Mirzo Ulug‘bek
Amir Temur va temuriylar davri
BUGUN DARSDA
- Ulug‘bek – Movarounnahr hukmdori. • Taxt uchun kurash. • Samarqandning ilmiy markazga aylanishi. • Ulug‘bekning ilmiy merosi.
O‘ylab ko‘ring
Ulug‘bek – Movarounnahr
1409-yilda Shohrux Samarqanddan Hirotga qaytish oldidan o‘n besh yoshli Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi. Ulug‘bek (1394–1449) garchi Movarounnahr bilan Turkistonning hokimi deb e’lon qilinsa-da, aslida uning hokimiyati chegaralari dastlab Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari bilangina cheklanardi.
Ulug‘bek otasining rizosi bilan 1425-yilning erta bahorida Mo‘g‘uliston ustiga yurish boshladi. Issiqko‘l yaqinidagi to‘qnashuvda Ulug‘bek mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozondi va mahalliy muxolifatchi kuchlarni bartaraf etib, mamlakat sharqiy chegaralarini mustahkamladi. Qo‘lga kiritilgan o‘ljalar orasida ikki bo‘lak nefrit toshi ham bor edi.
Ulug‘bek – Movarounnahr
Keyinchalik bu nefritdan Amir Temur maqbarasi uchun qabrtosh yasattirildi.
Mirzo Ulug‘bek: • Temuriylarning Movarounnahrdagi hukmdori. • 1394-yil 22-martda tug‘ilgan, 1449-yil 27-oktyabrda halok bo‘lgan. • Hukmronlik davri – 1409–1449-yillar. • Asl ismi Muhammad Tarag‘ay. • Sultoniya shahrida (hozirgi Zanjan viloyati, Eron) tug‘ilgan. • Otasi – Shohrux Mirzo. • Onasi – Gavharshod begim.
Mo‘g‘ulistonda bo‘lgan bu urushda Ulug‘bek qozongan g‘alabaning nishoni tarzida Jizzax yaqinidagi Ilono‘tdi darasi ichida Ulug‘bek qoyatoshga yozdirgan o‘ziga xos “zafarnoma” hozirgi kungacha saqlanadi.
Mirzo Ulug‘bek 1425-yili o‘zining Mo‘g‘ulistonga qilgan birinchi yirik harbiy yurishi chog‘ida qo‘shin miqdori haqida dushman noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishi uchun har bir jangchisiga tunda besh yerda gulxan yoqishni amir qilgan. Ulug‘bek qo‘llagan bu usul harbiy san’atda arg‘ay o‘t (mo‘g‘ulcha “arg‘a” – aldash, turkcha “o‘t” – olov) deb nomlanadi. U dushmanni chalg‘itish maqsadida qo‘shin miqdorini bo‘rttirib, ko‘paytirib ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Yurish Ulug‘bek g‘alabasi bilan tugagan.
Taxt uchun kurash
Shohrux 1447-yil 12-mart kuni o‘rniga voris belgilashga ulgurmay Ray viloyatida olamdan o‘tdi.
Odatga ko‘ra, taxtga Shohruxning to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bek o‘tirishi kerak edi. Ammo taxtni Shohruxning nabirasi, Boysung‘urning o‘g‘li Alouddavla egallaydi. Toj-u taxt uchun yana kurash boshlanadi.
O‘zboshimcha shahzodalar Ulug‘bekka qarshi harakat boshlaydi va 1447-yilning ba horida Alouddavla Ulug‘bekning katta o‘g‘li Abdullatifning qo‘shinini tor-mor qilib, uni asirga oldi. Ulug‘bek Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Unga ko‘ra, Abdullatif ozod qilinadi, Ulug‘bek esa Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi.
Taxt uchun kurash
1448-yilning bahorida Ulug‘bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan qo‘shini Hirotga yurish qildi. Tarnob yaqinida bo‘lgan jangda Alouddavla qo‘shini tor-mor keltirilib, Hirot qaytarib olindi. Ulug‘bek Xurosonda Abdullatifni qoldirib, o‘zi Samarqandga qaytdi.
Ulug‘bekning dushmanlari Abdullatifni otasiga qarshi gijgijlaydilar. U otasining dushmanlari bilan yashirin tarzda til biriktirib, zimdan qarshi harakat boshlaydi.
Abdullatif Hirotda faqat o‘n besh kun hokimlik qildi. Shohruxning yana bir nabirasi Abulqosim Bobur qo‘shini shaharga yaqinlashib kelayotganidan xabar topib, poytaxtni tashlab, Movarounnahr tomon qochdi.
Manbalarda
Abulqosim Bobur (1422, Hirot − 1457-yil mart, Mashhad) – temuriylardan, Boysung‘ur Mirzoning o‘g‘li. Xuroson taxti uchun kurashda g‘olib chiqib, 1449-yil fevralda Abulqosim Bobur Hirotni egalladi. Temuriylarning Xurosondagi hukmdori bo‘ldi. 1454-yil Samarqand uchun muvaffaqiyatsiz yurish qildi va qirq kunlik qamaldan so‘ng Sulton Abu Said bilan bitim tuzib, Hirotga qaytdi. Bitimga ko‘ra, Amudaryo ilgarigidek ikkala davlat o‘rtasidagi chegara bo‘lib qoldi.
Amir Temur davrida tamg‘a solig‘i joriy qilingan. Bu davrga kelib savdo-sotiq rivojlandi. Tegirmonlar, hunarmandchilik ustaxonalari, karvonsaroylar katta-katta boylar qo‘lida to‘planib qoldi. Tamg‘a solig‘ini Amir Temurdan keyin Ulug‘bek tikladi. Buning evaziga xalqdan olinadigan yer solig‘ini kamaytirdi. Bu boy mulkdorlarga yoqmadi. Abdullatif ularga toj-u taxtni egallasa, tamg‘a solig‘ini bekor qilishi borasida va’da berdi. Otasi bilan jangda g‘alaba qozonishida soliq yo‘qolishidan umidvor kuchlarning ta’siri bo‘lgan, albatta. Shu zaylda toj-u taxtga havasi baland Abdullatif bir hovuch boylar qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘ldi. Ulug‘bek o‘ldirilgan kunning ertasidan Samarqandda tamg‘a solig‘i bekor qilindi.
Manbalarda
Mirzo Ulug‘bek halokatidan keyingi voqealar ushbu QR koddagi hujjatli filmda aks etgan.
Fitna
Abdullatif otasidan norozi amirlarni atrofiga to‘pladi. Hatto Abulqosim Bobur bilan bog‘lanib, uni birlashib Ulug‘bekka qarshi kurashga undadi. Shunday qilib, Abdullatif o‘z otasiga qarshi ochiqdan ochiq dushmanlik yo‘liga o‘tdi. 1449-yili Abdullatif Amudaryodan kechib o‘tib, Termiz, Shahrisabz va Xuzorni osongina zabt etdi. So‘ng Samarqandga yo‘l oldi. 1449-yil oktyabrda Damashq qishlog‘i yaqinida qattiq jang bo‘ldi va bu jangda Ulug‘bek yengildi, Samarqand amiri Mironshoh Qavchin shahar darvozalarini berkittirib, Ulug‘bekni ichkariga kirishga qo‘ymaydi. U Shohruxiyaga ham kirolmadi va Abdullatifga taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi.
Fitna
Shahar qozisi Shamsiddin Muhammad Miskinning qarshiligiga qaramasdan, Abdullatif otasini haj safariga yuborishga qaror qildi. Mirzo Ulug‘bek 55 yoshida 1449-yilda haj safariga ketayotganida fojiali halok bo‘ldi. Abdullatif otasining o‘limiga rozi bo‘lib, bunga yo‘l qo‘ygani uchun olti oylik hukmronligidan so‘ng Ulug‘bekning xos navkarlaridan Bobo Husayn bahodir tomonidan 1450-yil may oyida o‘ldirilgan.
Movarounnahrning ilmiy markazga aylanishi
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand, Buxoro, Kesh (Shahrisabz) ilm-fan markazlariga aylandi. U 1417-yil Buxoro, 1420-yili Samarqand, 1433-yili G‘ijduvonda madrasalar barpo etdi. Go‘ri Amir, Shohizinda me’moriy majmualari qurilishini oxiriga yetkazadi.
Shohizinda majmuasida masjid, peshtoq, chortoq qurildi. Mirzo Ulug‘bek davrida Registon maydoni shakllana boshladi. Unda Ulug‘bek madrasasidan tashqari xonaqoh, karvonsaroy, o‘ymakor yog‘ochlar bilan bezalgan Muqatta masjidi bino etildi. Ko‘kaldosh jome masjidi ham qurib bitkazildi.
Samarqandda barpo etilgan Mirzoyi hammomi va karvonsaroyi, Chilustun (qirq ustun) va Chinnixona saroylari o‘z me’moriy kompozitsiyalari bilan ajralib turgan. Mirzo Ulug‘bek boshqa shaharlarda me’moriy obidalar qurish masalasiga ham e’tibor bilan qaragan. Ular orasida Shahrisabzdagi Ko‘k gumbaz masjidi o‘zining hashamatliligi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi Gumbazi Sayidon yodgorligi qayta tiklandi. Bu davrda Samarqandda Ulug‘bek qurdirgan madrasadan tashqari, Xonim, Firuzshoh, Shohmalik, Xojabek Mirabduvali va Qutbuddin Sadr nomlari bilan atalgan madrasalar ham qad ko‘targan. Buxorodagi madrasa peshtoqiga “Ilm olmakka intilmoq har bir muslim va muslima uchun ham farz, ham qarz” degan ibora shior sifatida o‘yib yozdirib qo‘yilgan. Uning sa’y-harakatlari tufayli zamonasining 100 dan oshiq olimlari Samarqandga yig‘ildilar. Ular orasida “Zamonasining Aflotuni” deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Koshiy, Muhammad Havofiy va boshqa olimlar ham bo‘lgan. Samarqandda bunyod etilgan Ulug‘bek rasadxonasida maxsus asbob-uskunalar joylashtirilgan. Rasad
Manbalarda
Amir Temur Bibixonimga atab qurdirgan Bibixonim jome masjidi hovlisi o‘rtasida marmartoshdan yasalgan ulkan lavh bor. Lavh Ulug‘bek farmoniga binoan, XV asr o‘rtalarida yasalgan. Unga “Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, din-diyonat homiysi, hanafiya mazhabining posboni, asilzoda sulton, ibni sulton, amirul mo‘minin Ulug‘bek Ko‘ragon” yozuvlari bitilgan.
xona ichi koinot, yer kurrasi tasvirlari bilan bezalgan bo‘lib, shuning uchun xalq ichida “Naqshi jahon” degan nom bilan shuhrat topgan edi.
Samoni kuzatish va o‘rganish uchun G‘iyosiddin Jamshid yordamida astronomik o‘lchov asbobi – ulkan sekstant o‘rnatildi. Bu sekstant Sharqdagi eng katta astronomik o‘lchov asbob hisoblangan. Shuningdek, mahalliy ustalar (Iso Usturlobiy, Abu Mahmud Xo‘jandiy, usta Ibrohim) qo‘li bilan ko‘plab zaruriy astronomik o‘lchov asboblari ham yasaldi va o‘rnatildi. Rasadxona qoshida 15 000 jilddan iborat kitob saqlanadigan boy kutubxona ham bo‘lgan. Uning atrofida olimlar yashaydigan yer-chorbog‘lar Bog‘imaydon va Chinnixona nomi bilan shuhrat topdi.
Manbalarda
Ulug‘bek Samarqandda o‘ziga xos astrono miya maktabini yaratdi. Rasadxonada Ulug‘bek bilan bir qatorda o‘z zamonasining mashhur matematigi va astronomlari Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad), G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug‘bekning shogirdi, “O‘z davrining Ptolemeyi” nomini olgan Ali Qushchi (Alouddin ibn Muhammad) va boshqalar yelkama-yelka turib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar.
O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq o‘lkalaridagi 683 ta geografik punktning joylashuvi Samarqand kenglik koordinatalari bilan belgilab chiqildi. Matematika fani sohasida Ulug‘bek maktabida o‘nlik darajali algebraik tenglama yechilib, bir darajali yoyning sinusi aniqlangan.
Manbalarda
Ushbu me’moriy binolardan faqat Ulug‘bek madrasalari asrlar silkinishlariga dosh berib, majmuadan yagona yodgorlik bo‘lib qoldi.
Manbalarda
Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshni Ulug‘bek Mo‘g‘uliston yurishidan olib kelgan. Toshda Amir Temurni ulug‘laydigan so‘zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o‘ymakor yozuvlarda bitilgan. Keyinchalik Ulug‘bekning o‘zi ham shu yerga dafn etilgan.
Ulug‘bekning ilmiy merosi
Ulug‘bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning “Zij”i bo‘lib, bu asar “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” deb ham ataladi. Olim 1437-yilda 1018 yulduz to‘plamini “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarida tartiblab chiqqan, bu asar yulduzlar bilimi sohasida hozir ham dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi.
Ulug‘bek bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 soniya deb belgilagan. U ushbu hisobida faqatgina 25 soniyaga xato qilgan ekan. Olim yer yuzining o‘rtalik kengligini 23,52 daraja deb belgilagan va bu yuz yillar davomida eng to‘g‘ri va aniq o‘lcham deb hisoblangan.
Ulug‘bekning ilmiy merosi
saqlanadi) va tarixga doir “Tarixi arba’ ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) asarlari ham bor.
Ulug‘bek tibbiyot va musiqaga ham qiziqqan. Jumladan, Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Ulug‘bekning she’rlaridan namunalar keltirib o‘tadi.
Mirzo Ulug‘bekning vafotidan so‘ng Samarqanddagi olimlar asta-sekin Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab tarqalib ketdi. Olimlar o‘zlari borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlari va “Zij”ning nusxalarini ham yetkazdilar. Xususan, Ali Qushchi 1473-yili Istanbulga borib, rasadxona qurdi. Natijada Ulug‘bekning ushbu yirik asari Turkiyada tarqaldi va u orqali Yevropa mamlakatlariga yetib bordi. 1638-yili Istanbulga ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford universitetining professori Jon Grivs keldi va Ulug‘bek “Zij”ining bir nusxasini Angliyaga olib ketdi. 1648-yili avval “Zij”dagi 98 yulduzning jadvalini chop etdi. O‘sha yilning o‘zida Grivs “Zij”dagi geografik jadvalni ham nashr etdi. 1650-yili esa u “Zij”ning birinchi maqolasini lotincha tarjimada nashr etdi.
O‘ylab ko‘ring
Manbalarda
Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan: 1) “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” – astronomiyaga oid; 2) “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola” – matematikaga oid; 3) “Risolayi Ulug‘bek” – yulduzlarga bag‘ishlangan; 4) “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) – tarixga oid.
Rasadxona ichi koinot, yer kurrasi tasvirlari bilan bezatilgan bo‘lib, shuning uchun xalq ichida “Naqshi jahon” nomi bilan shuhrat topgan.
Manbalarda
Temurxon naslidin Sulton Ulug‘bek – Ki, olam ko‘rmadi sulton aningdek. Aning abnoyi jinsi bo‘ldi barbod – Ki, davr ahli biridin aylamas yod. Valek ul ilm sori topti chun dast, Ko‘zi ollinda bo‘ldi osmon past. Rasadkim bog‘lamish – zebi jahondur, Jahon ichra yana bir osmondur. Bilib bu nav’ ilmi osmoniy, Ki, andin yozdi “Ziji Ko‘ragoniy”.
Ulug‘bek o‘z shogirdlari bilan birgalikda π soni va sin1° ning qiymatini juda katta aniqlikda hisoblab chiqqan. Unga ko‘ra, aylanaga ichki chizilgan ko‘pburchakning burchaklari soni 3·228 gacha yetkazilgan va undan 2π = 6,283 185 307 179 586 5 keltirib chiqarilgan. Samarqandlik astronomlar sin1° ning qiymatini ham o‘ta katta aniqlik bilan hisoblab chiqishgan: sin 1° = 0,017 452 406 437 283 571.
Alisher Navoiy “Xamsa”sidan
Yan Geveliyning “Astronomiya darakchisi” kitobida berilgan gravyura (XVII asr). Astronomiya ma’budasi Uraniya o‘rtada. Uning o‘ng tomonida Mirzo Ulug‘bek, Vilgelm IV (nemis olimi),
Yan Geveliy. Chap tomonida Ptolemey, Tixo Brage (daniyalik astronom), Richchi Ole (italiyalik olim).
Tarix saboqlari
Mirzo Ulug‘bek Samarqandda ikkita madrasa barpo etgan va boshqa yirik olimlar qatori o‘zi ham bu madrasalarda haftada bir marta ma’ruza o‘qigan.
XV asrda Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek qurdirgan rasadxonada kattagina globus bo‘lgan. Unda iqlimlarning chegaralari, tog‘lar, cho‘llar, dengizlar va daryolar ko‘rsatilgan. Bi nobarin, dunyodagi ikkinchi globusni Samarqand astronomlari yasashgan. Ulug‘bekning o‘limidan keyin u mutaassiblar tomonidan yo‘qotilgan.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Ulug‘bek Samarqandda balandligi 50 metrli quyosh soati o‘rnatgan. Ushbu noyob soat ham saqlanib qolmagan.
Manbalarda
Ulug‘bekning xotirasi o‘tkir bo‘lib, kuchli tahliliy tafakkurga ega bo‘lgan. Ulug‘bekning astronomiya maktabi vakillaridan biri G‘iyosiddin Jamshid Koshiyning hayrat bilan yozishicha, kunlardan birida Ulug‘bek ot ustida quyoshning balandligini vaqt birligida o‘lchab, undan tushayotgan nurning tekislikka nisbatan og‘ish burchagini trigonometrik usulda yoddan hisoblab chiqara olgan ekan.
Ulug‘bek murakkab trigonometrik va algebraik masalalarni yechishda o‘ziga xos usullardan mahorat bilan foydalana olgan. Murakkab matematik masalalarning turli yechish usullarini yaxshi bilgan.
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi.
Registon maydoni
ULUG‘BEK MADRASASIGA MUDARRIS TOPILDI
Samarqandning Registon majmuasidagi Ulug‘bek madrasasi nufuzi jihatidan Movarounnahrning eng oliy ta’lim maskani edi. Tarixchi olim, shoir Zayniddin Vosifiy o‘zining “Badoye ul-vaqoye” asarida Ulug‘bek Samarqandda bino qildirgan mazkur madrasaga mudarris tayinlash bilan bog‘liq bir lavhani tasvirlagan. Unda yozilishicha, 1420-yil kuz faslida madrasa qurilishi nihoyasiga yaqinlashgan. Shunda Mavlono Havofiy uning tezroq qurib bitkazilishiga ko‘maklashish maqsadida har kuni kelib bannolik qilgan va me’mor qo‘liga g‘isht uzatib turgan. Bir kuni Mavlono Havofiy po‘stinini teskari kiyib g‘isht to‘dalari orasida tin olib o‘tirganda madrasa hududiga Mirzo Ulug‘bek keladi. Olimlar, tolibi ilmlar, saroy ahli yangi madrasa hovlisiga jam bo‘lgan edi. Barchani bu madrasaning birinchi mudarrisi kim bo‘lishi masalasi qiziqtirar edi. Shunda ilm ahlidan biri Ulug‘dekdan “Shohim, bu ulkan madrasa tugay deb qoldi, unga kimni mudarris etib tayinlamoqchisiz?” deb so‘raydi. Mirzo Ulug‘bek to‘planganlarga murojaat qilib: “Hamma ilmlarda yetuklikka erishgan komil kishi madrasaning birinchi mudarrisi bo‘lsin”, deydi. Shunda g‘ishtlar orasida o‘tirgan Havofiy chiqib: “Men imtihon topshiraman va bu mansabga men tayin etilaman”, deya da’vo qiladi. Mirzo Ulug‘bek darvesh qiyofa, mardikor libosli bu odamning kimligini so‘raganida “Uni Mavlono Muhammad deyishadi, Havof (hozirgi Erondagi tarixiy hudud) viloyatidan. Ancha muddatdan beri shu shaharga kelib, jidd-u jahd bilan tahsil ko‘rdi”, deb javob berishadi. Mirzo Ulug‘bek uni yoniga chaqirib, turli ilmlardan suhbat qilib ko‘rgach, olimning zehniga, tafakkuri o‘tkirligiga va ilmi chuqurligiga ishonch hosil qiladi va mavlonoga mudarrisona liboslar kiydirishga buyruq beradi. Shundan so‘ng Mavlono Havofiy Qozizoda Rumiy huzuriga olib borilib, uning suhbatidan o‘tkaziladi. Sharq dunyosida mashhur ushbu madrasa qurilishi yakunlangach, 1420-yilning 21-sentyabrida Mirzo Ulug‘bek rahbarligida 90 olim va talaba huzurida imtihon darsi o‘tiladi. Batlimusning (Klavdiy Ptolemey) “Al-Majistiy” asari bo‘yicha nihoyatda yuksak ilmiy saviyada o‘tgan bu imtihon darsining asl mohiyatini faqat Qozizoda Rumiy va Mirzo Ulug‘bek tushunadi xolos. Bu darsning ma’ruzachisi o‘z davrining yetuk olimi va mudarrisi Shamsiddin Muhammad Havofiy edi. Keyinchalik Havofiyning avlodlari ham o‘z davrining yetuk ilm sohiblari bo‘lib yetishib, Samarqand madrasalarida mudarrislik qilgan.
ULUG‘BEK MADRASASIGA MUDARRIS TOPILDI
Samarqanddagi XV asr me’morchiligining nodir namunalaridan biri Ulug‘bek rasadxonasidir. Bu inshoot Ulug‘bek farmoyishi bilan 1428–1429-yillarda Ko‘hak tepaligida, Obirahmat anhori bo‘yida bunyod etilgan. Bu ulkan me’moriy obidaning balandligi 31 metrga teng bo‘lgan. Boburning yozishicha, u uch qism (oshiyona)li bo‘lgan. Bino gumbaz-u peshtoqlarining sirti koshin va sirli parchinlar bilan qoplangan. Uning ichki sahni sudxi faxriy (sekstant) bilan uch qismdan iborat bo‘lgan.
BUGUN DARSDA
- Sulton Husayn Mirzoning nasabi. • Hukmdorlik yillari. • Sulton Husayn Mirzoning Usmoniylar bilan munosabati. • Sulton Husayn Mirzo davrida Xuroson va Hirot. • Sulton Husayn Mirzoning ijodi.
O‘ylab ko‘ring
Sulton Husayn Mirzo.
Muhim sanalar
- 1394-yil — Mirzo Ulug‘bek: • Temuriylarning Movarounnahrdagi hukmdori. • 1394-yil 22-martda tug‘ilgan, 1449-yil 27-oktyabrda halok bo‘lgan. • Hukmronlik davri – 1409–1449-yillar. • Asl ismi Muhammad Tarag‘ay. • Sultoniya shahrida…
- 1409-yilda — 1409-yilda Shohrux Samarqanddan Hirotga qaytish oldidan o‘n besh yoshli Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi.
- 1409–1449-yillar — Mirzo Ulug‘bek: • Temuriylarning Movarounnahrdagi hukmdori. • 1394-yil 22-martda tug‘ilgan, 1449-yil 27-oktyabrda halok bo‘lgan. • Hukmronlik davri – 1409–1449-yillar. • Asl ismi Muhammad Tarag‘ay. • Sultoniya shahrida…
- 1417-yil — U 1417-yil Buxoro, 1420-yili Samarqand, 1433-yili G‘ijduvonda madrasalar barpo etdi.
- 1420-yili — U 1417-yil Buxoro, 1420-yili Samarqand, 1433-yili G‘ijduvonda madrasalar barpo etdi.
- 1420-yil — Unda yozilishicha, 1420-yil kuz faslida madrasa qurilishi nihoyasiga yaqinlashgan.
- 1420-yilning — Sharq dunyosida mashhur ushbu madrasa qurilishi yakunlangach, 1420-yilning 21-sentyabrida Mirzo Ulug‘bek rahbarligida 90 olim va talaba huzurida imtihon darsi o‘tiladi.
- 1425-yilning — Ulug‘bek otasining rizosi bilan 1425-yilning erta bahorida Mo‘g‘uliston ustiga yurish boshladi.
- 1425-yili — Mirzo Ulug‘bek 1425-yili o‘zining Mo‘g‘ulistonga qilgan birinchi yirik harbiy yurishi chog‘ida qo‘shin miqdori haqida dushman noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishi uchun har bir jangchisiga tunda besh yerda gulxan yoqishni…
- 1428–1429-yillarda — Bu inshoot Ulug‘bek farmoyishi bilan 1428–1429-yillarda Ko‘hak tepaligida, Obirahmat anhori bo‘yida bunyod etilgan.
Bilimingizni sinang
Shohrux Hirotga qaytishdan oldin o‘n besh yoshli Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkistonga qaysi yilda hokim qilib tayinlagan?
- 1412-yilda
- 1409-yilda
- 1417-yilda
- 1405-yilda
To‘g‘ri javob: 1409-yilda. Shohrux 1409-yilda o‘n besh yoshli Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkiston hokimi qilib tayinlagan.
Ulug‘bek otasining rizosi bilan Mo‘g‘uliston ustiga yurishni qaysi yilning erta bahorida boshlagan?
- 1425-yil
- 1430-yil
- 1435-yil
- 1420-yil
To‘g‘ri javob: 1425-yil. Ulug‘bek 1425-yilning erta bahorida Mo‘g‘uliston ustiga yurish boshlagan.
Ulug‘bek o‘n besh yoshida Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib qaysi yilda tayinlangan?
- 1405-yilda
- 1409-yilda
- 1417-yilda
- 1425-yilda
To‘g‘ri javob: 1409-yilda. Shohrux Hirotga qaytishdan oldin 1409-yilda o‘n besh yoshli Ulug‘bekni hokim etib tayinlagan.
O‘n besh yoshli Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib kim tayinlagan?
- Amir Temur
- Boysung‘ur
- Shohrux
- Alouddavla
To‘g‘ri javob: Shohrux. Shohrux Samarqanddan Hirotga qaytishdan oldin Ulug‘bekni hokim qilib tayinlagan.
Ulug‘bek otasining rizosi bilan Mo‘g‘uliston ustiga yurishni qaysi yil bahorida boshlagan?
- 1409-yil
- 1417-yil
- 1425-yil
- 1433-yil
To‘g‘ri javob: 1425-yil. Yurish 1425-yilning erta bahorida boshlangan.
Ulug‘bek mo‘g‘ullar ustidan g‘alabani qaysi ko‘l yaqinidagi to‘qnashuvda qozongan?
- Orol
- Balxash
- Sariqamish
- Issiqko‘l
To‘g‘ri javob: Issiqko‘l. Issiqko‘l yaqinidagi to‘qnashuvda u mo‘g‘ullarni yengdi.
Ulug‘bek va Abdullatif bilan bog‘liq quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang.
- Mo‘g‘uliston yurishi – hokim etib tayinlanish – Shohrux vafoti – Ulug‘bek halokati
- Hokim etib tayinlanish – Mo‘g‘uliston yurishi – Shohrux vafoti – Ulug‘bek halokati
- Hokim etib tayinlanish – Shohrux vafoti – Mo‘g‘uliston yurishi – Ulug‘bek halokati
- Hokim etib tayinlanish – Mo‘g‘uliston yurishi – Ulug‘bek halokati – Shohrux vafoti
To‘g‘ri javob: Hokim etib tayinlanish – Mo‘g‘uliston yurishi – Shohrux vafoti – Ulug‘bek halokati. 1409, 1425, 1447 va 1449-yillar tartibida.
Mirzo Ulug‘bek Movarounnahrga hokim qilib tayinlanganida o‘n besh yoshda edi. U Mo‘g‘uliston ustiga yurishni boshlagan 1425-yilda necha yoshda bo‘lgan?
- 29 yosh
- 33 yosh
- 35 yosh
- 31 yosh
To‘g‘ri javob: 31 yosh. Hokim qilib tayinlangan 1409-yildan 1425-yilgacha 16 yil o‘tgan: 15 + 16 = 31 (1394-yilda tug‘ilgani bilan ham mos).
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash