Amir Temur – Movarounnahr hukmdori
Amir Temur va temuriylar davri
BUGUN DARSDA
- Movarounnahrda Amir Husayn hukmronligi. • Amir Temurning Movarounnahr amiri deb e’lon qilinishi. • Amir Temurning dastlabki islohotlari. • Amir Temurga suiqasd.
Tarix saboqlari
Movarounnahrda Amir Husayn hukmronligi
Konigil voqeasidan so‘ng Movarounnahrda Amir Husayn hukmronligi o‘rnatilsa-da, Samarqand xalqi orasida unga ishonch kamaygan, Amir Temurning esa nufuzi ortgan edi. Bu esa Amir Husaynni tashvishga solardi va u Temurni o‘ziga asosiy raqobatchi sifatida ko‘ra boshlagan edi.
Amir Husayn mamlakat amiri darajasiga erishgach, harbiylar va davlat amaldorlariga nisbatan katta soliq solishni buyurdi. Amir Husayn ko‘pchilik amirlardan katta o‘lja, pul talab qilib, siquvga ola boshladi.
Amir Husayn qanday bo‘lmasin Amir Temur mavqeyiga bolta urishga jiddiy kirishdi. U Amir Temurning bir qator safdoshlari va yaqin amirlariga nisbatan tazyiq o‘tkaza boshladi.
O‘ylab ko‘ring
Tarix saboqlari
1366-yili Amir Temurning xotini, Husaynning singlisi O‘ljoy Turkon og‘oning to‘satdan vafot etishi ikki amir o‘rtasidagi eng so‘nggi rishtaning ham uzilishiga olib keldi.
Bu davr oralig‘ida Temur o‘z e’tiborini ichki ishlarga qaratdi. Amir Husayn turli fitna-fasodlar yo‘liga o‘tib, Temurga qarshi zimdan kurash bosh ladi. Amir Husayn Balxda, Temur Kesh va Qarshida hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rishga kirishdi.
1370-yili Husayn Balx, Qunduz va Badaxshondan qo‘shimcha kuch to‘pladi, uning otliqlari
Termiz atroflarida paydo bo‘ldi. Temur esa Ter miz yaqinida joylashgan Biyo degan joyda qaror goh qurib, jangga tayyorgarlik ko‘rdi. Shu yerda uning oldiga taniqli diniy arbob Mir Sayyid
Tarix saboqlari
Baraka tashrif buyurdi. U Temurga nog‘ora va bayroq, ya’ni hokimiyat, saltanat ramz larini topshirib, uning buyuk kelajagi haqida bashorat qildi.
Amir Temurga Amir Husaynning siyosatidan norozi bo‘lgan amirlar va hokimlar kelib qo‘shi la boshladi.
1370 10-aprel 1370 11-aprel 1370 iyul
Shu yili aprelda Balxda ikki kunlik qamaldan so‘ng Amir Husayn taslim bo‘ldi. Jome masjidi minorasiga yashirinib olgan Amir Husayn qo‘lga olindi.
Amir Husayn amir Kayxusrav tomonidan xun olish maqsadida o‘ldirildi (bir paytlar Amir Husayn Kayxusravning akasi Kayqubodni qatl etgan edi). Shu tariqa, bir necha yil davomida Movarounnahr taxti uchun bo‘lgan kurash Temur foydasiga hal bo‘ldi.
Lashkarboshilar va ittifoqchilar ishtirokida o‘tkazilgan qurultoy qaroriga ko‘ra, Movarounnahrga Chingizxon avlodiga mansub bo‘lgan Suyurg‘atmish (1370–1388) xon bo‘ldi.
Davlat boshqaruvi esa Movarounnahr amiri nomini olgan Amir Temur qo‘liga o‘tdi.
1370 10-aprel 1370 11-aprel 1370 iyul
Amir Temur Keshdan Samarqandga ko‘chib, uni o‘z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Bu davrda Amir Temur endigina o‘ttiz to‘rt yoshga kirgandi.
Qurultoyda Shiburg‘on hokimi Zinda Chashmdan boshqa barcha amir va qabila boshliqlari Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Zinda Chashm ayirmachilik yo‘lini tutib, Balx va Termiz atrofidagi yerlarni talon-toroj qila boshladi. Zinda Chashmga qarshi Amir Temur Joku Barlos boshchiligidagi qo‘shinni jo‘natdi. Jangda Zinda Chashm mag‘lub etilib, Samarqandga jo‘natildi. Amir Temur unga oliyhimmat munosabatda bo‘lib, afv etdi. Aynan shu davrdan boshlab Amir Temurda dono hamda uzoqni ko‘zlovchi davlat arbobi xususiyatlari aniq namoyon bo‘la boshladi.
O‘ylab ko‘ring
“Temur tuzuklari”dan olingan matnni o‘qing va quyidagi savollarga javob bering. 1. Amir Temur: “Garchand avvaliga niyatim ularni o‘ldirish bo‘lsa ham, keyinroq axir ular askarlar-ku, deb ularni afv etdim va yana askarlik ishlariga tayinladim”, deydi. Siz bu holatda qanday yo‘l tutardingiz? Nima uchun? 2. Agar Amir Temur Shibirg‘on hokimi bilan to‘qnashganida yengilgan bo‘larmidi? 3. Yuqorida berilgan voqeani Amir Temurning quyidagi so‘zlari bilan izohlashga harakat qiling: “O‘zga mamlakatlarni zabt etish, ularni idora qilish, g‘anim lashkarlarini sindirish, dushmanni tuzoqqa tushirish, muxoliflarning ko‘nglini ovlab, do‘stga aylantirish, do‘st-dushman orasida muomala, murosa-madora qilish xususida ushbu tadbir va kengashlarni qo‘lladim”.
Manbalarda
Amir Husayn menga asir tushgandan keyin uning navkarlari va amirlari endi bizni o‘ldiradi deb gumon qilgan edilar. Garchand avvaliga niyatim ularni o‘ldirish bo‘lgan bo‘lsa ham, keyinroq, axir ular askarlar-ku, deb ularni afv etdim va yana askarlik ishlariga tayinladim.
Badaxshonda hokim bo‘lmish ularning bosh amiri (amir ul-umaro) ko‘p marta jangda men bilan yuzma-yuz kelib, qilich chopishgan kishi edi. Amir Husayn qatl etilganini eshitgach, mening qahrimdan qo‘rqib, o‘zini sergak tutdi va bordi-yu uni tutish uchun qo‘shin yuborgu day bo‘lsam, to‘g‘ri ish qilmagan bo‘lur edim. [Shuning uchun] o‘zimni uni unutgan kishidek tutdim va [uning borasida] ushbu tadbirni qo‘lladim: majlislarda, yig‘in-o‘tirishlarda uni yaxshi so‘zlar bilan yod etib, mardligi va bahodirligini maqtadim, toki do‘stlari: “Amir senga nisbatan marhamat va inoyat maqomida turibdi”, deb unga xat yozdilar. U zorlanib menga maktub yubordi va inoyat-u marhamatimdan umidvor bo‘lib mening panohimga keldi.
Amir Temurning dastlabki islohotlari
Amir Temur mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minladi. Maxsus qo‘shin tuzib, unga katta imtiyozlar berdi. Yirik harbiy bo‘linmalar boshliqlarini va sipohsolorlarni tayinladi. Taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga o‘zini voris deb bildi.
Amir Temur dastlab Keshga kelib, davlat vazirini, tuman boshliqlari va mingboshilarni tayinladi. Xorazmdan boshqa barcha yerlarni o‘z hokimiyati ostiga birlashtirdi.
Samarqandda o‘tkazilgan qurultoyda Amir Temur barcha viloyatlardan nufuzli amirlar,
sipohsolor -- G’aznaviylarda bosh qo’mondon. solor - YUQORI darajadagi lashkarboshi sarhang - O’RTA darajadagi lashkarboshiilar lashkarboshilarni yig‘ib, har birining mavqeyi va martabasiga qarab biron-bir mansab va mulk (viloyat, tuman, shahar) taqsimlab berdi, kattadan katta sovg‘alar ulashdi.
Zanda Chash Jorjiya (1774) Sparta
Temur saltanatida davlat boshlig‘i sifatida chingiziylardan Suyurg‘atmishxon (1370–1388) va uning o‘g‘li Sulton Mahmudxon (1388–1402) xonlik unvoniga tasdiqlangan bo‘lsa-da, amalda ular “qo‘g‘irchoq” xonlar bo‘lib, ijtimoiy hokimiyatning barcha belgilari, diniy, dunyoviy, ijro va qonunchilik hokimiyati bir kishi – Amir Temur qo‘lida bo‘lgan.
Amir Temur chiqargan dastlabki farmonlarda yo‘llardagi xavfsizlik, pochta, qatnov vositalarini ta’minlash, qo‘shinlar yurishi, janglar oqibatida xarob bo‘lgan yerlarni obod etish, rabotlar (mehmonxonalar, to‘xtash joylari), xonaqohlar qurish, kambag‘al va miskinlar uchun xayrxonalar ochishni buyurgan.
Zanda Chash Jorjiya (1774) Sparta
Shuningdek, u sayyidlar, din peshvolari, qozilar, shayxlarga, o‘ziga xos ta’sirga ega tabaqaga yuqori hurmat bilan qaragan. O‘zining o‘ttiz besh yillik faoliyatida Amir Temur uchun bu bosh siyosat bo‘lib qoldi.
Manbalarda
Ishlarimning barini kengash bilan yurgizib, uni bitirishda to‘g‘ri tadbir qo‘llar edim. Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini mo‘ljallab qo‘yar edim. Uni to‘g‘ri tadbir, qat’iy jazm, chinlik-chidamlilik ko‘rsatib, ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko‘rib, ortini o‘ylagan holda oxiriga yetkazardim. Yana tajribamdan o‘tkazdimki, kengash egalari birlik, ittifoqlik bilan so‘zda sobit, ishda chidamli bo‘lishlari shartdir. Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, uning yaqiniga ham yo‘lamasinlar.
“Temur tuzuklari”dan
Mo‘g‘ullar davrida Xorazm ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, markazi Urganch shahri bo‘lgan Shimoliy Xorazm Oltin O‘rda tarkibiga, Markazi Kat qal’asi bo‘lgan Janubiy Xorazm esa Chig‘atoy ulusiga kirar edi.
Amir Temur Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlati tizimini qaytadan jonlantirdi, uzoq yillik qaramlikdan so‘ng Turon zaminida davlat mustaqilligini tikladi. O‘zigacha bo‘lgan davlatchilikdan farq qiladigan markazlashgan buyuk davlat tizimini yaratdi.
U davlat rahbari tadbirkor, nihoyatda adolatli, qattiqqo‘l, lekin rahmdil, insonparvar, halol, pok bo‘lishi lozimligini ko‘rsatib, hayotda adovat emas, adolat yengishini isbotlab berdi.
Manbalarda
Tajribamda ko‘rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Sharof ulmulk Pir Ali Toz Brut Abulfayzxon...
Amir Temurga suiqasd
Amir Temur hukmronligining dastlabki yillari hali uning mavqeyi baland bo‘lmay, mamlakatni bosqinchilardan tozalash, chegaralar xavfsizligini ta’minlash, mamlakatni barqarorlashtirish yo‘lida tinmay kurashayotgan davrlar edi. Shunday harbiy-siyosiy jarayonlardan birida, 1372-yilda Amir Temur Mo‘g‘uliston yurishida g‘alaba qozonib, Samarqand tomon qaytayotgan paytda unga qarshi suiqasd rejasi tuzilgan edi. Rejaga binoan, Amir Temur O‘tror yaqinidagi Qarosomon mavzeyida ov bilan mashg‘ul bo‘lgan chog‘da qo‘lga olinishi kerak edi. Sohibqironning xavfsizlik xizmati nihoyatda tezkorlik va zukkolik bilan ishlagani bois fitna fosh bo‘ldi va fitnachilar qo‘lga olinib, so‘roq qilindi hamda qilmishi isbot etilgandan so‘ng Temur ularga nisbatan jazo qo‘lladi, ayrimlarini esa jazosiz qoldirdi. Saroymulkxonimning aralashuvi bilan Amir Muso ismli isyonkor jazodan ozod etildi (chunki Amir Muso uning yaqin qarindoshi edi). Sohibqiron Amir Musoga qarata: “Garchi sen muxolif bo‘lib, bu noma’qul ishga kirishgan bo‘lsang ham, qadimiy do‘stligimiz haqqi seni afv etdim”, deydi. Shuningdek, payg‘ambar avlodidan bo‘lganlar ham jazodan omon qoldi, lekin Hijozga (Hajga) jo‘nash buyrug‘i berildi.
Amir Temurga suiqasd
Temur hukmronligining dastlabki yillaridan uzoqni ko‘rib siyosat yuritdi. Birinchidan, musulmon olami hurmat va izzat qiladigan oliynasab vakillar, xususan, payg‘ambar avlodlari (sayyidlar), din ulamolarini o‘limga hukm etmadi hamda bu bilan jamiyat barqarorligini saqladi. Ikkinchidan esa, davlat tayanchi va suyanchi bo‘lgan shaxslar, alohida mavqega
Mulki xos
ega bo‘lgan kishilarning iltimoslari, talablarini qondirdi. Shunga muvofiq, Amir Temur kichik va zaif guruhni jazolash orqali katta va qud ratli guruhdan ajralishni istamagan. Bu ham Sohibqironning buyuk davlat qurish yo‘lidagi strategiyalaridan biri edi.
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
Muhim sanalar
- 1366-yili — 1366-yili Amir Temurning xotini, Husaynning singlisi O‘ljoy Turkon og‘oning to‘satdan vafot etishi ikki amir o‘rtasidagi eng so‘nggi rishtaning ham uzilishiga olib keldi.
- 1370-yili — 1370-yili Husayn Balx, Qunduz va Badaxshondan qo‘shimcha kuch to‘pladi, uning otliqlari
- 1372-yilda — Shunday harbiy-siyosiy jarayonlardan birida, 1372-yilda Amir Temur Mo‘g‘uliston yurishida g‘alaba qozonib, Samarqand tomon qaytayotgan paytda unga qarshi suiqasd rejasi tuzilgan edi.
Bilimingizni sinang
Amir Husayn mamlakat amiri darajasiga erishgach, kimlarga nisbatan katta soliq solishni buyurdi?
- harbiylar va davlat amaldorlariga
- dehqonlar va shahar hunarmandlariga
- savdogarlar va ruhoniy sayyidlarga
- ulamolar va madrasa mudarrislariga
To‘g‘ri javob: harbiylar va davlat amaldorlariga. Husayn harbiylar va davlat amaldorlariga nisbatan katta soliq solishni buyurgan.
Konigil voqeasidan keyin Husayn Amir Temurni o‘ziga nima deb ko‘ra boshladi?
- yaqin ittifoqchi
- asosiy raqobatchi
- vaqtincha yordamchi
- bo‘ysunuvchi noib
To‘g‘ri javob: asosiy raqobatchi. Temurning nufuzi ortgani sabab Husayn uni asosiy raqobatchi sifatida ko‘ra boshlagan.
Amir Husayn Amir Temurni o‘ziga asosiy raqobatchi sifatida ko‘ra boshlashiga qanday holat sabab bo‘lgan?
- Temurning Balx hukmdori bilan yashirin ittifoq tuzgani va unga yordam berishi
- Samarqand xalqi orasida Husaynga ishonch kamayib, Temurning nufuzi ortgan
- Husaynning singlisi O‘ljoy Turkon og‘oning vafot etgani va ittifoq buzilgani
- Temurning Husayn amirlariga katta soliq solishni buyurgani va ularni jazolagani
To‘g‘ri javob: Samarqand xalqi orasida Husaynga ishonch kamayib, Temurning nufuzi ortgan. Konigil voqeasidan so‘ng Husaynga ishonch kamaygan, Temurning nufuzi esa ortgan; Husayn uni asosiy raqobatchi deb bilgan.
Mamlakat amirlari va safdoshlariga munosabatda Amir Husayn va Amir Temur siyosati qanday farqlangan?
- Husayn safdoshlarining qarzini to‘lagan, Temur esa amirlardan katta soliq talab qilib, o‘lja undirgan
- Ikkalasi ham amirlarga bir xil soliq solib, ularning qarzini o‘zi to‘lagan va o‘lja talab qilmagan
- Husayn amirlarni jazolamagan, Temur esa ularni yoppasiga qatl ettirgan va mulkini musodara qilgan
- Husayn amirlarga katta soliq solib o‘lja talab qilgan, Temur esa safdoshlariga soliq to‘lovlarida yordam bergan
To‘g‘ri javob: Husayn amirlarga katta soliq solib o‘lja talab qilgan, Temur esa safdoshlariga soliq to‘lovlarida yordam bergan. Husayn harbiylar va amaldorlarga katta soliq solib, ulardan o‘lja talab qilgan; Temur esa safdoshlariga soliq to‘lashda yordam bergan.
Amir Temurning xotini, Husaynning singlisi O‘ljoy Turkon og‘o qaysi yili to‘satdan vafot etgan?
- 1360-yili
- 1370-yili
- 1363-yili
- 1366-yili
To‘g‘ri javob: 1366-yili. O‘ljoy Turkon og‘oning 1366-yili vafoti ikki amir o‘rtasidagi so‘nggi rishtani uzdi.
Amir Husayn Balx, Qunduz va Badaxshondan qo‘shimcha kuch to‘plagan yil qaysi?
- 1368-yil
- 1375-yil
- 1370-yil
- 1372-yil
To‘g‘ri javob: 1370-yil. 1370-yili Husayn Balx, Qunduz va Badaxshondan qo‘shimcha kuch to‘pladi.
1370-yili Amir Temur jangga tayyorgarlik uchun Termiz yaqinidagi qaysi joyda qarorgoh qurdi?
- Qarosomon
- Konigil
- Kat
- Biyo
To‘g‘ri javob: Biyo. Temur Termiz yaqinida joylashgan Biyo degan joyda qarorgoh qurgan.
1366-yilda vafot etib, Temur bilan Husayn o‘rtasidagi eng so‘nggi rishtaning uzilishiga sabab bo‘lgan shaxs kim?
- Saroymulkxonim
- O‘ljoy Turkon og‘a
- Kayxusravning akasi
- Mir Sayyid Baraka
To‘g‘ri javob: O‘ljoy Turkon og‘a. Temurning xotini, Husaynning singlisi O‘ljoy Turkon og‘aning vafoti ikki amir o‘rtasidagi rishtani uzgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash