XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · O‘zbekiston tarixi · 15-mavzu

Amir Temur davlatining boshqaruvi

Amir Temur va temuriylar davri

Amir Temur davlatining markaziy hokimiyat va boshqaruv organlari

Amir Temur davlatni idora qilishda adolat, qonun ustuvorligiga asoslanib ish ko‘rishga, fuqaro manfaatlarini ko‘zlab siyosat yuritishga alohida e’tibor berdi.

Amir Temur o‘z davlatini barpo qilishda o‘tmishda mavjud siyosiy boshqaruv tajribalaridan keng foydalandi. Mazkur davlat o‘z tuzilishiga ko‘ra ko‘pincha harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan.

Amir Temur butun hududda yagona markazlashgan siyosiy tartibga asos solgan va u quyidagi tamoyillarga amal qilgan:

Amir Temur davlatining markaziy hokimiyat va boshqaruv organlari

Temur muhim davlat ishlarini jamiyatning yuqori qatlami vakillaridan iborat majlis (kengash)da ko‘rib, hal qilgan. Bu majlisda kimlar ishtirok etishi va ularning taxtga nisbatan joylashishi, ya’ni saroyda o‘tirish va o‘rin olish tartibi ham belgilab qo‘yilgan.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Davlat va huquq asoslari fanidan olgan bilimlaringizga tayanib mustaqil davlat belgilarini eslang. 2. Amir Temurning markazlashgan siyosiy tartibga asoslangan mustaqil davlat tamoyillari sizga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddalarini eslatdi?

Tarix saboqlari

Amir Temur Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni tuzdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash ko‘li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod,

Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini tikladi.

Tarix saboqlari

Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi.

Amir Temur saltanatida markaziy boshqaruv organlari vazifasini devonbegi boshchiligidagi maxsus devonxona bajargan. Devonxonada quyidagi vazirlar bo‘lgan:

1) mamlakat va raiyat vaziri – mamlakatdagi muhim xo‘jalik va qurilish ishlarini, raiyat ahvoli va shu kabilarni kuzatib turgan;

2) sipoh vazirlari – sipohiylarning maoshlari va armiyaning holatidan xabardor bo‘lib, boshqarib turganlar;

3) davlat daromadlarini omonat saqlovchi vazir – egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvalarini, ularning o‘tloq-yaylovlarini boshqarib, bulardan yig‘ilgan daromadlarni omonat saqlagan;

Tarix saboqlari

4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir – butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlarini, xazina xarajatlarini nazorat qilib turgan.

Bundan tashqari, yana 3 vazirdan iborat davlat hay’ati (xolisa) tuzilib, u chegaradagi va egallab olingan mamlakatlardagi moliyaviy ishlarni, ulardan keladigan daromadlarni boshqarib turgan.

Yuqoridagi yettita vazir devonbegiga bo‘ysungan.

Devonbegi ushbu vazirlar bilan birgalikda davlatdagi muhim moliyaviy ishlarni boshqargan va vazirlar faoliyatini nazorat qilib turgan. Devonbegi yonida arkbegi ham bo‘lib, u turli rasmiy marosimlarni uyushtirgan va o‘tkazgan.

Boshqaruv ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo‘lgan.

Tarix saboqlari

Dargohni oliy hukmdor boshqargan. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar, mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog‘lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo‘lgan. Devonda harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat yuritgan. Bulardan tashqari, sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi yana uch vazir bo‘lib, ular devonbegiga hisobot berib turgan. Amir Temur mamlakatni boshqarishda o‘z yaqinlariga suyangan.

Mahalliy boshqaruv

Har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchilar tayinlangan. Ular hokimlar, raiyat, sipoh va lashkarlarning xatti-harakati haqida, atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, begona kishilar, qo‘shni davlatlar va boshqalar haqida xabar yetkazib turishlari lozim edi.

Har bir shahar va qishloqqa kutvol (qal’a boshlig‘i – komendant) tayinlanib, u sipoh-u raiyatga soqchilik qilishi va uni turli xil o‘g‘irliklardan himoyalashi lozim bo‘lgan.

Temur arzbegi mansabini ta’sis etgan. U sipoh, raiyat yoki ariza va shikoyat bilan kelganlarning ahvolini, mamlakat obodonchiligini, muhim ishlardan qaysi biri bitganini nazorat qilgan.

Mahalliy boshqaruv

Temur hokimiyati ostidagi o‘troq dehqon ommasi va shahar aholisini boshqarish viloyat darajasida voliylar, o‘lkalarda beklar, shaharlarda esa hokimlar tomonidan amalga oshirilgan.

Kentlar va qishloqlar tepasida arboblar turgan. Ularni viloyat va tumanning hokimlari tayinlagan.

Mahalliy hokimiyat boshliqlari soliq va o‘lponlar yig‘ishni, ularni davlat xazinasiga o‘z vaqtida yetkazishni nazorat qilgan.

Har bir viloyat, tuman va shaharlarda moliya ishlarini 3 ta vazir yuritgan: 1) xiroj miqdorini belgilash va uni yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi vazir; 2) soliqlardan tushgan mablag‘larni navkarlar o‘rtasida taqsimlovchi vazir; 3) egasiz mulklarni boshqaruvchi vazir. Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi ichida mahalliy hokimiyat tumanlar va uluslarning hokimlariga tegishli bo‘lgan.

Sud tizimi

Temur davlatida sud ishlarini qozilar amalga oshirgan. Sudlar ochiq ko‘rinishdagi toifaviy xarakterga ega bo‘lgan. Aholi uchun, qo‘shinlar uchun, dindorlar uchun va xizmatchilar uchun alohida sudlar (qozilar) mavjud bo‘lgan. Diniy martabadagi kishilarni shayxulislom sud qilgan.

Barcha sudlarda qozilarga fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha xulosalarni muftiy bergan. Sud jarayoni juda sodda va oddiy bo‘lgan.

Sud hokimiyati 3 xil ko‘rinishda edi: 1) ma’muriy sudlar; 2) shariat qozisi, ya’ni shariat talablariga asoslanib ish yurituvchi sudya; 3) ahdos qozisi – odat huquqi asosida ish ko‘ruvchi sudya.

U tortishuv xarakteriga ega bo‘lib, tomonlarning o‘zlari ayblovchi va oqlovchi ma’lumotlarni, hujjatlarni to‘plaganlar, guvohlarni keltirganlar.

Sud tizimi

“Temur tuzuklari”ga asosan, qozilar har kimni qilmishiga yarasha javobgarlikka tortishi, asosli qarorlar va hukmlar chiqarishi lozim edi. Tomonlar qozilarning hukmlari va qarorlaridan norozi bo‘lsa, faqat amirga shikoyat qilishlari mumkin edi. Amirning hukmi vojib bo‘lgan.

Temur davlatida muhtasiblar (arabcha, nazorat qiluvchilar) alohida mavqega ega edilar. Ular diniy marosimlar, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat olib borardilar.

Butun imperiya bo‘yicha odil sudlov holatiga qozikalon (oliy sudya) javob bergan. U raiyat qozilari faoliyatini nazorat qilgan. Davlatni boshqarish tartibiga qarshi qaratilgan hamda mansablarni suiiste’mol qilishga oid jinoyatlar bo‘yicha sud ishlarini yurituvchi maxsus organ – adolat devoni mavjud bo‘lgan.

Sud tizimi

Javobgarlikka tortishda va jazo berishda shaxsning ijtimoiy holatiga alohida e’tibor berilgan. Masalan, bosib olingan o‘lkalarni idora etuvchi taxt vorisi markaziy hokimiyatga bo‘ysunmasa, unga tan jazosi qo‘llanishi mumkin emas edi. Bunday holda uni tergov tugaguncha qamoqda (zindonda) saqlash va amirga ma’lum qilish kerak edi. Uning ustidan sudni amirning o‘zi olib borgan.

Temurning maxfiy josuslari bo‘lgan. Maxfiy harbiy qism vazifasini mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan chopqinchi, ming nafar chopar amalga oshirgan. Ular turli mamlakatlar va sarhadlarning xabarlarini, qo‘shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib, amirga yetkazib turgan.

Sud tizimi

Maxfiy harbiy qism bilan birga jazolovchi qism ham mavjud bo‘lgan. Masalan, har bir shahar va qishloqqa kutvol (qal’a komendanti) tayinlanib, u sipoh va raiyatga soqchilik qilgan, o‘g‘irlik va bosqinchiliklarning oldini olgan.

Bundan tashqari, yo‘llarga kuzatuvchilar va zobitlar tayinlangan, ular yo‘llarni qo‘riqlaganlar, o‘tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va jonlarini himoya qilganlar. Har bir shaharda qo‘rchilar (qo‘riqchilar, posbonlar) ham bo‘lib, ular aholini qo‘riqlab turganlar. Temur har bir mamlakatda mehnatga layoqatli gadolarni aniqlab, ularga vazifa yuklanishi va ish berilishi haqida farmon chiqargan.

Manbalarda

...Saltanatimning u chetidan bu chetigacha biror bolakay boshida bir lagan tilla ko‘tarib o‘tadigan bo‘lsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib-intizom o‘rnatdim.

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Savollar: 1. Amir Temur davlati boshqaruvi bo‘yicha infografika tayyorlang. 2. Amir Temur davridagi boshqaruv tizimini ungacha bo‘lgan Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar davlati boshqaruvi bilan taqqoslang. O‘ziga xos va o‘xshash jihatlarni aniqlang. 3. Sudlarning sohalarga bo‘linishini zamonaviy sud tizimi bilan solishtiring. Sudlar sohalarga bo‘linishi zarurmi? Fikringizni asoslang. 4. Amir Temur faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi birinchi qismi bilan solishtiring. Amir Temur o‘z fuqarolarining huquq va erkinliklari kafili bo‘lish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirgan?

109-modda 1-qismi 1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining, O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;

BUGUN DARSDA

Bilimingizni sinang

Amir Temur davlatni idora qilishda nimalarga asoslanib ish ko‘rishga alohida e’tibor berdi?
  1. Harbiy kuch va qat’iy jazoga
  2. Adolat va qonun ustuvorligiga
  3. Diniy rahbarlar fatvolariga
  4. Qabila urf-odatlari ustuvorligiga

To‘g‘ri javob: Adolat va qonun ustuvorligiga. Temur davlatni idora qilishda adolat va qonun ustuvorligiga asoslanishga e’tibor bergan.

Temur muhim davlat ishlarini qayerda ko‘rib, hal qilgan?
  1. Faqat devonxonadagi vazirlar va mirzalardan iborat yopiq yig‘inda
  2. Qurultoyda butun xalq va sipohiylar ishtirokida o‘tgan yig‘inda
  3. Sudyalar va qozilardan iborat sud majlisida (qozikalon huzurida)
  4. Jamiyat yuqori qatlami vakillaridan iborat majlisda (kengashda)

To‘g‘ri javob: Jamiyat yuqori qatlami vakillaridan iborat majlisda (kengashda). Temur muhim ishlarni yuqori qatlam vakillaridan iborat majlis (kengash)da hal qilgan.

Amir Temur saltanati Hindiston va Xitoydan qaysi dengizga qadar cho‘zilgan edi?
  1. Qora dengizga
  2. Kaspiy dengiziga
  3. O‘rta dengizga
  4. Arabiston dengiziga

To‘g‘ri javob: Qora dengizga. Saltanat Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘igacha cho‘zilgan.

Amir Temur bo‘ysundirilgan mamlakatlar shaharlaridan qaysilarini qayta qurdirgan?
  1. Damashq, Halab va Iskandariya
  2. Bag‘dod, Darband va Baylakon
  3. Isfaxon, Sheroz, Yazd va Qum
  4. Ray, Tabriz va Naxchivon

To‘g‘ri javob: Bag‘dod, Darband va Baylakon. Bag‘dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidan edi.

Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlikka barham berib, Temur nimani tikladi?
  1. Sharq va G‘arb o‘rtasidagi qadimiy dengiz savdo yo‘llarini
  2. Qadimiy ipak matolar ishlab chiqarish va uni eksport qilishni
  3. Shaharlar o‘rtasidagi qadimiy suv kanallari tarmog‘ini
  4. Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini

To‘g‘ri javob: Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini. Temur tarqoqlikka barham berib, Sharq va G‘arbni bog‘lovchi karvon yo‘llarini tiklagan.

Amir Temur saltanatida markaziy boshqaruv organlari vazifasini kim boshchiligidagi devonxona bajargan?
  1. Arkbegi
  2. Qozikalon
  3. Devonbegi
  4. Muhtasib

To‘g‘ri javob: Devonbegi. Markaziy boshqaruv vazifasini devonbegi boshchiligidagi maxsus devonxona bajargan.

Mamlakat va raiyat vaziri nima bilan shug‘ullangan?
  1. Muhim xo‘jalik va qurilish ishlari hamda raiyat ahvolini kuzatib turgan
  2. Sipohiylarning maoshlarini taqsimlab, qo‘shin ta’minoti ishlarini nazorat qilgan
  3. Zakot va bojlarni yig‘ib, ularni davlat xazinasida omonat saqlab turgan
  4. Rasmiy marosimlar va elchilar qabulini tashkil etib, saroy tartibini yuritgan

To‘g‘ri javob: Muhim xo‘jalik va qurilish ishlari hamda raiyat ahvolini kuzatib turgan. U mamlakatdagi muhim xo‘jalik va qurilish ishlarini hamda raiyat ahvolini kuzatib turgan.

Temurning Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlikka barham berib, karvon yo‘llarini tiklashi qanday oqibatga olib keldi?
  1. Movarounnahrning boshqa mamlakatlardan iqtisodiy ajralib qolishi va savdoning to‘xtashi
  2. Savdo yo‘llarining faqat harbiy maqsadlarda ishlatilishi va savdogarlarga to‘sqinlik qilinishi
  3. Bo‘ysundirilgan shaharlarning qayta qurilishdan to‘xtashi va aholining ko‘chib ketishi
  4. Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti hamda xalqlarning yaqinlashuvi

To‘g‘ri javob: Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti hamda xalqlarning yaqinlashuvi. Tiklangan yo‘llar Sharq va G‘arbni bog‘lab, iqtisodiy-madaniy taraqqiyotga hamda xalqlar yaqinlashuviga hissa qo‘shgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAmir Temur davlatida qo‘shin tuzilishiKeyingi →Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni