lar. IX-XII asrlarda ilm-fan va madaniyatning yuksalishi
Qoraxoniylar
Mulohaza uchun
Buxorodagi Mag‘oki Attoriy masjidi
Turon hududi jahon madaniyatining ko‘hna o‘choqlaridan biri bo‘lgan. Islom dini kirib kelishidan avval ham bu yerda yashagan xalqlar boy me’morchilik va hunarmandchilik an’analariga ega edilar. Mintaqaga islom dini kirib kelgach, mahalliy an’analar islom madaniyati bilan uyg‘unlashib, yanada yuksalish pallasiga kirdi.
Ilm-fan, savdo-sotiq, qurilish va qishloq xo‘jaligi misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy etdi. Ilk islom davridagi mavjud siyosiy va iqtisodiy muhit bu jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
IX-X asrlarda me’morchilikning ajoyib yutuqlari masjid va madrasalar qurilishida ko‘proq namoyon bo‘ldi. O‘sha davrlarda diyorimizga kelib-ketgan sayyoh va olimlar shaharlarga ta’rif bera turib, asosiy binolar sifatida masjid va madrasalarni tilga olganliklari shundan dalolatdir. Masjid binolari yonida hashamatli va ulug‘vor minora, honaqoh, ulamo-yu avliyolarning mozorlari ustiga maqbaralar qurildi.
Mulohaza uchun
Bunday joylarni ziyorat etuvchilarning soni ko‘p bo‘lganligidan maxsus hujralar ham bino etila boshladi.
Iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, shaharlar ahamiyatining ortib borishi natijasida IX asrga qadar asosan loy va xom g‘ishtdan qurib kelingan binolar o‘rniga endi pishiq g‘ishtlar ham ishlatila boshladi.
Bilasizmi?
Hozirgi geologiya, mineralogiya, fizika va kimyo sohalari uchun nihoyatda muhim va ishonchli bo‘lgan moddalar tahlili (diagnostikasi)ning usuli, ya’ni moddalar solishtirma og‘irligini aniqlash ilk bor Xorazmda Ma’mun akademiyasida Beruniy tomonidan kashf etilgan.
Ijodiy faoliyat
BUXORO:
IX ASRDA - "Qubbat ul-islom" ( Islom dinining gumbazi) nomini olgan
X ASRDA - Farjak madrasasi qurildi Kovushdo‘zlar mahallasida
XII ASRDA- Darvozai Mansur mahallasida " Faqhlar madrasasi" qurildi
Qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, anushteginiylar davrida iqtisodiy va madaniy taraqqiyot yuksalgan.
XI-XII asrlarda pishiq g‘ishtdan binolar qurish mahorati yuksak darajaga yetgan. Imoratlarni sakkiz burchakli peshtoqlari baland ko‘tarilgan va hashamatli gumbazlar bilan yopilgan holda qurish odat tusiga kirgan, naqshinkor g‘isht terish san’ati rivojlangan, g‘ishtlarga o‘yma naqshlar berilgan.
BUXORO:
Aholi orasida «musulmon g‘isht» deb yuritiladigan qurilish ashyosi, sariq loydan tayyorlanib, maxsus xumdonlarda pishirilgan. Har bir shahar va viloyatda o‘ziga xos me’moriy uslublar rivojlangan. Bular algebra va geometriya fanlarining rivojlanganligidan ham dalolat beradi.
Ijodiy faoliyat
Berilgan rasm asosida quyidagi savollarga javob bering: 1. G‘ishtlarning terilishiga e’tibor bering. Ularning usullariga nom qo‘ying. 2. Bunday naqshlarni terish uchun yoki pishiq g‘ishtlarni yaratish uchun qanday texnologiyalardan foydalanishgan? Pishiq g‘isht tayyorlash mexanizmini bilasizmi? 3. Geometriya fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, naqshlarni chizing. Qanday chiziqlardan foydalandingiz? 4. Berilgan rasmda nechta burchak bor, sanab ko‘ring. Ularning o‘lchamini topa olasizmi?
Saljuqiylar davrida fan va madaniyat taraqqiyoti uchun barcha shart-sharoit yaratib berilgan. Ushbu xonadonga mansub oliy hukmdormi, shahzodami yoki malikami, hammalari biror-bir shaharda bir yoki bir nechta madrasa qurishni o‘z vazifalari deb bilganlar. Ulardan vazirlar, amirlar, mahalliy hokimlar ham o‘rnak olib ish tutganlar. Mashhur vazir Nizomulmulk o‘z davrida ko‘plab madrasalar qurdirgan. Ilm toliblari ham diniy, ham dunyoviy sohalarda bilim olganlar. O‘quvchilarga oylik nafaqa berilgan, joy bilan ta’minlangan. Ularni o‘z davrining yetuk olimlari o‘qitgan. Ilm toliblarining ixtiyorida ko‘p ming sonli kitoblarni o‘zida jamlagan kutubxonalar ham bo‘lgan.
BBI - Bag’dod, Basra, Isfahon
Nizomulmulk tomonidan asos solingan Bag‘doddagi «Nizomiya» madrasalaridan birida olti ming talaba yashab, ta’lim olgani ma’lum. Har bir madrasa qoshida kutubxona, ayrimlarida shifoxona ham mavjud bo‘lgan. Jumladan, Nishopurda asos solingan madrasaga shifoxona ham biriktirilgan.
Buxoriy va Iso Termiziy uchrashgan shahar
Madrasada astronomlar, matematiklar, falakiyotshunoslar, riyoziyotchilar, tabiblar, kimyogarlar, yirik shoirlar faoliyat ko‘rsatganlar. Ular o‘z zamonlarining barcha ilmlaridan xabardor bo‘lganlar.
Marv noibi Ma’mun 813-yilda Bag‘dod xalifaligi taxtiga o‘tiradi. U Xuroson, Movarounnahr va Xorazmdagi ilm ahlini Bag‘dodga olib ketadi. Ular orasida tarixda mashhur Muhammad Muso Xorazmiy ham bo‘lgan.
MXX - Ma’mun, Naqshbandiya, Amir Temur, Abdullaxon II
Ma’lumot uchun
Xorazmshohlardan Abul Hasan Ali ibn Ma’mun ilmga katta e’tibor ko‘rsatib, o‘z saroyiga olimlarni taklif qiladi. Gurganchda 1004-yilda akademiyaga asos soladi. Bu tarixda Ma’mun akademiyasi nomi bilan qoladi. Mazkur akademiyada Abu Rayhon Beruniy ilm ahliga boshchilik qiladi.
Unda Abu Ali ibn Sino ham faoliyat yuritgan. Akademiyada diniy bilimlar bilan bir qatorda olimlar dunyoviy va tabiiy fanlar bilan, xususan, astronomiya, matematika, fizika, kimyo, mineralogiya, kartografiya, geografiya, geometriya, tabiatshunoslik, tibbiyot, falsafa, tarix, arab tili, mantiq, adabiyot, islom huquqshunosligi va boshqa ilmlar sohasida chuqur tadqiqotlar olib borishgan. Ular arab, fors, hind, lotin, yunon va turkiy tillarni mukammal bilganlar. Yunon olimlaridan Platon, Aristotel, Ptolemey, Yevklid, Pifagor va Galen asarlarini chuqur tahlil qilib, ularga bag‘ishlab sharhlar bitganlar.
Ma’lumot uchun
O‘zlari yuqoridagi ilmlar sohasida tadqiqotlar o‘tkazib, fanni yangi g‘oyalar bilan boyitganlar.
Ijodiy faoliyat
Ular Gurganch madrasalarida yoshlarga ta’lim-tarbiya berib, iste’dodli shogirdlar tayyorlashga katta hissa qo‘shdilar. Shuningdek, akademiyada Beruniyning astronomiya, Abu Nasrning matematika, Abul Xayr Hammorning kimyo maktablarida ham yoshlarga chuqur bilim berildi. Bu davrga kelib Gurganj madrasalari va yuqoridagi maktablar haqiqiy ilm-maskanlariga aylandi. Ularda ta’lim olgan yoshlar keyinchalik Sharqning mashhur allomalari bo‘lib yetishdilar.
Manbalarda aytilishicha, xorazmshoh Ma’munning Abu Husayn Suhayliy ismli vaziri bo‘lib, u zukko ma’rifatparvar va faylasuf bo‘lgan. Hukmdorning ilm-fanga yuksak e’tibori u tufayli ham edi. Mazkur ma’lumotni izohlang.
Ijodiy faoliyat
Ma’mun akademiyasida yig‘ilgan olimlarning aksariyati Muhammad Muso Xorazmiy asarlarining sharhlovchilari yoki bu olimning biror fan sohasidagi ilmiy an’analari davomchilari bo‘lgan.
2006-yilda mamlakatimizda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlangan.
1997-yili tiklandi
Muhim sanalar
- 813-yilda — Marv noibi Ma’mun 813-yilda Bag‘dod xalifaligi taxtiga o‘tiradi.
- 1004-yilda — Gurganchda 1004-yilda akademiyaga asos soladi.
- 2006-yilda — 2006-yilda mamlakatimizda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlangan.
- IX-X asrlarda — IX-X asrlarda me’morchilikning ajoyib yutuqlari masjid va madrasalar qurilishida ko‘proq namoyon bo‘ldi.
- IX asrga — Iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, shaharlar ahamiyatining ortib borishi natijasida IX asrga qadar asosan loy va xom g‘ishtdan qurib kelingan binolar o‘rniga endi pishiq g‘ishtlar ham ishlatila boshladi.
- XI-XII asrlarda — XI-XII asrlarda pishiq g‘ishtdan binolar qurish mahorati yuksak darajaga yetgan.
Bilimingizni sinang
Mag‘oki Attoriy masjidi qaysi shaharda joylashgan?
- Samarqandda
- Xivada
- Buxoroda
- Termizda
To‘g‘ri javob: Buxoroda. Mag‘oki Attoriy masjidi Buxorodagi masjid sifatida ko‘rsatilgan.
IX asrga qadar binolar asosan qaysi materiallardan qurilgan, so‘ng nima ishlatila boshlandi?
- loy va xom g‘ishtdan; so‘ng pishiq g‘isht
- tosh va marmardan; so‘ng xom g‘isht
- yog‘och va qamishdan; so‘ng tosh
- pishiq g‘ishtdan; so‘ng loy va somon
To‘g‘ri javob: loy va xom g‘ishtdan; so‘ng pishiq g‘isht. IX asrga qadar loy va xom g‘isht ishlatilgan, keyin pishiq g‘isht ham qo‘llana boshlagan.
IX asrdan keyin binolar qurilishida pishiq g‘isht ishlatila boshlanishining asosiy sababi nima edi?
- Loy va xom g‘isht butunlay yo‘qolib ketgani
- Islom dinining kirib kelishi bilan me’morchilik an’analarining to‘xtagani
- Xorijiy me’morlarning mintaqaga kelib joylashgani
- Iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi va shaharlar ahamiyatining ortishi
To‘g‘ri javob: Iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi va shaharlar ahamiyatining ortishi. Iqtisodiy ahvol yaxshilanib, shaharlar ahamiyati oshgani sababli pishiq g‘isht keng qo‘llana boshlangan.
IX asrgacha va undan keyingi davr qurilish ashyolari o‘rtasidagi farq qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
- IX asrgacha asosan loy va xom g‘isht ishlatilgan, keyin pishiq g‘isht ham qo‘llana boshlangan
- IX asrgacha faqat pishiq g‘isht ishlatilgan, keyin esa loydan foydalanish to‘liq to‘xtagan
- IX asrgacha tosh ishlatilgan, keyin esa faqat xom g‘isht va yog‘och qo‘llana boshlangan
- Ikkala davrda ham faqat loy va xom g‘isht ishlatilib, pishiq g‘isht qo‘llanilmagan
To‘g‘ri javob: IX asrgacha asosan loy va xom g‘isht ishlatilgan, keyin pishiq g‘isht ham qo‘llana boshlangan. IX asrga qadar binolar asosan loy va xom g‘ishtdan qurilgan, keyin pishiq g‘isht ham ishlatila boshlangan.
Moddalarning solishtirma og‘irligini aniqlash usulini ilk bor Ma’mun akademiyasida kim kashf etgan?
- Abu Ali ibn Sino
- Muhammad Muso Xorazmiy
- Abul Xayr Hammor
- Abu Rayhon Beruniy
To‘g‘ri javob: Abu Rayhon Beruniy. Moddalar solishtirma og‘irligini aniqlash usulini ilk bor Beruniy kashf etgan.
Beruniy Ma’mun akademiyasida kashf etgan moddalar solishtirma og‘irligini aniqlash usuli qaysi sohalar uchun nihoyatda muhim hisoblanadi?
- Astronomiya, geografiya, tibbiyot va falsafa uchun
- Geologiya, mineralogiya, fizika va kimyo uchun
- Tarix, adabiyot, mantiq va huquqshunoslik uchun
- Algebra, geometriya, kartografiya va arab tili uchun
To‘g‘ri javob: Geologiya, mineralogiya, fizika va kimyo uchun. Moddalar tahlili usuli geologiya, mineralogiya, fizika va kimyo uchun muhim va ishonchli ekani ta’kidlangan.
Buxoroda Farjak madrasasi qaysi asrda qurilgan?
- IX asrda
- X asrda
- XII asrda
- XV asrda
To‘g‘ri javob: X asrda. Farjak madrasasi Buxoroda X asrda Kovushdo‘zlar mahallasida qurilgan.
Buxoro IX asrda qanday nom olgan?
- “Dor ul-ulum”
- “Qubbat ul-islom”
- “Bayt ul-hikma”
- “Madinat ul-ilm”
To‘g‘ri javob: “Qubbat ul-islom”. Buxoro IX asrda “Qubbat ul-islom” (Islom dinining gumbazi) nomini olgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash