XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · O‘zbekiston tarixi · 9-mavzu

XIV asrning o‘rtalarida Turonda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat

Amir Temur va temuriylar davri

1370-yili Movarounnahr taxtiga chiqqan

Amur Temurning

4 o‘g‘li va 2 qizi bo‘lgan

Temurning “amir”, “malik”, “sulton”, “ko‘ragon” unvonlari bo‘lgan

27 davlatni o‘z ichiga olgan saltanat tuzgan

Saltanat poytaxti Samarqand

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI

shahri

BUGUN DARSDA

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Nima sababdan Chig‘atoy ulusida og‘ir siyosiy va iqtisodiy ahvol yuzaga keldi? Qanday voqealar ta’sirida Chig‘atoy ulusi parokandalikka yuz tutdi? 2. Bu davrda Movarounnahr boshqaruvi kimning qo‘lida edi?

Chig‘atoy ulusining mayda bekliklarga bo‘linib ketishi

XIV asrning 40–50-yillariga kelib Chig‘atoy ulusi hududlarida o‘zaro parokandalik va o‘zboshimchalik hukm surar edi. XIV asrning 40-yillarida sulolalar o‘rtasidagi nizo-fitnalar, o‘zaro urushlar natijasida Chig‘atoy ulusida og‘ir siyosiy va iqtisodiy ahvol yuzaga kelgandi.

Mo‘g‘ul xoni Qozonxon hokimiyatni qattiqqo‘llik bilan idora qilgan. Shunday bo‘lsa-da, mahalliy amirlar va mo‘g‘ul amaldorlarining itoatsizligini butunlay yo‘q qilolmagan. Ular xon bilan raqobatlashish darajasiga yetib borishgan. Natijada ko‘plab amaldor, zodagonlar o‘z davrining qudratli amiri Qazag‘onning huzuriga, Soli Saroyga qochib o‘ta boshladilar. O‘rtadagi ixtiloflar va kelishmovchiliklar tez orada hal qiluvchi to‘qnashuv bo‘lishidan darak berar edi.

Chig‘atoy ulusining mayda bekliklarga bo‘linib ketishi

Qarshi yaqinida Amir Qazag‘on va Qozonxon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jang 1346-yil bahorida Qazag‘onning g‘alabasi bilan tugadi. Jangda Qozonxon o‘ldirildi.

Amir Qazag‘on esa turkiy-mo‘g‘ul odatiga ko‘ra, bevosita chingiziylardan bo‘lmagani uchun taxtga da’vo qila olmas edi. Shu bois u o‘ziga ma’qul kelgan, chingiziylar xonadonidan bo‘lmish Donishmandchaxonni (1346–1348), so‘ngra Bayonqulixonni (1348–1358) taxtga o‘tqazdi.

Tabiiyki, amalda butun hokimiyat amir Qazag‘on qo‘lida to‘plangan edi. 1358-yil qishida amir Qazag‘onning kuchayib borayotgan faoliyatidan norozi bo‘lmish bir guruh fitnachilar uni o‘ldirishdi. Amir Qazag‘onning o‘g‘li amir Abdulla garchi tez orada Bayonqulixonni jangda o‘ldirsa-da, hokimiyatni qo‘lda tutib turolmadi. Hisor hokimi Bayon suldus va Kesh (Shahrisabz) hokimi Hoji Barlos tomonidan taxtga chingiziylardan bo‘lmish Temurshoh o‘tqazildi.

Chig‘atoy ulusining mayda bekliklarga bo‘linib ketishi

Chig‘atoy xoni Temurshoh ikki yilga yaqin hukmronlik qildi. Uning ta’siri kamligidan Chig‘atoy ulusi mayda bekliklarga bo‘linib ketdi. Mamlakatda ayirmachilik harakati kuchayib, beklar o‘zaro ichki kurashlar domiga tortildilar. Bu urushlar shundoq ham ahvoli nochor bo‘lgan aholi boshiga ko‘plab kulfatlarni yog‘dirdi. Shunday og‘ir ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tanglik hukm surayotgan bir vaqtda Tug‘luq Temurxon Movarounnahrga bostirib kirdi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Matnda “Tug‘luq Temurxon Movarounnahrga bostirib kirdi” degan jumla mavjud. Nima uchun bu yerda “bostirib kirdi” degan ibora ishlatilyapti? 2. Tug‘luq Temurxon Movarounnahrga qayerdan bostirib kirdi? 3. Nima deb o‘ylaysiz, Tug‘luq Temurxon Movarounnahrga bostirib kirishdan qanday maqsadlarni ko‘zlagan?

Tug‘luq Temurning Movarounnahrga yurishi

Chig‘atoy ulusining g‘arbiy bo‘lagida hokimiyat qo‘ldan ketgani sharoitida uning sharqiy bo‘lagi – tarixiy Mo‘g‘ulistondagi bir qator nufuzli mo‘g‘ul amirlari Tug‘luq Temurni xon deb e’lon qildilar. Shu tariqa, Tug‘luq Temurxon mintaqada chingiziylar hukmronligini rasman qo‘ldan bermaslik ishini pishirgach, g‘arbiy viloyatlarda ham chig‘atoylar hukmini qaytadan tiklash uchun harbiy yurish boshladi. U boshchiligida kechgan ushbu yurish sababli tarixiy manbalarda ilk bor Amir Temur nomi tilga olinadi.

Tug‘luq Temurxonning Movarounnahrga 1360-yil fevral – mart oylaridagi yurishi vaqtida Amir Temur o‘ziga yarasha siyosiy faoliyat yuritishga qodir, el-yurt oldida o‘z burchini anglab ulgurgan shaxs sifatida yetilib bo‘lgandi.

Tug‘luq Temurning Movarounnahrga yurishi

Amirlardan Xizr va Boyazid Tug‘luq Temur qarorgohiga bosh egib boradilar. Kesh hokimi Hoji Barlos esa Xuroson tomon jo‘nashga qaror qiladi. Uning xizmatida bo‘lgan qarindoshi Amir Temur ham u bilan birga yo‘lga chiqadi.

Amudaryo bo‘yiga yetganda Amir Temur Hoji Barlosga murojaat qilib, shunday degan: “Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubhasiz begonalar qo‘liga o‘tib ketadi. Lozim topsangiz, men podshoh (Tug‘luq Temur) xizmatiga borsam”.

Temurbek Tug‘luq Temurxondan Kesh viloyati hokimligini olishni maqsad qiladi. U nufuzli amirlardan Hoji Sayfiddin yordamida Tug‘luq Temurxon qabuliga boradi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Amir Temur ishlatgan “merosiy mulkimiz” iborasidan nimani tushundingiz? 2. U qaysi mulklarni nazarda tutgan deb o‘ylaysiz?

Tarix saboqlari

7 yoshida... madrasa... 12 yoshida...

Amir Hoji Sayfiddin Temurbekning fahm-farosati va salohiyati, o‘z zamonasi uchun qadrli bo‘lgan nasl-nasabi haqida tahsinli so‘zlarni aytib, Tug‘luq Temurxon oldida uning obro‘-e’tiborini ko‘taradi. Natijada Amir Temur Kesh viloyatiga dorug‘a (tuman hokimi) etib tayinlanadi. Bu vaqtda u 24 yoshda edi.

to‘q beklaridan biri bo‘lgan. U o‘g‘li Temurga ham dunyoviy, ham diniy ilmlar olishi uchun sharoit yaratib bergan edi. Tug‘ma iste’dod va o‘tkir xotira egasi bo‘lgan Temur turli soha ilmlarini o‘zlashtirishga g‘oyatda tirishqoqlik bilan harakat qilgan. Shuning uchun ham o‘sha zamon tarixchilari uning tarix, she’riyat, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik borasidagi salohiyati haqida alohida so‘z yuritishgan. Amir Temur kitob mutolaa qilishni

Tarix saboqlari

Amir Temur hozirgi Yakkabog‘ tumani, Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi Tarag‘oy bahodir viloyatning atoqli va o‘ziga hech kanda etmagani, shaxmat o‘yinida katta mahoratga ega bo‘lgani yaxshi ma’lum. Amir Temur o‘z tafakkurini charxlash uchun tez-tez shaxmat o‘ynab turgan.

Ibn Arabshohning yozishicha, o‘sha davrning birinchi raqamli shaxmatchisi deya ulug‘ langan faqih va hadisshunos olim Alouddin Tabriziy Sohibqiron bilan katta shaxmat o‘ynaganligini yozib qoldirgan.

Amir Temur tomonidan “Temur shaxmati” kashf etilgan.

Qo’shindagi ayollar haqida...

Amir Temur, Temur, Temurbek – markazlashgan davlat asoschisi. To‘liq ismi: Amir Temur ibn Amir Tarag‘oy ibn Amir Barqul. Sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi. Tavalludi: 1336-yil 9-aprel. Vafoti: 1405-yil 18-fevral. Farob, Temuriylar imperiyasi (hozirgi O‘tror, Qozog‘iston). Otasi: Amir Tarag‘oy. Onasi: Takina Xotun.

Tarix saboqlari

Amir Temur otasi Amir Tarag‘oy bilan.

Rassom Orif Mo‘minov asari

Amir Temurning Kesh dorug‘asi etib tayinlanishi

Bir qaraganda Tug‘luq Temurning bu yurishidan keyin Movarounnahrda chingiziylar xonadoni mavqeyi amalda tiklanganday bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida mahalliy yirik amirlar hanuz mustaqil siyosat yurgizishga intilardilar. Shuning uchun ham kelasi yili bahorda Tug‘luq Temurxon yana bir bor katta qo‘shin bilan Movarounnahrga bostirib keldi. Bu safar ham Amir Temur Kesh viloyati hokimligi mavqeyiga erishdi. Bunda Temurning barlos urug‘idan bo‘lishi qo‘l keldi. Chunki Chig‘atoyxon tomonidan barlos urug‘ining oqsoqoli, Temurning bobokaloni Qoracha hojibga Kesh hokimligi berilgan bo‘lib, bora-bora bu qoidaga aylangan, Keshda barloslardan bo‘lgan amirlarning hokim bo‘lishi odat bo‘lib qolgan edi.

Amir Temurning Kesh dorug‘asi etib tayinlanishi

Ammo Temurning Keshdagi dorug‘aligi uzoqqa cho‘zilmadi. Chunki Mo‘g‘ulistonga qaytish oldidan o‘g‘li Ilyosxo‘jani Movarounnahrga noib etib qoldirgan Tug‘luq Temurxon o‘zining ishonchli amirlaridan Bekchikni undan boxabar bo‘lib turishga tayinlagandi. Bekchik esa tez orada mahalliy amirlar bilan kelishmovchilikka bordi va ularga nisbatan tazyiq o‘tkazish yo‘liga o‘tib oldi.

Amir Husayn va Amir Temur munosabatlari

1360–1370-yillarda Balx va uning atrofidagi yer-mulklar Amir Qazag‘onning nabirasi Amir Husaynning tasarrufida bo‘lgan. 1360-yilda Temur Amir Husayn bilan yaqinlashib, uning singlisi O‘ljoy Turkonga uylandi va buning natijasida do‘stlik qarindoshlik bilan mustahkamlandi. Ikkala hokim birlashgan holda mo‘g‘ul xonlariga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ilyosxo‘jaxon va Bekchikning mahalliy hokimlarga o‘tkazgan tazyiqi ichki ziddiyatlarni kuchaytirib yubordi.

Bunday vaziyatda Amir Temur Keshda va umuman o‘lkada qololmasdi. U vatanni tark etib, keyingi to‘qqiz yil davomida Amir Husayn bilan avval yonma-yon, so‘ng qarama-qarshilikda faoliyat ko‘rsatdi.

Amir Husayn va Amir Temur munosabatlari

Bu davrda Temur ma’lum qiyinchiliklarni ham boshidan kechirdi. Amir Husayn bilan birga Xiva yurishida qatnashdi, Marv yaqini da mahalliy hokimlardan Alibek Joniqurboniy qo‘lida tutqunlikda ham bo‘ldi.

Temurbekka bir umrlik tan jarohatini yetkazgan voqea 1362-yili Seyistonda ro‘y berdi. Seyiston hokimi Malik Qutbiddinning taklifiga ko‘ra, ikki do‘st uning dushmanlariga qarshi kurashish uchun yordamga yo‘l oldilar. Amir Temur jang vaqtida o‘ng qo‘lining tirsagi va o‘ng oyog‘iga kamon o‘qi tegib, qattiq jarohatlandi. Buning oqibatida u bir umr oqsoqbo‘lib qoldi.

Amir Husayn va Temurning 1363–1364-yillarda mo‘g‘ullarga qarshi kurashi Ilyosxo‘jani Movarounnahrni tark etishga majbur qildi. Husayn ulug‘ amirlik maqomiga erishdi, xuddi bobosi davridagidek chingiziylardan bo‘lmish Qobilshohni rasman xon deb e’lon qilsa-da, butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. Amir Temurga esa yana Kesh viloyatini boshqarish nasib etdi. Ammo tinchlik uzoqqa cho‘zilmadi.

Loy jangi

Ilyosxo‘jaxon Movarounnahrni qayta egallash uchun 1365-yilning bahorida yana yurish boshladi. Bir tomondan Amir Husayn va Amir Temur, ikkinchi tomondan mo‘g‘ullar o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1365-yil 22-may kuni erta tongda Chinoz va Toshkent oralig‘idagi bir maydonda, Bodom suvi arig‘i yaqinida bo‘lib o‘tdi. Tarixga bu jang “Loy jangi” nomi ostida kirdi. Jangdan oldin Amir Husayn asosiy e’tiborni qo‘shin qanotlariga qaratdi, shuningdek, kamonchilar jang taqdirini hal qilishi lozim edi. Ammo qattiq yomg‘ir natijasida yoy iplarining bo‘shab qolishi jang davomida kamonchilarning harakatiga to‘sqinlik qildi.

Manbalarda

Loy jangi – 1365-yilda bo‘lib o‘tgan Amir Husayn va Ilyosxo‘jaxon qo‘shinlari orasidagi to‘qnashuv bo‘lib, ushbu jangda Amir Temur Amir Husayn qo‘shinining chap qanotiga boshchilik qildi. Jangdan oldin Amir Husayn qo‘shini son jihatdan ustun bo‘lgan. Shu sababli Ilyosxo‘ja yordamchi kuchlarning yetib kelishiga imkon yaratish uchun jangni biroz cho‘zish va dushmanni zaiflashtirish uchun qadimgi turkiy va mo‘g‘ul rusumlari bo‘yicha “Yada”, ya’ni yomg‘ir chaqirish marosimini o‘tkazdi. Natijada jala quyib, movarounnahrlik otliqlar loy maydonda harakatlana olmay qoldi.

Tarix saboqlari

Jang boshlangach, Amir Temur qo‘mondon bo‘lgan chap qanot dushmanning o‘ng qanotini ortga surib tashlagan va Ilyosxo‘janing qismiga hujum qilgan. Bu paytda Amir Husayn turgan o‘ng qanot mo‘g‘ullar zarbasiga dosh bera olmay, chekinayotgan edi.

Vaziyatni to‘g‘ri baholagan Amir Temur Amir Husaynga ikki bor odam yuborib, dushman zaiflashgan paytda birgalikda hujum qilishga chorladi. Lekin Amir Husayn mo‘g‘ullarning ko‘p qo‘llaydigan “qochib urishish”, ya’ni yolg‘ondan chekinib, pistirmadan hujum qilib, o‘rab olish taktikasi borligidan xavfsiradi va Temurning da’vatiga quloq solmadi.

Qayta urinish behuda ekanini anglab yetgan Temur jang maydonini tark etib, qolgan-qutgan askarlari bilan Samarqand tomonga qaytib ketib, so‘ng Keshga yo‘l oldi. Har ikki amir bir-biridan ajralgan holda o‘z o‘lkalariga chekindi. Temur Movarounnahrning bosh amiri Husayn ko‘rsatmasi bilan, ko‘p hollarda uning roziligi bilan ish tutishga majbur edi. Amirlar chekingach, Samarqand shahri, qolaversa, butun Movarounnahr o‘z holiga tashlab qo‘yildi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Amirlar chekingach, Ilyosxo‘ja e’tiborini qayerga qaratdi? Uning maqsadi qaysi shaharni egallash edi? Nima uchun?

Xo’jand va Jizzax

Ilyosxo‘ja to‘g‘ri Samarqand tomon yo‘l oldi. Mo‘g‘ul xoni changalidan qutulish samarqandliklarning o‘ziga bog‘liq bo‘lib qoldi. Bunday sharoitda Samarqand mudofaasini sarbadorlar o‘z qo‘llariga oldilar.

Xavf-xatardan shubhasi bo‘lmagan bosqinchilar bosh ko‘chadan kirib, qo‘shinning ilg‘ori ko‘cha oxiriga yaqinlashganda to‘satdan mudofaachilarning kamon o‘qlariga duch keldilar. Birinchi hamladayoq shaharni egallaymiz, deb o‘ylagan mo‘g‘ullar katta talafot ko‘rib, orqaga chekinishga majbur bo‘ldi.

Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida Xuroson janubi va Eronda ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bo‘lib, 50–60-yillarda Movarounnahrga ham yoyildi. Xurosondagi singari Samarqandda ham hunarmandlar, do‘kondorlar, ayrim madrasa mudarrislari va talabalar mazkur harakatning faol ishtirokchilariga aylandilar.

Xo’jand va Jizzax

Samarqandliklar ishlab chiqqan harbiy reja puxta bo‘lib, o‘z samarasini berdi. Mo‘g‘ullarning bir necha hujumi samarasiz tugagach, ular shahar atrofini qurshab olib, uzoq vaqt davomida qamal qilish rejasini o‘ylab chiqdilar.

Loy jangidan keyin tarqalgan ot vabosi (o‘lati) oqibatida Ilyosxo‘ja qo‘shinlariga tegishli otlarning katta qismi qirilib ketgan edi. Shu tufayli ham ko‘plab mo‘g‘ul askarlari Samarqandgacha kelmasdan, atrof qishloqlarni talab, Mo‘g‘ulistonga qaytib ketdilar. Bu mag‘lubiyatdan keyin Ilyosxo‘ja katta yo‘qotishlar bilan dastlab Samarqandni, keyin esa Movarounnahrni tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

Xo’jand va Jizzax

Shahar jome masjidiga yig‘ilgan aholi oldida sarbadorlarning bo‘lajak rahbarlaridan biri madrasa mudarrisi Mavlonozoda so‘z olib, shaharning har bir a’zosidan katta miqdorda soliq va to‘lov yig‘ib, uni o‘z bilganicha sarf etib yurgan hukmdor shaharni o‘z holiga tashlab qo‘yganini uqtirib o‘tdi.

Mudofaa rahbarligiga mohir mergan bo‘lgan Xurdak Buxoriy va hunarmandlar oqsoqoli Abu Bakr Kalaviy ham qo‘shildilar. Mudofaa tashkil etilganidan xabarsiz bo‘lgan mo‘g‘ullar shaharga kiraverishdagi bosh ko‘chadan hujum qildi.

Sarbadorlar g‘alabasidan so‘ng samarqandliklar Mavlonozoda itoatiga o‘tib, uni imom va amir sifatida qabul qildilar. Sarbadorlar g‘alabasi haqidagi xabar avval Amir Temurga va u orqali Amir Husaynga yetib bordi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Nima deb o‘ylaysiz, bunday sharoitda Amir Husayn qanday rejalarni amalga oshirishi mumkin? 2. Uning sarbadorlarga nisbatan munosabati qanday bo‘lgan deb o‘ylaysiz? Nima uchun? 3. Siz Amir Husaynning o‘rnida qanday yo‘l tutardingiz? Nima uchun?

Manbalarda

Sabzavor (Xuroson viloyatlaridan)ning Boshtin qishlog‘ida ikki aka-uka Hasan Hamza va Husayn Hamza yashagan. Ular qanoatli va pok vijdonli insonlar edi. Ularning uyida tunash uchun to‘xtagan beshta mo‘g‘ul elchisi ulardan may va go‘zal qizlarni talab qildi. Qarorlaridan qaytmasdan, mo‘g‘ullar ularni haqorat qildi. Mo‘g‘ullarning qistovi bilan aka-ukalardan biri ularga may topib keldi. Ular mast bo‘lishi bilanoq go‘zallarni talab qildi va hatto aka-ukalarning xotinlarini olib chiqmoqchi bo‘ldi.

Aka-ukalar bir-birlariga: “Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz, bunday nomusga chiday olmaymiz. Agar shunday bo‘lsa, boshlarimiz dorga osilsa osilsin”, dedi. Ular qilichlarini yalang‘ochlab, beshta mo‘g‘ulning hammasini o‘ldirdi. Uydan chiqib: “Bizlar sarbadormiz (sarbador forschada “boshi dorda” degani), ya’ni boshimiz dorga osilishiga tayyormiz!” – deb xitob qildilar.

Manbalarda

Sabzavor hokimi Boshtin qishlog‘i oqsoqolidan aka-ukalarni tutib, o‘ziga topshirishni talab qildi. Lekin Boshtin oqsoqoli Abdurazzoq aka-ukalar adolatli qaror qabul qilganini, mo‘g‘ullarga boshqa bo‘ysunmasligini aytib, Sabzavorning mo‘g‘ullarga qaram noibiga qarshi chiqdi. Natijada urush kelib chiqib, unda boshtinliklar g‘alaba qildilar hamda Sarbadorlar davlatiga asos soldilar.

Tarix saboqlari

Sarbadorlar g‘alabasidan so‘ng Samarqandda ham diniy, ham siyosiy hokimiyat Mavlonozoda qo‘lida mujassamlashdi. Uning bu “imomligi va amirligi” deyarli bir yil davom etadi. Amir Husayn Samarqand yaqinidagi Konigilda sarbadorlarning dushman ustidan qozongan g‘alabalaridan mamnun bo‘lgani va ular bilan g‘alabani nishonlamoqchi ekanini bildirdi. 1366-yilning bahorida Konigilda bo‘lgan uchrashuvning birinchi kuni Xurdak

Buxoriy, Abu Bakr Kalaviy, Mavlonozoda sharafiga ziyofat uyushtirildi. Ikkinchi kuni esa sarbadorlarning boshliqlari – Abu Bakr Kalaviy Naddof bilan Xurdak Buxoriylar Amir Husayn buyrug‘i bilan qatl qilindi.

Tarix saboqlari

Mavlonozodani esa Amir Temur o‘z himoyasiga olib, qutqarib qoldi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi o‘rnatildi.

Omon qoldirilgan sarbador

Mavlonozoda “oliy tabaqa” (bu ibora aksariyat hollarda Muhammad (s.a.v) avlodlariga nisbatan ishlatilgan) vakili bo‘lgan. Jumladan, Muiniddin Natanziy Mavlonozoda “asilzoda yigit” bo‘lganini aytsa, Hofizi Abru uni “ulug‘zodalardan bo‘lgan donishmand” deya ta’riflaydi. O‘rta asrlarda musulmon jamiyatida yaratilgan tarixiy asarlarda “ulug‘zodalar” va “begunohlar” degan atamalar payg‘ambar avlodlariga nisbatan ishlatilgani hamda ular qamalda qolgan shahar ichida bo‘lsa, ziyon-zahmatsiz chiqarib yuborilgani aytiladi.

Bundan tashqari, islom dini arkonlarini chuqur o‘rgangan, Qur’oni karimni yod bilgan ulamolar ham “begunoh” sifatida bosqinchilar shafqatiga erishgan. Ularning boshida Qur’onning barcha oyatlari mujassam bo‘lgani bois boshlariga tahdid (xususan, qatl) gunohi azim deb qaralgan.

Omon qoldirilgan sarbador

Sarbadorlar yetakchisi bo‘lgan Mavlonozoda ham bir tomondan, “ulug‘zoda” – payg‘ambar avlodi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mudarris va diniy ilmlardan voqif, Qur’oni karimni yoddan bilgan mavlono darajasidagi shaxs edi.

Bolaligidan islom an’analarini muqaddas burch bilib, bir qancha pirlardan, xususan, Amir Kuloldek shayxlardan tahsil ko‘rgan Amir Temur Mavlonozodaning qatl etilishi o‘zlari yashagan jamiyat uchun eng og‘ir gunoh ekanligini Amir Husaynga uqtirgan. Bu esa o‘z navbatida Samarqand xalqining Amir Temurga ixlosi oshishiga olib keldi. Bu Amir Temur hokimiyati mustahkamlanishi uchun o‘ziga xos strategiya edi.

Sarbadorlar

(Romandan parcha. Qo‘shimcha o‘qish uchun)

* – To‘xta!!! To‘xtangiz!!! – degan kuchli ovoz eshitildi. Hamma ovoz kelgan tomonga qaradi. Uch yuz qadamlar narida shahardan kimdir ot choptirib kelardi! U Temurbek edi. Shohizinda qabristoniga borib, endigina Qusam ibn Abbos maqbarasini ziyorat etib chiqqan, O‘ljoy Turkon og‘o qabriga esa hali o‘tolmagandi. Odamlarning og‘zidan: “Konigilda falokat yuz beribdi! Sarbadorlarni dorga tortishmoqda ekan!” degan so‘zlarni eshitib qoldi. Egachisi Qutlug‘ Turkon og‘oga qarab:

Dor tagidagi navkar kalovlanib Mavlonozodaning bo‘yniga sirtmoq sola boshladi. Odamlar dam dorga, dam ish sust ketayotganidan g‘ijingan Amir Husaynga, dam esa uzoqdan otiga qamchi bosib kelayotgan Temurbekka qarar edilar.

Sarbadorlar

Rikobdor chopib borib, amirlashkarga tushishga ko‘maklashdi. Temurbek hech kim bilan salom-alik qilmay, to‘g‘ri dorga qarab yurdi. Temurbek ranglari oqarib ketgan Mavlonozodaning boshini sirtmoqdan chiqardi va pastga olib tushdi. Bu payt narigi dorda Usta Kulol bilan Kalvoyilarni osib bo‘lgan edilar.

Savollar: Nega to‘xtading?! Os dorga, dayus?! – baqirdi Amir Husayn.
Savollar: dorlarning gunohi ne? Bular ham xudoning bandalari-ku?..

Sarbadorlar

Amir Husayn taxtda o‘ltirar ekan, Temurbekning birdan kelib qolib ishga xalal berganidan ranjiganini yashirmas, Temurbekka boqmay hadeb navkarni jerkir edi:

Savollar: Husaynbek! Sizdan so‘rayotirmen: sarbadorlarning gunohi ne? – Temurbek taxt oldiga yaqinlashdi. – Bu qanday musulmonchilik axir?

Sarbadorlar

Bo‘layotgan gaplardan amirlarning har biri o‘z holicha ish tutishlari ko‘rinib turardi....

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Savollar: 1. Amir Temurning sarbadorlar harakatigacha bo‘lgan faoliyatini ketma-ketlikda infografikaga tushiring. 2. Amir Temur nima uchun Tug‘luq Temur xizmatiga borishga majbur bo‘ldi? 3. Nima deb o‘ylaysiz, Amir Temur nima uchun Mavlonozoda hayotini saqlab qolgan? 4. Amir Husaynning sarbadorlarga qilgan munosabati Amir Temur bilan aloqasi keskinlashuviga sabab bo‘lishi mumkinmi? Nima uchun? 5. Nima deb o‘ylaysiz, Amir Temurning keyingi harakatlari qanday bo‘lishi mumkin? 6. Berilgan Venn diagrammasi orqali amirlarning manfaatlari va ularning kesishuvini aniqlang.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Chig‘atoy ulusida sulolalar o‘rtasidagi nizolar va o‘zaro urushlar natijasida og‘ir siyosiy va iqtisodiy ahvol XIV asrning qaysi yillarida yuzaga kelgan?
  1. 40-yillarida
  2. 70-yillarida
  3. 10-yillarida
  4. 20-yillarida

To‘g‘ri javob: 40-yillarida. Og‘ir ahvol XIV asrning 40-yillarida yuzaga kelgan.

Qozonxon hokimiyatni qattiqqo‘llik bilan idora qilgan bo‘lsa-da, mahalliy amirlar va mo‘g‘ul amaldorlarining itoatsizligini yo‘q qila olmadi. Bu qanday oqibatga olib keldi?
  1. Amirlar Qozonxonga sodiqlik qasamyodi berib, Chig‘atoy ulusi yana birlashdi va barqaror bo‘ldi
  2. Ko‘plab amaldor va zodagonlar qudratli amir Qazag‘onning huzuriga qochib o‘ta boshladi
  3. Mo‘g‘ul amaldorlari Movarounnahrni tark etib, Mo‘g‘ulistonga qaytib ketib, ulus bo‘shab qoldi
  4. Qozonxon hokimiyatni Qazag‘onga ixtiyoriy ravishda topshirib, o‘zi toj-u taxtdan voz kechdi

To‘g‘ri javob: Ko‘plab amaldor va zodagonlar qudratli amir Qazag‘onning huzuriga qochib o‘ta boshladi. Matnga ko‘ra, itoatsizlik natijasida ko‘plab amaldor va zodagonlar Qazag‘on huzuriga, Soli Saroyga qochib o‘ta boshlagan.

Qarshi yaqinida Amir Qazag‘on va Qozonxon o‘rtasidagi jang qaysi yilda Qazag‘onning g‘alabasi bilan tugadi?
  1. 1336-yil
  2. 1346-yil
  3. 1366-yil
  4. 1356-yil

To‘g‘ri javob: 1346-yil. Jang 1346-yil bahorida Qazag‘onning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Amir Qazag‘onni kuchayib borayotgan faoliyatidan norozi fitnachilar qaysi yilning qishida o‘ldirishgan?
  1. 1348-yil
  2. 1365-yil
  3. 1368-yil
  4. 1358-yil

To‘g‘ri javob: 1358-yil. Qazag‘on 1358-yil qishida fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan.

Qarshi yaqinida Amir Qazag‘on bilan Qozonxon o‘rtasidagi jang qaysi yilda bo‘lgan va qanday tugagan?
  1. 1346-yilda, Qozonxon o‘ldirilgan
  2. 1358-yilda, Qazag‘on o‘ldirilgan
  3. 1360-yilda, Qozonxon g‘alaba qozongan
  4. 1365-yilda, ikki tomon sulh tuzgan

To‘g‘ri javob: 1346-yilda, Qozonxon o‘ldirilgan. Jang 1346-yil bahorida Qazag‘onning g‘alabasi bilan tugab, Qozonxon o‘ldirilgan.

Amir Qazag‘on nima uchun o‘zi taxtga chiqmay, chingiziylardan xon qo‘ygan?
  1. Xalq xonlik taxtiga faqat chingiziylar chiqishini qat’iy talab qilgani uchun
  2. Bevosita chingiziylardan bo‘lmagani uchun taxtga da’vo qila olmagan
  3. Tug‘luq Temur taxtga chiqishni unga qat’iyan taqiqlab qo‘ygani uchun
  4. U diniy lavozimni afzal ko‘rib, hokimiyatdan o‘zi voz kechgani uchun

To‘g‘ri javob: Bevosita chingiziylardan bo‘lmagani uchun taxtga da’vo qila olmagan. Turkiy-mo‘g‘ul odatiga ko‘ra chingiziy bo‘lmaganlar taxtga da’vo qila olmas edi.

Amir Qazag‘on qaysi yilning qishida fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan?
  1. 1346-yil
  2. 1348-yil
  3. 1358-yil
  4. 1360-yil

To‘g‘ri javob: 1358-yil. 1358-yil qishida kuchayib borayotgan Qazag‘onni bir guruh fitnachilar o‘ldirgan.

Qazag‘on taxtga o‘tqazgan Bayonqulixon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
  1. 1346–1348
  2. 1358–1360
  3. 1336–1346
  4. 1348–1358

To‘g‘ri javob: 1348–1358. Donishmandchaxondan so‘ng Bayonqulixon (1348–1358) taxtga o‘tqazilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXIII asr – XIV asr birinchi yarmida ilm-fanKeyingi →Amir Temur – Movarounnahr hukmdori