Amir Temur davlatida obodonlashtirish va bunyodkorlik
Amir Temur va temuriylar davri
BUGUN DARSDA
- Obodonlashtirish ishlari. • Shaharsozlik va me’morchilik. • Hunarmandchilik.
O‘ylab ko‘ring
Obodonlashtirish ishlari
Amir Temur tabiatni, insonni sog‘lomlashtirish, cho‘l-biyobonlarni obodonlashtirish va dehqonchilikni rivojlantirish borasida juda ko‘p hikmatli so‘zlarni meros qilib qoldirdi. “...Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar, hammomlar qurishni, musofir yo‘lovchilar uchun yo‘l ustida rabotlar bino qilishni, daryolar ustida ko‘priklar qurishni buyurdim. Kim biron sahroni obod qilsa yoki biron bog‘ ko‘kartirsa, yoxud biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘ilsin”.
Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan, Zarafshon vodiysida o‘nlab sug‘orish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etildi.
Obodonlashtirish ishlari
Qashqadaryo viloyatidagi Eski Anhor kanalini Amir Temur Sulton Boyazid ustidan qozongan g‘alabasi sharafiga qurdirgan. Sohibqiron Xurosondagi Murg‘ob vodiysida obodonchilik va dehqonchilik ishlari tanazzulga yuz tutganini ko‘rib, daryodan 20 ta kanal qazdirib, suv chiqartirdi, dehqonchilik va obodonchilik ishlarini rivojlantirdi.
Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryoga ko‘priklar qurildi. Sirdaryodan, Ohangarondan kanal qazildi. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘onada irrigatsiya – sug‘orish ishlari olib borildi. Qorabog‘da 42 km kanal qazildi. Ozarbayjondagi Mug‘on shahrida 12 ta bog‘ barpo etildi.
Amir Temur davrida Samarqand va uning atrofida 10 dan ortiq betakror bog‘lar yaratilgan va ularga o‘ziga xos nomlar qo‘yilgan.
Obodonlashtirish ishlari
Amir Temur bog‘lari o‘rta asrlar rassomlari miniatyuralarida ham tasvirlangan. Bu bog‘lar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘lgan.
Chorbog‘lar – to‘rtburchak shaklida bo‘lib, har tomoni taxminan 1 km masofaga cho‘zilgan. Sahnidan o‘tgan ariqlar ularni teng to‘rt qismga ajratib turgan. Atrofidagi baland devorlarning har burchagida minora bo‘lgan. Markazda saroy joylashgan. Bunday bog‘larning darvozalari shahar tarafga qaratib qurilgan.
Tuzilishi geometrik shaklda bo‘lmagan, tabiiy daraxtzor va chakalaklar bag‘rida barpo etilgan bog‘lar. Bunday bog‘lar hukmdor ov qilishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosiy qismi tabiiy, qo‘l tekkizilmagan holda saqlangan. Ularning kichik bir qismigagina dam olish uchun saroy va chodirlar qurilgan. Hovuzlar qazilib, favvoralar o‘rnatilgan. Bu turdagi bog‘larning o‘simlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy bo‘lgan.
Obodonlashtirish ishlari
Bog‘i Baland. Sohibqiron Samarqand shimolidagi Cho‘ponota maqbarasi yaqinida (hozirgi aeroport atrofi) nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Uni barpo qilishda Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar bog‘bon ustalari hamda me’morlari qatnashgan. Bog‘ o‘rtasida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli qasr bo‘lib, uning atrofidagi uzumlar, anjirzor va olmazorlar bog‘ga go‘zal bir tarovat baxsh etib turgan.
Bog‘i Behisht. 1378-yilda Sohibqiron Samarqandning g‘arbida suyukli xotini Xayrunnisoga atab qurdirgan. Ayrim yozma manbalarda “Bog‘i jannat” nomi bilan ataladi. Bog‘ o‘rtasidagi atrofi xandaq bilan muhofaza etilgan sun’iy tepalik ustida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli saroy bo‘lgan. Saroyga bir necha ko‘tarma ko‘priklar orqali kirilgan. Bu bog‘ning bir tarafida hayvonot bog‘i bo‘lib, turli xil hayvonlar saqlangan.
Obodonlashtirish ishlari
Bog‘i Davlatobod. Bu bog‘ Samarqanddan 13 km janubda, hozirgi katta O‘zbekiston traktining chap tomonida bo‘lgan. Amir Temur bu bog‘da zafarli yurishlardan qaytgach, dam olgan, xorijiy elchilarni qabul qilgan. Unda ariqlar, to‘rtta hovuz, katta saroy bo‘lgan. Saroy sun’iy tepa ustiga qurilgan, atrofi xandaq bilan o‘ralgan. Unga ikkita ko‘tarma ko‘prik orqali kirilgan.
Bog‘i Dilkusho. 1397-yilda Amir Temurning xotinlaridan biri Tukal xonim sharafiga qurilgan.
Amir Temur bog‘lari.
Bu bog‘ Samarqanddan 5 km sharqda, Panjikent yo‘lining o‘ng tomonida (qadimiy Hinduvon qishlog‘i o‘rnida) joylashgan. Har tarafi 900 metr uzunlikdagi baland paxsa devor bilan o‘ralgan. Bog‘ning to‘rtta darvozasi markazida hashamatli saroy bo‘lgan. Saroy uch qavatli bo‘lib, har qavatida favvora otilib turgan. Saroy devorlariga Sohibqiron olib borgan urushlardan lavhalar chizib qo‘yilgan. Bu bog‘ o‘rnida hozir Dilkusho qishlog‘i joylashgan.
Obodonlashtirish ishlari
Bog‘i Jahonnamo. Amir Temur Samarqanddan yetti farsax (42 km) narida, Zarafshon tog‘i etagida qurdirgan (taxminan Urgut tumanida). Unda saroy va qal’a bo‘lgan. Bog‘ning hududi juda ham katta bo‘lib, yo‘qolib qolgan ot 6 oydan so‘ng topilgan ekan.
Bog‘i Maydon. Cho‘ponota tepaligi etagida, Samarqandning shimolida joylashgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, bog‘da hashamatli bir ayvon (ko‘shk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt bo‘lgan. Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek bu bog‘ni yanada obod qilgan. Bu bog‘ o‘rni hozir ham Bog‘i Maydon deb ataladi.
Bog‘i Nav (Yangi bog‘). Bu bog‘ni 1404-yilda Amir Temur Samarqandning janubida qurdirgan. Lolazor qishlog‘i o‘rnida joylashgan. Bu bog‘ to‘rtburchak shaklida bo‘lib, atrofi baland paxsa devor bilan o‘ralgan, har burchagida minora qad ko‘tarib turgan. Markazida boshqa bog‘lardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida katta hovuz bo‘lgan.
Obodonlashtirish ishlari
Bog‘i Chinor. Amir Temur Samarqandning sharqida (Konigilning janubi-g‘arb tarafida, hozirgi Qo‘shtamg‘alik tepaligi o‘rnida) barpo qildirgan. Unda ajoyib chinorlar ko‘p bo‘lgan. Bog‘ning markazida saroy joylashgan.
Bog‘i Shamol. Bu bog‘ni Amir Temur 1397-yilda qurdirgan. Mazkur bog‘ Samarqandning g‘arbida bo‘lgan. Undagi saroy to‘rtburchak shaklida bo‘lib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qorayog‘och va fil suyagidan ishlangan. Bu bog‘ joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham Bog‘i Shamol deb ataladi.
Amir Temur Samarqand atrofida bulardan tashqari yana bir qancha bog‘ va saroylar barpo etgan.
Bog‘i Nav -janubda Bog‘i Davlatobod -janubda
Sharafuddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, “olam ravnaqi va ro‘shnoligi yo‘lida hafsalasi nihoyatda baland bo‘lgan (Amir Temur) obodonchilikka yaraydigan biron parcha yerning zoye bo‘lishini ravo ko‘rmasdi”. Shu qoidaga rioya qilgan holda u Movarounnahr, Xuroson va boshqa o‘lkalarda suv chiqarib obodonchilik, yangi yerlar ochish, bog‘lar barpo etish kabi muhim tadbirlarni amalga oshirdi.
O‘ylab ko‘ring
Manbalarda
Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim.
Tarix saboqlari
Tarix bu ko‘hna dunyodan o‘tgan ko‘p jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me’morchilik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat bo‘lgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari mamlakatda hashamatli imorat-u inshootlar bino qilganlar.
Amir Temur zabt etgan mamlakatlarining bir qator shaharlari (Bag‘dod, Darband, Baylakon)ni qayta tikladi. Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag‘dodda madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan bo‘lsa-da, asosiy e’tiborini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi. Keshda otasining qabri ustiga maqbara, o‘g‘li Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi.
Tarix saboqlari
Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida bo‘lib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad ko‘tardi.
Amir Temur Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar “Qubbat ul-ilm val-adab” unvoniga ega bo‘ldi. Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab-yashnadi.
Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shaharlarining me’mor-u binokorlari qo‘li bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar qurildi.
Samarqandda Shohizinda me’moriy majmuasiga mansub Shodimulk og‘o maqbarasi, Shirinbeka og‘o maqbarasi va boshqalar barpo etildi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroylar qad ko‘taradi.
Tarix saboqlari
Samarqand shahri Amir Temur davrida o‘zining qadimiy o‘rni Afrosiyobdan birmuncha janubroqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qal’a devori bilan o‘ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza o‘rnatildi.
Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan, Zarafshon vohasida o‘nlab sug‘orish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi.
Yangi qishloqlar barpo etildi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, go‘zalligi hamda tevarak-atrofining obod etilgani jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog‘i lozim edi.
Tarix saboqlari
Amir Temur, keyinchalik temuriylar davrida ham shaharlarning asosiy qismi “Hisor” deb atalgan. Bu to mo‘g‘ullar bosqiniga qadar bo‘lgan “Shahriston” atamasidan nisbatan farqlanadi. Zero, hisor shaharning asosiy qurilishlari va savdo-hunarmandchilik sohalarini o‘z ichiga olgan yoki umuman yangi joyda vujudga kelgan, lekin baribir me’moriy jihatdan o‘zaro uyg‘un bo‘lgan asosiy ma’muriy va mafkuraviy bo‘g‘inlarni o‘zida jamlagan.
Manbalarda
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining “Boburnoma” asarida “Temurbekdin burun Temurbekdek ulug‘ podshoh Samarqandni poytaxt qilg‘on emasdur... Chun Keshning qobiliyati shahar bo‘lmoqqa Samarqandcha emas edi, oxir poytaxt uchun Temurbek Samarqandni ixtiyor qildi”, deb yozadi.
O‘ylab ko‘ring
Manbalarda
Temur qanday hunar yoki kasb bo‘lmasin, agar unda biron fazilat va foyda bo‘lsa, shu kasb egalariga g‘oyatda mehr qo‘yar edi. U munajjim-u tabiblarni (o‘ziga) yaqin tutib, ularning gaplariga e’tibor qilar va so‘zlarini tinglardi...
Hunarmandchilik
Har bir mag‘lub bo‘lgan mamlakat va shaharlar Temurga o‘z olimlari, musavvirlari va eng yaxshi usta-hunarmandlarini berardi. Mingga yaqin hunarmand asbob-uskunalari va oila a’zolari bilan tobe etilgan mamlakatlardan Samarqandga olib ketilardi. Chet ellardan yuzlab sohibi hunarlar, jumladan:
- Erondan musavvirlar, xattotlar, sozandalar, muarrixlar, me’morlar, qurilish ishlari bo‘yicha hunarmandlar, olimlar va din arboblari;
- Kichik Osiyodan qurolsozlar, to‘pchi muhandislar, kumushga ishlov beruvchi ustalar, g‘isht teruvchilar, zargarlar, movut ishlab chiqaruvchilar, sangtaroshlar, o‘q-yoy ustalari, arqon eshuvchi ustalar;
- Suriyadan pillachilar, tikuvchilar, to‘quvchilar, sangtaroshlar, duradgorlar, chodir tikuvchilar, kamon-yoy yasovchi ustalar, qurolsozlar, qalpoq yasovchilar, mol tabiblari, naqqoshlar, qirg‘iydorlar, shisha idishlar va chinni ishlab chiqarish bo‘yicha muhandislar;
- Halabdan mashhur paxta yigiruvchilar; – Fors va Ozarbayjondan sangtaroshlar; – Hindistondan eng malakali g‘isht teruvchi me’morlar, binokorlar, metall ustalari, sangtaroshlar hamda zargarlar;
- Tabriz va Xorazmdan imoratsozlar va naqqoshlar olib kelindi.
Hunarmandchilik
Ularning kasb sirlaridan mahalliy aholi ham bahramand bo‘lib, yangi kasb-hunarlar rivoj topib, hunarmandchilik mahsulotlarining turi ko‘paya boshladi.
Amir Temurning bu tadbiri Samarqandga Osiyoning eng yaxshi ustalarini to‘pladi hamda vohalar va shaharlar kengayib, Movarounnahr aholisi ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Ushbu davrda hunarmandchilik faoliyatini olib borish, uning yangi turlarini yo‘lga qo‘yish, aholining mehnatga layoqatli, lekin ishsiz yurgan qismiga turli kasb-hunarlarni o‘rgatish, kerak bo‘lsa, o‘z faoliyatini boshlash uchun davlat xazinasidan sarmoya ajratish va boshqa qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lida odilona siyosat olib borildi. Mamlakat hududlari va viloyatlari bo‘ylab o‘tgan barcha karvon yo‘llarida katta-kichik rabotlar va yomlar barpo etilgan, karvonsaroylar va xonaqohlar qurilgan. Natijada karvonlar qatnovi jonlanib, ichki savdo barqarorlashgan. Tashqi savdo kuchayib, shaharlar bilan dehqonchilik vohalari va ko‘chmanchi chorvador dasht aholisi o‘rtasida savdo-sotiq aloqalari kengayib borgan. Markaziy shaharlar mol ayirboshlashda muhim rol o‘ynay boshlagan.
Hunarmandchilik
Amir Temur davlatni boshqarishda va aholining farovonligi yo‘lida mohirona siyosat olib borish bilan birga o‘z vorislaridan ham
Po‘lat, bolg‘alangan. Bu po‘lat dubulg‘a va ustidan zirh kiyiladigan charm ko‘ylak bo‘lib, deyarli butun holda saqlangan. Sovut 100 ga yaqin po‘lat plastinkalardan tashkil topgan. U bir necha bo‘lakdan iborat. Shohruxiya. Toshkent viloyati.
Temir, mis, taqalangan, quyma. Qisqichlar, metall kesuvchi qaychi, nov, sandonlar, metall quymasi.
buni qattiqqo‘llik bilan talab qilgan. Hatto o‘z mansabini suiiste’mol qilganlarini jazolagan.
Tantanalar paytida har bir hunar ahli va san’atkor o‘z san’atini namoyish qilishda jidd-u jahd ko‘rsatgan, masalan, bir qamish to‘quvchi faqat qamishdan mukammal asbob-anjomi-yu qurol-yarog‘i bilan jihozlangan suvoriy jangchini yasab, namoyish qilgan.
Hunarmandchilik
“Hunarmand uni shu qadar mohirlik bilan kamoliga yetkazgan ediki, – deb yozadi tarixchi, – hatto tirnog‘i, kipriklarini ham qamishdan aniq tasvirlagan edi”.
Shaharning chetida alohida qasr bo‘lib, unda podshohning xazinasi saqlanishi bilan birga harbiy faoliyat uchun ixtisoslashgan buyumlar, ya’ni, sovut, dubulg‘a, kamon, nayza va boshqalarni yasovchi mingga yaqin hunarmandlar ishlagan.
O‘sha paytda hunarmandchilikning 500 ga yaqin turi mavjud bo‘lgan. Jumladan, sohalar kesimida hunarmandchilikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar bo‘lgan:
1. Harbiy faoliyat uchun ixtisoslashgan hunarmandchilik turlari: sovutsozlik, egar-jabduq yasash, kamonsozik, chodir yasash, lochindorlik.
Manbalarda
Amir Temur va temuriylar davrida madaniy yuksalish natijasida tarixiy asarlar, shuningdek, nasr va she’riyatda, aniq fanlar sohasida talaygina asarlar yaratildi. Ko‘plab buyruq va farmoyishlar chiqarilib, davlat yozishmalari amalga oshirildi. Bu esa, o‘z navbatida, ko‘plab yozuv qog‘ozi, ayniqsa, oliy navli qog‘oz talab qilar edi. Oliy navli qog‘ozni asosan hukmdorlar va ularga yaqin amirlar, yirik davlat amaldorlari ishlatishgan. Shuning uchun bunday qog‘oz “Sultoniy qog‘oz” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Qog‘oz tayyorlash jarayoni
2. Qurilish sohasi uchun ixtisoslashgan hunarmandchilik turlari: bo‘yoq tayyorlash, yog‘och o‘ymakorligi, binokorlik, me’morchilik, sangtaroshlik, ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, shishasozlik, arqon eshish.
Manbalarda
3. Kundalik ro‘zg‘or va boshqa ehtiyoj uchun buyumlar tayyorlashga ixtisoslashgan hunarmandchilik turlari: kulolchilik, temirchilik, ignasozlik, pichoqsozlik, chilangarlik, teri oshlash va charm pishirish, etikdo‘zlik va muzado‘zlik (poyabzal ta’mirlash), attorlik mollari tayyorlash, sovungarlik.
4. Kiyim-kechak va ba’zi buyumlar uchun ixtisoslashgan hunarmandchilik turlari: paxta, ipak va jundan turli matolar to‘qish, zardo‘zlik, gazlamalarga gul bosish, chitgarlik, tikuvchilik, kashtachilik, qimmatbaho metallardan buyum yasash.
5. Davlat ahamiyatiga ega va boshqa sohalarga ixtisoslashgan hunarmandchilik turlari: tanga zarb etish, husnixat bitish, kitoblar uchun muqova tayyorlash, musiqa asboblarini yasash, ziravor va dorivorlar tayyorlash, qandolatchilik va boshqalar.
Manbalarda
Amir Temur nafaqat harbiy sohada, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ham keng ko‘lamli strategik islohotlar o‘tkazganiga tarixiy asarlarni o‘rganish jarayonida ishonch hosil qilish mumkin. U nafaqat hunarmandlar, balki olimlar, faylasuflar, din peshvolari va har qanday foyda keltiruvchi kasb egalarini qadrladi.
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
Muhim sanalar
- 1378-yilda — 1378-yilda Sohibqiron Samarqandning g‘arbida suyukli xotini Xayrunnisoga atab qurdirgan.
- 1397-yilda — 1397-yilda Amir Temurning xotinlaridan biri Tukal xonim sharafiga qurilgan.
- 1397-yilda — Bu bog‘ni Amir Temur 1397-yilda qurdirgan.
- 1404-yilda — Bu bog‘ni 1404-yilda Amir Temur Samarqandning janubida qurdirgan.
Bilimingizni sinang
Amir Temur buyrug‘iga ko‘ra, sahroni yoki xarob yerni obod qilganlardan xiroj qaysi yildan boshlab yig‘ilgan?
- Uchinchi yildan
- Birinchi yildan
- Ikkinchi yildan
- Beshinchi yildan
To‘g‘ri javob: Uchinchi yildan. Birinchi yili hech narsa olinmagan, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘ilgan.
Amir Temur sahroni obod qilgan, bog‘ ko‘kartirgan yoki xarob yerni qayta o‘zlashtirganlar uchun qanday soliq tartibini belgilagan?
- Birinchi yili yarim xiroj olinib, ikkinchi yildan boshlab to‘liq xiroj yig‘ilgan va soliq oshirilgan
- Birinchi yili undan hech narsa olinmagan, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘ilgan
- Dastlabki uch yil xiroj olinmagan, to‘rtinchi yildan boshlab o‘lpon yig‘ilib, boshqa soliq olinmagan
- Ikkinchi yili hech narsa olinmagan, keyingi yillardan boshlab ushr yig‘ilgan va xiroj olinmagan
To‘g‘ri javob: Birinchi yili undan hech narsa olinmagan, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘ilgan. Yer o‘zlashtirganlardan birinchi yili hech narsa olinmagan, uchinchi yili xiroj yig‘ilgan; bu imtiyoz yangi yerlarni obod qilishni rag‘batlantirgan.
Amir Temur Xurosondagi Murg‘ob vodiysida obodonchilik tanazzulga yuz tutganini ko‘rib, daryodan nechta kanal qazdirdi?
- 40 ta
- 20 ta
- 10 ta
- 30 ta
To‘g‘ri javob: 20 ta. Sohibqiron Murg‘ob daryosidan 20 ta kanal qazdirgan.
Amir Temur davrida Qorabog‘da necha kilometrlik kanal qazilgan?
- 32 km
- 24 km
- 62 km
- 42 km
To‘g‘ri javob: 42 km. Qorabog‘da 42 km kanal qazilgan.
Amir Temur davrida Ozarbayjondagi Mug‘on shahrida nechta bog‘ barpo etilgan?
- 9 ta
- 12 ta
- 15 ta
- 7 ta
To‘g‘ri javob: 12 ta. Mug‘on shahrida 12 ta bog‘ barpo etilgan.
Qashqadaryo viloyatidagi Eski Anhor kanali qaysi g‘alaba sharafiga qurdirilgan?
- Oltin O‘rda ustidan qozonilgan g‘alaba
- Sulton Boyazid ustidan qozonilgan g‘alaba
- Hindiston yurishidagi g‘alaba
- Toxtamishxon ustidan qozonilgan g‘alaba
To‘g‘ri javob: Sulton Boyazid ustidan qozonilgan g‘alaba. Eski Anhor kanali Sulton Boyazid ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga qurilgan.
Xurosondagi Murg‘ob vodiysida Amir Temur nechta kanal qazdirgan?
- 12 ta
- 42 ta
- 20 ta
- 10 ta
To‘g‘ri javob: 20 ta. Murg‘ob vodiysida daryodan 20 ta kanal qazdirilgan.
Qorabog‘da necha kilometr kanal qazilgan?
- 12 km
- 13 km
- 20 km
- 42 km
To‘g‘ri javob: 42 km. Qorabog‘da 42 km kanal qazilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash