XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · O‘zbekiston tarixi · 16-mavzu

Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni

Amir Temur va temuriylar davri

BUGUN DARSDA

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Amir Temurning jahon tarixidagi o‘rni qanday? Fikringizni misollar bilan asoslang. 2. Nima uchun Amir Temurni “Yevropaning xaloskori” deb atashadi? 3. Jahon tarixida munosib o‘rin egallagan hukmdorlar va sarkardalardan kimlarni bilasiz? Ularning faoliyati Amir Temur faoliyatidan nimasi bilan farqlanadi?

Yevropa xalqlari Amir Temurdan minnatdor

Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi katta ijobiy natijalarga olib keldi. Mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarini, mo‘g‘ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida tanazzulga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda xo‘jalikning asosi bo‘lgan sug‘orma dehqonchilikda muayyan o‘sish ro‘y berdi.

Yangi-yangi kanallar qazilib, sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obod va gavjum bo‘ldi.

Yevropa xalqlari Amir Temurdan minnatdor

Rim papasi va Fransiya qiroli Karl VI ning elchisi Ioann Grinlo Amir Temur suhbatlarida ishtirok etgan, uning saltanatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va bu haqda asar yozgan yevropalik birinchi muallifdir. U 1401-yilning avgustida Amir Temur bilan uchrashdi.

1402-yilda jahonga, ayniqsa, Bolqon yarimoroli hamda Yevropadagi xalqlar va mamlakatlarga tahdid solgan Usmonli sultoni Boyazid I Yildirim tor-mor keltirilganidan so‘ng fransuzlar Amir Temurning oltin haykalchasini quydirib, ostiga “Yevropa xaloskoriga” deb yozib qo‘ydilar. Bugun bu ulug‘ zotni buyuk bunyodkor, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida butun dunyo tan oldi. Davlat arboblari, olim-u fozil kishilar Sohibqiron haqida iliq fikrlarni aytmoqda, uning hayoti va faoliyatiga yuksak baho bermoqda.

Yevropa xalqlari Amir Temurdan minnatdor

Grinloning asari “Temur va uning saroyiga oid xotiralar” deb ataladi. Bu asar 23 bobdan iborat. Asarda muallif Amir Temur taxtga chiqqan vaqtdan boshlab 1402-yil avgust oyigacha bo‘lgan voqealar haqida qimmatli ma’lumotlar bergan.

Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va faoliyatiga qiziqishi XVI asrdan boshlangan edi. 1553-yili Italiyaning Florensiya shahrida italiyalik olim Perondinoning “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” asari bosilib chiqdi. Bu Yevropa olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti edi. Ushbu asrda ispan tarixchisi Pero Meksikaning “Buyuk Temur tarixi” asari ham chop etiladi.

1582-yili Sevilyada mashhur ispan elchisi Klavixoning “Esdaliklar” kitobi nashrdan chiqdi. Ingliz dramaturgi Xristofor Morloning

Yevropa xalqlari Amir Temurdan minnatdor

“Buyuk Temur” nomli sahna asari ham shu asrda yaratildi. Shundan beri Sohibqironga atalgan asarlarning keti uzilmaydi. Hozirgi paytga kelib Amir Temur va temuriylar haqida 33 mamlakatda 500 dan ziyod tadqiqotchining asarlari chop etilgan.

Dunyodagi eng mashhur muzeylardan biri bo‘lmish Luvr Fransiyaning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”dir. U badiiy kolleksiyasi bo‘yicha jahonda birinchi, maydonining kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu muzeyga har yili qariyb 10 million sayyoh tashrif buyuradi.

Germaniyaning Potsdam shahridagi qirol Fridrix saroyida ham Sohibqironning surati osilgan turibdi. Bu zal “Amir Temur zali” deyiladi.

O. Bo‘riyevning “Amir Temur – Turon sultoni” asaridan

Elchilar qabuli. Miniatyura

Luvr muzeyi binosi 1190-yilda Fransiya qiroli Filippe Avguste tomonidan qal’a sifatida bunyod etilgan. “Luvr” so‘zi mazkur mudofaa qo‘rg‘oni nomidan olingan. U bir necha asr davomida Fransiya qirollarining qarorgohi bo‘lgan. Keyinchalik Versal saroyi qurilgach, 1793-yilda muzeyga aylantirilgan.

Luvr muzeyi eksponatlari 6 ta kolleksiyaga ajratilgan. Sharq kolleksiyasining o‘zi 24 ta zalni egallagan. U yerda mamlakatimiz tarixiga oid minglab ashyolar bor. Jumladan, Amir Temur bobomizning qirol Karl VI ga yozgan maktubi, Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun Amir Temur yasattirgan shamdonlardan biri, qadimiy qurol-aslahalar, qabrtoshlardagi bitiklar va boshqa buyumlar buyuk o‘tmishdan so‘zlaydi.

O. Bo‘riyevning “Amir Temur – Turon sultoni” asaridan

Sharqning mashhur olim va adiblaridan Sharafuddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”lari, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”, Hofiz Abruning “Tarixlar sarasi”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlayi sa’dayn”, G‘iyosiddin Alining “Temurning Hindistonga yurishi”, Mirxondning “Soflik bog‘i” asarlari Amir Temur tarixi bo‘yicha muhim manbalardir.

Sharafuddin Ali Yazdiyning 1425-yili yozilgan “Zafarnoma”sida Temur ko‘klarga ko‘tarilgan bo‘lsa, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asarida salbiy inson sifatida tasvirlanadi. Yevropada Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga – Temur saroyiga sayohat kundaligi” (1403–1406) nomli kitobi Yevropada eng muhim tarixiy manbalardan hisoblanadi. Nemis olimi M. Dagen Hort 1913-yilda Yevropa sharqshunoslarining Amir Temur va temuriylar davriga bag‘ishlangan asarlar ro‘yxati– bibliografiyasini chop ettirdi. Fransuz olimi Keren “Tamerlan yoxud Sohibqiron saltanati”, J. P. Ru “Tamerlan” nomli kitoblarida Amir Temur haqidagi 100 dan ortiq asar ro‘yxatini keltirgan. Abulhay Habibiy 1974-yilda Tehronda 1018 sahifadan iborat “Temur davri san’atlari” asarini chop ettirdi.

O. Bo‘riyevning “Amir Temur – Turon sultoni” asaridan

Ispaniya elchisi Klavixoning

“Esdaliklar” kitobidan

Rui Gonsales de Klavixo

1993 1993 1996

Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal o‘rnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi (1996),

“Amir Temur” ordeni ta’sis etildi (1996) va Xalqaro Amir

Temur jamg‘armasi tashkil qilindi (1995).

Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar, she’riy va nasriy asarlar yaratildi.

2000-yilga kelib Yevropa xalqlari tillarida Amir Temur va temuriylar haqida chop etilgan asarlar soni 700 dan ziyodni, sharq tillarida esa 900 dan ortiqni tashkil etdi. Hozir jahonning 50 dan ziyod mamlakatida Amir

1993 1993 1996

Temur faoliyatiga oid asarlar chop etilgan.

1996-yil 26-aprelda “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi. Shu yilning oktyabr oyida ikki shahar – Samarqand va Shahrisabz “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlandi. 2014-yil 22-avgustda Termiz shahri ham “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi.

Kamolot IV

2017-yil 30-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev harbiy ta’lim-tarbiya beradigan kursantlar maktablariga “Temurbeklar maktabi” deb nom berish taklifini ilgari surdi va ushbu taklif yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Savollar: 1. Yevropalik olimlarning Amir Temur shaxsi va faoliyatiga qiziqishi qachondan boshlangan? 2. Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o‘rni haqida o‘z fikrlaringizni bayon eting. 3. Amir Temur qanday nomlar bilan ulug‘landi? 4. Qaysi voqeadan so‘ng Yevropada Amir Temurning obro‘-e’tibori oshib ketdi? Nega aynan bunday bo‘ldi deb o‘ylaysiz?

Rui Gonsales de Klavixo “Esdaliklar” (1403–1406) asarini yozgan.

Georg Fridrix Hendel

Nemis kompozitori Georg Fridrix Hendel 1724-yilda “Temur” operasini yaratdi.

A. Y. Yakubovskiy B. D. Grekov

Nikolo Franchesko Haym

“Temur” operasi nemis millatiga mansub italiyalik san’atkor Nikolo Franchesko Haym librettosiga yozilgan.

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Y. Yakubovskiylarning ta’kidlashicha, Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Amir Temur Yevropaning qaysi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi?
  1. Fransiya, Angliya va Kastiliya
  2. Italiya, Germaniya va Shvetsiya
  3. Vizantiya, Venetsiya va Genuya
  4. Rossiya, Polsha va Litva

To‘g‘ri javob: Fransiya, Angliya va Kastiliya. Temur Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklar bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatgan.

Amir Temur davrida siyosiy tarqoqlikning tugatilishi va markazlashgan davlat tashkil topishi iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
  1. Mo‘g‘ullar hukmronligidan keyin tiklangan iqtisod faqat tashqi savdoga tayandi, dehqonchilik esa qisqardi
  2. Davlat markazlashgani sababli shaharlar qisqarib, hunarmandchilik tanazzulga yuz tutdi
  3. Mo‘g‘ullar davridagi tanazzul tugab, sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo va shaharlar ravnaq topdi
  4. Iqtisod o‘zgarmay qoldi, yutuqlar faqat fan va madaniyat sohasida kuzatildi

To‘g‘ri javob: Mo‘g‘ullar davridagi tanazzul tugab, sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo va shaharlar ravnaq topdi. Markazlashgan davlat iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit yaratdi: kanallar qazilib, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo va shaharlar rivojlandi.

Rim papasi va Fransiya qiroli Karl VI elchisi Ioann Grinlo Amir Temur bilan qaysi yilning avgustida uchrashgan?
  1. 1405-yil
  2. 1403-yil
  3. 1399-yil
  4. 1401-yil

To‘g‘ri javob: 1401-yil. Grinlo Amir Temur bilan 1401-yil avgustida uchrashgan.

Amir Temur suhbatlarida ishtirok etib, saltanatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va bu haqda asar yozgan yevropalik birinchi muallif kim?
  1. Rui Gonsales de Klavixo
  2. Ioann Grinlo
  3. Perondino
  4. Pero Meksika

To‘g‘ri javob: Ioann Grinlo. Rim papasi va Fransiya qiroli Karl VI ning elchisi Ioann Grinlo shunday birinchi yevropalik muallifdir.

Ioann Grinlo Amir Temur bilan qachon uchrashgan?
  1. 1399-yilning avgustida
  2. 1400-yilning avgustida
  3. 1401-yilning avgustida
  4. 1402-yilning avgustida

To‘g‘ri javob: 1401-yilning avgustida. Grinlo 1401-yilning avgustida Amir Temur bilan uchrashgan.

1402-yilda Amir Temur tor-mor keltirib, Yevropa xalqlariga tahdidni bartaraf etgan Usmonli sultoni kim edi?
  1. Mehmed I
  2. Murod I
  3. Sulaymon Chalabiy
  4. Boyazid I Yildirim

To‘g‘ri javob: Boyazid I Yildirim. 1402-yilda Usmonli sultoni Boyazid I Yildirim tor-mor keltirilgan.

1402-yildagi g‘alabadan so‘ng fransuzlar Amir Temurning oltin haykalchasi ostiga nima deb yozib qo‘yishgan?
  1. “Yevropa xaloskoriga”
  2. “Sharq sultoniga”
  3. “Buyuk bunyodkorga”
  4. “Jahon hukmdoriga”

To‘g‘ri javob: “Yevropa xaloskoriga”. Fransuzlar haykalcha ostiga “Yevropa xaloskoriga” deb yozib qo‘yishgan.

1402-yildagi qaysi voqeadan so‘ng fransuzlar Amir Temurning oltin haykalchasini quydirib, uni “Yevropa xaloskori” deb ulug‘ladilar?
  1. Yevropa qirolliklari bilan savdo-diplomatik aloqalar o‘rnatilishidan so‘ng va savdogarlar kelishidan keyin
  2. Jahonga va Bolqon yarimoroliga tahdid solgan Usmonli sultoni Boyazid I Yildirimning tor-mor etilishidan so‘ng
  3. Fransiya qiroli Karl VI ga maktub yo‘llanishidan so‘ng va elchilar o‘zaro almashinuvi yo‘lga qo‘yilganidan keyin
  4. Mo‘g‘ullar hukmronligining tugatilishi va markazlashgan davlat tuzilishidan so‘ng, Samarqand poytaxt bo‘lgach

To‘g‘ri javob: Jahonga va Bolqon yarimoroliga tahdid solgan Usmonli sultoni Boyazid I Yildirimning tor-mor etilishidan so‘ng. Yevropa xalqlariga tahdid solgan Boyazid I Yildirim 1402-yilda tor-mor keltirilgach, fransuzlar Temurni “Yevropa xaloskori” deb ulug‘lagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAmir Temur davlatining boshqaruviKeyingi →Amir Temur davlatida obodonlashtirish va bunyodkorlik