Amir Temurning tashqi siyosati
Amir Temur va temuriylar davri
BUGUN DARSDA
- Amir Temurning Yevropa davlatlari bilan elchilik va diplomatik munosabatlari.
Manbalarda
... Uning adolati-yu siyosati o‘rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylaridangina emas, balki Xo‘tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atroflarigacha, Bobul Avbobdan to Misr va Rum hududigacha bo‘lgan yerlardan savdogarlar u yoqda tursin, bolalar-u beva xotinlar ham ipakli matolar, oltin-kumush va eng zarur tijorat mollarini keltirardilar va olib ketardilar. Hech bir kimsa ularning bir doniga ham ko‘z olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham zarar yetkazmaydi. Bu cheksiz ne’mat va poyonsiz marhamatlar Amir Sohibqironning siyosati va adolati natijasidandir.
O‘ylab ko‘ring
Amir Temurning Yevropa davlatlari bilan
XIV asrning oxiri va XV asrning boshida butun dunyo dadil qadamlar bilan olg‘a ketishida Amir Temurning qahramonona faoliyati hal qiluvchi o‘rinni egalladi. XV asrda “dunyo” tushunchasi hozirgiday keng va katta emas edi.
U paytda hali har ikki Amerika qit’asi, Avstraliya, Markaziy Afrika, Okeaniya orollari kashf etilmagan edi. U zamonning odamlari dunyo deganda Yevropani, Osiyoni va Afrikaning shimolidagi Misr kabi mamlakatlarni nazarda tutar edilar.
O‘ylab ko‘ring
O‘sha davr nuqtayi nazaridan qaraganda, Amir Temur Yevropa va Osiyoning eng katta qismini egallab olgan Chingizxon imperiyasining jabr-u zulmidan avvalo o‘z Vatanini, so‘ng Xuroson, Eron, Iroq, Ozarbayjon, Armaniston, Rossiya kabi mamlakatlarni xalos qilgani chindan ham uning XV asr taqdirini ijobiy tomonga qarab o‘zgartira olgan ulug‘ siymo bo‘lganini ko‘rsatadi.
Buning ustiga Bolqon va boshqa Yevropa mamlakatlarini Yildirim Boyazid tajovuzidan qutqargani uning XV asr taqdirini hal qilgan daho inson bo‘lganini yana bir bor isbot etadi.
Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga yozgan xatida quyidagi mulohazalarni bildiradi: “Siz o‘z savdogarlaringizni mening saltanatimga yuboring, biz ularni iliq qarshi olib, izzat-ikrom ko‘rsatamiz. Biz ham o‘z savdogarlarimizni sizning yurtingizga yo‘llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko‘rsating, ularga ortiqcha tazyiqlar qilinishiga yo‘l qo‘ymang. Sizga bundan bo‘lak talabim yo‘q. Zero, dunyo savdo ahli ila obod bo‘lajak!”
O‘ylab ko‘ring
Tarix saboqlari
Amir Temur Fransiya va Ispaniyaga o‘z elchilarini yuborib, ular bilan yaxshi aloqa o‘rnatdi, savdo-sotiqni yo‘lga qo‘yish, Yevropadan Eron va Markaziy Osiyo orqali Xitoy va Hindistongacha boradigan Ipak yo‘lini qayta tiklash to‘g‘risida kelishib oldi. Ammo bu rejaning amalga oshishiga Yildirim Boyazidning bosqinchiliklari katta g‘ov bo‘lib turar edi.
Amir Temur Boyazid ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, Turkiyani o‘z mustam lakasiga aylantirmadi. Bu mamlakatga o‘z o‘g‘il va nabiralaridan birortasini podsho yoki hokim qilib qo‘ymadi. Turkiya boshqaruvini Usmoniylar sulolasi ixtiyorida qoldiradi. Ammo siyosat tubdan o‘zgardi.
Tarix saboqlari
Usmoniylarning Amir Temur tayin etgan yangi hukmdorlari Yevropa mamlakatlariga qarshi diniy g‘azotni to‘xtatdilar. Nikopolda asir tushgan salib yurishi ishtirokchilari ozod qilindi. Eng muhimi – Konstantinopol shahri va Bosfor bo‘g‘ozining turklar tomonidan qamal qilinishi ellik yilga to‘xtadi. Shu tarzda G‘arb bilan Sharq yarim asrga bo‘lsa ham o‘zaro adovatni to‘xtatib, adolat va hamkorlik yo‘liga kirdi.
Tyudorlar 1485-1603
Buyuk ipak yo‘li qayta tiklana boshladi. Amir Temurning Anqarada erishgan g‘alabasi butun dunyoni qoyil qoldirdi. Angliya, Fransiya, Ispaniya qirollari uni bu mislsiz g‘alaba bilan qayta-qayta tabrikladilar. Shu g‘alaba natijasida Amir Temurni “Yevropaning xaloskori” deb ulug‘laydigan odamlar paydo bo‘ldi. Ular hatto Amir Temurga oltindan kichik haykal yasab, uni shu ajoyib so‘zlar bilan bezaganlari hujjat sifatida bizgacha yetib kelgan.
Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va
Valualar 1328- 1589
Genrix IV nomlariga maktublar yo‘lladi. Elchilar Parijga 1403-yil may oyida yetib bordi.
Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlarini ta’minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo‘lsa, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etdi. Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15-iyunda Amir Temurga yo‘llagan javob maktubidan ma’lum bo‘lishicha, Amir Temur takliflarini Fransiya tomoni mamnuniyat bilan qabul qilgan.
Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borgan diplomatik munosabatlarida g‘arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. G‘arbiy Eron, Iroq, Ozarbayjon, Armanistonni o‘z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh Amir Temur keksayib qolgan davrda G‘arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etdi.
Manbalarda
Fransuz olimi Lyusen Keren quyidagi e’tiborga loyiq bir faktni keltiradi: “Yaqinda Jerar Valter va Marsel Brion Amir Temurni o‘zlarining “Asrlar yodgorligi” asarlariga qahramon qilib tanlashdi va Sohibqironni “XV asr taqdirini hal qilgan inson” deb atashdi”.
Tarix saboqlari
Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o‘zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida nasroniy ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G‘arbda Mironshoh tez orada “katolik oqimining homiysi” sifatida shuhrat qozondi.
Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib qolgan edi. 1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Amir Temur va Boyazidning kuch-qudrati, boyligi va qo‘shinining sonini bilish hamda ular qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma’lumotlar to‘plash topshiriladi.
Tarix saboqlari
Sharq va G‘arb davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir Temur to monidan qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus maktub va in’omlar bilan kuzatiladi. Ularga qo‘shib Amir Temur Muhammadqozi ismli o‘z vakilini Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Genrix III Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliqlardan biri etib tayinlanadi. Ispaniya elchilari 1404-yilda Samarqandda tantanavor qabul qilinib, hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi.
Amir Temurning Xitoy tomonga yurishi munosabati bilan boshqa ko‘pgina davlatlarning elchilari kabi Ispaniya elchilari ham Samarqanddan jo‘natib yuboriladi.
Tarix saboqlari
Klavixoning safar taassurotlari keyinchalik “Buyuk Temur tarixi”, “Temur qarorgohi” va “Samarqandga sayohat kundaligi” nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilindi.
Tarix saboqlari
Amir Temur o‘z davlati poytaxti Samarqand atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Chunki Samarqand kattaligi, go‘zalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog‘i lozim edi.
Samarqand tashqi savdoda ham katta o‘rin tutgan. Samarqandga turli mamlakatlardan, xususan, Xurosondan ma’danlar, Hind va Sinddan yoqut, olmos, Xitoydan atlas, choy, mushk va boshqa mollar, boshqa mamlakat lardan oltin va kumush olib kelinardi. Klavixo Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik savdo karvoni kelganini o‘z kundaligida qayd etgan. Bu davrda Amir Temur va uning mahalliy noiblari Xitoy va Hindistondan O‘rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga boradigan xalqaro savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘lida savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar ko‘rganlar. Sharq bilan G‘arb o‘rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalari kengaydi. Bu esa Amir Temur davlatining tashqi iqtisodiy va elchilik aloqalarining barqarorligiga olib keldi.
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
BUGUN DARSDA
- Amir Temurning harbiy strategiyasi. • Amir Temurning harbiy siyosati. • Qo‘shin yig‘ilishi va uning ta’minoti. • Qo‘shin tarkibi. • Qurol-aslahalar. • Mudofaa inshootlari.
Manbalarda
Buyuk lashkarboshi va harbiy tashkilotchi sifatida Temurbek o‘ta intizomli armiya tuzishga, jang chog‘ida qo‘shin qismlarini san’atkorona boshqarishga, jang taqdiri hal bo‘ladigan joylarga harbiy kuchlarni o‘z vaqtida ustalik bilan yo‘llashga, har qanday to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan bosib o‘tishga, armiyadagi jangovar ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar bo‘ldi.
O‘ylab ko‘ring
Tarix saboqlari
Amir Temurning harbiy strategiyasi Amir Temur qo‘shinida qat’iy tartib va intizom o‘rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va barcha qismlar uchun yo‘l-yo‘riqlarni uning o‘zi ishlab chiqardi. Qo‘shinning yuragi va qo‘mondonlik o‘zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etardi.
Aksariyat hollarda masalani tinchlik yo‘li bilan yechishga harakat qilgan.
Muhim sanalar
- 1402-yil — Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va
- 1402-yilning — 1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi.
- 1403-yil — Elchilar Parijga 1403-yil may oyida yetib bordi.
- 1403-yil — Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15-iyunda Amir Temurga yo‘llagan javob maktubidan ma’lum bo‘lishicha, Amir Temur takliflarini Fransiya tomoni mamnuniyat bilan qabul qilgan.
- 1404-yilda — Ispaniya elchilari 1404-yilda Samarqandda tantanavor qabul qilinib, hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi.
- XIV asrning — XIV asrning oxiri va XV asrning boshida butun dunyo dadil qadamlar bilan olg‘a ketishida Amir Temurning qahramonona faoliyati hal qiluvchi o‘rinni egalladi.
- XV asrning — XIV asrning oxiri va XV asrning boshida butun dunyo dadil qadamlar bilan olg‘a ketishida Amir Temurning qahramonona faoliyati hal qiluvchi o‘rinni egalladi.
- XV asrda — XV asrda “dunyo” tushunchasi hozirgiday keng va katta emas edi.
- XV asr — O‘sha davr nuqtayi nazaridan qaraganda, Amir Temur Yevropa va Osiyoning eng katta qismini egallab olgan Chingizxon imperiyasining jabr-u zulmidan avvalo o‘z Vatanini, so‘ng Xuroson, Eron, Iroq, Ozarbayjon, Armaniston,…
- XV asr — Buning ustiga Bolqon va boshqa Yevropa mamlakatlarini Yildirim Boyazid tajovuzidan qutqargani uning XV asr taqdirini hal qilgan daho inson bo‘lganini yana bir bor isbot etadi.
Bilimingizni sinang
Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga yozgan xatida dunyo nima bilan obod bo‘lajagini ta’kidlagan?
- Harbiy kuch bilan
- Dehqonchilik bilan
- Diniy birlik bilan
- Savdo ahli bilan
To‘g‘ri javob: Savdo ahli bilan. Xatda “dunyo savdo ahli ila obod bo‘lajak” deb yozilgan.
Amir Temurning Fransiya qiroliga yozgan xatidagi «Dunyo savdo ahli ila obod bo‘lajak!» fikri uning tashqi siyosati haqida nimani anglatadi?
- U Yevropa bilan faqat harbiy ittifoq tuzishni ko‘zlab, savdo aloqalariga e’tibor bermagan
- U savdo aloqalari va savdogarlar daxlsizligini davlatlar obodligining asosi deb bilgan
- U Yevropa savdogarlarini o‘z mamlakatiga kiritmaslikni maqsad qilib, chegaralarni yopgan
- U savdoni faqat Xitoy bilan cheklashni afzal ko‘rib, Yevropa bilan aloqani rad etgan
To‘g‘ri javob: U savdo aloqalari va savdogarlar daxlsizligini davlatlar obodligining asosi deb bilgan. Temur savdogarlarning o‘zaro hurmat va daxlsizligini talab qilib, dunyo savdo ahli bilan obod bo‘ladi, degan fikrni ilgari surgan.
Amir Temur Fransiya va Ispaniya bilan qaysi savdo yo‘lini qayta tiklash to‘g‘risida kelishib olgan?
- Shoh yo‘lini
- Ipak yo‘lini
- Ziravorlar yo‘lini
- Qirollik yo‘lini
To‘g‘ri javob: Ipak yo‘lini. Yevropadan Eron va Markaziy Osiyo orqali Xitoy va Hindistongacha boradigan Ipak yo‘lini qayta tiklash kelishilgan.
Amir Temurning Yevropa bilan savdo-sotiq va Ipak yo‘lini tiklash rejasi amalga oshishiga nima g‘ov bo‘lgan?
- Yildirim Boyazidning bosqinchiliklari
- Amir Temurning Hindistonga yurishi
- Fransiya va Ispaniya qirollarining norozi bo‘lishi
- Samarqanddagi qo‘zg‘olon
To‘g‘ri javob: Yildirim Boyazidning bosqinchiliklari. Reja amalga oshishiga Yildirim Boyazidning bosqinchiliklari katta g‘ov edi.
Boyazid ustidan g‘alabadan so‘ng Amir Temur Turkiya boshqaruvini qaysi sulola ixtiyorida qoldirgan?
- Chingiziylar sulolasi
- Temuriylar sulolasi
- Usmoniylar sulolasi
- Valualar sulolasi
To‘g‘ri javob: Usmoniylar sulolasi. Turkiya boshqaruvi Usmoniylar sulolasi ixtiyorida qoldirilgan.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Amir Temur Turkiyani o‘z mustamlakasiga aylantirib, o‘g‘lini hokim qilib qo‘ygan
- Boyazid mag‘lubiyatidan so‘ng Usmoniylar sulolasi tugatilgan
- Amir Temur Turkiyaga o‘z o‘g‘il va nabiralaridan birortasini hokim qilib qo‘ymagan
- Anqaradagi g‘alabadan so‘ng Konstantinopol qamali kuchaygan
To‘g‘ri javob: Amir Temur Turkiyaga o‘z o‘g‘il va nabiralaridan birortasini hokim qilib qo‘ymagan. Temur Turkiyaga o‘z o‘g‘il yoki nabiralaridan birortasini podsho yoki hokim qilib qo‘ymagan.
Amir Temur Yevropa davlatlari bilan Ipak yo‘lini qayta tiklash rejasini amalga oshirishga nima to‘sqinlik qilgan?
- Fransiya va Ispaniya qirollarining savdogarlarga ruxsat bermasligi
- Xitoy va Hindiston bilan aloqalarning uzilib qolishi
- Mironshoh va Amir Temur o‘rtasidagi kelishmovchilik
- Yildirim Boyazidning bosqinchiliklari
To‘g‘ri javob: Yildirim Boyazidning bosqinchiliklari. Temur Yevropadan Xitoy va Hindistongacha Ipak yo‘lini tiklash haqida kelishgan, ammo bu rejaga Yildirim Boyazid bosqinchiliklari katta g‘ov bo‘lgan.
Amir Temurning Boyazid ustidan g‘alabasidan keyingi siyosati haqidagi quyidagi hukmlardan qaysi biri NOTO‘G‘RI?
- U Turkiyani o‘z mustamlakasiga aylantirmagan
- Turkiya boshqaruvi Usmoniylar sulolasi ixtiyorida qoldirilgan
- Usmoniylarning yangi hukmdorlari Yevropaga qarshi diniy g‘azotni to‘xtatgan
- Temur Turkiya taxtiga o‘z o‘g‘il yoki nabirasini hukmdor qilib o‘tqazgan
To‘g‘ri javob: Temur Turkiya taxtiga o‘z o‘g‘il yoki nabirasini hukmdor qilib o‘tqazgan. Temur Turkiyaga o‘z o‘g‘il va nabiralaridan birortasini podsho yoki hokim qilib qo‘ymagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash