lar. Ta’lim
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Mulohaza uchun
Abu Homid G‘azzoliy (1058–1111) o‘z davrida «Hujjatul islom» (islom dalili) nomi bilan mashhur bo‘lgan. G‘azzoliy Sharq va G‘arbda ilohiyotchi, faylasuf sifatida tanilgan. G‘azzoliyning «Ihyou ulumid-din» asarining «Ilm kitobi» qismida «ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi odoblari haqida» ibratli fikrlar bayon qilingan. U: «Ilmning avvali sukut qilish, keyin tinglash, keyin uni yod olish, keyin unga amal qilish, keyin esa tarqatish – boshqalarga o‘rgatishdir», – deb yozadi.
Ilmni kimlarga o‘rgatmoq lozim, degan savolga «dunyoviy va diniy ilmlarni faqat qalbi ezgulikka limmo-lim insonlarga o‘rgatish lozim. Ilm faqat ezgulikka xizmat qilishi kerak», degan fikrni ilgari suradi.
Ijodiy faoliyat
S. P. Tolstov «Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasini izlab» asarida Xorazmdagi Jonbosqal’a va Tuproqqal’adan topilgan zardushtiylarning ibodatxonalari haqida shunday yozadi: «Inshootlarning o‘rtasida qo‘sh devorlar bilan qurshalgan va ichkariga aylanma yo‘lagi bo‘lgan to‘g‘ri burchakli bino bo‘lgan. Xonalardan 140 ta teriga va yog‘ochga yozilgan turli mazmundagi hujjatlar hamda 138 ta katta-kichik haykalchalar topilgan».
Ijodiy faoliyat
Yuqoridagi tarixiy manbaga tayanib, Xorazmda ibodatxonaga tutash binolarda huquq idoralari, ma’muriy-xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanadigan joylar bilan birgalikda ta’lim maskanlari ham bo‘lganligini asoslashga harakat qiling.
Ma’lumot uchun
Turonda islomga qadar ham bir necha asrlar davomida shakllangan ta’lim tizimi mavjud edi. Mintaqada islom dini mafkurasining o‘rnatilishi natijasida mahalliy ta’lim tizimida «madrasa» deb atalgan oliy ta’lim muassasalari paydo bo‘ladi. Shu ma’noda, ilk oliy o‘quv yurti VIII–IX asrlarda Buxoroda paydo bo‘lgani ham bejiz emas. Ulardan eng mashhuri Farjak madrasasi bo‘lib, u 937-yili yonib ketgan. Samarqandda X asrda 17 ta madrasa tashkil etilgan. Maktabdan yuqori bosqichdagi ta’lim dargohlari to «madrasa» nomi qat’iylashguncha «majlis» deb atala boshlangan va ularda shayx, hakim yoki ustoz deb atalgan ilmli kishilar dars berganlar.
Mulohaza uchun
Turondagi davlatlar ma’naviy va ma’rifiy hayotiga nazar tashlasak, bu hududlarda savodxonlik yuksak darajada bo‘lgan. Masalan, Mug‘ tog‘idan topilgan hujjatda VIII asrda o‘lkamizda ro‘y bergan voqealar haqida so‘z boradi. Bu hujjat kul rang, ipak tolalari aralash «Xitoy» qog‘oziga bitilgan.
Hujjatni Divashtichning quli yozgan. Bu esa Turonda nafaqat erkin aholi, balki qullarning ham savodli bo‘lishiga e’tibor qaratilganidan dalolat beradi.
Akademik A. Sagdullayevning «Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda» nomli kitobida sug‘d yozuvi ish yuritishda, savdo va madaniy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo‘lib, qadimgi uyg‘ur, mo‘g‘ul va manjurlar yozuvlari paydo bo‘lishiga asos bo‘lganligi ta’kidlanadi.
Mulohaza uchun
Eftaliylar va Turk xoqonligiga oid bo‘lgan tangalarda podshohlarning rasmi tushirilib, ismlari bilan zarb etilganlari uchraydi. Turk xoqoni Istami Vizantiya imperatoriga noma yuboradi. Elchining sug‘d ekanligi va u olib borgan noma sug‘d tilida bitilganligi tarixiy manbalarda qayd etiladi. Eftaliylar davrida mintaqada sug‘dcha, xorazmcha, buxorocha, karoshti, eftaliycha yozuvlar mavjud bo‘lgan.
Qutayba ibn Muslim davrida Buxoro hisorining ichida jome masjidi va madrasa bino qilingan. U joy (ilgari) butxona edi. Qutayba ibn Muslim davrida Afshona qishlog‘ining ekin yerlari va biyobonlari madrasa talabalariga vaqf qilingan.
Mulohaza uchun
Madrasalarning ta’minoti pul, g‘alla va o‘sha ikki mahsulotda aralash holda amalga oshirilgan. Har bir madrasa huzurida boshlang‘ich maktablar bo‘lgan. Boshlang‘ich ta’limda 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qitilgan. Madrasada ta’lim olish esa 12, 14 yoshdan boshlangan. Ta’lim aslida bepul bo‘lgan. Shuningdek, nizomiya madrasalarida talabalarga stipendiya berilgan.
Ijodiy faoliyat
Mashhur sayyoh, Istaxriy (850-934) xorazmliklarning ilmga o‘chliklarini o‘zining «Kitob masolik va-l-mamolik» (930-933-yillarda yozilgan) asarida: «Hozir Bag‘dodda biror olim yo‘qki, uning xorazmlik shogirdi bo‘lmasin», – deb ta’kidlagan.
Mulohaza uchun
IX asr boshlarida Balxda 400 ta madrasa va 900 ta maktab bo‘lgan.
Turon Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ldi. Xorazmshoh Anushtegin davrida jami 4440 ta, faqatgina Gurganchning o‘zida 700 ta madrasa bo‘lgan.
“Ilmning sifati uch vajhdandir: yo bir pesha bila bog‘lang‘on ilm; ilm bilan bog‘liq pesha (hunar, kasb); xayr va dalolatga taalluqli odat. Biror pesha bila bog‘liq ishlar tabiblik, munajjimlik, muhandislik, massohlik (yer o‘lchovchi, tanobchi), shoirlik va bularga o‘xshash ishlardir. Ilmga taalluqli bor pesha xunyogarlik (musiqa asboblari ustasi), baytorlik (otlarni davolovchi), binokorlik, korizkunlik va bulardan tashqari ishlar ham bordur. Bularning har birisida shundoq qoida bordurki, agar sen uning rasmin va tartibin bilmasang, har qancha usta bo‘lsang ham, ul bobda serrayg‘on kishidek bo‘lursan, ya’ni taajjublanib turg‘aysan».
Mulohaza uchun
Kaykovus, «Qobusnoma»
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
TARIXNI O‘ZGARTIRGAN SHAXSLAR
Dunyoda xalqlar ko‘p, davlatlar ko‘p. Minglab millatlar va turli-tuman elatlar ham. Ulardan har birining dunyo tamadduniga qo‘shgan o‘z hissasi bor, ma’lum miqdordagi ulushi bor. Bu ulushni esa kimdir ko‘proq, kimdir kamroq qo‘shib yashamoqda. Bu tabiat qonuni, rivojlanish tamoyilidir.
Biz shu zamin egasi, shu xalq vakili sifatida dunyo tamadduniga qo‘shgan ulkan ulushimiz bor, deb ayta olamiz. Qomusiy olim sifatida Beruniy, tibbiyot madadi Abu Ali ibn Sino, aniq fanlarda Xorazmiy, diniy ilmda Imom Buxoriy, harb ilmida Amir Temur, osmon ilmida Mirzo Ulug‘bek, she’riyat va badiiy adabiyotda Navoiy oldini kesib o‘tadigani hali-hanuz topilmasa kerak.
TARIXNI O‘ZGARTIRGAN SHAXSLAR
Keyingi mavzularimiz mana shu haqida…
Muhim sanalar
- 930-933-yillarda — Mashhur sayyoh, Istaxriy (850-934) xorazmliklarning ilmga o‘chliklarini o‘zining «Kitob masolik va-l-mamolik» (930-933-yillarda yozilgan) asarida: «Hozir Bag‘dodda biror olim yo‘qki, uning xorazmlik shogirdi…
- 937-yili — Ulardan eng mashhuri Farjak madrasasi bo‘lib, u 937-yili yonib ketgan.
- VIII–IX asrlarda — Shu ma’noda, ilk oliy o‘quv yurti VIII–IX asrlarda Buxoroda paydo bo‘lgani ham bejiz emas.
- X asrda — Samarqandda X asrda 17 ta madrasa tashkil etilgan.
- VIII asrda — Masalan, Mug‘ tog‘idan topilgan hujjatda VIII asrda o‘lkamizda ro‘y bergan voqealar haqida so‘z boradi.
- IX asr — IX asr boshlarida Balxda 400 ta madrasa va 900 ta maktab bo‘lgan.
Bilimingizni sinang
G‘azzoliyning «Ihyou ulumid-din» asarining qaysi qismida ta’lim oluvchi va beruvchi odoblari haqida fikrlar bayon qilingan?
- Ibodat kitobi
- Ilm kitobi
- Taharat kitobi
- Odob kitobi
To‘g‘ri javob: Ilm kitobi. Bu fikrlar asarning «Ilm kitobi» qismida bayon qilingan.
Abu Homid G‘azzoliy qaysi yillarda yashagan?
- 1058–1111-yillar
- 980–1037-yillar
- 973–1048-yillar
- 1141–1209-yillar
To‘g‘ri javob: 1058–1111-yillar. G‘azzoliyning hayot yillari 1058–1111.
G‘azzoliy o‘z davrida qanday nom bilan mashhur bo‘lgan?
- «Shayxur-rais»
- «Hujjatul islom»
- «Imomul muhaddisin»
- «Sohibqiron»
To‘g‘ri javob: «Hujjatul islom». U «Hujjatul islom» (islom dalili) nomi bilan mashhur bo‘lgan.
G‘azzoliyga ko‘ra, ilm olishning to‘g‘ri tartibi qaysi?
- Tinglash, sukut qilish, tarqatish, yod olish, amal qilish
- Yod olish, tinglash, amal qilish, sukut qilish, tarqatish
- Sukut qilish, yod olish, tinglash, tarqatish, amal qilish
- Sukut qilish, tinglash, yod olish, amal qilish, tarqatish
To‘g‘ri javob: Sukut qilish, tinglash, yod olish, amal qilish, tarqatish. G‘azzoliy ilmning avvali sukut, so‘ng tinglash, yod olish, amal qilish va tarqatish, deb yozadi.
Shaxslarni ularning asarlari bilan moslang. 1) G‘azzoliy; 2) Istaxriy; 3) Kaykovus; 4) S. P. Tolstov. A) «Qobusnoma»; B) «Kitob masolik va-l-mamolik»; C) «Ihyou ulumid-din»; D) «Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasini izlab».
- 1-C, 2-B, 3-A, 4-D
- 1-B, 2-C, 3-A, 4-D
- 1-C, 2-B, 3-D, 4-A
- 1-A, 2-B, 3-C, 4-D
To‘g‘ri javob: 1-C, 2-B, 3-A, 4-D. G‘azzoliy «Ihyou ulumid-din»ni, Istaxriy «Kitob masolik va-l-mamolik»ni, Kaykovus «Qobusnoma»ni, Tolstov esa «Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasini izlab»ni yozgan.
G‘azzoliy fikricha, dunyoviy va diniy ilmlarni kimlarga o‘rgatish lozim va ilm nimaga xizmat qilishi kerak?
- Dunyoviy ilmni hammaga, diniy ilmni esa faqat ruhoniylarga; ilm hokimiyat manfaatiga xizmat qilishi kerak
- Ikkala turdagi ilmni faqat qalbi ezgulikka limmo-lim insonlarga; ilm faqat ezgulikka xizmat qilishi kerak
- Ikkala turdagi ilmni faqat boy oilalarning farzandlariga; ilm foyda keltirishi kerak
- Ikkala turdagi ilmni tanlamasdan hammaga; ilm har qanday maqsadga xizmat qilishi mumkin
To‘g‘ri javob: Ikkala turdagi ilmni faqat qalbi ezgulikka limmo-lim insonlarga; ilm faqat ezgulikka xizmat qilishi kerak. G‘azzoliy dunyoviy va diniy ilmlarni faqat qalbi ezgulikka limmo-lim insonlarga o‘rgatish lozim, ilm esa faqat ezgulikka xizmat qilishi kerak, deb hisoblagan.
G‘azzoliyga ko‘ra, ilm egallash va tarqatish qaysi tartibda amalga oshiriladi?
- tinglash – sukut qilish – yod olish – tarqatish – amal qilish
- yod olish – tinglash – sukut qilish – amal qilish – tarqatish
- sukut qilish – yod olish – tinglash – tarqatish – amal qilish
- sukut qilish – tinglash – yod olish – amal qilish – tarqatish
To‘g‘ri javob: sukut qilish – tinglash – yod olish – amal qilish – tarqatish. G‘azzoliy ilmning avvali sukut qilish, keyin tinglash, yod olish, unga amal qilish va oxirida tarqatish ekanini yozgan.
S. P. Tolstov Xorazmdagi Jonbosqal’a va Tuproqqal’adagi zardushtiylar ibodatxonalari xonalaridan teri va yog‘ochga yozilgan nechta hujjat topilganini yozadi?
- 120 ta
- 140 ta
- 160 ta
- 100 ta
To‘g‘ri javob: 140 ta. Tolstov yozishicha, ibodatxona xonalaridan teriga va yog‘ochga yozilgan 140 ta hujjat topilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash