XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · O‘zbekiston tarixi · 11-mavzu

Amir Temur markazlashgan davlat tuzish yo‘lida

Amir Temur va temuriylar davri

BUGUN DARSDA

O‘ylab ko‘ring

Davlat va huquq asoslari fanidan olgan bilimlaringizga tayanib javob bering. 1. Davlat mustaqilligi qanday tamoyillarga bog‘liq? Fikringizni asoslang. 2. Amir Temur qanday tadbirlarni amalga oshirishi zarur? Davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib javob bering.

Tarix saboqlari

Chegaralarning mustahkamlanishi XIV asrning 70-yillari boshida hukm surgan murakkab va ziddiyatli davrda Amir Temur Movarounnahrni birlashtirish siyosatini boshladi. U Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi hududlarni o‘ziga bo‘ysundirdi.

qo‘yish maqsadida Mo‘g‘ulistonga yurishlar uyushtirdi.

1376-yili Amir Temur o‘g‘li Mirzo Umarshayx Bahodirni Farg‘ona hokimi etib tayinladi. Amir Temur bir vaqtlar Jo‘chi ulusi tarkibiga kirgan Oq O‘rda, Oltin O‘rda hamda Mo‘g‘uliston hokimlari bilan bir necha yillar davomida kurash olib borishiga to‘g‘ri keldi. Mazkur kurashdan ko‘zlangan asosiy maqsad avvalo mamlakat shimoliy qismlarini ko‘chmanchi to‘dalar hujumidan muhofaza etish, Jo‘chi ulusi tarkibiga kirgan yerlarni zaiflashtirgan holda o‘z saltanati ta’sir doirasiga olish bo‘lgan.

Tarix saboqlari

Amir Temur sharqiy hududlarni mo‘g‘ullar ta’siridan ozod etish uchun Sharqiy Turkiston tomon bir necha marta yurish qilib, Farg‘ona vodiysi hududlarini, O‘tror, Yassi (Turkiston) va Sayramni o‘z tasarrufiga oldi. Bu hududlarda tinchlik va barqarorlikni saqlash, chegara hududlariga hujum uyushtirib turuvchi mo‘g‘ul asilzodalarini tiyib

Jo‘chi ulusi ikki mustaqil davlatdan: o‘ng qanot – Oltin O‘rda, chap qanot – Oq O‘rdadan iborat bo‘lgan. Oltin O‘rda tarkibiga Xorazmning shimoliy qismi, Shimoliy Kavkaz, Bulg‘or yerlari, G‘arbiy Sibir, Qrim kirgan. Oq O‘rdaga esa Sirdaryoning quyi oqimi, Sirdaryo bo‘ylaridan Sibirdagi Tuman degan joygacha bo‘lgan yerlar kirgan.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Nima uchun Amir Temur Xorazmga yurish qildi? Xorazm Amir Temur uchun qanday strategik ahamiyatga ega edi? 2. Xorazmning shimoliy qismi qaysi ulus tarkibiga kirgan edi? 3. Urganch shahri qaysi ulus tarkibiga kirgan?

Mo‘g‘uliston va Xorazmga yurishlar

Amir Temurning Mo‘g‘ulistonga qarshi kurashi yigirma yilga yaqin (1371–1390) davom etdi. Yettisuvdan shimolga chekingan mo‘g‘ul xonlari qish kelishi bilan qayta Sirdaryo bo‘ylari va Farg‘ona vodiysiga hujum uyushtirar edi.

Amir Temur ularni tor-mor qilib, Irtish daryosi orqa tomoniga chekinishga majbur qildi. Shundan keyin Mo‘g‘uliston xonlari bosh qarorgohini egalladi. Amir Temur u yerga To‘g‘luq Temurxonning o‘g‘li Xizirxo‘jani xon qilib tayinlab, garov va Mo‘g‘uliston jilovi sifatida uning o‘g‘li Sham’i Jahonni o‘zi bilan olib ortga qaytdi. Shu tariqa, mo‘g‘ul xonlarining Sirdaryo bo‘ylari, Farg‘ona vodiysiga solayotgan xavf-xatarlariga chek qo‘yildi.

Mo‘g‘uliston va Xorazmga yurishlar

Qadimdan iqtisodiy va madaniy jihatdan Movarounnahr bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan Xorazm mo‘g‘ullar davrida ikki qismga ajralib, markazi Urganch shahri bo‘lgan shimoliy Xorazm Jo‘chi ulusiga, markazi Kat qal’asi bo‘lgan janubiy Xorazm esa Chig‘atoy ulusiga bo‘ysundirilgan. XIV asrning 60-yillari oxirida Oltin O‘rdada yuz bergan g‘alayonlar vaqtida qo‘ng‘irot so‘fiylari sulolasidan Husayn So‘fi shimoliy Xorazmda mustaqil bo‘lib oldi. Bu davrda Movarounnahrda ham siyosiy ku rashlar avj olganidan foydalanib Kat va Xiva shaharlarini egallab, shimoliy Xorazm bilan janubiy Xorazm yerlarini birlashtirdi. Amir Temur esa janubiy Xorazmni Chig‘atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni o‘z davlatiga qo‘shib olish siyosatini tutdi.

Mo‘g‘uliston va Xorazmga yurishlar

Amir Temur Xorazmni tinchlik yo‘li bilan davlat tarkibiga kiritish maqsadida Gurganjga Alafa tavochini tinchlik haqidagi noma bilan yubordi. Husayn So‘fi Amir Temur yuborgan elchiga shunday javob berdi: “Men mamlakatni qilich bilan olganman, shuning uchun ham uni faqat qilich bilan olish mumkin”. Amir Temur ikkinchi bor yuborgan elchi Jaloliddin Keshiy esa zindonga tashlandi. Natijada 1371-yili Amir Temur Xorazmga qo‘shin tortib keldi. Gurganjga borish uchun Kat shahri orqali o‘tish kerak edi, bu shaharni qisqa fursatda Amir Temur qo‘shini ishg‘ol qildi. Katning qo‘ldan ketishi Husayn So‘figa kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U Amir Temur bilan yarashishga, uning talablarini bajarishga rozi bo‘ldi. Lekin ayrim hokimlar Husaynni qo‘llabquvvatlashlariga ishontirdilar. Husayn So‘fi ularning yordamiga ishonib, Amir Temurga qarshi chiqdi, ammo to‘qnashuvda tor-mor etildi va

Mo‘g‘uliston va Xorazmga yurishlar

Yusuf So‘fining Oltin O‘rda hukmdori O‘zbekxon qizidan tug‘ilgan Sevinchbeka ismli qizi Amir Temurning katta o‘g‘li Jahongir Mirzoga olib beriladi. Bu Temurning xon avlodidan ilk kelini bo‘lgan. Shu sabab ham uni Xonzoda begim deb atashgan.

Bu nikohdan 1375-yilda Amir Temurning valiahd nabirasi Muhammad Sulton Mirzo (1375–1403) dunyoga kelgan edi. Lekin u vafot etgach, Turon taxtiga voris etib ukasi Pirmuhammad Mirzo belgilangan.

Gurganj qal’asida vafot etdi. Uning o‘rniga akasi Yusuf So‘fi hokimiyatga kelib, Amir Temur bilan yarash shartnomasini tuzdi. Lekin u yarash shartlarini xiyonatkorona buzib, Amir Temur qaytib ketganidan keyin Kat shahrini bosib oldi. Shundan so‘ng Amir Temur Xorazmga ikkinchi marta yurish qilishga majbur bo‘ldi. Ammo ish harbiy to‘qnashuvgacha bormadi, chunki Yusuf So‘fi tavba qilib, yarash shartlarini so‘zsiz bajarishga va’da berdi. Bu ikkinchi yurish natijasida Janubiy Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kirdi.

Mo‘g‘uliston va Xorazmga yurishlar

Yusuf So‘fining takror xiyonati uchinchi yurishga sabab bo‘ldi. Yusuf So‘fi tomonidan sulh shartnomalarining buzilishi hamda uning chegaradosh yerlarga yurishlari to‘rtinchi yurishga ham sabab bo‘ldi. Yusuf So‘fi yana tinchlik sulhini imzoladi.

Xorazmning yangi hokimi Sulaymon So‘fi esa Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxon bilan birlashib, chegara yerlarga hujum uyushtirdi.

Bu Amir Temurni 1388-yili beshinchi bor yurish boshlashga majbur qildi. Sulaymon So‘fi mag‘lub bo‘lib, o‘lkadan qochdi. Amir Temur Gurganjni ishg‘ol qildi va so‘fiylar sulolasiga barham berdi. O‘sha yili oliy hukmdor sifatida Amir Temur nomiga xutba o‘qilib, tangalar zarb etildi.

Mo‘g‘uliston va Xorazmga yurishlar

Amir Temur qamal vaqtida vayron bo‘lgan hududlarni tiklash va obodonlashtirish topshirig‘ini berdi.

Amir Temur va piri Zayniddin Toyobodiy

Temurning Hirotga yurishidan bir-ikki yil muqaddam Malik G‘iyosiddin Pir Ali tomonidan Hirotning shahar devori yangidan baland qilib qurildi va bunga ko‘plab hasharchilar majburiy jalb etildi. Shunda Shayx Zayniddin Toyobodiy malikka maktub yo‘llab: “Parvardigori olam yuborgan baloni baland devor bilan to‘sa olmaysan, xalqqa ko‘p jabr qilma”, dedi. Bunga javoban G‘iyosiddin Pir Ali imomlar davlat ishlariga aralashmasin, deya unga qo‘pol ravishda javob qaytardi. Shundan so‘ng shayx “Malik ag‘darilsin, taxt turk Temurga tegsin!” deb duo qildi. Ko‘p o‘tmay Temur Hirotni egalladi va bu voqealarni sohibqironga yetkazishgach, uning shayxga ixlosi ortib, u bilan ko‘rishishga oshiqdi.

Amir Temur va piri Zayniddin Toyobodiy

1381-yili Amir Temur Shayx Zayniddin Toyobodiy bilan uchrashdi. Manbalarda aytilishicha, shayx Temurga pand-nasihat qilib, Hirotni zabt etganida odamlarni zo‘rlab olib ketmaslikni, shaharni vayron etmaslikni va aholiga zulm qilishga yo‘l qo‘ymaslikni tayinladi. Sohibqiron: “Nega Malikka shunday pand-nasihat qilmadingiz?” deb so‘radi. Shayx: “Malikka aytdim, lekin u quloq solmadi va sen undan ustun kelding. Endi senga ham nasihat qilyapman, agar quloq solmasang, sendan ham boshqa kishi ustun keladi”, deb javob berdi.

Shu tariqa, Shayx Zayniddin Toyobodiy Amir Temurning Sayyid Kulol, Sayyid Baraka kabi pirlaridan biriga aylandi.

Xuroson va Eronning egallanishi

Bu davrda Xurosonda kurdlar sulolasi hukmronlik qilar, sulolani Hirot hukmdori Malik G‘iyosiddin Pir Ali boshqarardi. 1380-yili Amir Temur uning huzuriga Hoji Sayfiddinni elchi qilib jo‘natdi. Elchi Hirot hukmdorini qurultoyga taklif etdi. Malik G‘iyosiddin elchini ushlab qolib, Amir Temurga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Bu paytda Amir Temurning o‘g‘li Mironshoh Mirzo boshchiligidagi 25 ming askardan iborat qo‘shin Balx, Shiburg‘on va Bodhizga yuborildi. Amir Temur farmoni bilan bu hududlar Mironshoh Mirzoga mulk sifatida berildi.

1381-yil fevralida Amir Temurning o‘zi Xurosonga yo‘l oldi. Hirot hukmdori inisi – Saraxs hokimi Malik Muhammad bilan o‘z kalitlarini Amir Temurga topshirdi. Yon-atrof qal’alardagi to‘qnashuvlar ham Amir Temur foydasiga hal bo‘ldi. Amir Temur asirga olingan 2000 nafar kishini ozod etishni buyurdi.

Xuroson va Eronning egallanishi

Amir Temurning harbiy yurishlari tarixda “uch yillik” (1386–1388), “besh yillik” (1392–

1396), “yetti yillik” (1399–1405) yurishlar deb nom olgan. Uch yillik yurish davrida Amir Temur Ozarbayjon, Mozandaron, G‘ilonni bo‘ysundirdi.

Shundan keyin u Kavkazga yurish boshlab, Tiflis, Arzirum va Van qal’alarini egalladi. 1388-yili Erondagi muzaffariylar sulolasi mulklari Amir Temur tomonidan o‘ziga tobelik bildirgan hukmdorlarga taqsimlandi. Amir Temur o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lgan shahar va qal’alarga ziyon yetkazmagan, harbiylar shaharga kirishiga yo‘l qo‘ymagan, u yerlarga faqat tovon puli yig‘uvchilarni (muhassillar) jo‘natgan. Isfahon aholisi Ko‘chakiy degan ig‘vogarning gapiga uchib, Amir Temurning viloyat muhofazasi uchun qoldirgan uch ming nafar askarini qirib tashladi. Bunday vaziyatda Amir Temur aybdorlarni qattiq jazoladi. Eronga qilingan besh yillik yurish natijasida muzaffariylar sulolasiga (1314–1393) barham berildi, uning so‘nggi hukmdori Shoh Mansur esa jangda halok bo‘ldi.

Xuroson va Eronning egallanishi

Egari

Mirzo Ulug‘bekning tug‘ilishi Mordin ahlini jazodan saqlab qolgan

Amir Temur 1394-yilning fevral oyida Mordin qal’asini egallashga jidd-u jahd qildi, bor imkoniyatlar sarf etildi. Shahar hokimi bo‘lgan Sulton Isoning tinchlik kelishuvini buzishi, shaharga kirmoqchi bo‘lgan askarlarining o‘ldirilishi Temurning g‘azabini keltirgan.

Shahar kuch bilan egallanib, qochib qutulgan aholi tog‘larga tarqab ketdi. Temur askarlari tog‘larda yoyilib, dushmanni ta’qib qila boshlagach, qal’a eli tavba-tazarru qilib, sovg‘alar chiqarib, mol va xiroj to‘lashni qabul qilib, tobelik izhor etdi.

Manbalarda

Mordin maliki Sulton Iso Temur huzuriga kelgan paytda lashkar ahlidan ko‘plari oldi-sotdi muomalasi bilan shaharga kirgan edilar, tartibsizlar... g‘alayon ko‘tarib, lashkarga hujum qilgan holda ularni o‘ldirishga kirishdi. Bu xabar Sohibqironga yetishi bilan Sulton Isoni huzuriga chaqirib, voqeaning tagiga yetdi. Ma’lum bo‘ldiki, u qal’adan chiqib ketayotgan paytda ukasi va o‘z tobelariga: “Agar men sizlarga ming marta maktub yozib, vositachilig-u xohish bildirsam ham, aslo iltifot qilmanglar, chunki men sizlar uchun, mamlakat uchun jonimni fido qilaman”, degan edi. Shundan keyin Amir Sohibqiron uni hibsga olishga buyruq berdi.

Tarix saboqlari

Shu asnoda Amir Temur huzuriga chopar kelib, Shohrux Mirzo xonadonida o‘g‘il tug‘ilgani va munajjimlar bu nabira kelajakda ham olim, ham hukmdor bo‘lishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazdi.

Sohibqiron xursandligidan Mordin qal’asi qamalini to‘xtatib, uning xalqiga yuklangan to‘lovni bekor qildi. Bu haqda muar rix Xondamir shunday yozadi: “Bu bashoratli xushxabar Mordin tashqarisida zafarli Sohibqironning sharafli qulog‘iga yetib keldi, g‘oyat quvonch va sevinchdan u qal’a aholisining gunohidan kechdi”. Uning o‘z nabirasiga Muhammad Tarag‘ay (keyinchalik, Ulug‘bek) deb ism qo‘yganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bog‘lash mumkin.

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Savollar: 1. Yozuvsiz xaritadan Amir Temurning harakatlar strategiyasini belgilang. 2. Xorazm bo‘ysundirilishining Turon davlati uchun qanday iqtisodiy afzalliklari bor edi? 3. Matn asosida Amir Temur shaxsiga tavsif bering. 4. Marsel Brionnnig “Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur” asaridan IX bob – “Janubiy Xurosonga yurish” (123–133 betlar)ni o‘qing. – Basharo‘y shahrida fuqarolik jamiyatiga oid qanday belgilar mavjud? Ularning ro‘yxatini tuzing. – Berilgan voqealarning bugungi kun bilan aloqadorligi nimada? – Basharo‘y shahrida nima Amir Temurni hayratga soldi? – To‘quvchilar nima uchun Amir Temurning hadyasini olmadi? – Amir Temur bu shaharga nima uchun “Dor ul-ulum val-omon” degan nom berdi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Amir Temur o‘g‘li Mirzo Umarshayx Bahodirni Farg‘ona hokimi etib qaysi yili tayinlagan?
  1. 1374-yili
  2. 1380-yili
  3. 1372-yili
  4. 1376-yili

To‘g‘ri javob: 1376-yili. 1376-yili Temur Umarshayx Bahodirni Farg‘ona hokimi etib tayinladi.

Amir Temur Movarounnahrni birlashtirish siyosatini qaysi asrning qaysi yillari boshida boshladi?
  1. XIII asrning 90-yillari boshida
  2. XIV asrning 40-yillari oxirida
  3. XIV asrning 70-yillari boshida
  4. XV asrning 10-yillari boshida

To‘g‘ri javob: XIV asrning 70-yillari boshida. Amir Temur birlashtirish siyosatini XIV asrning 70-yillari boshida boshlagan.

1376-yili Farg‘ona hokimi etib kim tayinlandi?
  1. Mirzo Umarshayx Bahodir
  2. Mirzo Mironshoh Bahodir
  3. Mirzo Jahongir Bahodir
  4. Mirzo Pirmuhammad Bahodir

To‘g‘ri javob: Mirzo Umarshayx Bahodir. Amir Temur 1376-yili o‘g‘li Umarshayx Bahodirni Farg‘ona hokimi etib tayinlagan.

Amir Temurning Oq O‘rda, Oltin O‘rda va Mo‘g‘uliston hokimlari bilan kurashidan asosiy maqsad nima edi?
  1. Hindiston va Xitoy boyliklarini qo‘lga kiritib, davlat xazinasini to‘ldirish
  2. Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab savdo karvonlari harakatini to‘liq to‘xtatib qo‘yish
  3. Eron va Kavkaz shaharlarini bo‘ysundirib, g‘arbiy chegaralarni kengaytirish
  4. mamlakat shimoliy qismlarini ko‘chmanchi to‘dalar hujumidan muhofaza etish

To‘g‘ri javob: mamlakat shimoliy qismlarini ko‘chmanchi to‘dalar hujumidan muhofaza etish. Kurashdan ko‘zlangan asosiy maqsad shimoliy qismlarni ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilish edi.

Amir Temurning Oq O‘rda, Oltin O‘rda va Mo‘g‘uliston hokimlariga qarshi olib borgan uzoq yillik kurashidan ko‘zlangan asosiy maqsad nima edi?
  1. Chig‘atoy ulusini qayta tiklab, uning xonini taxtga o‘tqazish hamda ulusning avvalgi chegaralarini to‘liq tiklash va saqlash
  2. Xurosonni egallash uchun shimoliy yo‘lni ochish va Eronga bostirib kirish uchun harbiy tayanch hamda ta’minot bazasi yaratish
  3. Movarounnahrdagi savdo yo‘llarini Hindistongacha kengaytirish va yangi bozorlarni qo‘lga kiritib, savdogarlarni himoya qilish
  4. Mamlakatning shimoliy qismini ko‘chmanchilar hujumidan muhofaza etish va Jo‘chi ulusi yerlarini zaiflashtirib, ta’sir doirasiga olish

To‘g‘ri javob: Mamlakatning shimoliy qismini ko‘chmanchilar hujumidan muhofaza etish va Jo‘chi ulusi yerlarini zaiflashtirib, ta’sir doirasiga olish. Kurashdan ko‘zlangan asosiy maqsad shimoliy hududlarni ko‘chmanchi to‘dalar hujumidan himoya qilish va Jo‘chi ulusi yerlarini zaiflashtirib, o‘z ta’sir doirasiga olish bo‘lgan.

Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: A. Amir Temurning Xurosonga yo‘l olishi (1381-yil fevral) B. Mordin qal’asining qamal qilinishi C. Xorazmga birinchi yurish D. Mirzo Umarshayxning Farg‘ona hokimi etib tayinlanishi
  1. D–C–A–B
  2. C–A–D–B
  3. C–D–B–A
  4. C–D–A–B

To‘g‘ri javob: C–D–A–B. Xorazmga yurish 1371-yilda, Umarshayx tayinlanishi 1376-yilda, Xurosonga yurish 1381-yilda, Mordin qamali esa 1394-yilda bo‘lgan.

Jo‘chi ulusining chap qanoti qaysi davlat edi?
  1. Oltin O‘rda
  2. Oq O‘rda
  3. Mo‘g‘uliston
  4. Chig‘atoy ulusi

To‘g‘ri javob: Oq O‘rda. Jo‘chi ulusi o‘ng qanot – Oltin O‘rda va chap qanot – Oq O‘rdadan iborat bo‘lgan.

Quyidagi hududlardan qaysi biri Oltin O‘rda tarkibiga kirgan?
  1. Farg‘ona vodiysi
  2. Shimoliy Kavkaz
  3. Sirdaryoning quyi oqimi
  4. Janubiy Xorazm

To‘g‘ri javob: Shimoliy Kavkaz. Oltin O‘rda tarkibiga Xorazmning shimoliy qismi, Shimoliy Kavkaz va Bulg‘or yerlari kirgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAmir Temur – Movarounnahr hukmdoriKeyingi →Amir Temurning davlat chegaralarini mustahkamlashi