XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · O‘zbekiston tarixi · 18-19-mavzu

lar. VII–VIII asr boshlarida Turonda siyosiy vaziyat

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

Savollar: Jahon tarixi fanidan olgan bilimlaringizga tayanib quyidagi savollarga javob bering: 1. VIII asrda dunyoda qanday muhim o‘zgarishlar bo‘ldi? Bu o‘zgarishlarning bugungi kundagi ahamiyati nimalardan iborat? 2. Sosoniylar davlati arablar tomonidan qachon bosib olindi? Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tarix sahnasidagi o‘rnini qanday asoslash mumkin? 3. Arab xalifaligi qo‘shinlari tomonidan sosoniylar Eronining zabt etilishining Turonga ta’siri qanday bo‘lgan?

Mulohaza uchun

Sosoniylar askarlari

Sosoniylarning o‘zaro ichki nizolari, eftaliylar, vizantiyaliklar va turkiylar bilan bo‘lgan tinimsiz to‘qnashuvlari Eron xalqining tinkasini quritgan edi. Mahalliy hukmdorlar ham arablarga qarshi kurashda markazga yordam berishdan bosh tortgan. Natijada Sosoniylar saltanati quladi.

O‘z davrining qudratli davlatlaridan biri sanalgan Sosoniylar Eroni Arab xalifaligi qo‘shinlari tomonidan zabt etilgach, istilo chilarga Movarounnahr tomon yo‘l ochildi.

Arab istilochilari katta o‘ljalar ilinjida Amudaryoning narigi tomoni —

Movarounnahr tomon shoshildilar. Hatto bu harakatga ilohiy tus ham berildi.

Arablar istilosi Movarounnahr va Xuroson tarixida katta o‘zgarishlar yasadi. Bunga qadar O‘rta Osiyo hududidagi mahalliy hokimliklar G‘arbiy Turk xoqonligi vassali bo‘lsa-da, mustaqil ichki siyosat yurgizish imtiyoziga ega edi. Kuchli markazlashgan hokimiyat yo‘q bo‘lib, o‘lka bir necha mulklardan tashkil topgan konfederatsiyaga birlashib turardi.

Mulohaza uchun

Shundan so‘ng arab qo‘shinlari turkiy sulola boshqarayotgan Toxariston chegaralariga chiqdi. Arablarga qarshi fors, turk va sug‘d qo‘shinlari ittifoqi harakat qilib, Balxni qaytarib oldilar.

U yerdagi xazina qo‘lga kiritilgach, sosoniy amaldorlar turklar bilan birla shish rejasiga qarshi chiqib, turklarni

Marv Turon (Xuroson) shaharlari

«azaliy raqib» ekani orasida birinchi bo‘lib arab istilochilari tomonidan egallangan bahonasida arablar bilan kelishishni afzal bildi. Bu esa arablar tomonidan Marvni egallashga sharoit yaratdi. Xalifalikning Xurosondagi vakili va Marv ahli o‘rtasida sulh imzolandi. Turklarning Balxni tashlab chiqishi, istilochilarning Movarounnahrga yurish imkoniyatini oshirdi.

Mulohaza uchun

Jumladan, Sug‘d va Toxariston mulklarga, Choch va Iloq xoqonlik vassalligidagi yarim mustaqil mulklarga, Farg‘ona hokimliklarga bo‘linib ketgan edi. Ustrushona, Chag‘oniyon, Kabodiyon, Xuttalon, Rasht, Darvoz, Badaxshon kabi o‘lkalar ham yarim mustaqil mulklar sifatida o‘z hokimlari tomonidan boshqarilardi. Mulk hukmdorlari ichki mustaqil bo‘lgani bois, o‘zlarini ko‘p ham markazga tobe, deb hisoblamasdi. Bu arab istilosiga qarshi Movarounnahr xalqlarining birlashishiga to‘siq edi. Faqat G‘arbiy va Sharqiy Turk xoqonliklarining harbiy ustunligi Turon ahlining arab istilosiga qarshi kurashini uyushtirishi mumkin edi. Qolaversa, bu davrda Balx, Xuttalon, Chag‘oniyon, Choch, Ustrushona va Sug‘d aholisining katta qismini jangovar turkiylar tashkil etardi.

Mulohaza uchun

shahar edi.

Mintaqada arablarga jiddiy to‘sqinlik qiladigan kuch ham yo‘q edi. Chunki Tan imperiyasining G‘arbiy Turk xoqonligiga hujumlari g‘arbiy turklarni ikki frontda kurash olib borishga majbur qilardi. Turon mulkliklari va G‘arbiy Turk xoqonligidagi siyosiy vaziyatning yomonlashuvi arablarning harbiy yurishlarini tezlashtirdi. O‘z davrining qudratli davlatlaridan biri sanalgan Sosoniylar Eroni Arab xalifaligi qo‘shinlari tomonidan zabt etilgach, istilochilarga Movarounnahr tomon yo‘l ochildi.

Usmon (644-656)

651-yili arablar Marv shahrini, so‘ngra hozirgi Afg‘onistonning shimoliy, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlarni istilo qiladi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqarish uchun maxsus noib tayinlanib, uning qarorgohi Marvda edi.

Arablar Xurosonda o‘rnashib olgach, Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko‘radilar. Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya’ni «daryoning narigi tomoni» deb atadilar.

Arab qo‘mondonlari Vizantiya va Eron bilan bo‘lgan urushlar tajribasi asosida avval Movarounnahrdagi vaziyatni o‘rgandilar va 654-yildagina Amudaryo o‘ng sohiliga bosqinchilik yurishlarini boshladilar. Arablarning yengil va og‘ir yaroqlar bilan qurollangan kuchli otliq qo‘shini asosini arab qabilalari vakillari, piyoda qo‘shinlar tarkibini esa zabt etilgan xalqlar vakillari tashkil etgan.

Usmon (644-656)

Movarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg‘ va 667-yilda Chag‘oniyondan boshlanadi. 673-yilning kuzida arab qo‘shinlari Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kiradi. Poykand va Romitanni egallab, Marvga qaytadilar. Yo‘l-yo‘lakay Termiz shahri ham egallanadi.

Xorazm Ubaydulloh ibn Ziyod 673 Muoviya I (661-680)

VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr hududini to‘liq bosib olishga kirishadilar.

Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim 705-715-yillar davomida Chag‘oniyon, Poykand, Buxoro, Naxshab, Kesh, Xorazm, Samarqand, Choch va Farg‘onani bosib oladi.

Arab askarlari: 1 – piyoda; 2 – otliq; 3 – tuyakash

709 Buxoro 710 Naxshab va Kesh 711 Xorazm 712 Samarqand G’urak (710-737) Dubulg’a - 718 713 Choch O’zi farg’ona 715 Koshg’ar

Ijodiy faoliyat

1. Berilgan xaritadan foydalanib, arablar bosib olgan hududlarning nomini va yillarini daftaringizga yozing.

Hudud nomi Bosib olingan yili Chegarasi Ijtimoiy tuzumi

2. Xaritadan qizil bilan belgilangan joylardagi shaharlarning nomini toping, ularni zamonaviy nomi bilan solishtiring.

732 Puate

Muhammad ibn Ja’farning bayon qilishicha, Ubaydulloh ibn Ziyod xalifa Muoviya I tomonidan Xurosonga yuborilib, u Jayhun (Amudaryo) daryosidan o‘tib Buxoroga kelgan vaqtida Buxoro podshohi, o‘g‘li Tag‘shoda kichik yoshli bo‘lgani tufayli, bir xotin kishi edi. Ubaydulloh ibn Ziyod Poykand va Romitanni olib ko‘p kishilarni asir qildi. To‘rt ming buxorolik asirni shaxsan o‘ziga oldi. U Buxoro shahriga yetgach, askarlarini saf qilib, palahmonlarni shaharga to‘g‘rilab qo‘ydi.

Xotin turklarga odam yuborib, ulardan yordam so‘radi hamda Ubaydulloh ibn Ziyodga ham odam yuborib yetti kun muhlat talab qildi va: «Men sening itoatingdaman», — deb, ko‘p hadyalar yubordi. Shu yetti kunda turklardan yordam kelmagach, Ubaydulloh ibn Ziyodga qaytadan odam yuborib, yana yetti kun muhlat so‘radi. (Nihoyat) turk lashkari yetib keldi va boshqalar ham yig‘ilishib lashkar ko‘paydi; ko‘p urushlar qildilar va yengilib qochdilar, musulmonlar ularning orqalaridan borib ko‘plarini o‘ldirdilar. Xotin qal’aga kirdi, u (yig‘ilib kelgan) lashkarlar o‘z viloyatlariga qaytdilar. Musulmonlar qurol, kiyim-kechak, tilla va kumushdan ishlangan narsalar va asirlardan iborat ko‘p o‘lja qo‘lga kiritdilar.

732 Puate

Ular xotinning bir poy etigini ham paypog‘i bilan topib oldilar. Etik va paypoq tilla (ishlatilib tikilgan va) qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi, baho qilganlarida ikki yuz ming dirham turdi.

Abu Bakr Narshaxiy «Buxoro tarixi»

Arab istilosi turk-sug‘d munosabatlarini yana bir sinovdan o‘tkazdi. Arablar G‘arbiy Turk xoqonligi tasarrufidagi hududlarga hujum qilib, o‘lkadagi yirik va mayda mulkliklar o‘rtasidagi siyosiy tarqoqlikdan unumli foydalandi. Turk xoqonlari va Sug‘d hokimliklar o‘rtasiga nifoq solib, o‘zaro ishonchsizlik uyg‘otdi. Sharqiy va G‘arbiy Turk xoqonliklari, Sug‘d, Choch, Farg‘ona ittifoqining barqaror emasligi ham arab istilochilariga qo‘l keldi. Ayrim hokimliklarning (Kesh, Nasaf, Xorazm) arab qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashi istilo muvaffaqiyatini ta’minladi.

732 Puate

Qutaybaning siyosiy va harbiy tadbirkorligi o‘z samarasini berdi. Istiloning hal qiluvchi ikkinchi bosqichi mahalliy aholining istiloga qarshi turkiy davlatlar (G‘arbiy Turk, Sharqiy Turk va Turkash xoqonliklari) boshchiligidagi kurashi va Sug‘ddagi qo‘zg‘olonlar bilan kechsa-da, Movarounnahrni islomlashtirish jarayoni davom ettirildi.

Ijodiy faoliyat

Ikki jamoaga bo‘lining. Birinchi jamoa arablarning Sharqqa, xususan, Movarounnahrga uyushtirgan hujumlari davrida mahalliy aholining harbiy qurollarini yozib chiqadi. Ikkinchi jamoa esa arablarning harbiy qurollarini aniqlaydi, ulardan nima maqsadlarda foydalanganligini asoslaydi.

Ikkala jamoa birgalikda mahalliy aholi va arablarning harbiy salohiyatini tahlil qiladi.

Mulohaza uchun

Bu kurashda Sug‘d ixshidlari, Buxoro buxorxudotlari, Kesh va Nasaf hokimlari, Choch tudunlari, Farg‘ona hukmdor (ixshid)lari va Toxariston yabg‘ulari yagona maqsad yo‘lida birlashdilar. Ayniqsa, turk-sug‘d ittifoqining kuchayishiga G‘arbiy Turk xoqonligi vorisi bo‘lgan Turkash xoqonligi hukmdori Suluxonning turonliklarga yordam berishi sabab bo‘ldi.

Islom dinining Turonga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. Turonga arab xalifaligi yurishlari VII asrda boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida Turon hududi ikki qismga bo‘lindi: 1) Movarounnahr («Daryoning narigi tomoni») va 2) Arodi at-turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.

Mulohaza uchun

«Inal xoqonga arab, tuxor hujum qildi. O‘shanda ajraladigan choki bor dubulg‘a kiygan so‘g‘doq xalqi hammasi keldi. O‘sha kuni hujum qildi. Turk xalqi Temir darvozagacha, Tinsi o‘g‘li yotadigan toqqa yetdi».

To‘nyuquq bitiktoshining

45-47-qatorlari

Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi

Islom dini Turonga kirib kelishidan avval hukmdorlik qilgan (ixshid, buxorxudot va boshqa)lar o‘z mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar foydasiga soliq yig‘ish vazifalarini bajardilar.

Umaviy hukmdorlari (arab xalifalari) mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o‘lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu o‘lpon mahalliy aholidan yig‘ilgan jiz’ya (boshqa din vakillaridan yig‘iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jiz’ya (jon solig‘i) yig‘ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.

Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi

Umaviylar davrida arablarning mahalliy aholi tarafidan islom dinining qabul qilinishiga monelik qilishi kuzatildi. Chunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko‘ra, islom dinini qabul qilgan kishi jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardi.

Savollar: 1. Manbalardan foydalangan holda Umaviylar davri xronologiyasini tuzib chiqing. Bunda aynan qaysi xalifalar O‘rta Osiyo ijtimoiy-madaniy hayotida o‘ziga xos iz qoldirgan? 2. Arab xalifaligi davrida yig‘ilgan soliqlar, yig‘imlar xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini og‘irlashtirganligiga oid misollar keltiring.

Qutayba Ibn Muslim kim bo‘lgan?

Qutayba ibn Muslim arab lashkarboshchisi bo‘lib, 704- yili uni arab xalifasi Abdurahmon ibn Marvon Xurosonga noib etib yuboradi.

899-959

IX asr muarrixi Muhammad Narshaxiyning yozishicha, Qutayba ibn Muslim Shomning Boxila degan joyida tavallud topgan. Uning to‘liq ismi-sharifi Amir Qutayba ibn Muslim ibn Umar ibn Husayn ibn Robiya ibn Xolid ibn Usayd Al-Xayr bo‘lgan. Uning zimmasiga Xurosonda davlat ishlari bilan birga, mahalliy aholini Islomga da’vat qilish, masjid va madrasalar barpo ettirish yuklangan.

Xitoy va arab tilidagi solnomalarga ko‘ra, Qutayba ibn Muslim g‘ayratli va uddaburon lashkarboshi, adolatli hukmdor, xiyonatni yoqtirmaydigan, o‘jar tabiatli, ilmli va she’riyatni qadrlovchi inson sifatida gavdalanadi.

Mulohaza uchun Ma’lumot uchun

Arablar Turon zaminiga o‘z madaniyatlari, urf-odatlari bilan bir qatorda mafkuraviy, diniy qarashlarini ham olib keldilar. Ular bu o‘lkada o‘zlarining siyosiy mavqelarini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor berdilar.

Arab xalifaligi ma’muriyati xristianlik dinidan tashqari barcha dinlar (zardushtiylik, shomonlik va moniylik dinlari)ni soxta dinlar deb e’lon qildi. Movarounnahrda mavjud bo‘lgan ibodatxonalar buzib tashlandi.

Islom dinini qabul qilib, musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jiz’ya soliqlaridan ozod etildi. Islomni qabul qilmaganlar esa jon solig‘i – jiz’ya to‘laganlar.

Mulohaza uchun Ma’lumot uchun

Shunday bo‘lsa-da, islomni qabul qilgan aholining ko‘pchiligi nomigagina musulmon bo‘lib, uzoq vaqtlargacha pinhona o‘z dini va e’tiqodlarida qolavergan.

Natijada islom dinini qabul qilishning yangi shartlari belgilab chiqildi. Unga ko‘ra, musulmon bo‘lganlar Qur’on suralarini yod olishlari shart edi. Arab tili, yo-

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Xiroj va jiz’ya soliqlari kimlardan olingan? 2. Sug‘d ixshidi G‘urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligidagi harbiy harakatlarning oqibati nima bilan tugadi? 3. Arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasida qon-qarindoshlik aloqalarining o‘rnatilishi natijasida nimaga erishildi?

zuvi va xalifalik qonun-qoidalarining joriy etilishi mahalliy xalq orasida noroziliklarga sabab bo‘ldi.

720-yilda Sug‘d ixshidi G‘urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida arablarga qarshi harbiy harakatlar boshlandi. Sug‘dliklarga yordam berish uchun Yettisuvdan turk lashkarlari ham yetib kelgan. Ular arablarga qattiq zarba beradilar. Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashros islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz’ya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinchlantirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon dehqonlarning ko‘pi o‘z chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar.

Ijodiy faoliyat

Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik (quda-andachilik) aloqalari o‘rnatiladi. Bunday siyosat natijasida arablar bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi.

Arab istilochilari Movarounnahrni osonlikcha egallay olmaganlar. Istilochilar deyarli yuz yil davomida uni juda katta kuch, mablag‘ va talafotlar evaziga qo‘lga kiritdilar. Aslida arab istilochilarining Movarounnahrdagi g‘alabasi xalifalik qudrati natijasi emas, balki Turon aholisining o‘z vaqtida dushmanga qarshi birlasha olmaganligi, mayda mulklarning o‘zini oqlamagan «mustaqil siyosati» va ularni birlashtiruvchi kuchlarning o‘z muammolari bilan band bo‘lib qolganligida edi.

Ijodiy faoliyat

Arablar istilosi davrida butun Turon mintaqasidagi siyosiy ahvol murakkab edi. Mintaqaning yetakchi kuchlari — Sharqiy va G‘arbiy Turk xoqonliklarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli VI asr oxiri–VII boshlaridagidek barqaror emasdi. Bu, avvalo, turkiy davlatlar (Sharqiy Turk xoqonligi, G‘arbiy Turk xoqonligi va Turkash xoqonligi) o‘rtasida birlikning yo‘qligi hamda ularning Turon aholisiga dushmanga qarshilik ko‘rsatishida yordam berishlarida umumiy safarbarlik tashkil etmaganligi bilan izohlanadi.

Qudratli turk xoqonliklari tanazzuli nafaqat arab istilochilari uchun qo‘l keldi, balki azaliy raqib bo‘lgan Tan imperiyasi uchun ham ayni muddao bo‘ldi. Chunki

Ijodiy faoliyat

Xitoy imperiyalari doimiy tahdid soluvchi turkiy davlatlarni yo‘q qilish, hech bo‘lmaganda, ularning mintaqadagi ahamiyatini tushirish uchun qulay fursat kutayotgan edi. Xitoy hurujlari bilan band bo‘lib qolgan Sharqiy va G‘arbiy turklar arab istilosiga qarshi kurashda o‘z ittifoqchilariga yetarli yordam berolmadilar.

Arablar qiyinchilik bilan mintaqadagi ozodlik harakatlarini sindirdi, mahalliy hukmdor va aslzodalarni o‘z tarafiga og‘dirib oldi va shu yo‘l bilan Turonni egallab, o‘lka aholisini islomlashtirishga erishdi.

Istilo jarayonida Arab xalifaligi: birinchidan, qo‘lga kiritilgan o‘ljalar hisobiga o‘z xazinasini to‘ldirdi, asirlar va garov olinganlar hisobiga harbiy yo‘qotishlarni qopladi; ikkinchidan, o‘lkani islomlashtirish orqali qadimiy va boy ma’naviy meros sohiblari bo‘lmish movarounnahrliklar islom dini, madaniyati va ilm-fani taraqqiyoti uchun xizmat qilishga qo‘shildi.

Ijodiy faoliyat

Arablar uchun o‘lkaning geografik o‘rni muhim ahamiyat kasb etgan. Buyuk ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishi Xitoydan Sug‘dga, undan Eron orqali O‘rta dengiz sohillariga va arab dashtlariga olib chiqardi. Shu bois, istiloning ilk bosqichi talonchilikdan boshlangan. Qo‘lga kiritilgan boyliklarning qiymati va miqdori arab qo‘shinlarini hayratga solgan. Afsuski, o‘sha paytda o‘lkada mavjud xususiy va mahalliy iqtisodiy zaxiralar miqdori haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan.

O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz

Savollar: Jamoalarga bo‘linib, olgan bilimlaringizni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qiling va umumlashtiring. Arablarning kirib kelishi Turon hududida yashovchi xalqlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Sosoniylar saltanatining qulashiga nimalar sabab bo‘lgan?
  1. Ichki nizolar va tashqi to‘qnashuvlar Eronni holdan toydirgani, mahalliy hukmdorlar esa markazga yordam bermagani
  2. Eron xalqining arablar tarafiga ommaviy o‘tib ketgani va Vizantiya bilan ittifoq tuzgani hamda qo‘shin tarqalgani
  3. Sosoniylar xazinasining eftaliylar tomonidan to‘liq talon-taroj qilingani va davlat markazi bosib olingani
  4. Turkiy xoqonliklarning Eronga uyushtirgan umumiy harbiy yurishi va sosoniylar qo‘shinining tor-mor etilishi

To‘g‘ri javob: Ichki nizolar va tashqi to‘qnashuvlar Eronni holdan toydirgani, mahalliy hukmdorlar esa markazga yordam bermagani. Sosoniylar ichki nizolar va eftaliylar, vizantiyaliklar, turkiylar bilan tinimsiz to‘qnashuvlardan tinkasi quriganda, mahalliy hukmdorlar ham arablarga qarshi kurashda markazga yordam bermagan.

Arablarga qarshi fors, turk va sug‘d qo‘shinlari ittifoqi qaysi shaharni qaytarib olgan?
  1. Marv
  2. Buxoro
  3. Samarqand
  4. Balx

To‘g‘ri javob: Balx. Ittifoq qo‘shinlari Balxni qaytarib olgan.

Movarounnahr mulk hukmdorlarining ichki jihatdan mustaqil bo‘lib, o‘zlarini markazga ko‘p tobe hisoblamasligi qanday oqibatga olib keldi?
  1. Mulklar G‘arbiy Turk xoqonligi bilan to‘liq birlashib, yagona davlat tuzdi
  2. Arab istilosiga qarshi turkiy davlatlar ittifoqi darhol shakllanib, g‘alaba qozondi
  3. Arab istilosiga qarshi Movarounnahr xalqlarining birlashishiga to‘siq bo‘ldi
  4. Arablar mulklarga hech qanday harbiy tahdid solmay, ular tinch yashadi

To‘g‘ri javob: Arab istilosiga qarshi Movarounnahr xalqlarining birlashishiga to‘siq bo‘ldi. Mulk hukmdorlari ichki mustaqil bo‘lgani uchun o‘zlarini markazga tobe sanamagan va bu xalqlarning arab istilosiga qarshi birlashishiga to‘siq bo‘lgan.

Tan imperiyasining hujumlari G‘arbiy turklarni nimaga majbur qilgan?
  1. Arablar bilan ittifoq tuzishga
  2. Poytaxtni ko‘chirishga
  3. Ikki frontda kurash olib borishga
  4. Islomni qabul qilishga

To‘g‘ri javob: Ikki frontda kurash olib borishga. Hujumlar g‘arbiy turklarni ikki frontda kurashga majbur qilgan.

Tan imperiyasining G‘arbiy Turk xoqonligiga hujumlari arablarning Movarounnahrdagi yurishlariga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
  1. Turk xoqonligi arablar bilan ittifoq tuzib, Tan imperiyasiga qarshi chiqdi va uning hujumlarini qaytardi
  2. G‘arbiy turklar Movarounnahrdagi mulklarni to‘liq birlashtirishga erishib, arablarni mintaqadan chiqarib yubordi
  3. Arablar Tan imperiyasi bilan tinchlik tuzib, Turonni tark etdi va yurishlarini to‘xtatib qo‘ydi
  4. G‘arbiy turklar ikki frontda kurashishga majbur bo‘ldi va arablarga jiddiy to‘sqinlik qiladigan kuch qolmadi

To‘g‘ri javob: G‘arbiy turklar ikki frontda kurashishga majbur bo‘ldi va arablarga jiddiy to‘sqinlik qiladigan kuch qolmadi. Tan hujumlari g‘arbiy turklarni ikki frontda kurashga majbur qilgani sababli mintaqada arablarga jiddiy to‘sqinlik qiladigan kuch bo‘lmagan va yurishlar tezlashgan.

Arablar Marv shahrini va Amudaryogacha bo‘lgan Xuroson hududlarini qaysi yili istilo qilgan?
  1. 661-yil
  2. 642-yil
  3. 651-yil
  4. 634-yil

To‘g‘ri javob: 651-yil. 651-yili arablar Marv shahrini, so‘ngra Xurosonning Amudaryogacha bo‘lgan hududlarini istilo qilgan.

Arab qo‘mondonlari Amudaryo o‘ng sohiliga bosqinchilik yurishlarini qaysi yilda boshlagan?
  1. 667-yilda
  2. 673-yilda
  3. 654-yilda
  4. 644-yilda

To‘g‘ri javob: 654-yilda. Arablar Movarounnahrdagi vaziyatni o‘rganib, 654-yilda Amudaryo o‘ng sohiliga bosqinchilik yurishlarini boshlagan.

651-yili arablar qaysi shaharni egallab, Xuroson tomon yo‘l ochdi?
  1. Marv
  2. Balx
  3. Buxoro
  4. Termiz

To‘g‘ri javob: Marv. 651-yili arablar Marv shahrini egallagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← Oldingilar. VI–VII asrlarda Turon xalqlari madaniy hayotiKeyingi →lar. VIII asrda Xuroson va Movarounnahr