XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · O‘zbekiston tarixi · 14-mavzu

Amir Temur davlatida qo‘shin tuzilishi

Amir Temur va temuriylar davri

BUGUN DARSDA

Manbalarda

Buyuk lashkarboshi va harbiy tashkilotchi sifatida Temurbek o‘ta intizomli armiya tuzishga, jang chog‘ida qo‘shin qismlarini san’atkorona boshqarishga, jang taqdiri hal bo‘ladigan joylarga harbiy kuchlarni o‘z vaqtida ustalik bilan yo‘llashga, har qanday to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan bosib o‘tishga, armiyadagi jangovar ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar bo‘ldi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Yuqoridagi matndan Sohibqironning strategiyasi nimalarga asoslanganini tushuntiring. 2. Harbiy strategiya deganda nimani tushunasiz? Strategiya nima uchun kerak?

Tarix saboqlari

Amir Temurning harbiy strategiyasi Amir Temur qo‘shinida qat’iy tartib va intizom o‘rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va barcha qismlar uchun yo‘l-yo‘riqlarni uning o‘zi ishlab chiqardi. Qo‘shinning yuragi va qo‘mondonlik o‘zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etardi.

Aksariyat hollarda masalani tinchlik yo‘li bilan yechishga harakat qilgan.

Amir Temur davlat xavfsizligi tizimini ishlab chiqib, uni amaliyotga tatbiq etadi. Sohibqiron o‘zga davlatlarga savdogar, shayx, darvish va boshqalar niqobi ostida o‘z ayg‘oqchilarini ham yuborib, tegishli ma’lumotlarni to‘plab olgan.

Amir Temur o‘z qo‘shiniga shahar va qishloqlarni talon-toroj qilishga izn bermagan.

Tarix saboqlari

Ayg‘oqchilar olib kelgan ma’lumotlar yopiq (maxfiy) majlislarda muhokama etilgan. Har bir joyda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilingan, mas’ul shaxslar har qanday vaziyatda ham xavfsizlikni saqlashga tayyor bo‘lib turganlar.

Amir Temur saroy va devonni qo‘riqlash xizmatiga birinchi galda e’tibor bilan qarab, o‘n ikki ming askar urush va tinchlik bo‘lishidan qat’i nazar, uni to‘rt tomonlama qo‘riqlab turgan. Har kecha esa ming nafar qurolli askar soqchilikni amalga oshirgan. Har yuz soqchi ustidan bir yuzboshi mas’ul etib qo‘yilgan. Bunday qo‘riqchi soqchilar shahar va qishloqlarga, chegara postlariga, muhim karvon yo‘llariga ham qo‘yilgan. Urush vaqtida esa o‘n ikki ming qurollangan otliq o‘z boshliqlari (amirlar, mingboshilar, o‘nboshilar) rahbarligida to‘rt qismga bo‘linib, o‘ng (barong‘or), chap (javong‘or), saroyning oldi va orqa qismlariga joylashtirilganlar.

Tarix saboqlari

1. Hirovul (avangard).

7. Tug‘chi qism.

2 va 6. Qanbullar.

8. Izofa (zaxira).

3. Javong‘or (chap).

4. Qalb (markaz).

5. Barong‘or (o‘ng).

Amir Temur qo‘shini yasol tartibi

Manbalarda

Hali bironta ham xalq qo‘shinini to‘g‘ri saflashni bilmay, tartibsiz va taktik harakatlarsiz, faqat o‘zidagi jasorat darajasi bilan uzuq-yuluq jang qilayotgan bir paytda Temurning to‘g‘ri saflangan, bir necha yo‘nalishda muntazam tartib bilan jangga kiruvchi, kuchli zaxiraga ega mustahkam armiyasi bor edi. M. Ivanin, XIX asr rus harbiy tarixchisi

Amir Temurning harbiy siyosati

Amir Temur harbiy siyosatining asosiy maqsadi mamlakatni ichki va tashqi xavfdan himoya etish, xalqaro maydondagi parokandalik va beqarorlikning oldini olish, hududda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, geosiyosiy maydondagi vaziyatni to‘la nazoratga olish hisoblangan. Amir Temur kuchli markazlashgan davlat barpo etgach, avvalo uning harbiy salohiyatini kuchaytirishga katta ahamiyat berdi. U qo‘shin tuzilishiga alohida e’tibor qaratib, uning tarkibiy joylashuvi, taktik usullariga yangiliklar kiritishga harakat qildi. U Turon tarixida ilk bora o‘z qo‘shiniga o‘tochar qurol, ya’ni to‘p – ra’dni olib kirdi. Tog‘li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus harbiy qo‘shinni ham tashkil qildi.

Amir Temurning harbiy siyosati

Amir Temur jahon harbiy san’ati tarixida birinchi bo‘lib qo‘shinni jang maydonida yetti ta qo‘l (korpus)ga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy qildi. Amir Temur qo‘shini Chingizxon qo‘shinidagi kabi o‘nlik, yuzlik, minglik va o‘n minglik (tuman) qismlarga bo‘lingan.

Qo‘shinni bu tariqa bo‘lishdan ko‘zlangan maqsad boshqaruvni osonlashtirish, tezkor harakatni ta’minlash, tartib-intizomga qat’iy rioya etish va uni kuchaytirish, zarur vaqtda esa darhol qo‘shin safini tuzish hisoblangan.

Amir Temur qo‘shinning tezlik bilan saflanish mexanizmini ham ishlab chiqqan. Qo‘shinga jang sir-asrorini yaxshi biladigan, mard, dovyurak va sadoqatli 313 nafar amir rahbar etib tayinlangan. Ularning har biri o‘rinbosarga ega bo‘lgan. Agar amir urush vaqtida halok bo‘lsa, uning o‘rnini darhol o‘rinbosari egallashi kerak bo‘lgan.

Tarixiy atamalarni eslab qoling

Harbiy strategiya – harbiy san’atning eng oliy sohasi. Mamlakat va qurolli kuchlarni urushga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti, urushni rejalashtirish va olib borish masalalarini o‘z ichiga oladi, urush qonuniyatlarini tadqiq qiladi, strategik operatsiyalarni tayyorlash va o‘tkazish usullari hamda shakllarini ishlab chiqadi, front, flot va armiyalarning maqsad va vazifalarini belgilab beradi, kuchlarni harbiy harakatlar maydonlari va strategik yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlaydi. Harbiy strategiya – davlat siyosati bilan uzviy bog‘liq tushuncha.

Qo‘shin yig‘ilishi va uning ta’minoti

Amir Temur qo‘shin yig‘ish ishlariga alohida e’tibor bilan qaragan. Ma’lum jismoniy va harbiy yuklamalarni bajara olgan yigitlar qo‘shin safiga jalb etilgan.

Tunkal – hukmdorning qo‘shin to‘plashga qaratilgan maxsus buyrug‘i (farmoni).

Harbiy yurish oldidan chaqirilgan mashvaratdan so‘ng tunkal e’lon qilingan.

Tunkal tegishli joylarga bosh qo‘mondonning yordamchisi – tavochi tomonidan tezlik bilan yetkazilgan. Tavochining zimmasiga askar jam etishdan tashqari, qo‘shin qismlarining qarorgoh yoki safardagi o‘rni, jangovar tartib hamda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi. Tunkalga ko‘ra, viloyat hokimlari, tegishli hudud beklari, qal’a, qo‘rg‘on dorug‘alari Amir Temur tomonidan tuzilgan ro‘yxat asosida o‘z jangchilari, zarur ot-ulovi, qurol-yarog‘i, oziq-ovqati, yem-xashagi bilan belgilangan joyga o‘z vaqtida yetib kelishi shart bo‘lgan.

Qo‘shin yig‘ilishi va uning ta’minoti

bo‘lishgan. Jasorati uchun o‘nboshiga shahar hokimligi, yuzboshiga biror hudud berilgan. Qaysi bir amir dushman hukmdori yoxud shahzodasini yenggudek bo‘lsa, unga ham shunday hurmat ko‘rsatilib, uning xizmatiga ulus va chegara viloyatlaridan biri berilgan. Mukofot tariqasida ba’zida amirlarga biron-bir hudud 3 yilga yoki boshqa bir muddatga in’om etilgan.

“Tuzuklar”da harbiylarga qo‘shinga maosh berish tartibi ham ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, harbiylar ta’minoti qat’iy belgilangan bo‘lishi va ularda hech qanday muhtojlik sezilmasligi lozim bo‘lgan. Oddiy sipohiyga (o‘z vazifasini yaxshi uddalashi sharti bilan) beriladigan maosh u mingan otning bahosida bo‘lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to‘rt ot bahosigacha tayin etilgan. O‘nboshilar maoshi oddiy sipohiydan o‘n barobar ortiq bo‘lgan. Yuzboshilar maoshi o‘nboshilarga qaraganda ikki baravar, mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch baravar ortiq bo‘lishi lozim edi.

Qo‘shin yig‘ilishi va uning ta’minoti

Belgilangan vaqtda lashkargohga yetib kelgan askarlar qat’iy tartib va intizom bilan o‘z o‘rinlarini egallagan hamda yurish oldidan o‘tkazilajak an’anaviy harbiy ko‘rikka tayyorgarlik ko‘rgan. Ular kirim-chiqim daftariga, shuningdek, davlat maoshi – ulufa, oziq-ovqat, yem-xashak oluvchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Qo‘shin bilan birga yurishda kerak bo‘luvchi novvoy, qassob, go‘sht bilan savdo qiluvchilar, arpa va meva-cheva sotuvchilar ham ko‘chib yurishgan. Ko‘plab kasb-hunar egalari askarlarga xizmat ko‘rsatishgan.

20 ta 60 ta

Agar qaysidir oddiy askar qilich chopib, bahodirlik ko‘rsatsa, unga in’om tarzida qimmatli toshlar qadalgan kamar, qilich va ot berilib, u o‘nboshilik martabasiga ko‘tarilgan. Agar qaysidir amir biron mamlakatni egallasa yoki dushman lashkarini yengsa, u uchta narsa bilan taqdirlangan: 1) faxrli nisba (faxriy nom); 2) tug‘; 3) nog‘ora. Bunday shaxslar “bahodir” deb nom olib, hurmat-e’tiborga sazovor

Agar sipohiylardan birortasi urush vaqtida xatoga yo‘l qo‘ysa, uning maoshi o‘ndan birga kamaytirilgan. Amir ul-umaroning maoshi o‘z qo‘l ostidagilarnikidan o‘n baravar ortiq bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Sipohiylarning har biriga maosh olish yorlig‘i topshirilib, ularga berilgan mablag‘ miqdori shu yorliqning orqasiga yozib qo‘yilgan. Jangda olingan o‘lja esa odatda ikki qismga: hukmdor xazinasi va lashkar orasida bo‘lingan.

Qo‘shin tarkibi

Amir Temurning qo‘shinida turli tillarda so‘zlashuvchi qavmlar bemalol xizmat qila olgan. Shuningdek, qo‘shinning asosiy qismini turkiy urug‘ vakillari tashkil etgan. Barlos, jaloyir, qavchin kabi urug‘ vakillari asosiy qo‘mondonlar bo‘lgan. Qo‘shinda har qanday diniy, irqiy kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmagan. Amir Temur qo‘shinida ayollardan tuzilgan bo‘linmalar ham bo‘lib, ular erkaklar bilan bir qatorda jangga kirganlar. Amir Temur tuzgan qo‘shin muntazam armiyaga xos bo‘lgan. Qo‘shin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, o‘z zamonasining ilg‘or qurol-yarog‘i bilan qurollangan, aynan bir turdagi aslaha-anjom bilan ta’minlangan qismlar bir-biridan kiyim-boshi, tutgan bayroq yoki tug‘i orqali farqlangan. Bir turdagi askariy kiyimlarning joriy etilishi kabi yangiliklar keyinchalik yevropaliklar tomonidan o‘zlashtirildi. Og‘ir qurollangan otliq qo‘shin ning vazifasi dushmanga hal qiluvchi zarbani berishdan iborat edi.

Qo‘shin tarkibi

Og‘ir qurollangan suvoriylarning katta qismini sara otliq qo‘shinlar tashkil etgan. Shuningdek, asosiy jangovar bo‘linmalardan tashqari quyidagi yordamchi qismlar ham mavjud edi:

Mirshab

Harbiy unvonlar

Manbalarda

Temur lashkarlari orasida ayollar ham bo‘lib, ular dushman bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda matonat ko‘rsatardilar. Nayza sanchish, qilich o‘ynatish va kamondan mo‘ljalga olishda mohir erkaklardan ko‘ra ortiqroq ish qilardilar.

Qurol-aslahalar

Harbiy yurish vaqtida oddiy askarlardan har o‘n sakkiz kishi o‘zi bilan bir chodir olishi, har bir askarda 2 nafar ot, bir kamon, bir o‘qdon, bitta qilich, arra, bigiz, bir qop, juvoldiz, tesha, bolta, o‘nta igna, charm xalta olishi shart bo‘lgan. Bahodirlardan esa har besh nafari bitta chodir olib, ularning har biri bitta javshan (temir sovut), dubulg‘a, bir qilich, sadoq (o‘qdon), yoy va ot olishi kerak bo‘lgan.

O‘nboshilardan har biri o‘zi bilan birga bitta chodir, sovut, qilich, sadoq, o‘q-yoy, beshta ot olgan. Yuzboshilardan har birida bitta chodir, o‘nta ot, qilich, sadoq, o‘q-yoy, gurzi, cho‘qmor, koskan (sim ro‘mol), zirh, baktar (harbiy kamzul) bo‘lishi zarur edi. Mingboshi o‘zi bilan bir chodir, bir soyabon, javshan (temir sovut), dubulg‘a, nayza, qilich, sadoq va o‘q-yoydan xohlaganicha olishi mumkin bo‘lgan. Piyodalar albatta bitta qilich, kamon, ko‘targanicha o‘q-yoy olishi shart bo‘lgan.

Qurol-aslahalar

Bunday qo‘shin ta’minoti to‘g‘ri va asosli ravishda tashkil etilgan bo‘lib, harbiylar orasida muvozanat va tezkorlik shakllanishiga xizmat qilar edi.

O‘rta Osiyoda ilk bor to‘p – ra’dlar Amir Temur qo‘shinida ishlatilgan. Uning snaryadi yerga tushib portlaganda mo maqaldiroqdek gumburlagan. To‘plarni Amir Temur ilk marta 1379-yili Urganch qamal qilingan vaqtda jang ga solgan. Bu XV–XVI asrlarda Movarounnahr, Xuro son va Eronda artilleriyaning boshqa turlari paydo bo‘lishiga turtki berdi. Ra’dlar dushmanning harbiy texnikasini yakson qilish, istehkomlarni to‘pga tutish, mudofaa inshootlarini vayron qilish kabi harbiy ishlarda faol qo‘llangan.

Qurol-aslahalar

XIV asrdan boshlab O‘rta Osiyoda o‘tochar qurollardan foydalanish boshlandi. Unga qadar mavjud bo‘lgan naftandoz, manjaniqlarning o‘rnini to‘plar egalladi.

O‘ylab ko‘ring

Quyida berilgan rasmdagi jang manzarasini diqqat bilan kuzating. Askarlarning qurollariga e’tibor bering. Otliq lashkarlarning kiyimlari va qurollari haqida fikr bildiring.

Ra’d arabchada “momaqaldiroq” ma’nosini bildiradi.

Mudofaa inshootlari

Amir Temur hokimiyatni qo‘lga olganidan so‘ng avvalo mudofaa inshootlari, istehkom devorlarini qayta qurish, mustahkamlash ishiga katta e’tibor berdi. Zahiriddin Muhammad Boburning ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand istehkom devori yaxlit, baland uchli burjlari bo‘lib, uzunligi 10 600 qadamni tashkil etgan. Keyinchalik istehkom devorlari ta’mirlanib, qalinligi 4,5 metr keladigan yangi devor qurilgan.

Ark yonida ikkita mudofaa minorasi ko‘tarilgan. Uning ichki darvozasi maxsus istehkomlar bilan mustahkamlangan. Ular devor buzuvchi moslamalar zarbiga ham chidaydigan darajada pishiq bo‘lgan. Devorlarning balandligi ularning qalinligiga qaraganda uch marta ko‘p bo‘lgan. Qo‘rxona (qurol-aslaha ombori) manzilgohida esa (u shahar janubida bo‘lgan) turli mamlakatlardan kelgan qurolsoz ustalar yashab, mehnat qilishgan. Qo‘shin jangchilari ham asosan shu mavzeda yashashgan.

Mudofaa inshootlari

Mustahkam mudofaa devorlari boshqa shahar va qo‘rg‘onlarda ham barpo etilgan edi. Xususan, 1392-yili Amir Temur o‘g‘li sharafiga Binokat o‘rnida qayta qurgan Shohruxiya qo‘rg‘oni mustahkam qal’alardan biri edi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Jang vaqtida qo‘shinni tezlik bilan boshqarishga diqqat-e’tiborni qaratish nima uchun kerak?

Tarix saboqlari

Napoleon armiyasining jangovar tartibida qo‘shin qanotlarini himoyalovchi qism bo‘lgan. Napoleon o‘z vaqtida Amir Temur qo‘shinining tuzilishi, jang olib borish yo‘l-yo‘riqlarini sinchiklab o‘rgangan, uning taktik usullarini o‘zlashtirgan ham.

Jang taktikalari

Amir Temur odatda lashkarboshi sifatida o‘z o‘g‘illaridan birini tayin etib, uning oldiga 2 nafar tajribali amir va boshqa harbiylarni qo‘ygan. U jang vaqtida qo‘shinni tezlik bilan boshqarishga katta e’tibor qaratgan. Sohibqiron o‘nlik, yuzlik, minglik, o‘n minglik qo‘mondonlarini tanlash ishiga shaxsan rahbarlik qilgan.

Lashkarboshilik salohiyatiga ega qo‘mondonlarning to‘g‘ri tanlangani va o‘z joyiga qo‘yilgani jang muvaffaqiyatli yakunlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Amir Temurning harbiy san’at taraqqiyotiga qo‘shgan katta his salaridan yana biri qo‘shin qanotlarini jang vaqtida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha, dushman kuchlarini yon tomonidan aylanib o‘tib, unga orqa tomondan zarba berishni joriy etishidir.

Jang taktikalari

Bunday mutlaqo yangi harbiy qism ilgari o‘tgan hech bir mashhur sarkarda (Aleksandr Makedonskiy, Buyuk Fridrix, Chingizxon va boshqalar) qo‘shinida bo‘lmagan.

Amir Temurning dushmanga qo‘qqisdan qaqshatqich zarba berish usuli ham shuhrat qozongan edi. Bunda dushman qarorgohi aniqlangach, Amir Temur unga tunda yaqinlashar, quyosh chiqayotgan vaqtda qo‘shin dushman ustiga qo‘qqisdan yopirilib borar edi. Safar tartibiga ko‘ra, har bir tumanbegi, mingbegi, yuzbegi, o‘nbegi o‘z darajasi, mavqei va safda egallagan o‘rniga qarab qism va bo‘linmalari bilan jangovar tartibda harakat qilgan.

Tartibni buzgan shaxs Temur tomonidan qattiq jazolangan. Qo‘shin dam olishga to‘xtaganda yoki janggohga tushganida lashkargoh atrofi bir-biriga zanjirband qilingan aravalar bilan mahkam o‘ralgan, shoxlar bilan to‘silgan, xandaqlar qazilib, o‘ziga xos mudofaa devori yaratilgan. Istehkom kecha-kunduz soqchi bo‘linmalar yordamida qo‘riqlab turilgan. Daryo bo‘yiga yetib kelgan qo‘shin kechuvdan qism-qism bo‘lib o‘tgan. Sersuv va seryomg‘ir paytda qayiqlar bir-biriga bog‘lanib, o‘ziga xos ko‘prik tayyorlangan.

Jang taktikalari

Yurish vaqtida parokandalikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida har bir bo‘linma, guruh, qismning o‘z paroli (o‘ron) bo‘lgan. Dushman qo‘shinini jangga chaqirish maqsadida Amir Temur o‘zini zaif qilib ko‘rsatar edi. Bu strategik hiyla (savqul jaysh) ko‘p hollarda samara berar edi. Dastlabki to‘qnashuv yengil razvedkachi suvoriylar (qorovul) tomonidan boshlab berilardi. Shundan so‘ng o‘ng va chap qanot ilg‘or qismlari madadida asosiy ilg‘or qism – manglay jangga kirgan. Manglay ortidan barong‘or hamda javong‘orning qolgan ikki bo‘lagi peshma-pesh harakat qilgan. Mabodo ushbu kuch dushmanni mag‘lub etishga kifoya qilmasa, u holda boshqa kuchlar – qo‘l (g‘ul) hal qiluvchi jangga tashlangan.

Jang taktikalari

Dushmanda qochish belgilari va mag‘lubiyat alomatlari ayon bo‘lib qolganda uni ta’qib etish uchun chapdast suvoriylardan tuzilgan quvg‘inchi tayin etilgan.

Amir Temur qo‘shinning jangovar holatini dasht va yaylovlarda imtihondan o‘tkazar edi. Hamma yig‘ilgach, qo‘shin turiga qarab (yoychilar, to‘pchilar, nayzadorlar va hokazo) ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik oxirida qo‘shin ortidan boruvchi og‘ir karvon – ug‘ruq ham nazoratdan o‘tkazilgan. Harbiy musiqachilar ijrosidagi jangovar kuylar ostida oliy bosh qo‘mondon ko‘rik o‘tkazgan. Safdagi jangchilar nayzalarini baland ko‘tarib, kuchli na’ra tortib, yurishga shay ekanliklarini bayon etgan.

Jang taktikalari

Amir Temur dushman hududiga o‘z ayg‘oqchilari (xabargir, josus)ni tez-tez jo‘natib, tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lganidan so‘nggina yurishni boshlagan. Ma’lumotlar ba’zan

Urush maydonini tanlashda to‘rt narsaga amal qilish lozim. Bular: – o‘sha yerning suvga uzoq-yaqinligi; – askar saqlaydigan yerning xavfsizligi; – dushman askari turgan yerdan teparoqda bo‘lish va quyoshga ro‘para bo‘lib qolmaslik; – urush maydoni oldi ochiq, keng joy bo‘lishi.

Manbalarda

Omadli jangchi, dunyoning yagona hukmdori, taktik va strategik bilimlarni uyg‘unlashtirgan zot.

F. Shlosser, “Umumjahon tarixi”

savdogarlar orqali ham olingan. Amir Temur chet el savdogarlariga ham homiylik qilib, ulardan turli ma’lumotlarni ola bilgan. Urush vaqtida bayroqlar harakati ham ishga solingan, bu dushmanni chalg‘itishga yordam bergan.

Amir Temur davlat harbiy tizimini san’at darajasiga olib chiqib, katta obro‘-e’tiborga sazovor bo‘ldi. Sohibqiron boshqa sarkarda lardan farqli ravishda qo‘shiniga o‘zi namuna ko‘rsatdi.

Amir Temur kontrrazvedkani ham ishga soldi. Sohibqiron harbiy san’atining yana bir o‘ziga xos jihati bor edi. U bir vaqtda bir necha yerga yurish boshlagani haqida ovozalar tarqatar, aslida esa uning qo‘shini boshqa joyda paydo bo‘lar edi.

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Savollar: 1. Amir Temurning harbiy salohiyati haqida esse yozing. 2. Amir Temur qo‘shinlari g‘alabasining siri nimada edi? 3. Amir Temur To‘xtamish bilan bo‘lgan jangda qanday strategik hiyla ishlatgan? 4. Amir Temur nima uchun lashkarboshilikka o‘zining farzandlarini qo‘ygan deb o‘ylaysiz? Bundan qanday maqsad ko‘zlangan? 5. Amir Temurning harbiy taktikalarini sanab bering.

BUGUN DARSDA

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Chig‘atoy ulusida davlat boshqaruvi qanday bo‘lgan edi? 2. Amir Temur ichki va tashqi siyosatda qanday tartiblar joriy etdi? 3. Amir Temur sarkardalarga qahramonliklari uchun qanday tortiqlar qilgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Amir Temur qo‘shinining yuragi va qo‘mondonlik o‘zagini qaysi urug‘ vakillari tashkil etgan?
  1. Jaloyir urug‘i
  2. Qavchin urug‘i
  3. Dug‘lat urug‘i
  4. Barlos urug‘i

To‘g‘ri javob: Barlos urug‘i. Qo‘shinning yuragi va qo‘mondonlik o‘zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etgan.

Amir Temur o‘zga davlatlarga ayg‘oqchilarini qanday niqob ostida yuborgan?
  1. Ochiq harbiy kiyimda, sarkarda sifatida
  2. Savdogar, shayx va darvish niqobi ostida
  3. Faqat elchi va tarjimon sifatida rasman
  4. Faqat shifokor va munajjim niqobi ostida

To‘g‘ri javob: Savdogar, shayx va darvish niqobi ostida. Ayg‘oqchilar savdogar, shayx, darvish va boshqalar niqobi ostida yuborilgan.

Amir Temur o‘z qo‘shiniga shahar va qishloqlarga nisbatan nimaga izn bermagan?
  1. Talon-toroj qilishga
  2. Qo‘rg‘onlarni ta’mirlashga
  3. Soliq yig‘ishga
  4. Karvon yo‘llarini qo‘riqlashga

To‘g‘ri javob: Talon-toroj qilishga. Qo‘shiniga shahar va qishloqlarni talon-toroj qilishga izn bermagan.

Quyidagi hukmlardan qaysi biri NOTO‘G‘RI?
  1. To‘p – ra’dni Amir Temur 1379-yilda Urganchni qamal qilganda ilk bor jangga solgan
  2. Qo‘shin boshiga 313 nafar amir tayinlangan va har biri o‘rinbosarga ega bo‘lgan
  3. Amir Temur o‘z qo‘shiniga shahar va qishloqlarni talon-toroj qilishga izn bergan
  4. Jangda olingan o‘lja odatda hukmdor xazinasi va lashkar orasida bo‘lingan

To‘g‘ri javob: Amir Temur o‘z qo‘shiniga shahar va qishloqlarni talon-toroj qilishga izn bergan. Amir Temur qo‘shiniga shahar va qishloqlarni talon-toroj qilishga izn bermagan; boshqa hukmlar matnga mos.

Saroy va devonni urush va tinchlikda to‘rt tomonlama qo‘riqlab turgan askarlar soni qancha edi?
  1. O‘n besh ming
  2. Yigirma ming
  3. O‘n ikki ming
  4. O‘n sakkiz ming

To‘g‘ri javob: O‘n ikki ming. O‘n ikki ming askar saroy va devonni qo‘riqlagan.

Saroy va devonni har kecha soqchilik qilgan qurolli askarlar soni qancha bo‘lgan?
  1. Ming nafar
  2. O‘n ikki ming nafar
  3. Yuz nafar
  4. Uch yuz o‘n uch nafar

To‘g‘ri javob: Ming nafar. Har kecha ming nafar qurolli askar soqchilik qilgan.

Har yuz soqchi ustidan kim mas’ul etib qo‘yilgan?
  1. Mingboshi
  2. O‘nboshi
  3. Yuzboshi
  4. Tumanbegi

To‘g‘ri javob: Yuzboshi. Har yuz soqchi ustidan bir yuzboshi mas’ul bo‘lgan.

Amir Temur saroyini har kecha ming nafar qurolli askar qo‘riqlagan va har yuz soqchi ustidan bir yuzboshi mas’ul qilib qo‘yilgan. Bir kechada soqchilikka nechta yuzboshi tayinlangan?
  1. 10 ta
  2. 12 ta
  3. 20 ta
  4. 100 ta

To‘g‘ri javob: 10 ta. Har yuz soqchiga bitta yuzboshi: 1000 : 100 = 10 ta.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAmir Temurning tashqi siyosatiKeyingi →Amir Temur davlatining boshqaruvi