lar. Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Mulohaza uchun
Somoniylar davrida Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, Choch, Xorazm, Xuroson viloyatlarida dehqonchilik ishlari yuksak saviyada amalga oshirilgan. Bug‘doy, arpa, sholi, paxta, tariq, zig‘ir, kunjut, kanop, no‘xot, mosh, yasmiq, beda kabi qator ekinlar yetishtirilgan.
Yerga ishlov berish samarasi natijasida hosildorlik juda yuqori darajada bo‘lgan. Bog‘dorchilik, xususan, uzumchilik va polizchilik sohalarida ham yutuqlar shu kabi edi. Uzumning o‘nlab navlari, mevalardan olma, shaftoli, o‘rik, nok, anjir, behi, olcha, olxo‘ri, anor, bodom, yong‘oq, poliz ekinlaridan qovoq, qovun (ayniqsa Buxoro qovunlari mashhur bo‘lgan), sabzavotlardan baqlajon, sabzi, piyoz kabilar yetishtirilgan.
Ijodiy faoliyat
Dehqonchilik solig‘i – xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi. Shuning uchun ham somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo‘jaligini rivojlantirishga katta e’tibor berdilar.
Ingliz tojining marvaridi - Normanidya
Turkiston marvaridi - Frunze.
Movarounnahr viloyatlarining ichida eng ko‘p nufuzli hudud Farg‘ona vodiysi bo‘lganligini tushunib olish qiyin emas. Farg‘ona viloyatida ko‘plab shaharlar bo‘lgan. Uning poytaxti shu davrlarda Axsikent bo‘lib, shaharning kattaligi (aylanmasiga) 3 farsang masofaga cho‘zilgan, uning ichida bog‘, kanallar va bir qancha hovuzlar bo‘lgan. Axsikentning atroflarida (devordan tashqarisida) ham bog‘lar, daraxtzorlar mo‘l bo‘lib, ular bir-birlaridan uzilmasdan 2 farsang masofagacha cho‘zilib ketgan.
Istaxriy (arab geografi)
Ma’lumot uchun
Somoniylar davriga oid siyohdon
Farsax yoki farsang – taxminan 6 kmga teng masofa o‘lchov birligi.
Amalda farsax uzunligi turli hududlarda farqlangan. Markaziy Osiyoda bu masofa odatda qadamlar bilan o‘lchangan va 12 000 qadamga teng bo‘lgan.
Bu davrda shaharlarning umumiy qiyofasi tubdan o‘zgaradi. Turon xalqlari va arab madaniyatining qorishuvi natijasida katta-katta gumbazli toq-u ravoqli va peshtoqli imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh va karvonsaroylar qad ko‘tardi. Shaharlar hunarmandchilik markaziga aylandi.
Samarqandda yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilar edi. Shosh o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan, Iloq esa kumush va qo‘rg‘oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi.
Ma’lumot uchun
Xorazmda qayiqsozlik taraqqiy topadi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlar Amudaryo bo‘ylab to Orol dengizigacha muttasil mol tashib, savdogarlarning yukini yengil, uzog‘ini yaqin qilgan. Bu davrda shaharlar bilan bir qatorda qishloqlar ham mamlakatning iqtisodiy hayotida katta o‘ringa ega edi. Buxoroning Zandana qishlog‘ida to‘qilgan mallarang bo‘z «zandanichi», Samarqandning Vador qishlog‘ida tayyorlangan mato «vadoriy» nomlari bilan Sharqda mashhur edi.
Tashqi savdo muomalasida sarroflik cheklaridan keng foydalanilgan. Savdogarlar o‘zi bilan ko‘p miqdorda pul olib yurmas edilar. O‘z pullarini ular shahardagi sarroflardan biriga topshirib, undan tegishli hujjat – chek olardilar. Mo‘ljallangan shaharga borishlari bilan shu chekni sarrofga berib, unda ko‘rsatilgan miqdordagi pulni to‘laligicha qaytarib olish mumkin edi.
Ma’lumot uchun
Somoniylar davriga oid idish
Ichki bozorlarda «fals» deb atalgan mis chaqa, xalqaro savdo-sotiqda esa kumush tanga – dirhamlar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham, shuningdek, sulola a’zolaridan bo‘lgan ba’zi viloyat hokimlari ham chiqarar edilar. Kumush tangalar faqat hukumat boshlig‘i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshdagi davlat zarbxonalarida so‘qilar edi. Somoniylar «ismoiliy», «muhammadiy» nomlari bilan yuritilgan bir necha xil kumush dirhamlar chiqargan edilar. Ular orasida «ismoiliy» tangasi yuqori sifatli sof kumushdan zarb etilib, ular asosan xalqaro savdo aloqalarida ishlatilgan.
Kepaki tangalari - Samarqand va Buxoroda chiqqaan
«Chek» so‘zi forscha atama bo‘lib, o‘sha vaqtda ham bu so‘z ayni ma’noda ishlatilgan.
Chek, Shashmaqom, Sarbador, Tovon, Satrap, Duk...
Ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
Ismoil Somoniy maqbarasi.
Buxoro.
Pishiq g‘isht ma’muriy va jamoa binolari qurilishida asosiy material bo‘lib qoldi. Turar joy binolari qurilishida esa sinchli konstruksiya keng tarqaldi. Pardoz ishlarida somonli loy suvoq qatorida ganchning har xil turlari ishlatilgan. Keyinroq sirlanmagan koshin va sopol plitkalar, sirlangan koshin va naqshlar o‘yilgan sirlangan yaxlit pishirilgan sopol taxtachalar — parchin (mayolika) ishlatish usuli kashf etildi.
Eng qadimiy obidalardan Qadimiy Xorazmdagi Qavat qal’a, Samarqand (Afrosiyob)dagi somoniylar qasrining bir qismi va Termiz yaqinidagi Qirqqiz qal’asini qayd etish mumkin. Bularning har uchalasi ham xom g‘isht va paxsadan bunyod etilgan. Afrosiyobdagi somoniylar qasrining bir qismi hisoblanuvchi binoning old tomoni yogoch ustunli, peshayvonli bo‘lib, o‘rtada tomi gumbaz bilan yopilgan katta xona va uning ikki yonida yana qo‘shimcha xonalari bo‘lgan. Asosiy zal ohaktoshli ganchning ichiga tolasimon o‘simliklar qo‘shilgan materialdan juda nafis o‘ymakorlik usulida hashamdor qilib ishlangan.
Mulohaza uchun
Termiz yaqinidagi qariyb 1000 yil avval qurilgan Qirqqiz qal’asi o‘zining konstruktiv va me’moriy yechimlari bilan mutaxassislarni lol qoldirmoqda. Uning tarxi kvadratga yaqin ko‘rinishda bo‘lib, to‘rt burchagida to‘rtta guldastasimon burjlari bor.
Pishiq g‘ishtdan ishlangan dastlabki imoratlar qatorida Buxoroda saqlanib qolgan Somoniylar maqbarasini misol keltirish mumkin. Bu inshoot Ismoil Somoniy davrida qurilgan deb hisoblanadi. Turon me’morchiligi durdonasi bo‘lgan bu maqbara kubsimon hajmda bo‘lib, tomonlarining tashqi uzunligi 10 metrga yaqin. Nihoyatda jozibador ishlangan bu binoning ichki tomonlari 7,2x7,2 metr bo‘lib, usti gumbaz tarzida yopilgan. Somoniylar maqbarasi qadimgi Eron va Turon me’morchiligida ma’lum bo‘lgan «chortoq» kompozitsiya tipini tashkil etadi. Binoning qurilishida turli o‘lchamdagi pishgan g‘ishtlardan foydalanilgan.
Mulohaza uchun
* Madrasa (arabcha – o‘rganmoq) – musulmonlarning o‘rta va oliy o‘quv yurti.
* Vazir – devonxona boshlig‘i, bosh vazir.
* Ulamo – din olimlari.
* Hojib – harbiy unvon.
* Xonaqoh – g‘aribxona, musofirxona.
Somoniy maqbarasining ichki ko‘rinishi
Qirqqiz qal’asi.
Shimoliy yo‘l orqali Janubiy Sibir va Mo‘g‘ulistonga Movarounnahrning shahar va qishloqlaridan bo‘z, kiyim-kechak, egar-jabduq, qilich, idishlar, zargarlik buyumlari, dori-darmon, quruq meva, kunjut va zig‘ir moyi kabi mollar olib borilgan. Sibirdan turli xildagi qimmatbaho mo‘ynalar, chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan.
MChCh
Xitoy bilan bo‘lgan savdoda choy, ipak mato, tuz va ot muhim o‘rinda turgan. VII–VIII asrlarda choy asosiy import mahsulotlaridan biriga aylangan. Xitoycha «cha» yoki «ming» deb yuritilgan xushbo‘y choy o‘simligi va uning seleksiyasi bu davrda Sharqiy Turkiston orqali Turkiston diyoriga, so‘ngra esa boshqa mamlakatlarga keng tarqalib, aholining maishiy hayotida kundalik iste’mol etiladigan chanqovbosdi benazir ichimlikka aylangan.
Itil, Xazar va Bulg‘orga Movarounnahr va Xorazmdan guruch, quruq mevalar, shirinliklar, tuzlangan baliq, paxta, shoyi matolar, movut, kimxob va gilamlar olib borib sotilgan. Bulg‘or va Xazardan qimmatbaho mo‘ynalar, shamlar, cho‘qqi qalpoqlar keltirilgan.
Ijodiy faoliyat
BUXORO:
IX ASRDA - "Qubbat ul-islom" ( Islom dinining gumbazi) nomini olgan
X ASRDA - Farjak madrasasi qurildi (Kovushdo’zlar mahallasida)
XII ASRDA- Darvozai Mansur mahallasida "Faqhlar madrasasi" qurildi
Ma’lumot uchun
Somoniylar tangalari Buxoroda zarb etilgan
Movarounnahrning ravnaqida islom dini bilimdonlarining hissasi katta bo‘ldi. Shu boisdan ularning obro‘yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko‘plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Bu davrda Buxoro shahrida Turondagi ilk madrasa bunyod etiladi. Keyinchalik VIII–X asrlarda ko‘plab madrasalar qurildi.
X asrda Farjak
Mamlakat ma’naviy hayotiga «ustod» deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilgan. Keyinchalik bu nom «shayx ul-islom» nomi bilan yanada ulug‘landi. Ustoddan keyin xatiblar turardi.
Somoniylar masjid, madrasa va xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratib berganlar. Islom dini ravnaqi, Turon aholisining ma’naviy dunyoqarashida muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Muhim sanalar
- VII–VIII asrlarda — VII–VIII asrlarda choy asosiy import mahsulotlaridan biriga aylangan.
- VIII–X asrlarda — Keyinchalik VIII–X asrlarda ko‘plab madrasalar qurildi.
Bilimingizni sinang
Nima uchun somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo‘jaligini rivojlantirishga katta e’tibor berdilar?
- Savdo-sotiqdan tushadigan boj daromadi davlat kirim-chiqimining katta qismini qoplagani uchun
- Qo‘shni davlatlarga don sotish orqali xazinaga katta daromad tushib turgani uchun
- Xirojdan tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplagani uchun
- Chorvachilikdan olinadigan soliq davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplagani uchun
To‘g‘ri javob: Xirojdan tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplagani uchun. Dehqonchilik solig‘i – xirojdan tushgan daromad davlat xarajatlarining katta qismini qoplagan.
Somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo‘jaligini rivojlantirishga nega katta e’tibor berdilar?
- Dehqonlar soliqdan ozod bo‘lib, davlat xazinasi hunarmandlar hisobiga to‘lgan
- Ekinlar sotilishidan olinadigan bojlar harbiy xarajatlarni to‘liq qoplagan
- Xirojdan tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining katta qismini qoplagan
- Xorazm va Xuroson hosili Xitoyga eksport qilinib, asosiy valyuta keltirgan
To‘g‘ri javob: Xirojdan tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining katta qismini qoplagan. Dehqonchilik solig‘i – xiroj xazinaga katta daromad bergani uchun davlat dehqonchilikni qo‘llab-quvvatlagan.
Somoniylar davrida Farg‘ona viloyatining poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
- Axsikent
- Marg‘ilon
- Andijon
- Namangan
To‘g‘ri javob: Axsikent. Farg‘ona viloyatining poytaxti shu davrlarda Axsikent bo‘lgan.
Axsikent shahrining kattaligi (aylanmasiga) necha farsang masofaga cho‘zilgan?
- 2 farsang
- 5 farsang
- 12 farsang
- 3 farsang
To‘g‘ri javob: 3 farsang. Shaharning kattaligi aylanmasiga 3 farsang masofaga cho‘zilgan.
Somoniylar davrida masofa o‘lchov birligi bo‘lgan farsax (farsang) taxminan necha kilometrga teng edi?
- 3 km
- 12 km
- 9 km
- 6 km
To‘g‘ri javob: 6 km. Farsax yoki farsang taxminan 6 km ga teng masofa o‘lchov birligi bo‘lgan.
Farsax (farsang) nima?
- Taxminan 6 kg ga teng og‘irlik o‘lchov birligi
- Taxminan 6 kmga teng masofa o‘lchov birligi
- Taxminan 60 kvadrat metrga teng yer o‘lchov birligi
- Taxminan 6 litrga teng hajm o‘lchov birligi
To‘g‘ri javob: Taxminan 6 kmga teng masofa o‘lchov birligi. Farsax yoki farsang taxminan 6 kmga teng masofa o‘lchov birligidir.
Somoniylar davrida qaysi shaharda yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilgan?
- Samarqandda
- Nishopurda
- Bag‘dodda
- Qashg‘arda
To‘g‘ri javob: Samarqandda. Samarqandda yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilar edi.
Somoniylar davri hunarmandchiligi haqidagi hukmlarni ko‘rib chiqing. I. Samarqandda yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilgan. II. Iloq kumush va qo‘rg‘oshin konlari hamda kumush tanga zarbxonasi bilan mashhur bo‘lgan. III. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlar Sirdaryo bo‘ylab Kaspiy dengizigacha mol tashigan. Qaysilari to‘g‘ri?
- faqat III
- II va III
- I, II va III
- I va II
To‘g‘ri javob: I va II. Samarqand qog‘ozi va Iloq konlari haqidagi hukmlar to‘g‘ri; qayiqlar esa Amudaryo bo‘ylab Orol dengizigacha qatnagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash