XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · O‘zbekiston tarixi · 36-37-mavzu

lar. Xorazmshohlar davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Xorazmshohlar davlatining iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy jihatdan barqarorlashuv davri qaysi hukmdor nomi bilan bog‘liq? 2. Qaysi davlat boshlig‘ining hukmronligi davrida tobe o‘lkalarda xorazmshoh nomi bilan xutba o‘qitilgan va hatto uning nomidan tangalar zarb qildirilgan edi?

Ma’lumot uchun

Iroqdan Hindistongacha, Orol dengizi atroflaridan Arab dengizi sohillarigacha bo‘lgan yerlarda o‘z hukmronligini o‘rnatgan sulton Muhammad Xorazmshoh tez orada Samarqandni o‘z poytaxti deya e’lon qildi.

Sulton onasi Turkon xotunga hech qachon qarshi chiqmagan, uning gapini ikki qilmagan. Bu esa ko‘p hollarda onasi tomonidan Sulton Muhammad Xorazmshoh farmonlarining bekor qilinishiga sabab bo‘lgan. Bu holatni o‘sha davr tarixchisi An-Nasaviy quyidagicha izohlab, uni ikki sababga bog‘lab ko‘rsatgan edi: «birinchidan, onasining unga bo‘lgan mehrini qadrlashi, ikkinchidan, mamlakatning barcha amirlari onasining urug‘idan ekanligi».

Ma’lumot uchun

Turkon xotun «Jahon hokimi» degan laqabga ega bo‘lib, uning shaxsiy muhri (tug‘ro)da: «Dunyo va uning pokdomoni, Ulug‘ Turkon, olam ayollarining malikasi» degan bitik yozilgan edi. Turkon xotun poytaxt Gurganchda doimiy tarzda istiqomat qilar, o‘z saroyi, ulkan mulklariga ega edi. El Arslon maqbarasi

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Sulton farmonlarining onasi tomonidan bekor qilinishi qanday oqibatlarga sabab bo‘lgan? 2. Tarixchi Nasaviyning bergan ma’lumotlari asosida munosabatingizni bildiring.

Turkon Xotun kim bo‘lgan?

Tarixchi Juvayniyning yozishicha: «Turkon xotun qang‘li urug‘idan bo‘lgan xon Jonkishning qizi edi. Gurganch (Urganch) Turkon xotunning xos poytaxti hisoblangan, uning xos saroyi ham mavjud bo‘lgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, Sulton Muhammad hukmronligi davrida Turkon xotun saltanat ishlarida yetakchi mavqeni egallagan, uning farmoyishlari va maslahatlari o‘g‘li tomonidan so‘zsiz bajarilgan. Turkon xotunning rahnamoligida saroy ahli, zodagonlar bir necha guruhga bo‘linib, o‘zaro adovat qilganlar. Qipchoqlardan tashkil etilgan oliy martabali sarkardalar Turkon xotun bilan yaqin bo‘lib, aksariyati saroyda Sultonga qarshi bo‘lib turgan biron-bir guruhga boshchilik qilganlar. Saltanat ishlari deyarli Turkon xotun tomonidan boshqarilgan. Ko‘p hollarda Muhammad Xorazmshoh tarafidan e’lon qilingan hukm va farmoyishlar Turkon xotun tomonidan hech qanday asossiz, kengashsiz bekor qilinar edi.

Turkon Xotun kim bo‘lgan?

Sulton onasi va haramini Mozandaronga olib ketib (mo‘g‘ullar hujumi davri haqida gap ketmoqda), u yerning qal’asiga bekitish uchun Xorazmga odamlarini yubordi. Turkon xotun o‘g‘lining buyrug‘iga ko‘ra harakat qildi. Sulton oilasi va haramini olib ketayotganida askarlarni Xorazmda qoldirishdi. Harakat paytida asir qilib olingan turli mamlakatlarning podshohlarini buyruq bilan Jayhun daryosiga cho‘ktirib yuborganidan so‘ng bolalari, nevaralari, yaqinlarini xazinasi bilan vazir Nosiriddinning kuzatuvida Eron tomondagi Ilol (Tajan irmog‘idagi hudud) qal’asiga yubordi. Sulton ketidan ta’qib qilib Mozandaronga kelgan mo‘g‘ul sarkardasi Subutoy eslatilgan qal’ani qamal qilish uchun askar chaqirdi. Taqdirni qarangki, yomg‘ir bulutlari o‘z yuklarini ustiga to‘kkan va o‘sha paytgacha hech kim suv tanqisligini ko‘rmagan Ilol qal’asi qurshovga olingan vaqtda yomg‘ir ham ularga dushmanlik qilib, yog‘may qo‘ydi. O‘n besh kundan so‘ng suv tugagach, og‘ir ahvolda qolgan Turkon xotun boshqa haram a’zolari bilan va vazir Nosiriddin bilan pastga tushdi. Ular qal’aning tubiga borgan vaqtda yashin ustiga yashin chaqib yomg‘ir yog‘a boshladi. Mo‘g‘ul askarlari Turkon xotunni yaqinlari bilan birga Toliqonda turgan Chingizxon yoniga olib bordilar. Turkon xotun mo‘g‘ul davlati poytaxti bo‘lgan Qoraqurumga olib ketilgan va shu yerda vafot etdi».

Ma’lumot uchun

Mo‘g‘ullarga asir tushgan

Turkon xotun

Anushteginiylar davrida ham somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylarda bo‘lgani kabi devonlarning alohida o‘rni ko‘zga tashlanadi. O‘z navbatida, devonlar ham kichik devonlarga bo‘lingan.

Harbiy devon harbiy masalalarni ko‘rish (devon jaysh) va harbiylarga maosh berish bilan shug‘ullanuvchi (devon ravotib) kabilarga bo‘lingan. Harbiy devon boshlig‘i, albatta, musulmon bo‘lishi shart edi.

«Oliy toj faxriy majlisi» deb atalgan hukumat boshqaruvi vazirning (bosh vazirning) qo‘lida bo‘lgan. Unga barcha devonlar bo‘ysungan.

Xo’jayi buzruk

Vazir, davlat boshlig‘ining asosiy maslahatchisi hisoblangan va o‘z harakatlari yuzasidan oliy hukmdorgagina hisobot bergan. Rasmiy tantanalar, xalqaro munosabatlar, tobe mamlakatlar bilan muzokaralarda oliy hukmdor nomidan ish yuritgan.

Vazir fuqarolar va davlat hukmdori o‘rtasida vositachi vazifasini bajargan hamda mamlakatdagi tartib-intizom uchun asosiy javobgar hisoblangan. U amaldorlarni ishga tayinlash va lavozimidan bo‘shatish, arzaq (nafaqa), oylik maosh hamda boshqa shu kabi to‘lovlarni belgilash huquqlariga ham ega bo‘lgan. Vazirlar o‘z ona tili — turkiy tildan tashqari, arab va fors tillarini mukammal bilishlari shart bo‘lgan.

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Xorazmshohlar davlatining boshqaruvini Saljuqiylar davlati boshqaruvi bilan solishtiring. Bosh vazir vakolatlarining bir biridan farqi nimada? 2. Yevropa va Osiyoning boshqa davlatlarida bosh vazir lavozimiga teng keladigan lavozim qaysi edi? 3. Jamoaga bo‘lining va bu ikki hududdagi vazirlarning vakolatlari va majburiyatlarini taqqoslang va tahlil qiling. 4. Davlat boshqaruvida vazirning o‘rni qay darajada muhim deb hisoblaysiz?

Sadr, dastur, xojayi buzurg kabi unvonlar bilan siylangan vazir har doim hukmdorning oldida yurgan, hukmdor safar va yurishlarga chiqqanida ham uni tark etmagan. Rasmiy qabullar vaqtida vazirlar xorazmshohlarning o‘ng tomonidan o‘rin egallashgan.

Ijodiy faoliyat

«Nizom ul-mulk» unvoniga ega bo‘lgan vazirlar xonaga oliy hukmdordan boshqa kim kirsa ham, hattoki u taxt vorisi bo‘lgan taqdirda ham, u bilan salomlashish uchun o‘rnilaridan turishmagan. Vazirlik mansabining tilga olingan takomillashgan ko‘rinishi Otsiz hukmronligi davri bilan bog‘liqdir.

Chingizxon bosqini arafasida mazkur lavozim Alovuddin Muhammad tomonidan bekor qilingan va oliy hukmdor qoshida olti vakildan iborat kengashga o‘xshagan boshqaruv joriy etilgan. Barcha a’zolarning roziligi bilan ish ko‘rishi kerak bo‘lgan ushbu kengashga davlat ahamiyatiga molik birorta ham jiddiy qaror qabul qilish nasib etmagan.

Ijodiy faoliyat

Yana bir muhim mansab – bu ulug‘ yoki buyuk hojib hisoblangan. Qoidaga ko‘ra, turkiy aslzodalar vakiligina hojiblikka tayinlanishi mumkin bo‘lgan. Hojib hukmdorning aynan o‘ziga tegishli ishlari bo‘yicha hisobot bergan, rasmiy marosimlarga amal qilinishini nazorat qilgan. Bir vaqtning o‘zida bir necha hojib faoliyat yuritgan. Ular sultonlarning eng muhim topshiriqlarini bajarishgan va ularga hamma joyda hamrohlik qilishgan.

Saroy ishlari boshqaruvchisi sanalgan ustozdor lavozimi egasi otxonalar, oshxonalar, novvoyxonalar, chog‘ir saqlanadigan yerto‘lalarni nazorat qilgan, saroy xodimlari faoliyati uchun to‘liq javobgar bo‘lgan. Sultonning shaxsiy otlari oxur amiri lavozimi egasining tasarrufida bo‘lgan. Bundan tashqari, amir a’lam, choshnigir (oliy hukmdorga beriladigan ovqat, ichimliklarni ta’tib ko‘ruvchi), davatdor (oliy hukmdor kotibi), farrosh (oliy hukmdorga mo‘ljallangan o‘rin-ko‘rpa, gilam, chodir va shunga o‘xshashlar uchun mas’ul xizmat boshlig‘i) kabi kichik mansablar ham mavjud bo‘lgan.

Ijodiy faoliyat

Xorazmshoh El Arslonning taxtga o‘tirishi marosimi. «Jome at-tavorix» kitobidan.

Poytaxt Urganch o‘z davrining buyuk, boy va go‘zal shahri sanalgan. Urganch mohir hunarmandlari bilan mashhur bo‘lgan, ayniqsa, temirchilar, duradgorlar o‘z ishining ustalari bo‘lishgan. Urganchlik o‘ymakor duradgorlar fil suyagi va obnus daraxti yog‘ochidan ajoyib buyumlarni yasashgan. Shaharda tabiiy shoyi mato ishlab chiqaradigan ustaxonalar bo‘lgan.

Qurilish ishlarida esa majnuntol yog‘ochidan keng foydalanilgan. Ushbu yog‘ochdan qurilgan inshootlar yengil bo‘lgan va toshdan qurilgan binolarga qaraganda zilzilaga chidamli hisoblangan. Yo‘llar va karvonlarni qo‘riqlash ishining oliy darajada tashkil etilgani ichki va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Urganch savdogarlari Bag‘dod, hattoki Andalusga qadar mahsulotlar olib borishgan. Urganch mo‘g‘ullar tomonidan vayron etilguniga qadar aholi unda juda zich yashagan.

Ijodiy faoliyat

Shaharda ko‘plab bozorlar mavjud bo‘lgan. Bozordagi tartibni, asosan, muhtasib ushlab turgan. U mahsulotlarning sifatini, idishlarning tozaligini, mahsulotlarning yangiligini, tarozi toshlari va uzunlik o‘lchovchi asboblarning to‘g‘riligini nazorat qilgan. Xorazmning Ardaxushmisan, Xivak, Darg‘an, Savakon, Govshfinj, Kot, Nuzkot, Hazorasp kabi kichikroq shaharlarida ham hunarmandchilik rivojlangan va savdo-sotiq gullab-yashnagan. Marv, Buxoro, Samarqand, Ray, Nishopur kabi shaharlar mamlakat siyosiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim o‘rin egallagan.

Xorazmshohlar davlati harbiylari

Najmiddin Kubro maqbarasi, Turkmaniston

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq gullab-yashnashida hukmdorlarning o‘rni qanday bo‘lgan? 2. Jamoaga bo‘lingan holda Xorazm davlatida bozorlar haqida fikr yuriting. Bugungi kunda ham mavjud bo‘lgan qaysi tarixiy shaharlarda bozorlar gavjum bo‘lgan va buning asosiy sabablarini ko‘rsatib bering.

Ma’lumot uchun

Xorazmshohlarga qaram bo‘lgan mulklarda ham xorazmshoh nomi bilan xutba o‘qilgan va tangalar zarb etilgan.

Anushteginiylar ismi yozilgan tangalar Samarqand, Buxoro, O‘tror, Termiz, Chag‘oniyon, Vaxsh, Balx, Bomiyon, G‘azna, G‘ur, Jurzuvon, Zamindovar, Yamur, Kunduz, Marv, Niso, Nishopur, Peshovar va boshqa hududlarda zarb qilinganini aytish mumkin.

O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz

Savollar: 1. Xorazm tarixi bilan bog‘liq badiiy asarlar ro‘yxatini shakllantiring. Ulardan bittasini o‘qib chiqing. 2. Sharq va G‘arb bozorlarining o‘ziga xosliklarini taqqoslang. 3. XII asr oxirlarida Xorazmdagi vaziyat qanday edi?

Bilimingizni sinang

Sulton Muhammad Xorazmshoh tez orada qaysi shaharni o‘z poytaxti deb e’lon qildi?
  1. Gurganchni
  2. Buxoroni
  3. Samarqandni
  4. Nishopurni

To‘g‘ri javob: Samarqandni. Sulton Muhammad Xorazmshoh Samarqandni o‘z poytaxti deb e’lon qilgan.

Tarixchi Nasaviy ko‘rsatishicha, sulton onasining gapini ikki qilmaganining ikkinchi sababi nima edi?
  1. mamlakatning barcha amirlari onasining urug‘idan ekanligi
  2. mamlakatning barcha viloyatlari onasi tomonidan sotib olinganligi
  3. xalifa onasining roziligisiz hech qanday farmon bermasligi
  4. onasi sultonning eng yaqin harbiy maslahatchisi ekanligi

To‘g‘ri javob: mamlakatning barcha amirlari onasining urug‘idan ekanligi. Nasaviy ikkinchi sabab sifatida barcha amirlar onasi urug‘idan ekanligini ko‘rsatgan.

Sulton Muhammad Xorazmshoh onasi Turkon xotunga qarshi chiqmaganining sabablarini tarixchi An-Nasaviy qanday izohlagan?
  1. Onasining davlat xazinasini nazorat qilgani va qo‘shin sarkardalari unga bo‘ysunishi
  2. Onasining diniy obro‘si va Gurganchdagi ulkan mulklari
  3. Onasining mehrini qadrlashi va mamlakatning barcha amirlari onasi urug‘idan ekanligi
  4. Onasining otasi Jonkish xon sulton taxtini himoya qilgani va qipchoqlar qo‘llab-quvvatlagani

To‘g‘ri javob: Onasining mehrini qadrlashi va mamlakatning barcha amirlari onasi urug‘idan ekanligi. Nasaviy ikki sababni ko‘rsatgan: onasining mehrini qadrlash va amirlarning onasi urug‘idan bo‘lishi.

Xorazmshoh Muhammadning onasi Turkon xotun qanday laqabga ega bo‘lgan?
  1. Sharq malikasi
  2. Dunyo homiysi
  3. Jahon hokimi
  4. Ulug‘ xotun

To‘g‘ri javob: Jahon hokimi. Turkon xotun «Jahon hokimi» laqabiga ega bo‘lgan.

Turkon xotun qanday laqabga ega bo‘lgan?
  1. «Olam malikasi»
  2. «Xonlar onasi»
  3. «Davlat tayanchi»
  4. «Jahon hokimi»

To‘g‘ri javob: «Jahon hokimi». Turkon xotun «Jahon hokimi» degan laqabga ega bo‘lgan.

Turkon xotun poytaxtning qaysi shahrida doimiy istiqomat qilgan?
  1. Samarqandda
  2. Gurganchda
  3. Marvda
  4. Buxoroda

To‘g‘ri javob: Gurganchda. Turkon xotun poytaxt Gurganchda doimiy yashagan, u yerda o‘z saroyi bo‘lgan.

Juvayniy yozishicha, Turkon xotun kimning qizi edi?
  1. qipchoq urug‘idan bo‘lgan xon Bo‘rjinning
  2. qang‘li urug‘idan bo‘lgan xon Jonkishning
  3. qoraxitoylar gurxoni Yelyu Dashining
  4. qarluq urug‘idan bo‘lgan xon Arslonxonning

To‘g‘ri javob: qang‘li urug‘idan bo‘lgan xon Jonkishning. Turkon xotun qang‘li urug‘idan bo‘lgan xon Jonkishning qizi bo‘lgan.

Turkon xotunning saltanat ishlaridagi yetakchi mavqei saroy ahli o‘rtasida qanday holatga olib kelgan?
  1. Saroy ahli birlashib, sulton atrofida jipslashib, hokimiyatni mustahkamlagan
  2. Saroy ahli va zodagonlar bir necha guruhga bo‘linib, o‘zaro adovat qilgan
  3. Zodagonlar Gurganchdan chiqib, tobe o‘lkalarga ketib, markaz bilan aloqani uzgan
  4. Qipchoq sarkardalar sultonning buyruqlarini so‘zsiz bajarib, unga sodiq qolgan

To‘g‘ri javob: Saroy ahli va zodagonlar bir necha guruhga bo‘linib, o‘zaro adovat qilgan. Turkon xotun rahnamoligida saroy ahli va zodagonlar bir necha guruhga bo‘linib, o‘zaro adovat qilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← Oldingilar. Xorazmshohlar davlati va uning yuksalishiKeyingi →Etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi