Chig‘atoy ulusining tashkil topishi
Chig‘atoy ulusi
BUGUN DARSDA
- Chingizxon istilosining oqibatlari. • Chingizxon davlatining uluslarga bo‘linishi. • Chig‘atoyxon. • Yalavochlar xonadoni faoliyati. • Hokimiyat uchun kurash. • Kebekxon va Alouddin Tarmashirin siyosiy faoliyati. • Kebekxonning pul islohotlari. • Chig‘atoy ulusida siyosiy tarqoqlikning boshlanishi.
CHIG‘ATOY ULUSI
Poytaxti: Olmaliq (hozirgi Xitoy hududida joylashgan tarixiy shahar) [1224–1266], Qarshi [1318–1326]
Til(lar)i: mo‘g‘ul tili (dastlab), chig‘atoy tili, fors tili
Dini: Islom, shomonlik, tangrichilik
Pul birligi: tangalar (kepaki, dirham)
Maydoni: 3 500 000 km² (1310)
Boshqaruv shakli: monarxiya
Sulola: chingiziylar
Qonun chiqaruvchi hokimiyati: qurultoy
Hukmdorlar unvoni: xon
Chingizxon istilosining
Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng Turonning gullab-yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. Sharqda dong‘i ketgan qadimiy va obod Samarqand, Buxoro, Urganch (Gurganj), Xo‘jand, Marv, Termiz, Niso, Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobaga aylantirildi. Marvdagi shaharni suv bilan ta’minlovchi Sultonband, Balxob daryosidagi Bandi amir, Samarqand shahrini suv bilan ta’minlaydigan yagona to‘g‘on (Qo‘rg‘oshin nova)ning hammasi Chingizxon buyrug‘iga ko‘ra buzib tashlandi.
Balx va uning atroflari olti oy mobaynida suv ofatini boshdan kechirdi. Samarqandning asosiy aholisi, buxoroliklarning ko‘pchiligi, Urganch (Gurganj) va Marv kabi ulkan shaharlar aholisi ona shaharlarini yo tark etdilar, yoki qirib tashlandilar. Istilochilar ilk bora yuqori madaniyatli aholining ilm-fan, me’morchilik sohalaridagi yutuqlarini, yuksak darajadagi hunarmandchilik, tijorat, sug‘orma dehqonchilikni shu o‘lkaga kelib ko‘rdilar.
O‘ylab ko‘ring
Tarixiy atamalarni eslab qoling
Ulus (“davlat”, “xalq”) – Chingizxon tuzgan ilk mo‘g‘ul davlatining nomi. Keyinchalik Chingizxon bosib olingan hududlardan farzandlariga bo‘lib bergan mulklar (masalan, Jo‘chi ulusi, Chig‘atoy ulusi va boshqalar) “ulus” deb yuritiladigan bo‘ldi.
XIII asrning 2-yarmida bu uluslar mustaqil davlatlarga aylanib, nomigagina saltanat hukmdori – ulug‘ qoonga bo‘ysunganlar. “Ulus” atamasi mulk ma’nosida qo‘llanmay qo‘ygan va asta-sekin “xalq” ma’nosini anglata boshlagan.
Chingizxon davlatining uluslarga bo‘linishi
Chingizxon tiriklik vaqtidayoq o‘z o‘g‘illariga mulklarini ulus qilib bo‘lib berishni boshlagan edi. 1207-yildayoq katta o‘g‘il qo‘l ostiga Selenga daryosidan Irtishgacha bo‘lgan yerlar mulk qilib berilgan edi. Chingizxon o‘limidan oldin (1225-yil avgust) esa boshqa o‘g‘illariga ham turli zabt etilgan yerlarni ulus etib bo‘lib berdi. Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha bo‘lgan yerlar Jo‘chiga, Oltoy tog‘larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bo‘lgan yerlar, ya’ni Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Movarounnahr, hozirgi Afg‘oniston ning katta qismi ikkinchi o‘g‘il Chig‘atoyga, Xitoy va Mo‘g‘uliston voris bo‘lmish uchinchi o‘g‘il O‘qtoyga, Eron va Xuroson Tuluga ulus tarzida bo‘lib berildi.
Chingizxon davlatining uluslarga bo‘linishi
Chingizxon o‘limi oldidan o‘z valiahdi etib oliy hukmdor sifatida uchinchi o‘g‘li O‘qtoyni belgilagan. Unga “xoqon” unvoni berilgan.
Chingizxon avlodlarida Mo‘g‘uliston taxtiga o‘tirgan oliy hukmdor “xoqon”, uluslarda hukmronlik qilgan xonzodalar esa “xon” unvoni bilan yuritilgan.
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
ARABISTON YA RIMOROLI
Chig‘atoyxon Chig‘atoyxon Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, u o‘z ulusi hayotini yaxshilash uchun sharqiy o‘lkalarni Ili vodiysi bilan bog‘lovchi ulkan yo‘l qurdirdi.
Chig‘atoy Olmaliq yaqinida Qutlug‘ qishlog‘iga asos soldi. Bu qishloq uning yozgi qarorgohi, Ili vodiysidagi qarorgoh esa qishki qarorgohi bo‘ldi. Ili viloyati Chig‘atoyning o‘limidan keyin ham ulus hokimiyatining markazi bo‘lib qoldi.
“Yasoq” qoidalarini yaxshi bilgan Chig‘atoyni zamondoshlari “Yasoq qo‘riqchisi” (yasovul) sifatida ta’riflab, qonunbuzarliklarga qat’iy qarshi turgani haqida yozadi. Shuning uchun ham
KOBUL
CHINGIZXON ULUSLARI uning obro‘-e’tibori ulug‘ xoqon O‘qtoynikidan ham balandroq edi. Mo‘g‘ul qonunlari va musulmon odatlari ko‘pincha bir-biriga zid kelgani sababli Yasoqqa qat’iy amal qilgan Chig‘atoy islom dini ahkomlariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lmagan.
HINDISTON
Otasining o‘limidan so‘ng Chig‘atoyxon boshqa hududlarga bosqinchilik qilmadi. Chig‘atoy 1242-yili vafotidan oldin o‘z vorisi sifatida sulola vakillari roziligi bilan to‘ng‘ich o‘g‘lining farzandi, bosh nabirasi bo‘lgan Qora-Hulaguni tayinladi. Lekin 1246-yilgi qurultoyda O‘qtoyning to‘ng‘ich o‘g‘li Guyuk “ulug‘ xon” deb e’lon qilindi. Guyukxon taxtga kelgach, Chig‘atoy ulusida uning buyrug‘i bilan Qora-Hulagu taxtdan ag‘darildi va Chig‘atoyning buyuk xon bilan mustahkam do‘stlik aloqalariga ega bo‘lgan o‘g‘li Yasu Munke ulus taxtiga o‘tirdi. Garchi taxt tepasida Yasu Munke turgan bo‘lsa-da, uning xotini Tukashi barcha ulus ishlarini boshqargan. Chig‘atoy ulusi xonligining haqiqiy asoschisi Chig‘atoyning nabirasi Olg‘uxon bo‘ldi. Olg‘uxon Mo‘g‘uliston va Xitoy o‘lkasidagi chingiziy xonlar Xubilayxon va Oriqbuqa o‘rtasidagi o‘zaro urushlardan foydalanib Xorazmning bir qismi, Turkiston va Afg‘onistonni qo‘lga kiritib, o‘zini mustaqil deb e’lon qildi va xonlikning ilk tamal toshini qo‘ydi.
HINDISTON
Chig‘atoy haykali
Manbalarda
Chig‘atoy o‘ziga tegishli ulusdagi Movarounnahr boshqaruvini avval Mahmud Yalavochga, 1238-yili Mahmud Yalavoch O‘qtoy tomonidan Pekin gubernatori (1254-yilgacha) etib tayinlangach, uning o‘g‘li Mas’udbekka (1238–1289) topshirgan. O‘zi umrining oxirigacha O‘qtoy qoon (xoqon) saroyida hukmdorning maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Uning ulusi “Chig‘atoy ulusi”, Movarounnahr aholisi so‘zlashadigan til esa “chig‘atoy tili” deb nom olgan.
Yalavochlar xonadoni faoliyati
Mahmud Yalavoch va uning avlodlari Movarounnahr va Sharqiy Turkiston hududidagi Chig‘atoy ulusi boshqaruvida katta nufuz va o‘ringa ega bo‘lgan. Mahmud Yalavoch yirik va boy savdogar bo‘lib, manbalarga ko‘ra, u butun Movarounnahrdan olinadigan soliqni oldindan to‘lay oladigan darajada boy bo‘lgan.
Mahmud Yalavochga soliqlar tushumini muntazam nazorat etish, o‘lkada mo‘g‘ullarga qarshi g‘alayon bo‘lishining oldini olish mas’uliyati yuklangan edi. Dabdabali ziyofatlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan o‘z saxovatini namoyish qilgan Mahmud tez orada O‘qtoyning e’tiborini qozongan va bundan foydalanib Movarounnahrdagi siyosatida bir qator yengilliklarga erishgan.
Yalavochlar xonadoni faoliyati
Mahmud Yalavochning harakatlari sabab tinch aholi harbiy yig‘imlarni to‘lashdan ozod qilindi va oldindan miqdori belgilanmagan “qopchur” solig‘i (chorva solig‘i) qat’iy kumush solig‘iga almashtirildi. 1238-yili Buxoroda ko‘tarilgan Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonidan keyin Chig‘atoy mahalliy noiblarga ham choralar ko‘rdi.
Qo‘zg‘olonni bostirishda sustkashlik qilgan deb hisoblab, Mahmud Yalavochni Movarounnahr noibligidan chetlashtirib, uni ulus hududidan chiqartirib yubordi. Mahmud Yalavoch O‘qtoy xoqon buyrug‘i bilan Shimoliy Xitoyga noib va yarg‘uchi (nozir) etib yuboriladi (keyin esa Pekin shahriga). Buning sabablaridan biri shunda ediki, 1240-yilda O‘qtoy Shimoliy Xitoydan yuqori daromad olish imkoniyatiga qiziqib qolgan edi. Shu sababli ham yaxshigina moliyaviy bilimlarga ega bo‘lgan Mahmud Yalavoch u yerga yuboriladi.
Yalavochlar xonadoni faoliyati
Otasidan so‘ng Movarounnahr noibi sifatida Mahmud Yalavochning o‘g‘li Mas’udbek tayinlandi. U o‘limiga qadar (1289) shu lavozimni egallab turdi. Mas’udbek Movarounnahrda katta tiklanish ishlarini olib bordi. Buxoroda ulkan Mas’udiya madrasasini bino qildi. Bu bilim dargohida o‘z davrida 1000 ga yaqin talaba ilm olgan. Movarounnahrda asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, shahar hayoti, xususan, hunarmandchilik va savdo munosabatlari jonlana boshladi. Shaharlarning ichki hayoti, ayniqsa, tovar va pul munosabatlarining tiklanishida Mas’udbek 1271-yili amalga oshirgan pul islohoti muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. U Movarounnahrning 16 ta shahar va viloyatida bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb ettirib, ularni muomalaga chiqardi. Mas’udbekdan so‘ng sulolaning boshqa bir qator vakillari ham Chig‘atoy ulusi hukmdorlari xizmatida bo‘ldi. Ammo keyingi sulola vakillari avvalgidek katta siyosiy nufuz va kuchga ega bo‘lmadi.
O‘ylab ko‘ring
Hokimiyat uchun kurash
Chingizxon davlatining oliy xoqoni O‘qtoy va Chig‘atoy ulusi xoni Chig‘atoylar birin-ketin vafot etishgach, butun mo‘g‘ul ulusida taxt uchun kurashlar boshlanib ketgan. Shu jumladan, Chig‘atoy ulusida Jo‘chi, O‘qtoy, Tuluxonlarnig avlodlari ham hokimiyatni egallash uchun kurash olib borgan.
birga, Muborakshoh islom dinini qabul qildi va chig‘atoy ulusining ilk musulmon hukmdoriga aylanadi. Xubilayxon yuborgan yorliqqa ko‘ra, Baroqxon Muborakshohdan so‘ng Chig‘atoy ulusi taxtiga o‘tirishi belgilangan edi.
Mo‘g‘ullarning urf-odatlari hamda Chingizxon “yaso”si ko‘chmanchilik an’analarini targ‘ib qilib, bu hol mo‘g‘ullarning shaharlarda yashashi uchun to‘sqinlik qilar edi. Shuning uchun shaharlarga muxolifat markazi sifatida qaralar edi. Hatto O‘qtoy Hirot shahrini qayta qurishga farmon berganida Chig‘atoy unga “Bu ishing otamizning nizomiga, tutgan yo‘liga zid!” deb qattiq qarshilik ko‘rsatadi.
Hokimiyat uchun kurash
Xitoyda hukmronlik qilayotgan Xubilayxon Qoraqurumga oziq-ovqat yuborishni cheklab qo‘ydi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismini Xitoydan oladigan dashtlik xalqlar qiyin ahvolda qolgan. Shundan keyin Qoraqurumdagi chingiziylar Sharqiy Turkiston va Movarounnahrdagi Chig‘atoy ulusini iqtisodiy tayanch sifatida o‘z ta’siriga olish uchun kurash boshlaydi. 1260-yili Chig‘atoy avlodidan bo‘lmish Olg‘u ulus xoni etib tayinlandi. Olg‘u hokimiyatini mustahkamlash uchun shu paytda Chig‘atoy ulusini boshqarayotgan Eragana Xotunga uylanadi. Olg‘uxon o‘z ulusini ulug‘xondan mustaqil bir xonlikka aylantirib oldi.
Muborakshohxon birinchi bo‘lib islom dinini qabul qilgan Chig‘atoy xoni edi. U Toshkent vohasidagi Ohangaronda yangi dinga o‘tganligini e’lon qildi. Aynan shu jihat ba’zi mo‘g‘ul amaldorlarining undan norozi bo‘lishiga sabab bo‘lgandir, ehtimol. Chunki mo‘g‘ul zodagonlarining huquqiy qomusi sanalgan Chingizxonning “yaso”sida dinlarga birdek munosabatda bo‘lish uqtirilar edi. Aynan shu vaziyatda Muborakshohdan norozi bo‘lgan amaldorlar Baroqxon atrofida birlashadi. Buning oqibatida Chig‘atoy ulusida fuqarolar urushi yuzaga kelgan. Nihoyat, Muborakshoh va unga qarshi turgan Baroqxon qo‘shinlari Xo‘jandda to‘qnash keladi, jang natijasida Muborakshohxon taxtdan ag‘dariladi.
Hokimiyat uchun kurash
1263–1264-yillarda Olg‘uxon vafot etgan. Natijada Xubilayxon boy hudud sanalgan Movarounnahr hududlari ustidan siyosiy nazorat o‘rnatishga harakat qildi va o‘ziga xayrixoh bo‘lgan xonzodalarni (Muborakshoh va Baroqxon) Chig‘atoy ulusiga yubordi.
Chig‘atoy ulusi taxtiga Eragana Xotun aralashuvi bilan Muborakshoh o‘tirdi. Shu bilan
1264-1271
Baroqxon 1264-yil kuzida Chig‘atoy ulusi taxtiga o‘tiradi va ko‘p o‘tmay Movarounnahrni to‘liqligicha o‘z tasarrufiga kiritib, davlatni mo‘g‘ul ulug‘ xonlari ta’siridan to‘liq ajratib oladi. Bir oz vaqt o‘tib, Xubilayxonning Baroqxonni Mo‘g‘ulistonga bo‘ysundirish uchun yuborgan qo‘shinlari Sharqiy Turkistondan quvib chiqariladi. Natijada Baroqxon ham Olg‘uxon kabi Chig‘atoy ulusida mustaqil lik o‘rnatadi. Umrining oxirlarida falajga chalingan Baroqxonni jismonan davlatni boshqarishga layoqatsiz hisoblagan ba’zi mo‘g‘ul xonzodalari isyon ko‘taradi. 1271-yili Baroqxon vafot etgach, Chig‘atoy ulusida yana taxt uchun kurashlar boshlanib, bu xalqning tinka-madorini quritadi. Bu kurashlarda O‘qtoy xoqonning nabirasi Qayduxonning qo‘li baland kelgan.
O‘ylab ko‘ring
XIV asr boshida
XIII asr boshida taxt uchun kurashlarda Chig‘atoy ulusining eng mashhur hukmdori Kebekxon g‘alaba qozondi.
1309-yili Kebekxonning tashabbusi bilan o‘tkazilgan qurultoyda taxtga uning akasi Esan Buqa chiqarildi. Garchi Esan Buqa xon deb e’lon qilingan bo‘lsa ham, mamlakatda Kebekxon katta nufuzga ega bo‘lib oldi. Esan Buqa davrida Chig‘atoy ulusi sharqda Yuan imperiyasi (Xitoy) bilan, g‘arbda esa Elxoniylar (Eron hulakulari) bilan tinimsiz kurashlar olib bordi.
Esan Buqaning vafotidan so‘ng taxtga Kebekxon (1318–1326) o‘tirdi. Kebekxon hukmronligi mamlakat tarixidagi muhim burilish davri sifatida tarixda qoldi. Kebekxon qo‘shni mo‘g‘ul mamlakatlari bilan kelishuv siyosatini yuritdi. Shu bilan birga, mamlakatning ichki muhitini ham yaxshilash uchun ma’lum harakatlar olib bordi.
XIV asr boshida
Kebekxon chig‘atoy xonlari orasida birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga, Qashqadaryo vohasiga ko‘chirdi. Bu vohani tanlashiga bir necha omillar sabab bo‘lgan: Qashqadaryo vohasi Esan Buqa davrida Kebekxonga mulk sifatida berilgan edi. Kebekxon mo‘g‘ullarning o‘troq Movarounnahr aholisi bilan yaqinlashuvini istagan.
Ov-shikorni doimiy mashg‘ulotga aylantirgan ko‘chmanchi mo‘g‘ul xonlari uchun atrofi dasht va to‘qaylardan iborat Qarshi shahri ov qilishga qulay edi. Qashqadaryo vohasidagi qadimiy Nasaf shahri yaqinida Kebekxon o‘zi uchun saroy qurdirdi va mamlakatni shu yerdan turib idora etdi.
Kebekxon davlatni 10 minglik harbiy birlik yig‘iladigan maxsus hududlarga ajratdi. Bu ma’muriy-harbiy birliklar Movarounnahr va unga tutash o‘lkalarda “tuman”, Qoshg‘ar va Sharqiy Turkistonda “o‘rchin” deb nomlandi.
XIV asr boshida
Ammo ma’muriy islohot mahalliy hokimliklar va bekliklarga barham bermadi, balki ularga moslashdi. Ilgarigi mahalliy hokimlar tumanlarning noibiga aylantirildi. Avvalgi mahalliy hukmdorlar – maliklar va sadrlarning o‘rinlarini turk-mo‘g‘ul urug‘i boshliqlari egalladi. Kebekxon davrida turk-mo‘g‘ul ko‘chmanchi zodagonlari, shuningdek, mahalliy malik va sadrlarning avtonom huquqlari bekor qilindi. Shunga qaramay, bu islohot ulusning ma’muriy-siyosiy boshqaruviga katta o‘zgarishlar kiritdi. Ichki va tashqi savdo rivojlana boshladi.
Chig‘atoy ulusi taxtiga o‘tirgan Kebekxonning ukasi Tarmashirinxon davrida Chig‘atoy ulusining g‘arbiy qismi to‘la o‘troqlashadi.
XIV asr boshida
Tarmashirinxon islom an’analariga to‘la amal qilib, mahalliy islom dini ulamolari bilan keng ko‘lamli aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Uni tarixchilar Alouddin nomi bilan ham tilga oladi. Tarmashirinxon islomni Chig‘atoy ulusining rasmiy diniga aylantirdi. Obodonchilik va qurilish ishlariga xayrixoh bo‘ldi, savdo-sotiq siyosatini uning vorislari ham davom ettirdi.
Qarshi qurilgach, u yerga turli-tuman aholi joylashdi, ammo turkiy til shaharda hukmron tilga aylandi. Bu paytga kelib mo‘g‘ullarning o‘zi ham turkiy tilda gapirardi. Xususan, Kebekxonning ona tili turkiy til bo‘lganini arab sayyohi Ibn Battuta qayd etgan.
“Saroy” so‘zi qadimgi turkiy tilda “xarsh” yoki “qarsh” deb nomlangan. Keyinchalik bu saroy atrofida Nasaf bilan birlashib ketgan butun shahar Qarshi nomi bilan tanilgan.
Manbalarda
Tarmashirin Chig‘atoy ulusi taxtiga o‘tirgach, islom diniga e’tiqod qilishi bilan birgalikda musulmoncha Alouddin ismini ham qabul qildi va unga Sulton al-A’zam (eng oliyjanob sulton) degan unvon berildi. Tarmashirin taxtga kelguncha Qashqadaryo vohasida yashagan. Uning islom dinini qabul qilishi va bu dinga e’tiqod qilishida aynan shu hududda yashovchi shayxlar va islom ulamolarining ta’siri katta bo‘lgan. Xonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, u bilan suhbatda bo‘lgan arab sayyohi Ibn Battutaning guvohlik berishicha, Tarmashirin 5 mahal namozni doimo masjidda jamoat bilan o‘qigan. Masjidda kim bo‘lmasin, xonning yoniga borib, u bilan qo‘l berib ko‘risha olgan. Namozdan keyin xon saroyga borguncha xalq bilan muloqot qilib, ularning shikoyatlarini tinglab va arzlarning ijrosi bo‘yicha o‘z amaldorlariga ko‘rsatmalar berib borgan. Ibn Battuta shunday yozadi: “...Bir kuni men peshin namozini o‘qish uchun masjidga bordim. Ammo xon hali yo‘q edi. Uning mahramlaridan biri joynamoz keltirib, mehrob yaqiniga, odatda sulton namoz o‘qiydigan joyga yozdi va Hisomiddin Yog‘iy (imom)ga: “Sultonimiz tahoratlarini tugallamagunicha namozni boshlamay, kutib turar ekansiz”, – dedi. Imom o‘rnidan turib: “Namoz Xudo uchunmi yoki Tarmashirin uchunmi?” U muazzin (azon aytuvchi)ga namozni boshlashni buyurdi. Sulton masjidga kirib kelganda ikki rakat namoz o‘qib bo‘lingan edi. Shunda u qolgan ikki rakat namozni kelgan joyidan tugalladi. U namozni odamlar poyabzallarini yechib qoldiradigan joyda, masjid ostonasida o‘tirib o‘qidi. Namozning o‘qilmay qolgan qismini ham tugatib, imomning oldiga so‘rashgani keldi. Men imomning yonginasida turgan edim. So‘ng sulton menga qarab “Sen o‘z mamlakatingga qaytib borganingda ajamlarning (arab bo‘lmaganlar, Movarounnahr aholisini nazarda tutilyapti) kambag‘allari sultonga qanday muomala qilishini aytib bergin”, – dedi”.
Manbalarda
Kebekxon zarb etgan yangi tangalar xalq orasida “kepaki” nomini oladi. Bunga qadar savdo munosabatlarida mahalliy sulola hukmdorlarining pullaridan foydalanilar edi. Mazkur pul birliklari keyinchalik Oltin O‘rda davlati hududida ham ommalashgan bo‘lib, u orqali rus knyazliklarida ham muomalada bo‘lgan.
Kebekxonning pul islohotlari Kebekxon davrida Chingizxon bosqinidan buyon vayron bo‘lib yotgan Balx shahri qayta tiklandi. Xonning o‘zi ham o‘troq hayotga o‘tdi. Yuan imperiyasi bilan yaxshi aloqalar o‘rnatdi. Bu davrda Chig‘atoy ulusida ijtimoiy va iqtisodiy hayot tizimi tartibga solindi. Mamlakatning siyosiy tizimi ham ma’lum darajada izga tushdi. Kebekxon tomonidan amalga oshirilgan o‘troqlashuv siyosatini uning vorislari ham davom ettirdi.
Manbalarda
Chig‘atoy ulusi va qo‘shni davlatlar yagona pul tizimining yo‘qligidan katta zarar ko‘rardi. Bu holat Kebekxonni ma’muriy va pul islohotlarini amalga oshirishga majbur qildi.
Kebekxonning ilk tangalari taxminan 1321-yillarda zarb etilgan.
Yangi pul islohoti savdo-sotiq jadal rivojlanishi uchun xizmat qilishi lozim edi. Kebekxon Oltin O‘rda va Hulakular saltanati namunasida ikki xil tanga zarb ettirgan. Pul islohotiga ko‘ra, ilgari chiqarilgan bitta kumush tanga o‘rniga endi bir xil qiymatdagi og‘irligi 8 grammdan ortiq bo‘lgan kichik dirhamlar va yirik dinorlar zarb qilindi. Qonunga ko‘ra, 1 dinor 6 dirhamga teng qilib belgilandi.
Manbalarda
Rus davlatida joriy bo‘lgan “kopeyka” aynan “kepaki” pul birligi nomining buzilgan shaklidir.
Manbalarda
Shoh qasri, saroy “qarshi” deb atalgan. Hozirgi Qarshi shahrining nomi shu so‘zdan olingan. Ayrim olimlar hozirga qadar bu so‘zni mo‘g‘ulchadan o‘zlashgan deb qaraydi. “Qarshi” asli turkiy so‘z bo‘lib, mo‘g‘ulchaga keyin o‘zlashgan.
Chig‘atoy ulusida siyosiy tarqoqlikning boshlanishi
Alouddin Tarmashirinxonning islom dinini qabul qilishi uni musulmon fuqarolariga yaqinlashtirdi. U o‘z qo‘shiniga aholiga zarar yetkazmaslik, tobelarga adolatli muomalada bo‘lishni buyurdi.
Tarmashirin ko‘chmanchilik an’anasiga sodiq bo‘lgan mo‘g‘ul amirlarini dehqonchilik bilan shug‘ullanishga majbur qildi. Bu paytga kelib bir qancha Chig‘atoy amirlari Movarounnahrda yer yoki bog‘larga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, ulardan istaganicha foydalanar, dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari shart emas edi.
Bu holatlar o‘z navbatida Tarmashirinxonga nisbatan noroziliklarni yuzaga keltirdi. Natijada Chig‘atoy ulusining sharqiy qismida Tarmashirinxonga qarshi isyon ko‘tarildi va unga jiyani Buzan ibn Duva Temur boshchilik qildi. Tarmashirinxon siyosatidan norozi bo‘lgan ko‘chmanchi mo‘g‘ul zodagonlari isyon ko‘tarib, Buzanni o‘zlariga hukmdor deb e’lon qildi.
Chig‘atoy ulusida siyosiy tarqoqlikning boshlanishi
Tarmashirinxon taxtga o‘tirishidan oldin G‘azna noibi edi. Kuch to‘plash uchun G‘aznaga yo‘l olgan Tarmashirinxon qo‘lga olindi va qatl etildi.
Taxtga chiqqan Buzan siyosiy jihatdan o‘ta qattiqqo‘l bo‘lib, yasoq qoidalarini qayta joriy qildi. Shuningdek, Buzan saltanatni yakka idora qilishga intilib, sulola vakillarini qirg‘in qilish yo‘lidan bordi. Natijada, bir qator amirlar Buzandan norozi bo‘lib, unga qarshi isyon tayyorlaydilar va xon o‘z amirlari tomonidan o‘ldiriladi.
Chig‘atoy ulusi taxtiga O‘qtoy avlodidan bo‘lgan Ali Sulton o‘tirgan davrda ulusning sharqiy qismida islom asosiy din darajasiga ko‘tarildi. 1338–1339-yillarda Chig‘atoy ulusining sharqiy qismida vabo tarqaldi. Hukmdor bunga g‘ayridinlarning turmush tarzi sabab deb hisobladi va vabodan ularga qarshi kurashda qurol sifatida foydalandi. Ko‘plab buddaviylik va nasroniy dinidagi ruhoniylar quvg‘in qilindi.
Chig‘atoy ulusida siyosiy tarqoqlikning boshlanishi
Ali Sultonning vafot etishi bilan Chig‘atoy ulusida taxt uchun kurash yana avj oldi. Chig‘atoy ulusida kechgan uzoq kurashlardan keyin 1343-yili chig‘atoiylardan bo‘lgan Yasavurning o‘g‘li Qozonxon Chig‘atoy ulusi taxtiga o‘tirdi.
1339-yili Chig‘atoy ulusining sharqiy qismida tarqalgan vabo epidemiyasi uzoq davom etmagan. Chunki mahalliy aholi bunday epidemiyalarga qarshi kurashishning zaruriy choralari bilan yetarlicha tanish bo‘lgan. Ammo ushbu kasallik sayyohlar, elchilar va karvonlar orqali 1340-yillar ikkinchi yarmida Yevropaga keng yoyiladi. Tozalik va sanitariya ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganidan bo‘lsa kerak, bu vabo Yevropada o‘ta katta ko‘lamli halokatga sabab bo‘ladi. Bu epidemiya Yevropa tarixida “Qora o‘lim” deb yuritilib, uning natijasida Yevropa aholisining 30–40 foizi nobud bo‘ladi.
Tarixiy atamalarni eslab qoling
Mo‘g‘ullar kelib chiqishi aralash bo‘lgan (asl mo‘g‘ul bo‘lmagan) odamlarni “qoraunas – qorag‘unas” (aralashgan, duragay) deb atashgan. Shunday qilib, Yettisuvda yashayotgan mo‘g‘ullar Movarounnahrga ko‘chib kelganlarni “qoraunas” deb ataganlar.
Movarounnahrda yashayotgan mo‘g‘ullar esa Sharqiy Turkiston va Yettisuvda yashovchi mo‘g‘ullarni “jete” (qaroqchi, talonchi) deb atay boshlashadi.
Termiz hukmdori Ali al-Mulk Chig‘atoy ulusi xoni Buzanga qarshi kurashda ishtirok etdi va xon urushda qatl qilindi. Shundan boshlab Termiz “Madinat ar-rijol” (Mardlar shahri) deb yuritiladi.
Manbalarda
Buzan Duva Temur o‘g‘li musulmon bo‘lib, ammo imoni sust, axloqi buzuq odam edi. Unga qasamyod qilib, Tarmashirinni ag‘darganlarining sababi shunda ediki, sulton o‘z bobosi, musulmon mamlakatlarini xonavayron etgan Chingizning vasiyatlarini bajarmagan. Chingiz o‘z farmoyishlaridan iborat “Yasoq” deb atalgan bir kitob tuzgan. Kimki shu kitobda bitilgan buyruqlarni bajarmasa, u ag‘darib tashlanishi shart. Chingizning vasiyatiga ko‘ra, ular yilda bir marta to‘y deb ataladigan ziyofatga yig‘ilishadi.
Chingiz avlodlari – amirlar, xotunlar va yirik sarkardalar shu kuni mamlakatning to‘rt tarafidan kelib, jamuljam bo‘lishadi. Sulton Tarmashirin ziyofat tiklashni bekor qilib, bu odatga barham bergan edi. Ular Tarmashirinning xuddi shu ishi uchun, shuningdek, to‘rt yil mobaynida Xurosonga tutash viloyatda yashab, mamlakatning Xitoyga yaqin qismiga kelmagani uchun ham darg‘azab bo‘lishgan. Mavjud urf bo‘yicha har yili shu joyga kelib, bu yerdagi qo‘shinlarning ahvolini ko‘rib qaytishi shart edi.
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
BUGUN DARSDA
- Chig‘atoy ulusining ikki qismga bo‘linib ketishi. • Chig‘atoy ulusida soliqlar va ijtimoiy hayot. • Chig‘atoy ulusida ma’naviy turmush.
O‘ylab ko‘ring
Muhim sanalar
- 1207-yilda — 1207-yildayoq katta o‘g‘il qo‘l ostiga Selenga daryosidan Irtishgacha bo‘lgan yerlar mulk qilib berilgan edi.
- 1225-yil — Chingizxon o‘limidan oldin (1225-yil avgust) esa boshqa o‘g‘illariga ham turli zabt etilgan yerlarni ulus etib bo‘lib berdi.
- 1238-yili — Chig‘atoy o‘ziga tegishli ulusdagi Movarounnahr boshqaruvini avval Mahmud Yalavochga, 1238-yili Mahmud Yalavoch O‘qtoy tomonidan Pekin gubernatori (1254-yilgacha) etib tayinlangach, uning o‘g‘li Mas’udbekka (1238–1289)…
- 1238-yili — 1238-yili Buxoroda ko‘tarilgan Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonidan keyin Chig‘atoy mahalliy noiblarga ham choralar ko‘rdi.
- 1240-yilda — Buning sabablaridan biri shunda ediki, 1240-yilda O‘qtoy Shimoliy Xitoydan yuqori daromad olish imkoniyatiga qiziqib qolgan edi.
- 1242-yili — Chig‘atoy 1242-yili vafotidan oldin o‘z vorisi sifatida sulola vakillari roziligi bilan to‘ng‘ich o‘g‘lining farzandi, bosh nabirasi bo‘lgan Qora-Hulaguni tayinladi.
- 1246-yilgi — Lekin 1246-yilgi qurultoyda O‘qtoyning to‘ng‘ich o‘g‘li Guyuk “ulug‘ xon” deb e’lon qilindi.
- 1254-yilgacha — Chig‘atoy o‘ziga tegishli ulusdagi Movarounnahr boshqaruvini avval Mahmud Yalavochga, 1238-yili Mahmud Yalavoch O‘qtoy tomonidan Pekin gubernatori (1254-yilgacha) etib tayinlangach, uning o‘g‘li Mas’udbekka (1238–1289)…
- 1260-yili — 1260-yili Chig‘atoy avlodidan bo‘lmish Olg‘u ulus xoni etib tayinlandi.
- 1263–1264-yillarda — 1263–1264-yillarda Olg‘uxon vafot etgan.
Bilimingizni sinang
Chig‘atoy ulusining dastlabki poytaxti (1224–1266) qaysi shahar bo‘lgan?
- Qarshi
- Olmaliq
- Samarqand
- Qoraqurum
To‘g‘ri javob: Olmaliq. Ulusning poytaxti dastlab Olmaliq (hozirgi Xitoy hududidagi tarixiy shahar) bo‘lgan.
Chig‘atoy ulusida qonun chiqaruvchi hokimiyat qaysi organ edi?
- Devon
- Yasoq
- Kengash
- Qurultoy
To‘g‘ri javob: Qurultoy. Ulusning qonun chiqaruvchi hokimiyati qurultoy bo‘lgan.
Chingizxon buyrug‘iga ko‘ra buzib tashlangan, Samarqand shahrini suv bilan ta’minlovchi yagona to‘g‘on qanday nomlangan?
- Sultonband
- Bandi amir
- Qo‘rg‘oshin nova
- Xonqa to‘g‘oni
To‘g‘ri javob: Qo‘rg‘oshin nova. Samarqandni suv bilan ta’minlovchi yagona to‘g‘on Qo‘rg‘oshin nova bo‘lib, buzib tashlangan.
Chingizxon istilosidan so‘ng Balx va uning atroflari qancha vaqt suv ofatini boshdan kechirgan?
- Bir hafta
- Uch oy
- Bir yil
- Olti oy
To‘g‘ri javob: Olti oy. Balx va atroflari olti oy suv ofatini boshdan kechirgan.
Chingizxon buyrug‘iga ko‘ra Sultonband, Bandi amir va Samarqandni suv bilan ta’minlovchi to‘g‘on buzib tashlangan davrda Balx va uning atroflari qanday ofatni boshdan kechirdi?
- Olti oy davom etgan suv ofatini
- Uch yillik qurg‘oqchilikni
- Qirq kunlik kuchli zilzilani
- Bir yillik vabo epidemiyasini
To‘g‘ri javob: Olti oy davom etgan suv ofatini. Suv inshootlarining buzilishi dehqonchilik vohalarining halokatiga olib keldi; Balx va uning atroflari olti oy suv ofatini boshdan kechirdi.
Chingizxon tuzgan ilk mo‘g‘ul davlatining nomi, «davlat» va «xalq» ma’nolarini anglatuvchi atama qaysi?
- Tuman
- Ulus
- Yarliq
- Qurultoy
To‘g‘ri javob: Ulus. Ulus – «davlat», «xalq» ma’nosidagi atama bo‘lib, Chingizxon tuzgan ilk mo‘g‘ul davlatining nomi.
Mo‘g‘ul uluslari nomigagina ulug‘ qoonga bo‘ysunib, mustaqil davlatlarga aylangan davr qaysi asrning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi?
- XII asrning
- XV asrning
- XIII asrning
- XI asrning
To‘g‘ri javob: XIII asrning. XIII asrning 2-yarmida uluslar mustaqil davlatlarga aylanib, nomigagina ulug‘ qoonga bo‘ysungan.
“Ulus” atamasi keyinchalik qanday mulklarga nisbatan qo‘llangan?
- Chingizxon bosib olingan hududlardan farzandlariga bo‘lib bergan mulklarga
- Faqat harbiy qo‘shin birliklariga va ularning qo‘mondonlariga berilgan unvonlarga
- Savdogarlar to‘laydigan soliq turlari va yig‘imlariga nisbatan qo‘llangan
- Xonlarning shaxsiy xazinasiga tushadigan boj daromadlariga nisbatan
To‘g‘ri javob: Chingizxon bosib olingan hududlardan farzandlariga bo‘lib bergan mulklarga. Chingizxon bosib olingan yerlardan farzandlariga bo‘lib bergan mulklar “ulus” deb yuritilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash