XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · O‘zbekiston tarixi · 22-23-mavzu

lar. Qarluqlar. O‘g‘uzlar. Tohiriylar

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Movarounnahr va Xurosonda uzluksiz davom etgan o‘zaro ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi boshqaruviga qanday ta’sir ko‘rsatdi? 2. VI–X asrlarda Buyuk ipak yo‘li qaysi hududlardan o‘tgan edi?

Qarluqlar yurtida poytaxtdan tashqari Jo‘l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad ko‘targan.

Mulohaza uchun

Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi, uzluksiz davom etgan o‘zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.

Mulohaza uchun

Qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan qarluqlar turkiy qabilalardan hisoblangan.

VI–VII asrlarda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lkasida Qarluqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar davlati hukmdori «yabg‘u» yoki «jabg‘u» deb yuritilgan.

X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo‘lgan. Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiysigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha; g‘arbdan o‘g‘uz yurti va Farg‘ona vodiysi; janubda esa yag‘molar vohasi va Sharqiy Turkiston bilan chegaralangan.

Mulohaza uchun

Aholi chorvachilik, tog‘ jilg‘alari bo‘ylarida esa dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Sharqiy Turkiston va Movarounnahr bilan savdo-sotiq olib borgan. Chetga asosan jun va junli mahsulotlar: gilam, sholcha, namat kabilar olib chiqilgan. X asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hududlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg‘ona hamda Zarafshon vodiylariga kelib o‘rnashgan. Keyinchalik o‘troq tarzda yashaydigan mahalliy aholiga singib ketgan.

G‘arbiy Turk xoqonligining tanazzulidan keyin tashkil topgan yirik etnik uyushmalardan biri o‘g‘uz (arab-fors manbalarida guz) etnosi bo‘lgan.

Qarluq zodagonlari

Ijodiy faoliyat

Jahon tarixidan olgan bilimlaringiz asosida saljuqiylar yashagan hudud va ular boshqargan davlat qaysi davlatlar bilan chegaradoshligini aniqlang.

Mulohaza uchun

O‘g‘uzlar – Turon hududida yashagan turkiy qabila.

Turk xoqonligi hukmronligi davrida o‘g‘uzlar uning tarkibida bo‘lgan. Turk xoqonligi yemirilgach, o‘g‘uzlarning kattagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim o‘rnashib olganlar. Ular IX asr oxiri va X asr boshida O‘g‘uzlar davlatiga asos soladilar.

Sirdaryo quyi oqimi bo‘yidagi Yangikent shahri O‘g‘uzlar davlatining poytaxti bo‘lgan. X asrdan boshlab o‘g‘uzlar islom dinini qabul qiladilar.

X asrning birinchi choragida O‘g‘uzlar davlati shimoli sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar tomonidan berilgan qaqshatqich zarba natijasida, bo‘linib ketadilar. Ular o‘z yurtini tark etib, bir qismi Shimoliy Kavkaz dashtlariga borib o‘rnashadi. Ularning ikkinchi qismi esa avval Movarounnahrga kirib boradi va yangi sulola – saljuqiylar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi.

Mulohaza uchun

Bu ikki turkiy davlat faqat Movarounnahrninggina emas, balki butun O‘rta Sharq hamda Old Osiyo aholisining siyosiy hayotiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Bu davlatlarning aholisi shu hududda yashovchi xalqlarning etnik tarixiga ta’sir qildi. Masalan, qarluqlar o‘zbek va tojiklarning, o‘g‘uzlar turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynadi.

Qovunchi madaniyati. Qang’

Qadimgi o‘g‘uzlar

O‘g‘uz otlig‘i

Ma’lumot uchun

Tohiriylar – Xurosondagi Tohiriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola (821– 873). Rasman abbosiylarga qaram hisoblangan. Sulolaga 821- yil Tohir ibn Husayn asos solgan.

VIII asr oxiri – IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og‘ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o‘zgartirishga majbur etdi.

Mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni nafaqat o‘z tasarruflariga o‘tkazib oldilar, balki xalifalik markazida ham hokimiyatni boshqarishda tobora ko‘proq rol o‘ynay boshladilar.

806-yili

Bunga, ayniqsa, xalifa Horun ar-Rashid (786–809) vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasida 809–813-yillarda taxt uchun bo‘lgan kurash ham katta yo‘l ochib berdi.

Xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga ko‘taradilar. Bundan norozi bo‘lgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurash boshlaydi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar.

822-yili xalifa nomini xutbadan chiqardi

813-yilda ular Bag‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tiradi. Buning evaziga Tohir 821-yilda Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Shuningdek, Ma’mun Movarounnahr zodagonlarining ham yordamini unutmadi. Somonxudotning nabiralarini shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg‘ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta qismini tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar.

Tohiriylar zamonida ham mehnat ahlining ahvoli nihoyatda og‘irligicha qolaverdi. Mulkdor dehqonlarning jabr-zulmidan, davlatning og‘ir soliqlaridan bezor bo‘lgan xalq qo‘zg‘olon ko‘taradi. Ularga «g‘oziylar» ham qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga safforiylar – misgar hunarmand aka-uka Ya’qub va Amr Layslar boshchilik qiladilar. Qo‘zg‘olonchilar 873-yilda Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada tohiriylar hukmronligi tugatilib, hokimiyat safforiylar qo‘liga o‘tadi.

822-yili xalifa nomini xutbadan chiqardi

Tohir ibn Husayn Hirot yaqinidagi Bo‘shang shahri hokimi bo‘lib, 811-yili Ray yaqinida xalifa Aminning Ali Moxon ismli sarkardasini mag‘lub etgan. Jangda ko‘rsatgan jasorati tufayli unga «Zul yaminayn» (Ikki qo‘lda kurashuvchi) faxriy taxallusi berilgan.

Safforiylar – Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola. Safforiylar nomi uning asoschisi Ya’qub ibn Lays as-Saffor nomidan olingan. Safforiylarning yirik hukmdorlari: Ya’qub ibn Lays (873–879); Amr ibn Lays (879–900)

Tohiriylar tanga puli

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Horun ar-Rashid va Ma’mun bilan Amin haqida qanday ma’lumotlarga egasiz? 2. Ma’mun akademiyasi haqida eshitganmisiz? Nima uchun akademiya Ma’mun ismi bilan bog‘liq?

Manbalarda

Rofe ibn Lays Horun ar-Rashidga qarshi xuruj qilib Samarqandni olganida Horun ar-Rashid Harsama A’yaini Rofe ibn Laysga qarshi urushga yubordi. Rofe Samarqandni hisor qildi va Harsama uni qo‘lga olishdan ojiz qoldi. Bu hodisa sabab Ma’mun Horun ar-Rashid bilan birga Xurosonga kelgan va Horunning dili shu ish bilan g‘oyat darajada mashg‘ul edi.

Ma’mun mahalliy zodagon Asadning o‘g‘illariga xat yozib, ularga Rofe bilan urushda Harsamaga yordam berishni buyurdi. Asad o‘g‘illarining da’vatiga ko‘ra Rofe Harsama bilan sulh tuzdi va ular o‘rtasida quda-andalik vujudga kelib, Horun bu ishdan xotirjam bo‘ldi. Rofening butkul Xurosonni olib qo‘yish xavfi bor edi, (shuning uchun) bu sulhning tuzilishi Ma’mun uchun juda yoqib tushdi. Horun mana shu safar vaqtida Tusda vafot etdi.

Manbalarda

Ma’mun xalifalikka o‘tirgach, Asad ibn Somonxudotning o‘g‘illariga o‘sha qilgan yaxshiliklari evaziga bittadan e’tiborli shaharni berdi... G‘asson Xuroson amirligidan bekor etilib, Tohir Husayn Xuroson amiri bo‘lganda ham Tohir u viloyatlarni Asadning o‘g‘illari qo‘lida qoldirdi va ularning eng kattasi bo‘lgan Nuh ibn Asadga sarpo kiygizdi.

Abu Bakr Narshaxiy, «Buxoro tarixi»

O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz

Savollar: 1. Nima sababdan IX–X asrlarda Turon hududidagi aholining etnik shakllanishida qarluq va o‘g‘uzlarning ta’siri kuchliroq bo‘ldi? 2. Sinfdoshlaringiz bilan to‘rt jamoaga bo‘linib, quyidagi jadval asosida ma’lumotlarni tahlil qiling.

Kelib chiqishi Ijtimoiy tizimi Tarixiy ahamiyati

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Movarounnahr va Xurosondagi uzluksiz urushlar va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligiga qanday ta’sir qildi?
  1. xalifalik hokimiyatini zaiflashtirdi
  2. xalifalik hokimiyatini mustahkamladi
  3. xalifalik hududini kengaytirdi
  4. xalifalikni Xitoy bilan birlashtirdi

To‘g‘ri javob: xalifalik hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirib, mustaqil davlatlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.

Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarishi hamda uzluksiz ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi uchun qanday oqibatlarga olib keldi?
  1. Xalifalik hokimiyati kuchayib, mahalliy sulolalar yo‘q qilindi
  2. Xalifalik hokimiyati zaiflashib, mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi
  3. Xalifalik markazi Movarounnahrga ko‘chirilib, Xuroson poytaxtga aylandi
  4. Xalifalik hududlari kengayib, qo‘zg‘olonchilar xalifa armiyasiga qo‘shildi

To‘g‘ri javob: Xalifalik hokimiyati zaiflashib, mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi. Qo‘zg‘olonlar va ichki ziddiyatlar xalifalik hokimiyatini zaiflashtirdi, bu mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.

Qarluqlar qaysi asrlarda Turk xoqonligi tarkibiga kirgan?
  1. VIII–IX asrlarda
  2. X–XI asrlarda
  3. VI–VII asrlarda
  4. IV–V asrlarda

To‘g‘ri javob: VI–VII asrlarda. Turkiy qabilalardan hisoblangan qarluqlar VI–VII asrlarda Turk xoqonligi tarkibiga kirgan.

Yettisuv o‘lkasida Qarluqlar davlati qaysi asr o‘rtalarida tashkil topdi?
  1. VII asr
  2. VI asr
  3. VIII asr
  4. X asr

To‘g‘ri javob: VIII asr. Qarluqlar davlati VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lkasida tashkil topgan.

Qarluqlarning kattagina qismi qaysi asr o‘rtalariga borganda musulmon bo‘lgan?
  1. IX asr
  2. X asr
  3. VIII asr
  4. XII asr

To‘g‘ri javob: X asr. X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi islom dinini qabul qilgan.

Yettisuv o‘lkasida Qarluqlar davlati qachon tashkil topdi?
  1. VI asr o‘rtalarida
  2. X asr boshlarida
  3. XII asr o‘rtalarida
  4. VIII asr o‘rtalarida

To‘g‘ri javob: VIII asr o‘rtalarida. Qarluqlar davlati VIII asr o‘rtalarida Yettisuvda tashkil topgan.

Qarluqlar davlatining poytaxti qaysi shahar edi?
  1. Yangikent
  2. Nishopur
  3. Suyob
  4. Navkat

To‘g‘ri javob: Suyob. Davlat poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri bo‘lgan.

Qarluqlar davlati hukmdori qanday unvon bilan yuritilgan?
  1. tegin
  2. yabg‘u
  3. tarxon
  4. tudun

To‘g‘ri javob: yabg‘u. Qarluqlar hukmdori «yabg‘u» yoki «jabg‘u» deb yuritilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← Oldingilar. VIII asrda Xuroson va MovarounnahrKeyingi →lar. Somoniylar