lar. Somoniylar
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Mulohaza uchun
IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nuh, so‘ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o‘z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadi. Ahmad vafotidan keyin uning o‘g‘li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko‘radi.
IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tadi va Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. Uning nomi bilan kumush dirham zarb etiladi.
Ismoil Somoniy maqbarasi. Buxoro. X asr.
Somoniylarning kelib chiqishi
Manbalarda Somonxudotlarning kelib chiqishi haqida turli ma’lumotlar keltirilgan. Ko‘pchilik manbalarda aytilishicha, ularning shajarasi sosoniy shohanshohi Xurmazd IV (579-590)ning harbiy qo‘mondoni Bahrom Chubinga (VI asr) borib taqaladi. Bahrom Chubin avval Armaniston va Ozarbayjon, keyin esa Ray va Xuroson noibi etib tayinlangan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Bahrom Chubin kelib chiqishi bo‘yicha sosoniylar xizmatidagi o‘g‘uz turklaridan bo‘lgan. Uning avlodlari Balxda yashab, shu yerdan Xuroson va Movarounnahrning turli hududlariga noib etib yuborilgan.
Mulohaza uchun
Ko‘p o‘tmay aka-uka Nasr va Ismoil o‘rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. 888-yilgi jangda Ismoil g‘olib chiqadi. Lekin u akasi vafotiga qadar o‘z mulkida, keyin esa butun Movarounnahrda hukmron bo‘lib oladi.
Ismoil Somoniy Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoliy-sharqiy hududlarga yurish qildi. Tez orada Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi.
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, arab xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to‘qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o‘z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi.
892-902
Xalifa Mu’tazid safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi.
Bu bilan uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada ular o‘rtasida urush boshlanadi. Urush Ismoilning g‘alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ladi.
Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o‘z qo‘l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu davlatning poytaxtiga aylandi.
Ijodiy faoliyat
Geografiya fanidan olgan bilimingizga tayanib, Farg‘ona, Isfijob (Sayram), Choch, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Chag‘oniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston, G‘azna shaharlari joylashgan hududlar xaritasini chizing. Bu hududlarning maydonini hisoblang. Zamonaviy xarita bilan taqqoslang. Ismoil Somoniy tomonidan qaysi hududlar mamlakat tarkibiga kiritildi?
XORAZM
Kat
ILOQ
Axsikat
USTRUSHONA
Buxoro
SUG‘DIYONA
Niso
QUM GURGON XUROSON BADAXSHON
Balx
TABARISTON
Tus
TOXARISTON
Saraxs Nishopur
Damg‘on Amul
GARCHISTON
Hirot
QUHISTON
G‘azna
ZABULISTON
Somoniylar davrida Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil Somoniy Registonga bir saroy (qurishni) buyurdi. G‘oyatda go‘zal bir saroy qurdilar. (Amir) bunga ko‘p mol sarfladi. U o‘z saroyi darvozasi oldida amaldorlari uchun saroy qurishga buyurdi, uni ham qurdilar, shundayki, har bir amaldorning podshoh saroyi darvozasi oldida qurilgan o‘z saroyida alohida devoni bor edi; masalan: vazir devoni, moliya (kirim-chiqim) ishlari devoni, davlat hujjatlarini boshqarish ishlari devoni, soqchilar boshlig‘i devoni, xat-xabarlar mutasaddisi devoni, saroy ish boshqaruvchisi devoni, davlat xos mulklari devoni, muhtasib devoni, vaqflar devoni, qozilik ishlari devoni. (Amir) mana shu tartibda devonlar qurishga buyurdi va ularni qurdilar.
ZABULISTON
Abu Bakr Narshaxiy
«Buxoro tarixi»
Zaranj Bust
Somoniylar davlati xaritasi
Mulohaza uchun
Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma’muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi.
Dargohda amir qarorgohi hamda saroy a’yonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo‘lgan. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar davlati asosan o‘nta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi. Nasr ibn Ahmad (Nasr II) davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari Qur’on ilmlari va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, arab, fors, turk tillarini puxta egallagan, turli fanlardan xabardor bo‘lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan.
Mulohaza uchun
Davlat ishlariga qabul qilishda ma’lum bir talablar mavjud edi. Masalan, davlat tilini mukammal bilish, zamona huquq me’yorlaridan to‘liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlaridagi bilimdonlik va hokazo. Ismoil Somoniy saroyning maxsus muntazam sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qo‘shin tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar «hojib» lavozimiga ko‘tarilgan. Hojiblarning boshlig‘i «hojib ul-hujob» yoki «hojibi buzruk» deb yuritilar edi. Bunday unvon Somoniylar saroyida oliy unvon hisoblangan.
Lashkar ikki toifaga bo‘lingan: doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi saralangan qismlar (gvardiya) va zarur hollarda viloyatlardan yig‘iladigan qismlar. Saralangan qismlardagi xizmat kamida sakkiz bosqichdan iborat bo‘lib, oddiy piyoda askarlikdan visoqboshi, ya’ni to‘rt kishidan iborat guruhga boshliq darajasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Keyin u haylboshi (kichik qo‘shin boshlig‘i) maqomini egallashi mumkin bo‘lgan. Bu darajaga tegishli tartib-intizom, talablar doirasida xizmat qilingandagina erishish mumkin edi.
Mulohaza uchun
Ismoil Somoniyning vafotidan so‘ng siyosiy boshboshdoqlik avjiga chiqib, markaziy hokimiyat mavqeyiga putur yetishi mintaqaning Yettisuv va Qoshg‘ar qismida boshqa bir siyosiy sulola — qoraxoniylarning kuchayib borishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgandi. Natijada X asr oxirida hokimiyat qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi. Qoraxoniylar mintaqaning Yettisuv, Qoshg‘ar, Movarounnahr kabi qismlari ustidan hukmronlik qila boshlaydilar. Xuroson, G‘azna kabi viloyatlar esa xuddi shu davrdan boshlab mintaqada shakllangan yana bir siyosiy sulola — g‘aznaviylar tobeligiga o‘tgan edi.
Ijodiy faoliyat
Somoniylar hukmdori jangda.
San’at asari
Mulohaza uchun
IX–X asrlarda katta yer egalari kadivarlarni ishlatishdan ko‘ra, o‘z yerlarini qishloq jamoalarining kam yerli a’zolariga ijaraga berishni afzal ko‘radilar. O‘sha zamonda ijarachilar «barzikor» yoki «qo‘shchilar» deb atalardi. Davlat soliqlari (xiroj va ushr) yer egasidan ham, qo‘shchilardan ham alohida-alohida olinar edi.
Somoniylarning harbiy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy hokimlarning o‘zboshimcha harakatlari borgan sari avj olib bordi. Oqibatda mamlakatda iqtisodiy tanglik yuzaga keldi. Hatto harbiylar, shu jumladan, amirning muntazam turk sarbozlari qo‘shiniga maosh to‘lash uchun mablag‘ topilmaydi. Bunday og‘ir ahvoldan chiqish uchun aholidan ikki marta soliq undirib olinadi. Behad tartibsizlik mamlakatdagi vaziyatni yanada keskinlashtirib, aholi turli tabaqalarining hokimiyatga qarshi qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi.
Mulohaza uchun
Nasr Ahmad tangasi
942-yili
Somoniylar otlig‘i
Ismoil Farg‘onada 849-yilda tug‘ilgan. 14 yoshida otasi Ahmad vafot etib, akasi Nasr qo‘lida qoladi. Manba tili bilan aytganda «aqlli, adolatli, fikr va tadbir egasi» bo‘lmish Ismoil, 892-yili butun Movarounnahr hukmini o‘z qo‘liga olishga erishib, «haqiqatan ham podshohlikka loyiq va haqli» ekanini isbotlaydi...
865-892
Ismoil davlatchiligimiz tarixidagi tajriba va an’analarni uddaburonlik bilan davom ettira bilgan davlat arbobi hisoblanadi. U, eng avvalo, mamlakatimiz siyosiy birligini ta’minlash ishiga bel bog‘lab, Farg‘ona, Isfijob, Shosh, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Chag‘oniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston, G‘azna kabi qator viloyatlarni o‘z hukmi ostida birlashtirdi...
Ismoil markazlashgan davlatchilik asoslarini qaytadan tiklashga muvaffaq bo‘lgan.
Azamat Ziyo, «O‘zbek davlatchiligi tarixi»
Mulohaza uchun
Somoniylarning harbiy qismlarida, ma’muriy lavozimlarida turklar xizmat qilganlar. Turkiy qullar boshqa mamlakatlarga savdoga chiqarilgan. Qul qochib ketsa, uni hech kim qidirmagan.
Somoniylar xizmatida ham turkiy qullar oz bo‘lmagan. Bularning ichidan viloyat hokimlari, harbiylar, hatto davlat boshliqlari yetishib chiqqan: Samjuriy, Alpte-
Somoniylar davriga oid idish gin, Tosh, Foyiq va boshqalar shular jumlasidan.
Alptegin somoniylarning sobiq quli, keyinchalik yi-
Ijodiy faoliyat
rik harbiy sarkarda, Xuroson viloyatining hokimi va yirik yer egasi bo‘lgan. U boyib, Xuroson va Movarounnahr da joylashgan qishloqlarni sotib olgan, har bir shahar- da qasri, hovli-joylari, karvonsaroylari mavjud bo‘lgan.
1. Alptegin va Sabuktegin taqdirida qullarga bo‘lgan munosabatni ifodalang.
2. Bu davrda qullarga bo‘lgan munosabatni Qadimgi Misr, Qadimgi Rim va Qadimgi Yunonistondagi quldorlik tizimi bilan solishtiring.
Alpteginning Nishopur bozoridan sotib olgan Sabuk
(keyinchalik Sabuktegin) ismli yana bir quli o‘z iste’dodi bilan yirik harbiy sarkarda darajasiga ko‘tarilgan.
Mulohaza uchun
Somoniylar hukmronligi davrida yer egaligining turlari
Mulki sultoniy
Mulk yerlari
«Mulki sultoniy» — davlat tasarrufidagi yerlar
«Mulk yerlari» — hukmron sulola vakillari, mulkdor dehqon va aslzodalarning katta-katta yer maydonlaridan tortib qishloq aholisiga tegishli mayda xususiy yerlargacha
Vaqf yerlari
«Vaqf yerlari» — masjid, madrasa va xonaqohlarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yerlar
Mulki xos
«Mulki xos» — oliy martabali din peshvolari va sayyidlar qo‘l ostidagi yerlar
Jamoa yerlari
«Jamoa yerlari» — qishloq jamoalari tasarrufidagi ma’lum yer maydonlari
X asrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklarni in’om qilish boshlanadi. Bunday mulk «iqto», unga ega bo‘lgan mulkdorlar «muqto» yoki «iqtodor» deb yuritilardi. Iqto tarzida hatto ayrim viloyat yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqali zodagonlar: sulola a’zolari – amirzodalar va yirik mansabdorlarga in’om etilgan. Bunday mulk avvaliga bir umrga emas, balki ma’lum muddatga berilib, nasldan naslga o‘tkazilmagan. Iqtodorlar o‘ziga in’om qilingan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning ma’lum qismini o‘zlariga olish huquqiga ega bo‘lganlar.
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Jamoaviy mashg‘ulot:
1. Turon hududida o‘rta asrlarning ilk davridagi yerga egalik qilish shakllarini eslang.
Ularni somoniylar davridagi yerga egalik qilish ko‘rinishlari bilan solishtiring. Olgan ma’lumotlarni tahlil qiling, umumiy va farqli jihatlarini sanab bering.
3. Ikki hududdagi yerga egalik qilish shakllarining farqli va umumiy jihatlarini jadval ko‘rinishida solishtiring.
Muhim sanalar
- 849-yilda — Ismoil Farg‘onada 849-yilda tug‘ilgan.
- 888-yilgi — 888-yilgi jangda Ismoil g‘olib chiqadi.
- IX asrda — IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o‘zgarishlar yuz beradi.
- IX asrning — IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tadi va Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi.
- VI asr — Ko‘pchilik manbalarda aytilishicha, ularning shajarasi sosoniy shohanshohi Xurmazd IV (579-590)ning harbiy qo‘mondoni Bahrom Chubinga (VI asr) borib taqaladi.
- X asr — Natijada X asr oxirida hokimiyat qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi.
- IX–X asrlarda — IX–X asrlarda katta yer egalari kadivarlarni ishlatishdan ko‘ra, o‘z yerlarini qishloq jamoalarining kam yerli a’zolariga ijaraga berishni afzal ko‘radilar.
- X asrda — X asrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklarni in’om qilish boshlanadi.
Bilimingizni sinang
Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tib, Nasr butun Movarounnahr hukmdoriga aylangan oxirgi chorak qaysi asrga tegishli?
- IX asr
- VII asr
- VIII asr
- X asr
To‘g‘ri javob: IX asr. IX asrning oxirgi choragida deyarli barcha viloyatlar somoniylar tasarrufiga o‘tgan va Nasr butun Movarounnahr hukmdoriga aylangan.
Ahmad vafotidan keyin Samarqandni markazga aylantirgan uning o‘g‘li kim?
- Ismoil
- Nasr
- Nuh
- Amr ibn Lays
To‘g‘ri javob: Nasr. Ahmadning o‘g‘li Nasr Samarqandni markazga aylantirgan.
Nuh va Ahmad hukmronligi davrida o‘z nomlaridan zarb etilgan chaqalar qaysi metalldan edi?
- Oltindan
- Kumushdan
- Bronzadan
- Misdan
To‘g‘ri javob: Misdan. Har biri o‘z nomlaridan misdan chaqalar zarb etgan.
Nasr ibn Ahmad (Ismoilning akasi) va Ismoil davrida davlat markazi qanday farq qilgan?
- Nasr Samarqandni markazga aylantirgan, Ismoil davlatining poytaxti esa Buxoro bo‘lgan
- Nasr Buxoroni markaz qilgan, Ismoil esa Samarqandni poytaxt qilib belgilagan
- Ikkalasi ham Balxni markaz qilgan va u yerdan butun davlatni boshqarishgan
- Nasr Registonni, Ismoil esa Hirotni markaz qilgan va poytaxtlarini ko‘chirgan
To‘g‘ri javob: Nasr Samarqandni markazga aylantirgan, Ismoil davlatining poytaxti esa Buxoro bo‘lgan. Ahmad vafotidan keyin Nasr Samarqandni markazga aylantirgan, Ismoil davlatida esa Buxoro poytaxt bo‘lgan.
Somonxudotlar shajarasi taqaladigan sosoniy harbiy qo‘mondoni Bahrom Chubin qaysi asrda yashagan?
- VIII asr
- V asr
- VI asr
- VII asr
To‘g‘ri javob: VI asr. Somonxudotlarning shajarasi Xurmazd IV ning harbiy qo‘mondoni Bahrom Chubinga (VI asr) borib taqaladi.
Ko‘pchilik manbalarga ko‘ra, Somonxudotlar shajarasi kimga borib taqaladi?
- Bahrom Chubin
- Amr ibn Lays
- Sabuktegin
- Xurmazd IV
To‘g‘ri javob: Bahrom Chubin. Shajara Xurmazd IVning harbiy qo‘mondoni Bahrom Chubinga borib taqaladi.
Bahrom Chubinning avlodlari qaysi shaharda yashab, undan Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuborilgan?
- Buxoro
- Samarqand
- Balx
- Marv
To‘g‘ri javob: Balx. Avlodlari Balxda yashagan.
Aka-uka Nasr va Ismoil o‘rtasidagi toj-taxt kurashida Ismoil qaysi yilgi jangda g‘olib chiqqan?
- 895-yilgi
- 892-yilgi
- 884-yilgi
- 888-yilgi
To‘g‘ri javob: 888-yilgi. Nasr va Ismoil o‘rtasidagi kurashda 888-yilgi jangda Ismoil g‘olib chiqqan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash