Sulton Husayn Mirzo
Amir Temur va temuriylar davri
Sulton Husayn Mirzoning nasabi
Sulton Husayn Mirzo, Husayniy (to‘liq ismi Husayn ibn Mirzo G‘iyosiddin Mansur ibn Mirzo Boyqaro) (1438 – 1506) – Xuroson hukmdori (1469–1506), shoir. XV asr o‘zbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. Temuriylardan Umarshayx Mirzo ning evarasi. Onasining ismi Feruzabegim, temuriylardan Mironshohning nabirasi. Sulton Husayn Mirzo, Bobur ta’riflaganidek, ikki tomonlama ulug‘ (“karim ut-tarafayn”) bo‘lgan. Ya’ni, shajarasi ikki tomondan Temurga borib taqaladi.
Sulton Husayn Mirzoning 14 o‘g‘il, 11 qizi bo‘lgan. Sulton Husayn Mirzo va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi oqibatida Xuroson davlati zaiflashgan. Uning vafotidan so‘ng, 1507-yili Hirotni shayboniylar zabt etgan.
Sulton Husayn Mirzoning nasabi
Sulton Husayn Mirzo badiiy ijod bilan shug‘ullanib, g‘azalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan.
O‘ttiz besh yildan oshiq hukmdorlik davrida Sulton Husayn Mirzo katta bunyodkorlik ishlarini ham amalga oshirgan.
Hukmdorlik yillari
Sulton Husayn Mirzo 14 yoshida Abulqosim Bobur (Shohruxning nabirasi) saroyiga xizmatga kirgan. 1454-yili Abulqosim Boburning Samarqandga – Abu Said Mirzo (1451–1469)ga qarshi yurishida qatnashgan. Abulqosim Bobur yengilgach, sulh tuzib, Hirotga qaytgan. Sulton Husayn Mirzo esa onasining tavsiyasi bilan Abu Said Mirzo saroyida qolgan. Ko‘p o‘tmay, qamoqqa olingan. Onasi Feruzabegim uni qutqarib, Hirotga olib kelgan. 1457-yili Abulqosim Bobur vafot etgach, Sulton Husayn Mirzo Marv hukmdori xizmatiga kirgan. Bu orada Marvda Sulton Husayn Mirzoga qarshi fitna uyushtirilib, u ovga chiqqanda, shahar darvozalari berkitib olingan. Natijada Sulton Husayn shu yili qishni Marv bilan Xiva oralig‘idagi biyobonda o‘tkazgan.
Hukmdorlik yillari
1458-yilda 300 kishilik qo‘shin bilan Niso viloyati, so‘ng Astrobodni egallagan. Sulton Husayn Mirzo Xuroson va Xiva oralig‘idagi hududlarni egallashga bir necha bor harakat qildi. 1463–1464-yillarda Urganch, Xiva, Hazorasp, Tirsakni qo‘lga kiritdi va shu yerda kuch to‘plab, Xurosonga yurish qildi. Temuriylarning bu vaqtdagi eng yirik hukmdori Abu Said halok bo‘lgach (1469), Hirotni qo‘lga kiritdi. Samarqanddan do‘sti Alisher Navoiyni maxsus yorliq bilan chaqirib olib, uni muhrdorlik vazifasiga tayinladi. Navoiy do‘stini taxtga chiqishi bilan qutlab, unga “Hiloliya” qasidasini taqdim etdi. Shohrux Mirzoning avlodlaridan Yodgor Muhammad Mirzo 1470-yilning iyulida Sulton Husayn Mirzo poytaxtda yo‘qligidan foydalanib o‘zining nomiga xutba o‘qitib oldi. Navoiyning tadbirkorligi sabab Yodgor Mirzo qo‘lga olindi.
Sulton Husayn Mirzoning taxtga
o‘tirish marosimi. XV asr miniatyurasi.
Sulton Husayn Mirzo Xorazm, Seyiston, Qandahor, Balx, G‘aznadan Damg‘ongacha bo‘lgan yerlarni boshqargan. Biroq hukmronligining so‘nggi yillariga kelib mayxo‘rlikka ruju qo‘ydi. Saroyda fisq-u fasod kuchaydi. Hatto shohning mastligidan foydalanib Badiuzzamonning o‘g‘li, eng sevimli nabirasi Mo‘min Mirzoning qatl etilishi haqidagi farmonga muhr bostiradilar.
Sulton Husayn Mirzo Mo‘min Mirzoga juda ishonardi. Mendan keyin taxtga munosib shoh bo‘ladi deb doim unga yon bosardi. Sulton Husayn Mirzo hushini o‘nglab olgach, qilgan ishidan qattiq afsuslandi va aybdorlarni jazoladi. Badiuzzamon esa o‘g‘li uchun otasidan qasos olishga qaror qildi. Beayb Mo‘min Mirzoning to‘kilgan qoni tufayli mamlakatda parokandalik yuzaga keldi. Bu siyosiy vaziyat keyinchalik Shayboniyxonning Xurosonga yurishi uchun qulay imkoniyat bo‘ldi.
Sulton Husayn Mirzoning taxtga
Sulton Husayn Mirzo 1506-yilning bahorida yurak xastaligidan vafot etadi. Uning jasadi o‘zi qurdirgan madrasa ichidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozir maqbara vayron bo‘lgan, biroq qabr va uning ustiga o‘rnatilgan tosh saqlanib qolgan.
Manbalarda
Turkiyaning Istanbul shahridagi To‘pqopi muzeyi kutubxonasida Sulton Husayn Mirzoning bir farmoni saqlanadi. U 879-hijriy (1474-milodiy) yilda chiqarilgan farmonning asl nusxasidir. Bu farmon yetti satrdan iborat bo‘lib, bir necha nusxada ko‘chirilgan hamda Xuroson viloyatidan to Usmonli turk saltanatiga yetguncha bo‘lgan, Sulton Husayn Mirzo tasarrufidagi hududlarda uchraydigan shahar, kent, qishloq va hordiq chiqarish manzillari boshliqlari nomiga yuborilgan.
Farmonda Pahlavon Muhammad ismli Usmoniylar davlati (Rum) elchisini Xurosondan Istanbulga yetib borgunicha yo‘lda muhofaza etish topshirilgan.
O‘ylab ko‘ring
Sulton Husayn Mirzoning Usmoniylar bilan munosabati
Sulton Husayn Mirzo o‘z saltanati hududida mansabdorlar va mas’ul shaxslar turk elchisini izzat-ikrom, mehmondo‘stlik bilan qarshi olishlarini ta’minlagan. Bunday paytlarda har bir mas’ul shaxs nima qilishi lozimligi mo‘g‘ullar davrida ham, Amir Temur davrida ham qat’iy belgilab qo‘yilgan. Har bir amaldor bu farmonni olganiga ishonch hosil qilish uchun Sulton Husayn Hirotdan Kichik Osiyogacha otda chopar jo‘natgan.
Turk elchisi Pahlavon Muhammad Xurosondan to‘rt hamrohi, to‘rt xizmatkori bilan ikki ot va bir tuyada yo‘lga chiqqan. Xuroson Sultoni Husayn Bahodir (Sulton Husayn Mirzo) bobosi Amir Temur orzularini amalga oshirishga intilib, Rum (Usmonli turk) mamlakati bilan yaqin, birodarona aloqa o‘rnatishga katta e’tibor bergan.
Sulton Husayn Mirzoning Usmoniylar bilan munosabati
Temuriyzoda Sulton Husaynning turk elchisini bunday ulug‘lashi Turkiya tomonida e’tiborsiz qolmagan. Chunki turklarga ham ota yurt sanalgan o‘lkadan yetib kelgan har bir qutlug‘ so‘z ularning boshini ko‘kka ko‘targan. Sulton Husayn Mirzo ham farmon chiqarish, rasmiy xat yozishda katta bobosi Amir Temur uslubini saqlab qolgan. U ham farmonlarni, ular qaysi tilda yozilishidan qat’i nazar, “so‘zimiz” “Abul G‘oziy Sulton Husayn so‘zimiz” iboralari bilan boshlagan. Amir Temur o‘z farmonlarini “Amir Temur Ko‘ragon so‘zimiz” deb boshlar edi.
Sulton Husayn Mirzo davrida Xuroson va Hirot
Sulton Husayn Mirzo Temuriylar orasida shijoati va ma’rifati bilan nom qozongan, shariatga qat’iy amal qilgan hukmdor bo‘lgan. Sulton Husayn Mirzo Xurosonda mamlakatda tinchlik, osoyishtalikni qaror toptirish, markaziy hokimiyatni mustahkamlash va madaniy-ma’rifiy va obodonchilik ishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan. Natijada iqtisodiy hayot yuksalib, savdo-sotiq rivojlangan, yuzlab karvonsaroylar, rabot, ko‘prik, maktab, madrasa, masjid, xonaqoh, hammom, tabobatxona, yetimxona, suv havzalari qurilgan, kanallar qazilgan, bog‘lar barpo etilgan.
Sulton Husayn Mirzo davrida Hirot Sharqning fan, madaniyat, hunarmandchilik rivojlangan yirik markaziga aylangan. Turli mam lakatlardan kelgan iste’dod sohiblari Hirotni qobiliyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi maskan deb bilganlar.
Sulton Husayn Mirzo davrida Xuroson va Hirot
Til, adabiyot, tarix, tasviriy san’at, xattotlik, kitobat san’ati, tabobat, handasa, musiqa, qog‘oz tayyorlash, tomosha san’ati va boshqa sohalar rivojlangan.
Hirot, Mashhad, Marv, Nishopur singari shaharlarda ko‘plab noyob obidalar barpo etilgan. Mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar Xurosondan tashqarida ham mashhur bo‘lgan.
Bu davrda buyuk shoirlar, olim, muarrix, musiqachi, xattot, naqqoshlar yetishib chiqqan.
Sulton Husayn Mirzoning ijodi Sulton Husayn Mirzo turkiy tilda yozishni rag‘batlantirgan va shunga da’vat qilgan. O‘zi ham badiiy ijod bilan shug‘ullanib, “Husayniy” taxallusi bilan she’rlar yozgan.
Sulton Husayn Mirzo davrida Xuroson va Hirot
g‘azali, 1 ruboiy va bir necha mustaqil baytlari ma’lum. G‘azallarining barchasi ramal (aksariyati bir vaznda) bahrida yozilgani Sulton Husayn Mirzoning tab’i baland, didi nozik shoir bo‘lganini ko‘rsatadi.
She’riyat majlislari tashkil etib, shoirlarga rahnamolik qilgan. Undan bizgacha she’rlar devoni va Navoiyga bag‘ishlangan “Risola” asari yetib kelgan. “Risola” asari 1945-yilda turk olimi Ismoil Hikmat tomonidan topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan.
Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasining 8-majlisini to‘liq Sulton Husayn Mirzo ijodiga bag‘ishlab, uning devonidagi 164 g‘azalning matla’ini keltiradi va u qo‘llagan badiiy timsollar, she’riy san’atlar, nozik ma’no va ohorli tashbehlar xususida fikr yuritadi. Sulton Husayn Mirzo g‘azallari tilining musiqiyligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi.
Sulton Husayn Mirzo davrida Xuroson va Hirot
Shoh va shoirning hozirgacha 202 ta g‘azali, Navoiy g‘azaliga bog‘langan 3 ta muxammasi, 6 ta ruboiy, shuningdek, fors-tojikcha 2 ta
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
Muhim sanalar
- 1454-yili — 1454-yili Abulqosim Boburning Samarqandga – Abu Said Mirzo (1451–1469)ga qarshi yurishida qatnashgan.
- 1457-yili — 1457-yili Abulqosim Bobur vafot etgach, Sulton Husayn Mirzo Marv hukmdori xizmatiga kirgan.
- 1458-yilda — 1458-yilda 300 kishilik qo‘shin bilan Niso viloyati, so‘ng Astrobodni egallagan.
- 1463–1464-yillarda — 1463–1464-yillarda Urganch, Xiva, Hazorasp, Tirsakni qo‘lga kiritdi va shu yerda kuch to‘plab, Xurosonga yurish qildi.
- 1470-yilning — Shohrux Mirzoning avlodlaridan Yodgor Muhammad Mirzo 1470-yilning iyulida Sulton Husayn Mirzo poytaxtda yo‘qligidan foydalanib o‘zining nomiga xutba o‘qitib oldi.
- 1506-yilning — Sulton Husayn Mirzo 1506-yilning bahorida yurak xastaligidan vafot etadi.
- 1507-yili — Uning vafotidan so‘ng, 1507-yili Hirotni shayboniylar zabt etgan.
- 1945-yilda — “Risola” asari 1945-yilda turk olimi Ismoil Hikmat tomonidan topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan.
- XV asr — XV asr o‘zbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan.
- XV asr — o‘tirish marosimi. XV asr miniatyurasi.
Bilimingizni sinang
Xuroson hukmdori Sulton Husayn Mirzo o‘zbek mumtoz adabiyotining qaysi asr namoyandalaridan biri hisoblanadi?
- XIV asr
- XVII asr
- XV asr
- XIII asr
To‘g‘ri javob: XV asr. Sulton Husayn Mirzo XV asr o‘zbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan biri.
Bobur Sulton Husayn Mirzoning shajarasi ikki tomondan Temurga borib taqalishini hisobga olib, uni qanday ta’riflagan?
- zubdat ul-ahvol
- jome ul-kamolot
- sohibqiron ul-asr
- karim ut-tarafayn
To‘g‘ri javob: karim ut-tarafayn. Bobur Sulton Husayn Mirzoni ikki tomonlama ulug‘, ya’ni “karim ut-tarafayn” deb ta’riflagan.
Sulton Husayn Mirzo vafotidan so‘ng shayboniylar Hirotni qaysi yili zabt etgan?
- 1510-yili
- 1507-yili
- 1512-yili
- 1501-yili
To‘g‘ri javob: 1507-yili. Husayn Mirzo vafotidan so‘ng, 1507-yili Hirotni shayboniylar zabt etdi.
Sulton Husayn Mirzo Xurosonni qaysi yillarda boshqargan?
- 1469–1506-yillarda
- 1451–1469-yillarda
- 1405–1447-yillarda
- 1500–1510-yillarda
To‘g‘ri javob: 1469–1506-yillarda. U Xuroson hukmdori sifatida 1469–1506-yillarda hukm surgan.
Sulton Husayn Mirzo vafotidan so‘ng, 1507-yili Hirotni kim zabt etgan?
- Safaviylar
- Shayboniylar
- Boburiylar
- Oqqo‘yunlilar
To‘g‘ri javob: Shayboniylar. 1507-yili Hirotni shayboniylar zabt etgan.
Bobur ta’riflaganidek, Sulton Husayn Mirzo “karim ut-tarafayn” bo‘lgan. Bu nimani anglatadi?
- Ikki tilda, ham turkiy, ham forsiy she’rlar yozgan
- Ikki marta taxtga chiqib, ikki marta ag‘darilgan
- Shajarasi ikki tomondan Temurga borib taqalgan
- Ikki shahar – Hirot va Marv hukmdori bo‘lgan
To‘g‘ri javob: Shajarasi ikki tomondan Temurga borib taqalgan. “Ikki tomonlama ulug‘” — shajarasi ikki tomondan Temurga taqalishini bildiradi.
Xuroson davlatining zaiflashuviga qanday holat sabab bo‘lgan?
- Ichki diniy nizolar va mazhablar o‘rtasidagi urushlar
- Raiyatga solingan og‘ir soliqlar va dehqonlar qo‘zg‘oloni
- Tashqi bosqinlar va qo‘shni davlatlarning doimiy hujumlari
- Hukmdor va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi
To‘g‘ri javob: Hukmdor va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi. Maishatga berilib ketish oqibatida Xuroson davlati zaiflashgan.
Sulton Husayn Mirzo hukmronligining so‘nggi yillarida Xuroson davlatining zaiflashuviga asosiy sabab nima bo‘lgan?
- Shayboniylarning Hirotni uzoq muddat qamal qilib turishi
- Hukmdor va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi
- Usmoniylar davlati bilan olib borilgan uzoq urushlar oqibati
- Xurosonda savdo yo‘llarining yopilib, daromadning kamayishi
To‘g‘ri javob: Hukmdor va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi. Hukmdor va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi Xurosonni zaiflashtirgan, 1507-yilda Hirotni shayboniylar zabt etgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash