XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · O‘zbekiston tarixi · 8-mavzu

XIII asr – XIV asr birinchi yarmida ilm-fan

Chig‘atoy ulusi

BUGUN DARSDA

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Adabiyot fanidan olgan bilimlaringiz asosida javob berishga harakat qiling: XIII–XIV asrlarda ijod qilgan qaysi mutafakkirlarni bilasiz? Ularning ijodida qanday g‘oyalar yetakchilik qiladi?

Adabiyot va tarixnavislik

Jaloliddin Rumiy maqbarasi.

Jaloliddin Rumiy, “Masnaviyi ma’naviy” asari

Chig‘atoy ulusi davrida Turonda ilm-fan qo‘shni hududlarga nisbatan biroz oqsadi. Shunga qaramay, adabiyot, tafsir, tarixnavislik va hadis ilmi ma’lum darajada rivoj topdi.

XIII asr va XIV asrning ikkinchi yarmida adabiyot yo‘nalishida, ayniqsa, Jaloliddin Rumiy (1207–1272), Sa’diy Sheroziy (1219–1293), Amir Xusrav Dehlaviylarning (1253– 1325) o‘rni va mavqeyi ko‘tarilib, ular jahon adabiyoti olamida keng tanildilar.

Asli Balx shahridan bo‘lgan Jaloliddin Rumiy arab, fors va turkiy tillarda ijod qilgan yirik mutafakkir edi. Jaloliddin Rumiy xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi kabi Sulton Takishning nabirasi bo‘lgan va bu ikki yirik shaxs yaqin qarindosh edi. Umrining katta qismi Rum (Turkiya) davlatida o‘tgani uchun ham o‘ziga Rumiy nisbasini olgan. Rumiy Halab, Damashq va Bag‘dod madrasalarida o‘qidi, mudarrislik qildi hamda buyuk tasavvuf shoiri va faylasufi bo‘lib tanildi. U she’riyatda tasavvufiy-falsafiy janrni rivojlantirib, 36 ming baytdan iborat “Masnaviyi ma’naviy” dostonini yaratdi. Asar Qur’oni karim va hadisi sharif ma’nolarini o‘ziga singdirgan, unda inson hayoti bilan bog‘liq barcha masalalar badiiy usulda bayon etilgan.

Jaloliddin Rumiyning tasavvufiy hikoyatlaridan

Jaloliddin Rumiy yirik mutafakkir bo‘lib, ko‘plab odamlar uning oldiga maslahat va dars tinglagani kelardi. Bir kuni uning oldiga qo‘shni ayol o‘g‘li bilan kelib, shunday deydi:

Jaloliddin Rumiyning tasavvufiy hikoyatlaridan

Jaloliddin iqror bo‘lib, o‘zi ham shirinlik yeyishni yaxshi ko‘rganini, boshqalarga maslahat berishdan oldin o‘zi bu odatdan voz kechishi lozim bo‘lganini aytadi. Avvaliga buning uchun uch hafta yetarli deb hisoblaydi, ammo adashadi...

Donishmandning sifatlaridan biri shu: u boshqalarni o‘zi bosib o‘tmagan yo‘ldan yurishga undamaydi. U avvalambor o‘ziga to‘g‘ri. Uning so‘zlari haqiqat bilan uyg‘un. Bu yerda bir hikmatni eslamay iloj yo‘q: “Agar rahmdil inson yolg‘on ilmni targ‘ib etsa, u haqiqatga aylanadi. Agar ahmoq odam haqiqatni aytsa, u yolg‘onga aylanadi”.

Tarix saboqlari

Sa’diy Sheroziy esa o‘zining “Guliston” va “Bo‘ston” asarlari, g‘azallari, axloqiy fikrlari bilan keng shuhrat qozondi. Madrasani tugatgan Sa’diy Sharq mamlakatlari bo‘ylab 20 yillik sayohati davomida Kichik Osiyo, Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston, Hindiston kabi mamlakatlarni ba’zan ulovda, ba’zan piyoda kezib chiqqan.

XIII asr o‘rtalarida Sherozga qaytib kelgan Sa’diy dunyo tashvishlaridan o‘zini chetga olib, shahar chekkasidagi bir xonaqohda faqirona hayot kechirgan. Uning asarlarida ona-Vatanga muhabbat, insonparvarlik, mehr-muhabbat g‘oyalari yetakchi o‘rinda turadi. U o‘z asarlarida kishilarni o‘zaro hamjihatlik va totuvlikka, hukmdorlarni adolat va insofga chaqirib, salbiy xususiyatlarni qoralab chiqadi. Sa’diy ona shahri Sherozda vafot etgan.

Tarix saboqlari

Xusrav Dehlaviy Hindistonning shimoliga mo‘g‘ul bosqinidan qochib borgan asli kesh

Sa’diyning “Guliston” asariga ishlangan miniatyura

Pahlavon Mahmudning hind polvoni bilan kurash tushishi.

Noma’lum musavvir

(shahrisabz)lik kishilar xonadonida dunyoga keldi. U Dehlida sulton saroyida yashab, o‘zining “Xamsa” dostonini, Hindistonda hozirgacha mashhur “Xizrxon va Duvalra”ni, “G‘oliblik kaliti”, “Falakning to‘qqiz gumbazi” kabi asarlarni yozdi.

XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarixnavislik ham rivoj topa boshladi. Bu davrda Abu Umar Juzjoniy, Alouddin Otamalik, Fazlulloh Rashiduddin, Shihobiddin an-Nasaviylar nodir tarixiy asarlar yozdi.

Tarix saboqlari

Bu davrning yana bir mashhur shaxsi – faylasuf va ruboiynavis Pahlavon Mahmuddir (1247–1326). U olim, shoir, kuragi yerga tegmagan pahlavon, shu bilan birga, po‘stindo‘z va telpakdo‘z hunarmand bo‘lgan.

Adib “Haqiqatlar xazinasi” nomli masnaviy yaratgani haqida ma’lumotlar bor. Pahlavon Mahmudning ruboiylari mashhurdir. U “Puryovaliy” – pahlavonlar boshlig‘i nomini oladi. Xalq ichida esa behad saxovatli, bag‘rikeng, adolatli inson sifatida hurmat qozondi. U g‘oliblikdan tushgan mukofotlarni yetim-yesir, nogironlarga hadya etar, po‘stindo‘zlik hunaridan kelgan daromadini atrofidagi kambag‘allar bilan baham ko‘rar edi. U XIV asr boshlarida o‘z hisobidan maqbara ham barpo etdi. Uning mardligi, tantiligi, haqparvarligi to‘g‘risida bizning kunlarimizga qadar turli hikoyat, rivoyatlar ham yetib kelgan. Keyingi asrlarda hatto yovmut turkmanlari bu nomni o‘zlarining harbiy hayqiriqlariga aylantirganlar.

Tarix saboqlari

Turkiy tilda ijod qilgan yana bir ijodkor Nosiriddin Rabg‘uziydir. U XIII asr oxiri – XIV asr boshlarida yashab, ijod qilgan. Bizgacha uning birgina “Qisasi Rabg‘uziy” (“Qisasul anbiyo”) asari yetib kelgan. Ushbu asar islom dinini qabul qilgan mo‘g‘ul beklaridan biri Nosiriddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra 1309-yilda yozilgan. Asar 72 qismdan iborat bo‘lib, payg‘ambarlar haqidagi qissalar, diniy rivoyat va hikoyatlar, xalq og‘zaki ijodi, tarixiy asarlar, diniy kitoblar asosida bayon etilgan diniy-falsafiy, tarixiy, axloqiy asardir.

Bu paytga kelib turkiy adabiyot rivoji bilan bir qatorda tasavvuf, din ilmlarining ham rivojlanishi ko‘zga tashlandi. Tasavvuf ilmining namoyandasi, naqshbandiylik tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband (1318–1389) o‘z mehnati bilan halol kun ko‘rish g‘oyasini targ‘ib qildi. Xalq orasida Xoja Bahouddin, Bahouddin Balogardon, Balogardon, Xo‘jayi Buzruk nomlari bilan ham mashhur bo‘ldi. Xoja Bahouddin Naqshbandning asl ismi

Biyazid (1389–1402)

Muhammaddir. Manbalarda u kishining otasi ham, bobosi ham Muhammad ismli bo‘lgani qayd etiladi.

Yoshligida otasining yonida matolarga naqsh solish hunari bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun Naqshband laqabini olgan. Bahouddin so‘zi “dinning nuri” degan ma’noni anglatadi.

Najmiddin Kubro - Dinning ulug’ yulduzi

Amir Xusrav shogirdlari qurshovida. Sulton Husayn Mirzoning “Majolis ul-ushshoq” asariga ishlangan miniatyura

Pahlavon Mahmud maqbarasi. Xiva

Pahlavon Mahmud haqida ko‘rsatuv

Tarixiy atamalarni eslab qoling

Naqshband aqidasi – “Dil ba yor-u dast-ba kor”, ya’ni “Ko‘ngling doimo Allohda bo‘lsin, qo‘ling esa ishda” degan g‘oyani ilgari suradi. Bahouddin Naqshband o‘z mehnati bilan kun ko‘rishni yoqtirgan, topgan-tutganlarini yetim-yesirlarga, beva-bechoralarga in’om etgan, hukmdorlardan o‘zini yiroq tutgan, ular oldida hech qachon tamagirlik qilmagan.

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Savollar: 1. XIII – XIV asr boshlarida faoliyat ko‘rsatgan adabiyot namoyandalarini sanab bering. Ularning asarlarida asosan qanday g‘oyalar ilgari surilgan? 2. Asli balxlik bo‘lgan Jaloliddin Rumiy nima sababdan Rumga ketgan deb o‘ylaysiz? 3. Bahouddin Naqshband xalq orasida qanday nomlar bilan mashhur bo‘lgan? 4. XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan madaniy o‘sishning sabablarini sanang.

Amur Temurning otasi Tarag‘oy bahodir, onasi

Takina Xotun

1360-yildan Kesh dorug‘asi

1336-yil 9-aprelda Keshda tug‘ilgan

“Uch yillik”, “besh yillik”,

“yetti yillik” yurishlarini amalga oshirgan

1405-yil 18-fevralda O‘trorda vafot etgan

G‘iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy,

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Ibn Arabshoh, Sharafuddin Ali Yazdiylar u haqda asar yozgan

Mamlakatda ilm-fan va madaniyat rivojlangan

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Jaloliddin Rumiy qaysi yillarda yashagan?
  1. 1207–1272-yillarda
  2. 1219–1293-yillarda
  3. 1253–1325-yillarda
  4. 1247–1326-yillarda

To‘g‘ri javob: 1207–1272-yillarda. Rumiy 1207–1272-yillarda yashagan.

Jaloliddin Rumiy asli qaysi shahardan bo‘lgan?
  1. Buxorodan
  2. Balxdan
  3. Termizdan
  4. Nishopurdan

To‘g‘ri javob: Balxdan. Rumiy asli Balx shahridan bo‘lgan.

Jaloliddin Rumiy Jaloliddin Manguberdi kabi qaysi sultonning nabirasi bo‘lgan?
  1. Chingizxonning
  2. Muhammad Xorazmshohning
  3. Sulton Takishning
  4. Sulton Sanjarning

To‘g‘ri javob: Sulton Takishning. Rumiy ham Manguberdi kabi Sulton Takishning nabirasi bo‘lgan.

Jaloliddin “Rumiy” nisbasini nima uchun olgan?
  1. Dastlabki ta’limini Rum madrasalarida olib, u yerda o‘qigani uchun
  2. Rum (Vizantiya) imperatoriga elchi bo‘lib borgani uchun
  3. Rum (Rim) shahrida tug‘ilib, bolaligini o‘tkazgani uchun
  4. Umrining katta qismi Rum (Turkiya) davlatida o‘tgani uchun

To‘g‘ri javob: Umrining katta qismi Rum (Turkiya) davlatida o‘tgani uchun. Umrining katta qismi Rumda o‘tgani sababli Rumiy nisbasini olgan.

Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” dostoni necha baytdan iborat?
  1. 36 ming bayt
  2. 3600 bayt
  3. 360 ming bayt
  4. 12 ming bayt

To‘g‘ri javob: 36 ming bayt. Doston 36 ming baytdan iborat.

Quyidagi adabiyot namoyandalarini tug‘ilgan yillari bo‘yicha qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Amir Xusrav Dehlaviy; 2) Jaloliddin Rumiy; 3) Pahlavon Mahmud; 4) Sa’diy Sheroziy.
  1. 2–3–4–1
  2. 2–4–3–1
  3. 4–2–3–1
  4. 2–4–1–3

To‘g‘ri javob: 2–4–3–1. Rumiy 1207-yilda, Sa’diy 1219-yilda, Pahlavon Mahmud 1247-yilda, Amir Xusrav 1253-yilda tug‘ilgan.

XIII–XIV asrlar mutafakkirlari haqidagi hukmlarni ko‘rib chiqing. I. Jaloliddin Rumiy umrining katta qismi Rum (Turkiya) davlatida o‘tgani uchun Rumiy nisbasini olgan. II. Sa’diy Sheroziy 20 yillik sayohatdan so‘ng Hindistonda qolib, o‘sha yerda vafot etgan. III. “Qisasi Rabg‘uziy” islom dinini qabul qilgan mo‘g‘ul beklaridan birining iltimosiga ko‘ra yozilgan. Qaysilari to‘g‘ri?
  1. I va III
  2. faqat I
  3. II va III
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va III. Rumiy nisbasi Rumda o‘tgan umr bilan bog‘liq, “Qisasi Rabg‘uziy” To‘qbug‘aning iltimosi bilan yozilgan; Sa’diy esa Sherozga qaytib, o‘sha yerda vafot etgan, shuning uchun II noto‘g‘ri.

Asarlarni mualliflari bilan moslang. Asarlar: 1) “Masnaviyi ma’naviy”; 2) “Guliston”; 3) “Qisasi Rabg‘uziy”. Mualliflar: a) Sa’diy Sheroziy; b) Nosiriddin Rabg‘uziy; c) Jaloliddin Rumiy.
  1. 1-a, 2-b, 3-c
  2. 1-c, 2-b, 3-a
  3. 1-b, 2-a, 3-c
  4. 1-c, 2-a, 3-b

To‘g‘ri javob: 1-c, 2-a, 3-b. “Masnaviyi ma’naviy” Rumiyga, “Guliston” Sa’diyga, “Qisasi Rabg‘uziy” esa Rabg‘uziyga tegishli.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiChig‘atoy ulusining ikki qismga bo‘linib ketishi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotKeyingi →XIV asrning o‘rtalarida Turonda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat