XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · O‘zbekiston tarixi · 39-40-mavzu

lar. Mintaqada Islom dinining yoyilishi

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Jahon tarixi fanidan olgan bilimlaringizni eslang. Islom dini paydo bo‘lishi haqida nimalarni bilasiz? 2. Islom dini dastlab Turonning qaysi hududlarida tarqalgan? 3. Islomning jahon diniga aylanishidagi tarixiy shart-sharoitlarni aniqlang. 4. Islom dinida dastlabki bo‘linish qachon sodir bo‘lgan, uning sabablari nimada edi? 5. Arabiston tarixida qaysi davr «Johiliyat davri» deb atalgan?

Ma’lumot uchun

Islom dinining Turonga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida Turon ikki qismga bo‘lindi:

1) Movarounnahr («Daryoning narigi tomoni»); 2) Arodi at-turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari).

Islom dinining Turonda tarqalishiga qator omillar bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Abu Muslim qo‘zg‘oloni davrigacha islomdan oldingi davr hukmdorlari o‘z mavqelarini saqlab turdilar. Ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq yig‘ish vazifalarini bajardilar.

Ma’lumot uchun

Arablar ko‘pgina imtiyozlarga ega edilar. Islom dinini qabul qilgan mahalliy aholi ham jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardi. Abu Hanifaning arab bo‘lmagan musulmonlarning teng huquqli ekanligi haqidagi g‘oyasi, ularning jamiyatda kamsitilishlariga qarshi sa’y-harakatining Turonda ham joriy etilishi mintaqada islom dinining keng tarqalishi uchun imkon yaratdi.

Islom dinining asosiy manbalaridan biri – hadislarning yig‘ilishida buyuk vatandoshlarimiz Abu Abdulloh Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Imom Dorimiylarning xizmatlari katta bo‘ldi. Shu tufayli ham islom dinining mintaqada yoyilishi tezlashdi.

Ma’lumot uchun

Islom ta’limotiga ko‘ra, Muhammad payg‘ambar nomi zikr etilganda unga hurmat yuzasidan «sollallohu alayhi vasallam» (qisqacha: s.a.v.: «unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin») yoki «alayhis-salom» (qisqacha: a.s.: «unga salom bo‘lsin») iborasini aytish lozim hisoblangani uchun islom tarixiga oid adabiyotlarda s.a.v. yoki a.s. qisqartmasi ishlatiladi.

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. «Qur’oni karim» va «Hadisi sharif» deganda nimani tushundingiz? 2. Turon hududiga Islom dini qachon kirib keldi?

Ma’lumot uchun

Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa nomi bilan mashhur Nu’mon Sobit Kufiy (699–767) hisoblanadi. Ushbu mazhab o‘z mohiyati, ta’limoti va qo‘llagan uslubi bilan jamiyatda yuz berib turadigan har qanday savolga javob topishga intilgan. Ya’ni hanafiy mazhabi yangi vujudga kelgan diniy masalaning yechimini hal qilib bergan. Abu Hanifa og‘ir vaziyatlarda odamlar uchun qulay sharoit yaratib berib, qiyinchiliklarini oson qilishga uringan. Abu Hanifa erkinlik tamoyilining homiysi edi. Tijorat va boshqa sohalarda inson huquqi va erkinliklarini himoya qilib keldi. Masalan, turmush qurishda erkak va ayolga teng huquq berilishi, yetim bolalarning huquqlari va boshqalar.

Ma’lumot uchun

Mazhab (arab. — yo‘nalish, yo‘l, ta’limot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yo‘nalishlari.

Bilasizmi?

Imomi A’zam maqbarasi. Bag‘dod

Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit (699, Kufa — 767, Bag‘dod) — sunniy musulmonlar tomonidan hurmat bilan «Imomi A’zam» deb ataladi. Hanafiylik mazhabi sharafiga shunday nomlangan. Faqih, muhaddis. «Abu Hanifa» uning kunyasi, «Imomi A’zam» («Ulug‘ imom») ulug‘ligining e’tirofi uchun berilgan unvon.

Imomi A’zam shu qadar go‘zal xulqli inson ekanki, zamondoshlari u kishining fazilatlarini tan olib, «eng chiroyli xulq Imomi A’zamning xulqidir», deb e’tirof qilgan. Doimo chiroyli va pokiza kiyimlarda yurgan. Shunday baland maqomga erishgan zot nihoyatda tavozeli, xokisor, kamtar bo‘lgan. U o‘ziga yomonlik qilganlarni ko‘rganida: «Bizlarni yomonlagan kishilarning gunohini Alloh kechirsin, bizlarni yaxshi ko‘rganlarni Alloh rahmat qilsin», — deb duo qilar ekan.

Bilasizmi?

Kunya — abu (arabcha «ota») so‘zining izofa qaratqichli birikma holatidagi shakli. Arablar va boshqa musulmon xalqlarda ko‘pchilik kunyalarning tarkibiy qismi. Masalan, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar. «Abu» bilan kelgan ism shaxsning otasi, «ibn» bilan kelgan ism esa shaxsning o‘g‘li degan ma’noni bildiradi.

ISLOM DININING YOYILISHI

IX-XII asrlarda islom dini O‘rta Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida katta rol o‘ynay boshladi. Movarounnahrda bu davr arab xalifaligidan mustaqil bo‘lgan davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi davri bo‘lgan. Islom bu vaqtda Sharqda keng tarqalib, jahon dini darajasiga ko‘tarildi, musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi.

Arab tilida ilmiy asarlar yozildi. Azaldan savodli bo‘lgan, madaniyati yuqori darajaga ko‘tarilgan Turon xalqi tez orada nafaqat arab tilini, balki islom ilmlarini ham chuqur o‘rganib, arab tili va shariat masalalarida kitoblar yozadigan olimlarni yetishtirib chiqara boshladi.

Shaharlarda masjid-u madrasalar qurilishiga e’tibor berila boshlandi. Manbalarning darak berishicha, Buxoroda dastlabki madrasalar VIII-IX asrlardan boshlab barpo qilingan.

ISLOM DININING YOYILISHI

Hatto qonunshunoslar uchun ham maxsus «Faqihlar madrasasi» degan ixtisoslashtirilgan madrasa qurilgan. Bunday bilim maskanlarida Qur’oni karim, hadis ilmi va shariat asoslari har tomonlama mukammal o‘rganilgan.

O‘sha davr shaharlari orasida islom dini ta’limotini chuqur targ‘ib qilishda Buxoro shahri alohida o‘rinni egalladi. Yuqorida qayd qilinganidek, madrasayu, maktablarning borligi bu yerda ilohiyot fani bo‘yicha yirik olimlarning yetishib chiqishiga xizmat qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Buxoro shu davrdan boshlab «Qubbatul islom» – «Islom dinining gumbazi» nomi bilan shuhrat topa boshladi.

IX asr

Sekin-asta islom dini markazlashgan davlatning asosiy mafkurasiga aylandi.

XII asr Farjak - X asrda

... Tilingni yaxshi hunar bilan o‘rgatgil va muloyim so‘zdan boshqa narsani odat qilmagil. Nedinkim, tilga har nechuk so‘zni o‘rgatsang, shuni aytur, so‘zni o‘z joyida ishlatgil, so‘z agar yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon, nobop eshitilur. Shuning uchun behuda so‘zlamagilki, foydasizdur. Bunday befoyda so‘z ziyon keltirur va har so‘zki undan hunar isi kelmasa, bunday so‘zni gapirmaslik lozim.

Kaykovus, «Qobusnoma»

Bugungi kunda Markaziy Osiyo musulmonlarining aksari hanafiylik mazhabiga ergashadi. Ayni damda mazkur fiqhiy ta’limot Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Turkiya va qator Afrika mamlakatlarida keng tarqalgan.

XII asr Farjak - X asrda

2017-yildan O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Imom Moturidiy majmuasida «Kalom ilmi maktabi», moturidiylik ta’limotining yirik vakili Abul Mu’in Nasafiy ziyoratgohida esa «Aqoid maktabi»ni tashkil etildi.

Ijodiy faoliyat

Molikiylik mazhabi asoschisi, imom Abu Abdulloh

Molik ibn Anas 711-yilda tavallud topgan. Mazkur mazhabda birinchi manba Qur’oni karim, ikkinchi manba hadis hisoblanadi. Molikiylik mazhabida shar’iy masalalarda Madina hayoti va odatlari ko‘p hollarda ustun turgan. Molikiylik Marokash, Jazoir, Tunis, Bangladesh kabi mamlakatlarda asosiy mazhab hisoblanadi.

Shofe’iylik mazhabi asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris Shofe’iy (767–804). Shofe’iylik mazhabi fiqhiy hukm chiqarishda Qur’on, sunnat, ijmo va qiyosga suyanadi. Ular hanafiylar va molikiylarda mavjud bo‘lgan istehsonni rad qiladilar. Shofe’iylik, asosan, Indoneziya, Malayziya, Misr, Sudan, Keniya, Mali, Liviya kabi davlatlarda tarqalgan.

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Mazhab deganda nimani tushundingiz? 2. Sunniylar yashaydigan hududlarni xaritadan aniqlang.

Ijmo - ilk islom davrida ulamolarning bir ovozdan qabul qilgan qarorlari.

Hanbaliylik mazhabi asoschisi imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal (780–855) Bag‘dod shahrida yashagan. Hanbaliylik mazhabida Qur’on va sunnat asosiy manba hisoblanadi. Ijmo va sahobalarning gaplari keyingi o‘rinlarda turadi. Qiyosni boshqa iloj qolmagandagina ishlatishga ruxsat beriladi. Mazkur mazhab izdoshlari kam sonli bo‘lib, asosan, Saudiya Arabistoni, Yaman, BAA, Quvayt, Qatar davlatlari aholisi orasida tarqalgan.

Sunniylikdagi to‘rtala mazhab bir-biri bilan teng hisoblanadi. Mazhablar an’anaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani holda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan farq qiladi.

Bilasizmi?

VIII–IX asrlarda musulmonlar orasida Qur’on oyatlari va hadislarni noto‘g‘ri tushungan toifalar paydo bo‘ldi. Ular goh Allohni insonga o‘xshash tasvirlar, goh uning xususiyatlarini inkor etar, payg‘ambarlar, Qur’oni karim sha’niga noloyiq fikrlarni bildirar edi. Mana shunday sharoitda sunniylik yo‘nalishi olimlari ayrim oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalariga bir qator raddiyalar berganlar. Natijada Abu Mansur Moturidiy (870–944) moturidiya ta’limotiga asos solgan.

Keyingi davrda paydo bo‘lgan «soxta salafiylik», «Hizbut tahrir» kabi yo‘nalishlarni fiqhiy mazhablarga tenglashtirib bo‘lmaydi. Chunki ular shar’iy masalalarda o‘z mustaqil yechimlarini bergan tizimga ega emas. Ularga noqonuniy diniy-siyosiy harakat sifatida qarash mumkin.

Bilasizmi?

Moturidiy sof diniy aqida doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Moturidiyga ko‘ra, inson hayotiy imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng imkoniyatlar ham berilgan.

Inson o‘z xatti-harakatlarini tanlashda ixtiyorlidir. Buyuk alloma o‘z qarashlari bilan hanafiylik ta’limotining Turon xalqlari an’analari, urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatib berdi.

Abu Mansur Moturidiy maqbarasi.

Eng e’tiborlisi, islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shimoliy Afrika kabi mamlakatlarda moturidiylik ta’limoti hozir ham oliy, o‘rta ta’lim tizimida va diniy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinadi.

Bilasizmi?

Ash’ariya ta’limoti. Ushbu ta’limotga Abul Hasan Ash’ariy (873–936) asos solgan. Imom Ash’ariy umrining yarmini adashgan oqimlarga qarshi kurashga bag‘ishlagan. Ash’ariya ta’limoti ham sunniylik aqidasiga muvofiq ta’limot hisoblanadi. Ushbu ta’limot ham, asosan, mo‘taziliya, qadariya, jabariya kabi adashgan guruhlarning aqidaviy

O‘zbekistonda 2000-yilda g‘oyalariga qarshi turgan. Ash’ariya ta’limoti, asosan, Iroqda, so‘ngra saljuqiylar hukmronligi davrida Xurosonda rivojlangan.

Moturidiy tavalludining 1130-yilligi keng nishonlandi.

Ijodiy faoliyat

Islom dinida tasavvuf va tariqat degan tushunchalar ham bor. Tasavvufning chin mohiyati nafsni poklash, axloqni sayqallash, ma’naviy kamolotga erishishdan iborat. Mazkur maqsadlarga erishish uchun olimlar tomonidan maxsus maktablar — tariqatlar tuzilgan. «Tariqat» arab tilidagi so‘z bo‘lib, «yo‘l» ma’nosini anglatadi. Bugungi kunda tariqatlar soni ko‘p bo‘lib, ularning eng yiriklari Yassaviya, Kubraviya va Naqshbandiyadir. Muhimi, ularning barchasi ona yurtimizda yuzaga kelgan.

Savollar: 1. Tasavvufga berilgan ta’rifni o‘qing. Ta’rifdagi «yomon axloqlar» deganda nimani tushunasiz? 2. Nima uchun bunday yomon axloqlardan qutulish kerak deb o‘ylaysiz? 3. Xuddi tibbiyot ilmi badan sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarni o‘rgatganidek, tasavvuf ham qalbning, ham ruhning yomon axloqlardan xalos bo‘lishi yo‘llarini o‘rgatadi, degan fikrni asoslashga harakat qiling.

Ijodiy faoliyat

Tasavvuf va unga o‘zakdosh bo‘lgan sufiy, mutasavvif atamalarining kelib chiqishi arab tilidan «jun, yung» ma’nosini bildiruvchi «suf» so‘zidan olingan.

O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz

Savollar: 1. Turon hududida islom dinining keng yoyilishiga xizmat qilgan omillarni sanang. Dinning yoyilishida madrasalarning o‘rni qanday edi? 2. Islom dinining yuksalishida yurtdoshlarimizning xizmatlari qanday bo‘lgan? 3. Ularning bugungi kundagi ahamiyati qanday? 4. «Tarixdagi ajdodlarimiz xizmatining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusida qo‘shimcha ma’lumotlar asosida taqdimot tayyorlang.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Arablar istilosidan keyin Turonning bir qismi bo‘lgan «Movarounnahr» so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
  1. Sharq o‘lkasi
  2. Daryoning narigi tomoni
  3. Daryoning bu tomoni
  4. Ikki daryo oralig‘i

To‘g‘ri javob: Daryoning narigi tomoni. Movarounnahr «Daryoning narigi tomoni» degan ma’noni bildiradi.

Turonning arablarga bo‘ysunmagan qismi bo‘lgan «Arodi at-turk» nomi qanday ma’noni bildiradi?
  1. Turklar yerlari
  2. Cho‘l yerlari
  3. Turon o‘lkasi
  4. Qo‘shni yurtlar

To‘g‘ri javob: Turklar yerlari. «Arodi at-turk» «Turklar yerlari» degan ma’noni bildiradi.

Arab istilosidan keyin Turonning arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari qanday nomlangan?
  1. Arodi at-turk
  2. Movarounnahr
  3. Xurosonzamin
  4. Dashti Qipchoq

To‘g‘ri javob: Arodi at-turk. Turon ikkiga bo‘linib, arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari Arodi at-turk deb atalgan.

Movarounnahr atamasi qanday ma’noni bildiradi?
  1. «Ikki daryo oralig‘i»
  2. «Daryoning narigi tomoni»
  3. «Tog‘ning narigi yonbag‘ri»
  4. «Sahroning narigi qirg‘og‘i»

To‘g‘ri javob: «Daryoning narigi tomoni». Matnda Movarounnahr «Daryoning narigi tomoni» deb izohlangan.

Turonning ikki qismga bo‘linishiga nima sabab bo‘ldi?
  1. Mo‘g‘ullarning bosqini
  2. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi
  3. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi
  4. Buyuk ipak yo‘lining to‘xtashi

To‘g‘ri javob: Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi. Yangi siyosiy kuch paydo bo‘lishi oqibatida Turon Movarounnahr va Arodi at-turkka bo‘lingan.

Abu Muslim qo‘zg‘oloni davrigacha islomdan oldingi davr hukmdorlari nima qilgan?
  1. Arab qo‘shinlariga qarshi kurashib, o‘z mustaqilligini to‘liq tiklagan
  2. Islomni qabul qilib, hokimiyatni arab noiblariga topshirib qo‘ygan
  3. Mavqeidan ajralib, mol-mulki musodara qilinib, surgun qilingan
  4. O‘z mavqelarini saqlab, aholidan arablar uchun soliq yig‘gan

To‘g‘ri javob: O‘z mavqelarini saqlab, aholidan arablar uchun soliq yig‘gan. Ular mavqelarini saqlab, mahalliy aholini boshqargan va arablar uchun soliq yig‘gan.

Arab istilosi oqibatida Turon ikki qismga bo‘lindi. Atamalarni ularning ma’nosi bilan moslang. 1) Movarounnahr; 2) Arodi at-turk; 3) Mazhab; 4) Kunya. A) arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari; B) Daryoning narigi tomoni; C) yo‘nalish, yo‘l, ta’limot; D) arabcha “abu” so‘zining izofali shakli bo‘lgan ism qismi.
  1. 1-A, 2-B, 3-C, 4-D
  2. 1-B, 2-A, 3-D, 4-C
  3. 1-B, 2-A, 3-C, 4-D
  4. 1-C, 2-A, 3-B, 4-D

To‘g‘ri javob: 1-B, 2-A, 3-C, 4-D. Movarounnahr – “Daryoning narigi tomoni”, Arodi at-turk – arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari, mazhab – yo‘nalish, kunya – “abu” so‘zining izofali shakli.

Islomning Turonga kirib kelishi haqidagi hukmlarni ko‘rib chiqing. I. Abu Muslim qo‘zg‘oloni davrigacha islomdan oldingi davr hukmdorlari o‘z mavqelarini saqlab turgan. II. Movarounnahr arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari deb atalgan. III. Arab hukmronligi natijasida Turon ikki qismga bo‘lingan. Qaysilari to‘g‘ri?
  1. faqat I
  2. faqat III
  3. II va III
  4. I va III

To‘g‘ri javob: I va III. Arablarga bo‘ysunmagan yerlar Arodi at-turk deb atalgan, Movarounnahr esa “Daryoning narigi tomoni” ma’nosini bergan; shuning uchun II hukm noto‘g‘ri.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiEtnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishiKeyingi →lar. Ta’lim