XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · O‘zbekiston tarixi · 49-50-mavzu

lar. Ahmad Farg‘oniy

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

Savollar: 1. «Alfraganus» haqida nimalarni bilasiz? 2. Rasmda berilgan inshootning qayerda joylashganligini bilasizmi?

Ma’lumot uchun

Ahmad Farg‘oniyning «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» asari o‘rta asr musulmon Sharqi mamlakatlarida, so‘ng Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlarida astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi.

Olimning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. Uning hayoti va ilmiy faoliyati haqida juda oz ma’lumotlar saqlangan.

Ahmad Farg‘oniy (797-865-yillar) Farg‘ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog‘ida tug‘ilgan. U avval Bag‘doddagi rasadxonada ish olib bordi, so‘ngra Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha «Zij» yaratish ishlariga rahbarlik qildi.

Farg‘oniy yunon astronomlari, jumladan, Ptolemeyning «Yulduzlar jadvali» asarida berilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish hamda o‘sha davrdagi barcha asosiy joylarning geografik koordinatalarini yangidan aniqlash yuzasidan olib borilgan muhim tadqiqotlarda faol ishtirok etdi.

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al- Farg‘oniy qaysi xalifa davrida ijod qilgan? 2. Osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash uchun qanday bilimlarga ega bo‘lish kerak?

Ma’mun

Oydagi kraterlardan biriga Ahmad al-Farg‘oniy nomi berilgan

2007-yilda Misr poytaxti Qohirada allomaga haykal

Arab tilidagi ilmiy atamashunoslikka doir, xususan, falakiyot, riyoziyot va geografiyaga oid atamalarni belgilab chiqishdek maxsus ilmiy ishlarni amalga oshirishda Farg‘oniyning xizmati katta. U ayrim astronomik asboblarni ixtiro etish, falakiyotshunoslikka doir arab tilidagi boshlang‘ich bilimlarni belgilash va tartibga solish ishlariga ham hissa qo‘shdi.

Farg‘oniyning «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum» deb atalgan asari «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» nomi bilan mashhurdir. Asar XII asrda ikki marta lotin tiliga tarjima qilingan. XIII asrda boshqa Yevropa tillariga tarjima qilinganidan so‘ng, al-Farg‘oniyning nomi «Alfraganus» tarzida dunyoga tanildi.

2007-yilda Misr poytaxti Qohirada allomaga haykal

Farg‘oniyning yuqorida nomi keltirilgan asaridan tashqari «Usturlob yasash haqida kitob», «Al-Farg‘oniy jadvallari», «Yetti iqlimni hisoblash haqida» kabi asarlari, «Oyning Yer ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola» qo‘lyozmasi turli mamlakatlar kutubxonalarida saqlanmoqda. Al-Farg‘oniy 861- yilda Qohira yaqinidagi Ravzo orolida «nilometr», ya’ni suv sathini belgilovchi uskuna yasagan. Uskuna ilk bor Nil daryosida sinab ko‘rilgani uchun shunday nom olgan.

To‘rt ming kilometr uzunlikdagi Buyuk Nil Misr xalqi uchun hayot-mamot daryosi edi. Mamlakat hududining atigi olti foizidagina dehqonchilik qilish, biron yegulik yetishtirish mumkin bo‘lgan. Bu ham Nil tufayli. Qolgan qismi qumlik bo‘lib, bu joylarga daryo suvi yetib bormas edi. Ana shu olti foiz suvli yer xalqni boqib kelgan. Hozir ham shunday. Ammo o‘shanda Nil suv sathi tizginsiz bo‘lgan. Ya’ni, bir yil suv sathi ko‘tarilsa, qirg‘oqdagi dehqon yerlarini suv bosib, hosili nobud bo‘lardi. Va aksincha, suv sathi pasayib ketsa, qirg‘oqdan uzoqroqdagi yerlar qurg‘oqchilikka uchrardi. Shunga qaramay davlat soliqchilari har ikki holatda ham yer egalaridan birdek soliq talab qilgan. Ahmad Farg‘oniy yulduzlar harakatini uzluksiz kuzatish barobarida Nil daryosi sathidagi o‘zgarishni hisobga olgan holda daryodan uzoq-yaqinligiga qarab yerlar hosildorligi jadvalini tuzadi va shu tartibda soliq tizimini yaratadi. Olimning Nil daryosi orollaridan biri — Roud «burni»ga qurgan «Miqyosi Nil» uskunasi Misrda yangicha soliq miqdoriga asos soldi.

2007-yilda Misr poytaxti Qohirada allomaga haykal

Yevropa Uyg‘onish davrining mashhur olimi Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyaga doir ma’ruzalarini Farg‘oniy asarlari asosida o‘qigan. Farg‘oniy nomi Dante (XIV asr) va Shiller (XVIII asr) tomonidan tilga olinadi.

Atoqli astronom Yan Geveliy 1647-yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobida oydagi kraterlardan birini buyuk vatandoshimiz Ahmad Farg‘oniy nomi bilan ataydi. Farg‘oniy nomini tilga oldi:

Regiomantan - XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida

Dante- XIV asrda

Shiller - XVIII asrda

«Miqyosi Nil» haqida

Mana o‘sha, bobomiz bundan o‘n ikki asr muqaddam bunyod etgan «Miqyosi Nil» qurilmasi. 35-40 metrlar keladigan ko‘prikdan o‘tsangiz temir yog‘och (Hindistondan keltirilgan buk daraxtidan) qoplangan sakkiz burchakli, usti doirasimon qubbali oddiy bir binoga duch kelasiz. Nilning bir cheti shu orolga urilib ikkiga bo‘linadi. Chapda kanalsimon oqim, o‘ngda salkam bir chaqirimcha yastanib oqayotgan hayot daryosi. Har qanday holatda ham suv «Miqyosi Nil» qurilmasiga ochilgan tuynukdan kirib-chiqib turadi. Ichkariga kirsangiz o‘zingizni go‘yo bugun O‘zbekiston deb atalmish mamalakatga kelib qolgandek his qilasiz. O‘rtada marmar ustun. Unga suv sathi o‘lchov chiziqlari tortilgan. Atrof esa yog‘och o‘ymakorligi hamda sharqona miniatura bezaklari bilan qoplangan. Aytishlaricha, Misr xalqi ularni asrlar davomida asrab-avaylab kelgan.

«Miqyosi Nil» haqida

Sakkiz ustun chizgilariga sog‘inch bilan boqaman. Marmar zinalardan ustunni aylanib pastga tushaman. U Nil daryosi suv sathi eng past bo‘lgandagi ko‘rsatkichdan ham chuqurroq edi. Mana bu tuynukdan suv kirib ustun chiziqlarida ko‘rinish bergach boshqa tuynukdan chiqib ketavergan.

Bobomiz esa suv sathi ko‘rsatkichiga nisbatan dehqonning yeri daryodan necha chaqirim naridaligiga qarab qancha soliq to‘lashi lozimligini matematik formulalar asosida aniq hisob-kitob qilib belgilab berganlar. Shunday qilib, suv sathi ko‘tarilsa, yeri daryoga yaqin dehqonlar kamroq, yeri daryodan olisroqdagi dehqonlar ko‘proq va, aksincha, suv sathi odatdagidan pastlab ketsa, daryoga yeri yaqin dehqon ko‘proq, yeri uzoqroqdagi dehqon kamroq soliq to‘lagan. Aslida oddiy qoidaga o‘xshaydi. Ammo unda hozirgi o‘lcham birligidagi bir metr o‘zgarsa ham soliq miqdori o‘zgaradigan jadvalni yaratish darhaqiqat arablarning o‘zlari aytganidek, buyuk kashfiyot, yoki haqiqiy adolat tarozisi bo‘lgan. Shuning uchun ham oradan ming yildan ziyod vaqt o‘tibdiki, arablar hamon alloma nomini cheksiz hurmat bilan tilga oladilar. Shuning uchun ham Ahmad al-Farg‘oniy yaratgan «Miqyosi Nil» hamon ishchi holatda saqlab kelingan.

«Miqyosi Nil» haqida

Muhammadjon Obidov

Qohirada, Roud orolida, «Miqyosi Nil» inshooti poyiga

Ahmad al-Farg‘oniyning g‘oyat ko‘rkam va nafis ishlangan haykali qo‘yildi.

Bu Misr xalqidan insoniyatning buyuk ajdodi Ahmad al-Farg‘oniyga minnatdorchilik ramzidir.

O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz

Savollar: 1. Ahmad al-Farg‘oniyning ilm-fan rivojidagi o‘rni nimada bo‘lgan? 2. «Miqyosi Nil» qurilmasi haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. Al-Farg‘oniy fanning qaysi sohalarini yaxshi bilgan? 4. Fan sohalari bo‘yicha Ahmad Farg‘oniydek izlanishlar olib borgan yana qanday shaxslar haqida bilasiz? Ularning tarix oldidagi xizmatlari qanday bo‘lgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Ahmad Farg‘oniyning qaysi asari Sharqda, so‘ng Ispaniya orqali Yevropada astronomiya ilmining rivojini boshlab bergan?
  1. Astronomiya asoslari haqidagi kitob
  2. Osmon sferasi haqida risola
  3. Rasadxona amaliyoti qo‘llanmasi
  4. Samoviy jismlar xaritasi

To‘g‘ri javob: Astronomiya asoslari haqidagi kitob. Farg‘oniyning Astronomiya asoslari haqidagi kitob asari Yevropada astronomiya rivojini boshlab bergan.

Ahmad Farg‘oniy qayerda tug‘ilgan?
  1. Farg‘ona vodiysidagi Qubo qishlog‘ida
  2. Bag‘dod yaqinidagi rasadxona qishlog‘ida
  3. Damashq shahridagi rasadxona atrofida
  4. Qohira yaqinidagi Ravzo orolida

To‘g‘ri javob: Farg‘ona vodiysidagi Qubo qishlog‘ida. Farg‘oniy Farg‘ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog‘ida tug‘ilgan.

Ahmad Farg‘oniy qaysi yillar oralig‘ida yashagan?
  1. 763–825-yillar
  2. 797–865-yillar
  3. 861–925-yillar
  4. 870–950-yillar

To‘g‘ri javob: 797–865-yillar. Matnda Farg‘oniyning hayot yillari 797–865 deb ko‘rsatilgan.

Farg‘oniy avval qaysi shahardagi rasadxonada, so‘ngra qaysi shahardagi rasadxonada ish olib borgan?
  1. Samarqand, Bag‘dod
  2. Damashq, Bag‘dod
  3. Bag‘dod, Damashq
  4. Qohira, Damashq

To‘g‘ri javob: Bag‘dod, Damashq. U avval Bag‘doddagi, so‘ngra Damashqdagi rasadxonada ishlagan.

Farg‘oniy qaysi yunon astronomining «Yulduzlar jadvali» asaridagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqishda faol ishtirok etgan?
  1. Evklid
  2. Arximed
  3. Gerodot
  4. Ptolemey

To‘g‘ri javob: Ptolemey. Farg‘oniy Ptolemeyning «Yulduzlar jadvali» asaridagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqishda qatnashgan.

Ahmad Farg‘oniy qaysi hududda tug‘ilgan va qaysi ikki shaharda rasadxonalarda ishlagan?
  1. Samarqandda tug‘ilgan; Damashq va Samarqand rasadxonalarida ishlagan va keyin Misrga ketgan
  2. Farg‘ona vodiysidagi Qubo qishlog‘ida tug‘ilgan; Bag‘dod va Damashq rasadxonalarida ishlagan
  3. Farg‘ona vodiysida tug‘ilgan; Bag‘dod va Qohira rasadxonalarida ishlagan, Damashqda bo‘lmagan
  4. Qohirada tug‘ilgan; Bag‘dod va Qohira rasadxonalarida ishlab, keyin Farg‘onaga qaytgan

To‘g‘ri javob: Farg‘ona vodiysidagi Qubo qishlog‘ida tug‘ilgan; Bag‘dod va Damashq rasadxonalarida ishlagan. U Qubo (Quva) qishlog‘ida tug‘ilgan, avval Bag‘doddagi, so‘ng Damashqdagi rasadxonada faoliyat yuritgan.

Farg‘oniyning ish joylari va faoliyati ketma-ketligi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
  1. Bag‘doddagi rasadxonaga rahbarlik qilib, Damashqda nilometr qurgan va Zij yaratmagan hamda Misrga bormagan
  2. Avval Bag‘dod rasadxonasida ishlagan, so‘ng Damashqdagi rasadxonada Zij yaratishga rahbarlik qilgan
  3. Faqat Qohirada ishlagan va u yerda Zij yaratgan hamda boshqa shaharlarga umuman bormagan
  4. Avval Damashq rasadxonasida ishlagan, so‘ng Bag‘doddagi rasadxonada Zij yaratishga rahbarlik qilgan

To‘g‘ri javob: Avval Bag‘dod rasadxonasida ishlagan, so‘ng Damashqdagi rasadxonada Zij yaratishga rahbarlik qilgan. Bag‘dod rasadxonasidagi ishdan keyin Damashqdagi rasadxonada yangi Zij ishlariga rahbarlik qilgan.

Farg‘oniyning astronomiyaga oid mashhur asari qaysi asrda ikki marta lotin tiliga tarjima qilingan?
  1. X asrda
  2. XIV asrda
  3. XII asrda
  4. XI asrda

To‘g‘ri javob: XII asrda. Asar XII asrda ikki marta lotin tiliga tarjima qilingan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← Oldingilar. Muhammad ibn Muso al-XorazmiyKeyingi →lar. Abu Nasr Forobiy