XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · O‘zbekiston tarixi · 30-31-mavzu

lar. Qoraxoniylar

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Somoniylarning inqirozi tufayli qaysi hududlar qoraxoniylar tasarrufiga o‘tgan edi? 2. G‘aznaviylar va qoraxoniylar o‘rtasidagi munosabatlar qanday bo‘lgan? 3. Qanday sabablarga ko‘ra bir davrda ikkita sulola davlat boshqruviga keldi?

893-yili

X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshlaydi. Somoniylarga tobe bo‘lgan viloyatlar, ayniqsa, Xurosonda ular hokimiyatiga qarshi ko‘tarilgan isyonlar, toj-u taxt uchun uzluksiz olib borilgan kurashlar Somoniylar davlati inqirozini yaqinlashtirgan edi. Bunday vaziyatdan Yettisuv va Qoshg‘arda yashovchi turkiy qabilalar unumli foydalandilar. Chunki, X asrning ikkinchi yarmiga kelib bu hududlardagi qarluq, chig‘il, yag‘mo kabi turkiy qabilalar o‘zlarining kuchli davlatlarini tuzishga muvaffaq bo‘lgan edilar. Shu davrda Isfijob (Sayram) hokimi Bilgakul o‘zini xoqon deb atab, oliy hukmronlikka da’vo bilan chiqdi. Lekin Somoniylar

893-yili

Isfijobni zabt etishdi. Ismoil Somoniy Tarozni egallaganidan so‘ng turkiy qabilalar G‘arbiy Qoshg‘ar yerlari tomonga chekinishga majbur bo‘lishdi. Bilgakulning «qora» degan laqabi bo‘lgan. Tarixchilar qoraxoniylarning nomi Bilgakulga nisbatan «qoraxon» deyilsa kerak, deb taxmin qiladilar. Bilgakulning avlodlari tomonidan bir necha marotaba Movarounnahrga hujumlar bo‘lib turadi.

Qoraxoniylarning Movarounnahrga to‘liq hukmronligi X asrning 40-yillarida qaror topdi. Sotuq Bug‘roxon hukmronligi davrida Qoraxoniylar sulolasi islomni qabul qilgan.

Butun Tyan-Shan va Yettisuvni egallab bo‘lgandan so‘ng, qoraxoniylar Somoniylar davlati tarkibida bo‘lgan Movarounnahrga ham harbiy yurishlar uyushtiradilar. Ular tez orada Farg‘ona va Isfijobni bosib olishga erishadilar. Ular somoniylarga tegishli bo‘lgan mulklarning kattagina qismini, xususan, Samarqand va Buxoroni ham egallaydi.

Mulohaza uchun

X asr oxirida Somoniylar davlati o‘rniga ikkita yangi davlat: Qoshg‘ardan Amudaryogacha – Qoraxoniylar, Shimoliy Hindistondan Kasbiy dengizi janubigacha – G‘aznaviylar davlati vujudga keladi.

999-yili Nasr Eloqxon

X asr oxirida Somoniylar davlati ikkita yangi davlatga ajraldi

Qoraxoniylar davlati

G‘aznaviylar davlati

Bilasizmi?

Qoraxoniy Ibrohim Nasr 1066-yili Samarqanddagi bir shifoxona ixtiyoriga butun imoratlari, rastalari bilan ikki karvonsaroyni in’om-hadya (vaqf) etgan. Ana shu ikki karvonsaroydan keladigan daromaddan kasallarning oziq-ovqati, dori-darmoni, tabiblar, barcha turdagi xizmat ko‘rsatuvchilarni tegishli maosh bilan ta’minlash yo‘lida foydalanilgan. Boshqa bir hujjatga ko‘ra, Samarqandda bunyod etilgan madrasa majmuyini ta’minlash uchun Ibrohim Nasr uch mehmonxona, bir karvonsaroy, bir erkaklar hammomi, suv ayirgich, uzumzor, bir qancha ekin yerlari va boshqalardan keladigan daromadni vaqf qilib bergan.

Gastings

X asr ikkinchi yarmi davomidagi sa’y-harakatlar natijasida qoraxoniylar sharqiy yo‘nalishda Balxash ko‘li — Cherchen daryosigacha (Sharqiy Turkiston) bo‘lgan yerlarni bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘lishdi. G‘arbiy yo‘nalishda esa Isfijob, O‘zgand, Murg‘ob daryosi quyi oqimlarigacha bo‘lgan hududlarni ular o‘z ta’sir doiralariga kiritib oladilar. 1005-yildan qoraxoniylar Buxoro, Samarqand va Amudaryogacha bo‘lgan hududlarni o‘z tasarruflariga kiritadilar.

Qoraxoniylarning Turondagi hukmronligi

200 yilga yaqin davom etadi.

Qoraxoniylar davlati shartli ravishda Sharqiy va G‘arbiy qismlarga ham bo‘lingan.

Qoraxoniylar sulolasi qarorgohi xarobalari, XI-XII asr, Samarqand

Gastings

Yettisuv viloyatida yuksalishni boshlagan qoraxoniylar janub, g‘arb yo‘nalishlarida o‘z hukmronlik doiralarini kengaytirib borganlar va buning natijasida Cherchen daryosidan Xorazmgacha bo‘lgan hududni boshqarganlar. Siyosiy markaz sifatida esa o‘z tarixiy makonlaridagi katta shaharlardan bo‘lmish Bolosog‘un va nisbatan undan uzoqda bo‘lmagan Qoshg‘arni tanlaganlar. Demak, asosiy siyosiy markaz shu hududda mujassamlashgan. Buxoro, Samarqand, Chag‘oniyon, Farg‘ona va boshqalar tabiiy ravishda yangi siyosiy markazga nisbatan viloyat

(mulk) o‘rnida bo‘lgan.

Qoraxoniylar do‘stona munosabatlar o‘rnatish tarafdori ekanligini bildirib, qo‘shnisi g‘aznaviylar bilan elchilik aloqalarini o‘rnatadi. Ammo, bunday munosabatlar uzoqqa cho‘zilmadi.

Gastings

Qoraxoniylar g‘aznaviylar tasarrufidagi hududlarga bir necha marotaba bosqinchilik hujumlarini uyushtiradilar. Lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.

1008-yilda Mahmud G‘aznaviyning o‘zi 500 ta jangga o‘rgatilgan fillarga ega bo‘lgan katta qo‘shin bilan qoraxoniylarga qarshi chiqadi va ularning qo‘shinini butunlay yakson qiladi. Shundan keyin qoraxoniylar Xurosonga harbiy yurish uyushtirishga boshqa jur’at etmaydi. Termiz, Qabodiyon, Xuttalon kabi Amudaryodan shimoldagi yerlar g‘aznaviylar tasarrufida qoladi.

Xuttalon, Vaxsh va Chag’aniyon - 1038-yili Ibrohim Bo’ritegin

Davlatni odatda «qoraxon» unvoni bilan ulug‘langan «buyuk xon» boshqargan. Xonlik taxtiga og‘a-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulug‘ kishisi o‘tirgan. Xonlar «qoraxon» unvoni bilan birga, tavg‘achxon, arslonxon, bug‘roxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulug‘langan.

Shayboniylar (XVI 40-yillarigacha)

Qoraxoniylar somoniylarning o‘rnini olishlari bilan markazlashgan davlat tizimiga zarba berildi, boshqaruvda mulkchilik (ya’ni, qo‘l ostidagi viloyatlarni sulola namoyandalariga bo‘lib berish) shakli joriy qilindi.

Markazdagi boshqaruv tizimi ikki idora: dargoh va devonlardan iborat bo‘lgan. Oliy hukmdor o‘ziga tobe bo‘lgan viloyat va shaharlarga hukmdor sulola namoyandalarini tayinlab, bu bilan, tabiiy ravishda, butun mamlakat uzra o‘z siyosatini yurgizishni maqsad qilib qo‘ygan. Viloyat (mulk)larni takinlar boshqargan. Ular mustaqil siyosat yuritishga ham intilgan.

«Takin» (tegin) atamasi dastlab qadim turkiylarda xoqon vorisi, valiahdiga nisbatan qo‘llanilib, keyinchalik harbiy lashkarboshilar unvoni sifatida ham ishlatilgan.

Ijodiy faoliyat

Savollar: Qoraxoniylar hamda G‘aznaviylar davlatlaridagi boshqaruv tizimining o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat edi?

XI asrning uchinchi choragida qoraxoniylar siyosiy birligi ikkiga: g‘arbiy (Samarqand, Buxoro, Xuttalon, Chag‘oniyon) va sharqiy (Yettisuv, Sharqiy Turkiston) xoqonliklarga bo‘linib ketadi. Qoraxoniylarning Movarounnahrga hukmronlik qilgan vakillari markazga bo‘ysunishdan bosh tortib, mustaqil siyosat yurgiza boshlaganlar.

G‘arbiy xoqonlikda somoniylar davrida mavjud bo‘lgan boshqaruv tizimi (bosh vazir, moliya ishlari, davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish, soqchilar boshlig‘i, xat-xabarlar, saroy ish boshqaruvchisi, muhtasib, vaqflar, qozilik ishlari devonlari) saqlanib qolgan. Shuningdek, viloyat boshliqlarini hokim, shahar boshlig‘ini rais, deb atash odati ham o‘zgarmay qolgan.

Ijodiy faoliyat

Qoraxoniyar davrida ham markazdagi (dargohdagi) boshqaruv tizimiga katta e’tibor berilgan. Bunda dargoh, ya’ni oliy hukmdor bilan viloyatlar, fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirib turuvchi hojiblar faoliyati alohida o‘rin tutgan. Somoniylardan farqli ravishda qoraxoniylar davrida hojiblar, asosan, oliy hukmdor, viloyat hokimlarining davlat va raiyat ishlari bo‘yicha eng yaqin maslahatchilari hisoblanganlar.

Qoraxoniylar davlati

Navoiy shahri yaqinidagi Raboti Malik karvonsaroyi.

Qoraxoniylar davri

Bilasizmi?

Yusuf Xos Hojib va Mahmud Qoshg‘ariyga qoraxoniylar tomonidan «xos hojib» unvoni berilgan.

Qoraxoniylar maqbarasi

Samarqand Yettisuv Buxoro Sharqiy Turkiston Xuttalon Chag‘oniyon Choch-Iloq

Tashqi siyosat bilan shug‘ullanuvchi mansabdorlarga, xususan, elchilar oldiga juda katta talablar qo‘yilgan, ya’ni ular bilimli, o‘quvli, yetuk, sheryurak, ko‘zi to‘q, uyat-andishali bo‘lishlari kerak bo‘lgan. Talablar ichida shundaylari ham bor: astronomiya, matematika, geodeziya ilmlarini mukammal bilish, shaxmat va nardni raqiblaridan ustun darajada o‘ynash, harbiy san’atda benazir bo‘lish va hech qachon may ichmaslik, so‘z, iboralarning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarini puxta bilish.

Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig»

Dargoh faoliyatini tegishli darajada tutib turishda saroy ishlari boshqaruv chisi, mehmonlarni qabul qilish xizmati (uning boshlig‘i

Samarqand Yettisuv Buxoro Sharqiy Turkiston Xuttalon Chag‘oniyon Choch-Iloq

«Biruk» deb atalgan), xazinachi (ag‘ichi), oshxona mutasaddisi (oshchi), sharbatdor, yotoq, kiyim-kechak bilan ta’minlovchi, ov uyushtirish (qushchi) kabi ma’muriy xizmatlar faoliyat ko‘rsatgan. Oliy hukmdorning xavfsizligini ta’minlash, uning siyosati yo‘lida sodiqona xizmat qilish vazifasi bo‘lgan maxsus saralangan harbiy qism ham dargoh boshqaruv tizimiga kirgan. Albatta, maxsus qismdan tashqari, harbiy qo‘shin ham mavjud edi. Undagi eng muhim lashkarboshilik va boshqaruv mansablariga qoraxoniylar sulolasi vakillari hamda sodiq lashkarboshilar tayinlangan. Yirik lashkarboshilardan tashqari kichik zobitlar (chovush), otliqlar sardori

Samarqand Yettisuv Buxoro Sharqiy Turkiston Xuttalon Chag‘oniyon Choch-Iloq

(haylboshi), yuzboshi, mingboshi kabi harbiy mansablar ham mavjud bo‘lgan.

Ijodiy faoliyat

Savollar: Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig» asaridan olingan matnni diqqat bilan o‘qing va quyidagi savollarga javob bering: 1. Nima uchun elchilar «bilimli, o‘quvli, yetuk, sheryurak, ko‘zi to‘q, uyat-andishali» bo‘lishlari haqida talab qo‘yilmoqda? 2. «Astronomiya, matematika, geodeziya ilmlarini mukammal bilish, shaxmat va nardni raqiblaridan ustun darajada o‘ynash, harbiy san’atda benazir bo‘lish va hech qachon may ichmaslik, so‘z, iboralarning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarini puxta bilish» elchilarga nima uchun kerak? 3. Bu talablarning bugungi kundagi dolzarbligi qanday? Siz yana qanday talablarni kiritgan bo‘lardingiz va nima uchun? Fikringizni misollar bilan asoslang.

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Yer osti, yer usti quvurlarini o‘tkazish, kanallar, suv omborlarini qurish uchun qanday mutaxassislar kerak bo‘lgan deb o‘ylaysiz? 2. Mis, kumush, qo‘rg‘oshin, oltin, simob, temir, feruza, navshadil, neft, marmar, qatronlarning qazib olinishi natijasida qaysi sohalar rivojlangan? 3. Birinchi va ikkinchi savolga bergan javoblaringizni umumlashtirib o‘ylab ko‘ring-chi, bu soha mutaxassislari qayerda tayyorlangan?

Qoraxoniylar davrida ham dehqonchilik ishlari o‘z maromida kechgan. Bunga, albatta, sun’iy sug‘orish tizimlarining talab darajasida ishlab turishi, lozim bo‘lganda ularni ta’mirlash ishlarining amalga oshirilishi, yer osti, yer usti quvurlarining o‘tkazilishi orqali erishilgan. Ayniqsa, kanallar, suv omborlari, to‘siqlarning bunyod etilishi o‘lkada, xususan, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida an’anaviy dehqonchilik yuqori darajada rivojlanishiga olib kelgan.

Ijodiy faoliyat

Ohangaron atrofidagi (Qoramozor) mis, kumush, qo‘rg‘oshin, temir konlari, Farg‘onadagi oltin, simob, kumush, temir, mis, feruza, navshadil, neft, kuporos, qatron, Nurota tog‘laridagi oltin, mis, qo‘rg‘oshin, simob, marmar, Buxoro va Ustrushonadagi oltin, neft, feruza, temir konlarida ko‘plab odamlar mehnat qilgan.

Mulohaza uchun

Temirchilik, kulolchilik, shishasozlik, zargarlik, to‘qimachilik, ko‘nchilik, suyaktaroshlik kabi o‘ttizdan ortiq sohalar rivojlanib borgan. Masalan, shishasozlikda shishadan ishlangan buyumlar (oshxona buyumlari, jihozlari, bezakli taqinchoqlar, siyohdon, tuvak va boshqalar) ga turli rangda jilo berish urf bo‘lgan. Bundan tashqari, imoratlarni bezash, jihozlashda shishasozlikning imkoniyatlaridan keng foydalanilgan.

Imoratlarga o‘rnatilgan deraza oynalari ham rangsiz, ham rangli bo‘lishi mumkin edi. Panjaralar oralig‘iga turli rangdagi shishalardan o‘rnatib, imorat ko‘rkini ochishga harakat qilingan.

Misr va Qoraxoniylar davlatida 30 dan ortiq hunarmandchilik sohasi rivojlangan

Buxoro, Samarqandda paxtadan to‘qilgan turli xildagi gazlamalar mintaqada hamda xorijiy o‘lkalarda mashhur bo‘lgan. Ko‘nchilik mahsulotlaridan esa olmaxon, sobol va boshqa hayvonlar terisidan po‘stin (ichuq), charmdan ishlangan oyoq kiyimlari (izlik), tuya yo qo‘y yungidan to‘qilgan issiq kiyim (qars), guldor gilam, namatlar va boshqalar bo‘lgan.

Mulohaza uchun

Sharqiy Turkistondan Xorazmgacha bo‘lgan katta hududning siyosiy jihatdan birlashishi savdo-sotiq ishlarida mintaqaning sharqiy viloyatlari imkoniyatlarining rivojlanishiga sharoit yaratib berdi. Chunonchi, biz bugun «ipak yo‘li» deb biladigan savdo yo‘li to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sharqiy Turkistonni arab o‘lkalari bilan tutashtirib turgan. O‘z davrida shimoliy va janubiy yo‘nalishlarga ega bo‘lgan bu yo‘lning bir uchi Xitoydan boshlanib Sharqiy Turkiston, Farg‘ona, Toshkent, Zarafshon vodiysi, Buxoro orqali shimolda Volgadan o‘tib Sharqiy Yevropagacha, janubda esa O‘rta Sharq orqali O‘rta dengizgacha borgan. Yo‘l uzra joylashgan shahar va qishloqlardagi ko‘rkam va orasta bozorlar va karvonsaroylar savdogarlarga xizmat ko‘rsatardi, shu bilan birga bundan foyda ko‘radigan boshqa xizmatlar ham keng rivojlangan. Muntazam ravishda turli yerlarda savdo ko‘rgazmalari uyushtirilib turilgan.

Mulohaza uchun

Buxoroda Minorai kalon, qator masjidlar, Surxondaryoda Jarqo‘rg‘on minorasi, Vobkentda masjid va minora, O‘zgandda maqbaralar, minora, masjidlar, Samarqandda madrasalar bunyod etilgan.

Ravoti Malik - Navoiy

Qoraxoniylar sulolasi o‘z faoliyati davomida mintaqaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan.

Jarqo‘rg‘on minorasi

Minorai kalon

Mahmud Qoshg‘ariyning ajoyib va bebaho merosi «Devonu lug‘otit-turk» asari ham aynan shu davrda (XI asr) yozilgan. Asar qoraxoniylar davri tili morfologiyasi, fonetikasi, leksikasi, etimologiyasini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Mahmud Qoshg‘ariy asarining qimmatli tomonlaridan yana biri — unda muallif chizgan dunyo xaritasining mavjudligidir. Xarita doira shaklida va uning har tarafdan suv bilan o‘ralganidan dalolat beruvchi belgilar mavjud. Xaritada markazda Yettisuv, Sharqiy Turkiston hududi, uning to‘rt yo‘nalishida turli shaharlar, mamlakatlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, tog‘lar joylashuvi berilgan.

1072-yil. Bag’dod

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari haqida Bu kitobni tartib beruvchi Bolasog‘unda tug‘ilgan, sabr-qanoatli kishidir. Ammo bu kitobni Qoshg‘arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg‘achxon dargohiga keltiribdir. Malik uni yorlaqab, ulug‘lab, o‘z saroyida Xos Hojiblik lavozimini beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulug‘ Xos Hojib deb mashhur nomi tarqalibdi.

O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz

1. Quyidagi taqdimotlardan birini tayyorlang: — «Qoraxoniylar davrida me’morchilik»; — «Mahmud Qoshg‘ariyning ijodida davrga oid ma’lumotlarning berilishi»; — «Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari — jahondagi turkiy xalqlarning nodir durdonasi». 2. Qoraxoniylar davlatining tariximizda tutgan o‘rnini tahlil qiling hamda G‘aznaviylar, Somoniylar, Safforiylar, Tohiriylar va boshqa davlatlar bilan taqqoslang.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Somoniylar inqirozi davrida Isfijob (Sayram) hokimi bo‘lib, o‘zini xoqon deb atagan va oliy hukmronlikka da’vo qilgan shaxs kim edi?
  1. Bilgakul
  2. Sotuq Bug‘roxon
  3. Ibrohim Nasr
  4. Mahmud G‘aznaviy

To‘g‘ri javob: Bilgakul. Isfijob hokimi Bilgakul o‘zini xoqon deb e’lon qilib, hokimiyatga da’vo qilgan.

X asrning ikkinchi yarmida Yettisuv va Qoshg‘ardagi turkiy qabilalarning kuchayishiga qaysi vaziyat qulay sharoit yaratdi?
  1. Somoniylar davlatining ichki ziddiyatlar, isyonlar va taxt uchun kurashlar tufayli kuchsizlanishi
  2. G‘aznaviylar davlatining Movarounnahrni egallashi va u yerda yangi tartiblar o‘rnatilishi
  3. Xorazmshohlarning Sharqiy Turkistonga yurishi va u yerdagi qabilalarni bo‘ysundirishi
  4. Somoniylarning Yettisuvdagi qabilalarga soliqni bekor qilishi va ularni ittifoqchi qilishi

To‘g‘ri javob: Somoniylar davlatining ichki ziddiyatlar, isyonlar va taxt uchun kurashlar tufayli kuchsizlanishi. Somoniylar davlati ichki ziddiyatlar, isyonlar va taxt kurashlari tufayli kuchsizlanib, bu vaziyatdan turkiy qabilalar unumli foydalandi.

Isfijob hokimi Bilgakulning qanday laqabi bo‘lgan?
  1. qora
  2. arslon
  3. tavg‘ach
  4. bug‘ro

To‘g‘ri javob: qora. Bilgakulning «qora» degan laqabi bo‘lgan, qoraxoniylar nomi shundan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.

Qoraxoniylarning Movarounnahrga to‘liq hukmronligi X asrning qaysi yillarida qaror topgan?
  1. 60-yillarida
  2. 40-yillarida
  3. 80-yillarida
  4. 20-yillarida

To‘g‘ri javob: 40-yillarida. Matnga muvofiq, Movarounnahrga to‘liq hukmronlik X asrning 40-yillarida qaror topgan.

Tarixchilar fikricha, «qoraxoniylar» nomi qaysi laqabdan kelib chiqqan?
  1. «Oq» laqabidan
  2. Bilgakulning «qora» laqabidan
  3. «Qoraxon» unvoni berilgan Tavg‘achxon laqabidan
  4. Ibrohim Nasrning «qora» laqabidan

To‘g‘ri javob: Bilgakulning «qora» laqabidan. Bilgakulning «qora» degan laqabi bo‘lgan va sulola nomi shundan olingan, deb taxmin qilinadi.

Qaysi hukmdor davrida Qoraxoniylar sulolasi islom dinini qabul qilgan?
  1. Bilgakul
  2. Ibrohim Bo‘ritegin
  3. Sotuq Bug‘roxon
  4. Nasr Eloqxon

To‘g‘ri javob: Sotuq Bug‘roxon. Sotuq Bug‘roxon hukmronligi davrida sulola islomni qabul qilgan.

Qoraxoniylarning Movarounnahrga to‘liq hukmronligi qachon qaror topdi?
  1. X asrning 10-yillarida
  2. X asrning 20-yillarida
  3. XI asrning 40-yillarida
  4. X asrning 40-yillarida

To‘g‘ri javob: X asrning 40-yillarida. Movarounnahrda to‘liq hukmronlik X asrning 40-yillarida qaror topgan.

Tarixchilarning taxminicha, qoraxoniylar sulolasining nomi qanday kelib chiqqan?
  1. Sotuq Bug‘roxonning islomni qabul qilgan xon sifatidagi «qora» unvonidan
  2. Isfijob hokimi Bilgakulning «qora» laqabiga nisbatan «qoraxon» deyilishidan
  3. Yettisuvdagi Qora daryo bo‘yida yashagan qabilalar nomidan
  4. Qoshg‘arda qora bayroqlar ostida jang qilgan qo‘shin nomidan

To‘g‘ri javob: Isfijob hokimi Bilgakulning «qora» laqabiga nisbatan «qoraxon» deyilishidan. Isfijob hokimi Bilgakulning «qora» degan laqabi bo‘lgan; sulola nomi unga nisbatan «qoraxon» deyilgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qilinadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← Oldingilar. G‘aznaviylarKeyingi →lar. Saljuqiylar