lar. VIII asrda Xuroson va Movarounnahr
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Iroq - Kufa
VIII asrning 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash kuchayadi. Bu davrda hukmronlik qilgan umaviylarga qarshi umumiy norozilik, ayniqsa, xalifa Marvon Muhammad hukmronlik qilgan davrda nihoyatda kuchaydi. Bunga xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo‘ldi. Umaviylarga qarshi kurashga da’vat qilish uchun abbosiylar turli viloyatlarga ko‘plab targ‘ibotchilarni yuboradi. Shunday targ‘ibotchilardan biri kufalik Abu Muslim edi. U Xurosonga kelib, aholini payg‘ambar (s.a.v.) avlodlarini quvvatlashga chaqiradi.
Dastlab arab zodagonlari, so‘ngra mahalliy dehqonlar Abu Muslimni qo‘llab-quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson va
Iroq - Kufa
Movarounnahr viloyatlariga keng tarqaladi. Mamlakat aholisi xalifalikka qarshi qo‘zg‘aladi. Abu Muslim tarafdorlarining deyarli barchasi qora libos kiyib olgan edilar. Avvalo, qora kiyim motam ramzi, qolaversa, zabardast kuch bayrog‘i hamda shiddatli janglarda qo‘zg‘olonchilarni umaviy harbiylardan ajratib turadigan belgini anglatgan.
Abu Muslim aholini umaviylarga qarshi kurashga da’vat etadi. Tez orada Abu Muslim Xurosonning markazi Marv shahrini egallaydi.
Mulohaza uchun
Abu Muslim boshliq qo‘shinlar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo‘l oladi va xalifalikning poytaxti Damashq shahrini qo‘lga kiritadi. Taxtga abbosiylar xonadonidan bo‘lgan Abul Abbos Saffoh ko‘tariladi.
750-754-yillar
Abu Muslim Bag‘dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro‘yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboriladi. Aholi o‘rtasida abbosiylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish kayfiyati paydo bo‘ladi. Bunday qo‘zg‘olonlardan biri Buxoroda sodir bo‘ldi. Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan qo‘zg‘olonni zo‘rg‘a bostiradi.
750-yil
Abu Muslim — lug‘aviy ma’nosi «Muslimning otasi» deb tarjima qilinsa-da, mohiyati «eng yaxshi musulmon» demakdir.
750-yilda Abul Abbos Saffoh taxtga o‘tiradi. Arab xalifaligida davlat hokimiyati abbosiylar qo‘liga o‘tadi.
Abul Abbos Abdulloh - 830-844
751-yilda Talas yaqinidagi jangda asir tushgan xitoylik jangchilar hunarmandchilikdan xabardor bo‘lib, o‘z hayotlarini saqlab qolish niyatida mahalliy hunarmandlarga qog‘oz ishlab chiqarish sir-sinoatlarini o‘rgatishdi.
IX asrga kelib, qog‘oz ishlab chiqarish shahar hunarmandchiligining eng muhim jabhalaridan biriga aylandi. Asta-sekin Samarqand qog‘ozi butun Sharq va G‘arb bozorlarini ham egalladi.
Mulohaza uchun
Sharqiy Turk xoqonligi Uyg‘ur xoqonligi tomonidan tugatilgan. Bu vaziyatda Tan imperiyasining Turonga tahdidi kuchaydi. Farg‘ona ixshidi va Choch maliki o‘rtasidagi ixtilofdan foydalangan Xitoy 751-yilda Turonga yurish boshlaydi. Abu Muslim esa ularga qarshi Ziyod ibn Solih boshchiligida arab va turonliklardan iborat qo‘shin jo‘natadi.
Xitoy qo‘shinlari tor-mor etildi. Bu arab xalifaligining mintaqadagi mavqeyini oshirdi.
Turonda arab xalifaligi va islom manfaatlari himoyachisiga aylangan Abu Muslimdan xavfsiragan xalifa uni saroyga chaqirtirdi va qatl ettirdi. Buning oqibatida Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlari avj olib ketdi.
Ma’lumot uchun
VIII asrning I yarmida Tan imperiyasi Buyuk ipak yo‘lini egallash va bu yo‘ldagi davlatlarni o‘ziga bo‘ysundirish uchun bir necha bor urushlar qilgan. Movarounnahrdagi murakkab ichki ahvol, Farg‘ona hokimining Xitoydan yordam so‘rashi bu yurishlarga bahona bo‘lgan. Tan davlati 750-yil millati koreys bo‘lgan Gao Syanchji (Gav Shanchji) qo‘mondonligida katta qo‘shin jo‘natgan. Bu qo‘shin farg‘onaliklar bilan ittifoqlikda Chochni vayron qilib, katta o‘ljani qo‘lga kirit- gan. Choch hokimi qatl qilingach, uning o‘g‘li arablardan yordam so‘ragan. 751-yil iyul oyida arablarning Ziyod ibn Solih qo‘mondonligi ostidagi qo‘shini Gao Syanchjining xitoylar, farg‘onaliklar, qashqarliklar, kucharliklar hamda qarluqlardan iborat yirik qo‘shini bilan Talas daryosi bo‘yida to‘qnashgan. Talas jangi 5 kun davom etgan.
Ma’lumot uchun
To‘qnashuv jarayonida Tan armiyasi tarkibidagi qarluqlar arablarga qarshi kurashdan bosh tortgan va xitoyliklar qo‘shinining ort qismiga zarba berganlar. Xitoy qo‘shini butunlay yakson qilingan. Gao Syanchji yordamchilari Li Siye va Duan Shoushilar bilan birga zo‘rg‘a qochib qutilgan. Asirga tushgan Xitoy jangchilari orasidan tanlab olingan hunarmandlar Samarqandga keltirilgan. Ular Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish sanoatining yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan. Xitoylik hunarmandlar hatto Mesopotamiya shaharlariga ham keltirilgan. Talas jangi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. U Tan imperiyasining O‘rta Osiyo hududini egallash yo‘lidagi tajovuzkorona siyosatiga uzil-kesil chek qo‘ygan.
Ma’lumot uchun
Bugungi kunda Samarqanddagi qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxona.
Qog‘oz asosan tut daraxtining po‘stlog‘idan tayyorlangan. Oq rangli «Samarqand sulton qog‘ozi» o‘zining yupqaligi, silliqligi va yumshoqligi bilan boshqa qog‘oz navlaridan ajralib tursa, «Samarqand shoyi qog‘ozi» sifat jihatdan undan qolishmaydi, rangi och sariq — novvot rangda bo‘ladi.
«Miri Ibrohimiy» qog‘oz turi yuzi oq rangdagi dumaloq suv tomchi izlari bilan qoplangan bo‘ladi.
«Nimkanop» turi esa ipak qoldiqlari hamda po‘stloq tolalari bilan qorishtirib tayyorlangani uchun dolchin rangda bo‘ladi. Ushbu qog‘oz turlarini yaratishda xomashyo sifatida paxta, ipak va tut daraxti po‘stlog‘idan keng foydalaniladi.
Ma’lumot uchun
Xorazmda ishlab chiqarilgan kamonlar, Chochning sopol idishlari hamda Samarqand qog‘ozlari Buyuk ipak yo‘lida ayirboshlanadigan mollar ichida eng mashhuri va bebahosi bo‘lgan.
Arab tarixchisi Maqdisiy
Ijodiy faoliyat
Ma’lumot uchun
VIII asr oxirlarida Movarounnahrda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon «Oq kiyimlilar» qo‘zg‘oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo‘lgan. U boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurgan. Shuning uchun ham uni «Muqanna», ya’ni «Niqobdor» laqabi bilan atashgan. Muqanna Xurosonda sarxanglik (kichik lashkarboshi)dan vazirlik darajasigacha ko‘tarilgan.
U Mazdak g‘oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni targ‘ib etgan.
Mulohaza uchun
VIII asrdan Turon o‘lkasidagi mahkama ishlarida mahalliy turkiy, xorazmiy, sug‘diy, boxtariy tillar va yozuvlar o‘rnini arab tili hamda yozuvi egallay boshladi. Arablar va islom dini ta’sirida mahalliy musulmonlar orasida islomiy ismlar rasm bo‘la bordi. Turonning ko‘pchilik aholisi asta-sekin islomni qabul qildi. Vaqt o‘tgan sayin esa ajdodlarimiz islom ta’limoti asoslarini yaratish va rivojlantirishda butun musulmon olamida peshqadamga aylana bordi.
Mazdakiylik — diniy-falsafiy ta’limot.
786-809
Asoschisi Mazdak. Asosiy g‘oyasi mul-
Muqanna o‘z yaqinlari bilan Kesh vohasidagi Som qal’asini o‘z qarorgohiga aylantiradi.
806- yilda Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Qo‘zg‘olon Samarqanddan boshlanib Shosh, Farg‘ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm viloyatlariga tarqalgan. Tez orada mazkur viloyatlar xalifalik qo‘lidan ketadi. Xuroson noibi Ma’mun dehqonlardan bo‘lgan Somonxudotning nabiralari: Nuh, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so‘raydi. Ular Rofe ibn Laysni qo‘lga olib, uni xalifaga taslim bo‘lishga majbur qiladilar. Shu tariqa navbatdagi xalq harakati ham bostiriladi.
786-809
kiy umumiylik, barcha narsalarning umumiy, teng bo‘lishi.
Bu yerda «Oq kiyimlilar» harakati kengayib, katta xalq qo‘zg‘oloniga aylanadi. U ayniqsa Sug‘dda avj olib, Iloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Qo‘zg‘olonda turli tabaqalar qatnashadi. Muqanna qo‘zg‘oloni 783-yilgacha davom etdi.
813-833
Narshax va Samarqandda «Oq kiyimlilar» yengilgach, mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydilar. 783-yilda Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so‘ng qo‘zg‘olonchilar taslim bo‘ladilar. Istilochilarga taslim bo‘lishni istamagan Muqanna o‘z joniga qasd qiladi.
750-yil 806-yil
Biroq, mahalliy xalqlarning istilochilarga qarshi kurashlari behuda ketmadi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi zaiflasha bordi. Bu hol Movarounnahr aholisining ozodlikka erishuvini tezlashtirdi.
Ijodiy faoliyat
Manbalarda
Muqanna Marv atrofi aholisidan, Koza deb atalgan qishloqdan bo‘lib, nomi Hoshim ibn Hakim edi. U ilgari kudungarlik (matolarni bo‘yash) qilar edi, keyin esa ilm o‘rganishga mashg‘ul bo‘ldi va har xil ilmlarni: ko‘zbo‘yamachilik, sehr va tilsim ilmlarini o‘rgandi. Ko‘zbo‘yamachilikni yaxshi bilib oldi. Muqanna ko‘zbo‘yamachilikni o‘rgangan va g‘oyatda ziyrak bo‘lib qadimgi (olimlar) ilmlariga oid ko‘p kitoblarni o‘qigan va jodugarlikda ustoz bo‘lgan edi. Uning otasining nomi Hakim bo‘lib, u Abu Ja’far Davonaqiy davridagi Xuroson amiri lashkarboshilaridan biri edi. U Balxdan chiqqan edi.
Hoshim ibn Hakimni Muqanna deyishlariga sabab shu ediki, u juda xunuk, boshi kal va bir ko‘zi ko‘r bo‘lganidan hamisha boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurar edi. Muqanna Abbosiylar da’vatchisi Abu Muslim zamonida Xuroson lashkarboshilaridan biri bo‘lib, vazir bo‘ldi va payg‘ambarlik da’vosini qildi va bir qancha vaqt shu da’voda turdi. Abu Ja’far Davonaqiy odam yuborib, uni Marvdan Bag‘dodga oldirib keldi va bir necha yil davomida zindonda tutdi. Shundan keyin u zindondan qutulib, yana Marvga qaytib keldi va odamlarni yig‘ib: «Mening kim ekanimni bilasizmi?» — deb so‘radi. Odamlar: «Sen Hoshim ibn Hakimsan», — dedilar. U: «Yanglishdingiz, men sizning va butun olamning xudosiman»... va yana: «O‘zimni qanday nom bilan atashni istasam atay beraman», — dedi hamda: «Men xalqqa o‘zimni Odam (Ato) suratida, keyin Nuh suratida, keyin Ibrohim suratida, keyin Muso suratida, so‘ng Iso suratida, keyin Muhammad mustafo (s.a.v.) suratida, keyin Abu Muslim suratida ko‘rsatgan zotman, endi esa mana o‘zingiz ko‘rib turgan suratdaman», — dedi. Odamlar: «Boshqalar payg‘ambarlik da’vosini qilgan edilar, sen esa xudolik da’vosini qilayapsan», — dedilar. Muqanna: «Ular nafsoniy edilar, men esa ruhoniyman va ularning (badanlari) ichida edim, menda shunday qudrat borki, o‘zimni qanday suratda ko‘rsatishni istasam, shunday suratda ko‘rsata beraman», — dedi.
Manbalarda
Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobidan
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
VIII asrda Movarounnahr va Xuroson hududidagi voqealarni Jahon tarixi fanidagi voqealar bilan bog‘lang: 1. Bu davrda Yevropa davlatlarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli qanday edi? 2. VIII asrda Movarounnahr va Xurosondagi o‘zgarishlar tub yerli aholining aynan qaysi sohasiga katta ta’sir ko‘rsatgan deb o‘ylaysiz? Fikringizni dalillar bilan asoslashga harakat qiling. 3. Arab bosqinchiligi yana qanday sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan edi? Bugungi kunimiz bilan bog‘lagan holda tushuntirishga harakat qiling. 4. To‘plagan ma’lumotlaringiz asosida taqdimot tayyorlang.
Muhim sanalar
- 750-yilda — 750-yilda Abul Abbos Saffoh taxtga o‘tiradi.
- 750-yil — Tan davlati 750-yil millati koreys bo‘lgan Gao Syanchji (Gav Shanchji) qo‘mondonligida katta qo‘shin jo‘natgan.
- 751-yilda — 751-yilda Talas yaqinidagi jangda asir tushgan xitoylik jangchilar hunarmandchilikdan xabardor bo‘lib, o‘z hayotlarini saqlab qolish niyatida mahalliy hunarmandlarga qog‘oz ishlab chiqarish sir-sinoatlarini o‘rgatishdi.
- 751-yilda — Farg‘ona ixshidi va Choch maliki o‘rtasidagi ixtilofdan foydalangan Xitoy 751-yilda Turonga yurish boshlaydi.
- 751-yil — 751-yil iyul oyida arablarning Ziyod ibn Solih qo‘mondonligi ostidagi qo‘shini Gao Syanchjining xitoylar, farg‘onaliklar, qashqarliklar, kucharliklar hamda qarluqlardan iborat yirik qo‘shini bilan Talas daryosi bo‘yida…
- 783-yilgacha — Muqanna qo‘zg‘oloni 783-yilgacha davom etdi.
- 783-yilda — 783-yilda Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinadi.
- VIII asrning — VIII asrning 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash kuchayadi.
- 40-yillarida — VIII asrning 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash kuchayadi.
- IX asrga — IX asrga kelib, qog‘oz ishlab chiqarish shahar hunarmandchiligining eng muhim jabhalaridan biriga aylandi.
Bilimingizni sinang
Arab xalifaligida toj-u taxt uchun kurash VIII asrning qaysi yillarida kuchaygan?
- 40-yillarida
- 80-yillarida
- 60-yillarida
- 20-yillarida
To‘g‘ri javob: 40-yillarida. VIII asrning 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash kuchaygan va umaviylarga qarshi norozilik avj olgan.
VIII asrning 40-yillarida umaviylarga qarshi norozilik nima sababdan kuchaydi?
- mahalliy aholi arab tilini majburan o‘rganishga undalgani va masjidlar qurilgani sababli
- jiz’ya solig‘i butunlay bekor qilingani va aholiga yerlar tekin berilgani sababli
- xiroj solig‘i oshirilgani va aholi hasharlarga majburan jalb etilgani sababli
- xalifalikda kuchli qurg‘oqchilik bo‘lgani va tangalar qimmatlashib ketgani sababli
To‘g‘ri javob: xiroj solig‘i oshirilgani va aholi hasharlarga majburan jalb etilgani sababli. Xiroj solig‘i oshirilgan va aholi muttasil hasharlarga majburan jalb etilgan.
Abbosiylar Xurosonga yuborgan targ‘ibotchilardan biri kim edi?
- kufalik Abu Muslim
- basralik Abu Ubayda
- madinalik Abu Dovud
- bag‘dodlik Abu Yusuf
To‘g‘ri javob: kufalik Abu Muslim. Abbosiylar targ‘ibotchilaridan biri kufalik Abu Muslim bo‘lgan.
Umaviylarga qarshi umumiy norozilik xalifa Marvon Muhammad hukmronligi davrida ayniqsa kuchaydi. Bunga eng asosiy sabab nima edi?
- Marvon Muhammadning arab zodagonlariga berilgan soliq imtiyozlarini bekor qilgani va ularni quvg‘in etgani
- Xalifalikda diniy mazhablar o‘rtasidagi nizolarning kuchayib, mahalliy dinlarga bosim o‘tkazilgani
- Xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi
- Xalifalik qo‘shinlarining Xitoy bilan urushlarda ketma-ket mag‘lub bo‘lib, katta o‘lpon to‘lagani
To‘g‘ri javob: Xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi. Norozilikning kuchayishiga xiroj solig‘ining oshirilishi va aholining doimiy hasharlarga majburan jalb qilinishi sabab bo‘lgan.
Abu Muslim tarafdorlarining deyarli barchasi qanday rangdagi libos kiygan edi?
- oq
- yashil
- qizil
- qora
To‘g‘ri javob: qora. Tarafdorlarining deyarli barchasi qora libos kiyib olgan.
Abu Muslim Xurosonning markazi bo‘lgan qaysi shaharni egalladi?
- Nishopurni
- Marvni
- Balxni
- Hirotni
To‘g‘ri javob: Marvni. Abu Muslim Xurosonning markazi Marv shahrini egallagan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Abul Abbos Saffohning taxtga o‘tirishi; 2) Talas yaqinidagi jang; 3) Abu Muslimning Marv shahrini egallashi; 4) Abu Muslimning saroyga chaqirtirilib qatl ettirilishi.
- 3–1–2–4
- 1–3–2–4
- 3–2–1–4
- 1–2–4–3
To‘g‘ri javob: 3–1–2–4. Abu Muslim avval Marvni egalladi, so‘ng Saffoh taxtga chiqdi (750), 751-yilda Talas jangi bo‘ldi va undan keyin Abu Muslim qatl etildi.
Abu Muslim qo‘shinlari Damashqni olgach, abbosiylardan kim taxtga ko‘tarildi?
- Marvon Muhammad
- Abul Abbos Saffoh
- Abu Ja’far Davonaqiy
- Ma’mun
To‘g‘ri javob: Abul Abbos Saffoh. Taxtga abbosiylar xonadonidan bo‘lgan Abul Abbos Saffoh ko‘tarilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash