lar. Aql-zakovat bilan bunyod etilgan boy ma’naviyat
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Ma’lumot uchun
Yurtimiz allomalari diniy bilimlar bo‘yicha ham yuksak darajaga erishganlar. Masalan, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Forobiy, Beruniylar Qur’oni karim, hadis, islom tarixi va huquqshunosligi bo‘yicha ham asarlar yozganlar. Musulmon olamidagi dastlabki o‘quv dargohlari — madrasalar VIII asrning oxirlarida o‘sha davrdagi ilmiy-madaniy markazlar hisoblangan Buxoro, Samarqand, Nasaf, Termiz, Xiva, Shosh, Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarda faoliyat ko‘rsata boshlagan. Bunday ilm dargohlari o‘zining natijasini ko‘rsatib, yurtimizdan buyuk mufassirlar (Qur’onni tafsir qiluvchilar) va muhaddislar (hadis to‘plovchilar) yetishib chiqqan.
Ma’lumot uchun
Muhammad (s.a.v.)ning olti yuz mingga yaqin hadislarini yodida saqlagan buyuk alloma Imom Buxoriy «Hadis ilmining sultoni» degan sharafli unvonga sazovor bo‘lgan. Buyuk muhaddisning «al-Jome as-sahih» (Sahih, ishonchli to‘plam) asari Qur’oni karimdan keyingi o‘rinda turadigan ikkinchi muhim manba sifatida islom olamida yuqori bahoga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Ijodiy faoliyat
Bir kuni bir insondan hadis eshitish va uni yozib olish uchun izlab boradilar. U kishi otini chaqirish maqsadida etagiga yolg‘ondan yem solgandek ko‘rsatib, aldab chaqirayotganini ko‘radilar. Oqibatda juda uzoqdan kelgan bo‘lsalar-da, u kishidan hadis eshitmay qaytib ketadilar.
Imom Buxoriy hadis ilmi olimlaridan biri Is’hoq Rohuvaihning huzurida bo‘lgan. U ba’zi shogirdlariga: «Koshki sizlar Nabii sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini jamlagan muxtasar, sahih kitob jam qilsangiz edi!» – dedi. Bu Imom Buxoriyning qalbiga o‘rnashib qoldi va u hadislarni jamlashni boshladi. Bu hadislarni 600 000 ta hadisdan chiqarib olib, kitobiga faqat sahih hadislarni jamladi. Hadislarning roviysi (yetkazuvchi, rivoyat qiluvchi, aytuvchi) haqidagi ma’lumotlarni ham berish ularning ishonchliligini ta’minlash uchun asos bo‘lgan. Har bir roviyning tarjimayi holini yozar, har bir hadisni yozishdan oldin poklanib, ibodat va duolar qilar edi. Imom Buxoriy hadislarni qabul qilishi uchun hadis qator talablarga javob berishi zarur bo‘lgan. Hadis aytuvchining musulmon bo‘lishi, yoshi, ya’ni voyaga yetganligi, aqlining rasoligi, gunoh ishlardan saqlanganligi, ilmga amal qilishi, eshitgan xabarining rostligini aniqlab keyin birovga aytadigan odam bo‘lishi, shu bilan birga, xotirasining kuchliligiga, yolg‘ondan uzoq bo‘lishi kabi talablarga amal qilgan. «Al-Jome as-sahih» 16 yil mobaynida yozib tugatildi.
Ijodiy faoliyat
Imom Buxoriy maqbarasi.
“Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay!”
Imom Buxoriy
Imom Buxoriyning imtihon qilinishi
Bir kuni Imom Buxoriyning Bag‘dodga kelganini eshitgan olimlar u kishini imtihon qilib ko‘rmoqchi bo‘ldilar. Bag‘dod muhaddislari yuzta hadisni tanlab olib, ularning matn va isnodlarini o‘zgartirdilar (ya’ni, bir isnod matnini ikkinchi bir isnod matni bilan va bir matn isnodini boshqa matn isnodi bilan almashtirib qo‘ydilar). So‘ng ularni o‘n kishiga o‘ntadan bo‘lib berdilar-da, yig‘in vaqtida
Imom Buxoriyga aytishni tayinladilar. Yig‘inga minglab xurosonlik, bag‘dodlik va boshqa olimlar kelishdi. Boyagi kishilar o‘zlariga topshirilgan hadislarni Imom Buxoriyga aytib, ular xususida so‘radilar. Shunda Imom Buxoriy ularning har biriga: «Bunday hadisni bilmayman», — deb javob berdi.
Imom Buxoriyning imtihon qilinishi
Savollar tugaganidan so‘ng birinchi bo‘lib savol bergan kishiga o‘girildi-da: «Ammo, sen aytgan birinchi hadisning matni boshqa bir hadis isnodiga taalluqli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday, ikkinchisining isnodi esa bo‘lak hadis matniga tegishli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday...» — deya savol bergan
10 kishiga javob berdi. Barcha hadislarning isnod-u matnlarini joy-joyiga qo‘yganiga qoyil qolgan odamlar u kishining xotirasi, aql-u zakovatiga tan berib, chuqur izzat-ehtirom bildirdilar.
Ijodiy faoliyat
Manbalarda aytilishicha, Imom Buxoriyning sahih to‘plamiga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7 275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan holda esa 4 000 hadisdan iborat bo‘lgan.
Bilasizmi?
707-yili musulmonlar tomonidan dunyodagi birinchi shifoxona tashkil qilindi. Shu shifoxonaning o‘zida hamshiralar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi va tibbiyot oliygohlari faoliyat ko‘rsata boshladi. Ko‘p asrlar mobaynida aynan musulmon shifokorlari ko‘z kasalliklarini tekshirish va davolash bo‘yicha mutaxassislar hisoblanishgan.
Ma’lumot uchun
1990- yili yurtimizda Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi qaytadan ta’mirlanib, qutlug‘ ziyoratgohga aylantirildi.
Imom Termiziy. Abu Iso Muhammad Termiziy (824–892-yil, Termiz) Bug‘ qishlog‘i (hozirgi Sherobod tumani)da tavallud topgan buyuk o‘zbek muhaddisidir. Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda bo‘lgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini e’tirof etadi. O‘z navbatida, Imom Buxoriy o‘z shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: «Sen mendan bahra topganingdan ko‘ra, men sendan ko‘proq bahra topdim», – deydi. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi. 868-yilda u o‘z tug‘ilgan yurtiga qaytgan.
Ma’lumot uchun
Termiziy ziyoratgohi
Ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
Termiziy ilmiy-ijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati: «Al-Jome’ as-sahih» («Ishonarli to‘plam»), «Ash-Shamoil an-nabaviya» («Payg‘ambar alayhissalomning shakl va sifatlari»), «Al-Ilal fil-hadis» («Hadislardagi illatlar»), «at-Ta’rix» («Tarix») va boshqalar bizgacha yetib kelgan. Uning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz «Al-Jome’ as-sahih» bo‘lib, u 6 ta ishonchli hadislar to‘plamidan biridir.
Manbalarda
Abu Iso Muhammad Termiziy Makkaga hajga borayotganlarida yo‘l-yo‘lakay ko‘plab mashhur muhaddislar bilan uchrashib, ularning biridan hadis ilmidan saboq bermog‘ini iltimos qilgan. Shunda u kishi: «Mayli, qo‘lingizga qog‘oz-qalam olingiz!» — degan. Aksiga olib, shu payt Termiziy qalam topa olmagan, olim ro‘parasida o‘ltirib eshitgan.
Olim esa hech qanday yozuv yo‘qligini ko‘rib, jahli chiqib: «Nima, sen meni bekorchi deb o‘yladingmi?» — deb koyigan. Imom Termiziy uzr aytib: «Siz aytgan hadislarni yodlab oldim, ularni aytib beraymi?» — deb eshitgan hadislarining hammasini birin-ketin aynan aytib bergan. So‘ng u olim yana qirqta hadis aytgan. Imom Termiziy ularni ham birma-bir xatosiz aytib bergan.
Manbalarda
Shunda olim Imom Termiziyning xotirasi bag‘oyat kuchli ekanidan hayratlangan.
Iso Termiziy maqbarasi,
Zamaxshariy, Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad (1075–1144) – tilshunos, shoir, faqih. «Jorulloh» – «Allohning qo‘shnisi», «Arab va g‘ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri» nomlari bilan ulug‘langan. Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi rahbarligida savod chiqarib, keyinroq Gurganjda, Buxoroda ilm olgan. Bir necha yil xorazmshohlar saroyida xizmat qilgan. 1118-yildan e’tiboran butun umrini ilm-fanga bag‘ishlaydi. Ikki marta haj safarida bo‘lgan. Ko‘hna Urganchda vafot etgan.
Zamaxshariy arab tili, adabiyot, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid ko‘plab asarlar yaratgan. Arab tili grammatikasiga oid «Al-Mufassal» nomli asarini u Makkada yashagan paytida, bir yarim yil davomida yozgan.
Manbalarda
Buyuk bobomiz Alisher Navoiy
“Sab’ai sayyor” dostonining ustozi Abdurahmon Jomiy ta’rifiga bag‘ishlangan bobida Zamahshariyni eslab o‘tadi:
Arabiyatda dars aning virdi.
Ibni Hojib kamina shogirdi.
Ibni Hojib demayki, Jorulloh,
Oncha tafsir ishinda yo‘q ogoh.
Qohira Al-Azhar
Uning Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan «Qur’on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so‘zlar ko‘zlarini ochish» («Al-Kashshof an haqoiq it-tanziyl va uyun-il-aqoviyl fi vujuh it-ta’viyl») asari mashhurdir. Makkada yozilgan bu kitob qisqacha «Kashshof» deb ataladi.
Zamaxshariyning fiqhga oid «Turli masalalarning muhimi», «Vorislik huquqi ilmi bo‘yicha mashq», din asoslari haqidagi «Usuldagi tartibotlar», hadislarga bag‘ishlangan «G‘arib hadislar haqida ajoyib asar», shuningdek, til, nahv masalalarini keng yoritgan kitoblari, she’riy devonlari saqlangan bo‘lib, ular turli tillarga tarjima qilinib chop etilgan.
Ijodiy faoliyat
Buyuk o‘zbek allomalari orasida islom shariati — fiqh sohasida ham peshqadamlar mavjud bo‘lgan.
Imom Burhoniddin Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil Farg‘oniy Marg‘inoniyning nasabi xalifa Abu Bakr Siddiq (r.a.)qa borib taqaladi.
2000-yilning noyabrida Marg‘ilonda Burhoniddin al- Marg‘inoniyning 910 yilligi keng nishonlandi.
Imom Burhoniddin Marg‘inoniy 1123-yilda Rishton tumanida tug‘ilgan. U ilm-ma’rifatli oilada ulg‘aygan bo‘lib, avvalo o‘z otasidan ta’lim oladi. So‘ng o‘z davrining mashhur allomalari, faqih va mujtahid darajasidagi olimlardan dars olib, o‘zining e’tiqodi, taqvosi va yuksak iste’dodi tufayli hanafiy mazhabi bo‘yicha buyuk faqih va mujtahid darajasiga ko‘tariladi. «Shayx ul-islom» degan ulug‘ martabaga sazovor bo‘ladi.
Ijodiy faoliyat
Val milla - islom dinining dalili, isboti.
Burhoniddin Marg‘inoniyning yuzga yaqin asarlar yozganligi manbalarda qayd qilingan. Uning shoh asari «Hidoya» hisoblanadi. Mazkur asar 57 bobdan iborat bo‘lib, islom huquqshunosligining barcha sohalarini o‘zida ifoda etgan noyob manba hisoblanadi.
Marg‘inoniyning butun islom olamida mashhur bo‘lgan «Hidoya» asari 1178-yili Samarqandda yozildi. «Hidoya» asari yaratilgan davridan to hozirgacha Sharq va G‘arbning o‘quv yurtlarida islom shariatini o‘rganishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalaniladi.
Alloma 1197-yilda vafot etgan.
Imom Burhoniddin Marg‘inoniy ziyoratgohi.
Ijodiy faoliyat
Farg‘ona viloyati
Marg’inoniy
Hakim Termiziyning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir Hakim Termiziy bo‘lib, tarjimayi holiga oid ma’lumotlar o‘rta asrlarda arab tilida ijod qilgan mualliflardan Tojuddin Subkiy, Xatib Bag‘dodiy Ibn Hojar Asqaloniy va Sullamiy asarlarida, shuningdek, o‘zining qalamiga mansub «Bad’u sha’ni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiografik risolasida keltirilgan.
Marten Iden
Mashhur mutasavvuf, muhaddis, «hofiz ul-Qur’on» va olim bo‘lib, aqida, tafsir, hadis ilmlari to‘g‘risida asarlar yozgan Hakim Termiziy taxminan 750/760-yillarda Termiz shahrida tavallud topgan. Umrining oxiriga qadar (taxminan 869-yil) to‘rt yuzga yaqin asar yozgan. Shundan oltmishga yaqini bizgacha yetib kelgan.
Termiziy bu dunyo uchun yaratilgan barcha ne’matlarning, jumladan, tevarak-atrof, bizni o‘rab turgan dunyoning hikmatini anglashdagi harakatlari uchun o‘z davrida alloma «al-Hakim», ya’ni «(borliqdagi) hikmatni anglagan zot» nomiga musharraf bo‘lgan.
Allomaning payg‘ambar Muhammad alayhissalomning hadislariga bag‘ishlangan «Navodir al-usul fi ma’rifat axbor Rasul» («Rasululloh xabarlarini bilishga oid usullar») asari mashhur. Uning bir qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston musulmonlar idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. Hakim Termiziyning bizgacha yetib kelgan muhim asarlaridan yana biri «Xatm ul-avliyo» (ba’zi manbalarda «Xatm ul-valoyat») bo‘lib, unda allomaning valiylik haqidagi qarashlari keng bayon etiladi. Bundan tashqari, uning tasavvufga oid «Kitob haqiqat al-odamiya» («Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob»), «Adab al-nafs» («Nafs odobi») va boshqa bir qancha qo‘lyozma asarlari bugungi kungacha yetib kelgan. Ular mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Marten Iden
Hakim Termiziy maqbarasi
Bilasizmi?
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Zakariyya al-Xattob ibn Sharik Narshaxiy (899–959) — tarixchi olim. Buxoroning Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. Somoniylar saroyida kotiblik qilgan. Narshaxiy 943–944-yillarda somoniylar amiri Nuh ibn Nasrga bag‘ishlagan «Tahqiqi viloyati Buxoro» («Buxoro tarixi») nomli asarini arab tilida yozdi.
Narshaxiy yozgan «Buxoro tarixi» kitobining bir necha bobi Buxoroning barpo etilishi, qadimiy nomlari, qadimgi podshohlariga bag‘ishlangan. Asarning maxsus bir bobi
Buxoro atrofidagi Karmana, Nur,
Tavois, Iskajkat, Sharg‘, Zandana, Vardona, Afshona, Barkat,
Romitan, Varaxsha, Baykand
(Poykend), Forob va boshqalar haqida ma’lumot beradi.
Bilasizmi?
Kitobda Turonda arab xalifaligi hukmronligining o‘rnatilishi, islom dinining yoyilishi va Buxoroning arablar tomonidan egallab olinishi hamda xalifalikka qarshi kurashlar batafsil hikoya qilinadi.
«Buxoro tarixi»da IX asrda Turonning arab xalifaligidan ajralib chiqishi, Movarounnahr va Xurosonda somoniylar hukmronligining o‘rnatilishi hamda Buxoroning iqtisodiy va madaniy hayoti tasvirlangan.
Asarda Buxoro shahrining darvozalari, ichki va tashqi devorlarining qurilishi, ark va shahristonning bino qilinishi kabi shaharning tarixiy topografiyasiga oid ma’lumotlar bo‘lib, ular mohirona hikoya qilinadi. Bu asar butun Turonning ilk o‘rta asrlar tarixini o‘rganishda nodir manbadir.
IV-VIII asr - IX-XV asr - XVI-XIX asr -
Afsuski, «Buxoro tarixi»ning arab tilida yozilgan asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Kitobning fors tiliga tarjima qilinib, qariyb uch asr davomida bir necha bor tahrir, qisqartirish va qo‘shimchalarni boshidan kechirgan nusxasi saqlanib qolgan, xolos. «Buxoro tarixi» Parijda fransuz, Buxoro va Tehronda fors, Kembrijda ingliz, Toshkentda rus va o‘zbek tilida, Dushanbeda tojik tilida nashr etilgan.
O‘rganganimizdan xulosa
Muhim sanalar
- 707-yili — 707-yili musulmonlar tomonidan dunyodagi birinchi shifoxona tashkil qilindi.
- 760-yillarda — Mashhur mutasavvuf, muhaddis, «hofiz ul-Qur’on» va olim bo‘lib, aqida, tafsir, hadis ilmlari to‘g‘risida asarlar yozgan Hakim Termiziy taxminan 750/760-yillarda Termiz shahrida tavallud topgan.
- 824–892-yil — Imom Termiziy. Abu Iso Muhammad Termiziy (824–892-yil, Termiz) Bug‘ qishlog‘i (hozirgi Sherobod tumani)da tavallud topgan buyuk o‘zbek muhaddisidir.
- 868-yilda — 868-yilda u o‘z tug‘ilgan yurtiga qaytgan.
- 869-yil — Umrining oxiriga qadar (taxminan 869-yil) to‘rt yuzga yaqin asar yozgan.
- 943–944-yillarda — Narshaxiy 943–944-yillarda somoniylar amiri Nuh ibn Nasrga bag‘ishlagan «Tahqiqi viloyati Buxoro» («Buxoro tarixi») nomli asarini arab tilida yozdi.
- 1118-yilda — 1118-yildan e’tiboran butun umrini ilm-fanga bag‘ishlaydi.
- 1123-yilda — Imom Burhoniddin Marg‘inoniy 1123-yilda Rishton tumanida tug‘ilgan.
- 1178-yili — Marg‘inoniyning butun islom olamida mashhur bo‘lgan «Hidoya» asari 1178-yili Samarqandda yozildi.
- 1197-yilda — Alloma 1197-yilda vafot etgan.
Bilimingizni sinang
Musulmon olamidagi dastlabki o‘quv dargohlari — madrasalar Buxoro, Samarqand, Nasaf, Termiz kabi shaharlarda qaysi asrning oxirlarida faoliyat boshlagan?
- VIII asrning
- X asrning
- VII asrning
- VI asrning
To‘g‘ri javob: VIII asrning. Dastlabki madrasalar VIII asrning oxirlarida faoliyat ko‘rsata boshlagan.
Musulmon olamidagi dastlabki madrasalar qaysi asrning oxirlarida faoliyat ko‘rsata boshlagan?
- VI asrning oxirlarida
- VIII asrning oxirlarida
- X asrning oxirlarida
- XII asrning oxirlarida
To‘g‘ri javob: VIII asrning oxirlarida. Dastlabki madrasalar VIII asrning oxirlarida ilmiy-madaniy markazlarda ochila boshlagan.
Muhaddislar kimlar?
- Hadis to‘plovchilar
- Qur’onni tafsir qiluvchilar
- Madrasa mudarrislari
- Huquqshunos-faqihlar
To‘g‘ri javob: Hadis to‘plovchilar. Matnda muhaddislar hadis to‘plovchilar, mufassirlar esa Qur’onni tafsir qiluvchilar deb ta’riflangan.
Quyidagi hukmlarni baholang. I. Madrasalar IX asrning oxirlarida Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda faoliyat ko‘rsata boshlagan. II. 707-yili musulmonlar tomonidan dunyodagi birinchi shifoxona tashkil qilingan. III. Zamaxshariy «Al-Mufassal» asarini Makkada yashagan paytida bir yarim yilda yozgan. Qaysilari to‘g‘ri?
- faqat II
- I va II
- II va III
- I, II va III
To‘g‘ri javob: II va III. Madrasalar VIII asr oxirlarida paydo bo‘lgan, shuning uchun I noto‘g‘ri; II va III matnga mos.
Olti yuz mingga yaqin hadisni yodida saqlagan Imom Buxoriy qanday sharafli unvonga sazovor bo‘lgan?
- Shayx ul-islom
- Tafsir ilmining sultoni
- Fiqh ilmining sultoni
- Hadis ilmining sultoni
To‘g‘ri javob: Hadis ilmining sultoni. Imom Buxoriy Hadis ilmining sultoni unvoniga sazovor bo‘lgan.
Imom Buxoriyning Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muhim manba sanalgan asari qanday nomlanadi?
- al-Adab al-mufrad
- as-Sunan al-kubro
- al-Jome as-sahih
- al-Jome at-Termiziy
To‘g‘ri javob: al-Jome as-sahih. Imom Buxoriyning al-Jome as-sahih (ishonchli to‘plam) asari Qur’ondan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi.
Imom Buxoriy qanday sharafli unvonga sazovor bo‘lgan?
- «Fiqh ilmining sultoni»
- «Tafsir ilmining peshvosi»
- «Kalom ilmining ustozi»
- «Hadis ilmining sultoni»
To‘g‘ri javob: «Hadis ilmining sultoni». Imom Buxoriy «Hadis ilmining sultoni» unvoniga sazovor bo‘lgan.
Imom Buxoriy taxminan nechta hadisni yodida saqlagan?
- Yetti ming ikki yuz yetmish beshta
- To‘rt mingga yaqin
- Olti yuz mingga yaqin
- Oltmish mingga yaqin
To‘g‘ri javob: Olti yuz mingga yaqin. U olti yuz mingga yaqin hadisni yodida saqlagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash