XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · O‘zbekiston tarixi · 32-33-mavzu

lar. Saljuqiylar

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Somoniylar o‘rnida tashkil topgan G‘aznaviylar va Qoraxoniylar davlatlari tasarrufiga qaysi hududlar kirgan edi? 2. Turk xoqonligi yemirilganidan so‘ng o‘g‘uzlar qaysi yerlarni o‘zlariga makon tutgan edilar? 3. O‘g‘uzlar yashagan hududlarni xaritadan ko‘rsating.

Mulohaza uchun

Saljuqiylar turkiy o‘guz qavmi tarkibida dastlab hozirgi Janubiy Qozog‘iston hududiga to‘g‘ri keladigan yaylovlarda, Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlarda ko‘chmanchi hayot kechirganlar. X asrda Saljuq ismli shaxs o‘zining fazilatlari, bilimdonligi, abjirligi va mardligi tufayli obro‘-e’tibor qozonib, bir qancha qabilalar sardori, katta harbiy kuch boshlig‘i darajasiga erishadi.

OROL DENGIZI

Samarqand

KASPIY DENGIZI

Buxoro

QORA DENGIZ

Marv Niso

VIZANTIYA SALTANATI

Konstantinopol

G‘AZNAVIYLAR

G‘azna Xu ro s o n

O‘RTA DENGIZ

Isfahon Bag‘dod

MISR

Saljuqiylar bosib olgan hudud

QIZIL DENGIZ

Madina

ARAZIYA

Buyuk Saljuqiylar saltanati Vizantiya saltanati

Mahmud G‘aznaviyning roziligi va bir necha shartlar bilan saljuqiy oilalari Xurosonga qadam bosadilar. Keyinchalik, 1040-yilda saljuqiylar va g‘aznaviylar o‘rtasida Dandanaqonda to‘qnashuv bo‘ladi. Bu to‘qnashuvda g‘aznaviylar mag‘lubiyatga uchraydilar.

XI asrning 40-yillarida saljuqiylar Xorazm, Eron, Kavkazortiga harbiy yurishlar uyushtiradilar va bu hududlarni o‘z ta’sir doiralariga o‘tkazadilar. Ular xalifalik poytaxti Bag‘dodni egallaydilar. Saljuqiy hukmdor Sulton Alp Arslon Kichik Osiyoda Vizantiya podshosi Roman IV Diogenni yengadi. Bu o‘z o‘rnida saljuqiylarning Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam o‘rnashib olishlari uchun katta zamin yaratadi.

1071 Mansikert

Saljuqiy Sulton Malikshoh zamonida Samarqand, Buxoro, Farg‘ona saljuqiylar qo‘l ostida birlashadi. Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham saljuqiylar ustunligini tan oladi. Sulton Malikshoh hukmronligi davrida Saljuqiylar saltanati Sharqiy Turkistondan O‘rta dengizgacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga olgan. Saljuqiylar davlatining eng yuksalgan davrida Bag‘dod xalifasi Sulton Tug‘rulbekga «Malik al-Mashriq», ya’ni «Sharq hukmdori» hamda «Rukn ad-din» — «din suyanchig‘i» degan nom bergan. Bu uning hokimiyati naqadar qudratli bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Saljuqiylar saltanatining zaiflashib parchalanishi jarayoni esa, XI asrning ikkinchi yarmida boshlanadi. Bunga sabab saltanatning haddan tashqari ulkan hududda yoyilganligi edi. Oqibatda bu davrda saljuqiylar xonadoni vakillari faoliyati bilan bog‘liq Suriya, Iroq, Onado‘li (Kunya), Kirmon sultonliklari yuzaga keladi. XII asr boshlaridayoq saltanat sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linib ketadi.

Ma’lumot uchun

Sharqiy qism, asosan, Xuroson va Movarounnahrdan iborat bo‘lib qoldi. Uning chegaralari, ta’sir doirasi o‘zgarib turgan. Sulton Sanjar qudrati avjiga chiqqan vaqtlarda g‘arbiy saljuqiylar (Eron, Iroq, Ozarbayjon) uning, ya’ni sharqiy saljuqiylarning siyosiy ta’sirida bo‘lganlar.

XII asr 40-yillar

Movarounnahrga qoraxitoylarning sharqdan bostirib kirishi natijasida Sulton Sanjarning ham kuchi qirqildi. Qoraxitoylarga qarshi saljuqiylar qoraxoniylar bilan birgalikda lashkar tortgan bo‘lsa-da, ammo mag‘lubiyatga uchraydi. Bu o‘z o‘rnida saljuqiylarga qaram bo‘lgan Xorazmning yuksalishi uchun sharoit yaratadi. Xuddi shu yerdan chiqqan xorazmshohlar (anushteginiylar) XII asrning ikkinchi yarmida g‘arbiy saljuqiylarga zarba beradilar. Sharqiy saljuqiylar faoliyatiga esa Sulton Sanjar o‘limidan keyin chek qo‘yiladi.

Ijodiy faoliyat

Takash - 1194-y Eronni qo’shib oldi.

Savollar: 1. Yana qaysi sulola hukmronligi davrida davlat sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linib ketgan edi? 2. Suriya, Iroq, Onado‘li (Kunya), Kirmon sultonliklarini xaritadan ko‘rsating. Ular hozirgi davrda qaysi davlatlarning hududiga to‘g‘ri keladi?

Ijodiy faoliyat Mulohaza uchun

Savollar: 1. Saljuqiylar sulolasining o‘rniga qaysi sulola hokimiyatni qo‘lga oldi? 2. «Xorazmning yuksalishi» deganda nimani tushundingiz? 3. Quyidagi fikrni izohlang: «XII asr oxiriga kelib Kichik Osiyodagi Onado‘li (Kunya) sultonligidan o‘zga biron-bir makonda rasmiy saljuqiy xonadoni qolmaydi. Onado‘li sultonligi esa XIII asr o‘rtalarida mo‘g‘ullarga qaramlikka tushadi. Saljuqiylar sababli Kichik Osiyoda turkiy davlat va millatga asos solindi. Shuning uchun ham hozirgi Turkiyadagi turkiy tilli xalq Turkistonni ota yurtimiz, ya’ni tarixiy vatanimiz, deb e’tirof etadi».

Davlat tepasida oliy hukmdor maqomida saljuqiylar xonadoni namoyandasi turgan. U Sulton (Sulton ul-a’zam) unvoniga ega bo‘lgan. Uning nomidan xutba o‘qilib, tanga zarb etilgan. Mulk, yer-suv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash ishlarini hamda ariza va shikoyatlarni sultonning o‘zi nazorat qilib turgan va moliyaviy kirim-chiqimlarning ham boshida turgan. Sulton mamlakatning obodonchiligi, qurilishlar, karvon yo‘llarining xavfsizligini ta’minlash masalalarini ham shaxsan o‘zi kuzatgan.

Ijodiy faoliyat Mulohaza uchun

«Podshohning bir haftada ikki kun zulm ko‘rganlarni qabul qilmasdan iloji yo‘q. U zulmkorni jazolamog‘i, insofga chaqirmog‘i, raiyat so‘zlarini o‘z qulog‘i bilan vositachisiz eshitmog‘i kerak. Arzchilar eng muhim so‘zlarini aytmoqlari, (hukmdor esa) ular bo‘yicha hukm chiqarmog‘i lozim. Shunda mamlakatda podshoh ezilgan va adl istovchilarni haftada ikki kun qabul qilib, ularning so‘zini tinglar ekan, ovozasi tarqaydi. Zolimlar bundan cho‘chiydilar, qullarini kaltaklamaydilar».

Saljuqiylar bosh vaziri Nizomulmulk,

«Siyosatnoma»

Xalq orasida va tarixda Nizomulmulk (mulk – davlatning tartibotchisi) nomi bilan mashhur bo‘lgan saljuqiylarning mashhur vaziri Abu Ali Xasan ibn at-Tusiydir.

Ijodiy faoliyat Mulohaza uchun

Nizomulmulk Saljuqiy shohlar davrida ishni oddiy amaldorlikdan boshlab, vazir darajasiga erishgan va ko‘p yillar davomida davlatga xizmat qilgan.

«Temur tuzuklari»da har qanday podshoh, xalq orzu qilgulik aql-zakovat, valine’mat sohiblari bo‘lmish vazirlar to‘g‘risida so‘z yuritilganda «Siyosatnoma» muallifi Nizomulmulkni alohida mehr-muhabbat bilan, har jihatdan namuna qilib ko‘rsatadi. Bunday «qilich va qalam sohibi» bo‘lmish vazirlarni e’zozlashga, qadrlashga da’vat etiladi.

Nizomulmulk tomonidan yozilgan «Siyosatnoma» yoki «Siyar ulmuluk» (Podshohlarning turmush tarzi) nomli asar mazkur davlat boshqaruvining asosiy qoidalarini hamda huquqiy masalalarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Asar xuddi qissadan hissa, ya’ni hikoya va undan chiqarilishi lozim bo‘lgan xulosalar tarzida tuzilgan.

Ijodiy faoliyat Mulohaza uchun

Sulton Sanjar maqbarasi

Saljuqiylarning sopol plitkasi

«Siyosatnoma» asarida davlat boshqaruviga aloqador aksariyat qoida va qonunlar, usul va vositalar, turli darajadagi davlat idoralari haqida so‘z yuritiladi. Asarning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, davlatni oqilona boshqarish, unda qat’iy qoida va tartib o‘rnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli bo‘lishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini ta’minlash uchun harakat qilishga da’vat qiladi.. Aynan davlat masalasi bu asarning asosiy g‘oyasini tashkil qiladi.

«Siyosatnoma» asari yaratilgan davrdan boshlab olimlar, tarixchilar, adiblar, eng asosiysi, shoh-u hokimlar diqqatini o‘ziga tortib keladi. Bu asarni sultonlar va mansabdor shaxslar ko‘chirtirib olib, o‘z faoliyatlarida foydalanganlar.

Ijodiy faoliyat Mulohaza uchun

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Bugun O‘zbekistonda davlat rahbariga fuqarolar murojaat qilishining qanday ko‘rinishlari tashkil etilgan? 2. Saljuqiylar davri bilan bir vaqtda mavjud bo‘lgan Yevropa davlatlarida qirollar va fuqarolar qanday munosabatda edi? 3. Guruhlarga bo‘linib, ushbu davrdagi Markaziy Osiyo va Yevropada mavjud bo‘lgan davlatlarni taqqoslang.

Ijodiy faoliyat

Savollar: Nima uchun lashkardagi biron-bir xizmatchining maoshi oshiriladigan yoki qisqartiriladigan bo‘linsa, bu haqda, eng avvalo, moliya-soliq devoni bilan kelishib olinishi zarur bo‘lgan? Fikringizni asoslang.

Ma’lumot uchun

Saljuqiy hukmdor Ahmad Sanjarning toj kiyish marosimi. Rashiduddinning «Jome at-tavorix» kitobidan, 1307-yil.

Nizomulmulk vazirlik davrida Bag‘dod, Basra, Isfahonda «Nizomiya» nomidagi madrasalar qurdiradi. Buyuk olim Abu Homid G‘azzoliy o‘z vaqtida Bag‘doddagi madrasada dars bergan.

Shuningdek, Nizomulmulk davrida taniqli astronom Umar Xayyom shamsiy taqvim – kalendarni isloh etish uchun tuzilgan ishchi guruhga rahbarlikka taklif qilinadi. Umar Xayyom bu ishni bajarib, devonning ilmiy va davlat ishlarida Nizomulmulk bilan birga faoliyat olib boradi. Biz Umar Xayyomni ko‘proq shoir, aniqrog‘i to‘rtliklar ustasi sifatida taniymiz. Aslida, u yetuk yulduzshunos, matematika tarixida sonlardan butun musbat ildiz topishning umumiy qoidasini birinchi bo‘lib isbotlab bergan olim edi.

Ma’lumot uchun

Umar Xayyom

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Bir davrda yashagan shaxslarning tarixda o‘z izlarini qoldirishiga asosiy sabab nimada deb o‘ylaysiz? 2. Bir davrda yashab ijod etgan yana qanday shaxslarni bilasiz? Ularning tarixdagi o‘rni va merosining ahamiyati qanday bo‘lgan? 3. Bu davrda qanday mashhur shaxslar va asarlar jahon davlatlari boshqaruviga ta’sir ko‘rsatgan edi?

Saljuqiylar davrida dehqonchilik rivojlanib borib, sun’iy sug‘orish tizimlari mukammallashgan. Xorazm qovunlari, Jurjon (Gurgon) xurmolari, shakarqamishi, limonlari, Niso uzumlari, behisi, baqlajoni, Marv bug‘doyi nafaqat mintaqada, balki undan tashqarida ham shuhrat qozongan. Dehqonchilik sohasining rivoji, albatta, hunarmandchilik taraqqiyotiga ham yo‘l ochgan.

Ijodiy faoliyat

To‘qimachilik (ip gazlama, ipak, zig‘irpoya tolasidan tayyorlangan matolar ishlab chiqarish), kulolchilik, gilamchilik, zargarlik, shishasozlik, temirchilik, ko‘nchilik kabilar taraqqiy etib borgan. Mamlakatning O‘rta va Yaqin Sharq, Sharqiy Yevropa, Hindiston, Xitoy kabi mamlakat va o‘lkalar bilan savdo aloqalari gurkirab rivojlangan. Sulton Malikshoh sharq va g‘arb yo‘nalishlararo savdosini yanada jonlantirish niyatida Xuroson va Iroq savdogarlarini ba’zi bir savdo to‘lovlaridan ozod etgan.

Savdo-sotiqda g‘arbiy o‘lkalardan Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilgan. Sirdaryo quyi oqimi, o‘ng qirg‘og‘i yerlaridan chiqadigan mushk, oltin, kumush yombilar nafaqat tashqi bozorda, balki mintaqaning o‘zida, asosan, Saljuqiylar davlatida ham qadrlangan. Umuman olganda, mintaqa bozorlarida qimmatbaho mo‘yna, qorako‘l terisi, tuzlangan baliq, morj qoziq tishidan tortib quruq meva, nafis matolar, qimmatbaho toshlar, taqinchoqlargacha topish mumkin bo‘lgan.

Ijodiy faoliyat

Bu davrda eng yuqori darajadagi pul birligi o‘rnida sof oltindan zarb etilgan dinor (qizil dinor) qabul qilingan. Tarkibida oltindan tashqari qo‘shimcha metall aralashmasi bo‘lgan dinor ham bo‘lib, u rukniy deyilgan. Mis tangalar asosan ichki bozorda muomalada bo‘lgan. Saljuqiylar davrida ham chek, naqd pulsiz muomala qilish tizimidan foydalanilgan.

Malikshoh

Savollar: 1. Qaysi saljuqiy sulton Samarqand, Buxoro, Farg‘onani o‘z tasarrufiga olgan? 2. Quyidagi jadval asosida mavzuda o‘rganganlaringizni tahlil asosida daftaringizga yozing:

Davlat tuzumi Ijtimoiy tuzum Boshqaruv usullari Avvalgi davlatlardan farqli jihatlari

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Saljuq ismli shaxs fazilatlari tufayli obro‘ qozonib, qabilalar sardori darajasiga qaysi asrda erishgan?
  1. XI asr
  2. IX asr
  3. XII asr
  4. X asr

To‘g‘ri javob: X asr. Matnga muvofiq, Saljuq X asrda obro‘-e’tibor qozonib, katta harbiy kuch boshlig‘iga aylangan.

Saljuqiylar qaysi turkiy qavm tarkibida ko‘chmanchi hayot kechirgan?
  1. O‘guz
  2. Qarluq
  3. Qipchoq
  4. Yag‘mo

To‘g‘ri javob: O‘guz. Saljuqiylar turkiy o‘guz qavmi tarkibida Janubiy Qozog‘iston yaylovlari va Sirdaryo o‘rta oqimida yashagan.

X asrda fazilatlari, bilimdonligi va mardligi tufayli qabilalar sardori darajasiga ko‘tarilgan shaxs kim?
  1. Tug‘rulbek
  2. Saljuq
  3. Mahmud G‘aznaviy
  4. Alp Arslon

To‘g‘ri javob: Saljuq. Saljuq ismli shaxs obro‘ qozonib, bir qancha qabilalar sardoriga aylangan.

Saljuqiylar Xorazm, Eron va Kavkazortiga harbiy yurishlarni qaysi asrning 40-yillarida uyushtirgan?
  1. X asrning
  2. XII asrning
  3. IX asrning
  4. XI asrning

To‘g‘ri javob: XI asrning. Saljuqiylar XI asrning 40-yillarida bu hududlarga yurish qilib, ularni o‘z ta’siriga o‘tkazgan.

Saljuqiy oilalari kimning roziligi va qanday shartlar bilan Xurosonga qadam bosgan?
  1. Qoraxon Yusufning
  2. Nuh ibn Mansurning
  3. Mahmud G‘aznaviyning
  4. Alp Arslonning

To‘g‘ri javob: Mahmud G‘aznaviyning. Mahmud G‘aznaviyning roziligi bilan saljuqiy oilalari Xurosonga o‘tgan.

Saljuqiylar va g‘aznaviylar o‘rtasidagi Dandanaqon to‘qnashuvi qaysi yilda bo‘lgan?
  1. 1071-yilda
  2. 1194-yilda
  3. 1020-yilda
  4. 1040-yilda

To‘g‘ri javob: 1040-yilda. Matnga ko‘ra Dandanaqon to‘qnashuvi 1040-yilda bo‘lgan.

Kichik Osiyoda Vizantiya podshosi Roman IV Diogenni kim yengdi?
  1. Sulton Malikshoh
  2. Sulton Alp Arslon
  3. Sulton Sanjar
  4. Mahmud G‘aznaviy

To‘g‘ri javob: Sulton Alp Arslon. Alp Arslon Roman IV Diogenni yengib, saljuqiylarning Kichik Osiyoda mustahkam o‘rnashishiga zamin yaratdi.

Saljuqiylar XI asr o‘rtalarida qaysi xalifalik poytaxtini egallagan?
  1. Damashq
  2. Qohira
  3. Bag‘dod
  4. Madina

To‘g‘ri javob: Bag‘dod. Matnda saljuqiylar xalifalik poytaxti Bag‘dodni egallagani aytilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← Oldingilar. QoraxoniylarKeyingi →lar. Xorazmshohlar davlati va uning yuksalishi