lar. G‘aznaviylar
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Ma’lumot uchun
Alptegin haykali
Mamlakatda vujudga kelgan og‘ir davrda Somoniylar davlatidagi turk hojiblaridan iborat saroy qo‘shinining siyosiy nufuzi nihoyatda kuchaydi. Chunki harbiy va mudofaa ishlari to‘la ular qo‘lida edi.
Turkiy sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy amirlari aksariyat iqtidorli lashkarboshilarni «hojib ul-hujob» yoki «hojib ul-buzruk» kabi oliy harbiy mansablarga tayinladi. Ularga hatto ayrim viloyatlarni boshqarish huquqi beriladi.
962–963-yillarda G‘azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan. U G‘azna va Kobul viloyatlarini mustaqil idora etishga intilib, G‘aznaviylar davlat boshqaruvini qo‘lga oldi. G‘azna shahri davlat poytaxti bo‘ldi. Sulola nomi saltanatning poytaxti G‘azna shahri nomidan olingan. G‘aznaviylarning siyosiy nufuzi Sabuktegin davrida (977–997) ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etilgan.
Bilasizmi?
G‘azna – Afg‘onistonning janubi-sharqiy qismidagi shahar. G‘azni daryosi bo‘yida, Kobul—Qandahor avtomobil yo‘lida joylashgan. G‘azni viloyatining ma’muriy markazi. Metallsozlikning qadimiy markazlaridan. Hunarmandchilikda gilam, palos, poyabzal, ip gazlama matolari va boshqalar tayyorlangan. Jun, mo‘yna bilan savdo qilingan.
Sabuktegin asli Sirdaryo bo‘ylarida yashagan barsxon turkiy qabilasiga mansub bo‘lib, yoshligida asir olinib, so‘ngra qul qilib sotilgan edi. Somoniylar turkiy qo‘shini boshlig‘i Alptegin uni o‘z qaramog‘iga olgan. Somoniylar davlatining turkiy askarlar qo‘shinida xizmat qilgan Sabuktegin G‘azna va uning atroflarini Somoniylar noibi sifatida boshqaradi. Bu vaqtga kelib Somoniylar sulolasi inqirozga yuz tutib, Sabuktegin rasman noib bo‘lsa-da, aslida o‘zini mustaqil hokimdek tuta boshlaydi.
Bilasizmi?
Shijoatkor sarkarda Sabuktegin dushmanlarga qarshi kurashda somoniylarga yordam berdi va «Nosiriddin ad-davla» (Davlat va din himoyachisi) degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Sabukteginning o‘g‘li bo‘lgan Mahmud G‘aznaviy davrida davlat hududi kengaydi. Mahmud G‘aznaviy Xurosonni butkul Somoniylar davlatidan ajratib oldi. Uning davrida G‘aznaviylar davlati Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Bag‘dod xalifasi Mahmud G‘aznaviyga «Yamin ud-davla va amin ul-milla» («Musulmon davlatining o‘ng qo‘li va millatning omonligi») degan faxriy unvon va Xuroson hokimligiga yorliq, bayroq va nog‘ora yuboradi. O‘z navbatida, Mahmud G‘aznaviy ham Abbosiylar xalifasini rasman tan olib, uni payg‘ambar avlodi sifatida qadrlaydi. Bu esa Mahmud G‘aznaviy davlatining to‘liq mustaqilligidan darak berar edi.
Ijodiy faoliyat
Mahmud G‘aznaviy masjidi va maqbarasi
Bilasizmi?
Xutba — juma namozida hukmdor nomini aytib, uning haqiga duo o‘qish, olqishlash.
Shaxruh
Turkiylar tarixida ko‘plab hukmdorlar borki, ular oriyat, g‘urur va oliy darajadagi hukmdor sha’nining timsoliga aylanishga harakat qilgan. G‘aznaviylar davlatining mashhur hukmdori Sulton Mahmud G‘aznaviy bilan bog‘liq quyidagi tarixiy voqea oliy sha’n hukmdor faoliyatiga misol bo‘ladi.
Valiahd Majdiddin Davloning hali voyaga yetmaganligi tufayli, Ray hududini o‘g‘li nomidan Sayida Xotun idora qilib turgan edi. Mahmud G‘aznaviy Sayida Xotunga elchi jo‘natib, juma namozida o‘zining nomini xutbaga qo‘shib o‘qitishni, Sulton Mahmud nomi bilan tanga pul chiqarilishini talab qiladi. Agar malika bu shartlarga ko‘nmaydigan bo‘lsa, G‘azna qo‘shini kuch bilan viloyatni egallashi, talon-taroj qilishi hamda malikaning o‘zini qatl etishini shart tarzida qo‘yadi.
Shaxruh
Sayida Xotun Mahmud G‘aznaviyning do‘qpo‘pisasidan qo‘rqmay, dadillik bilan elchilarga shunday javob beradi:
«Sulton Mahmudga shuni aytingki, mening erim Faxriddin Davlo tirikligida Sultonning Rayga hujum qilishi mumkinligidan har vaqt xavotirda turar edi. Erim vafotidan keyin men bu haqda xavotir olmay qo‘ydim. Chunki, mening nazarimda, Sulton Mahmud aql-farosatli hukmdor, u xotin kishi bilan jangga kirishni o‘ziga ep ko‘rmasa kerak. Shu narsa ma’lumki, sherning erkagigina emas, urg‘ochisi ham xavflidir. Agar u bizga hujum qilmoqqa qaror qilsa, u vaqtda Xudo biladi, men jangdan qochmayman. Ikkisidan biri bo‘ladi: yo g‘alaba men tomonda bo‘ladi, yoki men yengilaman. Agar g‘alaba menga nasib etsa, u vaqtda butun dunyoga elchilar jo‘natib,
992, 996, 999
1006-1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga bostirib kiradi. Mahmud G‘aznaviy Xurosondan qoraxoniylarni haydab chiqaradi.
1017-yilda Mahmud kuyovi xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munga uyushtirilgan suiqasddan so‘ng shu yilning bahorida Xorazmga yurish qiladi. Hazorasp yonidagi jangda Xorazm qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi. Xorazmdan ko‘plab boyliklar bilan birga, fan va madaniyat arboblari ham G‘aznaga ko‘chirib keltiriladi. Ular orasida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ham bor edi. Xorazmga esa sultonning sobiq bosh hojibi Oltuntosh noib etib tayinlanadi. Keyinchalik Mahmud G‘aznaviy qoraxoniylarga tegishli bo‘lgan Amudaryo bo‘ylariga yurish qilib, Chag‘oniyon, Qobodiyon, Xuttalon va boshqa chegaradosh viloyatlarni o‘z davlati tarkibiga kiritadi.
992, 996, 999
Mahmud G‘aznaviy Erondagi Ray va Jilob yerlarini ham o‘z mulkiga qo‘shib oladi. Mahmud G‘aznaviy o‘z davrining yetuk sarkardasi bo‘lib, murakkab va ziddiyatli vaziyat, qarama-qarshiliklarga boy bo‘lgan chog‘larda hukmdorlik qilgan. Mahmud G‘aznaviy 1030-yilda vafot etadi.
yuzlab hukmdorlarni qo‘l ostida saqlagan Sulton Mahmudni men yengdim, deb mag‘rurona jar solaman. Butun dunyo muarrixlari Sulton Mahmud xotin hukmdordan yengilganligi haqida tarix yozadilar, uning nomi tarix sahnasidan yo‘qoladi, unga bundan ortiq uyat bo‘lmaydi. Agar Sulton meni yengsa, unga shuhrat kelmaydi, chunki hech qaysi shoir yoki tarixchi Sulton Mahmud xotin hukmdorning mamlakatini bosib oldi, deb maqtamaydilar».
992, 996, 999
Sayida Xotunning dono va dadil fikrlarini tushungan Sulton Mahmud to bu ayol vafotigacha biror marotaba ham Rayga hujum qilmaydi. Sayida Xotun 29 yil davomida shahzoda bilan birga hukmronlik qildi. Shundan so‘nggina Sulton Mahmud Rayga qo‘shin tortib, 1029-yilda uni o‘z hukmronligiga o‘tkazdi.
Akbar Zamonov, «O‘rta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim noma’lum sahifalari»
Ijodiy faoliyat
Mahmud G‘aznaviy Hindiston va boshqa yurtlardan olib kelingan o‘ljalarni ko‘p hollarda obodonchilik hamda qurilish ishlariga sarflagan. Jumladan, u G‘aznada ilk davlat madrasasini ochib, unga noyob qo‘lyozmalarni to‘platgan. Bundan tashqari jome masjidi, ulkan suv to‘g‘oni va yana necha-necha inshootlar barpo ettiradi. G‘azna tez orada
Sharqning eng go‘zal va obod shaharlaridan biriga aylanadi. Aby Rayhon Beruniy G‘azna haqida gapirganda, bu shaharda hashamatli saroylar, madrasa va bozorlar ko‘pligini qayd etgan edi.
Ijodiy faoliyat
Sulton Balx va Nishopurda ham bir qator qurilish ishlarini amalga oshirgan. Shuningdek, sulton ilm-fan va madaniyat arboblariga ham homiylik qilgan. Mahmud G‘aznaviyning o‘zi turkiy, arab, fors tillarini mu- kammal bilgan, she’riyatdan xabardor bo‘lgan.
Uning saroyida Abulhasan Farruxiy, Abdulma- jid Sanoiy, Unsuriy, Manuchehriy, Utbiy, Gardiziy,
Tarixi Ma’sudiy - Bayhaqiy
Bayhaqiy va shu singari shoir, tarixchilar ham faoliyat ko‘rsatishgan. Beruniyning eng sara asarlari ham G‘aznada dunyoga kelgan. U sulton bilan ko‘pgina yurishlarda ishtirok etgan. Beruniy bilan sulton o‘rtasidagi munosabat iliq bo‘lgan. Olim Mahmud G‘aznaviy vafotidan
(1030) keyin ham G‘aznada to umrining oxirigacha, ya’ni 1048-yilga qadar yashab qolgan.
U G‘aznada rasadxona ochib, shogirdlariga dars bergan, unumli ijod qilgan.
Mahmud G‘aznaviy otasi Sabuktegin yozib qoldirgan: «Ma’naviy ulug‘vorlik bamisoli alanga va shamol, bularning harakat va parvoz xususiyati bor. Maishat esa qiya yerdagi qum uyumiga o‘xshash. Uning
Tarixi Ma’sudiy - Bayhaqiy
Buqaning boshi shaklidagi burunli idish, G‘aznaviylar sulolasi davri tubanlikka surilish xosiyati bor», — degan nasihatiga amal qilib, ilm-fan sohasiga katta e’tibor qaratgan.
Mahmud G‘aznaviy buyuk olim Abu Ali Ibn Sinoning ham o‘z saroyida xizmat qilishini xohlagan. O‘z vaqtida xorazmshoh Ma’mundan boshqa olimlar qatorida uni G‘aznaga yuborishini talab qilgan. Shu bois Gurganjga elchilarni ham jo‘natgan edi. Lekin, Masihiy va Ibn Sino Sulton Mahmud G‘aznaviy saroyida xizmat qilishni istamay, Xorazmdan chiqib ketishga qaror qilishadi. Mahmud G‘aznaviy Ibn Sinoni o‘z saroyiga jalb etishga ko‘p uringan, hatto uning siymosini qog‘ozga ko‘chirtirib, qanday qilib bo‘lmasin, uni topib keltirishga farmon bergan.
Mahmud G‘aznaviy va Firdavsiy
Sulton Mahmud G‘aznaviy Abul Qosim ismli fors shoiriga Firdavsiy taxallusini bergan. Sulton avval Firdavsiyga ijobiy munosabatda bo‘lgan. Lekin, shoir ijodi uchun munosib haq olmaganligini ro‘kach qilib, berilgan 60 000 kumush dirhamni aholiga tarqatish orqali hurmatsizlik ko‘rsatgach, sulton bundan qattiq g‘azablanadi va uni o‘limga hukm qiladi. Ammo keyinchalik ko‘ngli yumshab, hukmni bekor qiladi va shoirning shahardan chiqib ketishiga ruxsat beradi.
Firdavsiyning turkiy xalqlar borasidagi ba’zi salbiy qarashlari ham sultonga maqbul bo‘lmagan. Shoir Tusga yo‘l oladi. Firdavsiy saldan keyin sultonni hajv tig‘iga olgan baytlar yoza boshlaydi.
Mahmud G‘aznaviy va Firdavsiy
Bu esa Mahmud G‘aznaviy nomining keyinchalik ham Firdavsiy ijodida salbiy ohangda tilga olinishiga zamin hozirlaydi.
Firdavsiy. «Shohnoma» asariga ishlangan miniatyura
Ijodiy faoliyat
105-106- betlardagi matnni o‘qing va quyidagi savollarga javob bering. 1. Ma’naviy ulug‘vorlik, tubanlik kabi tushunchalar nimani anglatadi? 2. Siz ma’naviy ulug‘vorlikka erishish uchun nimalarga e’tibor berasiz? Javobingizni o‘z kun tartibingiz bilan asoslang. 3. Davlat mustaqil bo‘lishi uchun qanday asoslar kerak? 4. Oriyat, g‘urur va oliy darajadagi hukmdor sha’nining timsoli deganda nimani tushundingiz?
G‘aznaviylar davlatida boshqaruv tizimi o‘zining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. Boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Dargohga oliy hukmdor faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar va amallar kirgan. G‘aznaviylar davrida hojiblik xizmatining o‘rni alohida e’tiborga loyiq.
Ijodiy faoliyat
Hojiblikning quyidagi shakllari bo‘lgan: ulug‘ hojib, saroy hojibi, navbatchi hojib, hojib-jomador. Ulug‘ hojib nafaqat hojiblar orasida, balki butun mamlakat hayotida katta mavqega ega bo‘lgan. Mahmud G‘aznaviydan so‘ng bevosita hokimiyat ishlarini qo‘lga olgan ulug‘ hojib Ali Qarib ismli shaxs bo‘lgan. Rasmiy marosimlar, turli tadbirlarda ulug‘ hojib hukmdorga eng yaqin joyda turgan. Janglarda ham unga qo‘shinning eng salmoqli va mas’uliyatli qismiga boshchilik qilish vazifasi yuklatilgan. Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukmdorning hujjatlarini yurituvchi), pardador (mahram; xufiya ishlarni bajaruvchi), martabador (saroydagi o‘rta amaldor), xazinachi, joma xona va farrosh kabi mansab va xizmatlarning o‘rni katta bo‘lgan.
Ijodiy faoliyat
Devonlar ijroiya idoralari bo‘lib, o‘sha davr manbalarida 5 ta devon nomi uchraydi. Ular vazir devoni (bosh vazir devoni), harbiy ishlar devoni, elchilik va boshqa rasmiy tadbirlarni yuritish devoni, moliya devoni, xat-xabar devoni. Viloyat boshlig‘i voliy deyilgan. Uni oliy hukmdor tayinlagan. Viloyatlardagi boshqaruv ishlarini amid olib borgan. Shahar boshlig‘i rais deb atalgan. Shahar miqyosida kutvol, sohibi devon kabi amaldorlar ham faoliyat ko‘rsatganlar.
G‘aznaviylar davlati qudratli harbiy qo‘shinga ega edi. Oliy qo‘mondonlik hukmdorning ixtiyorida bo‘lgan. Bosh qo‘mondon – sipohsolor esa sulolaning eng ishonchli vakili yoxud shu xonadon a’zosi hisoblangan. Masalan, Mahmud G‘aznaviy sipohsolor mansabiga ukasi Muhammad Yusufni loyiq topgan. Yuqori darajadagi harbiy lashkarboshilar salor, o‘rta darajadagilari sarhang deyilgan. Harbiylar o‘z xat-xabar va qozilik xizmatlariga ega bo‘lgan. G‘aznaviylar qo‘shinida harbiy kemalar ham mavjud edi.
Ijodiy faoliyat
G‘aznaviylar davrida ichki va tashqi savdo-sotiq aloqalari ancha rivoj topdi. Shaharlarda hunarmandchilik sohalari, qurilish, binokorlik, ganchkorlik va boshqalar taraqqiy etdi.
G‘aznaviylar qo‘shinining otliq askari
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
893-yili
X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshlaydi. Somoniylarga tobe bo‘lgan viloyatlar, ayniqsa, Xurosonda ular hokimiyatiga qarshi ko‘tarilgan isyonlar, toj-u taxt uchun uzluksiz olib borilgan kurashlar Somoniylar davlati inqirozini yaqinlashtirgan edi. Bunday vaziyatdan Yettisuv va Qoshg‘arda yashovchi turkiy qabilalar unumli foydalandilar. Chunki, X asrning ikkinchi yarmiga kelib bu hududlardagi qarluq, chig‘il, yag‘mo kabi turkiy qabilalar o‘zlarining kuchli davlatlarini tuzishga muvaffaq bo‘lgan edilar. Shu davrda Isfijob (Sayram) hokimi Bilgakul o‘zini xoqon deb atab, oliy hukmronlikka da’vo bilan chiqdi. Lekin Somoniylar
893-yili
Isfijobni zabt etishdi. Ismoil Somoniy Tarozni egallaganidan so‘ng turkiy qabilalar G‘arbiy Qoshg‘ar yerlari tomonga chekinishga majbur bo‘lishdi. Bilgakulning «qora» degan
Muhim sanalar
- 962–963-yillarda — 962–963-yillarda G‘azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan.
- 1006-1008-yillarda — 1006-1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga bostirib kiradi.
- 1017-yilda — 1017-yilda Mahmud kuyovi xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munga uyushtirilgan suiqasddan so‘ng shu yilning bahorida Xorazmga yurish qiladi.
- 1029-yilda — Shundan so‘nggina Sulton Mahmud Rayga qo‘shin tortib, 1029-yilda uni o‘z hukmronligiga o‘tkazdi.
- 1030-yilda — Mahmud G‘aznaviy 1030-yilda vafot etadi.
- 1048-yilga — (1030) keyin ham G‘aznada to umrining oxirigacha, ya’ni 1048-yilga qadar yashab qolgan.
- X asrning — X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshlaydi.
- X asrning — Chunki, X asrning ikkinchi yarmiga kelib bu hududlardagi qarluq, chig‘il, yag‘mo kabi turkiy qabilalar o‘zlarining kuchli davlatlarini tuzishga muvaffaq bo‘lgan edilar.
Bilimingizni sinang
G‘azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida qaysi yillarda boshqargan?
- 982–983-yillarda
- 962–963-yillarda
- 972–973-yillarda
- 952–953-yillarda
To‘g‘ri javob: 962–963-yillarda. 962–963-yillarda G‘azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan.
962–963-yillarda G‘azna viloyatini kim noib va lashkar amiri sifatida boshqargan?
- Alptegin
- Sabuktegin
- Mahmud G‘aznaviy
- Bilgakul
To‘g‘ri javob: Alptegin. G‘azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan.
G‘aznaviylar sulolasi o‘z nomini nimadan olgan?
- Hukmdor Mahmudning shaxsiy laqabidan
- Saltanat poytaxti G‘azna shahri nomidan
- Qabilaning G‘azna urug‘i nomidan
- Sulola tashkil topgan Marv shahri nomidan
To‘g‘ri javob: Saltanat poytaxti G‘azna shahri nomidan. Sulola nomi poytaxt G‘azna shahri nomidan olingan.
G‘aznaviylarning siyosiy nufuzi qaysi hukmdor davrida (977–997) ortgan?
- Alptegin
- Mahmud G‘aznaviy
- Sabuktegin
- Muhammad Yusuf
To‘g‘ri javob: Sabuktegin. G‘aznaviylar nufuzi Sabuktegin davrida ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etilgan.
Somoniylar saroyidagi turk hojiblarining siyosiy nufuzi nima uchun nihoyatda kuchaygan?
- Xazina va soliq ishlari to‘la ularning qo‘lida bo‘lgan
- Ular amirlar sulolasi bilan qon-qarindoshlik rishtasida bo‘lgan
- Diniy va sud ishlari to‘la ularning qo‘lida bo‘lgan
- Harbiy va mudofaa ishlari to‘la ularning qo‘lida bo‘lgan
To‘g‘ri javob: Harbiy va mudofaa ishlari to‘la ularning qo‘lida bo‘lgan. Harbiy va mudofaa ishlari to‘la turk hojiblari qo‘lida edi.
Somoniylar davlatida turk hojiblaridan iborat saroy qo‘shinining siyosiy nufuzi nima sababdan nihoyatda kuchaygan?
- Ular hukmdor sulola a’zolari bilan qarindosh bo‘lgani va saroyda yashagani uchun
- Davlatdagi harbiy va mudofaa ishlari to‘la ularning qo‘lida bo‘lgani uchun
- Davlat xazinasi to‘liq ularga topshirilgani va soliqlar ularga to‘langani uchun
- Ular xalifalik tomonidan alohida unvon bilan taqdirlangani uchun
To‘g‘ri javob: Davlatdagi harbiy va mudofaa ishlari to‘la ularning qo‘lida bo‘lgani uchun. Matnda og‘ir davrda harbiy va mudofaa ishlari to‘la turk hojiblari qo‘lida bo‘lgani nufuz kuchayishiga sabab deb ko‘rsatilgan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Mahmud G‘aznaviyning Rayni o‘z hukmronligiga o‘tkazishi; 2) Alpteginning G‘azna viloyatini noib va lashkar amiri sifatida boshqarishi; 3) Mahmudning Xorazmga yurishi; 4) Sabuktegin davrida G‘aznaviylar nufuzining ortishi.
- 2–3–4–1
- 4–2–3–1
- 2–4–3–1
- 2–4–1–3
To‘g‘ri javob: 2–4–3–1. Alptegin 962–963-yillarda, Sabuktegin 977–997-yillarda, Mahmud Xorazmga 1017-yilda yurish qilgan, Rayni esa 1029-yilda egallagan.
Afg‘onistonning janubi-sharqiy qismida, G‘azni daryosi bo‘yida joylashgan, metallsozlikning qadimiy markazi bo‘lgan shahar qaysi?
- Hirot
- G‘azna
- Qandahor
- Kobul
To‘g‘ri javob: G‘azna. G‘azna – Afg‘onistonning janubi-sharqiy qismidagi shahar, G‘azni daryosi bo‘yida, metallsozlikning qadimiy markazi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash