Etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Ma’lumot uchun Ijodiy faoliyat
O‘zbeklar alohida etnik birlik (elat)
Turkiston — turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka.
bo‘lib, Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g‘arbiy mintaqalarida shakllangan. Ular qadimdan o‘troq yashab, sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan.
Ijodiy faoliyat
Bu hududda yashagan sug‘diylar, baqtriylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar, yarim chorvador qang‘lar, ko‘chmanchi sak-massaget kabi etnik guruhlar o‘zbek xalqining etnogenezida ishtirpk etgan. Janubiy Sibir,
Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston
Etnik jarayon – kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo‘lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo‘shilib borishi.
hamda Volga va Ural daryosi bo‘ylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik guruh ham bu jarayonning ishtirokchilari bo‘lishgan. Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar asosan turkiy va sharqiy eroniy tillarda so‘zlashganlar.
BALXASH
Sug‘d ortidagi saklar
KASPIY DENGIZI
Xorazmiylar Qizilqum
Qang‘ Qang‘
Saklar Saklar
ISSIQKO‘L
Farg‘ona Farg‘ona
Marg‘iyonaliklar
Dadiklar Dadiklar
Saklar Saklar
Araxosiya Araxosiya
Turonda qadimgi qabila va xalqlarning o‘rnashuvi
O‘zbek xalqining asosini sug‘diylar, baqtriylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar va sakmassagetlar tashkil etgan.
Ijodiy faoliyat
Ma’lumot uchun
Xalqlarning kelib chiqish tarixini (etnogenezini) va shakllanish jarayonini o‘rganishda fanda «etnos» (yunoncha «xalq») va «etnik birlik» iboralari qo‘llaniladi.
Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida ya shagan qabila va elatlarning etnik jihatdan aralashuv jarayoni natijasida o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, o‘zbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllanadi.
Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, o‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat yuzaga keladi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat «Qovun chi madaniyati» nomini olgan. Antropolog olimlarning ta’kidlashlaricha, aynan shu davrlarga kelib, O‘rta
Ma’lumot uchun
Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi tashqi qiyofalarida hozirgi o‘zbek va voha tojiklariga xos ant- ropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi.
Qang‘ davlati davrida “Qovunchi madaniyati” va O‘rta Osiyoning antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi.
O‘zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik guruhlar – kushonlar, xioniylar, kidariylar va eftallar, turkiy qabilalar faol ta’sir ko‘rsatadi.
Turkiy elatlar va mahalliy o‘troq aholi o‘rtasidagi etnik-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xo‘jalik an’analar bilan jadal uyg‘unlashuvi yuz berdi.
VII asrdan o‘lkamiz «Turkiston» nomi bilan atala boshlangan.
O‘zbek xalqining
tashkil topishi. VIII asrdan arab va boshqa xalqlarining O‘rta
Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta ta’sir etmagan.
IX asrda Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o‘z navbatida sug‘diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga o‘tishi munosabati bilan
Uning asosini o‘lkamizda yashab kelgan ziroatkor va chorvador tub yerli aholi tashkil etdi.
IX–XII asrlarda o‘zbek xalqi shakllandi.
sodir bo‘lgan etnik jarayon o‘zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo‘ldi.
O‘zbek xalqining
Movarounnahrda joylashgan aholi qadimdan ikki tilda: sug‘d va turk tillarida so‘zlashgan.
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Muhim sanalar
- VII asrdan — VII asrdan o‘lkamiz «Turkiston» nomi bilan atala boshlangan.
- VIII asrdan — tashkil topishi. VIII asrdan arab va boshqa xalqlarining O‘rta
- IX asrda — IX asrda Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o‘z navbatida sug‘diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan.
- IX–XII asrlarda — IX–XII asrlarda o‘zbek xalqi shakllandi.
Bilimingizni sinang
Turkiston atamasi qanday o‘lkani bildiradi?
- Faqat Xorazm vohasini
- Turkiy aholi o‘rnashgan o‘lkani
- Qang‘ davlati hududini
- Amudaryo bo‘yidagi o‘troq dehqonlar yurtini
To‘g‘ri javob: Turkiy aholi o‘rnashgan o‘lkani. Turkiston — turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka.
Etnik jarayon deb nimaga aytiladi?
- Kelib chiqishi bir-biriga yaqin turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo‘shilib borishi
- Kelib chiqishi har xil bo‘lgan turli qabila va elatlarning bir-biriga qarshi kurashib, yo‘q bo‘lib ketishi
- Bir davlat tarkibidagi turli xalqlarning faqat siyosiy ittifoq tuzib, o‘z urf-odatini saqlashi
- Kelib chiqishi yaqin elatlarning bir necha yil ichida zo‘ravonlik bilan bir tilga o‘tkazilishi
To‘g‘ri javob: Kelib chiqishi bir-biriga yaqin turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo‘shilib borishi. Etnik jarayon — kelib chiqishi yaqin qabila va elatlarning asrlar davomida qo‘shilib borishi.
Qadimda mamlakatimiz hududida yashagan etnik guruhlarning xo‘jalik turi bo‘yicha qaysi juftlik to‘g‘ri tavsiflangan?
- Qang‘lar – yarim chorvador, sak-massagetlar – ko‘chmanchi
- Baqtriylar – yarim chorvador, shoshliklar – ko‘chmanchi
- Sug‘diylar – ko‘chmanchi, xorazmiylar – yarim chorvador
- Qang‘lar – ko‘chmanchi, sak-massagetlar – yarim chorvador
To‘g‘ri javob: Qang‘lar – yarim chorvador, sak-massagetlar – ko‘chmanchi. Qang‘lar yarim chorvador, sak-massagetlar esa ko‘chmanchi guruh sifatida ko‘rsatilgan; sug‘diylar, baqtriylar kabilar o‘troq guruhlar qatorida keltirilgan.
Atamalarni ta’riflar bilan moslang. 1) Turkiston; 2) Etnik jarayon; 3) Etnos; 4) Qovunchi madaniyati. A) Kelib chiqishi yaqin turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo‘shilib borishi; B) Turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka; C) Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorligida yuzaga kelgan madaniyat; D) Yunoncha “xalq” ma’nosini bildiruvchi ibora.
- 1–A, 2–B, 3–D, 4–C
- 1–B, 2–A, 3–C, 4–D
- 1–B, 2–A, 3–D, 4–C
- 1–D, 2–A, 3–B, 4–C
To‘g‘ri javob: 1–B, 2–A, 3–D, 4–C. Turkiston – turkiy aholi o‘lkasi, etnik jarayon – qabila va elatlarning qo‘shilib borishi, etnos – yunoncha “xalq”, Qovunchi madaniyati esa Qang‘ davriga oid.
Xalqlarning etnogenezini o‘rganishda fanda qo‘llaniladigan, yunoncha «xalq» ma’nosini bergan atama qaysi?
- ekzonim
- genezis
- etnos
- etnonim
To‘g‘ri javob: etnos. Fanda «etnos» (yunoncha «xalq») iborasi qo‘llaniladi.
Xalqlarning kelib chiqish tarixini o‘rganishda qo‘llaniladigan «etnos» so‘zi yunonchada nimani anglatadi?
- Qabila
- Til
- Xalq
- Hudud
To‘g‘ri javob: Xalq. «Etnos» yunoncha «xalq» ma’nosini bildiradi.
Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, arxeologik asarlarda qanday nom olgan madaniyat yuzaga keldi?
- Afrosiyob madaniyati
- Kushon madaniyati
- Eftal madaniyati
- Qovunchi madaniyati
To‘g‘ri javob: Qovunchi madaniyati. Arxeologik asarlarda bu madaniyat «Qovunchi madaniyati» nomini olgan.
O‘lkamiz qaysi asrdan «Turkiston» nomi bilan atala boshlagan?
- VII asrdan
- IX asrdan
- V asrdan
- X asrdan
To‘g‘ri javob: VII asrdan. VII asrdan o‘lkamiz «Turkiston» deb atala boshlagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash