lar. Abu Nasr Forobiy
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Ma’lumot uchun
Abu Nasr Forobiyning (873–950) to‘liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiydir.
Jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan mashhur faylasuf, qomusiy olim Forobiy 873-yilda turkiy qabilalardan bo‘lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Forob (O‘tror) shahrida tug‘ilgan.
Forobiy o‘z zamonasining barcha ilmlarini mukammal egallagani hamda bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shgani uchun Sharq mamlakatlarida «Almuallim as-Soniy» – «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin), «Sharq Arastusi» degan unvonlarga sazovor bo‘lgan.
Ayrim ma’lumotlarda qayd etilishicha, u 70 dan ortiq tilni bilgan. Forobiy o‘rta asrlarda ma’lum bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy sohalarda 160 dan ortiq asar yaratgan. Buyuk vatandoshimizning ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish masalalariga, axloqiy tarbiyaga, fiqh
Ijodiy faoliyat
shunoslik va pedagogikaga doir asarlari mavjud.
Ular jumlasiga «Baxt-saodatga erishuv yo‘llari» («Risola fi-t tanbeh ola asbob as-saodat»), «Shaharni boshqarish» («As-siyosat an-madaniya»), «Urush va tinch turmush haqida kitob» («Kitob fitoyii val xurub»), «Fazilatli xulqlar» («Asashrat al-Fazila») va boshqalar kiradi.
Forobiy nafaqat Turon mutafakkirlari, balki yevropalik olimlardan ham bir necha asr ilgari adolatli jamiyat qurish nazariyasini yaratishga katta hissa qo‘shgan. Olimning «Fozil odamlar shahri» risolasida jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari izchil yoritilgan. Davlatni boshqarish, ta’lim-tarbiya, axloq, ma’rifat, diniy e’tiqod va boshqa masalalarga oid qimmatli fikrlar bayon etilgan. Uning ilmiy merosi jahon tarixiy-falsafiy adabiyotlarida e’tirof etilib, yuksak baholangan.
Ijodiy faoliyat
Abu Nasr Forobiy kitobidagi shohrud musiqiy asbobining chizmasi
Forobiy musiqani inson tarbiyasiga ta’sir qiluvchi omillardan biri deb bildi. U musiqani insonga nafosat, estetik zavq bag‘ishlovchi, his-tuyg‘ulari va axloqini tarbiyalovchi muhim vosita, deb hisoblaydi. Mutafakkir «Musiqa haqida katta kitob» nomli ko‘p jildli asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida ma’lumot berdi.
Forobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq to‘g‘risida yaratgan yaxlit ta’limoti ilk o‘rta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. O‘rta asr mutafakkirlari Ibn Sino, Umar Xayyom, Beruniy va boshqalar Forobiyning ta’limotini chuqur o‘rganib, uni yangi g‘oyalar bilan boyitganlar.
Bilasizmi?
«Haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar – fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi – fazilatli jamoadir.
Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq – fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun yer yuzi fazilatli bo‘ladi», degan hikmat muallifi Abu Nasr Forobiy Movarounnahrdagi turk shaharlaridan bo‘lmish Forobdan chiqqan faylasufdir.
«Fozil odamlar shahri» asaridan: «Har qanday odam shahar-davlatga rahbarlik qilolmaydi. Rahbar bo‘lishning ikki sharti:
1. Inson tabiatida rahbarlik qilish qobiliyati (ma’naviy va aqliy yetuklik) bo‘lishi zarur. 2. Bunday odam yuqori mavqeyi, insoniy fazilatlari, qobiliyatlari bilan xalq orasida hurmat qozongan bo‘lishi zarur. Rahbarlik sohasida tajriba orttirish ham muhim».
Bilasizmi?
Forobiy chizmalari asosida tayyorlangan musiqa asboblari
Forobiy – G‘arb faylasuflari asarlari sharhlovchisi
Forobiy turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan ko‘proq qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar; 2) fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar.
Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari: Platon, Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Porfiriylarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlari («Metafizika», «Etika», «Ritorika», «Sofistika» va b.)ni batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bera olgan, kamchiliklarini ko‘rsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Forobiyning sharh yozish faoliyati faqat Sharqnigina emas, o‘rta asr Yevropasini ham yunon ilmi bilan tanishtirishda katta rol o‘ynadi. Bu uning ilmiy faoliyati taraqqiyotining birinchi bosqichini tashkil etgan va Forobiyga o‘ziga xos maktab xizmatini o‘tagan hamda yangi mavzularda tadqiqotlar olib borish uchun zamin hozirlagan.
Forobiy – G‘arb faylasuflari asarlari sharhlovchisi
Mutafakkir o‘z asarlarini o‘sha davrda Sharq mamlakatlarida ilmiy-adabiy til hisoblangan arab tilida yozadi. Forobiy shuningdek, arab va fors tillarida falsafiy mazmundagi she’rlar ham yozgan.
Forobiyning «Aristotel ”Metafizika” kitobining maqsadi to‘g‘risida» risolasi ayniqsa mashhur bo‘lib, uning ahamiyati haqida Abu Ali Ibn Sino shunday hikoya qiladi: «Aristotelning «Mo ba’da at-tabia» («Metafizika» – tabiatdan tashqari narsalar) asarini tushunish o‘ta qiyin bo‘ldi. Bu kitobni yozgan kishining maqsadi menga noma’lum edi. Hatto uni qirq bor qayta o‘qidim, men uni va uning maqsadlarini tushuna olmadim. Undan umidimni uzib, bu tushunib bo‘lmaydigan ekan, degan xulosaga kelgan edim. Bir kuni kitob bozoridan arzimagan pulga Abu Nasr Forobiyning «Aristotel ”Metafizika” kitobining maqsadi to‘g‘risida» kitobini sotib oldim. Bunday kitob topganimdan xursand bo‘lib, xudoga shukur qilib, ataylab ro‘za tutdim, faqirlarga sadaqa ulashdim».
Forobiy – G‘arb faylasuflari asarlari sharhlovchisi
Metafizika – lug‘aviy ma’nosi «fizikadan so‘ng» demakdir. Fizika fani doirasidan tashqari bo‘lgan, inson his-tuyg‘ulari bilan bog‘liq fanlar turkumi.
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Loyiha ishi: Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida rahbar insonda bo‘lishi kerak bo‘lgan 12 ta xislat-fazilatni sanab o‘tadi. Jamoa bo‘lib, shu asarda berilgan o‘n ikki fazilat haqidagi ma’lumotlarni topishga harakat qiling. To‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha taqdimot tayyorlang. 1. Siz bu ro‘yxatga yana qanday fazilatlarni qo‘shish kerak deb hisoblaysiz? 2. Forobiy asarlarini avvalgi mavzularda tanishgan Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asari bilan o‘xshashlik va farqli tomonlarini aytib bera olasizmi? 3. Ibn Sino Forobiyning «Arastu Metafizikasiga sharhlar» kitobini topganidan nega bunchalar xursand bo‘lgan?
Muhim sanalar
- 873-yilda — Jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan mashhur faylasuf, qomusiy olim Forobiy 873-yilda turkiy qabilalardan bo‘lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Forob (O‘tror) shahrida tug‘ilgan.
Bilimingizni sinang
Forobiy qaysi yilda Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Forob (O‘tror) shahrida tug‘ilgan?
- 880-yilda
- 887-yilda
- 865-yilda
- 873-yilda
To‘g‘ri javob: 873-yilda. Forobiy 873-yilda harbiy xizmatchi oilasida Forob shahrida tug‘ilgan.
Abu Nasr Forobiy qaysi yillarda yashagan?
- 873–950
- 780–850
- 973–1048
- 980–1037
To‘g‘ri javob: 873–950. Forobiyning hayot yillari 873–950.
Forobiyga «Ikkinchi muallim» unvoni berilganda birinchi muallim sifatida kim nazarda tutilgan?
- Platon
- Yevklid
- Aristotel
- Ptolemey
To‘g‘ri javob: Aristotel. Unvon «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin) shaklida berilgan.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Forobiy nechtadan ortiq tilni bilgan?
- 10 tadan
- 30 tadan
- 50 tadan
- 70 tadan
To‘g‘ri javob: 70 tadan. Ayrim ma’lumotlarda u 70 dan ortiq tilni bilgan, deyiladi.
Forobiy tabiiy va ijtimoiy sohalarda nechtadan ortiq asar yaratgan?
- 160 tadan
- 60 tadan
- 260 tadan
- 1600 tadan
To‘g‘ri javob: 160 tadan. U 160 dan ortiq asar yaratgan.
Forobiy nima uchun Sharq mamlakatlarida «Ikkinchi muallim» («Sharq Arastusi») unvoniga sazovor bo‘lgan?
- U Aristoteldan keyin yashagan birinchi arab tilshunosi bo‘lgani uchun
- U o‘z zamonasining barcha ilmlarini mukammal egallab, ularning rivojiga katta hissa qo‘shgani uchun
- U Aristotelning barcha asarlarini yunon tilidan arab tiliga ilk bor tarjima qilgani uchun
- U Sharq mamlakatlarida birinchi maktab-madrasa ochgani uchun
To‘g‘ri javob: U o‘z zamonasining barcha ilmlarini mukammal egallab, ularning rivojiga katta hissa qo‘shgani uchun. Forobiy o‘z zamonasining barcha ilmlarini mukammal egallagani va ular rivojiga katta hissa qo‘shgani uchun «Ikkinchi muallim» deb atalgan.
Forobiy (873–950) necha yil umr ko‘rgan?
- 75 yil
- 73 yil
- 79 yil
- 77 yil
To‘g‘ri javob: 77 yil. U 873-yilda tug‘ilib, 950-yilda vafot etgan; 950 – 873 = 77 yil.
Jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari izchil yoritilgan Forobiy risolasi qaysi?
- «Shaharni boshqarish»
- «Fozil odamlar shahri»
- «Fazilatli xulqlar»
- «Baxt-saodatga erishuv yo‘llari»
To‘g‘ri javob: «Fozil odamlar shahri». Bu masalalar «Fozil odamlar shahri» risolasida yoritilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash