a yoki naqshli ip-gazmollar, zar qo‘shib to‘qilgan matolar qo‘llanardi.
Mulohaza uchun
Naqshlardagi hayoliy va geometrik shakllar, o‘simlik va hayvonlar suratlari ikki-uch yoki to‘rt rangli bo‘lgan. Asosan qizil, sariq, yashil, oq, qora ranglardan foydalanilgan. Turon gazmol markazlarida «zandanachi» kabi ko‘k rangli ipak va boshqa matolarning ishlab chiqarilishi yopishtirma yassi, g‘ilof kiyimlarning paydo
Mallarang bo’z - zandanicha (2017)
bo‘lishiga olib keldi.
Erkaklarining kiyimi otga minib yurishga qulay bo‘lib, kalta kaftan va ko‘ylaklar, keng va baland qo‘njli etiklardan iborat edi.
Ayollarning kiyimi erkaklar kiyimiga o‘xshash bo‘lib, ko‘ylaklar, kaftanlar, bir tomonlama qaytarmali yopinchiqlar ko‘rinishida edi. Ulardan tashqari shleyfli uzun ko‘ylak, kofta, yubka va po‘stinlar ham kiyishardi. Ustki kiyimlarining (kaftan, yopinchiq va po‘stin) uzunligi tizzagacha bo‘lgan.
Kiyimning yoqasi, etagi, oldi, yengining uchi boshqa rangli matodan qilingan hoshiya bilan bezatilardi.
Ayollarning kiyim ansamblida nimchalar, koftalar, to‘g‘ri shaklli yubkalar va uzun ko‘ylaklar bo‘lgan.
Mallarang bo’z - zandanicha (2017)
Turonda tanaga yopishib turishga qulay o‘tkaz ma yengli kiyimlar paydo bo‘lgan. Kaftan va yopinchiqlarning bezagida kushonlar tunikasimon ko‘ylagi bezaklarining ta’siri sezilardi. Yopinchoqlarda rang-barang matodan qilingan hoshiyali qiyiqlar bo‘lgan.
Erkaklar va ayollar kastumida taqinchoqlar muhim rol o‘ynagan. Ular shaxsning ijtimoiy holatini ko‘rsatardi. Ayol va erkaklar zirak, qo‘l va oyoq bilaguzuklari, marjonlar, kamarlar taqishgan. Toxaristonda faqat erkak va ayol xizmatchilar belbog‘ taqishardi, asl zoda ayollar esa belini bog‘lashmagan.
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
1. Quyidagi jadval asosida 4 jamoaga bo‘linib Turon xalqlari madaniy hayotining o‘ziga xosliklarini belgilang.
Ta’lim tizimi Diniy e’tiqodlari Hunarmandchilik Kiyinish madaniyati
Varaxsha, devoriy surat.
Muhim sanalar
- V asr — Eftaliylar davri, V asr.
- V asrda — V asrda Samarqand va Buxoroda xristianlik tarqalib, diniy muassasalar tashkil qilingan.
- VIII asr — To‘nyuquq bitiktoshi, VIII asr.
Bilimingizni sinang
Tariximizdan darak beruvchi eng qadimgi yozma manba qaysi?
- «Avesto»
- Behustun yozuvi
- Turk qonunnomasi
- «Shajarayi turk»
To‘g‘ri javob: «Avesto». Eng qadimgi yozma manba «Avesto» hisoblanadi.
Jonbosqal’a va Tuproqqal’adan zardushtiylarning ibodatxonasi qaysi hududda topilgan?
- Surxon vohasida
- Xorazmda
- Farg‘ona vodiysida
- Zarafshon vodiysida
To‘g‘ri javob: Xorazmda. Bu ibodatxona Xorazmdagi Jonbosqal’a va Tuproqqal’adan topilgan.
Xorazmda o‘g‘il bolalarga avvalo qaysi ko‘nikmalar o‘rgatilgan?
- Dehqonchilik, chorvachilik, savdo
- Ot minish, o‘q otish, kurash
- O‘qish, yozish, hisob-kitob
- Faqat diniy qo‘shiqlar
To‘g‘ri javob: O‘qish, yozish, hisob-kitob. Xorazmda o‘g‘il bolalarga o‘qish, yozish, hisob-kitob o‘rgatilgan.
Xorazmda o‘g‘il bolalarga yana qaysi fanlardan bilim berilgan?
- Tarix, huquq, falsafa, mantiq, ilohiyot, notiqlik
- Grammatika, notiqlik, falsafa, huquq, ilohiyot
- Dehqonchilik, chorvachilik, kemasozlik, qurolsozlik, savdo
- Geografiya, zoologiya, botanika, astronomiya, tibbiyot
To‘g‘ri javob: Geografiya, zoologiya, botanika, astronomiya, tibbiyot. Ularga geografiya, zoologiya, botanika, astronomiya, tibbiyot kabi fanlar o‘rgatilgan.
Xorazmdagi Jonbosqal’a va Tuproqqal’adan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining xonalaridan teri va yog‘ochga yozilgan hujjatlar hamda haykalchalar chiqqan. Bu topilmalar ibodatxonaga tutash binolar haqida qanday xulosa chiqarishga asos bo‘ladi?
- Ularda faqat ruhoniylar yashagan, hujjatlar esa xorijdan keltirilgan va faqat diniy mazmunda bo‘lgan
- Ular asosan karvonsaroy va savdo rastalari vazifasini o‘tagan, hujjatlar esa savdo hisobotlari bo‘lgan
- Ularda ta’lim maskanlari, huquq idoralari va ma’muriy-xo‘jalik ishlari olib boriladigan joylar bo‘lgan
- Ularda harbiy qo‘shin joylashgan, hujjatlar esa harbiy buyruqlardan iborat bo‘lib, ibodat o‘tkazilmagan
To‘g‘ri javob: Ularda ta’lim maskanlari, huquq idoralari va ma’muriy-xo‘jalik ishlari olib boriladigan joylar bo‘lgan. Hujjatlar va haykalchalar ibodatxona yonida ta’lim, huquq va ma’muriy-xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanadigan joylar bo‘lganini ko‘rsatadi.
Amudaryo tumanidagi (Qoraqalpog‘iston) Chilpiq qal’a qaysi dinga oid yodgorlik hisoblanadi?
- Zardushtiylikka
- Buddaviylikka
- Nasroniylikka
- Yahudiylikka
To‘g‘ri javob: Zardushtiylikka. Chilpiq qal’a zardushtiylik diniga oid.
Buddaviy o‘quv maskanlari – viharalarda asosiy fan sifatida nima o‘qitilgan?
- Tibbiyot (dori tayyorlash)
- Daxarma (diniy qonun-qoidalar)
- Astronomiya (yulduzlar va taqvim)
- Grammatika (til va she’riyat)
To‘g‘ri javob: Daxarma (diniy qonun-qoidalar). Viharalarda asosiy fan Daxarma bo‘lgan.
Xorazmda o‘g‘il bolalarga turli fanlardan keng bilim berilgan bo‘lsa, buddaviy viharalarda o‘qitiladigan asosiy fan haqida nima deyish mumkin?
- Viharalarda asosiy fan sifatida geografiya va astronomiya o‘qitilib, diniy ta’limga o‘rin berilmagan
- Viharalarda asosiy fan sifatida diniy qonun-qoidalar va Xudo irodasi haqidagi Daxarma o‘qitilgan
- Viharalarda faqat hisob-kitob va muhandislik o‘rgatilib, diniy qoidalar umuman o‘qitilmagan
- Viharalarda tibbiyot va me’morchilik asosiy fan hisoblanib, diniy ta’limot ikkinchi darajali bo‘lgan
To‘g‘ri javob: Viharalarda asosiy fan sifatida diniy qonun-qoidalar va Xudo irodasi haqidagi Daxarma o‘qitilgan. Xorazmda geografiya, astronomiya, tibbiyot kabi fanlar ham o‘rgatilgan, viharalarda esa asosiy o‘rinni Daxarma, ya’ni diniy ta’lim egallagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash