lar. Xorazmshohlar davlati va uning yuksalishi
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
995-1017-y
Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi
Ma’lumot uchun
Xorazm vohasida hukmronlik qilgan mahalliy sulolalar qadimdan xorazmshohlar umumiy nomi bilan yuritib kelingan. Masalan, afrig‘iylar, ma’muniylar, oltintoshiylar boshqaruv kursisida xorazmshohlar unvoni bilan o‘tirganlar. Ammo Xorazm doirasidan tashqariga chiqib, boshqaruvning saltanat darajasiga erishgan sulola bu —
III-X - Afrig’iylar 995-1017 - mamuniylar 1017-1040 (1) - Oltintoshiylar 1040-1097 - Saljuqiylar 1097-1231 - Anushteginiylar....... 1511-1770-Arabshohiylar (shayboniylar) 1770-1920- Qo’ng’irotlar anushteginiylar hisoblanadi.
Anushtegin saljuqiy Sulton Malikshohning ko‘zga ko‘ringan va ishonch li mansabdorlaridan sanalgan. Taxminan, 1077-yili u Xorazm hokimligi vazifasiga tayinlanadi. 1097-yili esa, mazkur lavozim o‘g‘li Qutbiddin Muhammadga tegadi. U saljuqiylar dargohiga qaram bo‘lib, har yili o‘zi yoki o‘g‘li Otsiz orqali viloyatdan undiriladigan soliqni poytaxt Marvga olib borib turardi. Otsiz esa otasidan keyin Sulton Sanjar hukmi bilan Xorazm hokimligiga tayinlanadi. Bu vaqtda o‘ttizga ham kirmagan Otsiz avvaliga otasi kabi saljuqiylar xonadoniga sidqidildan xizmat qiladi. Ammo u o‘z mavqeyi mustahkamlanib va, aksincha, raqobatchilari zaiflasha borayotganini sezgach, saljuqiylarga qaramlikdan bosh torta boshlaydi. Bunga javoban Sulton Sanjar unga qarshi bir necha marta qo‘shin yuboradi. Mag‘lubiyatga uchragan Otsiz qochishga majbur bo‘ladi.
Ma’lumot uchun
Gurganch Xorazm saltanatining birinchi va asosiy poytaxti bo‘lgan
«O‘zaro sulh shartnomasiga ko‘ra, xorazmshoh Otsiz Sulton Sanjarga tobelik bildirib, o‘rta asrlar odatiga ko‘ra, uning oyog‘i ostidagi yerni o‘pib, ta’zim etishi shart edi. Lekin xorazmshoh bu kabi tobelik urfini bajarmadi. Sulton Sanjar huzuriga mulozimatga (xizmatga) keldi va otidan tushmagan holda sultonga salom berdi. Bu ham yetmagandek, xorazmshoh sulton bilan uchrashuv joyini birinchi bo‘lib tark etdi. Sulton Sanjar Otsizning bu «beodobligidan» jahli chiqsa ham, yaqinda o‘zi unga shafqat-muruvvat qilgani uchun ahdini o‘zgartirdi. Sulton bunga norozilik bildirmay, Marvga qaytib ketdi».
Ma’lumot uchun
Tarixchi Otamalik Juvayniy
Ma’lumot uchun
Tarixchilardan Rashiduddin va Hofizi Abro‘larning yozishiga ko‘ra, Anushteginiylar sulolasining asoschisi Anushtegin dastlabki faoliyatini Sulton Jaloliddin Malikshoh I saroyidan boshlagan.
Usultonning eng ishonchli kishilaridan biriga aylangan. Keyinchalik, u «Xorazm mutasarrufi» mansabiga tayinlanib, unga Xorazm shixnasi (qal’a boshlig‘i) unvoni beriladi. Vaqt o‘tib, Anushteginning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad Xorazm hokimi bo‘ladi.
Ijodiy faoliyat Mulohaza uchun
Xorazmni qo‘lga kiritganidan keyin Sulton Sanjar uni Otsizning jiyani Sulaymonshoh boshqaruviga bergan. Biroq Sulaymonshoh u yerda o‘z hokimiyatini mustahkamlay olmagan. U Marvga qaytib ketishi bilanoq Xorazmga kelgan Otsiz mahalliy aholining qo‘llab-quvvatlashi orqali o‘z hokimiyatini tiklagan. Otsiz Buxoroni egallaydi. U Bag‘dod xalifasidan «Xorazm viloyati va u tomonidan Xorazmga qo‘shib olingan hamda olinadigan g‘arbiy, sharqiy chegaralardagi viloyatlarning hukmdori», deb tan olingan yorliq oladi. Otsiz Marv, Nishopurni ham o‘zining tasarrufiga o‘tkazadi.
Ijodiy faoliyat Mulohaza uchun
Otsiz o‘zining ismi bitilgan oltin tangalarni zarb qilishni boshlab yuboradi.
Otsiz o‘limidan so‘ng taxtga chiqqan o‘g‘li El
Arslon ham mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi.
El Arslon Movarounnahrda qoraxitoylar bilan to‘qnashadi va qo‘li baland keladi. U
Nishopurni egallab, Ozarbayjonga harbiy yurish uyushtiradi. Lekin El Arslonga ham markazida Xorazm bo‘lgan, barcha tomonidan tan olingan qudratli siyosiy uyushmaga asos solish nasib etmagan.
El Arslonning vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari Takash (1172–1200) va Sultonshoh Mahmud o‘rtasida o‘zaro kurash kechadi. Faqat Sultonshoh Mahmud vafotidan so‘nggina Takash yakka hukmdor sifatida keng qamrovli siyosat yuritish imkoniga ega bo‘ladi. Takash
Ijodiy faoliyat Mulohaza uchun
Alovuddin Muhammad poytaxtini zabt etishga ham shaylana- di. Ammo yurish chog‘ida vafot etadi va taxtga Alovuddin Muhammad (1200–
G‘arbiy Eronning ayrim qismini hamda
Kirmonni bo‘ysundiradi. Hukmronligi so‘nggida u hatto Bag‘dodni – xalifalik
Xorazmshoh o‘z davlatida majburiy umumxalq harbiy ta’lim tizimini joriy qilgan. Davlatdagi harbiy qo‘shin soni davr va yurishlarga qarab o‘zgarib turgan. Masalan, xorazmshoh Takash qo‘shinida 170 ming nafar otliq askar bo‘lgan. Xorazmshoh Muhammadning Fors Iroqi, Ozarbayjonga qilgan yurishida 100 ming nafar suvoriy bo‘lgan. Qoraxitoylarga qarshi qilingan yurishlarda xorazmshoh Muhammad otliq askarlari sonining o‘zi 400 ming nafar bo‘lgan.
Ijodiy faoliyat Mulohaza uchun
1206-boshladi 1210-Talas to’liq mag’lubiyatga..
1220) chiqadi.
Alovuddin Muhammad Movarounnahrdan qoraxitoylarni haydab chiqaradi. Bu voqea uning obro‘-e’tiborini nihoyatda oshirib yuboradi. Ozarbayjon,
Eron, Xurosondan Hindistongacha bo‘lgan yerlar xorazmshohlar tasarrufiga olinadi. Sulton Muhammadning asosiy maqsadi Suriya, Kichik Osiyo va Misrni ham bo‘ysundirish edi.
Xorazmshohlar davlati xaritasi
OROL
Gurganch Xiva
SHARQIY TURKISTON
Samarqand
IROQ
Tabriz
HIND OKEANI
Muhammad xorazmshoh 400 ming atrofidagi o‘z qo‘shinini Bag‘dod yurishiga jo‘natdi. Xorazmshoh qo‘shini Hulvon viloyatiga yetganida g‘ayritabiiy hodisa yuz beradi. To‘satdan havo sovib, uch kecha-yu uch kunduz qor yog‘di, izg‘irin sovuq hammayoqni qamrab oldi. Jangchilar sovuqdan aziyat chekdi, otlar, tuyalarga qiron keldi. Bu ofatdan iztirobga tushgan Sulton o‘z qo‘shinini orqaga qaytarishga buyruq berdi. Sulton xalifa nomini xutbadan chiqarib tashlashni buyurdi.
Bu davrda anushteginiylar sulolasi dunyoning eng qudratli siyosiy kuchlaridan biriga aylangandi. Orol dengizidan Hind okeanigacha, Iroqdan Sharqiy Turkistongacha bo‘lgan ulkan hudud Xorazmshohlarga bo‘ysundiriladi.
HIND OKEANI
Alovuddin Muhammad – ikkinchi Iskandar, ikkinchi
Sulton Sanjar laqabi bilan mashhur bo‘lgan.
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Muhim sanalar
- 1077-yili — Taxminan, 1077-yili u Xorazm hokimligi vazifasiga tayinlanadi.
- 1097-yili — 1097-yili esa, mazkur lavozim o‘g‘li Qutbiddin Muhammadga tegadi.
Bilimingizni sinang
Anushteginning Xorazm hokimligi lavozimi o‘g‘li Qutbiddin Muhammadga qaysi yili o‘tgan?
- 1092-yili
- 1097-yili
- 1087-yili
- 1102-yili
To‘g‘ri javob: 1097-yili. Lavozim 1097-yili o‘g‘li Qutbiddin Muhammadga o‘tgan.
Xorazm doirasidan tashqariga chiqib, boshqaruvni saltanat darajasiga ko‘targan sulola qaysi?
- Afrig‘iylar
- Ma’muniylar
- Oltintoshiylar
- Anushteginiylar
To‘g‘ri javob: Anushteginiylar. Xorazm doirasidan tashqariga chiqib, saltanat darajasiga erishgan sulola anushteginiylar hisoblanadi.
Quyidagilardan qaysi biri Xorazm vohasida xorazmshoh unvoni bilan o‘tirgan mahalliy sulolalardan biri?
- Somoniylar
- G‘aznaviylar
- Ma’muniylar
- Qoraxoniylar
To‘g‘ri javob: Ma’muniylar. Afrig‘iylar, ma’muniylar va oltintoshiylar xorazmshohlar unvoni bilan boshqargan.
Anushtegin qaysi saljuqiy sultonning ko‘zga ko‘ringan mansabdorlaridan biri bo‘lgan?
- Sulton Alparslon
- Sulton Malikshoh
- Sulton Tug‘rulbek
- Sulton Barkiyoruq
To‘g‘ri javob: Sulton Malikshoh. Anushtegin saljuqiy Sulton Malikshohning ko‘zga ko‘ringan mansabdorlaridan sanalgan.
Voqealarni qadimiysidan yangisiga tartiblang: A) Anushteginning Xorazm hokimligiga tayinlanishi (taxminan 1077); B) Qutbiddin Muhammadga hokimlik tegishi (1097); C) Takash hukmronligining boshlanishi (1172); D) Alovuddin Muhammadning taxtga chiqishi (1200).
- A–B–C–D
- A–B–D–C
- B–A–C–D
- A–C–B–D
To‘g‘ri javob: A–B–C–D. Taxminan 1077, 1097, 1172 va 1200-yillar shu tartibda kelgan.
Otsizni Xorazm hokimligiga kimning hukmi bilan tayinlashgan?
- Sulton Malikshoh
- Bag‘dod xalifasi
- Qutbiddin Muhammad
- Sulton Sanjar
To‘g‘ri javob: Sulton Sanjar. Otsiz otasidan keyin Sulton Sanjar hukmi bilan Xorazm hokimligiga tayinlangan.
Otsiz nima uchun saljuqiylarga qaramlikdan bosh torta boshladi?
- O‘z mavqei mustahkamlanib, raqobatchilari zaiflashgani uchun
- Saljuqiylar tomonidan unga katta yerlar va imtiyozlar berilgani uchun
- Mo‘g‘ullar bilan yashirin ittifoq tuzib, ularga tayangani uchun
- Xalifa uni xizmatga chaqirib, mol-mulkini musodara qilgani uchun
To‘g‘ri javob: O‘z mavqei mustahkamlanib, raqobatchilari zaiflashgani uchun. U o‘z mavqei mustahkamlanib, raqobatchilari zaiflashayotganini sezgach, qaramlikdan bosh torta boshlagan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Alovuddin Muhammadning taxtga chiqishi; 2) Takashning hukmronlik yillari boshlanishi; 3) Anushtegin Xorazm hokimligiga tayinlanishi; 4) Qutbiddin Muhammadga hokimlik lavozimi o‘tishi.
- 3–2–4–1
- 3–4–2–1
- 4–3–2–1
- 3–4–1–2
To‘g‘ri javob: 3–4–2–1. Anushtegin taxminan 1077-yili, Qutbiddin Muhammad 1097-yili hokim bo‘lgan; Takash 1172-yildan, Alovuddin Muhammad 1200-yildan hukmronlik qilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash