Xorazm va Mo‘g‘ul davlati o‘rtasidagi munosabatlar
XIII asrda Movarounnahr va Xorazm
Bugun darsda
- Chingizxon va Muhammad Xorazmshoh o‘rtasida elchilik munosabatlari. • Mo‘g‘ul davlati. • Mo‘g‘ullar va Muhammad Xorazmshoh o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv.
O‘ylab ko‘ring
7-sinfda jahon tarixi fanidan olgan bilimlaringizga tayanib quyidagi savollarga javob bering. 1. Chingizxon qanday qilib katta imperiya tuza oldi? Uning hokimiyatga kelishi haqida ma’lumot bering. 2. Chingizxon Xitoyni egalladi. Endi u o‘z hududini yanada kengaytirmoqchi. Chingizxon qanday yo‘l tutishi mumkin? 3. Bu vaqtda Chingizxonning Muhammad Xorazmshoh bilan munosabatlarini mo‘tadillashtirish uchun qanday asoslari bor edi?
Chingizxon va Muhammad Xorazmshoh
Sulton Muhammad Xorazmshoh Markaziy Osiyoda harbiy jihatdan katta zafarlarga erishgach, Xitoyni ham zabt etishni maqsad qilgan edi. Ammo u sharqda Chingizxon rahnamoligida paydo bo‘lgan ulkan kuch – mo‘g‘ullarning qator zafarlari haqida xabarlar eshita boshladi.
Sulton Muhammad 1216-yili o‘z davlat arboblaridan biri Sayyid Bahouddin Roziy boshchiligida Xitoyga elchilar jo‘natdi.
Xitoyda bo‘lib turgan Chingizxon o‘z huzuriga kelgan Xorazm elchilarini yaxshi kutib oldi. U elchilarga katta izzat-ikrom ko‘rsatdi, ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona munosabatlar va tijorat ishlarini yo‘lga qo‘yish niyatida Xorazmshohga katta sovg‘a-salomlar yubordi. Elchilarga esa shunday deydi: “Muhammad
Chingizxon va Muhammad Xorazmshoh
Xorazmshohga ayting, men kunchiqar tomon podshosi bo‘lsam, u kunbotar tomon podshosidir. Bizning o‘rtamizda ahd-u vafo, mehr-u muhabbat va do‘stlik mustahkam bo‘lsin, o‘zaro tijorat va karvonlar bordi-keldisi yo‘lga qo‘yilsin”.
Bu orada mo‘g‘ullar o‘z hududlarini Oltoy tog‘ tizmalarining g‘arbiy etaklari, Tangritog‘, Balxash ko‘li havzasi va Issiqko‘lgacha kengaytirib keldilar. Xorazmshoh ham o‘z sharqiy chegarasini Qipchoq cho‘llarigacha yetkazdi.
Bahouddin Roziy elchiligiga javoban Chingizxon o‘z xizmatidagi musulmon savdogarlari orqali Xorazmshohga atab qimmatbaho sovg‘alar yubordi. Elchi savdogarlar Chingizxonning sovg‘a-salomlari va maktubini Sulton Muhammad Xorazmshohga topshirdi.
Manbalarda
Salom senga! Bilaman, sen tengsiz va cheksiz qudrat sohibi ulug‘ podshohsan, men seni o‘z farzandim (o‘g‘lim)dek e’zozlayman. Shuni ham eslatib qo‘ymoqchimanki, men ham dunyoning bu qismida katta qudratga egaman, jumladan, Xitoy, butun Turkiston va uning turk qabilalarini o‘z tasarrufimga kiritib, bo‘ysundirganman. Bugun mamlakatim jangovar, qudratli botirlar bilan to‘la, ayni paytda boylik jihatidan ham kumush va tilloga ko‘milgan. Shuning uchun bunday qudrat va boylik sohibi bo‘la turib, boshqa mamlakatlarni o‘z qamrovimga qo‘shib olishga hech qanday ehtiyoj sezmayman. Sulton dargohiga maxsus elchilarni yuborishdan maqsadim do‘stlik va tijorat aloqalarini qaror toptirishdan iborat. Shunday bir bitimni tuzish katta moddiy boyliklardan foydalanishdan tashqari fuqarolarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlaydi.
Chingizxonning Sulton Muhammad Xorazmshohga
Bahouddin Roziy elchiligining sababi Chingizxonning tarixi va mo‘g‘ul lashkarlarining Tamg‘och, To‘kir, Tibet mamlakatlari, Chin iqlimi, Uzoq Sharqdagi istilosi haqidagi xabarlar to‘g‘risida ishonchli odamlar orqali aniq ma’lumotlar yig‘ish hamda mo‘g‘ul lashkarlarining ahvoli, sifati, soni va quroli haqida ma’lumot to‘plashdan iborat edi.
O‘ylab ko‘ring
Tarix saboqlari
Qadimgi va o‘rta asrlarda turkiylarda elchi, xabarchilarga nisbatan “yalavoch” atamasi ishlatilgan.
Ular asosiy urg‘uni Chingizxonning do‘stlik haqidagi fikrlarini har tomonlama rivojlantirishga qaratdilar.
Xorazmshoh Chingizxon elchilaridan biri Mahmud Yalavochdan Chingizxon haqidagi barcha ma’lumotlarni aytib berishini so‘radi. Mahmud Yalavochga Chingizxon qarorgohida turib, o‘ziga xizmat qilishni taklif etdi. Hayotidan xavfsiragan Mahmud Yalavoch “sulton eshitishni xohlagan” ma’lumotlarni unga yetkazdi, jumladan, “Mo‘g‘ullarning harbiy kuchi sizning qudratingiz oldida hech narsa emas”, deb uni aldadi. Ko‘ngli tinchlangan Alouddin Muhammad unga qimmatbaho javohir sovg‘a qilib, Chingizxon bilan bordi-keldi qilishga rozi ekanini bildirdi.
Tarix saboqlari
Ortga qaytgan Mahmud Yalavoch bor haqiqatni, shuningdek, Xorazmshohlar davlatining kuchli va kuchsiz jihatlari haqidagi to‘liq ma’lumotni Chingizxonga yetkazdi.
Ayyorligi ish bera boshlaganidan ruhlangan Chingizxon Xorazmshohlar saltanatining imkoniyatlari, ayniqsa, yo‘llar, shaharlar, aholining kayfiyati, ichki siyosiy vaziyat bo‘yicha yanada ko‘proq ma’lumot to‘plash maqsadida o‘zining ishonchli kishisi Uxunni, savdogarlarga Umarxo‘ja O‘troriy, Jamol Marog‘iy, Faxriddin Dizakiy Buxoriy, Amiriddin Haraviyni boshchi qilib, 100 ta mo‘g‘ul va 450 ta musulmon savdogaridan iborat katta karvonni hozirlab, Turon tomon jo‘natdi.
Tarix saboqlari
1218-yili Chingizxonning ulkan savdo karvoni Xorazmshohlarning chegara viloyati O‘tror yerlariga kirib keldi. O‘tror hokimi Inolchiq ushbu karvon ahli savdogarlar niqobi ostida jo‘natilgan mo‘g‘ul josuslari ekanini fahmlab, zudlik bilan bu haqda Muhammad Xorazmshohga xabar yubordi. Xorazmshoh esa elchi-josuslarga choralar ko‘rish bo‘yicha farmon yuborgan.
Ammo Inolchiq (G‘oyirxon) Xorazmshohdan maxsus farmon kelishini kutmay, karvon a’zolarini josuslikda ayblab, ularni qirib tashladi. Tasodifan omon qolgan bir mo‘g‘ul Xitoyga qochib borib, Chingizxonni bo‘lgan voqeadan xabardor qildi.
O‘ylab ko‘ring
Manbalarda
O‘tror voqeasi Chingizxonga qattiq ta’sir qilsa-da, Ibn Kafroj Bug‘roni ikki mulozim bilan Xorazmshoh huzuriga elchi etib jo‘natdi.
Chingizxon elchilar o‘limining sabablarini keskin tarzda so‘radi va O‘tror hokimi Inolchiq (G‘oyirxon)ni mo‘g‘ullar qo‘liga topshirishni talab qildi.
Xorazmshoh agar mo‘g‘ul tijoratchilarini o‘ldirishda Inolchiq yoki boshqa biror turonlikning aybi isbotlansa, o‘z yurtida va islom shariatiga ko‘ra hukm qilishini, jinoyat sodir etgan musulmonni boshqa davlatga va boshqacha hukm qilinishi uchun topshirmasligini aytdi. Xorazmshoh Alouddin Muhammad Chingizxon talabini o‘ziga nisbatan haqorat, haddan oshish deb sanadi. Chingizxonning elchisi Ibn Kafroj Bug‘ro o‘ldirildi. Ikki mulozimning esa soqol-mo‘ylovlari sharmandali tarzda qirib tashlandi.
Manbalarda
Xorazmshohning ushbu dag‘dag‘asi va qilmishi Chingizxonga juda qattiq ta’sir qildi, unda ortiq chidam va toqat qolmadi. Nafrat o‘ti bilan yonib, bir o‘zi tepalikka ko‘tarildi, bo‘yniga belbog‘ini tashlab, boshyalang yerga yotib ibodat qildi. Uch kungacha yig‘lab, xudoga nola qilib yordam so‘radi...
Manbalarda
O‘tror hokimi Inolchiq Sulton Muhammadning tog‘asi erdi. Sulton Muhammad anga G‘oyirxon (deb) ot qo‘yub erdi. Bozirgonlar (Chingizxon savdogarlari nazarda tutilgan) ani ko‘ra bordi. Onlarning orasinda bir kishi bor erdi, Inolchiqning (eski) oshnosi erdi. Ul G‘oyirxon demay, Inolchiq dedi. Uning ul so‘zi yomon kelib, savdogarlarni tutub, Sulton Muhammadga bir guruh kishi josuslikka kelibdi, deb xabarchi yubordi. Sulton Muhammad ham fikr qilmay, o‘ldursun va molin olsun, deb hukm yubordi. Bu ham savdogarlarni o‘ldurub, molini oldi. Savdogarlarning birisi qochib borib, voqeotni Chingizxonga arz qildi. Chingizxon bu so‘zni eshitkandin so‘ng qattiq achchiqlanib, beklarini chaqirib, kengashib, Sulton Muhammadning ustiga yurumak bo‘lub, qo‘shin yig‘ishturmoqg‘a mashg‘ul bo‘ldi. Yana Sulton Muhammadga kishi yubordikim, sening sari yurmoqqa qaror qildik. Senga ma’lum bo‘lsun, dedi.
O‘ylab ko‘ring
O‘ylab ko‘ring
Tarix saboqlari
1206-yilda Onon daryosi bo‘yida chaqirilgan mo‘g‘ul urug‘ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin “Chingizxon” – ulug‘ xon (qoon) deb e’lon qilindi. Chingizxon ko‘p sonli yaxshi qurollangan, intizomli va uyushgan qo‘shin hamda 10 ming nafar turk azamatlaridan kezik (keshik) – xos soqchilar qismini tuzdi.
Chingizxon 1218–1219-yillarda Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog‘ (Tyanshan) tizmasining g‘arbiy etaklarigacha bo‘lgan viloyatlarni Mo‘g‘ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirdi. Natijada Mo‘g‘ullar davlatining g‘arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashdi.
Tarix saboqlari
Jang paytida mo‘g‘ullar qo‘shini bir necha qator bo‘lib saf tortardi. Birinchi qatorda og‘ir qurollangan otliqlar, orqada esa suvoriy kamonchilar turardi. Jang boshida qanotlardan yoki ilg‘or bo‘linmalar orasidagi yengil otliqlar oldinga tashlanib, dushman ustiga kamondan o‘qlar yog‘dirganlar. Osmondan tushayotgan o‘qlarning uzluksiz oqimi, psixologik hiyla (ayniqsa, o‘qlarning ba’zilari maxsus hushtaklar bilan ta’minlangani) piyodalarga katta zarar yetkazgan.
Tarix saboqlari
Mo‘g‘ullarning asosiy taktik hiylasi soxta chekinish edi. Bunda bir nechta bo‘linmalarni oldinga jo‘natishgan va keyin ular o‘zlarini orqaga chekinayotgandek ko‘rsatishgan. Dushman ta’qibga kirishgach, mo‘g‘ullar ularning asosiy kuchlar bilan aloqalarini kesib qo‘ygan. Shundan so‘ng kamonchilar harakatga kirishgan. Mo‘g‘ullar dushman ustidan hal qiluvchi ustunlikka erishmagunlaricha uzoqdan jang qilish taktikasini afzal ko‘rgan.
Mo‘g‘ullar va Muhammad Xorazmshoh o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv
1206-yil bahorida mo‘g‘ul qabilalari sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga “Chingizxon” (Ulug‘ xon) deb nom berilgan. Tashkil etilgan davlat “Yeke mong‘ol ulus” deb atalgan.
Jo‘chixon boshchiligidagi mo‘g‘ullar Chingizxon buyrug‘iga ko‘ra merkit qabilasini tor-mor qilib orqaga qaytmoqchi bo‘lganda Xorazmshoh qo‘shiniga duch keldi. Ular dastlab jang qilishdan voz kechdi. Biroq Muhammad Xorazmshoh bilan o‘chakishib qoldilar. Jo‘chixon Xorazmshohga elchi yuborib: “Biz siz bilan jang qilmaymiz, ulug‘ xon (Chingizxon) siz bilan urushmoqni buyurmadi”, dedi. Xorazmshoh Muhammad bunga: “Agar Chingizxon sizlarga men bilan jang qilishni buyurmagan bo‘lsa, Alloh taolo menga sizlar bilan jang qilishni buyurdi”, deya javob berdi.
Mo‘g‘ullar va Muhammad Xorazmshoh o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv
1216-yilda Irg‘iz daryosi bo‘yida (hozirgi Qozog‘istonning Akto‘be viloyatida) Muhammad Xorazmshohning 60 ming kishilik qo‘shini mo‘g‘ullarning 20 minglik qo‘shini bilan jang qildi. Bu jangda Xorazmshoh qo‘shinni 3 qismga bo‘ldi va ulardan biriga o‘g‘li Jaloliddinni lashkarboshi qilib tayinlab, pistirmada turishini buyurdi.
Irg‘iz jangida Xorazmshoh dushmanning siquviga dosh berolmadi, uni Jaloliddinning xos lashkarlari dushmanga bergan qaqshatqich zarba qutqarib qoldi.
Birinchi kungi to‘qnashuvda hech bir tomonning qo‘li baland kelmadi. Tun kirgach, tomonlar o‘z qarorgohiga qaytdi. Mo‘g‘ul qo‘shini o‘zlarini tin olayotgandek ko‘rsatib gulxanlar yoqadi. Aslida esa xorazmliklarga sezdirmasdan o‘z qarorgohlarini tark etadi.
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
Muhim sanalar
- 1206-yilda — 1206-yilda Onon daryosi bo‘yida chaqirilgan mo‘g‘ul urug‘ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin “Chingizxon” – ulug‘ xon (qoon) deb e’lon qilindi.
- 1206-yil — 1206-yil bahorida mo‘g‘ul qabilalari sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga “Chingizxon” (Ulug‘ xon) deb nom berilgan.
- 1216-yili — Sulton Muhammad 1216-yili o‘z davlat arboblaridan biri Sayyid Bahouddin Roziy boshchiligida Xitoyga elchilar jo‘natdi.
- 1216-yilda — 1216-yilda Irg‘iz daryosi bo‘yida (hozirgi Qozog‘istonning Akto‘be viloyatida) Muhammad Xorazmshohning 60 ming kishilik qo‘shini mo‘g‘ullarning 20 minglik qo‘shini bilan jang qildi.
- 1218-yili — 1218-yili Chingizxonning ulkan savdo karvoni Xorazmshohlarning chegara viloyati O‘tror yerlariga kirib keldi.
- 1218–1219-yillarda — Chingizxon 1218–1219-yillarda Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog‘ (Tyanshan) tizmasining g‘arbiy etaklarigacha bo‘lgan viloyatlarni Mo‘g‘ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirdi.
Bilimingizni sinang
Sulton Muhammad Sayyid Bahouddin Roziy boshchiligida Xitoyga elchilarni qaysi yili jo‘natgan?
- 1216-yili
- 1219-yili
- 1212-yili
- 1218-yili
To‘g‘ri javob: 1216-yili. Sulton Muhammad 1216-yili Sayyid Bahouddin Roziy boshchiligida Xitoyga elchilar yuborgan.
Muhammad Xorazmshoh Sayyid Bahouddin Roziy boshchiligidagi elchilarni Xitoyga qaysi yili jo‘natgan?
- 1206-yili
- 1216-yili
- 1218-yili
- 1219-yili
To‘g‘ri javob: 1216-yili. Sulton Muhammad elchilarni 1216-yili jo‘natgan.
Sulton Muhammad 1216-yili Xitoyga jo‘natgan elchilar kim boshchiligida edi?
- Mahmud Yalavoch Xorazmiy
- Hojib Ibn Kafroj Bug‘ro
- Sayyid Nosiriddin Tusiy
- Sayyid Bahouddin Roziy
To‘g‘ri javob: Sayyid Bahouddin Roziy. Elchilarga Sayyid Bahouddin Roziy boshchilik qilgan.
Chingizxon Xorazm elchilariga o‘zini va Muhammad Xorazmshohni qanday tomon podshosi deb ta’riflagan?
- O‘zini kunchiqar, Xorazmshohni kunbotar tomon podshosi
- O‘zini kunbotar, Xorazmshohni kunchiqar tomon podshosi
- Ikkalasini ham kunchiqar tomon podshosi
- O‘zini shimol, Xorazmshohni janub tomon podshosi
To‘g‘ri javob: O‘zini kunchiqar, Xorazmshohni kunbotar tomon podshosi. Chingizxon o‘zini kunchiqar, Xorazmshohni kunbotar tomon podshosi deb atagan.
Muhammad Xorazmshoh o‘z sharqiy chegarasini qaysi hududlargacha yetkazgan edi?
- Orol dengizi sohillarigacha
- Baykal ko‘li sohillarigacha
- Qipchoq cho‘llarigacha
- Tyanshan tog‘larigacha
To‘g‘ri javob: Qipchoq cho‘llarigacha. Xorazmshoh sharqiy chegarasini Qipchoq cho‘llarigacha yetkazgan.
Chingizxon Xorazmshoh elchilariga aytgan so‘zlarida o‘zi bilan Muhammad Xorazmshoh o‘rtasidagi munosabatni qanday ifodalagan?
- Ikkalasini kunchiqar va kunbotar tomonning teng podshosi deb, do‘stlik va tijoratni taklif etgan
- Xorazmshohni o‘ziga tobe vassal deb e’lon qilib, soliq to‘lashni talab etgan va bo‘ysunishni so‘ragan
- O‘zini kunbotar tomon podshosi, Xorazmshohni kunchiqar podshosi deb atab, ularni teng saqlashni taklif etgan
- Faqat harbiy ittifoq tuzishni, savdoni esa taqiqlashni taklif etib, do‘stlikni shartlar bilan bog‘lagan
To‘g‘ri javob: Ikkalasini kunchiqar va kunbotar tomonning teng podshosi deb, do‘stlik va tijoratni taklif etgan. Chingizxon “men kunchiqar tomon podshosi bo‘lsam, u kunbotar tomon podshosidir” deb, ahd-u vafo, do‘stlik va tijorat aloqalarini taklif etgan.
Chingizxon maktubida Muhammad Xorazmshohni kimdek e’zozlashini bildirgan?
- O‘z ukasi (inisi)dek
- O‘z farzandi (o‘g‘li)dek
- O‘z do‘sti (yori)dek
- O‘z vaziri (maslahatchisi)dek
To‘g‘ri javob: O‘z farzandi (o‘g‘li)dek. Maktubda Xorazmshoh o‘z farzandi (o‘g‘li)dek e’zozlanishi aytilgan.
Chingizxonning maktubiga ko‘ra, Xorazmga elchilar yuborishdan maqsadi nima edi?
- Xorazmga qarshi harbiy yurishga tayyorlanish
- Xorazmshohdan soliq va tovon undirish
- Sultonning qizini mo‘g‘ul xoniga uzatish
- Do‘stlik va tijorat aloqalarini qaror toptirish
To‘g‘ri javob: Do‘stlik va tijorat aloqalarini qaror toptirish. Maktubda maqsad do‘stlik va tijorat aloqalarini mustahkamlash deb ko‘rsatilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash