XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · O‘zbekiston tarixi · 22-mavzu

Ikkinchi Renessans asoschilari

Amir Temur va temuriylar davri

BUGUN DARSDA

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Renessans haqida nimalarni bilasiz? 2. Mamlakatda tinchlik va osoyishtalik, to‘kin-sochinlik ta’minlanganida qaysi sohalar rivojlanadi? 3. Ilm-fanning rivojlanishi uchun qanday shart-sharoitlar zarur? 4. Ilm olishingiz uchun qanday sharoitlar bor? 5. Ajdodlarimiz Yevropa renessansining vujudga kelishiga poydevor qo‘ya bilishgan. Siz o‘z oldingizga uchinchi renessans asoschilaridan biri bo‘lish maqsadini qo‘yganmisiz?

Manbalarda

Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz Oqsaroy peshtoqiga “Adolat davlatning asosi va hukmdorlar shioridir” degan hikmatli so‘zlarni yozdirgani bejiz emas, albatta. Ushbu ulug‘vor g‘oya inson qadr-qimmatini oliy darajaga ko‘tarish borasidagi amaliy harakatlarimiz poydevoriga aylandi.

Tarix saboqlari

“Renessans” so‘zi fransuzchadan olingan, “qayta tug‘ilish”, “uyg‘onish” degan ma’nolarni anglatadi va madaniy tiklanish davrini ifodalaydi.

Temuriylar renessansi haqida

Temuriylar renessansi Osiyo va islom tarixida XIV–XV asrlarni qamrab oladi. Bu davrda temuriylar ilm-fan, madaniyat rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratdilar.

Samarqand shahri qayta qurildi va ilm-ma’rifat markaziga aylandi. Hirot Sharqning eng yirik ilm-fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Hunarmandchilik san’at darajasiga ko‘tarildi.

Shohrux Mirzo va rafiqasi Gavharshodbegim, Mirzo Ulug‘bek, Sulton Husayn Mirzolar tomonidan o‘quv dargohlari – madrasalar qurildi. Ularning samarali faoliyat olib borishi uchun mablag‘lar ajratildi. Madrasalarda diniy bilimlardan tashqari turli fan ixtisosliklari bo‘yicha ta’lim berish yo‘lga qo‘yildi. Chingizxon bosqini davrida to‘xtab qolgan ilmiy tadqiqotlar Chig‘atoy ulusi davrida qayta uyg‘ona boshlagan bo‘lsa, u temuriylar davrida yuksak pog‘onaga ko‘tarildi. Matematik va astronomik tadqiqotlar o‘tkazish qayta tiklandi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Mamlakatda olib borilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari ilm-fanning qaysi sohalariga ehtiyojni yuzaga keltirgan?

Ilm-fanning rivojlanishi

Amir Temur buyrug‘i bilan madrasalarda diniy ilmlar (tafsir, hadisshunoslik, fiqh va boshqalar) bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar (handasa, aljabr/algebra, riyoziyot/matematika, mantiq, ilmi nujum/astronomiya, adabiyot, tarix, xattotlik va boshqalar) o‘qitilishi keng yo‘lga qo‘yildi.

Oliy ta’lim dargohlari bo‘lgan madrasalar Amir Temur va temuriylar davrida yirik ilmiy markazlar, ma’rifat o‘choqlari vazifasini sharaf bilan bajardi.

Shaharlardagi har bir madrasaga vaqf yer-mulklar ajratilib, ulardan keladigan daromadlar mudarris va xizmatchilar maoshi, kutubxona ta’minoti, ta’mirlash va boshqa ishlar uchun yetarli bo‘lgan.

Ilm-fanning rivojlanishi

Jamshid Koshiy matematika va astronomiya sohalari rivojiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri bo‘lgan. Shohrux Mirzo va Gavharshodbegim tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ularning har ikkisi ham ilm-fan va madaniyat rivojiga nihoyatda qiziqish bilan qarashar edi.

Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida Koshiy har bir daraja uchun o‘ta aniqlikdagi va har bir daqiqa uchun farqlarni o‘z ichiga olgan to‘rtta eng kichik raqamlar (sakkizta kasr hajmiga teng) uchun sinuslar jadvalini ishlab chiqdi.

Rasadxona olimlari Ulug‘bek boshchiligida osmon sferasidagi koordinatalar tizimlari orasidagi o‘zgarishga oid, masalan, ekliptik koordinatalar tizimidan ekvatorial koordi natalar tizimiga o‘tish kabi jadvallarni ishlab chiqdi.

Ilm-fanning rivojlanishi

Ulug‘bek rasadxonasida Ali Qushchi astronomik fizikani tabiiy falsafadan mustaqil ravishda o‘rgandi. Astronomiyaning falsafaga taxminiy bog‘liqligi to‘g‘risidagi risolasida Yerning aylanishini asoslash uchun empirik dalillarni keltirdi.

Mirzo Ulug‘bek madrasalarda ta’lim berish uchun o‘qituvchilarni o‘zi suhbatdan o‘tkazar va eng saralarini tanlab olardi. U darslarni muntazam kuzatib borgan, madrasa dasturlarini takomillashtirgan edi.

Bu davrda ta’lim uch bosqichni o‘z ichiga olgan. Birinchisi, quyi bosqich, o‘qish muddati ikki yilni tashkil qilgan. Ikkinchisi, o‘rta bosqich, o‘qish muddati uch yil bo‘lgan. Uchinchisi, yuqori bosqich, o‘qish davomiyligi uch yil bo‘lgan. Ta’lim davomiyligi jami o‘rtacha 8 yilni tashkil qilgan. Ma’ruzalar yetmish nafar talabadan iborat katta guruhlarga o‘qilgan, amaliy darslar esa o‘n – o‘n besh nafar talaba ishtirokida o‘tkazilgan. Bu uslub keyingi asrlarda ham saqlanib qolgan.

Ilm-fanning rivojlanishi

Ulug‘bek madrasalarida arab tili (fonetika, morofologiya, sintaksis), Qur’oni karim, ritorika, hadis, mantiq, tafsir, fiqh, metafizika, matematika (arifmetika, algebra), tibbiyot (gigiyena), geografiya, tarix, adabiyot kabi fanlar o‘qitilgan. Amir Temur davridagidek ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash XV–XVI asrlarda ham davom etgan.

Tibbiyot ilmlarining ravnaqi

Amir Temur davrida har bir shaharda shifoxona bo‘lgan, ularda bilimli va tajribali tabiblar ishlagan. Jumladan, Samarqandda “Dor ush-shifo” nomli yirik kasalxona bo‘lib, unga o‘z zamonasining taniqli tabibi Mir Sayyid Sharif Sheroziy rahbarlik qilgan.

suvi bilan ta’minlash choralarini ko‘rgan. Suvni toza saqlash uchun usti yopiq suv quvurlari qurdirgan. Shaharlar o‘rtasidagi yo‘llarda sardobalar barpo ettirgan. Samarqandda va Toshkent yaqinidagi Shohruxiya shahrida olib borilgan qazilmalar vaqtida arxeologlar shunday inshootlarni ko‘p uchratganlar.

Amir Temur davrida tibbiyot fani shu qadar yuksak darajaga ko‘tarilgan ediki, hatto o‘lgan odamning jasadini balzamlash usulini ham bilganlar.

Tibbiyot ilmlarining ravnaqi

Mirzo Ulug‘bek ham tibbiyot ilmiga katta ahamiyat bergan. Samarqandda bir shifoxona qurdirib, unda ishlash uchun Eronning Kirmon shahridan mashhur tabib Burhoniddin Nafis ibn Avaz (ba’zi manbalarda Ivaz) Hakim al-Kirmoniyni taklif etgan. U Samarqand shifoxonasida bemorlarni davolash bilan birga tibbiyotga oid bir qancha asarlar ham yozgan. “Dori tayyorlash san’ati” nomli kitobida muallif oddiy va murakkab dorilar retseptini tuzish, ularni tayyorlash va ishlatish usullarini bayon etgan.

Amir Temur o‘z zamonasidagi ijtimoiy guruhlarni o‘n ikki toifaga bo‘lgan. Shular ichida hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislarni sakkizinchi toifaga kiritgan. Ularni “saltanat korxonasiga rivoj beruvchilar” deb atagan. Sohibqiron tabiblar haqida shunday deydi: “Hakimlar va tabiblar bilan ittifoqda bemorlarni davolatar edim”.

Tibbiyot ilmlarining ravnaqi

Amir Temur aholi o‘rtasida har xil kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishiga qarshi tadbirlarni ham amalga oshirgan. Buning uchun shaharlarni va boshqa aholi yashaydigan hududlarni ozoda saqlash, xalqni toza ichimlik

Mirzo Ulug‘bek davrida tabiblar orasida mohir jarrohlar ham bo‘lgan. Ulardan biri Tojiddin Hakim edi. Bu jarroh ancha murakkab operatsiyalarni ham qilgan. Masalan, ko‘z kataraktasini jarrohlik yo‘li bilan muvaffaqiyatli davolagan.

Alisher Navoiy o‘zi tabib bo‘lmasa ham, o‘tmishdagi buyuk tabiblarning asarlarini sevib o‘qigan, ular haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirgan. Uning shaxsiy kutubxonasida Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Roziy va boshqa tabiblarning kitoblari bo‘lgan. Navoiy Ibn Sinoga juda yuksak baho bergan. Uni “aql-idrok va tafakkur ramzi” deb atagan. Navoiyning tabiblar va tibbiyot haqidagi fikrlari asosan uning “Mahbub ul-qulub” asarida bayon etilgan. Bu asarda Navoiy tibbiyot va tabiblar masalasiga maxsus bob bag‘ishlagan.

Tibbiyot ilmlarining ravnaqi

1941-yilning 18-iyunida hukumat komissiyasi tomonidan Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasida dafn etilgan Sohibqiron Amir Temur, Mironshoh, Shohrux, Mirzo Ulug‘bek, Muhammad Sulton va Bibixonim maqbarasidagi daxmalar ochilib ko‘rilganda ularning jasadi mumiyolangani aniqlangan.

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Savollar: 1. “Renessans” atamasini qanday tushunasiz? O‘rta asr renessansi va zamonaviy dunyoga nisbatan ishlatiladigan renessans tushunchalarida farq bormi? 2. Qaysi temuriy hukmdorlar davrida ilm-fan va madaniyat rivojlandi? 3. Jamshid Koshiy qaysi fan sohalarida ijod qilgan? Uning ilmiy natijalariga izoh bering. 4. Temur va temuriylar davrida ilm-fanning qaysi sohalari rivojlandi? 5. Tibbiyot fanining rivojiga oid misollar keltiring.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Amir Temur Oqsaroy peshtoqiga qaysi hikmatli so‘zlarni yozdirgan?
  1. Ilm davlatning ustuni va hukmdorning ziynatidir
  2. Vatan himoyasi hukmdorning birinchi burchidir
  3. Xalq farovonligi saltanatning mustahkam poydevoridir
  4. Adolat davlatning asosi va hukmdorlar shioridir

To‘g‘ri javob: Adolat davlatning asosi va hukmdorlar shioridir. Amir Temur Oqsaroy peshtoqiga “Adolat davlatning asosi va hukmdorlar shioridir” so‘zlarini yozdirgan.

Oqsaroy peshtoqiga “Adolat davlatning asosi va hukmdorlar shioridir” degan so‘zlarni kim yozdirgan?
  1. Mirzo Ulug‘bek
  2. Shohrux Mirzo
  3. Sulton Husayn Mirzo
  4. Amir Temur

To‘g‘ri javob: Amir Temur. Bu hikmatli so‘zlarni Sohibqiron Amir Temur Oqsaroy peshtoqiga yozdirgan.

Fransuzchadan olingan “Renessans” so‘zining asosiy ma’nosi qanday?
  1. ilmiy kashfiyot
  2. yangi hukmronlik
  3. qayta tug‘ilish
  4. buyuk islohot

To‘g‘ri javob: qayta tug‘ilish. “Renessans” fransuzcha so‘z bo‘lib, “qayta tug‘ilish” degan ma’noni anglatadi va madaniy tiklanish davrini bildiradi.

“Renessans” atamasi qaysi tildan olingan va qanday ma’no anglatadi?
  1. Lotin tilidan, “yangi davr boshlanishi”
  2. Italyan tilidan, “san’at gullashi”
  3. Fransuz tilidan, “qayta tug‘ilish”
  4. Arab tilidan, “taraqqiyot va ilm”

To‘g‘ri javob: Fransuz tilidan, “qayta tug‘ilish”. Matnga ko‘ra “Renessans” so‘zi fransuzchadan olingan va “qayta tug‘ilish”, “uyg‘onish” ma’nolarini bildiradi.

Temuriylar renessansi Osiyo va islom tarixida qaysi asrlarni qamrab oladi?
  1. XII–XIII asrlarni
  2. XIV–XV asrlarni
  3. XVI–XVII asrlarni
  4. X–XI asrlarni

To‘g‘ri javob: XIV–XV asrlarni. Temuriylar renessansi XIV–XV asrlarni o‘z ichiga oladi.

Temuriylar davrida qaysi shahar Sharqning eng yirik ilm-fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi?
  1. Hirot
  2. Buxoro
  3. Xiva
  4. Marv

To‘g‘ri javob: Hirot. Hirot Sharqning eng yirik ilm-fan va madaniyat markazlaridan biriga aylangan.

Chingizxon bosqini davrida to‘xtab qolgan ilmiy tadqiqotlar qaysi davrda qayta uyg‘ona boshlagan?
  1. Somoniylar davrida
  2. Oltin O‘rda davrida
  3. Chig‘atoy ulusi davrida
  4. Qoraxoniylar davrida

To‘g‘ri javob: Chig‘atoy ulusi davrida. Tadqiqotlar Chig‘atoy ulusi davrida uyg‘ona boshlab, temuriylar davrida yuksak pog‘onaga ko‘tarilgan.

Quyidagi hodisalarni ro‘y bergan tartibda joylashtiring. 1) Temuriylar davrida ilmiy tadqiqotlarning yuksak pog‘onaga ko‘tarilishi. 2) Chingizxon bosqini davrida ilmiy tadqiqotlarning to‘xtab qolishi. 3) Chig‘atoy ulusi davrida tadqiqotlarning qayta uyg‘ona boshlashi. 4) Go‘ri Amir maqbarasidagi daxmalarning hukumat komissiyasi tomonidan ochib ko‘rilishi.
  1. 2–3–1–4
  2. 2–1–3–4
  3. 3–2–1–4
  4. 2–3–4–1

To‘g‘ri javob: 2–3–1–4. Avval Chingizxon bosqini tadqiqotlarni to‘xtatdi, so‘ng Chig‘atoy ulusida qayta uyg‘ondi, temuriylar davrida yuksaldi; daxmalar esa 1941-yilda ochildi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAmir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy munosabatlarKeyingi →Temuriylar davri me’morchiligi