Jaloliddin Manguberdi
XIII asrda Movarounnahr va Xorazm
BUGUN DARSDA
- Sulton Jaloliddin shaxsiyati. • Parvon jangi. • Jaloliddinni Chingizxon changaliga tushirgan ham, undan qutqargan ham ot edi.
O‘ylab ko‘ring
Sulton Jaloliddin shaxsiyati
Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarga qarshi 11 yil davomida Xuroson, Hindiston, Eron, Iroq va Kavkaz hududlarida tinimsiz kurash olib bordi, 17 marotaba mo‘g‘ullarga qarshi jang qilib, ularning 14 tasida g‘olib bo‘ldi.
Bu orada u nafaqat mo‘g‘ullar, balki uning ortib borayotgan kuch-qudratiga hasad bilan qaragan Bag‘dod xalifasi va Ko‘niya sultoni Alovuddin Kaykubod kabi shaxslarga qarshi kurashishiga ham to‘g‘ri keldi. Shuningdek, vazirlari, sarkardalarining xiyonati va ukasi G‘iyosiddin Pirshohning isyonlari ham sultonning ozodlik uchun kurashiga ma’lum moneliklar ko‘rsatdi.
Urganchdagi qaltis vaziyat tufayli shaharni tashlab chiqqan Jaloliddin 300 kishi bilan
Sulton Jaloliddin shaxsiyati
16 kun ichida Xorazmdan Xuroson yerlaridagi Niso qo‘rg‘oni (hozirgi Turkmanistonda) atrofiga yetib keldi. Chingizxon Muhammad Xorazmshoh o‘g‘illarining Xorazmga qaytganlaridan xabar topgach, ularning Xurosonga chekinishi mumkinligi nuqtayi nazaridan Xurosonning har yeriga pistirmalar qo‘ydi.
Jaloliddin Niso yaqinida o‘zining 300 nafar askari bilan mo‘g‘ullarning 700 kishilik pistirmadagi guruhini tor-mor etdi. Ushbu g‘alaba mo‘g‘ullarning afsonaviy qudrati, yengilmasligi haqidagi mish-mishlarga chek qo‘ydi. Jaloliddinning obro‘si ko‘tarilib, xalqda g‘alabaga ishonch mustahkamlandi. Bu voqealar 1221-yilning boshida sodir bo‘lgan edi.
Manbalarda
U bug‘doyrang, o‘rta bo‘yli, turkiy qiyofali va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga, forsiyda ham so‘zlasha olardi. Uning mardligi, jasurligiga kelsak, yuqorida hikoya qilganim janglardagi faoliyatini eslab o‘tishning o‘zi kifoya qiladi. U sherlar orasida eng zo‘r sher edi, qo‘rqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botiri edi. U yuvosh, muloyim odam edi, jahldor emasdi, haqoratomuz so‘zlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qo‘yardi, kam gapirardi. U haqgo‘ylikni, adolatni ulug‘lardi, ammo yashagan davridagi g‘alayonlar, alg‘ovdalg‘ovlar fe’l-atvorini o‘zgartirdi. U qo‘l ostidagi odamlarning og‘ir hayotini yengillashtirishni xohlardi, ammo u yashagan davr qonunlari uni zulm qilishga majbur etardi… Bachkana ta’riflarni yoqtirmagan, faqat “sulton” deya murojaat qilishlarini so‘ragan.
Tarix saboqlari
Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo‘g‘ullarning bosqinchilik yurishi Amudaryo janubidagi yirik savdo va madaniyat markazlari: Balx, Hirot, Marv va G‘azna kabi shaharlarga yo‘naltirildi. Ammo bu viloyatlarda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchradi.
Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ul qo‘shinlariga hujum qilib, ularni tor-mor etdi. Bu uning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik g‘alabasi edi.
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natdi. G‘azna yaqinidagi Parvon dashtidagi jangda Jaloliddin g‘alaba qozondi. Biroq g‘alabadan keyin qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlandi. Oqibatda lashkarboshilardan Sayfiddin Ig‘roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar qo‘shindan ajrab ketdilar. Jaloliddinning ularni qaytarish yo‘lidagi urinishlari naf bermadi. Bu voqeadan so‘ng sultonning harbiy salohiyati zaiflashib qoldi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G‘aznaga askar tortdi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etdi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi qirg‘oqlariga yaqinlashib bordi. Daryo bo‘yida 1221-yilning noyabrida ikki o‘rtada qattiq jang bo‘ldi. Jaloliddin Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini yengdi. Mo‘g‘ullarning pistirmalarga qo‘yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni yakunladi.
Tarix saboqlari
Sind jangi taktikasi Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo‘shinidan 3 barobar kam bo‘lgan o‘z qo‘shinini yarim oy shaklida safga tizadi. Qo‘shinning o‘ng qanotini sulton tog‘ etagiga joylashtirgani holda, chap qanotni Sind sohiliga joylashtiradi. Natijada mo‘g‘ullar xorazmliklarni qurshovga olishining oldi olinadi.
Mo‘g‘ullarning yolg‘ondan chekinish orqali dushmanni olg‘a undab, ularni qanotlardan qurshab olishga urinishini oldindan bilgan Jaloliddin chekingan mo‘g‘ul qo‘shinini atayin ta’qib etmaydi. Ikki muvaffaqiyatsiz hujumdan so‘ng Chingizxon asosiy kuchlarni Sulton Jaloliddin qo‘shini qanotlariga tashlaydi. Natijada Jaloliddinning ochiq jangga kirishdan boshqa iloji qolmaydi.
Tarix saboqlari
Jaloliddin taslim bo‘lishni xohlamay, otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg‘oqqa suzib o‘tdi. U bilan birga uning to‘rt ming kishilik askari ham daryodan o‘tib oldi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni “Ot sakrash”, narigi tomoni “Cho‘li Jaloliy” deb ataladi.
Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon o‘z o‘g‘illariga qarata: “Otaning faqat shunday o‘g‘li bo‘lishi lozim. U olovli jang maydonidan o‘zini qutqarib, halokatli girdobdan najot qirg‘og‘iga chiqdimi, undan hali ulug‘ ishlar, tashvishlar va qiyomatli isyonlar keladi!” deydi va uning orqasidan ta’qib etishni taqiqlaydi.
Sind daryosi bo‘yidagi jangdan so‘ng Chingizxon uch oy davomida Jaloliddin qo‘shinidan ajrab ketgan sarkardalar qal’alarini qo‘lga olib, ularni yo‘q qilish bilan band bo‘ladi.
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
(Qo‘shimcha o‘qish uchun)
1221-yil bahor-yoz oylarida Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi ayovsiz kurashga bel bog‘lab, ularga bir necha marta qaqshatqich zarba berganidan keyin G‘azna yaqinida, Kobul daryosi bo‘yidagi Parvon dashtida Chingizxonning mohir sarkardalaridan biri – Shiki Xutuxu no‘yon boshchiligidagi 45 minglik mo‘g‘ul qo‘shinlari ustidan g‘alabaga erishdi. Jang natijasida qo‘lga kiritilgan katta miqdordagi o‘lja taqsimlanishi jarayonida Jaloliddin lashkarboshilari – qang‘liqipchoqlardan (Turkon Xotun ham shu urug‘dan) Amin Malik turkmanlar yo‘lboshchisi Sayfiddin Ig‘roq bilan bir qimmatbaho arabi ot ustida talashib qolishdi (o‘ljalar orasida eng noyob ulush ot hisoblangan. Otlar zotiga va chiroyiga qarab bir necha ming tilloga baholangan).
(Qo‘shimcha o‘qish uchun)
Tortishish paytida qizishib ketgan Amin Malik Sayfiddin Ig‘roqning boshiga qamchi bilan urdi.
Jaloliddin esa Amin Malikni bu ishi uchun jazolamadi (Amin Malik Jaloliddinning qaynotasi edi, uning jazolanmaganiga shu ham sabab bo‘lgandir, ehtimol). Bu nomusga chiday olmagan va qattiq ranjigan Sayfiddin Ig‘roq o‘z yaqinlari bo‘lgan lashkarboshilar – A’zam Malik va Muzaffar Maliklarni olib, Jaloliddin qo‘shinini tark etdi. Buning natijasida Xorazmshoh qo‘shini yarmiga qisqardi. Xufiyalari orqali Jaloliddinning ichki muammolaridan boxabar bo‘lgan Chingizxon sulton qo‘shinlarini qayta birlashishi yoki ularning qochishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir haftalik yo‘lni ikki kunda bosib o‘tadigan darajada tezlik bilan ta’qib qila boshladi. Vaziyatni to‘g‘ri baholagan Jaloliddin esa zudlik bilan Hindistonga o‘tib ketish va u yerdan o‘zini tiklagan holda Chingizxonga qarshi hujumni tashkil etish uchun Sind (Hind) daryosi tomon oshiqdi.
(Qo‘shimcha o‘qish uchun)
1221-yilning kech kuzida Jaloliddin Sind daryosiga yaqin kelganida Chingizxon unga yetib oldi va o‘rtada, ta’bir joiz bo‘lsa, XIII asrning eng mashhur jangi ro‘y berdi. Jangda xorazmshohlar qo‘shinining markaziga rahbarlik qilgan Jaloliddin qo‘shini o‘zidan bir necha barobar ko‘p bo‘lgan mo‘g‘ullar qismini yanchib tashladi. Lekin Chingizxonning pistirmada turgan 10 ming zaxira qo‘shini jangga kirishi bilan tashabbus mo‘g‘ullar tomoniga o‘tdi (Chingizxonning zaxira qo‘shini “keshik” deb nomlanib, ular tajribali qo‘mondonlardan tuzilgan. Chingizxon juda zarur hollardagina ularni jangga tashlagan). Qurshab olingan Jaloliddin yarim kun mobaynida mo‘g‘ullar bilan olishdi. Uning 2 ta oti ishdan chiqqach, rikobdorlar (hukmdor otini yetaklab yuruvchi, hukmdor uzangisi sohibi) zaxiradagi otni keltirishdi. Ushbu otga o‘tirgan Jaloliddin o‘rab oluvchilarning nisbatan zaif ko‘ringan daryo tomoniga ot solib, u yerni yorib chiqdi, ahli haramini ham Chingizxon qo‘liga tushmasligi uchun daryoga yo‘naltirdi. O‘zi esa sadoqatli oti bilan birgalikda 18–20 metrli jarlikdan daryoga sakradi. Chingizxon esa uning jasoratidan lol bo‘lib, Jaloliddinning ortidan kamondan o‘q uzmoqchi bo‘lganlarni to‘xtatadi. Shu vaqtga qadar Chingizxon bunday raqibga duch kelmagan edi.
(Qo‘shimcha o‘qish uchun)
Xullas, o‘ljalar orasidagi bir qimmatbaho ot sarkardalar o‘rtasida ziddiyat chiqarib, umumdavlat, umumxalq taqdiri hal bo‘ladigan pallada Jaloliddinning imkoniyatlarini kamaytirib, kuchini zaiflashtirdi. Kuchlarning teng emasligi Jaloliddinning Chingizxon qurshovida ma’lum muddat qolishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi ot esa uni dushman qo‘lidan qutqarib, daryoning narigi sohiliga olib o‘tdi. Manbalarning guvohlik berishicha, shu vaqtdan boshlab Jaloliddin mazkur otni e’zozlab, minmasdan yana 5 yil, ya’ni 1226-yili o‘z ajali bilan o‘lguniga qadar o‘zi bilan olib yurdi (hozirgi Gruziya poytaxti Tbilisining egallanishi jarayonida ot o‘lgan edi). Shuning uchun ham qadimgi va o‘rta asr buyuk sarkardalarining yarim bahodirligini ularning otlari bilan bog‘lash joizdir.
(Qo‘shimcha o‘qish uchun)
Sind daryosi bo‘yidagi jang.
Muhim sanalar
- 1221-yilning — Bu voqealar 1221-yilning boshida sodir bo‘lgan edi.
- 1221-yilning — Daryo bo‘yida 1221-yilning noyabrida ikki o‘rtada qattiq jang bo‘ldi.
- 1221-yil — 1221-yil bahor-yoz oylarida Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi ayovsiz kurashga bel bog‘lab, ularga bir necha marta qaqshatqich zarba berganidan keyin G‘azna yaqinida, Kobul daryosi bo‘yidagi Parvon dashtida Chingizxonning…
- 1221-yilning — 1221-yilning kech kuzida Jaloliddin Sind daryosiga yaqin kelganida Chingizxon unga yetib oldi va o‘rtada, ta’bir joiz bo‘lsa, XIII asrning eng mashhur jangi ro‘y berdi.
- 1226-yili — Manbalarning guvohlik berishicha, shu vaqtdan boshlab Jaloliddin mazkur otni e’zozlab, minmasdan yana 5 yil, ya’ni 1226-yili o‘z ajali bilan o‘lguniga qadar o‘zi bilan olib yurdi (hozirgi Gruziya poytaxti Tbilisining…
- XIII asrning — 1221-yilning kech kuzida Jaloliddin Sind daryosiga yaqin kelganida Chingizxon unga yetib oldi va o‘rtada, ta’bir joiz bo‘lsa, XIII asrning eng mashhur jangi ro‘y berdi.
Bilimingizni sinang
Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarga qarshi necha yil davomida tinimsiz kurash olib borgan?
- 7 yil
- 11 yil
- 13 yil
- 9 yil
To‘g‘ri javob: 11 yil. Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi 11 yil davomida Xuroson, Hindiston, Eron, Iroq va Kavkaz hududlarida kurashgan.
Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarga qarshi jami necha marotaba jang qilgan?
- 21 marotaba
- 17 marotaba
- 15 marotaba
- 13 marotaba
To‘g‘ri javob: 17 marotaba. U 17 marotaba mo‘g‘ullarga qarshi jang qilib, ularning 14 tasida g‘olib bo‘lgan.
Jaloliddin Urganchdan Niso qo‘rg‘oni atrofiga necha kishi bilan yetib kelgan?
- 1000 kishi
- 500 kishi
- 300 kishi
- 150 kishi
To‘g‘ri javob: 300 kishi. Jaloliddin 300 kishi bilan 16 kun ichida Xorazmdan Niso atrofiga yetib kelgan.
Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarga qarshi nechta jang qilib, nechtasida g‘olib bo‘ldi?
- 17 ta jang qilib, 11 tasida
- 14 ta jang qilib, 11 tasida
- 17 ta jang qilib, 14 tasida
- 11 ta jang qilib, 7 tasida
To‘g‘ri javob: 17 ta jang qilib, 14 tasida. Matnga ko‘ra u 17 marta jang qilib, 14 tasida g‘olib bo‘lgan.
Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi necha yil davomida tinimsiz kurash olib bordi?
- 11 yil
- 7 yil
- 9 yil
- 15 yil
To‘g‘ri javob: 11 yil. Kurash 11 yil davom etgan.
Jaloliddinning ortib borayotgan kuch-qudratiga hasad bilan qaragan Ko‘niya sultoni kim edi?
- Shiki Xutuxu
- G‘iyosiddin Pirshoh
- Sayfiddin Ig‘roq
- Alovuddin Kaykubod
To‘g‘ri javob: Alovuddin Kaykubod. Matnda Ko‘niya sultoni Alovuddin Kaykubod deb ko‘rsatilgan.
Jaloliddinning qaysi qarindoshi isyonlari bilan uning ozodlik kurashiga monelik ko‘rsatdi?
- Qaynotasi Amin Malik
- Ukasi G‘iyosiddin Pirshoh
- Amakisi Sayfiddin Ig‘roq
- Otasi Muhammad Xorazmshoh
To‘g‘ri javob: Ukasi G‘iyosiddin Pirshoh. Ukasi Pirshohning isyonlari kurashga monelik qilgan.
Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi 17 marta jang qilib, ularning 14 tasida g‘olib bo‘lgan. Qolgan janglar soni nechta bo‘lgan?
- 3 ta
- 4 ta
- 2 ta
- 5 ta
To‘g‘ri javob: 3 ta. 17 ta jangdan 14 tasida g‘olib bo‘lgan; 17 − 14 = 3 ta jangda g‘alaba qozonmagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash