Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson
Amir Temur va temuriylar davri
BUGUN DARSDA
- Taxt uchun kurash. • Shohrux hukmronligi. • Shohruxning diplomatik aloqalari.
O‘ylab ko‘ring
Taxt uchun kurash
Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat o‘z ichiga jami 27 ta o‘lka va viloyatni olgan.
1407-yil 22-fevralda taxt valiahdi hisoblangan Pirmuhammad o‘z vaziri Pirali Toz uyushtirgan suiqasd natijasida o‘ldirildi.
Amir Temur 1405-yil 18-fevral kuni Xitoyga yurishi vaqtida, qahraton qishda O‘tror shahrida vafot etdi. Vafotidan oldin, kasali qattiq xuruj qila boshlaganda Amir Temur o‘ziga voris va taxt valiahdi etib nabirasi Pirmuhammad Jahongirni vasiyat qilib qoldirdi.
Mamlakat o‘g‘illar, nabiralarga bo‘lib berilgani va suyurg‘ol tartibi ham Amir Temur davlati parokandaligini kuchaytiradi.
G‘azna, Kobul va Shimoliy Hind mulklarining hokimi bo‘lmish Pirmuhammadni ko‘pchilik taxt egasi sifatida ko‘rishni xohlamas ham edi. Buning ustiga u ancha uzoqda bo‘lib, Samarqandga tezlik bilan yetib kelish imkoni ham yo‘q edi. Amir Temur vafotidan so‘ng Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Iroq va boshqa yerlarda notinchlik boshlanib, g‘alayonlar yuzaga keldi.
Taxt uchun kurash
1405-yilning 18-mart kuni Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton Mirzo o‘zboshimchalik bilan Samarqandni egallab, o‘zini Movarounnahrning hukmdori deb e’lon qildi.
Ammo ko‘p vaqt o‘tmay, u Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi va isyoniga duch keldi. Birinchi bo‘lib Turkiston hamda Farg‘onaning hokimi amir Xudoydot bilan Shayx Nuriddin unga qarshi isyon ko‘tardilar. Temurning qizidan tug‘ilgan nevarasi Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoq niyatida Xalil Sultonga qarshi bosh ko‘tardi.
1405–1406-yillarda Xalil Sultonning Shohrux, Pirmuhammad qo‘shinlari bilan Movarounnahr taxti uchun bir necha bor harbiy to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Butun Temur saltanati o‘zaro toj-u taxt kurashlari domiga tortildi.
Shohrux hokimiyatining qaror topishi
Amir Temur taxtining qonuniy valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil Sultonga qarshi Nasaf tomon askar tortdi.
Movarounnahrda boshlangan sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketdi. Oqibatda davlat parchalanib, ayrim viloyat hukmdorlari hokimi mutlaq bo‘lib oldilar.
1409-yil bahorida Movarounnahrda vaziyat yanada keskinlashdi. Amir Xudoydot shu vaqtda Xalil Sultonni Samarqand yaqinidagi Sheroz qishlog‘ida mag‘lubiyatga uchratib, uning o‘zini asirlikka oldi.
Xuroson hokimi Shohrux esa o‘ziga qarashli bo‘lgan Mozandaron va Mashhadda, so‘ng uning qo‘liga o‘tgan Seyiston va Kirmonda hokimiyatini mustahkamladi. Shohrux Xalil Sultonni qo‘lga olgan Amir Xudoydot qo‘shinlarini yengib, Xalil Sultonni asirlikdan ozod qildi.
Shohrux hokimiyatining qaror topishi
Oliyjanoblik sifatlariga ega bo‘lgan temuriy Shohrux Mirzo o‘zaro gina-kuduratlarni unutib, uni yaxshi kutib oldi. Xalil Sulton Movarounnahr hokimiyati da’vosidan voz kechdi. Amir Xudoydot esa mamlakatdan qochib ketdi.
Temuriyzodalar va amirlar o‘rtasidagi kurashga xotima berish maqsadida Shohrux boshlagan harakat mamlakat fuqarolarining ko‘plab tabaqalari tomonidan quvvatlandi. Shu bois u Movarounnahrdagi boshboshdoqlikka chek qo‘yib, Movarounnahr va Xurosonda o‘z hukmronligini, mamlakatda esa tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
Shohrux hukmronligi davrida Amir Temur saltanatining asosiy qismi uning qo‘li ostida saqlanib qolsa-da, ammo bu ulkan mamlakat amalda ikki davlatga bo‘lingan edi.
Shohrux hokimiyatining qaror topishi
Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux boshchiligidagi davlat bo‘lib, uning markazi Hirot shahri edi. Ikkinchisi esa Amudaryodan shimolda Movarounnahr va Turkiston hududida uning o‘g‘li Ulug‘bek boshchiligidagi davlat bo‘lib, Samarqand uning poytaxti edi. Shohrux deyarli 40 yil hukmronlik qildi va Amir Temur davlati o‘zagini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
1408-yil 22-aprelda qoraqo‘yunli turkmanlar bilan Ozarbayjon va Iroq uchun bo‘lgan jangda hokimiyat uchun boshqa bir da’vogar Mironshoh Qora Yusuf tomonidan o‘ldirildi.
Shohrux Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li bo‘lib, u 1377-yili tavallud topgan edi.
O‘ylab ko‘ring
Shohruxning diplomatik munosabatlari
Shohruxning siyosiy faoliyati 1397-yili Xuroson hokimi etib tayinlanishidan boshlangan. Shohrux Mirzo hukmronligi davrida Xitoy, Hindiston, Misr, Usmoniylar davlati bilan diplomatik va savdo aloqalari mustahkamlandi. Shohrux 1419-yili Xitoyga elchilar jo‘natdi. Ular 1422-yili Hirotga qaytib keldilar.
1412-yildan 1430-yilga qadar Xitoy bilan jami besh marta elchilik almashuvi bo‘ldi. Shohruxning a’yoni, diplomat va tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy 1441–1444-yillarda Hindistonga elchi qilib yuborildi. U Markaziy va Janubiy Hindistondagi bir qator davlat, shaharlarda bo‘ldi va barcha safar xotiralarini o‘z asarida yozib qoldirdi.
Shohruxning diplomatik munosabatlari
Hindistondagi Dehli sultonligi, Kalikut, Vijayanagar, Bengal, Janpur kabilar bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatildi.
Bu davrda Misr va Suriyada hukmronlik qilayotgan Mamluklar davlati, Old va Kichik Osiyodagi Usmoniylar davlati bilan ham o‘zaro do‘stona munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan.
Shoxrux 1447-yilga qadar hozirgi O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston, Eron, Kavkazdan iborat katta hududda boshqaruv tizginini bo‘shashtirmagan.
1444–1445-yillari Shayx Nuriddin Murshidiy boshchiligida Makkaga Ka’ba ustiga yopinchiq – ka’bapo‘sh jo‘natdi.
Shohrux davlatida Movarounnahrning alohida o‘rni bo‘lgan. Davlatning poytaxti Hirot bo‘lsa-da, Movarounnahrning markazi Samarqand shahri hisoblangan. Movarounnahr yerlarining boshqaruvi hukmdorning o‘g‘li Ulug‘bek Mirzo qo‘liga topshirilgandi.
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
BUGUN DARSDA
- Ulug‘bek – Movarounnahr hukmdori. • Taxt uchun kurash. • Samarqandning ilmiy markazga aylanishi. • Ulug‘bekning ilmiy merosi.
Muhim sanalar
- 1377-yili — Shohrux Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li bo‘lib, u 1377-yili tavallud topgan edi.
- 1397-yili — Shohruxning siyosiy faoliyati 1397-yili Xuroson hokimi etib tayinlanishidan boshlangan.
- 1405-yil — Amir Temur 1405-yil 18-fevral kuni Xitoyga yurishi vaqtida, qahraton qishda O‘tror shahrida vafot etdi.
- 1405-yilning — 1405-yilning 18-mart kuni Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton Mirzo o‘zboshimchalik bilan Samarqandni egallab, o‘zini Movarounnahrning hukmdori deb e’lon qildi.
- 1405–1406-yillarda — 1405–1406-yillarda Xalil Sultonning Shohrux, Pirmuhammad qo‘shinlari bilan Movarounnahr taxti uchun bir necha bor harbiy to‘qnashuvi sodir bo‘ldi.
- 1407-yil — 1407-yil 22-fevralda taxt valiahdi hisoblangan Pirmuhammad o‘z vaziri Pirali Toz uyushtirgan suiqasd natijasida o‘ldirildi.
- 1408-yil — 1408-yil 22-aprelda qoraqo‘yunli turkmanlar bilan Ozarbayjon va Iroq uchun bo‘lgan jangda hokimiyat uchun boshqa bir da’vogar Mironshoh Qora Yusuf tomonidan o‘ldirildi.
- 1409-yil — 1409-yil bahorida Movarounnahrda vaziyat yanada keskinlashdi.
- 1412-yilda — 1412-yildan 1430-yilga qadar Xitoy bilan jami besh marta elchilik almashuvi bo‘ldi.
- 1419-yili — Shohrux 1419-yili Xitoyga elchilar jo‘natdi.
Bilimingizni sinang
Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat jami nechta o‘lka va viloyatni o‘z ichiga olgan?
- 32 ta
- 18 ta
- 27 ta
- 40 ta
To‘g‘ri javob: 27 ta. Amir Temur saltanati jami 27 ta o‘lka va viloyatni qamragan.
Amir Temurning taxt valiahdi Pirmuhammad vaziri Pirali Toz uyushtirgan suiqasd natijasida qaysi yili o‘ldirilgan?
- 1407-yil
- 1406-yil
- 1411-yil
- 1409-yil
To‘g‘ri javob: 1407-yil. Taxt valiahdi Pirmuhammad 1407-yil 22-fevralda vaziri uyushtirgan suiqasdda o‘ldirilgan.
Amir Temur Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida qaysi yili vafot etgan?
- 1408-yil
- 1403-yil
- 1401-yil
- 1405-yil
To‘g‘ri javob: 1405-yil. Amir Temur 1405-yil 18-fevral kuni Xitoyga yurish chog‘ida O‘trorda vafot etgan.
Amir Temur barpo etgan saltanat jami nechta o‘lka va viloyatni o‘z ichiga olgan?
- 27 ta
- 17 ta
- 37 ta
- 47 ta
To‘g‘ri javob: 27 ta. Saltanat jami 27 ta o‘lka va viloyatni qamragan.
Amir Temur Xitoyga yurishi vaqtida qaysi shaharda vafot etdi?
- Samarqandda
- O‘trorda
- Hirotda
- Shahrisabzda
To‘g‘ri javob: O‘trorda. Temur Xitoy yurishi chog‘ida qahraton qishda O‘tror shahrida vafot etgan.
Amir Temur vafotidan oldin o‘ziga voris va taxt valiahdi etib kimni vasiyat qilgan?
- Shohrux Mirzo Bahodirni
- Xalil Sulton Mirzoni
- Pirmuhammad Jahongirni
- Sulton Husayn Mirzoni
To‘g‘ri javob: Pirmuhammad Jahongirni. Temur nabirasi Pirmuhammad Jahongirni voris etib vasiyat qilgan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga tartiblang.
- Sheroz jangi; Pirmuhammadning o‘ldirilishi; Mironshohning o‘ldirilishi; Temurning vafoti
- Pirmuhammadning o‘ldirilishi; Temurning vafoti; Mironshohning o‘ldirilishi; Sheroz jangi
- Temurning vafoti; Pirmuhammadning o‘ldirilishi; Mironshohning o‘ldirilishi; Sheroz jangi
- Temurning vafoti; Mironshohning o‘ldirilishi; Pirmuhammadning o‘ldirilishi; Sheroz jangi
To‘g‘ri javob: Temurning vafoti; Pirmuhammadning o‘ldirilishi; Mironshohning o‘ldirilishi; Sheroz jangi. Temur 1405, Pirmuhammad 1407, Mironshoh 1408, Sheroz jangi 1409-yilda bo‘lgan.
Amir Temur o‘ziga valiahd etib vasiyat qilgan Pirmuhammad nima uchun taxtni darhol egallay olmadi?
- Ko‘pchilik uni taxt egasi sifatida ko‘rishni xohlamagan va u Samarqanddan ancha uzoqda bo‘lgan
- U Xitoy yurishida Temur bilan birga bo‘lib, Samarqandga qaytishni istamagan va Xuroson tomonga ketgan
- U Shohrux tomonidan Xuroson hokimligidan chetlatilgan va asirga olinib, zindonga tashlangan
- U taxt da’vosidan o‘z ixtiyori bilan voz kechib, Mironshohga yo‘l bergani sababli
To‘g‘ri javob: Ko‘pchilik uni taxt egasi sifatida ko‘rishni xohlamagan va u Samarqanddan ancha uzoqda bo‘lgan. G‘azna, Kobul va Shimoliy Hind hokimi Pirmuhammadni ko‘pchilik taxt egasi sifatida ko‘rishni xohlamagan, uning o‘zi esa Samarqanddan uzoqda edi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash