XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · O‘zbekiston tarixi · 7-mavzu

Chig‘atoy ulusining ikki qismga bo‘linib ketishi va ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Chig‘atoy ulusi

Chig‘atoy ulusining ikki qismga bo‘linib ketishi

Chingizxon vafotidan keyin uning harbiy yurishlari natijasida qo‘lga kiritilgan ulkan hudud o‘g‘illari Jo‘chi, Chig‘atoy, O‘qtoy va To‘li o‘rtasida taqsimlangan hamda har bir siyosiy birlik ulus deyilgan. Mo‘g‘ullar saltanatining poytaxti va ulug‘ xonning qarorgohi Qoraqurum shahri sanalgan.

Chig‘atoyga Turonning kattagina bo‘lagi – shimolda Yettisuvdan janubda Amudaryogacha, g‘arbda Xorazmning janubidan Sharqiy Turkistongacha bo‘lgan yerlar berilgan. Shu tariqa, chingiziylar tomonidan tuzilgan Chig‘atoy ulusi paydo bo‘lgan. Uning markazi dastlab Olmaliq shahrida (hozirgi Xitoyning Shinjon viloyatiga qarashli joy) bo‘lgan, keyinchalik Qarshiga ko‘chirilgan. Bu hududda ya shaydigan aholining aksari turkiylar bo‘lsa-da, umumiy tarzda mo‘g‘ullar deb yuritilgan.

Chig‘atoy ulusining ikki qismga bo‘linib ketishi

Chig‘atoyxon avlodidan bo‘lgan Qozonxon hokimiyatning markazlashuviga qarshilik ko‘rsatgan turk-mo‘g‘ul amirlari bilan kurashga kirishdi. Isyon boshida amir Qazag‘on turar edi. U ochiqdan ochiq xonga qarshi chiqdi va 1345-yil kuzida Amudaryo qirg‘og‘idagi Soli Saroy hududida qo‘shin to‘pladi. Xurosonda ikki qo‘shin to‘qnash keldi va jangda amir Qazag‘onning ko‘ziga o‘q tegdi. Natijada amir Qazag‘on yengilib, janubga chekindi. Qozonxon esa dushmanni ta’qib qilish o‘rniga Qarshiga qaytib keldi.

Ammo shu yili Qashqadaryo vohasida qishning qattiq kelishi natijasida Qozonxon qo‘shi nidagi otlarga qirg‘in keldi. Amir Qazag‘on Qozonxonga qarshi qo‘shin tortib, ikkinchi jangda uni mag‘lub etdi.

Chig‘atoy ulusining ikki qismga bo‘linib ketishi

Qozonxonning vafoti bilan Chig‘atoy xonadoni a’zolarining Movarounnahrdagi hukmronligi amalda tugaydi. Ularning qo‘lidan boshqaruvni olgan amirlar xon xonadoni vakillarini faqat Chingizxon urug‘idan bo‘lgani

Chingizxon tomonidan Chig‘atoyxonga berilgan hududlar dastlab ulug‘ xoqonga bo‘ysungan bo‘lsa, keyinchalik bu ulus alohida mustaqil davlatga aylandi. Lekin mo‘g‘ullarning boshqaruv an’analarini saqlab qolishga bo‘lgan intilishi mahalliy musulmon zodagonlarning manfaatlari bilan to‘qnashishi tabiiy edi. Natijada asta-sekin mo‘g‘ul xonlari va amirlari o‘troqlashib, islom dini va mahalliy an’analarni o‘z turmush tarzi uchun qabul qildilar.

Chig‘atoy ulusining ikki qismga bo‘linib ketishi

sababli nomigagina taxtga o‘tqazishgan. Amir davlatning boshida turgan va u “ulus amiri” deb atalgan. Amir Qazag‘on joriy etgan Chig‘atoy xonlarini nomigagina taxtga ko‘tarish an’anasi esa shu davrdan boshlab o‘zbek davlatchiligi tarixiga “qo‘g‘irchoq xon”, “soxta xon” kabi tushunchalarni olib kirgan.

Amir Qazag‘on ilk bor “soxta xon” sifatida O‘qtoy naslidan bo‘lgan Donishmandchaxonni taxtga ko‘targan.

Amir Qazag‘on o‘limidan so‘ng o‘g‘li amirzoda Abdulloh taxtni egalladi, lekin hokimiyati uzoq davom etmadi. Uning mamlakat boshqaruvidagi adolatsiz va qattiqqo‘l siyosati Movarounnahrda amirlar isyoniga sabab bo‘ldi.

Chig‘atoy ulusining ikki qismga bo‘linib ketishi

Barlos urug‘idan Amir Hoji Barlos boshchiligidagi bir guruh amirlar isyon ko‘tarib, Abdullohni taxtdan ag‘darishdi. Ushbu isyon natijasida Movarounnahrda boshboshdoqliklar avj olib ketdi. Chig‘atoy ulusining g‘arbiy qismida taxt uchun kurashlar ketayotgan bir paytda, 1348-yilda Tug‘luq Temur Chig‘atoy ulusining sharqiy qismida hukmdor bo‘ldi. Buning natijasida goh bo‘linib, goh birlashtirib turilgan Chig‘atoy ulusi rasman ikkiga bo‘linib ketdi. Chig‘atoy ulusining har ikki qismida ham “xon”lar real hokimiyatga ega bo‘lmay, amirlar boshqaruviga qaram bo‘lib qolgan edi.

Amir Husayn Uljoy Turkon Og’o

Amir Qazag‘on... Donishmandchaning shunchaki bir nishon sifatidagi nomini aytmasa, uning mulk va xazina ishlariga aralashuviga yo‘l qo‘ymadi. Fitnachi badkor odamlar uning oldida so‘zlashga og‘iz ocholmasliklari uchun ishonchli voqeanavislarni mulozim va keshiktonlar nomi bilan uning o‘rdusiga (xizmatga) tayinladi.

Alqissa, ikki yil ichida mamlakatda barqarorlik o‘rnatilib, fitnachilar dimog‘ini sharorat tark etib, yomonliklar bosilgach, amir Qazag‘on Donishmandchaga O‘qtoy qoon naslidan degan ayb qo‘yib, uni shahid qildi va Chig‘atoy naslidan bo‘lgan Bayonqulini saltanat taxtiga o‘tqazdi. Donishmandchaning ko‘rguliklari uning ham boshiga tushishini anglab, u zaruratdan zamona muhitiga moslashdi va saltanat gilamida amir Qazag‘on bilan xizmatkor kabi o‘tirdi.

Amir Husayn Uljoy Turkon Og’o

Bu ikki ulug‘ zotning ittifoqi va Qazag‘onning adolati tufayli mulk-u millat ishlari shu darajada mustahkam va ustuvor bo‘ldiki, bo‘ri bilan qo‘y bir suvloqdan suv ichib, darvish kulbasi (bexatarligidan) najot uyiga aylandi. Zulm nomi va sitam nishoni hayot yuzasidan batamom yo‘qoldi. Oddiy odamlar va ulug‘lar, musofirlar va muqimlar, katta-yu kichik, barchaning dilida ro‘zg‘or tashvishidan shikoyat qolmadi va Anushervon adolati haqidagi hikoyalar xalq xotirasidan unutildi.

Uning adolat o‘lchovi shu qadar yuksakka yetdiki, biron amir yoki vazir mol-mulkdan ushr solig‘i va rasmiy qabchurdan boshqa biron rasm bilan hech bir bandadan bir dinor ham ololmasdi.

CHIG‘ATOYLAR DAVRIDAGI SIYOSIY HAYOT

1227-yildan XIII asrning 60-yillarigacha. Chig‘atoy ulusining xoqon nazoratida boshqarilgan davri.

1300-yil XIV asrning boshlaridan to 40-yillarigacha. Mo‘g‘ullarning o‘troqlashuvi va islom dinini qabul qilishi.

1260-yildan XIV asrning boshlarigacha. Markaziy Osiyoda ikki hokimiyatchilik boshqaruvi. O‘qtoy va Chig‘atoy xonadoni hukmronligi.

1340-yil XIV asrning 40-yillaridan 1370-yiligacha. Chig‘atoy ulusining ikki qismga bo‘linishi va Movarounnahrda amirlar boshqaruvi.

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Savollar: 1. Aholining o‘troqlashuvi natijalari qanday ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi? 2. Pul siyosati o‘tkazilishining mustaqil iqtisodiyot bilan qanday bog‘liqligi bor? 3. Mustaqil davlat bo‘lish uchun siz bu davrda yana qanday islohotlarni amalga oshirishni tavsiya qilgan bo‘lardingiz? 4. Kebekxon Qarshi shahri bilan bog‘liq yana qanday islohotlar o‘tkazgan edi? 5. Qarshi shahri qanday vujudga kelganini ayting. 6. Pul islohotlarini o‘tkazish mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 7. Siz bu davrda yana qanday islohotlarni amalga oshirishni taklif qilgan bo‘lardingiz? Nima uchun? Fikringizni davr nuqtayi nazaridan turib izohlang. 8. Chig‘atoy ulusidagi soliq tizimi kim tomonidan ishlab chiqilgan edi?

Chig‘atoy ulusida soliqlar va ijtimoiy hayot

Chig‘atoy xonlarining mintaqada mustaqil davlat birlashmasini tuzish uchun olib borgan o‘zaro urushlari, talon-torojlar mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu esa xalqning ko‘plab noroziliklariga sabab bo‘ldi. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida Mo‘g‘ulistonning ulug‘ xoqoni Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish to‘g‘risida maxsus farmon – yorliq chiqardi.

XIII asr o‘rtalarida Chig‘atoy ulusining mo‘g‘ul amaldorlari orasida o‘troqlikka ko‘chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o‘troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchaydi. Yomlar bo‘ylab pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot talab qilish man etildi. Shuningdek, elchilarga qo‘llarida bevosita topshiriqlari bo‘lmasa, shahar yoki qishloqlarga kirmasligi va aholidan ular uchun belgilanganidan ortiqcha yem-xashak hamda oziq-ovqat olmasligi uqtirildi. Shu tariqa aholi o‘zboshimchalik bilan yig‘ib olinadigan hisobsiz to‘lovlardan ozod bo‘ldi.

Chig‘atoy ulusida soliqlar va ijtimoiy hayot

Mo‘g‘ullar saltanatida 4 ta soliq turi joriy qilingan bo‘lib, hunarmand va savdogarlar “tamg‘a”, chorvachilar “qopchur” va dehqonlar “kalon” solig‘ini doimiy tarzda to‘lab borishgan. O‘troq aholidan tashqari ko‘chmanchilar mahsulot tarzida to‘laydigan soliq “shulen” deb nomlangan. Bunda har bir podadan ikki yashar qo‘y, qimiz uchun har mingta otdan bir biya olingan. To‘rtinchi soliq esa bir yilda bir marta mo‘g‘ul hukmdorlarini sharaflash uchun ularga bo‘ysunuvchi xalqlardan yig‘ib olingan.

Chig‘atoy ulusidagi soliq tizimi Mahmud Yalavoch tomonidan ishlab chiqilgan. U mavjud bo‘lgan an’anaviy soliq tizimini ham saqlab qolib, bosqinchilar kiritgan yangi soliq tartibini o‘rnatgandi. Aholisining katta qismini mahsulot ishlab chiqaruvchilar tashkil qiladigan Chig‘atoy ulusida xonlar soliq yig‘imi borasida ko‘p muammolarga duch kelishgan. Bunda asosiy masala xalqning ikkiyoqlama: ham ulus xonlari, ham ulusni boshqarayotgan mahalliy hukmdorlarga an’anaviy soliqlarni to‘lashi bilan bog‘liq edi.

Chig‘atoy ulusida soliqlar va ijtimoiy hayot

Xoqon xazinasi uchun yuboriladigan soliqlar xonlar va ularning vakillari tomonidan barot (ijara) tarzida oldindan yig‘ilib, markazga yuborilgan. So‘ng aholidan belgilangan miqdordan oshirilgan holda turli qarshiliklarga qaramay, zo‘ravonlik bilan undirib olingan.

Mo‘g‘ullargacha bo‘lganidek, diniy ulamolar vaqf mulklari hisobidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlagan. Aynan vaqf mulklaridan keladigan foydadan ta’minlanuvchilar safida vaqf ta’sischilaridan tashqari imom, shayx, mutavvali, muazzin, xizmatchi, oshpaz va omborchilar bo‘lgan. Shu bilan birga, Qur’on o‘qishni o‘rganuvchi bolalarga, yetimlarga ustozlik qiluvchilar ham vaqf mablag‘i hisobidan kun kechirishgan.

Chig‘atoy ulusida soliqlar va ijtimoiy hayot

Chingizxon istilosi va mo‘g‘ul shahzodalari o‘rtasidagi doimiy urushlarning Turon xalqlari uchun keltirgan og‘ir oqibatlaridan biri aholi sonining keskin kamayishi va ijtimoiy muammolarning ko‘payib ketishi edi. Aholining iqtisodiy ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lgan sharoitida vaqf xonaqolari kambag‘allar va boshqa kishilarni ijtimoiy himoyalovchi asosiy manzil vazifasini o‘tagan. Kelgan odam doimo issiq ovqat, non, quruq va ho‘l meva bilan kutib olingan. Bu yerga qadam bosgan har qanday kishiga e’tibor qaratilgan. Har bir musofir fuqaroga kunlik oziq-ovqat miqdori belgilangan.

Ijtimoiy hayotda hunarmandlar va dehqonlar – mahsulot ishlab chiqaruvchilar ham asosiy soliq to‘lovchilar qatorida bo‘lgan.

Chig‘atoy ulusida soliqlar va ijtimoiy hayot

Dehqonlar orasida mo‘g‘ullar hukmronligi yillarida ham ulargacha davrdagi singari yerga ishlov beruvchi asosiy guruhlardan biri “kadivarlar” deb nomlangan guruhlar bo‘lgan. Buxoro vaqf hujjatidagi ma’lumotga ko‘ra, kadivarlar yirik yer egalari, dindorlar va oqsuyaklarning yerlariga ishlov berishgan. Shuningdek, poliz maydonlari, bog‘larda ishlovchilar “bog‘bon” va “muzori” deb atalgan.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Ma’naviy turmush deganda nimani tushunasiz? 2. Jamiyat ma’naviyatining yuksalishi qanday omillarga bog‘liq? Fikringizni asoslang. 3. Mo‘g‘ullarning istilosi Movarounnahrning madaniy va xo‘jalik inshootlariga qanday ta’sir ko‘rsatgan edi?

Yom – yo‘l bekati. Choparlar, yo‘lovchilar ot almashtiradigan joy. Yomda doimo otlar ulovga tayyor turgan.

Chig‘atoy ulusida ma’naviy turmush

Mo‘g‘ullar bosqini va hukmronligi Turon ilm-fani va madaniy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy edi. Bu davrda kubraviya tariqati rivojlanib, Oltin O‘rda xoni Berkaxon davrida xonlikning katta hududiga yoyildi. Munkaxonning onasi Buxoroda o‘zi barpo etgan “Xoniya” madrasasiga Sayfiddin Boxarziyni mudarris etib tayinlagan.

Chig‘atoy xonlarining tasavvuf vakillariga nisbatan bunday yo‘l tutishiga sabab mahalliy aholi orasida ularning mavqeyidan foydalanib o‘z siyosatlarini yuritish bo‘lgan. Chig‘atoy xonlaridan birinchi bo‘lib Muborakshoh islom dinini qabul qildi.

Tarmashirinxonning islom dinini qabul qilishi esa ulus hukmdorlarining islomlashuviga sabab bo‘ldi. Bu davrda islom dini uzil-kesil mo‘g‘ul xonlari va ularning yaqinlari e’tiqod qiluvchi dinga aylandi.

Chig‘atoy ulusida ma’naviy turmush

Bu davrda tasavvufning yirik namoyandalaridan biri Xoja Ali Romitaniy (XIII asr o‘rtalari) bo‘lib, u naqshbandiya tariqati silsilasida 12-maqomda zikr qilingan. XIII asrning ikkinchi yarmiga kelib O‘rta Osiyoda ilm-fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari tiklana boshlagan. Jumladan, XIII asrda O‘rta Osiyoda ta’lim-tarbiya va xalqning boy intellektual salohiyati mo‘g‘ullar istilosiga qaramasdan ma’naviyma’rifiy jihatdan rivojlanishni boshladi. Ajdodlarimizning bunday ta’lim jarayonidagi mazmun, shakl, usul va vositalaridan boxabar bo‘lishi yoshlar tarbiyasida o‘zining bebaho qiymatiga egaligi bilan ajralib turgan.

Chig‘atoy ulusida ma’naviy turmush

Ta’lim tizimi ilgarigidek dastur va an’ana asosida yo‘lga qo‘yilgan. Boshlang‘ich ta’lim masjidlarga qarashli maktablarda olib borilgan va besh yil atrofida davom etgan. O‘g‘il bolalarga masjid imom-xatiblari, qizlarga esa otinlar dars bergan. Madrasalarga maktabni tugatgan o‘spirinlar qabul qilingan. Talabalar yoshi 10 dan 40 gacha bo‘lgan. Ular madrasa yotoqxonalarida yashash huquqiga ega bo‘lgan. Talabalar kunduzgi bo‘limda o‘quvchilar va darslarga erkin qatnovchi sirtqi toifalarga ajratilgan. Madrasada o‘qish talabalar iqtidoriga qarab o‘rtacha 7–12 yil davom etgan. Har bir madrasada 60–100 ga yaqin talaba bilim olgan.

Chig‘atoy ulusida ma’naviy turmush

O‘rta Osiyoda VIII asrdan ta’lim tili arab va fors tili bo‘lib kelgan bo‘lsa, Chig‘atoy ulusida uyg‘ur tili ham alohida nufuzga ega hisoblangan. Mo‘g‘ul qabilalarining o‘z yozuvi mavjud emasligi sabab Chingizxon mo‘g‘ullar uchun uyg‘ur yozuvini qabul qildi. Chingizxon o‘z farzandlariga ushbu yozuvni o‘rgatishni buyurdi. Natijada xon oilasi va nufuzli sarkardalar orasidagi yozishmalar uyg‘ur tilida olib borilgan. Ko‘plab yirik mo‘g‘ul amaldorlari uyg‘urlardan bo‘lgan.

Chig‘atoy ulusida baxshi lavozimidagi uyg‘ur xattotlari faoliyat olib borgan. Ular hukmdorlarning maxsus farmonlari va zafarnomalarni yozish bilan shug‘ullangan.

Chig‘atoy ulusida ma’naviy turmush

Keyinchalik Chig‘atoy ulusi hukmdorlarining islom dinini qabul qilishi natijasida uyg‘ur yozuvi o‘rnini arab yozuvi egallagan. Shunga qaramay, uyg‘ur xati temuriylar davrida ham ma’lum darajada amalda bo‘lib keldi.

Arab yozuviga nisbatan u qadar keng tarqalmagan uyg‘ur yozuvi asosan saroyning ichki yozuviga aylanib qoldi.

XIII asrda Buxoroda Xoja Bulg‘oriy madrasasi hamda Urganchda Xorazm noibi Qutlug‘ Temur tomonidan qurdirilgan ulkan madrasa faoliyat yuritgan.

Bu paytda Buxoro shahrida ikkita yirik madrasa bunyod etilgan. Bular “Xoniya” va “Mas’udiya” madrasalari bo‘lgan. Samarqand ham o‘zining madaniy-ma’rifiy va ilmiy markaz maqomini saqlab qoldi.

Chig‘atoy ulusida ma’naviy turmush

Samarqanddagi Tamg‘achxon madrasasida talabalarning darsni o‘zlashtirishlariga qarab oylik maosh belgilangan. Talaba qoidaga zid ishlar qilsa, axloqida nuqsonlar sezilsa, uzrli sababsiz darslarga qatnashmasa, o‘qishdan chetlatilgan.

Chingizxon istilosi natijasida ta’lim tizimi biroz muddat izdan chiqqan bo‘lsa-da, o‘lkadagi ilmiy muhit, mahalliy aholining ma’naviyma’rifiy, axloqiy merosi va qadriyatlarga sodiqligi ta’lim tizimining yana qayta oyoqqa turishiga sabab bo‘ldi.

Tarixiy atamalarni eslab qoling

Boshlang‘ich maktablar VIII–IX asrlardan boshlab “kattoblar” deb ham atalgan. Ular arabcha “kataba”, ya’ni yozmoq fe’lidan olingan va keyinchalik bu nom ko‘plab mamlakatlarda “maktab” so‘zi bilan almashgan.

Maktab umumiy ma’noda yozadigan joy mazmunini anglatgan. “Madrasa” so‘zi esa “darasa”dan olingan bo‘lib, dars oladigan joy mazmunini anglatgan. Maktablarning maqsadi o‘qish va yozishni o‘rgatish hamda islom dinining asoslari bilan tanishtirishdan iborat bo‘lgan.

“Baxshi” atamasining dostonlar ijrochisi ma’nosidan boshqa mazmuni ham bor. Chig‘atoy ulusi, Oltin O‘rda, keyinchalik Qozon va Qrim xonliklarida kotiblarni Boburiylar davlatida harbiy qismlarning hisob-kitob ishlarini olib boruvchi va ularga maosh to‘lovchi yirik amaldorlarni, Buxoro xonligida ma’muriy binolar qurishda mablag‘ (sarf-xarajat) hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urug‘ oqsoqollarini ham baxshi deb atashgan.

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Savollar: 1. Mo‘g‘ullar bosqinining Turon shaharlari hamda dehqonchilik vohalariga ta’siri qanday bo‘ldi? Fikringizni misollar bilan asoslang. 2. Chingizxon bosqini ilm-fan rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatgan deb o‘ylaysiz? 3. Xalqimizda “Oqqan daryo oqaveradi” degan maqol bor. Bu maqol bilan ilm-fan rivoji o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? 4. Chingizxon bosqinidan keyin mahalliy xalqlarning madaniyatida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? Mo‘g‘ullar hayotida-chi? 5. Mahalliy xalqlarning qaysi an’ana va qadriyatlari mo‘g‘ullar tomonidan qabul qilindi? Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?

Tamg‘achxon madrasasi. Samarqand.

3D maket

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Chingizxonning o‘g‘illaridan qaysi biriga shimolda Yettisuvdan janubda Amudaryogacha cho‘zilgan Turonning kattagina bo‘lagi berilgan?
  1. Jo‘chixon
  2. O‘qtoyxon
  3. Chig‘atoy
  4. To‘lixon

To‘g‘ri javob: Chig‘atoy. Chig‘atoyga Yettisuvdan Amudaryogacha bo‘lgan yerlar berilib, Chig‘atoy ulusi paydo bo‘lgan.

Mo‘g‘ullar saltanatida Chingizxon o‘g‘illariga taqsimlab berilgan har bir siyosiy birlik qanday nom bilan atalgan?
  1. ulus
  2. yurt
  3. tumen
  4. noibalik

To‘g‘ri javob: ulus. Matnda har bir siyosiy birlik ulus deyilgani aytilgan.

Mo‘g‘ullar saltanatining poytaxti va ulug‘ xonning qarorgohi qaysi shahar hisoblangan?
  1. Samarqand
  2. Beshbaliq
  3. Qorashahar
  4. Qoraqurum

To‘g‘ri javob: Qoraqurum. Qoraqurum saltanat poytaxti va ulug‘ xon qarorgohi sanalgan.

Chig‘atoy ulusining markazi dastlab qaysi shaharda bo‘lgan?
  1. Qarshi
  2. Olmaliq
  3. Qoraqurum
  4. Buxoro

To‘g‘ri javob: Olmaliq. Markaz dastlab Olmaliqda bo‘lib, keyinchalik Qarshiga ko‘chirilgan.

I. Chig‘atoy ulusining markazi dastlab Qarshida bo‘lib, keyin Olmaliqqa ko‘chirilgan. II. Chig‘atoyga shimolda Yettisuvdan janubda Amudaryogacha bo‘lgan yerlar berilgan. III. Ulus aholisining aksari turkiylar bo‘lsa-da, umumiy tarzda mo‘g‘ullar deb yuritilgan. Qaysi hukmlar to‘g‘ri?
  1. II va III
  2. faqat I
  3. I va II
  4. I va III

To‘g‘ri javob: II va III. Ulus markazi dastlab Olmaliqda bo‘lgan, keyin Qarshiga ko‘chirilgan; shuning uchun I hukm noto‘g‘ri.

Amir Qazag‘on Qozonxonga qarshi chiqib, Amudaryo qirg‘og‘idagi Soli Saroy hududida qaysi yilning kuzida qo‘shin to‘plagan?
  1. 1348-yil
  2. 1345-yil
  3. 1352-yil
  4. 1340-yil

To‘g‘ri javob: 1345-yil. Amir Qazag‘on 1345-yil kuzida Amudaryo qirg‘og‘idagi Soli Saroy hududida qo‘shin to‘plagan.

Qozonxonga qarshi turk-mo‘g‘ul amirlarining isyoniga kim boshchilik qilgan?
  1. Amir Hoji Barlos
  2. Amir Qazag‘on
  3. Tug‘luq Temur
  4. Donishmandchaxon

To‘g‘ri javob: Amir Qazag‘on. Isyon boshida amir Qazag‘on turgan.

Qozonxon amir Qazag‘ondan ikkinchi jangda mag‘lub bo‘lishiga qaysi holat sabab bo‘lgan?
  1. Qashqadaryo vohasida qishning qattiq kelishi natijasida uning qo‘shinidagi otlarning qirilib ketishi
  2. Xurosondagi birinchi jangda uning ko‘ziga o‘q tegib, jangga yaroqsiz bo‘lib qolgani va qo‘shin tarqalgani
  3. Turk-mo‘g‘ul amirlarining Soli Saroyda xonga bo‘ysunib, qo‘shinini tark etgani va shu bois yolg‘iz qolgani
  4. Qarshiga qaytgach, qo‘shinining Amudaryo bo‘yida suvga g‘arq bo‘lishi va ko‘p jangchi nobud bo‘lishi

To‘g‘ri javob: Qashqadaryo vohasida qishning qattiq kelishi natijasida uning qo‘shinidagi otlarning qirilib ketishi. Qashqadaryo vohasida qish qattiq kelib, Qozonxon qo‘shinidagi otlar qirilgan va Qazag‘on uni ikkinchi jangda yengan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiChig‘atoy ulusining tashkil topishiKeyingi →XIII asr – XIV asr birinchi yarmida ilm-fan